Научная статья на тему 'TUPROQQA CHUQUR ISHLOV BERISHNING PAXTA XOSILILIGA TA’SIRI'

TUPROQQA CHUQUR ISHLOV BERISHNING PAXTA XOSILILIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
g‘o‘za / paxta / tuproq / ildiz / suv.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Q.A.Davronov, N.I.Teshaboyev, G.A.Abdullayeva

Ammo amalda paxtakor dehqonlar g‘o‘za qator oralariga qancha ko‘p ishlov (kultivatsiya, chizel) berilsa shuncha yaxshi degan aqidaga ruju qilganligi tufayli qator oralarni chuqur yumshatish g‘o‘za 50 foiz gulga kirguncha ham davom etaveradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TUPROQQA CHUQUR ISHLOV BERISHNING PAXTA XOSILILIGA TA’SIRI»

TUPROQQA CHUQUR ISHLOV BERISHNING PAXTA XOSILILIGA TA'SIRI 1Q.A.Davronov, . 2N.I.Teshaboyev, 3G.A.Abdullayeva

2Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi 1Farg'ona davlat universiteti dotsenti, q.x.f.d 3 Farg'ona davlat universiteti doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10933524

Annotatsiya. Ammo amaldapaxtakor dehqonlar g'o'za qator oralariga qancha ko'p ishlov (kultivatsiya, chizel) berilsa shuncha yaxshi degan aqidaga ruju qilganligi tufayli qator oralarni chuqur yumshatish g'o'za 50 foiz gulga kirguncha ham davom etaveradi.

Kalit so'z: g'o'za, paxta, tuproq, ildiz, suv.

Аннотация. На практике, однако, фермеры, выращивающие хлопок, приняли убеждение, что чем больше обработки почвы (культивация, долото) делается между рядами, тем глубже междурядья, пока не зацветет 50 процентов хлопка.

Ключевые слова: хлопок, хлопок, почва, корень, вода.

Abstract. In practice, however, cotton farmers have adopted the belief that the more tillage (cultivation, chisel) is given between rows, the deeper the row spacing will continue until 50 percent of the cotton is in bloom.

Keywords: cotton, cotton, soil, root, water.

O'zbekiston paxtachiligini tobora rivojlanishida, xususan paxtadan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda g'o'za qator oralarini chuqur yumshatish (23-25 sm ga chizellash) nihoyatda ahamiyatli. Zero bu agrotadbirni qo'llash tufayli g'o'zaning ildiz tizimi eng ko'p joylashgan 23-25smli qatlamning agrofizikaviy, agrokimyoviy, agrobiologik va suv xususiyatlari ijobiy tomonga o'zgaradi.

Mazkur agrotadbir ishlab chiqarishda o'tgan asrning 75-yillaridan qo'llanmoqda. Ya'ni ilmiy asoslanmagan holda amalga oshirilayotir. Paxta maydonlarida chuqur yumshatish o'kazish ko'p tadqiqotchilar (2;3;4;5;6) tomonidan o'rganilgan. Ammo bu tadqiqotchilar g'o'za qator oralarini emas, balki butun dalani chizellashning samarasini tadqiq qilganlar.

Biz 2020-2021 yillari bu masalada tajriba o'tkazib, faqat g'o'za qator oralariga 23-25 sm chuqurlikda yaganalash oldidan chuqur ishlov berishni o'rgangan va bu agrotadbir g'o'zaga ijobiy ta'sir etganini aniqlagan edik.

Ammo amalda paxtakor dehqonlar "G'o'za qator oralariga qancha ko'p ishlov (kultivatsiya, chizel) berilsa shuncha yaxshi" degan aqidaga ruju qilganligi tufayli qator oralarni chuqur yumshatish g'o'za 50 foiz gulga kirguncha ham davom etaveradi. Shuning uchun biz keyingi yillardagi (2021-2022 yy.) tadqiqotlarimizda g'o'za qator oralarini chizellashning maqbul soni va muddatini o'rgandik.

Bizning nazarimizda g'o'za qator oralarini chuqur yumshatishning nazariy asoslari quyidagicha:

-tuproq namligini saqlash, yerni chigit ekishga tayyorlash, chigit ekish, chigit suvi berish, bu suvdan so'ng kultivatsiya o'tkazish jarayonida bir dalaga kamida 5 marta texnika kiradi. Bular tufayli g'o'za ildizi ko'proq tarqaladigan 0-25 sm li qatlamni zichligi ortadi, g'ovakligi kamayadi, g'o'za ildizini risoladagidek o'sib rivojlanishi uchun biroz noqulay tuproq muhiti paydo bo'ladi.

Ilmiy ma'lumotlarga ko'ra g'o'za ildizining shikastlangan yoki qirqilgan joyidan "chachala" ildizchalar (kallius) o'sib chiqsada, bu ildiz o'z faoliyatini to'la tiklayolmaydi (1).

Yuqoridagilarga asoslanib biz tuproqqa chuqur ishlov berishni g'o'zaning paxta hosildorligiga ta'sirini o'rgandik.

Tadqiqotda dastlab g'o'za amal davrining boshlaridagi ildiz tizimi shakllanishini aniqladik (1-jadval).

Ma'lumotlarni ko'rsatishicha asl bo'z tuproqlar sharoitida g'o'za rivojining urug'barg bosqichidan - shonalashgacha davrda o'q ildiz 15,2-55,5 sm uzunlikka boradi. Yon ildizlar soni 41,0 donani tashkil etadi.

1-jadval. Amal davrining boshlarida g'o'za ildiz tizimi shakllanishi

Var. № Rivojlanish bosqichlari O'q ildizni uzunligi, sm Birlamchi yon ldizlar soni, dona Yon ildizlarning tarqalish kengligi, sm

1 Urug' barg 15,2 16,3 4,2

2 1-2 chinbarg 26,4 32,2 11,5

3 3-4 chinbarg 41,3 37,7 29,1

4 Shonalash davrida 55,5 41,0 42,3

G'o'zaning yon ildizlari o'sish va rivojlanish jarayonida yon tomonga 42,3 sm.ga tarqaladi. G'o'za qator oralariga chuqur ishlov berishda buni hisobga olish zarur va shart.

Shu boisdan biz Qo'shtepa tumani Solijonobod MMTP xududidagi "Xamida" fermer xo'jaligini asl bo'z tuproqlarida quyidagi tartib bilan dala tajribasi o'tkazdik (2020-2022 yy.).

1-variant. Barcha yuza ishlovlar (kultivatsiya) 14-16 sm ga o'tkazildi, chuqur ishlov o'kazilmadi (nazorat).

2-variant. Qator oralarni ishlashlar (kultivatsiya) tabaqalashtirib, birinchisi 17-18 sm ga keyingilari 14-16 sm ga o'tkazildi.

3-variant. Qator oralarni tabaqalashtirib ishlash, yaganalash oldidan 23-25 sm ga chuqur yumshatish (chizellash) amalga oshirildi.

4-variant. Qator oralarni tabaqalashtirib ishlash (kultivatsiya) yaganalashdan so'ng 23-25 sm ga chuqur yumshatish o'tkazildi.

5-variant. Qator oralarni tabaqalashtirib ishlash (kultivatsiya), shonalash davrida 23-25 sm ga chuqur yumshatish bajarildi.

Tajriba to'rt qaytariqli, bo'lakchalar bir qatorga joylashtirilgan. Tadqiqot jarayonida o'tkazilgan kuzatuvlar, hisoblashlar, aniqlashlar sobiq O'zPITIning "Dala tajribalari o'tkazish uslublari" (2007), B.A.Dospexovning "Методика полевого опита" uslubnomasi (1983) asosida amalga oshirildi.

Tajriba dalasining tuprog'i asl (tipik) bo'z, qadimdan sug'oriladi, mexanik tarkibi o'rta qumoq, haydov qatlam chirindisi (gumus) 1,2 %. Sizot suvlari yer yuzasidan 10-12 metr chuqurlikda joylashgan. G'o'za CHDNSga nisbatan 70-60% maromida sug'orildi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra quyidagilar aniqlandi. G'o'za qator oralariga 23-25 sm ga chuqur ishlov berish 1-jadval ma'lumotlarida kelirilganidek shubhasiz uning ildiz tizimiga salbiy ta'sir etadi. Jumladan, 3-variantda 3 ta, 4-variantda 5 ta, 5-variantda 6 ta yon ildizlar qirqilgan hamda shikastlangan. Bu albatta g'o'zaning o'sishi, rivojlanishiga salbiy ta'sir etdi. Xususan, nazorat variant g'o'zalari 1 avgust kuni 84,1 sm ga o'sdi,

3-variantda esa 85,2 sm ga, 5-variantda 84,3 sm ga o'sdi. Xullas, g'o'za qator oralariga o'simlik

4-5 chinbarg chiqarganda va shonalash bosqichida chuqur ishlov berish yon ildizlarni qirqilishiga, shkastlanishiga sabab bo'ladi.

Qator oralariga chuqo'r ishlov berish muddatlari g'o'zaning rivojlanishiga ham ta'sir etdi. Bu holat oxir-oqibat paxta hosildorligida yaqqol ko'rindi (2-jadval).

Paxta hosildorligi, s/ga

Var. Yillar bo'yicha

№ 2020 2021 2022 O'rtacha, s/ga Farqlar + s/ga

1 31,4 32,2 33,1 32,2 -

2 34,5 35,4 36,6 35,5 +3,3

3 35,6 35,4 36,5 36,8 +4,6

4 37,3 36,1 35,2 36,2 +4,0

5 32,6 34,6 33,4 33,5 +1,3

NSR 05 = +1,98 s/ga

Xususan, 1-variant (nazorat)dan 32,2 s/ga paxta hosili olindi, 3-variantdan 36,8 s/ga, 4-

variantdan 36,2 s/ga hosil yetishtirildi. Navbatdagi 5-variantdan 33,5 s/ga hosil olindi xolos.

Demak, tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalarni qilish mumkin.

1. Farg'ona viloyatining asl bo'z tuproqlar sharoitida g'o'zaning ildiz tizimi ko'proq tuproqning 0-30 sm li qatlamida joylashadi.

2. Mazkur tuproq sharoitida g'o'zaning birlamchi yon ildizlari asosan 0-30 sm li qatlamda rivojlanadi.

3. Asl bo'z tuproqlarda g'o'za qator oralariga chuqur ishlov (23-25 sm ga) berish yoki chizellash yaganalashgacha o'tkazilgani maqbul hisoblanadi.

4. G'o'za shonalay boshlaganda qator oralarga chuqur (23-25 sm) ishlov berish kesilgan va shikastlangan yon ildizlar sonini oshiradi.

REFERENCES

1. Ibragimov O.O., Davronov Q.A. G'o'za parvarishida agrotexnik omillar ta'sirida hosil tugunchalarini to'kilishini oldini olish choralari // Qishloq xo'jaligi ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi sohasining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari. ToshDAU va PSUYEAITI maqolalar to'plami 2-qism. -Toshkent, 2015. -B. 390-393.

2. Tillabekov B.X., Qodirxo'jayeva M.F., Karimov Sh., Azimova M., Farmonov S. Suspenziyalarning g'o'za hosildorligiga ta'siri. // Qishloq xo'jaligida yangi tejamkor agrotexnologiyalarni joriy etish. O'zPITI maqolalar to'plami. -Toshkent, 2011. -B. 164-166.

3. Tillabekov B.X., Qodirxo'jayeva M.F., Xayitboyev X., Siddiqova D. Supenziyalarni qo'llash muddatlarining paxta tolasi texnologik xususiyatlariga ta'siri //G'o'za va g'o'za mujmuidagi ekinlarni parvarishlash agrotexnologiyalarini takomillashtirish. O'zPITI maqolalar to'plami. -Toshkent, 2013. -B. 185-188.

4. Абдуллаева Г. А. P. OSTREATUS НИ УРУЕЛИК МИЦЕЛИЙСИНИ ЕТИШТИРИШ //FINLAND" MODERN SCIENTIFIC RESEARCH: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS". - 2023. - Т. 14. - №. 1.

5. ^ Давронов, Н Тешабоев МИКРОЭЛЕМЕНТЛИ УЕИТЛАРНИ УСИМЛИКНИ БАРГИ ОР^АЛИ ^УЛЛАШНИНГ ЕУЗАНИ 1000 ДОНА ЧИГИТ ВАЗНИ ^АМДА БИР КУСАКДАГИ ПАХТА ВАЗНИ НИНГ УЗГАРИШИГА ТАЪСИРИ Science and innovation, 2023 - Т.2. - №. 8. - С. 489-492.

6. Teshaboyev, N; Tursunaliyev, Sh; Qodirjonova, R G 'O 'ZANING PAXTA HOSILDORLIGI QATOR ORALARNI CHUQUR YUMSHATISHNI TA'SIRI Science and innovation, 2022-T.1. - №.D7. - C. 655-659.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.