Scientific Journal of Construction and Education ISSN 2181-3779, volume 3, Issue 3 2024
QISQA XABARLAR
UO'T 631.3.06
PUSHTA OLISH MASHINANING O'G'IT SOLADIGAN APPARATINING O'G'IT CHIQARISH DARCHASINING PASTKI VA YUQORIGI QIRG'OQLARINING TIKKA NISBATAN O'RNATILISH BURCHAGI HAMDA O'LCHAMLARINI TADQIQ ETISH
Samsaqova Hilola Baxodirovna, Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti
mustaqil tadqiqotchi [email protected]
Annotatsiya. Maqolada o'g'it chiqarish darchasining yuqori qirg'og'ini tikka nisbatan joylashtirishda u o'rnatilgan zonadagi kurakcha yuzasi bo'ylab o'g'itning ko'chish jarayoni aniqlandi. O'g'it chiqarish darchasini enini aniqlashda o'g'it solish me'yoridan kelib chiqqan holda aniqlandi. Unga asoson o'g'itning to'kilish burchagini qabul qilib apparat o'g'it chiqarish darchasining pastki qirg'og'i kurakchali baraban markazidan tikka nisbatan 21-25°, yuqorigi qirg'og'i esa 40-450 burchak bo'yicha siljitib joylashtirish kerak ekanligi aniqlangan.
Аннотация. В статье определен процесс миграции удобрений по поверхности ковша в зоне его установки при расположении верхней кромки окна выброса удобрений по отношению к вертикали. При определении ширины окна внесения удобрений ее определяли исходя из нормы внесения удобрений. Исходя из этого, нижний край окна выброса удобрений находится на расстоянии 21-25° от центра барабана лопаты, а верхний край - на 40-45° и было определено, что его следует переместить и разместить.
Abstract. In the article, the process of fertilizer migration along the surface of the shovel in the zone where it is installed was determined when the upper edge of the fertilizer discharge window is placed in relation to the vertical. When determining the width of the fertilizer release window, it was determined based on the fertilizer application rate. Based on it, the lower edge of the fertilizer release window is 21-25° from the center of the shovel drum, and the upper edge is 40-450 it was determined that it should be moved and placed.
Kalit so'zlar. organik o'g'it solish apparati, o'g'it solish me'yori, o'g'it chiqarish darchasi, o'g'it chiqarish darchasining yuqori qirg'og'ini, o'g'it chiqarish darchasining pastki qirg'og'i, o'g'itning to'kilish burchagi, kurakchali baraban.
Ключевые слова. устройство внесения органических удобрений, норма внесения удобрений, окно выброса удобрений, верхний берег окна выброса удобрений, нижняя кромка собачьего окна выброса удобрений, угол выброса удобрений, барабан лопаты.
Key words. organic fertilizer application device, fertilization rate, fertilizer release window, upper bank of fertilizer release window, fertilizer the lower edge of the dog discharge window, the angle of the fertilizer discharge, the shovel drum.
Dunyo qishloq xo'jaligida tuproq unumdorligini oshirish va eqinlardan yuqori hosil olishda organik va mineral (organomineral) o'g'itlar hususan qoramol go'ngining axamiyati katta hisoblanadi. Shu kungacha organik o'g'itlar bilan tuproqni o'g'itlashda turli texnika vositalar yordamida amalga oshirilib kelingan.
Lekin, hozirgi paytda sug'oriladigan har bir gektar yerga to'g'ri keladigan qoramollar soni va ulardan olinadigan go'ng miqdori ancha kam. Bunday sharoitda organik va mineral (organomineral) o'g'itlar birikmasini o'simlik ildizi rivojlanadigan qatlamga solish lozim. Unga asosan eng samarali me'yori gektari 2-3 tonna ekanligi aniqlangan. Ushbu tajribaga asoslanib organik va mineral (organomineral) o'g' itlar gektariga 2-3 tonna lokal solish maqsadga muvofiqdir. Bu o'z navbatida o'g'itlarning samaradorligini oshirish bilan bir qatorda ularni tejash imkoniyatini beradi. Ta'kidlangan usulni amalga oshirish uchun pushta olishda bir yo'la organik va mineral (organomineral) o'g'itlar solish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Scientific journal of Construction and Education ISSN 2181-3779, volume 3, Issue 3 2Q24
QISQA XABARLAR
Yuqoridagilardan kelib chiqib pushta olishda uning ostiga organik va mineral (organomineral) o'g'itlar solish mashinasining konstruksiyasi ishlab chiqildi. O'g'it solish apparati quyidagi tartibda ishlaydi. Agregat ishlagan paytda baraban aylanma harakat qiladi va unga o'rnatilgan kurakchalar yordamida o'g'it bunkeridan chiqarish darchasi orqali o'g'itni majburiy chiqaradi.
O'g'it soladigan apparatining asosiy parametrlarini asoslash uchun quyidagi masalalar bo'yicha nazariy tadqiqotlar o'tkazildi:
- barabanda kurakchalarni joylashtirish sxemasi, ularning baraban o'qiga nisbatan o'rnatilish burchagi va sonini asoslash;
- o'g'it chiqarish darchasining joylashish o'rni, uning pastki va yuqorigi qirg'oqlarining tikka nisbatan o'rnatilish burchagi hamda o'lchamlarini asoslash;
- o'g'itni kurakchalarda va undan chiqqandan keyingi harakatini tadqiq etish.
Shunga asosan o'g'it chiqarish darchasining yuqori qirg'og'ini tikka nisbatan joylashtirishda u o'rnatilgan zonadagi kurakcha yuzasi bo'ylab o'g'itning ko'chish jarayonini ko'rib chiqamiz (1-rasm).
Buning uchun kurakcha gorizontal o'qqa nisbatan yp burchak ostida joylashgan deb faraz qilamiz. U holda, kurakcha yuzasida turgan o'g'itlarning
1-o'g'it chiqarish darchasini yuqorigi qirg'og'i; 2 - o'g'it chiqarish darchasi;
3 - kurakcha
1-rasm. O'g'it chiqarish darchasini yuqorigi qirg'og'ining tikka nisbatan o'rnatish
burchagini aniqlashga doir sxema
Mzarralari TQ>F shartidan kelib chiqib, kurakcha yuzasi bo'ylab ko'cha boshlaydi, ya'ni
G sin Yb > fG coSYb. (1)
f=tgy ekanligini hisobga olib, quyidagiga ega bo'lamiz G Sin Yb > G COS/btgç. U holda
tgYb > g yoki Yb >9, (2)
ya'ni, kurakchani gorizontga nisbatan qiyalik burchagi shu turdagi o'g'itni uning ishchi yuzasidagi ishqalanish burchagidan katta bo'lish shartidan kurakchadan o'g'itlarni tushish burchagi aniqlanadi.
1-rasmga asosan tikka nisbatan o'g'it chiqarish darchasining yuqori qirg'og'ini siljish burchagi quyidagiga teng
Y3 = 90o-Yb . (3)
Shuni ta'kidlash lozimki, (1) va (2) ifodalar nisbiy tezlik 0 ga teng bo'lganda o'g'it
Scientific Journal of Construction and Education ISSN 2181-3779, volume 3, Issue 3 2024
QISQA XABARLAR
zarrachalarining boshlang'ich ko'chishiga taalluqlidir.
Vasilenko P.M. nazariyasiga muvofiq har qanday vaqt uchun ko'chishning boshlanish sharti quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi [1]
mg sin yr + mr3a2 > f (2maVr + mg cos Yfe),
bunda: r3 - o'g'it zarrachasining aylanish o'qigacha bo'lgan masofa, m; a - kurakchali barabanning burchak tezligi, s-1
Muayyan o'zgartirishlardan so'ng, (13) ifoda quyidagi ko'rishga keladi:
(4)
g
sin( Yb -() cosp
= 2faVr - r3a2.
(2) va (4) tengliklarni hisobga olib, Vr tezlikka nisbatan tik o'q bo'yicha o'g'it chiqarish darchasining yuqori qirg'og'ining siljishini quyidagicha aniqlaymiz
Y3 = 90o — p — arcsin
a2[2 fr cos(a - p) - r3 cos p]
g
(5)
bunda ak-kurakchani baraban o'qiga nisbatan o'rnatish burchagi, gradus.
(5) ifodadan ko'rinib turibdiki, siljish burchagining qiymati nafaqat ishqalanish burchagi p, balki kurakchali barabanning harakatini kinematik parametrlari (rn va r3) ga ham bog'liq. Olingan parametrlarning son qiymatlarini qo'yib hisoblaganimizda y3 burchakning kattaligi 40450 bo'lishi lozimligi kelib chiqadi.
Organik o'g'it solish apparatini o'g'it chiqarish darchasinnig enini asoslash O'g'it chiqarish darchasini o'lchamini aniqlashda o'g'it solish me'yoridan kelib chiqqan holda ish organi tok qatorlarining bir metr uzunligiga quyidagi miqdordagi o'g'itni soladi
q = 10-4 Qb n,
(6)
bunda Q - o'g'it solish me'yori, kg/ga;
bp - tok qator orasining kengligi, m.
Ikkinchi tomondan tok qatorlari orasining bir metr uzunligiga sepiladigan o'g'it miqdori quyidagiga teng [6]
FVÄp
q = -T> (7)
a
bunda - - o'g'it oqimi ko'ndalang kesimining yuzi;
VÄ - o'g'itning o'g'it chiqarish darchasidagi absalyut tezligi; Va - agregatning ilgarilanma harakatdagi tezligi; p- o'g'itning zichligi.
1,5 - o'g'it chiqarish darchasini yuqorigi va pastgi nuqtasi; 2-o'g'it chiqarish darchasi; 3-
baraban; 4-kurakcha;
2 - rasm. Apparatni o'g'it chiqarish darchasini o'lchamini aniqlashga oid sxemasi
O'g'itning o'g'it chiqish darchasidagi absalyut tezligi(VÄ) uning kuchma (Vk) va nisbiy
>
Scientific Journal of Construction and Education ISSN 2181-3779, volume 3, Issue 3 2024
QISQA XABARLAR
tezligi(Vn)larni geometrik yeg'indisiga teng (2-rasm),
Va = У" + K2, (8)
VK =©( R + LK ) (9)
Ma'lumki (o'g'it chiqarish darchasini to'rt burchak shaklida deb qarab),
F = ас (Ш)
bunda а, s - mos ravishda o'g'it chiqarish darchasini balandligi va eni;
O'g'it chiqarish darchasining balandigini baraban markazidan tik o'qqa nisbatan pastki hamda yuqorigi siljish burchagiga bo'yicha aniqlaymiz. 2-rasmdagi AVS teng yonli uchburchakka asosan
а = V2r22(1 - cos(^3 ~f) (11)
bunda y3, у - mos ravishda o'g'it chiqarish darchasini baraban markazidan tik o'qqa nisbat yuqorigi va pastki siljish burchagi.
(10) va (11) ifodalarning o'ng tomonlarini bir - biriga tenglab va s ga nisbatan yechib, apparatni o'g'it chiqarish darchasini enini aniqlaymiz
10-4 QmVA
с >- Q A . (12)
VaN2r2(1 - cos(^3 -Y) Bu ifoda tahlilidan ko'rinib turibdiki, apparat o'g'it chiqarish darchasining o'lchami o'g'it solish me'yoriga, tok qator orasining kengligiga hamda agrégat tezligiga to'g'ri proporsianal, o'g'itning ko'chma tezligi hamda zichligiga teskari proporsional ekan.
Xulosa: O'tkazilgan nazariy tadqiqotlarga asosan o'g'itlash apparatining o'g'it chiqarish darchasining parametrlari ishqalanish burchagi ф, kurakchali barabanning burchak tezligiga, o'g'it zarrachasining aylanish o'qigacha bo'lgan masofaga bog'liq. Olingan natijalarga son qiymatlarini qo'yib hisoblaganda o'g'it chiqarish darchasini baraban markazidan tikka nisbat pastki va yuqorigi siljish burchaklar mos ravishda 21-25° va 40-450 bo'lishi lozim.
ADABIYOTLAR
1. Qishloq xo'jalik ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirish bo'yicha namunaviy texnologik kartalar. 2016-2020 yillar uchun. I-qism. - Toshkent: QXIITI, 2016. 140 b.
2. Sistema mashin i texnologiy dlya kompleksnoy mexanizatsii selskoxo-zyaystvennogo proizvodstva na 2011-2016 g. Chast I. - Tashkent: UzMEI, 2013. - 199 s.
3. Xadjiev A. Texnologicheskie osnovbi mexanizatsii vneseniya organomineralnbix udobreniy pod xlopchatnik. UzMEI.-Yangiyul,2002- S.48.
4. Komilov. Research of motion of fertilizers particles on machine drum blades for fertilizers distribution / European Applied Sciences - Stutt gart, Germany, 2015. -70-72 p
5. Xadjiev A. Komilov N. Obosnovanie raspolojeniya nijney i verxney kromok vbisevnogo okna ustroystva dlya narezki grebney s odnovremennbim vneseniem organomineralnbix udobreniy/ Traktorb i selxozmashinb. - 2015g.,№ 9 s.32-33