Научная статья на тему 'TOKZOR QATOR ORALARIGA ISHLOV BERISHNING SAMARADORLIKKA TA`SIRI'

TOKZOR QATOR ORALARIGA ISHLOV BERISHNING SAMARADORLIKKA TA`SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
189
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tokzor / takroriy ekin / tok o`simligi / o`simlik / novda / zang / kurtak / shakl / kesish / hosil / tuproq / oziq modda

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sotvoldiev Nozimjon Zikryaevich, Mukimov Zoxidjon Alijonovich

Tok o`simligidan samarali va sifatli hosil olish ko`p jihatdan tokzor qator oraliga ishlov berish muhum ahamiyatga ega bo`ladi. Bunda tok o`simligi nafaqat tuproqdan ozuqa moddalarni o`zlashtirishning samarali bo`lishi, balki ekin maydonidan samarali foydalanishniu, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishda samarali usul hisoblandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOKZOR QATOR ORALARIGA ISHLOV BERISHNING SAMARADORLIKKA TA`SIRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

TOKZOR QATOR ORALARIGA ISHLOV BERISHNING SAMARADORLIKKA

TASIRI

1Sotvoldiev Nozimjon Zikryaevich, 2Mukimov Zoxidjon Alijonovich

1 Farg'ona davlat universiteti, texnika fanlari nomzod, dotsent 2 Farg'ona davlat universiteti, katta o'qituvchi, 2 zoxidjonmukimov1974@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.8001388

Anotatsiya. Tok o'simligidan samarali va sifatli hosil olish kop jihatdan tokzor qator oraliga ishlov berish muhum ahamiyatga ega bo'ladi. Bunda tok osimligi nafaqat tuproqdan ozuqa moddalarni o'zlashtirishning samarali bo'lishi, balki ekin maydonidan samarali foydalanishniu, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishda samarali usul hisoblandi.

Kalit so'zlar: Tokzor, takroriy ekin, tok osimligi, o'simlik, novda, zang,kurtak, shakl, kesish, hosil, tuproq,oziq modda.

Uzumshilik qishloq xojaligining muhum tarmoqlaridan biri bolib, uzum respublikaning barcha hududlarida keng tarqalgan va u deyarli hamma fermer, dehqon xojaliklarida va tomorqalarda yetishtirishadi.

Qulay iqlim sharoitlari bu yerda uzumning turli muddatlarda pishadigan navlarini yetishtirish imkoniyatini beradi. Uzum o'simligining turli sharoitlarga moslashganligi uni turli tuproqlarda: qumli, shag'alli, kam unumdor, sizot suvlari yaqin turgan tuproqlarda yaxshi o'sishi va yuqori hosil berish imkonini beradi.

Uzum boshqa o'simliklar uchun yaroqsiz bo'lgan tuproqlarda ham yaxshi o'sadi. Respublikamizda uzumshilikka katta e'tibor berilmoqda. Xo raki uzumlarni yetishtirish, quritilgan massulotlarni tayyorlash asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Texnik navlarning boy majmuisi turli vino massulotlarini tayyorlash imkonini beradi. Tokzorlarning maydoni muntazam ravishda kengaymoqda va hozir 150 ming gektardan oshiq maydonni tashkil etadi.

Afsuski, bazi sabablarga kora tokzorlarning hosildorligi past bo'lib, 100 ts/ga dan oshmayapti.

Tokzorlarning hosildorligini oshirish uchun:

- jadallashgan, turli yo'nalishda ishlatishga yaroqli navlardan yangi tokzorlar yaratish;

- qari, kam sosilli tokzorlarni qayta tiklash;

- ishlab shiqarishga yangi navlarni tadbiq etish va mavjud tokzorlarni kengaytirish

zarur.

O'zbekiston respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo'jalik ekinlari Davlat Reestriga uzumning 43 ta xo'raki, kishmish-mayizbop va texnik yo'nalishidagi navlar kiritilgan. Mavjud tokzorlardan yuqori hosil olish kop jihatdan ularning qator oralariga ishlov berish bogliq. Bunda tok osimligini tuproqdan ozuqa moddalarini oson ozlashtirishi va begona o t, kasallik va zararkunadalarga qarshi kurashish juda qo l keladi. Buning uchun belgilangan qishloq xo'jalik tadbirlarini, y'ani agrotexnik tadbirlarni oz vaqtida sifatli otkazish talab etiladi. Ona tokzorlarda ilmiy-tadqiqot institutlari tavsiya etgan agrotexnik tadbirlar otkazilishi lozim. Agrotexnik tadbirlar - tuproqqa ishlov berish, sug'orish, o'g'it solish, tok yashil qismlari bilan olib boriladigan ishlar muddatida bajarilishi kerak.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Yangi tashkil etilgan yosh tokzorlarda dastlabki 3 yil davomida qator oralaridan unumli foydalanish mumkin. Bunda tokzor qator oralariga tansi baland osmaydigan va tok kochatlarini parvarishlash agrotexnikasiga jiddiy muammolarni keltirib chiqarmaydigan dukkakli ekinlar va tuproq tarkibini har xil foydali elementlar bilan boyitadigan ekinlar ekish tavsiya etiladi.(1-rasm). Bu bogbon uchun yetarlicha manfaat keltiradi.

1-rasm. Yosh tokzorlarga ekilgan oqbosh karam va sarimsoqpiyoz ekinlari

Tokzor tuprog'iga yil bo'yi ishlov beriladi. Tok tinim davri (dekabr-fevral)da tokzor tuprog'iga ishlov berish, asosan, yog'ingarchilik tufayli paydo bo'lgan namni saqlashdan iborat bo'lishi lozim. Bahorda ishlov berish esa iloji boricha tuproqda namni to'plash va uni tejamkorlik bilan sarflashga qaratilgan. Bahor, yoz oylarida tuproq satxidan namning bug'lanishi hamda o'simlik va begona o'tlar tomonidan uning sarflanishi kuchayadi (kunlar isib ketishi natijasi bir sutkada 4-6 mm nam bug'lanadi). Shuning uchun bu davrda tok qator oralarini kultivatsiya qilish va boronalash, tuplar atrofini mo'lchalash nam bug'lanishini keskin (1,5-2 marta) kamaytiradi. Shuningdek, tuproq namining ortiqcha sarflanishi tuproq yuza qatlamining

strukturasi hamda joy relefiga ham bog'liq.

Ma'lumotlarga qaraganda notekis maydonlarda tuproq namining bug'lanishi tekis

joylarga nisbatan 15-30 % ko'p bo'lishi aniqlangan. Shuning uchun bahorda chuqur yumshatilmasligi, ustki qatlami tekislanishi lozim. Aks xolda tuproqdagi suv balansi buzilishi mumkin. Erta bahorda tuproqni 15 sm chuqurlikkacha kultivatsiya qilish, zich tuproqlarni esa 30 sm gacha chizillash maqsadga muvofiq.Yoz oylarida har bir sug'orishdan so'ng tok qator oralarini 15 sm gacha yumshatish, begona o'tlarga qarshi kurashish ojobiy natija beradi. Kuzda tok kesilib, ular ko'mish uchun yotqizilgach tokzor qator oralari 30-35 sm chuqurlikda ag'darib haydaladi. Bu vaqtda organik va mineral o'g'itlarni solish lozim. Tokni ko'mish vaqtida tuproq tshqariga, bahorda ochish vaqtida ichkariga ag'darib haydash kerak.

Hosilga kirgan tokzorlar qator oralarini har 2-3 yilda bir marta chuqur (60-80 sm gacha) yumshatish yaxshi natija beradi. Bunda bir yili juft qatorlar, ikkinchi yili esa tok qatorlar orasini chuqur yumshatish ayniqsa so'ruvchi ildizlarni ko'plab nobud qilishi va tok tuplarining rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Navbatma-navbat qilinganda ildizlar yosharib zararlangan joyidan yangi ildizchalar rivojlvnib, yo'qolganlarning o'rnini to'ldirishga ulgiradi (regeneratsiya - qayta tiklanish uchun 3-4 oy kerak bo'ladi). Soxibkorlarda shunday gap bor: «ikki marta chuqur yumshatish bitta sug'orish o'rnini bosadi». Tok, asosan, ko'mib o'stiriladi. O'zbekiston iqlimi tez o'zgaruvchan bo'lgani uchun qish davrida 25-300S gacha sovuq bo'lishi mumkin. Shuning uchun tok tuplarini sovuqdan zararlanishini ximoya qilishda ular qishda ko'milishi lozim.

Tadqiqotlar natijalaridan ma'lumki, ko'milmay qoldirilgan toklar qish sovuq kelgan yillari jiddiy zararlanadi. Ayrim viloyatlar (Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg'ona) ning ba'zi tumanlarida tok qishda ko'milmasligi mumkin (qishki sovuq -15o S dan yuqori bo'lmaydi). Tok

261

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

ko'milishidan oldin kesilib qo'doqlanadi va tok tuplari qatorlar bo'ylab bir tekis yotqiziladi va noyabrdan kechiktirmasdan (sovuq tushgunga qadar) ko'milishi kerak.

Zamburug' kasalligi (oidium) bilan kasallangan tok tuplari ko'milishidan oldin 5 % li ISO suyuqligi bilan ishlanadi. Janubiy rayonlarda tok tuplari 15-20 sm, qishi sovuq Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 40-50 sm qalinlikda tuproq bilan ko'milishi lozim. Bu yerlarda qor kam bo'lishi sababli kuchli sovuq natijasida yer qatlami 80100 sm gacha muzlashi va ildiz sistemasiga jiddiy zarar ko'rsatishi mumkin.

Xiyobonlarda o'stirilgan tok tuplari qamish, sholi poxoli kabi materiallar bilan berkitilib ustidan tuproq tortiladi. Lalmi yerlarda tok tuplari yerga zich yotqizilib ustiga tok kesishdan chiqqan novdalar tashlanadi.

Bir va ikki yoshli toklar qishga kesilmasdan ko'miladi (bahorda kesilib shakl beriladi). O'rtacha va kuchsiz darajada sovuq urgan toklar bahorda kesilmay, faqat tungullar paydo bo'lgandagina zararlangan qismi olib tashlanadi. Toklarni ko'mishda PRVN-2,5 PRVN-3900, MPV-1 kabi mashina va moslamalardan foydalaniladi.

Toklarni bahorda ochish ularni qishga ko'mishga nisbatan ancha murakkab. Uning nozikligi ko'milgan tok qismlarini zararlanmasdan va shikastlanmasdan ochish lozim. Bu kurtaklar uyg'ongungacha bajarilishi shart. Toklar ustiga tashlangan tuproq qatlami PRVN-3 plugi hamda MPV-1 mashinasi yordamida olinib, qolgan tuproqlar 0VP-0,4A boshqa mashinalar (pnevmatik mashinalar) bilan olib tashlanadi.

Sifatli uzum mahsulotlarini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishishda aytib o'tilgan agrotexnik tadbirlarni bajarishda kam xarajat qilib yuqori natijalarga erishish zarur boladi.

REFERENCES

1. Mukimov Zoxidjon Alijonovich. Importance of planting vegetable seedlings by machine. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(4), (2023), 2186-2190.

2. Muqimov Zohidjon Alijonovich., Nodirbek, T., Muhammadkarim, M., Natural screen sanded sands field water capacity. №9.11 tom. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. Vol. 11, Issue 9, September 2021. Issue : 9. First page: ( 1080) Last page: (1082). D0I:10.5958/2249-7137.2021.02048.6, https://saarj.com.

3. Mukimov Zoxidjon Alijonovich, Importance of planting vegetable seedlings by machine. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(4), 2023, 2186-2190.

4. Закирова, С. Х., Низомиддинова, М. Ш., Мукимов, З. А., Жалилов, Э. К. 2021. Пески центральной Ферганы. Экономика и социум, (5-1 (84)), 907-911.

5. Mukimov Zoxidjon Alijonovich. Sabzavot ekinlari kochatlarini mashinada ekishning ahamiyati. The theory of recent scientific research in the field of pedagogy, 1(8), 2023, 118121.

6. Mukimov Zoxidjon Alijonovich. G'o'za qator oralariga birinchi ishlov berishda qatqaloqni yumshatishning ahamiyati. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. October 2022. 1091-1097. www.oriens.uz.

7. Zikiryaevich, S. N., Mukimov Zoxidjon Alijonovich. Selection And Justification of the Kinematic Scheme of the Grapple Mechanism of the Loader. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 2022, 15, 59-63.

8. Saripov S. P., Mukimov Z.A. Kombinatsiyalashgan mashina takomillashtir-ilgan tekislagichi tuproq suruvchi plastinalarning harakat yonalishiga nisbatan ornatish burchagini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

aniqlash. Yuqori samarali qishloq xojalik mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yechimlari, 1, 2022, 164-168.

9. Z.A.Mukimov,N.I.Teshaboyev, M.A.Abdurahimova. The effect of deep processing on cotton yield between cotton rows. Uzbekistan. Ferghana. Iyun. 2021 y.

10. Z.A.Mukimov, N.I.Teshaboyev, R.A.Iminchayev, Sh.Sh.Muhammadjonova. Paxta qatorlariga chuqur ishlov berishning paxta hosildorligiga ta'siri. Ferghana. Iyun. 2021 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.