Научная статья на тему 'ARZIQLI TUPROQLARDA G‘O‘ZANING RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGINI SUG‘ORILADIGAN DEHQONCHILIK TA’SIRIDA O‘ZGARISHI'

ARZIQLI TUPROQLARDA G‘O‘ZANING RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGINI SUG‘ORILADIGAN DEHQONCHILIK TA’SIRIDA O‘ZGARISHI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
22
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Arziq / gips / karbonat / agrotadbir / o‘q ildiz / hosildorlik / sug‘orish / chuqur yumshatish.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — U.B. Mirzayev, X.Abduxakimova

Maqolada Markaziy Farg‘ona hududida shakllangan qiyin melioratsiyalanuvchi va unumdorligi past bo‘lgan tuproqlar va ular unumdorligini oshirish va qo‘llanilgan agrotadbirlar samaradorligi borasidagi tahlillar g‘o‘za o‘simligi bo‘yicha natijalar asosida yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ARZIQLI TUPROQLARDA G‘O‘ZANING RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGINI SUG‘ORILADIGAN DEHQONCHILIK TA’SIRIDA O‘ZGARISHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

ARZIQLI TUPROQLARDA G'O'ZANING RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGINI SUG'ORILADIGAN DEHQONCHILIK TA'SIRIDA O'ZGARISHI *U.B. Mirzayev., 2X.Abduxakimova.

1FarDU, b.f.n., dotsent 2FarDU b.f.f.d., dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.8009434

Annotatsiya. Maqolada Markaziy Farg'ona hududida shakllangan qiyin melioratsiyalanuvchi va unumdorligi past bo'lgan tuproqlar va ular unumdorligini oshirish va qo'llanilgan agrotadbirlar samaradorligi borasidagi tahlillar g'o'za o'simligi bo'yicha natijalar asosida yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Arziq, gips, karbonat, agrotadbir, o 'q ildiz, hosildorlik, sug'orish, chuqur yumshatish.

Ma'lumki, g'o'za o'simligi ildizining rivojlanishi tuproq yuzasida yer yuzasiga yaqin joylashgan kuchli zichlikka ega bo'lgan yuqori karbonatli-shoxli ([3]; va gipsli ([5]; [4]) qatlamlar ta'sirida keskin yomonlashadi, bu esa g'o'za tuplarining o'sishini sustlashtiradi. G'o'za tuplari past bo'yli, ko'saklar soni oz, ko'sakning o'rtacha og'irligi kichik bo'lib, hosildorlik past bo'ladi. By öopagara Mat.nyMOT.nap agaGHeTnapga x,aM epuraG yranraH ([7, 8,9,10])

Arziqli qatlamlar ham o'ta zich qovushmaga ega bo'lib, g'o'zaning yer osti va yer usti qismlarining o'sish va rivojlanishiga yuqoridagilardek ta'sir qiladi. Arziqli qatlamlarning tuproq kesimida joylashish chuqurligi va turli agrotadbirlarni g'o'zaning rivojlanishi va hosildorligiga ta'sirini 1977-1979 yillarda Komsomolobod (hozirgi Ulug'nor) tumanining "Oq oltin" davlat xo'jaligi yerlarida o'rgangan edik ([1]; [2]). Oradan 25 yil o'tgach ayni o'sha tajriba maydonlarida qayta kuzatuvlar o'tkazdik. Natijalar tuproq xossalari va g'o'zaning rivojlanishi hamda hosildorligida ijobiy o'zgarishlar yuz berganini ko'rsatdi.

G'o'za ildizlarini yuvish natijalari g'o'za ildiz sistemasining o'sishi va rivojlanishi arziqli qatlamning joylashish chuqurligiga bog'liqligini ko'rsatdi. Arziq qatlami bo'lmagan o'tloqi tuproqlarda g'o'za tuplari kuchli rivojlangan ildiz sistemasiga ega (1-jadval). G'o'za o'q ildizi har ikki davrda ham 80-90 sm va undan chuqurroqqa kirib borgan, yonlama ildizlar soni 60 tadan ortiq, ular uzunligi 70-80 sm ga yetadi. G'o'za o'q ildizining uzunligi 2,02 g/sm3 hajmiy massaga va 26% aeratsiya g'ovakligiga ega bo'lgan arziqli qatlam 18 sm chuqurlikdan boshlangan o'tloqi yuza arziqli tuproqda 11-15 sm ga teng bo'ldi. O'q ildiz arziq qatlami yuzasiga yetgach, o'sishdan to'xtagan va egilib, mayda ildizchalar chiqarib arziq qatlami ustida tarqalgan.

G'o'zaning ildiz sistemasi hajmiy massasi 1,35g/sm3 va g'ovakligi 46% bo'lgan arziqli qatlami 38 sm dan boshlangan o'tloqi sayoz arziqli tuproqda yuza arziqli tuproqqa nisbatan yaxshiroq rivojlangan. O'q ildiz uzunligi 14-34 sm oralig'ida bo'lib, bu yerda ham yuqoridagidek arziqli qatlam ichiga kirolmaydi. Birinchi darajali yonlama ildizlar soni 18 dan 22 gacha, uzunligi esa 61-71 sm bo'ldi.

Chuqur yumshatish melioratsiyalanishi qiyin bo'lgan tuproqlarning suv-fizikaviy xossalarini yaxshilash va tuzsizlanish jarayonlarini tezlatish uchun qo'llaniladigan progressiv agromeliorativ tadbir hisoblanadi. Kuzatishlarimizning ko'rsatishicha, tuproqlarni 60 sm dan chuqurroqqa yumshatish va bu agrotadbirlarni 20 t go'ng chiqarish bilan uyg'unlashtirish

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

tuproqlarning fizik xossalarini ancha yaxshiladi. Natijada g'o'zaning ildiz sistemasi nisbatan kuchliroq rivojlandi. O'q ildiz kirib borgan chuqurlik ortdi, yonlama ildizlar soni ko'paydi.

Tuproqlarning fizik xossalarida boshlangan nisbiy yaxshilanishlar keyingi 25 yil davomida xo'jalikda qo'llanilgan agrotexnik va agromeliorativ tadbirlar ta'sirida yana davom etdi. Arziqli qatlamning hajmiy massasi yuza arziqli tuproqda 1,87 g/sm3 gacha kamayganligi va aeratsiya g'ovakligi esa 32,45% gacha ortganligi kuzatildi. Bu ko'rsatkichlar sayoz arziqli tuproqlarda 1,27 g/sm3 va 48,17% ga teng bo'ldi. Fizik ko'rsatkichlarni yaxshilanishi g'o'za ildiz sistemasining rivojlanishida o'z aksini topdi. O'q ildiz 10 sm gacha chuqurroqqa kirib bordi, yonlama ildizlar soni 8 tagacha ortdi. Ammo ularning asosiy qismi ilgarigidek 20 sm li ustki qatlamda tarqalgan.

Ildiz sistemasining holati g'o'zaning yer usti qismining o'sishi, rivojlanishi va oxir-oqibatda hosildorlikni belgilaydi. G'o'zaning ildiz sistemasi qanchalik kuchli rivojlangan bo'lsa, uning yer usti qismi shunchalik yaxshi o'sgan bo'lib, yuqori hosil beradi. Darhaqiqat, unumsiz arziqli qatlamlari bo'lmagan o'tloqi tuproqlarda yetishtirilgan g'o'za kuchli rivojlangan ildiz sistemasiga ega. Uning yer usti qismi ham yaxshi taraqqiy etgan bo'lib, hosil shoxlari va hosil elementlarining ko'pligi va yuqori hosildorligi bilan ajralib turadi (2-jadval, 7-variant). Arziq qatlami 15-25 sm dan boshlangan yuza arziqli tuproqlarda esa g'o'za tuplari pakana bo'lib, bosh poya balandligi vegetatsiya davrining oxirida o'rtacha 26,5-36,9 sm ni tashkil qildi (1-variant). Bosh poya deyarli shoxlanmagan, hosil elementlari soni 1,09-3,1 taga teng. Bir tupga to'g'ri keladigan ko'saklar soni o'rtacha 1,36 bo'lib, bitta ko'sakning og'irligi 2,9 g ga teng. G'o'za hosildorligi gektariga 5,8 s ni tashkil qildi. Qo'llanilgan agrotadbirlar ta'sirida g'o'za tuplarining o'sishi va rivojlanishi nisbatan yaxshilandi. G'o'za hosildorligi chuqur yumshatilgan variantda gektariga 7,3 s (2-variant) va 20 t go'ng solib chuqur yumshatilgan variantda 10,8 s ga teng bo'ldi.

1-jadval.

Sug'oriladigan o'tloqi saz arziq-sho'rxokli tuproqlarda g'o'zaning ildiz sistemasi va

uning rivojlanishi.

Varia nt № Arziqli qatlam chuqurligi, sm O'q ildizning uzunligi, sm 1-darajali yonlama ildizlarning soni, dona. YOn ildizlarning uzunligi, sm Birinch qatlam i darajali yonlama ildizlarning tuproq ari bo'yicha taqsimlanishi, dona.

0 -0 10-20 20-30 30-40 40-50 50-60 60-70 70-80

1978 y.

Sug'oriladigan o'tloqi saz yuza arziqli tuproq

Odat dagi hayd ov 1 18 11-15 15-17 60 12-13 0-4

1v + chuq ur yums hatis 2 18 20-30 24-34 60 15-20 9-12 0-4

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

h

2v + 20t go'n g 3 18 20-37 30-38 60 18-23 9-15 2-5 1-2

2003 y

Sug'oriladigan o'tloqi saz yuza arziqli tuproq

1 22 15-25 20-25 70 15-17 3-5 2-3 - - - - -

2 25 20-35 25-32 70 14-20 8-9 2-3 0-2 1 - - -

3 25 22-38 35-40 70 19-20 1012 4-4? 2-3 1 - - -

Sug'oriladigan o'tloqi saz tu] 3roq

7 y°'q 80-82 60-68 80 22-19 1617 1012 4-6 3-5 3-5 1-2 1 2

Arziqli qat ami 26-4 5 sm chuqurlikc an boshlangan sayoz arziqli tuproqlarda o'sgan

g'o'zaning holati yuza arziqli tuproqlardagi g'o'zaga nisbatan ancha durust. Bosh poya balandligi o'rtacha 87,4 sm, ammo u kam shoxlangan, simpodiya shoxlari atigi o'rtacha 3,9 ga teng. Hosil elementlari o'rtacha 11,4 ga, ko'saklar soni esa 2,37 bo'lib, bitta ko'sak og'irligi 3,4 g ni tashkil qildi. Hosildorlik gektariga 9,1 s ga teng bo'ldi.

Agrotadbirlar ta'siri ham bu yerda oldingi tuproqdagiga nisbatan sezilarli bo'ldi. G'o'za tuplari chuqur yumshatilgan va ayniqsa, go'ng solingan variantda yaxshi o'sdi, hosil shoxlari ko'proq bo'ldi. Hosil elementlari soni mos holda 13 va 14,7, ko'saklar soni 3,2 va 3,9 taga yetdi. Bitta ko'sakning og'irligi 4,1 va 4,4 g bo'lib, hosil 5 variantda 15,8 s va 6 variantda 18,1 s gacha ko'tarildi, ya'ni agrotadbirlar qo'llanilmagan variantdagiga nisbatan 6,7 va 9 s ga ortdi.

Qo'llanilgan agrotadbirlar ta'sirida tuproq xossalari yaxshilanib, o'simliklar o'sishi uchun qulay sharoitlar yuzaga kela boshladi. Natijada hosildorlik ortdi. Xo'jalikda qo'llanilgan agrotexnik va agromeliorativ tadbirlar, jumladan mineral o'g'itlarning oshirilgan meyorlarini qo'llash, go'ng chiqarish, ko'p yillik o't o'simliklarini ekish, sideratsiya ta'sirida tuproq xossalarini yaxshilash va hosildorlikning ortish tendensiyasi davom etdi.

2-jadval.

Sug'oriladigan o'tloqi saz arziq-sho'rxokli tuproqlarda g'o'zaning holati va uning

o'zgarishi.

№ Variant Arziqli qatlam chuqurligi, sm Ko'chat qalinligi, ming/ga Bosh poya balandligi, sm Simpodiya shoxlari, dona Hosil elementlari, dona Bitta ko'sakning og'irligi, g Hosildorlik, s/ga

Jami Shu jumladan ko'saklar

1977-1979 yy.

Sug'oriladigan o'tloqi saz yuza arziqli tuproq

1 Odatdagi haydov 15-25 147,1 29,8 0,2 2,9 1,36 2,9 5,9

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

2 1v + chuqur yumshatish 15-25 154,3 36,7 0,5 3,9 1,6 3,0 7,3

3 2v + 20t go'ng 15-25 130,7 39,0 1,0 5,1 2,6 3,2 10,8

Sug'oriladigan o'tloqi saz tuproq

7 Odatdagi haydov y°'q 88,5 91,4 12,0 24,8 8.6 4,8 36,5

2003-2004 yy.

Sug'oriladigan o'tloqi saz yuza arziqli tuproq

1 20-25 130 40 5 10 2,1 3,0 8,1

2 25 127 48 4 10 3,5 3,2 14,2

3 25 125 50 5 12 3,3 3,3 13,6

Sug'oriladigan o'tloqi saz tuproq

7 yo'q 74 108 14 20 13,5 3,5 34,9

2003-2004 yillarda o'tkazgan takroriy tadqiqotlarimizda 1977-1979 yillardagi tajriba maydonlarida yetishtirilgan g'o'zaning holatida katta o'zgarishlar kuzatildi. G'o'za tuplari barcha variantlarda 25 yil oldingiga nisbatan bo'ydor, shoxlangan, hosil elementlari, ko'saklar soni ko'paygan. G'o'za hosildorligi yuza arziqli tuproqli maydonlarning chuqur yumshatilmagan qismlarida 2,3 s ga va sayoz arziqli tuproqlarda 2,7 s ga ortib, gektariga mos holda 8,2 va 11,8 s ga etgan. 2 bilan 3 va 5 bilan 6 variantlarda yetishtirilgan g'o'zaning hosildorlik darajasi deyarli teng. Hosil ko'rsatkichi yuza arziqli tuproqlarda gektariga 14,2-13,6 s ni va sayoz arziqli tuproqlarda 19-20,1 s ni tashkil qildi. Bu qiymatlar 1977-79 yy ko'rsatkichlaridan 6,9-2,8 va 4,22,6 s ga ko'pdir.

Shunday qilib, sug'oriladigan dehqonchilikda qo'llanilgan umumiy agrotexnika tadbirlari ham, maxsus tadbirlar ham arziqli tuproqlarda yetishtiriladigan g'o'zaning rivojlanishiga ijobiy ta'sir qiladi. O'zgarishlar g'o'za ildiz sistemasining kuchli rivojlanishida, g'o'za tuplarining bo'ydor bo'lishi, hosil shoxlarining ko'plab yuzaga kelishi, hosil elementlari va ko'saklarning ko'p to'planishi hamda hosildorlikning ortishida ifodalandi. Ammo paxta hosilining ko'payishi umumiy agrotexnika sharoitlarida sekin va uzoq davom etadi. Tuproqlardan foydalanish davri kattalashgan sari o'zgarishlar yaqqol aks etadi. Tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilovchi maxsus tadbirlarni amalga oshirish g'o'zaning rivojlanishi va hosildorligining ortishini tezlatadi.

REFERENCES

1. Исаков В.Ю., Исаков М.Ю. Развитие корневой системи хлопчатника в арзыковых почвах Центральной Ферганы. Узбекский биологический журнал. 1986. № 3.

2. Исаков В.Ю. Влияние арзыковых горизонтов на развитие и урожайность хлопчатника. В.кн: Мелиорация и орошение культур хлопкового севооборота. Ташкент, 1986.

3. Исаков В. Ю., Мирзаев У. Б., Юсупова М. А. О почвах песчаных массивов центральной Ферганы //Научная дискуссия: вопросы математики, физики, химии, биологии. - 2016. - №. 8-12. - С. 35-38.

4. Кугучков Д.М. Исследование по вопросу о генезисе тверды прослоек в почвах Средней Азии. Тр. Узб.СХИ. 1940. Т.3.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

5. Лим В.Д. Гипсоносные почвы Джизакской степи и их освоение. Автореф.дисс.канд.с.х. наук. Новосибирск, 1981.

6. Лунев В.Г. Влияние слабоводопроницаемых гипсированных прослоек в почвогрунтах на агромелиоративные условия Голодной степи.Автореф. дисс. канд.с/х наук. Ташкент, 1966.

7. Мирзаев У., Гофуров Б., Тожиматов А. Арзикдли тупродларда гузанинг ривожланиши ва хосилдорлигини сугориладиган дехкончилик таъсирида узгариши //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D7. - С. 76-81.

8. Мирзаев У. Коллектор-зовурлар тизимининг тупрокдаги тузларнинг дайта тадсимланишидаги роли //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D8. - С. 555-559.

9. Mirzaev U. CHANGES IN CENTRAL FERGANA SOILS UNDER THE INFLUENCE OF PLANNING //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. D2. - С. 218-221.

10. Mirzaev U. CHANGES IN CENTRAL FERGANA SOILS UNDER THE INFLUENCE OF PLANNING //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. D2. - С. 218-221.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.