Научная статья на тему 'UZUMZORLAR VA MEVALI BOG‘LAR UCHUN YUQORI SAMARALI UNIVERSAL OSMA PURKAGICH'

UZUMZORLAR VA MEVALI BOG‘LAR UCHUN YUQORI SAMARALI UNIVERSAL OSMA PURKAGICH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
120
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bog‘ / purkagich / ishchi qism / ventilyator / g‘ildirak / kojux / aylanishlar soni / dastur / chizma / suyuqlik sarfi / ish unumi. / words garden / sprayer / working tool / fan / wheel / casing / speed / program / drawings / fluid flow / productivity

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xalilov Muxtor Suvonovich, Yusupov Rustam Eshpulatovich

Maqolada muallif tomonidan mevali bog‘lar va uzumzorlarga kimyoviy ishlov beradigan universal osma purkagichining texnologik sxemasi loyihalangani va shu asosda kompyuterda AutoCAD dasturida konstruktorlik chizmalari va texnik hujjatlari, hamda uning sanoat namunasi ishlab chiqilganligi va fermer xo‘jaliklariga joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HIGH EFFECTIVE UNIVERSAL HOLDER SPRAYER FOR VINEYARDS AND ORCHARDS

The article presents the developed technological scheme of a universal sprayer for chemical treatment of orchards and vineyards, developed design drawings and technical documentation, as well as the manufactured industrial design of the sprayer. The ongoing work on the introduction of a sprayer in farms is given.

Текст научной работы на тему «UZUMZORLAR VA MEVALI BOG‘LAR UCHUN YUQORI SAMARALI UNIVERSAL OSMA PURKAGICH»

UZUMZORLAR VA MEVALI BOG'LAR UCHUN YUQORI SAMARALI

Annotatsiya: Maqolada muallif tomonidan mevali bog'lar va uzumzorlarga kimyoviy ishlov beradigan universal osma purkagichining texnologik sxemasi loyihalangani va shu asosda kompyuterda AutoCAD dasturida konstruktorlik chizmalari va texnik hujjatlari, hamda uning sanoat namunasi ishlab chiqilganligi va fermer xojaliklariga joriy etish bo 'yicha olib borilayotgan ishlar keltirilgan.

Tayanch so'zlar: bog', purkagich, ishchi qism, ventilyator, g'ildirak, kojux, aylanishlar soni, dastur, chizma, suyuqlik sarfi, ish unumi.

Аннотация: В статье приведена разработанная технологическая схема универсального навестного опрыскивателя для химической обработки плодовых садов и виноградников, разработаны конструктивные чертежи и техническая документация, а также приведен изготовленный промышленный образец опрыскивателя. Приведены проводимые работы по внедрению опрыскивателя в фермерских хозяйствах.

Ключевые слова: сад, опрыскиватель, рабочий орган, вентилятор, колесо, кожух, число оборотов, программа, чертежи, расход жидкости, производительность.

Abstract: The article presents the developed technological scheme of a universal sprayer for chemical treatment of orchards and vineyards, developed design drawings and technical documentation, as well as the manufactured industrial design of the sprayer. The ongoing work on the introduction of a sprayer in farms is given.

Key words: words garden, sprayer, working tool, fan, wheel, casing, speed, program, drawings, fluidflow, productivity.

Qishloq xo'jaligi mevali bog'lari va uzumzorlarida maxsulotlar yetishtirishda yangi texnologiyalar va texnik vositalarni ishlab chiqarishga joriy qilish bilan jahon

UNIVERSAL OSMA PURKAGICH

Xalilov Muxtor Suvonovich Yusupov Rustam Eshpulatovich

r.yusupov57@mail.ru. Qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti

KIRISH

bozorida raqobatdosh bo'lgan mahsulotlar hosildorligi va sifat ko'rsatgichini oshirish muhim ahamiyatga egadir. Birlashgan millatlar tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi bo'yicha qo'mitasining bergan ma'lumotiga asosan qishloq xo'jaligi o'simliklariga zararkunanda va kassalliklarning keltiradigan zarari natijasida ulardan olinadigan hosildorlikni jahon miqyosida xar yili 20-25 foyizi nobud bo'ladi [1]. Mevali bog'lar va uzumzorlarda maxsulotlar etishtirishda ularni zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurash tadbiri purkagichlar yordamida bajariladi.

Yuqori samarali universal purkagichlarning texnologik ish jarayonini asoslashda biz zararkunandalarni yashash joyini asosiy omillardan biri deb oldik. Uzumzorlar va boshqa o'simliklar zararkunandalarini yashash joyi, ko'payishi va ularni ozuqlanishi ko'p yillik ilmiy tekshirishlar asosida olimlarimiz tomonidan o'rganilib, ular asosan o'simliklar barglarini tag (bargning ostki) qismlarida yashashi aniqlangan [2]. Demak, purkagich kimyoviy preparatni berilgan me'yorda zararkunandalarning yashash joyiga, ya'ni bargning pastki qismiga purkashi lozim.

Tadqiqotning maqsadi. Purkagichlarning texnologik ish jarayonini takomillashtirish orqali ularning sifat ko'rsatkichlarini, texnologik barqarorligini va ish unumdorligini yuqori bo'lishini hamda purkaladigan kimyoviy preparatni samaradorligini agrotexnik talablarga javob berishini ta'minlashdir.

Tadqiqot uslubiyati. Tadqiqot jarayonida purkagichni nazariy jihatdan asoslashda nazariy mexanika, matematik statistikaning qonun va qoidalari, eksperimentlarni matematik rejalashtirish va tenzometriya usullari hamda mavjud me'yoriy hujjatlarda va (O'zRH 63.06-98 va GOST 24055-80, TSt 63.02.2001, TSt 63.03.2001, RD Uz 63.03-98) belgilangan usullardan foydalanilgan [3].

Tadqiqot natijalari. Uzumzorlar va mevali bog'larga kimyoviy ishlov beruvchi purkagichlarning konstruksiyasi va texnologik ish jarayoni, ularni yaratish bo'yicha o'tkazilgan ilmiy-tadqiqotlar ishlarining taxlili va uzumzor hamda mevali daraxtlarning agrotexnikasini e'tiborga olgan holda takomillashgan purkagich ishlab chiqildi. Uning konstruksiyasiga O'zbekiston Respublikasi intelektual mulk agentligining № FAP 00857 foydali modelga patent olindi [4].

Purkagichning asosiy ish qismlaridan biri qilib markazdan qochma ventilyatorni uning texnologik sxemasiga kiritamiz. Markazdan qochma ventilyatorni havo oqimini kirish darchasidan surib ikki yon tomonga yo'naltiradigan qilib loyihalaymiz. Bu esa purkagichni bir o'tishda ikki tomonga ishlov berishini ta'minlaydi.

Echilishi lozim bo'lgan muammo shundan iboratki, yuqorida keltirilgan purkagichlarni texnologik ishlash jarayonini ilmiy asosida takomillashtirish bilan, ularning ish jarayonini sifat ko'rsatkichlarini, texnologik barqarorligi, ish unumdorligini yuqori bo'lishini va purkaladigan kimyoviy preparatni samaradorligini agrotexnik talablarga javob berishini ta'minlashdir.

Uzumzorlar va mevali bog'larga kimyoviy ishlov berish uchun takomillashtirilgan universal purkagich quyidagi qism va mexanizmlardan iborat (1-rasm): sig'im 1, rama 2, ventilyator kojuxi 3, ventilyator g'ildiragi 4, kojuxdagi havo chiqish darchalari 5, havo kirish darchasi 6, ponasimon tasmali uzatma 7 va kardan vali 8 loyihalangan. Ramaga o'rnatilgan ventilyator uning kojuxi 3 va unga o'rnatilgan ish qismlar yangi texnologiyalar asosida loyihalanadi. G'ildirakning geometrik o'lchamlari

(diametri va balandligi) asosida kojux loyihalanib va unga asosan ventilyator hosil qilgan havo oqimini teng ikkiga bo'lib qarama-qarshi

1-sig'im; 2-rama; 3- ventilyator kojuxi; 4-ventilyator g'ildiragi; 5- kojuxdagi havo chiqish darchalari; 6- havo kirish darchasi;

7- ponasimon tasmali uzatma; 8-kardan val

1-rasm. Taklif qilingan purkagichning texnologik sxemasi

ikki tomonga yo'naltiradigan qilib tayyorlangan.

Purkagich va unga o'rnatiladigan markazdan qochma ventilyatorlarni yuqorida aniqlangan parametrlari asosida kompyuterda AutoCAD dasturida konstruktorlik

Oriental Renaissance: innovative, VOLUME 11 ISSUE 2

educational, natural and social sciences Q ISSN 2181-1784

chizmalari va texnik hujjatlari ishlab chiqildi.

YUqorida keltirilgan konstruktorlik chizmalari va texnik hujjatlari asosida universal osma purkagichni ishlab chiqildi (2-rasm). Universal osma purkagichi qo'yidagicha ishlaydi: harakat traktorning (QOV) dan kardan val orqali purkagich valga, unga o'rnatilgan katta shkiv orqali ponasimon tasmalar bilan valga o'rnatilgan kichik shkivga va ventilyator g'ildiragiga, hamda bir vaqtning o'zida nasosga uzatiladi. Demak, purkagich ventilyator g'ildiragi harakatlanishi natijasida hosil qilingan havo oqimiga raspilitellar tumansimon qilib purkagan ishchi suyuqlikni aralashtirib ishlov beriladigan ob'ektga yo'naltirib, bog' va uzumzorlarga

2-rasm. Plantatsiya qilib ekilgan bog'larga kimyoviy ishlov beruvchi ishchi qism o'rnatilgan universal osma purkagichning orqa tomonidan ko'rinishi

kimyoviy ishlov beradi.

XULOSA

Uzumzorlar va mevali bog'larga kimyoviy ishlov beradigan universal osma purkagichning sanoat namunalarini ishlab chiqildi va uni fermer xo'jaliklariga joriy etish lozim.

Ishlab chiqilgan universal osma purkagichining konstruksiyasi oddiy va tannarxi xorijiy davlatlardan keltirilayotgan shu turdagi texnik vositalarga nisbatan 23 barabar arzon bo'lib, purkagich texnik vositalarga qo'yilgan talablarga to'liq javob beradi. SHuning uchun ham, xozirgi paytda universal osma purkagichini o'zimizda

ishlab chiqarish va uni fermer xo'jaliklariga tadbiq etish bo'yicha amaliy ishlar olib

126

borilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Ochilov R.O., Bobobekob Q., Sagdullaev A., Po'latov Z., Ucharov A., Raxmatov A., Abrorov SH va boshqalar. Mevali daraxtlar zararkunandalari va kasalliklarini aniqlash hamda ularga qarshi kurash choralari. - Toshkent, Fan, 2010, - 60 b.

2. Xamraev A.SH., Hasanov B.A. Bog', tokzorlarning zarakunandalari, kasalliklar va ularga qarshi kurash tizimi. - Toshkent, 1995. - 125 b.

3. ГОСТ 53053-2008- Машины для защиты растений. Опрыскиватели. Методы испытаний. Москва.2009. 41 с.

4. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

5. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

6. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

7. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

8. Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

9. O'zR. FAP 00857 raqamli foydali model patenti. Qishloq xo'jaligi o'simliklariga kimyoviy ishlov berish purkagichi / Djuraev D., Ergashev A.CH. //2013, № 12. Byul. B 15.

127

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.