Научная статья на тему 'TOKNING SHINGIL VA IKKI AVLODLI BARG O‘ROVCHI ZARARKUNANDASINING HAYOT KECHIRISHI VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARI'

TOKNING SHINGIL VA IKKI AVLODLI BARG O‘ROVCHI ZARARKUNANDASINING HAYOT KECHIRISHI VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
386
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shingil barg o‘rovchi / ikki avlodli barg o‘rovchi / tok / zararkunanda / tup / kapalak / qurt / g‘umbak / yorug‘lik / shamol / agrotexnik tadbir / kimyoviy kurash / biologik usul. / Single-leaf clover / two-generation leaf clover / vine / pest / bush / butterfly / worm / sponge / light / wind / agro-technical measure / chemical control / biological method.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Durdigul Rustam Qizi Botirova

Hozirgi kunda tokdan mo‘l va sifatli hosil olish, shu orqali qishloq xo‘jaligining sohalaridan biri hisoblangan uzumchilikni rivojlantirish muhum hisoblanadi. Biroq tokning shingil va ikki avlodli barg o‘rovchi zararkunnandasi hosilning 75-85% qismini nobud qilishi mumkun. Shuning uchun ushbu maqolada zararkunandalarning ning hayot kechirishi, namoyon bo‘lish xususiyatlarini o‘rgangan holda unga qarshi bir nechta kurash usullarining samaradorligi bilan tanishib chiqamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LIVING AND FIGHTING MEASURES AGAINST LEGAL AND TWO GENERATION LEAF PESTS

Today, it is important to get a rich and high-quality harvest from the vine, thereby developing viticulture, which is one of the branches of agriculture. However, the current and two-generation leaf blight pest can destroy 75-85% of the crop. Therefore, in this article we will learn about the effectiveness of several methods of pest control, studying the characteristics of their life, manifestations.

Текст научной работы на тему «TOKNING SHINGIL VA IKKI AVLODLI BARG O‘ROVCHI ZARARKUNANDASINING HAYOT KECHIRISHI VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARI»

TOKNING SHINGIL VA IKKI AVLODLI BARG O'ROVCHI ZARARKUNANDASINING HAYOT KECHIRISHI VA UNGA QARSHI

KURASH CHORALARI

Durdigul Rustam qizi Botirova

Guliston davlat universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Hozirgi kunda tokdan mo'l va sifatli hosil olish, shu orqali qishloq xo'jaligining sohalaridan biri hisoblangan uzumchilikni rivojlantirish muhum hisoblanadi. Biroq tokning shingil va ikki avlodli barg o'rovchi zararkunnandasi hosilning 75-85% qismini nobud qilishi mumkun. Shuning uchun ushbu maqolada zararkunandalarning ning hayot kechirishi, namoyon bo'lish xususiyatlarini o'rgangan holda unga qarshi bir nechta kurash usullarining samaradorligi bilan tanishib chiqamiz.

Kalit so'zlar: Shingil barg o'rovchi, ikki avlodli barg o'rovchi, tok, zararkunanda, tup, kapalak, qurt, g'umbak, yorug'lik, shamol, agrotexnik tadbir, kimyoviy kurash, biologik usul.

LIVING AND FIGHTING MEASURES AGAINST LEGAL AND TWO

GENERATION LEAF PESTS

Durdigul Rustam kizi Botirova

Student of Gulistan State University

ABSTRACT

Today, it is important to get a rich and high-quality harvest from the vine, thereby developing viticulture, which is one of the branches of agriculture. However, the current and two-generation leaf blight pest can destroy 75-85% of the crop. Therefore, in this article we will learn about the effectiveness of several methods of pest control, studying the characteristics of their life, manifestations.

Keywords: Single-leaf clover, two-generation leaf clover, vine, pest, bush, butterfly, worm, sponge, light, wind, agro-technical measure, chemical control, biological method.

Qishloq xo'jalik mahsulotlari orasida uzum yetakchi o'rinda turadi. Uzum mahsulotlaridan yuqori va sifatli hosil olishning asosiy yo'llaridan biri ularga zarar yetkazadigan zararkunandalarni o'z vaqtida aniqlab, qarshi kurashishni to'g'ri yo'lga qo'yish orqali ulardan keladigan zararning umumiy miqdorini kamaytirishga va hosilni ma'lum qismini saqlabgina qolmasdan, balki sifatli hosil olishga erishamiz[1-5].

O'zbekistonning tokzorlarida ko'p tarqalgan zararkunandalardan biri tokning shingil barg o'rovchisi hisoblanadi. Agar ushbu zararkunandani rivojlanishi va tarqalishi uchun qulay ob-havo sharoiti paydo bo'lgan yillari ularga qarshi kurash chora tadbirlari to'g'ri qo'llanilmasa, uzum hosilining bir qismini, ayrim yillari esa 75-85% qismini nobud qilishi mumkun [6-11].

Bu zararkunanda tok tuplari juda zich joylashgan, quyosh nurlari yaxshi tushmaydigan tokzorlarda ko'p uchraydi va yiliga 4 marta avlod beradi. Kapalagini tashqi tomondan kuzatganimizda, qanotlari yozilgandagi kattaligi 13 mm bo'lib, oldingi qanotlari esa sarg'ish yashil-qo'ng'ir tusda, ularning ustidan ikkita ko'ndalang chiziq o'tganligini ko'rishimiz mumkun [12-18]. Qurtlari tokning to'pgul, tuguncha va mevalari bilan oziqlanadi. O'sib yetilgan qurtning tanasi 12 mm, hira yashil tusda, boshi och qo'ng'ir rangli bo'ladi. Tokning uzum boshlari g'uj joylashadigan navlarida qurt shikastlagan uzumlar yoz o'rtasida chiriydi va chirish natijasida uzum boshining hamma qismiga yoyiladi.

Zararkunanda ko'chayotgan po'stloq tagida, ba'zan qurigan barglar orasida oq pillaga o'ralgan g'umbak holatida qishlaydi. Ob-havo iqlim sharoitiga qarab, aprel yoki may boshida g'umbaklardan kapalaklar uchib chiqa boshlaydi va tokning soya joylaridagi to'pgul g'unchalariga tuxum qo'yadi [19-23]. Keyingi bo'g'in kapalaklar tuxumlarini tugunchalarga, pishib yetilayotgan uzumlarga, tok barglari va shoxlarga bitta-bittadan joylaydi. Kuzatishlarga ko'ra, har bir qurt o'zining rivojlanish davrida 510 ta uzum g'ujumini shikastlaydi. Uchinchi bo'g'in qurtlar avgustda, to'rtinchi bo'g'in qurtlar sentabrda paydo bo'ladi. Bu qurtlar pishib yetilayotgan uzumlarning ichiga o'tadi va urug'iga tegmasdan faqat eti bilan oziqlanadi. Uchinchi va to'rtinchi bo'g'in qurtlar o'rgimchak iplari bilan bir-biriga biriktirib qo'yadi. Ob-havo sharoitiga qarab qurtlarning rivojlanish davri 16-24 kun davom etadi [24-26].

O'zbekistonning shimoliy tumanlariga ko'proq zarar yetkazuvchi tokning yana bir keng tarqalgan zararkunandalaridan biri ikki avlodli barg o'rovchisi hisoblanadi. Ushbu zararkunanda sernam pastliklardagi juda zichlashib qolgan, orasidan shamol o'tmaydigan tokzorlarni zararlaydi. Chunki, zararkunanda uchun salqin va nam joylar juda qulay hisoblanadi. Tok tuplari orasida havo namligi 70-80% va havo harorati 18-250C bo'lganda zararkunanda avj olib rivojlanadi.

Zararkunanda kapalagining kattaligi qanotlari yozilganda 12-15 mm keladi. Tashqi ko'rinishiga e'tibor beradigan bo'lsak, oldingi hamda keying qanotlari kulrang popugli ekanligini ko'rishimiz mumkun. Oldingi qanotlari och sariq tusda, keyingi qanotlari esa oq qo'ng'ir tusda bo'ladi. O'sib yetilgan qurtning tanasi ancha keng, 14 mm gacha uzunlikda, ko'kish pushti rangli, mayda so'galchalar bilan qoplangan. Kapalaklari kechalari uchadi. O'sib yetilgan qurt tok novdasining ko'chayotgan po'stlog'i tagiga kirib pilla o'raydi va shu pilla ichida g'umbakka aylanadi. Bu

zararkunandaning qurtlari ham tok barg o'rovchisining qurtlari qishlaydigan joylarga o'rnashib, pilla ichida qishlaydi [27].

Tokning shingil va ikki avlodli barg o'rovchisinmg hayot kechirishini o'rganib chiqqan holda, unga qarshi kurash choralarini qo'llaymiz. Birinchi navbatda zararkunandaga qarshi agrotexnik kurash tadbirlarini amalga oshirish lozim. Buning uchun, toklarni o'z vaqtida sifatli parvarish qilish hamda ularni so'rilarga ko'tarishda yorug'lik va shamol tegib turishini hisobga olish lozim [28].

Ikkinchi usul kimyoviy kurash chora-tadbirlari hisoblanib, qutlar paydo bo'lishidan oldin, kapalaklar uchayotgan davrda Denis, Nugor preparatlarini 0,2 kg/ga tongda sepish tavsiya etiladi. Dorilash ishlarini shamol bo'lgan vaqtda sepish tavsiya etilmaydi [29].

Uchinchi usul biologik kurash hisoblanib, bunda chug'urchuq va hasharotxo'r kichik qushchalardan foydalanish orqali zararkunandalarni yo'q qilish yoki ularning ko'payishini oldini olishga mo'ljallangan. Bu qushlar zararkunandalarning tabiiy dushmani bo'lib, qarshi kurashda katta foyda keltiradi.

Kuzatishlar natijasida shunday xulosa qilish mumkunki, tokning shingil va ikki avlodli barg o'rovchisi O'zbekistonning tokzorlarida keng tarqalgan zararkunandalardan biri hisoblanadi. Tok tuplari zich joylashgan, quyosh nuri yaxshi yetib bormaydigan, havo almashinishi yaxshi bo'lmaydigan tokzorlarda bu zarakunandalarni ko'p uchratish mumkun. Qarshi kurashning agrotexnik usuli qo'llash qulayligi, samaradorligi bilan boshqa usullardan ajralib turadi. Bu usulni qo'llash orqali zararkunanda tarqalishini oldini olishimiz mumkun [30].

Qarshi kurashning kimyoviy usuli kimyoviy preparatlardan foydalanish orqali zararkunandalarni bevosita qirib tashlaydi. Preparatlar tez ta'sirchan, samarador hamda qo'llanilishi oddiy bo'lganligi uchun ko'p qo'llaniladi. Ammo ulardan foydalishda, extiyot choralarini ko'rish lozim, shu bilan birgalikda preparatlar atrof-muhitni ham zararlashini hisobga olish lozim.

Qarshi kurashning biologik usuli insonlar, qishloq xo'jalik hayvonlari va himoya qilinayotgan o'simliklar uchun bezararligi bilan juda ahamiyatlidir. Shuningdek, hozirgi kunda keng foydalaniladigan usullardan biridir.

REFERENCES

[1] Sharapova M.M. "Uzumchilik sanoati" Buxoro-2006. 90-bet.

[2] "Tok kasalliklari, zararkunandalari va ularga qarshi kurash""O'zvinosanoat-xolding" xolding kompaniyasi."Uzumsharobservis" unitar korxonasi.2013.26-28 betlar.

[3] U.I.Mamatov. "Uzum yetishtirish" "Agrobank" ATB. 2021. 91-bet.

[4] R.M.Abdullayev va boshqalar. "Uzum yetishtirish va mayiz quritishning zamanoviy texnologiyasi" O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyoti. Toshkent 2011, 11-bet.

[5] "Uzumchilik" Sh.Temurov. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent 2002, 131-bet.

[6] "Bog'dorchilik" R.Yunusov va boshqalar. "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" nashriyoti. Toshkent.2016, 148-bet.

[7] Khayitov, O. G. O., Ziyodov, N. R., Fatkhiddinov, A. O. T. O., & Umirzoqov, A. A. (2021). THE INTENSITY OF THE EFFECT OF THE EXPLOSION OF BOREHOLE CHARGES OF EXPLOSIVES IN MULTI-STRENGTH ROCKS OF DEEP QUARRIES. Scientific progress, 2(1), 625-630.

[8] Djurayevich, K. K., KxudoynazarO'g'li, E. U., Sirozhevich, A. T., & Abdurashidovich, U. A. (2020). Complex Processing Of Lead-Containing Technogenic Waste From Mining And Metallurgical Industries In The Urals. The American Journal of Engineering and Technology, 2(09), 102-108.

[9] Nasirov, U. F. (2020). Ochilov Sh. A., UmirzoqovA. A. Analysis of Development of Low-Power and Man-Made Gold Deposits. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN, 2643-9603.

[10] Abdurashidovich, U. A. (2020). Prospects for the Development of Small-Scale Gold Mining in Developing Countries. Prospects, 4(6), 38-42.

[11] Shukurovna, N. R., Yunusovna, N. X., Jumaboyevich, J. S., & Abdurashidovich, U. A. (2021). Perspective Of Using Muruntau Career's Overburden As Back Up Sources Of Raw Materials. The American Journal of Applied sciences, 3(01), 170-175.

[12] Sultonovich, M. M., Ogli, I. J. R., Abdurashidovich, U. A., & Sirozhevich, A. T. (2020). Technology Of Modified Sodium-Aluminum Catalysts For Nitrogen Gas Purification Systems. The American Journal of Applied sciences, 2(09), 154-163.

[13] Abdurashidovich, U. A. (2020). The Condition Of General Development Of The Mineral Resource Base In Uzbekistan. The American Journal of Applied Sciences, 2(12), 1-6.

[14] Umirzoqov, A. A., & Jurayev, S. J. (2020). KaramanovA. N. Economic and mathematical modeling of rational development of small-scale and man-made gold deposits. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR), 4(4), 7577.

[15] G'ofurovich, K. O., Abdurashidovich, U. A., Ugli, M. U. F., & Ugli, A. A. X. (2020). Justification Of The Need For Selective Development Of The Phosphorite Reservoir By Horizontal Milling Combines. The American Journal of Engineering and Technology, 2(11), 159-165.

[16] Kazakov, A. N., Umirzoqov, A. A., Radjabov Sh, K., & Miltiqov, Z. D. (2020). Assessment of the Stress-Strain State of a Mountain Range. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR), 4(6), 17-21.

[17] Umirzoqov, A. A. (2020). Karamanov A.. N., Radjabov Sh. K. Study of the feasibility of using intermediate buffer temporary warehouses inside the working area of

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

the Muruntau quarry. International Journal of Engineering and Information Systems (IJEAIS), 4(8).

[18] Fatidinovich, N. U., Atoevich, O. S., & Abdurashidovich, U. A. (2020). The Analysis Of Influence Of Productions Of Open Mountain Works On Environment At Formation Of Various Zones On Deep Open-Cast Mines. The American Journal of Applied sciences, 2(12), 177-185.

[19] G'afurovich, K. O., Abdurashidovich, U. A., & Ogli, B. A. O. (2020). Small Torch Progress In Prospects Gold Mining In Improving Countries. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 2(09), 65-72.

[20] G'OFUROVICH, H. O., ABDURASHIDOVICH, U. A., O'G'LI, I. J. R., & RAVSHANOVICH, S. F. (2020). Prospects for the industrial use of coal in the world and its process of reproducing. Prospects, 6(5).

[21] Хатамова, Д. А. (2010). Проблемы идентификации и эквивалентности литературоведческих терминов (на материале русско-узбекской терминологии): Автореф. дисс. канд. филол. наук.

[22] Khatamova, D. A. (2019). Sphere of reception of the term "artistic image". A

young scientist. Kazan, 45, 283.

[23] Khatamova, D. A. Historical and cultural background od typological study russian and uzbek literature. Journal of critical reviews/ISSN-2394-5125 VOL, 7, 130-138.

[24] Хатамова, Д., & Мохигул, А. (2021). Тил ва сузнинг фарки. Общество и инновации, 2(5/S), 246-249.

[25] Хатамова, Д. А., & Алтундаг, М. (2021). К вопросу о термине «художественный образ». Интернет-пространство как вызов научному сообществу XXI века, (1), 43-46.

[26] Хатамова, Д. А. (2019). Сфера рецепции термина" художественный образ". Молодой ученый, (45), 386-389.

[27] Хатамова, Д. А. (2016). К вопросу об идентификации некоторых литературоведческих категорий. Молодой учёный, 7, 1185.

[28] Журчева, Т. В. (2011). Герой и среда в современной драматургии: от" Утиной охоты" до" Кислорода" и" Пластилина". In Современная драматургия (конец XX-начало XXI вв.) в контексте театральных традиций и новаций (pp. 39-48).

[29] Хатамова, Д. А. К ПРОБЛЕМЕ АДЕКВАТНОСТИ ПЕРЕВОДА ЛИТЕРАТУРОВЕДЧЕСКИХ ТЕРМИНОВ. In Стратеги мгжкулътурноХ комунгкацгХ в мовнгй освтг сучасного ВНЗ [Електронний ресурс]: зб. матергалгв М1жнар. наук.-практ. конф., м. КиХв (5 березня 2016р.).—К.: КНЕУ, 2016.—233 с. ISBN 978-966-956-090-1 (p. 213).

[30] Махаммадиев, C., Каюмов, Х., Зиядов, Ш., & Атоева, Г. тупрокшунослик йуналишларининг долзарб муаммолари ва илмий.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.