Научная статья на тему 'G‘O‘ZANING GULLASHI KO‘SAKLARINING OCHILISHIGA SUYUQ MIKROELEMENTLI VA MINERAL O‘G‘ITLAR BARG ORQALI'

G‘O‘ZANING GULLASHI KO‘SAKLARINING OCHILISHIGA SUYUQ MIKROELEMENTLI VA MINERAL O‘G‘ITLAR BARG ORQALI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
mikroo‘g‘itlar / hosil / paxta / g‘o‘za / barg / biologik / gullash / suyuq / mineral.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Davronov Qaxramonjon Anvarjonovich, Teshaboyev Nodirbek Ikromjonovich

Mineral o‘g‘itlar g‘o‘za o‘simligini parvarishida uning gullash dinamikasi boshqa o‘simliklardan mutlaqo farq qiladi. Yа’ni, gullash davri o‘suv davri davomida doimiy ravishda birin ketinlik bilan gullab boradi. G‘o‘za navlarining gullash dinamikasini jadalligi avvalo uning biologik xususiyatlariga erta, o‘rta va kech pisharligi yilning iqlim sharoitiga qolaversa qo‘llanilgan agrotexnik tadbirlarning maqbul ta’siriga bog‘liqdir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «G‘O‘ZANING GULLASHI KO‘SAKLARINING OCHILISHIGA SUYUQ MIKROELEMENTLI VA MINERAL O‘G‘ITLAR BARG ORQALI»

G'O'ZANING GULLASHI KO'SAKLARINING OCHILISHIGA SUYUQ MIKROELEMENTLI VA MINERAL O'G'ITLAR BARG ORQALI QO'LLASHNING

TA'SIRI

1Davronov Qaxramonjon Anvarjonovich, 2Teshaboyev Nodirbek Ikromjonovich

1Farg'ona davlat universiteti q.x.f.d. dotsent, 2Mustaqil izlanuvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.11186239

Annotatsiya. Mineral o'g'itlar g'o'za o'simligini parvarishida uning gullash dinamikasi boshqa o'simliklardan mutlaqo farq qiladi. Ya'ni, gullash davri o'suv davri davomida doimiy ravishda birin ketinlik bilan gullab boradi. G'o'za navlarining gullash dinamikasini jadalligi avvalo uning biologik xususiyatlariga erta, o'rta va kech pisharligi yilning iqlim sharoitiga qolaversa qo'llanilgan agrotexnik tadbirlarning maqbul ta'siriga bog'liqdir

Kalitso'zlar: mikroo'g'itlar, hosil, paxta, g'o'za, barg, biologik, gullash, suyuq, mineral.

Аннотация. Минеральные удобрения При уходе за хлопчатником динамика его цветения совершенно отличается от других растений. То есть в период цветения он непрерывно цветет в течение всего вегетационного периода. Быстрота динамики цветения сортов хлопчатника зависит в первую очередь от его биологических особенностей, раннеспелости, среднесрочности и позднеспелости, а также от климатических условий года, от оптимального эффекта применяемых агротехнических мероприятий.

Ключевые слова: микроудобрения, урожай, хлопок, хлопок, листовые, биологические, цветочные, жидкие, минеральные.

Abstract. Mineral fertilizers when caring for cotton, the dynamics of its flowering is completely differentfrom other plants. That is, during the flowering period, it continuously blooms throughout the growing season. The speed of the dynamics offlowering of cotton varieties depends primarily on its biological characteristics, early ripeness, medium-term and late ripeness, as well as on the climatic conditions of the year, on the optimal effect of the applied agrotechnical measures.

Keywords: microfertilizers, crop, cotton, cotton, foliar, biological, flower, liquid, mineral, climatic conditions, mineral fertilizers.

Kirish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni boshoqli don ekinlarini yetishtirish, hosildorligi va mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun katta imkoniyatlarni ochib berdi. Paxtachilik mamlakatimizda qishloq xo'jaligining muhim tarmoqlaridan biri. Respublikamizda paxtachilik sohasida katta malaka, tajriba va o'ziga xos maktab yaratilgan. So'nggi yillarda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, qishloq joylarda bandlikni hal etish, ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarni ko'paytirish maqsadida paxta ekin maydonlari biroz kamaytirildi, ya'ni ekin maydonlarining bir qismi g'alla, meva va sabzavot ekinlari uchun ajratildi. Natijada so'nggi 2-3 yil davomida paxta ekin maydonlari qariyb 15-16% ga qisqardi. Biroq, bu bilan g'o'za ekini uchun bo'lgan e'tibor kamaymadi, aksincha fan va yangi texnologiyalar qo'llash, almashlab ekish tizimini takomillashtirish, mehnat samaradorligini va paxta hosildorligini oshirish hisobiga yalpi paxta hosilini kamaytirmaslik vazifasi qo'yilgan [1-b].

Adabiyotlar sharhi.B.Niyazaliyev, J.Ismayilov, B.Tillabekovlar tomonidan G'o'zaning o'sib-rivojlanishi uchun turli xil oziqa elementlari (NPK, Ca, Mg, Zn, Mo) talab etiladi. Agar shu elementlardan biri yetishmasa moddalar almashinuvi buziladi, o'sish va rivojlanish sekinlashadi, natijada hosildorlik kamayadi va sifati ham yomonlashadi. Shu kungacha mineral o'g'it tariqasida asosan azot, fosfor va kaliy qo'llaniladi (Boirov, Nuriddinov, 2016, y). G'o'za navlarining gullash dinamikasini jadalligi avvalo uning biologik xususiyatlariga (erta, o'rta va kech pisharligi), yilning iqlim sharoitiga qolaversa qo'llanilgan agrotexnik tadbirlarning maqbul ta'siriga bog'liqdir. Tajribada esa g'o'zani S-8290 navining barg sathi yuzasi, gullash ko'saklarning ochilish dinamikasiga suyuq holatdagi NPK o'g'itlari va Kafolon deb nomlanuvchi mikroelementlardan tashkil topgan o'g'itni barg orqali qo'llanilgandagi tavsiflari aniqlangan. Chunki, bu holatdagi o'g'itlar nafaqat g'o'zani o'sishini maqbullaydi, yana pishish davrini tezlashtiradi. [10-b.]

Tadqiqot usullari Dala tajribalarini o'tkazish va fenologik kuzatuvlar Paxta seleksiyasi urug'chiligi yetishtirish agrotexnalogiyalar ilmiy tajriba instituti uslubi bo'yicha va Ma'lumotlari matematik-statistik tahlillari B.A.Dospexovning dala tajribalarini o'tkazish va dala tajribalaridan olingan o'simlik namunalarini agrokimyoviy taxlili usulnomalari bo'yicha aniqlandi. Ta'kidlash joizki, g'o'zani gullash dinamikasi 20-30 % gulga kirgandan so'ng har 2-3 kunda xar bir variantni 2-qaytarig'ida aniqlangan.

Mineral o'g'itlar N130, P90, K65 kg/ga meyorlarda qo'llanilgan (1-4) variantlarning 28,2 % o'rtacha esa 26,9% g'o'za gulga kirgan holda ikki kundan keyin bu ko'rsatkichlar mutanosib ravishda 47,6 va 49,0% o'rtacha 48,3% ni hamda 5 kundan keyin esa o'rtacha 68,4 % ni tashkil etganligi aniqlangan. Yana bir holat alohida ta'kidlab o'tamizki 2021-yilning sharoitlarida chigit 12-aprelda ekilgan bo'lsa, oradan 96 kun o'tgach nazorat variantida g'o'zani 68,4% qismi gulga kirganligi kuzatilgan. G'o'zani gullash darajasini tezlashtirish maqsadida, ya'niy hosilni tezroq yetilishi uchun barg orqali qo'llanilgan suyuq holatdagi mikroelementlar to'plashi ta'sirida kuzatuv muddatlariga mutanosib ravishda 2 qaytariqlardan o'rtacha 32,3; 56,1 va 76,4 % o'simliklar gulga kirganligi aniqlangan. Bu ko'rsatkichlar nazoratdan mutanosib ravishda 5,4; 7,8 va 8,0% ga yuqoridir.

Bu va boshqa variantlarda nazoratga nisbatan g'o'zani gullash darajasini ortishiga sabab, mikroelementlar va suyuq holatdagi NPK o'g'itlari barg orqali qo'llanilganda avvalo barg sathi yuzasi kattalashib, fotosintez jarayoni tezlashadi oqibatda esa g'o'za rivoji yaxshilanib, tezroq gulga kiradi. Lekin bu holat yana qo'llanilgan mitneral o'g'itlarning meyorlarini maqbul ta'siriga xam bog'liqdir.

Mineral o'g'itlarning N130, P90, K65 kg/ga meyorlari fonida suyuq holatdagi NPK va mikroelementlar g'o'zani rivojlanish davrlarida 3 marta barg orqali qo'llanilganda kuzatuv muddatlarida 34,3; 59,5 va 79,8 % o'simliklar gulga kirganligi kuzatilgan. Bu ko'rsatkichlar nazorat variantnikidan mutanosib ravishda 7,4; 10,9 va 11,4 % ga yuqori, qolaversa faqat mikroelementlar to'plashi qo'llanilgan 2-variantga nisbatan ham 2,0; 3,1 va 3,4 % ga ortiqcha bo'lganligi kuzatildi.

Mineral o'g'itlarning N130, P90, K65 kg/ga meyorlari fonida barg orqali qo'llanilgan barcha turdagi mikroelementlar va suyuq NPK o'g'itlarining g'o'zani gullash darajasini ortishiga maqbul ta'siri borligi kuzatilgan.

Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Mineral o'g'itlar N180, P125, K90 kg/ga meyorlarda qo'llanilgan (5-8) variantlarning nazoratida kuzatuv muddatlariga mutanosib ravishda g'o'zaning gullash darajalari 27,5; 49,8 va 66,1 % ni tashkil etganligi aniqlangan. Bu

ko'rsatkichlar I-fondagi nazorat (1) variantnikidan 0,6; 1,5 va 0,7 % ga ortiqchadir, bu farqlanishlar mineral o'g'itlar meyorining ortishi hisobiga bo'lganligi kuzatiladi.

Mineral o'g'itlar meyori N130, P90, K65 kg/ga dan N180, P125, K90 kg/ga ortishi bilan g'o'zani gullash darajalari 0,6-1,5 % ga ko'paygan holda barg orqali suspenziya holatda NPK va mikroelementlar qo'llanilganda bu jarayon kuzatuvni oxirida (23.07) 8,0-9,4 % ga ortganligi aniqlandi.

Mineral o'g'itlar N180, P125, K90 kg/ga fonida suyuq mikroelementli o'g'itlar suspenziya sifatida g'o'zaning bargi orqali 3 marta qo'llanilganda (6 variant) g'o'zani gullash darajasi kuzatuv muddatlariga mutanosib ravishda (2 qaytariqdan o'rtacha) 33,4; 58,4 va 78,2 % ni tashkil etib, nazoratdan 5,9; 8,6 va 9,1 % ga ortiqcha bo'lganligi aniqlangan. Qolaversa bu raqamlar yana 2-variantnikiga nisbatan kuzatuv oxirida 1,8 % ga ortiqcha bo'lganligi kuzatildi.

Mineral o'g'itlarni III-fonida suyuq holatdagi mikroelementlar to'plami g'o'zani bargi orqali qo'llanilganda (10-variant) gullash darajasi kuzatuv muddatlarining oxirida 79,2 % ni tashkil etgan holda nazoratdan 11,1 % ga yuqori bo'lgan. o'g'itlarni bu fonida yana suyuq holatdagi NPK va mikroelementlar suspenziya sifatida barg orqali qo'llanilganda g'o'zaning gullash darajasi 74,3 % ni tashkil etib, 10-variantnikidan 0,1 % ga farq-landi xolos, vaholanki II-fonida bu o'g'itni ta'sirida 13,0 % ga ortgan edi.

G'o'zani gullash darajasini nazoratga nisbatan 13,0% ga tezlashtirgani uchun mineral o'g'itlarning N180, P125, K90 kg/ga fonida suyuq NPK va mikroelementlar to'plami barg orqali 3 marta qo'llash kerakligi aniqlangan. G'o'za ko'saklarining ochilish darajasi, gullash kabi variantlar orasidagi qonuniyatlarni saqlagan holda o'zgarganligi kuzatilgan bo'lib, bu borada olingan ilmiy ma'lumotlar keltirilgan.

Mineral o'g'itlarning yuqoridagi fonida suyuq holatdagi mikroelementlar g'o'za bargi orqali 3 marta (150+200+250 ml/ga) qo'llanilganda kuzatuv muddatlariga mutanosib ravishda 2-qaytariqdan o'rtacha 31,2; 48,1 va 65,8 % ko'saklar ochilgani kuzatilib, nazoratdan 3,1; 2,5 va 5,4 % ga yuqori bo'lgan. Demak, barg orqali qo'llanilgan suyuq holatdagi mikroelementlar ta'sirida g'o'za rivojlanish davrlarining o'sish va rivojlanishi yaxshilanib, fotosintez jadalligi ortgan sari modda almashinuvi ham maqbullashgan, natijada o'simliklarni ertaroq gullashiga ko'sak tugishiga va ularni ochilishiga sharoit yaratilgan. G'o'zaning bargi orqali rivojlanish davrlarida 3 marta (3,0; 3,5 va 4,0 l/ga) suyuq NPK va mikroelementlar suspenziya holatda qo'llanilgan (3) variantda yuqoridagi ko'rsatkichlarning o'rtachasi mutanosib ravishda 33,4; 49,2 va 67,8 % ni tashkil etgan bo'lib, avvalo nazoratdan 9,8; 3,6 va 7,4 % ga, qolaversa faqat suyuq mikroelementlar sepilgan 2 variantnikiga nisbatan esa 2,2; 1,1 va 2,0 % ga yuqori bo'lganligi kuzatildi.

Mineral o'g'itlar N180, P125, K90 kg/ga meyorlarda qo'llanilgan (5-8) variantlarning nazoratida ko'saklarning ochilish darajasi kuzatuv muddatlariga mutanosib ravishda o'rtachasi 25,6; 47,8 va 62,1 % ni tashkil etgan va I- fondagi nazoratdan 1,7; 2,2 va 1,7 % ga farqlangan. Bu o'zgarishlar esa qo'llanilgan o'g'it meyorlarining ham nisbatan maqbul ta'siri bo'lganligidan dalolat beradi.

Ta'kidlash jozki, 2 va 6-(paralel)variantlar bir-biridan mineral o'g'itlarning meyorlari bilan farqlanadi, lekin bu o'g'it fonlaridagi suspenziyalarning samaradorligi nazoratga nisbatan xar xil bo'lganligi kuzatiladi, ya'niy 2-variantda nazoratdan 3,1; ko'saklarning ochilishi 2,5 va 5,9 % ga ortgan bo'lsa, 6- chisida esa bu kursatkichlar 7,8; 3,5 va 5,7 % ga teng bo'lgan. Bundan farqlanishlar mineral o'g'itlarning maqbul meyorlarining xam ta'siri borligini ko'rsatdi.

Maqbul ko'rsatkichlar mineral o'g'itlarning yuqoridagi xolatda suyuq NPK va mikroelementlar barg orqali qo'llanilgan (3,0+3,5+4,0 ml/ga) 7-variantda olinib, kuzatuv

muddatlariga mutanosib ravishda o'rtachasi 36,1; 53,4 va 68,9 % ni tashkil etgan holda nazoratdan 9,5; 5,6 va 6,8 % 6-variantga nisbatan esa 2,7; 2,1 va 1,1 % ga yuqori bo'lganligi kuzatilgan. Shuningdek bu (7) variant ko'rsatkichlari I-fondagi (3) paralel variantnikidan 2,7; 4,2 va 1,1% ga ko'proq bo'lgan. Demak, g'o'za ko'saklarining ochilish darajasini yanada oshirish uchun nafaqat mikroelementlarni barg orqali maqbul miqdorda, qolaversa mineral o'g'itlarni ham ildiz orqali maqbul meyorlarda berish kerakligi isbotlandi.

Tajribada Kafolon mikroelementlar to'plami suspenziya sifatida 4 marta qo'llanilgan 8-variantda nazoratga nisbatan 10,2; 4,4 va 5,9 % ga yuqori bo'lib, 6-variant ko'rsatkichlaridan esa 2,4; 1,1 va 0,2 % farqlangan yoki kuzatuv oxirida tenglashganligi kuzatdi.

Mineral o'g'itlar N230, P160, K115 kg/ga meyorlari fonida (9-variant) ko'saklar ochilishi dinamikasi (o'rtacha) 26,0; 48,0 va 63,0 % ni tashkil etib, II-fondagi nazorat (5) variantnikidan 0,4; 0,2 va 0,9 % ga farqlangan bo'lsa, II-fondagi (5) nazorat variant ko'rsatkichlari I-fondagi (1) dan mutanosib ravishda 2,0; 2,2 va 1,7% ga farqlangan edi.ineral o'g'itlar N130, P90, K65 kg/ga dan N180, P125, K90 kg/ga ortishi bilan qo'llanilgan suspenziyalarning ta'siri ortganligi ammo o'g'itlar yana N230, P160, K115 kg/ga ortgan nisbatan ko'saklarning ochilish darajasiga ta'siri pasayganligi kuzatilgan suyuq mikroelementlar barg orqali qo'llanilganda g'o'za ko'saklarining ochilish darajasi kuzatuv muddatlariga mutanosib ravishda 33,2; 51,0 va 68,1% ni tashkil etgan holda nazoratdan kuzatuv oxirida 5,1 % ga yuqori bo'lgan. O'g'itlarning bu fonida ham nisbatan yuqori ma'lumotlar suyuq NPK va mikroelementlar qo'llanilgan (1) variantda olinib, ko'saklarning ochilish darajasi kuzatuv oxirida 68,2% ni tashkil etgan va nazoratdan 5,1 % ga yuqori bo'lgan. Kafolon qo'llanilganda bu oxirgi ko'rsatkich 67,9 % ga teng bo'lib, maqbul variantdan 0,3 % gayuqori bo'lgan. Demak, ko'saklarning ochilish darajasiga avvalo iqlim sharoitlari qolaversa qo'llanilgan mineral o'g'it meyorlari va suspenziya turlarining ta'siri borligi aniqlandi.

KycaK^apMHM ommamw flMHaMMKacM, (%)

■ 26.aBr B29.aBr

G'o'zada mikroelementli mineral o'g'itlarni barg orqali qo'llashning ko'saklarning ochilish dinamikasiga ta'siri, (%), 2022 y

Tadqiqotlarda g'o'za ko'saklarining ochilish dinamikasi o'rganilganda mineral o'g'itlarni meyorlarini hamda suyuq miroelementli o'g'itlarning ta'siri bo'lganligi kuzatildi. Tadqiqotlarni

tahlil qilganimizda mineral o'g'itlarni meyorlariga bog'liq holda o'zgarishi kuzatilib, mineral o'g'itlarni meyorlari ortib borishi bilan ochilish dinamikasi ortib borganligi aniqlandi. Xulosa va tavsiyalar

1.G'o'zani paykallarda 18-iyul kuni 22,8-34,8 % qismi gulga kirgan holda 20-avgust (33 kundan so'ng) yana 22,6-35,3 % ko'saklar ochilganligi aniqlangan. Shunday ekan, mineral o'g'itlar N130, P90, K65 kg/ga meyorlarda qo'llanilgan (1-4) variantlarning nazoratida (suspenziya sepilmagan) kuzatuvni birinchi muddatida (20.08) qaytariqlarga mutanosib ravishda 22,6 va 24,6 % ko'saklar ochilgan bo'lsa, o'rtachasi 23,6 % ga teng bo'lgan. umuman olganda tajriba variantlaridagi qaytariqlardagi ko'rsatkichlar bir-biriga yaqin bo'lganligi kuzatilgan. Oradan 3 kun o'tgach, 23-28 da bu ko'rsatkichlar 44,8-46,4 va 45,6 % ni tashkil etgan bo'lsa, 26.08 da o'rtachasi 60,4 % ga teng bo'lganligi kuzatilgan. Qo'llagan agrotadbirlardan suyuq holatdagi NPK va mikroelementlarning ta'sirida g'o'za ko'saklarining ochilishi tezlashtirish bo'lgan

2.Tadqiqot variantlari bo'yicha ishlov berilmagan variantlarda NPK meyorlari bo'yicha 26 avgustda ochilish dinamikasi 33,1-35,1-35,6 % ni tashkil etgani holda NPK suyuq o'g'iti qo'llanilgan variantlarda esa mos holda 36,8-39,2-39,1 % ni tashkil etganligi 29 avgustda ochilish dinamikasi 49,2-51,1-56,1 % ni tashkil etgani holda NPK suyuq o'g'iti qo'llanilgan variantlarda esa mos holda 60,8-61,2-61,3 % ni tashkil etganligi kuzatildi. Olingan natijalar asosida g'o'zaning ko'saklarini ochilish dinamikasi o'zgarishiga qo'shimcha barg orqali mikroelementli va NPK suyuq o'g'iti qo'llanilganda ta'siri bo'lganligi kuzatildi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947 - son Farmon «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida» 2017 yil 7 fevral.

2. Dala tajribalarini o'tkazish uslublari. O'zPITI. Toshkent, 2007, 147 b.

3. Sh.Abdualimov, Q.Davronov, Y.Soriyev, Sh.Karimov, F.Abdullayev. Gumimaks preparatining g'o'zaga ta'siri// AGRO ILM. O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali ilmiy ilovasi. Toshkent, 2010. -№2 (14). -B. 17-18.

4. Tillabekov B.X., O'razmatov N., Siddiqova D., Karimov Sh., Nurmatov A., Xaitboyev X. Ma'dan o'g'itlardan tayyorlangan suspenziyalarni g'o'za navlarida barg orqali qo'llashning samaradorligi. Paxtachilikda dolzarb masalalari. Toshkent. 2009 y. 336-308 b.

5. Davronov, Q. (2022). SUYUQ AZOTLI O'G'ITLAR MEYORLARI VA SUSPENZIYA QO'LLASHNING PAXTA HOSILIGA TA'SIRI. Models and methods in modern science, 1(18), 29-31.

6. https://yuz.uz/news/global-iqlim-ozgarishi

7. https://telegra.ph/KUNUZDA-YORITILGAN-MAQOLAGA-MUNOSABAT-02-18

8. https://qalampir.uz/news/suv-tank-isligi-buyicha-davlatlar-reytingi-e-lon-k-ilindi-7103

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.