Научная статья на тему 'TOKNI TIK SIMBAG‘AZLI SO‘RILARDA O‘STIRISH MAQSADIDA SO‘RI TAYYORLASH TARTIBINI O‘RGANISH'

TOKNI TIK SIMBAG‘AZLI SO‘RILARDA O‘STIRISH MAQSADIDA SO‘RI TAYYORLASH TARTIBINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
481
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Tok / tik simbag‘az / so‘ri / tokzor / tup / qator orasi / temir beton / sim / asosiy ustun / oraliq ustun. / Current / vertical column / chair / vineyard / bush / row spacing / reinforced concrete / wire / main column / intermediate column.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Durdigul Rustam Qizi Botirova

Tokzorlardan yuqori va sifatli hosil olish, eksport salohiyatini yuksaltirish, toklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish hozirgi kundagi dolzarb muommolardan biri bo‘lib kelmoqda. Tok tuplarini o‘stirish usullarini to‘g‘ri tanlab, parvarishlash ishlarini yaxshi olib borish ushbu muommolarning yechimlaridan biri hisoblanadi. Tokni tik simbag‘azli so‘rilarda o‘stirish eng keng tarqalgan zamanovaiy usullardan biri hisoblanadi. Ushbu usulni tokzor maydoni 1 ga, qator oralari esa 3 m bo‘lgan toklarda qo‘llash tartibi bilan tanishib chiqamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF THE PROCEDURE OF PREPARATION OF CURRENCY FOR THE PRODUCTION OF CURRENT IN VERTICAL SYMBOLS

High-quality and high-yield vineyards, increasing export potential, and protecting vineyards from diseases and pests are among the most pressing issues today. One of the best ways to handle this is to set up an online ticket help desk. One of the most common modern methods is to grow vines in vertical chairs. Let's get acquainted with the procedure for applying this method to vines with an area of 1 hectare and a row spacing of 3 m.

Текст научной работы на тему «TOKNI TIK SIMBAG‘AZLI SO‘RILARDA O‘STIRISH MAQSADIDA SO‘RI TAYYORLASH TARTIBINI O‘RGANISH»

TOKNI TIK SIMBAG'AZLI SO'RILARDA O'STIRISH MAQSADIDA SO'RI TAYYORLASH TARTIBINI O'RGANISH

Durdigul Rustam qizi Botirova

Guliston davlat universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Tokzorlardan yuqori va sifatli hosil olish, eksport salohiyatini yuksaltirish, toklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish hozirgi kundagi dolzarb muommolardan biri bo'lib kelmoqda. Tok tuplarini o'stirish usullarini to'g'ri tanlab, parvarishlash ishlarini yaxshi olib borish ushbu muommolarning yechimlaridan biri hisoblanadi. Tokni tik simbag'azli so'rilarda o'stirish eng keng tarqalgan zamanovaiy usullardan biri hisoblanadi. Ushbu usulni tokzor maydoni 1 ga, qator oralari esa 3 m bo'lgan toklarda qo'llash tartibi bilan tanishib chiqamiz.

Kalit so'zlar: Tok, tik simbag'az, so'ri, tokzor, tup, qator orasi, temir beton, sim, asosiy ustun, oraliq ustun.

STUDY OF THE PROCEDURE OF PREPARATION OF CURRENCY FOR THE PRODUCTION OF CURRENT IN VERTICAL SYMBOLS

Durdigul Rustam kizi Botirova

Student of Gulistan State University

ABSTRACT

High-quality and high-yield vineyards, increasing export potential, and protecting vineyards from diseases and pests are among the most pressing issues today. One of the best ways to handle this is to set up an online ticket help desk. One of the most common modern methods is to grow vines in vertical chairs. Let's get acquainted with the procedure for applying this method to vines with an area of 1 hectare and a row spacing of 3 m.

Keywords: Current, vertical column, chair, vineyard, bush, row spacing, reinforced concrete, wire, main column, intermediate column.

Uzumchilik qishloq xo'jaligining qadimdan rivojlanib kelayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiznng qulay iqlim sharoiti esa bu yerda turli xil uzum navlarini yetishtirish va ulardan mo'l hosil olish imkoniyatini beradi. Tok qimmatbaho va eksportbop o'simlik hisoblanib, o'zining mazasi va eng muhumi foydaliligi bilan savdo bozorida o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Uzumga bo'lgan talabning kundan-kun ortib borayotganligini va o'zining sifat ko'rsatkichlarini saqlab qolganligi juda

quvonarlidir. Shuning uchun ham biz tokning o'sish sharoitini hisobga olgan holda parvarish ishlarini to'g'ri, o'z o'rnida olib borsak, mahsulotga bo'lgan talab yanada ortib borishini kuzatishimiz mumkun [1-5]. Shunday parvarishlash usullaridan biri tokni tik simbag'azli so'rilarda o'stirish hisblanadi.

Bu usul tok o'stirishning nafaqat O'zbekistonda, balki dunyo bo'yicha keng tarqalgan usullaridan biri hisoblanib, asosan, o'rtacha o'suvchi kishmishbop va xo'raki navlar uchun qo'llash tavsiya etiladi. Bunda tokning tanasi, novda va zanglari simbag'azlarga ko'tarilib tekis bog'lab chiqiladi. Ko'chat o'tqazilgandan keyin ikkinchi yiliga ustun o'rnatilishi kerak. Buning uchun bizga birinchi navbtada asosiy va oraliq tayanch sifatida temir betonlar va ularga tortiladigan simlar kerak bo'ladi. Temir betonlar o'zlarining mustahkamliligi tufayli uzoq yillargacha foydalanish uchun mo'ljallangan [6-9]. Bu esa o'z navbatida iqtisodiy tomondan foydadir. Shuning uchun 4 qator simli tik temir-beton so'rilarni qurish ketma-ketligi bilan tanishib chiqamiz. Bunda, tok qator oralari 3 m bo'lgan tokzorda ishlar olib boriladi.

Buning uchun binchi navabatda tik simbag'azli so'ri tayyorlashda uzunligi 3,5 m bo'lgan asosiy hamda 3 m oraliq temir-beton ustunlar kerak bo'ladi. Ushbu ustunlar tok tupidan 25-30 sm nariroqda o'rnatiladi. Har bir ustunga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, asosiy ustunlarning yuqori qismining yo'g'onligi 10 sm, yerga ko'miladigan pastki qisminiki 20 sm, oraliq ustunlarning yuqori qismining yo'g'onligi 9 sm, pastki qisminiki esa 13 sm bo'lishi lozim. Sim tortish uchun oraliq ustunlarga 3-4 joyiga 40-50 sm oraliqda ilgaklar o'rnatilib chiqiladi, ammo asosiy ustunlarda ilgaklar bo'lmaydi [10-14].

Ikkala ustunlar ham tayyor bo'lgandan so'ng, asosiy ustunlarni 70-80 sm chuqurlikda tashqi tomonga 10-150 qiyalab, oraliq ustunlarni esa 55-60 sm chuqurlikda ko'mib chiqiladi. Ustunlarning yanada mustahkam bo'lishi uchun asosiy ustundan 1 m uzoqroqqa chuqurligi 70 sm, eni 50-60 sm li chuqur kovlanadi va unga qalinligi 5 mm sim o'ralgan va uning uchi xalqa qilib tashqariga chiqarilishi uchun katta tosh o'rnatilishi lozim. So'ngra xalqaga asosiy ustunga tortiladigan 2,3,4 qator simlarning birlashtirilgan uchi mahkamlanadi.

Asosiy ustunlar o'rnatilgach, oraliq ustunlarni o'rnatishga kirishish lozim. Biroq, ustunlarni o'rnatishda tok ildizlarini shikastlab qo'ymaslik uchun juda ehtiyot bo'lish loizm. Buning uchun qatordagi ikki chetki asosiy ustun oralig'ining o'rtasiga yana bir ustun o'rnatilib, ularga to'g'rilangan tarzda har 7-8 m masofaga oraliq ustun o'rnatilib chiqiladi. Ustunlarni o'rnatish ishlari tugatilgandan so'ng, zanglamaydigan, ustiga rux yuritilgan simlar maxsus moslamalar yordamida ustunlarga tortilib mahkamlanadi. Bunda, pastki tomondagi simning yo'g'onligi 3,5-4 mm, yerdan balandligi 40-50 sm, ikkinchi qatordagi simning yo'g'onligi 2,5-3 mm, yerdan balandligi birinchi qatordan 40-50 sm baland, uchinchi qatordagi sim ikkinchisidan 50-60 sm va to'rtinchi qatordagi sim esa uchinchisidan 40-50 sm oraliqda bo'lishi kerak.

Ko'klamda tok tuproqdan ochilishi bilan uning madanlarini darhol simbag'azlarga ko'tarib boylanish kerak, bu ishni kechiktirish yaramaydi, chunki, unda ko'karayotgan sho'ralar juda mo'rt bo'ladi. Tok madanlari simbag'azga bir tekis boylanadi. Simbag'azli so'rilar o'rnatilib bo'lingandan so'ng, tok tik simbag'azga ko'tarilgan vaqtda hosil novdalari simbag'azning birinchi va ikkinchi simlariga gorizontal holatda bog'lanadi [15-17].

Tokning tik simbag'az so'rilarda o'stirish orqali qator oralariga mexanizatsiya bilan ishlov berish, o'g'itlash, sug'orish, tok tuplarini qishga ko'mish va bahorda ochish ishlari uchun qulay sharoit yaratiladi. Shuning uchun ham bu usulning afzalliklari tokni parvarish qilishning hamda zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashishning qulay imkoniyati borligidir. Darhaqiqat, shu ishlarni yuqori darajada amalga oshirib, tokning kasallanish holatlarini kamaytirish orqali mo'l va sifatli hosil olishga erishamiz.

Biroq, bu usulni ham mutloq kamchiliksiz deb bo'lmaydi. Ya'ni tok past tanali holatda o'stirilishi tufayli uning tik joylashgan bargpoya massasining qalinlashib ketishi o'simlikning yorug'likdan to'liq foydalana olmasligiga sababchi bo'ladi. Bu esa o'z navbatida fotosintez jarayonining susayib, organik moddalar hosil bo'lishining kamayishiga olib keladi. Biroq, O'zbekistonning iqlim sharoitida, yorug' kunlarning ko'pligi, quyosh radiatsiyasining nisbatan kuchliligi fotosintez jarayonining normal kechishiga to'sqinlik qilmaydi.

Kuzatishlar natijasida shunday xulosa qilish mumkunki, tokni tik simbag'azli so'rilarda o'stirish usuli keng tarqalgan hamda samaradorligi jihatidan yuqori bo'lgan usullardan biridir. Agar tokni tik simbag'azlarga ko'tarib o'stirsak, o'simlik va tuproqni parvarish qilishda mexanizatsiyalardan foydalanish qulay bo'ladi hamda, havo almashinish yetarli bo'lganligi uchun kasalliklarga chalinish ehtimoli past bo'ladi. Shuningdek, tok hosildorligini oshirishga, sifatini esa yaxshilashga erishamiz. Yuqorida ko'rsatilgandek, tik simbag'azli so'rilar o'rnatilib chiqilgandan so'ng, tok tuproqdan ochilishi bilan madanlarini simbag'azlarga kechiktirmasdan ko'tarib boylash kerak. Ustunlar tok ochishga qadar o'rnatilishi kerak, chunki, bu vaqtda tuproq sernam bo'lganligi sababli ustun ko'miladigan yerni qazish osonroq bo'ladi.

REFERENCES

[1] R.M.Abdullayev va boshqalar. "Uzum yetishtirish va mayiz quritishning zamanoviy texnologiyasi" O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyoti. Toshkent 2011, 12-bet.

[2] R.Yunusov va boshqalar. "Bog'dorchilik" "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" nashriyoti. Toshkent.2016, 156-bet.

[3] "Uzumchilik" Sh.Temurov. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent 2002, 98-99 betlar.

[4] Iminov.I. "Mevachilik va uzumchilik" Andijon 2007. 32-bet.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2021

ISSN: 2181-1601

[5] Sharapova M.M. "Uzumchili6k sanoati" Buxoro-2006. 51-bet.

[6] U.I.Mamatov. "Uzum yetishtirish" "Agrobank" ATB. 2021. 42-bet.

[7] Adilov, T. T., Israilova, X. M., Uzohkov, I. E., Axtamov, M. X., & Raxmatullayeva, X. I. (2021). Food security: National food market strategy. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 619-626.

[8] Musakulovna, I. K. (2021). The development of the culture of fruit and vegetables growing in fergana. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1456-1460.

[9] Исраилова, Х. М. (2019). Миллий ик;тисодиётни ривожлантиришда мева-сабзавотчиликнинг ик;тисодий урни (фаргона вилояти мисолида). Экономика и финансы (Узбекистан), (10).

[10] Исраилова, Х. М. (2012). Фаргона вилоятида мева-сабзавотчиликни ривожлантиришнинг минта;авий хусусиятлари. Экономика и финансы (Узбекистан), (10).

[11] Nasirov, U. F. (2020). Ochilov Sh. A., UmirzoqovA. A. Analysis of Development of Low-Power and Man-Made Gold Deposits. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN, 2643-9603.

[12] Abdurashidovich, U. A. (2020). The Condition Of General Development Of The Mineral Resource Base In Uzbekistan. The American Journal of Applied Sciences, 2(12), 1-6.

[13] G'ofurovich, K. O., & Abdurashidovich, U. A. (2021). Justification of rational parameters of transshipment points from automobile conveyor to railway transport. World Economics and Finance Bulletin, 1(1), 20-25.

[14] Djurayevich, K. K., KxudoynazarO'g'li, E. U., Sirozhevich, A. T., & Abdurashidovich, U. A. (2020). Complex Processing Of Lead-Containing Technogenic Waste From Mining And Metallurgical Industries In The Urals. The American Journal of Engineering and Technology, 2(09), 102-108.

[15] G'afurovich, K. O., Abdurashidovich, U. A., & Ogli, B. A. O. (2020). Small Torch Progress In Prospects Gold Mining In Improving Countries. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 2(09), 65-72.

[16] Fatidinovich, N. U., Atoevich, O. S., & Abdurashidovich, U. A. (2020). The Analysis Of Influence Of Productions Of Open Mountain Works On Environment At Formation Of Various Zones On Deep Open-Cast Mines. The American Journal of Applied sciences, 2(12), 177-185.

[17] Suyunov, A. S., Xushmurodov, F. M., & Usmanova, R. (2020). AGROLANDSHAFTLARNI TADQIQ ETISHNING NAZARIY-USLUBIY JIHATLARI. Science and Education, 1(2), 104-108.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.