Komilov A.X.
Jizzax davlatpedagogika instituti, Jismoniy madaniyat fakulteti, Sport
turlarini o'qitish metodikasi kafedra o'qituvchisi
KURASH SPORTI, UNING SHAKLLANISH TARIXI, O'ZBEK KURASHI PAYDO BO'LISHI VA QOIDALARI
Annotatsiya: Maqolada kurash sporti, uning shakllanish tarixi, o'zbek kurashi paydo bo'lishi va qoidalari bayon etilgan. Shuningdek, kurash sportining inson va jamiyat uchun ahamiyati ochibberilgan.
Kalit so'zlar: kurash, milliy kurash, Xalqaro kurash assotsiatsiaysi, Pahlavon Mahmud, Sodiq polvon, O'zbekistonda belbog'li kurash federatsiyasi, Komil Yusupov, kurash qoidalari.
Komilov A.Kh.
Teacher of Sports Teaching Methodology Faculty of Physical Culture Jizzakh State Pedagogical Institute
WRESTLING SPORT, HISTORY OF ITS FORMATION, EMERGENCE AND RULES OF UZBEK WRESTLING
Abstract: The article describes the sport of wrestling, the history of its formation, the origin and rules of Uzbek wrestling. The importance of wrestling for man and society was also revealed.
Keywords: kurash, national kurash, International Kurash Association, Pahlavon Mahmud, Sodiq Polvon, Belt Wrestling Federation of Uzbekistan, Komil Yusupov, rules of kurash.
KIRISH
Sportga e'tibor yuksalgan jamiyat sog'lom jamiyat tarzida rivojanadi. Sportning barcha turlari borki, ular shaxsning nafaqat jismoniy barkamolligini, qolaversa ma'naviy rivojlanishiga ham xizmat qiladi. Xususan, kurash sporti milliy qadriyatlar himoyasi bo'lib, ozida milliy g'urur, iftixor va yorug' kelajakka ishonch tuyg'ularini mustahkamlashni ta'minlaydi. Kurashish san'ati ko'p xalqlarda qadim zamonlardan buyon ma'lum. Bu sport turi belgilangan qoidalar bo'yicha ikki sportchining yakkama-yakka olishuvidir. Kurash qadimda ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, antik olimpiada musobaqalaridan doimiy o'rin olgan. Bugungi kunda milliy kurashning xilma-xil shakllari Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afg'oniston, Rossiya, O'zbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog'iston va boshqa mamlakatlarda mavjud.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Zamonaviy sport kurashining asosiy qoidalari XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida paydo bo'la boshladi. 1912-yil Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasi (FILA) tuzildi(hozir unga 144 mamlakat a'zo, Xususan, mamlakatimiz unga 1993-yilda a'zo bo'lgan). Xalqaro maydonda sport kurashining yunon-rum kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va boshqa turlari keng tarqalgan. [1] Keyingi yillarda o'zbek kurashi ham alohida kurash turi sifatida dunyo miqyosida tan olina boshlandi. Kurash insonni kuchli, epchil, chidamli va irodali qilib tarbiyalovchi asosiy vositalardan biridir. Mutaxassislar nazorati ostida 12 yoshdan kurash bilan shug'ullanishga ruxsat etiladi. Kurash azaldan o'zbek turmush tarzining uzviy qismi bo'lganligini arxeologik topilmalar, tarixiy qo'lyozmalar tasdiqlaydi. Qadimgi Baqtriya hududidan topilgan Bronza davriga oid silindrsimon sopol idishda ikki polvon kurashi tasvirlangan. Yana bir artefaktda esa polvonlarning Kurash usullari namoyishi aks ettirilgan. Bu noyob topilmalar miloddan 1,5 mingyil ilgari ham kurash ajdodlarimiz turmush tarzining bir qismi bo'lganini anglatadi. Yunon yozuvchisi Klavdiy Elian (II-III asr) va boshqa tarixiy shaxslarning yozishicha, sak qabilasi qizlari o'zlariga kuyovni yigitlar bilan kurashib tanlaganlar. Keyinchalik qizlar kuyovni shart qo'yish yo'li bilan aniqlashgan va bu shartda kurash musobaqasi bo'lgan. Bunga o'zbek xalq qahramonlik dostoni — «Alpomish»dagi Barchin shartlarini misol qilib ko'rsatish mumkin. Ulardan biri ikki kurashuvchining biri o'z raqibining belbog'idan ushlab o'ziga tortadi, shu bilan birga o'z raqibidan qutulishning chorasini qiladi... [2]». Bu ta'rif zamonaviy Kurash qoidalariga yaqindir. Shuningdek, Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'otit turk», Alisher Navoiyning «Hamsa», «Holoti Pahlavon Muhammad», Zayniddin Vosifiyning «Badoye' ul-vaqoye'«, Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnomai sultoniy», Z.M.Boburning «Boburnoma» asarida kurash haqida qimmatli ma'lumotlar bor. IX-XVI asrlarda kurash xalq o'rtasida keng ommalashgan. Shu davrda Pahlavon Mahmud, Sodiq polvon kabilar dovrug'i butun Sharqqa tanilgan.
O'zbek xalq yakka kurashining belbog'li kurash deb nomlangan turi ham bor. Bunga taalluqli ko'plab topilmalar va tarixiy qo'lyozmalar mavjud. 5 ming yil ilgari Mesopotamiya hududidan topilgan haykalchada belbog'li kurash usulida musobaqalashayotgan polvonlar tasvirlangan. Xitoyning «Tan-shu» qo'lyozmasida Dovon davlati(Farg'ona vodiysi) to'ylar, sayllar kurash musobaqalarisiz o'tmasligi yozilgan. Ahmad Polvon, Xo'ja polvon kurashning ana shu turida shuhrat qozonishgan(XIX asr oxiri — XX asr boshi). Chorizm va sho'rolar davrida mafkuraviy harakatlar negizida o'zbek milliy kurashini xalq turmush tarzidan sun'iy ravishda siqib chiqarishga harakat qilindi.
MUHOKAMA
1992-yilda O'zbekistonda kurash federatsiyasi tuzildi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA)ning 2003-yil Toshkentda o'tgan Kongressi har bir uchrashuvning qizg'in bo'lishini ta'minlash maqsadida rasmiy musobaqalarda
bellashuv vaqtini 3 daqiqa qilib belgiladi. Ishlatilgan usullarga bajarilishiga mos ravishda «chala», «yonbosh», «halol» baholari, qoidaga zid harakatlarga esa «tanbeh», «dakki», «g'in-om» jazolari beriladi. Kurashuvchi «halol» bahosini olsa (yoki raqibi «g'in-om» bilan jazolansa) bu uning g'alabasini bildiradi. Ikki bor «yonbosh» bahosini olish (yoki raqibining ikki bor «dakki» deya jazolanishi) ham g'alabani anglatadi. «Chala» baholari hisobga olib boriladi... Ballar tengligida oxirgi baho olgan kurashchiga g'alaba beriladi, kurashchilaming baho va jazolari soni teng holatda baho ustunlikka ega bo'ladi, jazolar soni teng bo'lsa oxiïgi jazo olgan mag'lub hisoblanadi, agar barchasi teng (yoki baho va jazo olinmagan) bo'lsa, g'olib hakamlaming ko'pchilik ovoziga ko'ra e'lon qilinadi [3].
2001-yilda O'zbekistonda belbog'li kurash federatsiyasi tuzildi [4]. 1998-yil sentabrda Toshkentda 28 davlat (AQSH, Boliviya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Rossiya, O'zbekiston, Yaponiya va b.) vakillari Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) muassislari bo'lishdi va shu munosabat bilan bu yeráa o'zbekcha kurash bo'yicha yirik xalqaro musobaqa o'tkazildi. Prozidentning «Xalqaro kurash assotsiatsiyasini qo'llab-quvvatlash to'g'risida»gi faimoni o'zbek milliy kurashining yanada rivojlanishini ta'minladi. Shu yili Toshkentda o'zbekcha kurash bo'yicha birinchi jahon chempionati, Rossiyaning Bryansk shahrida ayollar o'rtasida xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi. IKA qoshida Xalqaro kurash akademiyasi tashkil etildi.
2000-yil O'zbekistonda kurash oyligi o'tkazildi. Bu oylik davomida 2 mln.ga yaqin kishi kurash gilamiga chiqdi. Buyuk Britaniyada IKA faxriy prezidenti Islom Karimov nomidagi an'anaviy xalqaro musobaqaga asos solindi. 2001-yildan Toshkentda Xalqaro kurash instituti faoliyat boshladi. IKA ga 66 ta milliy federatsiya a'zo bo'lib kirdi. Yevropa, Osiyo, Panamerika va Okeaniya kurash konfederatsiyalari tuzildi. Hozirgi paytda o'zbekcha kurash bilan xorijiy mamlakatlarda 600 mingdan ziyod kishi shug'ullanadi. Kurashning bu turi bo'yicha jahon, qit'a va mamlakatlar chempionatlari hamda O'zbekistonda at-Termiziy, Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlangan va boshqa ko'plab xalqaro musobaqalar muntazam o'tkaziladi. Osiyo olimpiya kengashi 2003-yilda kurashning bu turini Osiyo o'yinlari dasturiga kiritdi. Kurash bo'yicha o'tkaziladigan jahon chempionatlarida Bahrom Anazov, Isoq Axmedov, Maxtumquli Mahmudov, Kamol Murodov, Toshtemir Muhammadiyev, Akobir Qurbonov (O'zbekiston), Kubashxonim Elknur, Selim Totar o'g'li (Tur-kiya), Aleksandr Katsuragi, Karlos Xonorato (Braziliya), Pavel Melananets (Polsha), Xiroyoshi Kashimoto (Yaponiya) va boshqa g'olib chiqdilar va sovrindor bo'ldilar.
NATIJLALAR
O'zbek xalqining an'anaviy sport turlaridan biri bo'lmish kurash uch yarim ming yillik tarixga ega. Kurash o'zbekcha so'z bo'lib, u qator qadimiy sharq adabiy manbalarida yakkama-yakka olishuv va ijtimoiy ko'ngilochar sport turi sifatida tilga olingan.
Ming yillik tarixga ega afsonaviy Alpomish eposida kurash olis o'tmishda O'zbekiston zaminida ommaviy tus olgan eng sevimli va nufuzli sport turi bo'lganligi yoritilgan.
Qadimda va o'rta asrlarda yashab ijod etgan qator faylasuf va tarixchilar o'z asarlarida kurashni alohida ehtirom ila tilga olganlar. XULOSA
Kurash faollarining sa'y-harakatlari O'zbekiston bilan chegaralanib qolmadi. Ular 1992-yildan boshlab Janubiy Koreya, Kanada, Yaponiya, Hindiston, AQSh, Monako va Rossiyada o'tkazilgan qator nufuzli sport anjumanlarida o'zbek kurashini tanitishga qaratilgan tadbirlarga bosh qosh bo'ldilar. 2020-yil 4-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ- 4881-son qarori asosida «Kurash milliy sport turini 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish Konsepsiyasi» ishlab chiqildi. Unda kurash milliy sport turini yanada ommalashtirish va rivojlantirishga to'siq bo'layotgan muammolar va ularni bartaraf qilish vazifalari belgilandi. Shu bilan birga Kurashni jahon xalqlarining sevimli sport turlaridan biriga aylantirish, uning insonparvar g'oyalarini keng targ'ib qilish orqali jahonda O'zbekiston nufuzini oshirishning ustuvor yo'nalishlari belgilab olindi.
Refernces:
1. Shodi Bobomurodovich Umirov. Kurashchilar jismoniy fazilatlarni rivojlantirish. Scientific progress. 2021. 49-b
2. https: //kh-davron. uz/kutubxona/uzbek
3. Yusupov K., Kurash, T., 1999; Mo'minov A., Prezident. Sport. G'alaba!, T., 2001.
4. https://yuz.uz/uz/news
5. Shodi Bobomurodovich Umirov. Milliy kurashning ommaviylashivida xalq bohodirlarining o'rni. Central asian academic journal of scientific research. 2021.