Научная статья на тему 'MAHALLIY O‘G‘IT (GO‘NG) NI G‘O‘ZANING RIVОJLANISH FAZALARINI DAVОMIYLIGIGA VA HОSILDОRLIGIGA TA‘SIRI'

MAHALLIY O‘G‘IT (GO‘NG) NI G‘O‘ZANING RIVОJLANISH FAZALARINI DAVОMIYLIGIGA VA HОSILDОRLIGIGA TA‘SIRI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
mahalliy o‘g‘it / go‘ng / shоnalash / gullash / o‘g‘itlangan / tezpisharlik / yashоvchanlik / harоrat / namlik ko‘saklar.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — G‘Oziyev M.A.

Maqolada mineral o‘g‘it bilan go‘ng aralashtirib sоlingan paykalda paxta hоsildоrligi o‘g‘itlanmagan va faqat mineral o‘g‘it sоlingan paykallardagiga nisbatan ancha оshiq bo‘lishi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAHALLIY O‘G‘IT (GO‘NG) NI G‘O‘ZANING RIVОJLANISH FAZALARINI DAVОMIYLIGIGA VA HОSILDОRLIGIGA TA‘SIRI»

MAHALLIY O'G'IT (GO'NG) NI G'O'ZANING RIVOJLANISH FAZALARINI DAVOMIYLIGIGA VA HOSILDORLIGIGA TA'SIRI G'oziyev M.A.

Farg'ona davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11189400

Annotatsiya. Maqolada mineral o'g'it bilan go'ng aralashtirib solingan paykalda paxta hosildorligi o'g'itlanmagan va faqat mineral o'g'it solingan paykallardagiga nisbatan ancha oshiq bo'lishi aniqlandi.

Kalit so'zlar: mahalliy o'g'it, go'ng, shonalash, gullash, o'g'itlangan, tezpisharlik, yashovchanlik, harorat, namlik ko'saklar.

Аннотация. В статье ycmanoeneno, nmo урoжайнoсть xnonKa на шлях, смешанных с минеральными удoбрeниями и навoзoм, значительш выше, чем на noлях, внесенных тoлькo минеральными удoбрeниями и без удoбрeний.

Ключевые слова: oрганичeский удoбрeний, навoз, бутoнизация, цветение, внесение удoбрeный, скoрoсneлыe, живучые, температура, влажнoстъ, Kopo6o4rn.

Abstract. The article found that cotton yields in fields mixed with mineral fertilizers and manure are significantly higher than in fields applied only with mineral fertilizers and without fertilizers

Keywords: organic fertilizer, manure, budding, flowering, fertilization, early ripening, tenacious, temperature, humidity, bolls.

G'o'za rivojlanish jarayonida beshta asosiy fazani o'taydi: unib chiqish fazasi, ya'ni urug'bargning yer betiga unib chiqishi; chinbarg chiqarish fazasi; shоnalash fazasi, ya'ni hosil shoxlar paydo qilish fazasi; gullash fazasi; pishish, ya'ni ko'saklarning ochilish fazasi.

Rivojlanish fazalarining davomiyligi g'o'za formalarining biologik xususiyatlariga, jumladan, tezpisharlik va uzoq muddat yashovchanlik qobiliyatiga, shuningdek, o'sish sharoitlariga bog'liq.

G'o'zaning tezpishar va o'sish sharoiti qulay bo'lsa, rivojlanish fazalari shunchalik qisqa bo'ladi, aksincha g'o'za tezpishar, o'sish sharoiti noqulay bo'lsa, rivojlanish fazalari shuncha uzoq davom etadi.

Viloyatimiz sharoitida g'o'zaning rivojlanish fazalari o'rta hisobda quyidagi muddatda: tuproqdagi harorat, namlik va boshqa sharoitlar qulay bo'ganda, ekishdan unib chiqquncha 6-8 kun, sharoit noqulay bo'lganda esa 12-15 kun va undan ham ko'proqdavom etishi mumkin. Unib chiqishdan birinchi chinbarg chiqarguncha 9-12 kun, chinbarg chiqa boshlashdan shona paydo bo'lguncha 25-30 kun, shonalash boshlagandan gul ochila boshlaguncha ham 25-30 kun, gullay boshlaganidan ko'saklarning pisha boshlashigacha 50-60 kun o'tadi.

Bizni sharoitimizda ekilayotgan o'rta tolali С-8293, Namangan-77 va shu kabi g'o'za navlari chigiti ekilgandan hosil pisha boshlaguncha 125-135 kun o'tadi.

Bizni tajribamizda g'o'zaning rivojlanish fazalarining davomiyligi variantlar bo'yicha quyidagicha bo'lganligi aniqlandi.

1-jadval

G'o'zani rivojlanish fazalarini davomiyligiga go'ngning ta'siri

№ Variantlar Bir gektar yerla o'simliklar soni, ming CHigit ekishdan to pishgungacha (kun hisobida)

10.08. maysalar ko'karguncha gullashgacha ko'saklar ochilguncha

1 O'g'itlanmagan 75,3 12 69 135

2 Mineral o'g'it 79,3 10 66 133

solingan

3 Mineral o'g'it + 90,4 8 64 130

go'ng solingan

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinadiki, o'g'itlanmagan maydonda har gektar hisobiga ko'chatlar soni 75,8 ming tup, faqat mineral o'g'itlar solingan maydonda 79,9 ming va mineral o'g'it va 30 tonna go'ng solingan maydonda esa ko'chatlar soni 90,4 ming tupni tashkil qilgan.

Bu o'g'itlanmagan maydonga nisbatan 15,1 ming tup, faqat mineral o'g'it solingan maydonga nisbatan esa 10,8 ming tup ko'chat ortiq bo'lganligi aniqlandi. Bu qonuniyatni g'o'za rivojlanish fazalarini o'tishida ham kuzatish mumkin.

Go'ngning ijobiy ta'siri faqat har gektar yerda o'simliklar sonini - ko'chat qalinligini oshirishga ta'sir qilib qolmay, balki o'simliklarda rivojlanish fazalarini o'tishini tezlashtirishda ham katta ahamiyati borligini ko'rsatadi.

Masalan, o'g'itlanmagan maydondagi o'simliklar chigit ekilishidan to maysalarni ko'karib chiqguncha 12 kun, faqat mineral o'g'it solingan maydonda esa 10 kun talab qilgan.

Mineral o'g'it bilan go'ng solingan sharoitda qisqa vaqtda, ya'ni 8 kunda maysalar bir tekis ko'karib chiqqan yoki birinchi va ikkinchi variantlarga nisbatan 42 kun erta ko'karib chiqqan.

Bizning tajribamiz natijalari shuni ko'rsatadiki, vegetatsiya oxirigacha ham o'simliklarning rivojlanish fazalarini o'tishi go'ng solingan sharoitda eng yaxshi samara - natija berdi.

Mineral o'g'it va go'ng solingan maydonlardagi g'o'zalarning chigit ekishdan to ko'saklarning ochilishigacha bo'lgan davr oldingi variantlarga nisbatan 3-5 kun erta boshlanishi aniqlandi.

Asosiy poya'ning jadal o'sishi va rivojlanishiga g'o'zaning tur hamda nav xususiyatiga bog'liq holda tashqi muhit sharoiti, masalan, temperatura, yorug'lik, tuproq namligi kabi omillar, shuningdek, tuproq xili, uning unumdorligi ham katta ta'sir etadi.

Tashqi muhit omillari qanchalik qlay bo'lsa, asosiy poya va butun o'simlik organlari shunchalik yaxshi rivojlanadi.

G'o'zaning biologik xususiyatlaridan biri o'suv davrining boshlarida o'simlikning juda sekin o'sib rivojlanishidir. Shonalay boshlagandan keyin, ayniqsa, gullash davrida, g'o'zaning o'sishi va rivojlanishini tezlashtiradi.

Gullash davrining oxiri va hosil yetilishi davrida poya'ning o'sishi hamda rivojlanishi juda sekinlashadi, o'suv davrining oxiriga kelib esa butunlay o'sishdan to'htaydi.

Bizning olib borgan tajribalarimiz natijalari jadvalda ko'rsatilgan.

Jadval ma'lumotlarini tahlil qilganimizda g'o'zaning o'sishi va rivojlanishi bilan tajriba variantlari o'rtasidagi farqlar yaqqol ko'zga tashlanadi. Bunda o'simlik bosh poyasining uzunligi o'g'itlanmagan maydonlarda mineral o'g'it va go'ng solingan maydonlarga nisbatan 6,9 sm past bo'lgan.

2-jadval

G'o'zani o'sishi va rivojlanishiga go'ngni ta'siri

№ Variantlar Bosh poya'ning bo'yi, sm Hosil shoxlarining soni, dona Bir o'simlikdagi ko'saklar soni, dona

1 O'g'itlanmagan 88,5 10,5 8,1

2 Mineral o'g'it solingan 90,3 13,7 9,6

3 Mineral o'g'it + go'ng solingan 95,4 15,8 11,7

Buning natijasida go'ng solinmagan maydonlarda iar bir o'simlikda hosil shoxlarining

soni ham 2,1-5,3 donaga kamayib ketgan.

Go'ngning o'simliklarga ijobiy ta'siri ularning o'sishi va rivojlanishidagina namayon bo'lmasdan balki, har bir o'simlikdagi ko'saklarning to'planishiga, ularning saqlanib qolishiga ham ta'sir etadi.

Go'ng solinmagan yerlardagi g'o'za o'simliklarining ko'saklari maydalanib, ularning soni ham ancha kam bo'ladi.

Masalan, bir tup o'simlikdagi ko'saklarning soni mineral o'g'it va go'ng solingan yerlardagi go'ng solinmagan yerga nisbatan 2,1-3,6 dona ko'p bo'lgan.

Organik moddalarning miqdori va tuproq qatlamlarida qanday taqsimlanganligi tuproqning madaniy holga kelish darajasini hamda tuproq hosil bo'lish jarayonlarining qaysi tomonga qarab rivojlanishini ko'rsatadigan belgidir.

Paxtakor rayonlarda tuproqqa go'ng solish tuproqning fizik xossasini yaxshilaydi, mineral o'g'itlarning. Ayniqsa fosforning xazm bo'lmaydigan shakllarini xazm bo'ladigan holga kelishiga yordam beradi, tuproq unumdorligining oshishi va muttasil saqlanishini ta'minlaydi.

Ayniqsa doim paxta ekib kelinayotgan yerlarga mineral o'g'itlar go'ng bilan aralashtirib solinganda paxta hosilini go'ng bilan o'g'itlanmagan dalalarga nisbatan ko'proq oshirishga imkon beradi.

3-jadval

Go'ngni g'o'za hosildorligiga ta'siri

№ Variantlar Bir gektar yerda paxta hosili, ts Foiz

1 O'g'itlanmagan 23,5 100

2 Mineral o'g'it solingan 26,4 112,3

3 Mineral o'g'it + go'ng solingan 29,4 125,1

Jadval ma'lumotlariga ko'ra, mineral o'g'it bilan go'ng aralas itirib solingan paykak

paxta hosildorligi o'g'itlanmagan va faqat mineral o'g'it solingan paykallardagiga nisbatan ancha oshiq bo'lishi aniqlandi.

Masalan, paxta hosildorligi o'g'itlanmagan maydonda 23,5 tsentnerni tashkil qilgan bo'lsa, faqat mineralo'g'it solingan maydonda esa 26,4 tsentnerdan hosil olingan.

Eng ko'p hosil mineral o'g'it va go'ng solingan maydondan olingan yoki o'g'itlanmagan maydonga nisbatan 25,1 foiz, faqat mineral o'g'it solingan maydonga nisbatan esa 12,9 foiz ortiq hosil olingan.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, go'ngning tuproq unumdorligini oshirishda har tomonlama samarasi uni mineral o'g'ilar bilan birga qo'shib ishlatganda yanada oshadi va g'o'zalarning yaxshi o'sib rivojlanishini ta'minlaydi. Natijada hosil, ya'ni paxta ham ko'payadi.

REFERENCES

1. Zokirov T.S. Organik o'g'it - tuproqqa madad. Paxta dalasi ekologiyasi. Toshkent, 1991.

2. Qoraxonov О., Begencheva M. Organik o'g'itlarning ingichka tolali g'o'zalarning hosildorligiga tasiri. «Paxtachilik», №-9, 1980.

3. Normuxamedov N. G'o'zani o'g'itlash. Paxtachilik, Toshkent, «Mehnat» , 1990.

4. Tojiev M., Nomozov Sh. Oraliq ekinlar va organik o'g'itlarning samaradorligi. «Paxtachilik», №1, 1995.

5. Roziqov K.M. Paxtachilikda go'ngdan foydalanish. Toshkent, 1971.

6. Sattorov J.S. Tuproqdagi oziq elementlar zahirasini saqlash va ko'paytirish usullari va rezervlari. T., 2004.

7. Скрябин Ф.А. HaBo3 в системе удoбрения хлoпчатника. Т., «Фан», 1974.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.