Научная статья на тему '“AVANGARD START”, “GULLIVER” PREPARATLARINI G‘O‘ZA PARVARISHIDA QO’LLASH USULLARI VA MUDDATLARI'

“AVANGARD START”, “GULLIVER” PREPARATLARINI G‘O‘ZA PARVARISHIDA QO’LLASH USULLARI VA MUDDATLARI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
G‘o‘za parvarishi / agrotexnik omillar / "Gulliver" / “Avangard start” biostimulyatorlari / “Antikolorad” insektitsit / yantar kislota / hosil elementlari / g‘o‘za navlari / paxta hosili / Nichiporovich usuli / kimyoviy moddalar.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Davronov Q.A., Ibragimova D.Q., Kuramatova Sh.A.

Maqolada g‘o‘za o‘simligining ma’lum rivojlanish davrlarida, ularga har xil yangi fiziologik faol moddalarni ta’siri o‘rganilib, o’simlikni o’sishi, rivojlanishiga paxta hosildorligiga va barg sathini o’zgarishiga ta’siri haqida bayon etilgan. “Avangard start”, “Gulliver” biostimulyatorlarini g‘o‘za parvarishida qo’llash usullari va muddatlarini paxta hosilini o‘zgarishiga ta’sirini laboratoriya va dala sharoitlarida fenologik kuzatuvlar asosida o’rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“AVANGARD START”, “GULLIVER” PREPARATLARINI G‘O‘ZA PARVARISHIDA QO’LLASH USULLARI VA MUDDATLARI»

"AVANGARD START", "GULLIVER" PREPARATLARINI G'O'ZA PARVARISHIDA

QO'LLASH USULLARI VA MUDDATLARI 1Davronov Q.A., 2Ibragimova D.Q., 3Kuramatova Sh.A.

1Q.x.f.d. (DSc), dotsent 2'3Tayanch doktarant, Farg'ona davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11181625

Annotatsiya. Maqolada g 'o'za o'simligining ma'lum rivojlanish davrlarida, ularga har xil yangi fiziologik faol moddalarni ta'siri o'rganilib, o'simlikni o'sishi, rivojlanishiga paxta hosildorligiga va barg sathini o'zgarishiga ta'siri haqida bayon etilgan. "Avangard start", "Gulliver" biostimulyatorlarini g'o'za parvarishida qo'llash usullari va muddatlarini paxta hosilini o 'zgarishiga ta'sirini laboratoriya va dala sharoitlarida fenologik kuzatuvlar asosida o'rganildi.

Kalit so'zlar: G'o'za parvarishi, agrotexnik omillar, "Gulliver", "Avangard start" biostimulyatorlari, "Antikolorad" insektitsit, yantar kislota, hosil elementlari, g'o'za navlari, paxta hosili, Nichiporovich usuli, kimyoviy moddalar.

Respublikamiz taraqqiyotining bozor munosabatlariga o'tish davrida barcha yetishtirilayotgan qishloq xo'jalik mahsulotlari jahon bozori talablariga javob beradigan darajada sifat ko'rsatkichiga ega bo'lishini taqozo etadi. Shu boisdan, jahon talablariga javob beradigan serhosil, tezpishar, sifatli va kasalliklarga chidamli paxta navlarini yaratish bilan birga ularni parvarishlashda yuqori sifatli agrotexnologiyalarni ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi.

Qishloq xo'jaligida ekinlari parvarishida urug'ining unuvchanligi va unib chiqish quvvatini oshirishda, o'simlikning o'sishi va rivojlanishini yaxshilanishida, qurg'oqchilikka, sho'rga, kasallik hamda zararkunandalarga chidamliligini oshirishda fiziologik faol moddalarni o'rni juda katta bo'lib, ular o'simlikka ijobiy ta'sir etadi. (Abdualimov Sh., Abdullayev F. (2010), Abdualimov Sh., Davronov Q. va b (2010), . Davronov, Q., To'xtashev, F. (2022).

Respublikamizda mahalliy xomashyolaridan tayorlangan va chetdan keltirilgan yangi biostimulyatorlarni, o'g'itlarni sinash, qo'llash muddat va me'yorlarini ishlab chiqish maqsadida 2023 yilda Farg'ona viloyatining o'tloqi saz tuproq iqlim sharoitida yangi ishlab chiqarilgan "Gulliver", "Avangard" va "Antikolorad" preparatlarini S-8296 g'o'za navining shonalash davrida birgalikda ishlov berishning nihollarni o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta'sirini o'rganish hamda maqbul me'yorlarini aniqlab, ishlab chiqarishga tavsiya etish uchun tajribalar olib bordik.

Gulliver - urug'larni ekishdan oldin dorilashda va ekinlarni bargi orqali oziqlantirishda qo'llaniladigan ekinlarni o'sishi va rivojlanishini faollashtiradigan stimulyatorlar kompleksi bo'lib, Gulliver stimulyatori tarkibida Gumin kislotalarini kaliy tuzlari 40 g/l da, yantar (qahrabo) kislotasi 3 g/l va mikroelementlar va boshqa biologik faol moddalar (giberelinlar auksinlar sitokininlar) mavjud. O'simlikni o'sishi, rivojlanishini tezlashtiradi, o'sish quvvatini oshirib, ildiz tizimini yaxshi rivojlantiradi. Ekinlarni noqulay tashqi muhit ta'siriga va kasalliklarga chidamliligini oshiradi. Gullash va hosil to'plash xususiyatlarni yaxshilaydi. Ekin turiga qarab hosildorlikni 10-15% ga oshiradi va hosilni sifatini yaxshilaydi.

Avangard Start ekinlar tomonidan oson o'zlashtiriladigan, makro-mikro elementlarning eng muqobil nisbati bo'lgan murakkab o'g'it. Urug'larga ekishdan oldin ishlov berishda va ekinlari bargi orqali oziqlantirishda qo'llaniladi. Preparatning afzalliklari hosildorlikni 10-30 % oshiradi (ekin turiga qarab). Urug'ni rivojlanish quvvatini 3-5 % ga dalada unib chiqishini 8-10 %

ga oshiradi, yoppasiga unib chiqishini ta'minlaydi. Ekinlar immunitetini, ularning kasalliklarga chidamliligini oshiradi, o'sishi va rivojlanishi kuchaytiradi. Ekinlarda mikroelementlarning yetishmasligini tezda bartaraf etadi. Ekinlarning past, sovuq haroratlarga chidamliligini oshiradi va kuzgi ekinlarning yaxshi qishlashiga yordam beradi. Ildiz tizimini, ayniqsa, yon ildizlarining o'sishi va rivojlanishini faollashtiradi, mineral ozuqalarni va suvni faol iste'mol qilish xususiyatlarni kuchaytiradi.

O'simlikni o'sishi va rivojlanishi

№ Variant O'simlik bo'yi, sm Hosil shoxi soni, dona

1.06 1.07 1.08 1.09 1.07 1.08

1 Nazorat 14,0 29,0 61,8 71,8 3,1 6,0

2 Universal 14,0 29,8 66,0 81,1 2,8 6,9

3 Antikolorad 12,0 28,6 69,0 83 2,7 6,6

4 Avangard 14,6 33,4 62,9 79,4 3,4 8,1

5 Gulliver 15,8 33,2 62,0 72,5 3,1 6,4

6 Gulliver+Avangard+ Antikolorad 13,7 28,8 62,0 69,5 3,1 5,8

7 Avangard+Gulliver +Antikolorad 11,6 27,3 68,0 70,7 2,7 6,8

8 Gulliver/Avangard/A ntikolorad 13,0 29,6 67,0 72,2 2,6 6,7

Birinchi tajriba o'simlikning chin barg chiqarish davrida 4 L06.2023-6.06.2023 kunlari q

apparati aftomaks yordamida qo'yildi. Tajribadagi kuzatuvlarda g'o'zalarni shonalash va gullash davri 20-24 iyun kunlaridan boshlanganligi kuzatildi. G'o'zaning bargidan preparatlarni ishchi eritmasini sepish (2-tajriba) 28.06.2023 iyun kuni amalga oshirildi. Tajriba variantlarida belgilangan tartibda "Gulliver" 1-1,5 l/ga, "Avangard" 1-1,5 l/ga "Antikolorad" 0,3 l/ga me'yorlarda gektariga 300 litr suv hisobida ishchi eritma tayyorlanib sepildi.

G'o'zaning biologik holatini fenologik kuzatuvlarining 1 iyul holatidagi kuzatuv natijalarini tahlil qilganimizda nazorat variantga nisbatan "Gulliver", "Avangard" va "Antikolorad" biostimulyatorlari qo'llanilgan variantlarda o'simlikni o'sishi va rivojlanishi sezilarli darajada o'zgarganligini ko'rish mumkin. Ya'ni, kuzatuv natijalariga mos holda nazorat variantida o'simlikni bo'yi 29 sm ni, hosil shoxi soni 3,1 donani, shona soni 3,3 donani, gul soni esa 0,9 dona bo'lganligi kuzatildi. Preparatlar qo'llanilgan variantlarda o'simlik bo'yi o'rtacha 33,2-33,4 sm ni, hosil shoxlar soni farqi 3,4 gacha donani, shonalar soni 4,2-5,0 donani tashkil qilib, nazoratga nisbatan o'simlikni bo'yi 4,4-4,2 smga, hosil shoxi 0,3 donaga, shonalar soni 0,91,7 donaga ko'p bo'lganligi aniqlandi.

Olingan kuzatuv natijalaridan ko'rish mumkinki, fiziologik faol moddalar qo'llanilgan variantlarda o'simlikni bo'yi, hosil shoxi, shonalar va gullar soni kabi ko'rsatkichlarida biroz ko'proq bo'lganligi kuzatildi. "Gulliver" va " Avangard" biostimulyatorlari belgilangan me'yorlarda qo'llanilgan variantlarda hosil shoxi va shonalar sonida yuqori ko'rsatkichlariga ega bo'lganligi aniqlandi.

2-Jadval

Paxta hosili, st/ga

№ Tajriba variantlari Qaytariqlar bo'yicha, O'rtacha hosil Nazorat dan farqi

I II III

1 Nazorat 32,9 27,6 28,9 30,8 -

2 Universal (andoza) 30,6 33,6 31,6 31,9 1,1

3 Antikolorad 30,6 34,2 32,9 32,6 1,7

4 Avangard start 37,5 33,5 36,2 35,7 4,9

5 Gulliver 34,8 37,5 34,2 35,5 4,7

6 Gulliver +Avangard start+Antikolorad 34,9 36,2 32,6 34,5 3,7

7 Avangard start+ Gulliver +Antikolorad 36,2 34,2 31,6 34,0 3,2

8 Gulliver/Avangard/Antikolorad 39,5 34,2 34,2 36,0 5,1

3reparatlar qo'llanilgan variantlarda nazoratga nisbatan 1, -4,9 s/ga qo'shimch

olingan bo'lib, bu ko'rsatkich Avangard nisbatan 4,9 s/ga yoki qo'shimcha 6,2-10,8% ni tashkil etdi.

G'o'zani bargidan oziqlantirishda Gulliver variantida qo'llanilganda ham nazoratga nisbatan 4,7 s/ga qo'shimcha paxta hosil olingan bo'lib, bu ko'rsatkich Gul+Avan+Antikolorad aralashma xolatida qo'llanilgan variantda 3,7 s/gani, 7 variantdagi aralashmamizda esa me'yorlarda qo'llanilganda qo'shimcha 3,2 s/ga ni tashkil etdi.

Tajribada eng yuqori hosildorlik Avangard va Gulliver biostimulyatorlari 4,7-4,9 s/ga qo'shimcha paxta hosili olindi hamda Gul/Avan/Antikolorad biostimulyatorlarida qo'llanilgan variantlarda olingan bo'lib, 5,1 s/ga qo'shimcha paxta hosili olindi.Olingan kuzatuv natijalaridan ko'rish mumkinki, fiziologik faol moddalar qo'llanilgan variantlarda o'simlikni bo'yi, hosil shoxi, shonalar va gullar soni kabi ko'rsatkichlarida biroz ko'proq bo'lganligi kuzatildi. "Gulliver" va "Avangard" biostimulyatorlarimiz me'yorlarda qo'llanilgan variantlarda hosil shoxi va shonalar sonida yuqori ko'rsatkichlariga ega bo'lganligi aniqlandi.

REFERENCES

1. Dala tajribalarini o'tkazish uslublari. O'zPITI. Toshkent, 2007, 147 b.

2. Abdualimov Sh., Abdullayev F. Gumimaks samarali stimulyator // Dehqonchilik tizimida ziroatlardan mo'l hosil yetishtirishning manba va suv tejovchi texnologiyalari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya maqolalar to'plami. O'zPITI. -Toshkent, 2010. -B.233-236.

3. Abdualimov Sh., Davronov Q., Soriyev, Karimov Sh., Abdullayev F., "Gumimaks preparatining g'o'zaga ta'siri" // AGRO ILM. O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali ilmiy ilovasi. Toshkent, 2010. -№2 (14). -B. 17-18.

4. Davronov, Q. A. (2022, December). Organic fertilizers and their usage. in international conferences (Vol. 1, No. 19, pp. 94-96).

5. Davronov, Q. A., Turdimatova, Z. I., & Yuldasheva, M. U. (2023). Research and analysis of storage warehouses of agricultural products. Conferencea, 102-104.

6. Davronov, Q., To'xtashev, F. (2022). G'o'zani rivojlanish davrlarida bargidan oziqlantirishning barg soni, og'irligi va yuzasiga ta'siri. Akademicheskiye issledovaniya v sovremennoy nauke, 1(19), 316-319.8. Isagaliev, M., Abakumov, E., Turdaliev, A., Obidov, M., Khaydarov, M., Abdukhakimova, K., Musaev, I. (2022). Capparis spinosa L. Cenopopulation and Biogeochemistry in South Uzbekistan. Plants, 11(13), 1628.

7. Tukhtashev, F. E., Davronov, Q. A. (2021). Effect of Liquid Nitrogen Fertilizers on the Increase of Cotton Yield Elements. European Journal of Life Safety and Stability (26609630), 11, 70-73.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.