Научная статья на тему 'NASOS STANSIYALARIDA CHASTOTA-TOKLI ELEKTR YURITMALARINI QO’LLASHNING AHAMIYATI'

NASOS STANSIYALARIDA CHASTOTA-TOKLI ELEKTR YURITMALARINI QO’LLASHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Электротехника, электронная техника, информационные технологии»

CC BY
761
113
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Asinxron dvigatel / elektr yuritma / chastota tokli boshqarish / konvertor / invertor / drossel / impuls / mikroprotsessor / modul / energotejamkorlik. / Asynchronous engines / electrical spokes / frequency / chosen / invertor / microprocessor / module / energy-power.

Аннотация научной статьи по электротехнике, электронной технике, информационным технологиям, автор научной работы — Soxibjon Umar O’g’li Shermanov, Jasur Sadriddin O’g’li Olimov

Nasos stansiyalarida asinxron dvigatellar ancha vaqtdan buyon qo’llanilib kelinmoqda,bunga sabab uning konstruksiyasi va ekspluatatsiyasi osonligi uchun,lekin uning kamchiligi tezligini rostlash imkoniyati yo’q edi. Bu muammo chastota tokli boshqaruv tizimini yaratilishi bilan hal etildi.Bu tizim boshqaruvini qo’llash orqali elektrenergiyas sarfi, elektrotexnik qurilmalarga tushadigan yuklamalarni,aylanuvchi mexanizmlar zuriqishini,ortiqcha suv isrofini va boshqa xarajatlarni kamaytirish mumkun.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF USING FREQUENT POWER SUPPLY AT PUMP STATIONS

Asynchronous engineers have been used for a long time, which has not been able to adjust its construction and operation for a long time, but it was not possible to adjust its short-term speed. This problem was solved by the creation of the frequency currency system. This system of system management can reduce electricity consumption, transplanting mechanisms on electrical engineering, excess water waste and other costs.

Текст научной работы на тему «NASOS STANSIYALARIDA CHASTOTA-TOKLI ELEKTR YURITMALARINI QO’LLASHNING AHAMIYATI»

NASOS STANSIYALARIDA CHASTOTA-TOKLI ELEKTR YURITMALARINI

QO'LLASHNING AHAMIYATI

Soxibjon Umar o'g'li Shermanov Jasur Sadriddin o'g'li Olimov

Navoiy davlat konchilik instituti magistrantlari

ANNOTATSIYA

Nasos stansiyalarida asinxron dvigatellar ancha vaqtdan buyon qo'llanilib kelinmoqda,bunga sabab uning konstruksiyasi va ekspluatatsiyasi osonligi uchun,lekin uning kamchiligi tezligini rostlash imkoniyati yo'q edi. Bu muammo chastota tokli boshqaruv tizimini yaratilishi bilan hal etildi.Bu tizim boshqaruvini qo'llash orqali elektrenergiyas sarfi, elektrotexnik qurilmalarga tushadigan yuklamalarni,aylanuvchi mexanizmlar zuriqishini,ortiqcha suv isrofini va boshqa xarajatlarni kamaytirish mumkun.

Kalit so'zlar: Asinxron dvigatel, elektr yuritma, chastota tokli boshqarish, konvertor, invertor, drossel, impuls, mikroprotsessor, modul, energotejamkorlik.

THE IMPORTANCE OF USING FREQUENT POWER SUPPLY AT PUMP

STATIONS

Sokhibjon Umar ugli Shermanov Jasur Sadriddin ugli Olimov

Masters of Navoi State Mining Institute

ABSTRACT

Asynchronous engineers have been used for a long time, which has not been able to adjust its construction and operation for a long time, but it was not possible to adjust its short-term speed. This problem was solved by the creation of the frequency currency system. This system of system management can reduce electricity consumption, transplanting mechanisms on electrical engineering, excess water waste and other costs.

Keywords: Asynchronous engines, electrical spokes, frequency, chosen, invertor, microprocessor, module, energy-power.

KIRISH

Qishloq xujaligining rivojlanishi zamonaviy bosqichi o'zgaruvchan elektr yuritmalarni qo'llanishi sohasining sezilarli darajada kengayganligi bilan xarakterlanadi.Respublikamizda sungi yillarda qishloq xujaligida suv bilan sug'orish tizimlarida yangi texnologiyalarni qullash orqali suvlarni ortiqcha sarfini tejashga erishilmoqda,shu bilan bir qatorda suvlarni tortib olish, tarqatish va yetkazib berishda

elektr dvegatelli nasoslardan keng qullanilmoqda, Bu esa elektr energiyaga bulgan talabni oshishiga olib keladi. Ayniqsa bu jarayonda, rostlash xususiyati bulmagan o'zgaruvchan tok elektr yuritmali dvigatellar keng qo'llanilmoqda, shunindek texnologik parametrlar elektr yuritma vositalari bilan rostlanmaydigan sohalarda (masalan, nasos stansiyalari va havo ventillyatorlarida) yaqqol namoyon bo'la boshladi.Elektr dvigatellarni oddiy ulanish sxemasi urniga chastota tokli boshqarish uskunasini qullash bu elektr dvigatellarni kerakli tezlikda aylantirish va ehtiyojga qarab o'zgartirish mumkun.Bu uskunani qullash orqali uch fazali elektr tarmoqlari yetib bormagan joylarda ham qollash mumkun.Bu bizga elektr energiyasini tejashga,elektr dvigatelni qushish vaqtidagi tokning oniy oshib ketishidan saqlash,mexanizmlarga ortiqcha yuklamani kamaytirish,jarayonni masofadan boshqarish va elektr dvigatelni ish jarayonida ko'proq malumotga ega bo'lish mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Zamonaviy asinxron dvigatelning konstruksiyasi ancha oldin ishlab chiqilgan bo'lib shu kungacha saqlanib qolgan va u hozirda eng arzon va uzoq muddat ishlash qobiliyatiga ega bo'lgan elektr motorlardan biri bo'lib hisoblanadi.

Asinxron dvigatel tezligini rostlash usuli nazariy jihatdan ma'lum bo'lsada, u uzoq muddat asosan rostlanmaydigan elektr eritmalar uchun qo'llanilib kelindi. Bir vaqtning o'zida rostlanadigan o'zgaruvchan elektr yuritmalar yaratish borasida amaliy ishlar olib borildi. Asinxron dvigatelni rostlashning ma'lum bo'lgan barcha usullari ichida (stator cho'lg'amidagi kuchlanish o'zgarishini rostlash, juft qutblar sonini o'zgartirish, faza rotorli dvigatellar uchun rotor zanjiriga qo'shimcha qarshilik yoki qo'shimcha EYUK ulash) faqatgina statordagi kuchlanish chastotasining o'zgartirish bilan bog'liq bo'lgan rostlanadigan elektr yuritmalar tezlikni keng diapazonda rostlash va uni yuqori aniqlikda ta'minlash talab qiladigan qurilmalarda qo'llanilib kelgan mustaqil qo'zg'atishli o'zgarmas tok dvigatelli elektr yuritmalar uchun raqobatbardosh bo'lib qoldi.

Bugungi kunda o'zgaruvchan tok dvigatelli elektr yuritmalarning eng ko'p tarqalgan turlari o'z tarkibida o'zgarmas tok zvenoli chastota o'zgartirgich va keng impuls modullyasiyali invertor asosidagi o'zgartirgichlarni oladi. O'zgartirgichda tashqi interfeysli va mikroprotsessor boshqaruvli elektr yuritmani boshqarish tizimi o'rnatilgan bo'lib, u foydalanuvchiga elektr yuritmani sanoat korxonalarning turli xil sohalari ishlatishning maksimum imkoniyatini beradi,bu esa korxona uchun iqtisodiy tejamkorligini oshiradi.

Asinxron elektr yuritmalari uchun chastota konvertorlari.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ishlab chiqarish va sanoat korxonalarida elektr yuritmalari asosan uch fazali elektr tarmog'idan taminlanadi,shuning uchun chastotani boshqarish tizimlarining quvvat qismi asosan chastota konvertori deb nomlanadi,chunki u elektrodvigatel stator chulg'amlarida tarmoq chastotasidan farqli chastotani vujudga keltiradi.Energiyani konvertatsiya qilish o'zgarmas tokning pog'onali tug'ridan -tug'ri bogTangan va oraliq pog'onali boglangan chastota invertorlariga bo'linadi.Hozirgi vaqtda tokning pog'onali tug'ridan -tug'ri boglangan chastota invertorlari keng tarqalgan. Ushbu invertorlarning energiya kirishi kanallarida boshqariladigan yoki boshqarilmaydigan invertorlar o'rnatilgan bo'ladi. O'zgaruvchan tokni to'g'irlagich yordamida o'zgarmas tok kuchlanish va chastota qiymatlariga aylantirgandan so'ng, u inverter kirishiga kiradi va yana uch fazali o'zgaruvchan tokka aylantiriladi, ammo sozlanadigan parametrlar bilan.Shunday qilib, ushbu turdagi inverterda elektr energiyasi ikki marta o'zgaradi, bu uning samaradorligini biroz kamaytiradi, ammo ushbu konvertorlarning boshqa muhim afzalliklari ularni zamonaviy avtomatlashtirilgan elektr yuritma talablariga javob beradi. To'g'irlagich va invertor o'rtasida bog'liklikni uzish uchun,ular o'rtasiga albatta istemolchi quyiladi,bunda istemolchi turiga qarab kondensator yoki drossel bo'lishi mumkun. Dvigatelda magnit maydonni hosil qilish uchun, manba va dvigatel o'rtasida reaktiv quvvat almashinuvi zarur. Asinxron dvigatel generator rejimiga o'tishida tok statorining aktiv tashkil etuvchisi va kuchlanishga bulgan yunalishi o'zgaradi. Ushbu tok va kuchlanish bu yerda kirish qiymatlariga mos keladi va shuning uchun rejimni o'zgarganda asinxron dvigateldagi tok va kuchlanishning o'zaro yo'nalishini o'zgaradi va bizga kerakli bulgan tezlikda aylantirish imkoniyatini beradi.

Chastota tokli boshqarish prinsipial sxemasi rasml

Rasm 1

XULOSA

Elektr yuritmalarini chastota tokli boshqarish ekspluatatsionning xarajatlar pasayishi,qo'shish vaqtidagi toklarning kamayishi,elaktr tarmoqqa bo'lgan tasiri, suv ,issiqlik shamollatish tizimlarida gidrozarblarning kamayishi aylanuvchi qismlarning uzoq muddat xizmat qilishi va avariya holatlarining kamayishi kabi afzalliklarga ega.Chastota tokli elektr yuritmalarini ishlab chiqish va amalga oshirish eng istiqbolli va iqtisodiy jihatdan samarali energiya tejaydigan texnologiyalar yo'nalishlardan biri bo'lib iqtisodiyotni xalq xo'jaligida energiya (umumiy iste'moldan): elektr energiyasi 15% -20%, ichimlik suvi 10% --12%, yonilg'i - 8% -10% gacha energiya sarfini kamaytirish mumkun. Chastota tokli elektr yuritmalarini foydalanish o'n yil davomida uning yuqori ishonchliligi va samaradorligini ko'rsatdi.

REFERENCES

1. Bulgakov A.A. Asinxron dvigatellari chastotali boshqarish. Moskva «Nauka» 1966

2. Isaev A.V.Elektromexanik tizim Volgagrad «Politexnik»

3. Spravochnik po elektrosnabjeniyu promishlennix predpriyatiy. Promishlennie elektricheskie seti /Pod red. A.A.Fedorova i G.V.Serbinovskogo, M., Energiya, 1980

4. http: //electricalschool .info/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.