Научная статья на тему 'TOKNI KESISH DAVRIDA TOKNING YOSH DAVRLARINI AHAMIYATI VA USULLARI'

TOKNI KESISH DAVRIDA TOKNING YOSH DAVRLARINI AHAMIYATI VA USULLARI Текст научной статьи по специальности «Экологические биотехнологии»

CC BY
402
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tok / qutblilik / agrotexnik davr / novda / bachki novda / zang / madang / kurtak / yoshlik davr / to‘liq hosil berish davri / meva zvenosi / Vine / polarity / agronomic period / twig / twig / rust / buds / buds / young period / full fruiting period / fruit link

Аннотация научной статьи по экологическим биотехнологиям, автор научной работы — Durdigul Rustam Qizi Botirova

Ushbu maqolada tokni yosh davrlarini hisobga olgan holda tok kesish usullarini o‘rganib chiqamiz. Chunki, tok kesishdan maqsad uzoq yillar mobaynida, uni tashqi muhit sharoitlariga moslashtirish, yuqori va sifatli hosil yetishtirishda mexanizatsiyadan samarali foydalanish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishga imkon beradigan shaklga solish hamda uni saqlab qolishdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPORTANCE AND METHODS OF YOUNG PERIOD OF CURRENT CURRENT CURRENT

In this article, we will explore ways to cut current, taking into account the age of the current. This is because the purpose of cutting is to adapt it to the external environment for many years, to use mechanization effectively in the cultivation of high and high-quality crops, to shape and maintain it to fight diseases and pests.

Текст научной работы на тему «TOKNI KESISH DAVRIDA TOKNING YOSH DAVRLARINI AHAMIYATI VA USULLARI»

TOKNI KESISH DAVRIDA TOKNING YOSH DAVRLARINI AHAMIYATI VA

USULLARI

Durdigul Rustam qizi Botirova

Guliston davlat universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tokni yosh davrlarini hisobga olgan holda tok kesish usullarini o'rganib chiqamiz. Chunki, tok kesishdan maqsad uzoq yillar mobaynida, uni tashqi muhit sharoitlariga moslashtirish, yuqori va sifatli hosil yetishtirishda mexanizatsiyadan samarali foydalanish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishga imkon beradigan shaklga solish hamda uni saqlab qolishdir.

Kalit so'zlar: Tok, qutblilik, agrotexnik davr, novda, bachki novda, zang, madang, kurtak, yoshlik davr, to'liq hosil berish davri, meva zvenosi

IMPORTANCE AND METHODS OF YOUNG PERIOD OF CURRENT

CURRENT CURRENT

Durdigul Rustam kizi Botirova

Student of Gulistan State University

ABSTRACT

In this article, we will explore ways to cut current, taking into account the age of the current. This is because the purpose of cutting is to adapt it to the external environment for many years, to use mechanization effectively in the cultivation of high and high-quality crops, to shape and maintain it to fight diseases and pests.

Keywords: Vine, polarity, agronomic period, twig, twig, rust, buds, buds, young period, full fruiting period, fruit link

Tok chirmashib o'suvchi o'simlik bo'lib, yorug'lik sari chirmashib tik o'sish xususiyatiga ega. Bunda novdalar asosan uchki kurtaklardan rivojlanadi, tupning pastki qismi uzayadi. Bu esa hosil miqdorining kamayishiga, sifatining esa pasayishiga sababchi bo'ladi. Tuplarning uzoq muddat kesilmasligi natijasida tok tez qariydi, parvarish ishlari bir muncha qiyinlashadi. Hattoki, tok tuplari kesib turilmasa birinchi yilning o'zidanoq novdalarning sust o'sishi va notekis rivojlanishi, hosilning maydalashishi va vaqtida pishmasligini kuzatishimiz mumkun [1-5].

Agar tok kesish bir necha yil amalga oshirilmasa tokning yovvoyilashib ketishini kuzatishimiz mumkun. Shuningdek, uzoq muddat kesilmagan toklarda qutblilik kuchayib, asosan tupning yuqori qismlaridagi organlar rivojlanadi. Qutblilikni oldini

olish uchun bir yillik novdalar kalta 2-4 ko'z qoldirib kesiladi. Bu usul judda oddiy hisoblansada kuchli novdalarni hosil qilishga erishish mukun. Biroq, tuplarda qoldiriladigan kurtaklarning yetarli miqdorda bo'lmasligi sababli, hosildorliningg kamayishiga sababchi bo'ladi. Shuning uchun bu usulni sifatli qalamchalar tayyorlashga mo'ljallangan ona tokzorlarda hamda issiqxonalarda o'stitriladigan tok tuplariga nisbatan qo'llaniladi. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida tokni har yili kesib turish talab qilinadi.

Tok kesish muhim va o'z navbatida ma'suliyatli agrotexnik tadbirlardan biri hisoblanadi. Agar biz tok kesishni to'g'ri yo'lga qo'ysak, tokning normal o'sib rivojlanishiga, oziq moddalarning kerakli darajada taqsimlanishiga, tuplarni ko'mish ishlarini qulaylashtirishga, hosilni oshirishga erishamiz [6-9].

Tok kesishda har yili tupdagi zang, madang va bir yillik novdalarning bir qismini olib tashlanib, qolganlarini yaxshi o'sishi uchun sharoit yaratilib tokni yoshartirib boriladi. Kesish ishlari o'z vaqtida amalga oshiriladigan toklar kasallik va zararkunandalarga bardoshli, uzoq yillar mobaynida tashqi muhit sharoitlariga moslasha oladigan, parvarish ishlarini olib borish oson bo'ladigan va eng muhumi mo'l va sifatli hosil beradigan bo'ladi [10-15].

Tok kesish ishlarini boshlashdan oldin tok tupining tuzilishini yaxshi bilib olishimiz zarur. Aks holda, xomtok, novdalar uchini chilpish kabi ishlar qiyin kechishi mumkun.

Novda kesish vaqtida bir tup tok yoki bir gektar tokzorda qoldiriladigan kurtaklarning umumiy soniga kurtak yuklamasi deyiladi. Tupdagi rivojlangan yashil novdalar hamda unda xomtokdan keyin qoldiriladigan novdalar va to'pgullar novda yoki hosil yuklamasi deyiladi. Tok kesish mobaynida yoki xomtokdan so'ng tupda qoldiriladigan novdalar va to'pgullar mo'l va sifatli hosil berishini kamaytirmasa, bunday yuklama optimal yuklama deyiladi.

Tok kesishda tokning yosh davrlariga e'tibor qaratib, har birining xususiyatlarini yuaxshi bilib olish lozim [16].

Tokning birinchi davri yoshlik davri hisoblanib, u o'z ichiga tok ekishdan to to'liq hosilga kirguncha bo'lgan vaqtni o'z ichiga oladi. Ya'ni bu davr 4-5 yil talab qiladi rogan tupining asosiy rogan ive organlari va skeleti shakllanadi. Bu davrda tok kesish orqali tupning asosiy qismlari tana, zang, madang va meva zvenosi yaxshi rivojlangan novdalardan shakllantiriladi [17]. Boshlang'ich 2-3 yilda novdalarni kalta kesish orqali meva zvenosini shakllantirish mumkun. Biroq bu davrda tupda keragidan ortiqcha novdalarni qoldirish yaramaydi.

Tokning ikkinchi davri to'liq hosil berish davri hisoblanib, navnig xususiyatlari, tok o'stirish sharoitiga qarab 25 yil va undan ortiq ham davom etishi mumkun. Bu davrda asosiy e'tibor tok tupiga berilgan shaklni saqlash, zang va madanglarning haddan tashqari uzun bo'lib ketishiga yo'l qo'ymaslik, so'rilarni tokning bir va ko'p

yillik qismlari bilan bir tekis to'ldirib borish hisobiga mo'l va sifatli hosil yetishtirishga qarartiladi. Shu bilan birgalikda, tok tuplari qarib rogan sari ularni yoshartirish, o'sish va hosil berish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni saqlash ham tok kesishning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Olim va mutaxassislar tomonidan olib rogan ilmiy-tadqiqot ishlari shuni ko'rsatadiki, ya'ni 200-250 setner/ga hosil yetishtirish uchun mahalliy xo'raki va kishmishbop navlarda gektar hisobiga 300-400 mingtagacha kuratk qoldirish kerak bo'ladi. Bu tik simbag'azlarda o'suvchi xo'raki va kishmishbop navlarning har bir tupiga o'rtacha 230-300 kurtakdan, vinobop navlarnikiga esa 150-200 kurtak kurtakdan to'g'ri keladi. Katta qiya soyabonli so'rilarda o'stiriladigan tok tuplarida esa unda 1,5-2 marta ko'p kurtak qoldirilishi lozim. Bular o'z navbatida tokni o'stirish sharoiti, parvarish darajasiga qarab ma'lum darajada o'zgarishi mumkun.

Tok kesishda novdalarning o'sish kuchi hisobga olinishi lozim. Odatda kuchli o'suvchi novdalar o'zining barg sathi orqali uzum boshlari, shakllanayotgan hosil kurtaklarini oziq moddalar bilan ta'minlaydi, hamda tokning yer ostki va yer ustki qismlarida oziq moddalarining to'planishiga yordam beradi. So'ng o'sgan novdalarda barg sathi kam bo'lib, ular hosil elementlari va boshqa qismlarni oziq moddalar bilan ta'minlashga ojizlik qiladi.

Odatda ortiqcha uzum va yo'g'on novdalar oziq moddalarni faqat o'sish uchun behuda sarf qiladi, ularning sovuqqa va qishga chidamliligi ham kam bo'ladi. Sust rivojlangan tok tuplarida novdalar ingichka va nozik, bo'g'im oralari kalta bo'ladi. Bu o'tgan yili tok kesish hamda xomtok vaqtida tupda keragidan ko'p novdalar qoldirilganligining alomati hisoblanadi. Shuning uchun, bu yilda kuratk va novdalar sonini kamaytirish bilan birga toklarni yaxshi oziqlantirish lozim bo'ladi.

Agar tupda novdalar uzun va baquvvat, ulardagi bachki novdalar yaxshi rivojlangan bo'lsa, demak, bu o'tgan yili tok kesish hamda xomtok vaqtida tupda kerakli miqdorda novdalar qoldirilganligi alomati hisoblanadi va bu yilda ko'proq novda qoldirilishi talab etiladi.

Kuzatishlar natijasida shunday xulosa qilish mumkunki, tok kesish vaqtida tok tupida kurtak va novdalarning haddan tashqari kam yoki ko'p qoldirilishi tokning rivojlanishiga katta zarar keltiradi. Bu esa o'z navbatida hosildorlikka putur yetkazadi. Tok kesish vaqtida ko'pincha tok tuplarida qoldirilgan kurataklar miqdori yetarli darajada bo'lmaganligi sababli olinayotgan hosil miqdori talab darajasida bo'lmaydi.

REFERENCES

[1] U.I.Mamatov. "Uzum yetishtirish" "Agrobank" ATB. 2021. 41-bet.

[2] R.Yunusov va boshqalar. "Bog'dorchilik" "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" nashriyoti. Toshkent.2016, 145-146-betlar.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2021

ISSN: 2181-1601

[3] Sh.Temurov. "Uzumchilik" "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent 2002, 103-106 betlar.

[4] Iminov.I. "Mevachilik va uzumchilik" Andijon 2007. 32-bet.

[5] R.M.Abdullayev va boshqalar. "Uzum yetishtirish va mayiz quritishning zamanoviy texnologiyasi" O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyoti. Toshkent 2011, 13-bet.

[6] Sharapova M.M. "Uzumchilik sanoati" Buxoro-2006. 51-bet.

[7] Adilov, T. T., Israilova, X. M., Uzohkov, I. E., Axtamov, M. X., & Raxmatullayeva, X. I. (2021). Food security: National food market strategy. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 619-626.

[8] Musakulovna, I. K. (2021). The development of the culture of fruit and vegetables growing in fergana. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1456-1460.

[9] Исраилова, Х. М. (2019). Миллий ик;тисодиётни ривожлантиришда мева-сабзавотчиликнинг ик;тисодий урни (фаргона вилояти мисолида). Экономика и финансы (Узбекистан), (10).

[10] Исраилова, Х. М. (2012). Фаргона вилоятида мева-сабзавотчиликни ривожлантиришнинг минта;авий хусусиятлари. Экономика и финансы (Узбекистан), (10).

[11] Nasirov, U. F. (2020). Ochilov Sh. A., UmirzoqovA. A. Analysis of Development of Low-Power and Man-Made Gold Deposits. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN, 2643-9603.

[12] Abdurashidovich, U. A. (2020). The Condition Of General Development Of The Mineral Resource Base In Uzbekistan. The American Journal of Applied Sciences, 2(12), 1-6.

[13] G'ofurovich, K. O., & Abdurashidovich, U. A. (2021). Justification of rational parameters of transshipment points from automobile conveyor to railway transport. World Economics and Finance Bulletin, 1(1), 20-25.

[14] Djurayevich, K. K., KxudoynazarO'g'li, E. U., Sirozhevich, A. T., & Abdurashidovich, U. A. (2020). Complex Processing Of Lead-Containing Technogenic Waste From Mining And Metallurgical Industries In The Urals. The American Journal of Engineering and Technology, 2(09), 102-108.

[15] G'afurovich, K. O., Abdurashidovich, U. A., & Ogli, B. A. O. (2020). Small Torch Progress In Prospects Gold Mining In Improving Countries. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 2(09), 65-72.

[16] Fatidinovich, N. U., Atoevich, O. S., & Abdurashidovich, U. A. (2020). The Analysis Of Influence Of Productions Of Open Mountain Works On Environment At

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2021

ISSN: 2181-1601

Formation Of Various Zones On Deep Open-Cast Mines. The American Journal of Applied sciences, 2(12), 177-185.

[17] Suyunov, A. S., Xushmurodov, F. M., & Usmanova, R. (2020). AGROLANDSHAFTLARNI TADQIQ ETISHNING NAZARIY-USLUBIY JIHATLARI. Science and Education, 1(2), 104-108.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.