Научная статья на тему 'EKISH OLDIDAN CHIGITGA ELEKTROFAOLLASHGAN SUV BILAN ISHLOV BERISHNING G’O’ZANING O’SISH DAVRIGA TA’SIRI'

EKISH OLDIDAN CHIGITGA ELEKTROFAOLLASHGAN SUV BILAN ISHLOV BERISHNING G’O’ZANING O’SISH DAVRIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
23
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
G’o’za / elektrofaollashgan suv / mis / shona / barg / ko’sak / ivitilgan chigit / ishqoriy suv / stimulyatorlar / agrotsenozi.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Irisova Shaxnoza Faxriddinovna

Maxsus qurilma yordamida suvni 20 daqiqada davomida elektrofaollashgan ya’ni kislotali pH=3-3,5 va pH=9-9.5 ajtratilgan. Elektrofaollashgan suv nihollarning unib chiqishi 15-20% tezlashib, sog‘lom va bir tekis ko‘chat olingani, g‘o‘zani o‘sishi va rivojlanishi yaxshilanib, ko‘saklar soni 1-2 donaga ortib, qo‘shimcha 2-4 s/ga paxta hosili olingani kuzatilgan. Turli variantlar yordamida nisbatan elektrofaollashgan suvning kislotali va ishqoriy suvida ivitilgan va ishlov berilgan. Buning natijasida dala unuvchanligi 7,5-9,0 foizga tezlashgani holda, nihollar 1-2 kun ertaroq unib chiqqan optimal variant tajribada kuzatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EKISH OLDIDAN CHIGITGA ELEKTROFAOLLASHGAN SUV BILAN ISHLOV BERISHNING G’O’ZANING O’SISH DAVRIGA TA’SIRI»

EKISH OLDIDAN CHIGITGA ELEKTROFAOLLASHGAN SUV BILAN ISHLOV BERISHNING G'O'ZANING O'SISH DAVRIGA TA'SIRI Irisova Shaxnoza Faxriddinovna

Namangan muhandislik-texnolgiya instituti, assistant, O'zbekiston. a.a.abdulxayev@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10084136

Annotatsiy. Maxsus qurilma yordamida suvni 20 daqiqada davomida elektrofaollashgan ya'ni kislotali pH=3-3,5 va pH=9-9.5 ajtratilgan. Elektrofaollashgan suv nihollarning unib chiqishi 15-20% tezlashib, sog'lom va bir tekis ko'chat olingani, g'o'zani o'sishi va rivojlanishi yaxshilanib, ko'saklar soni 1-2 donaga ortib, qo'shimcha 2-4 s/gapaxta hosili olingani kuzatilgan. Turli variantlar yordamida nisbatan elektrofaollashgan suvning kislotali va ishqoriy suvida ivitilgan va ishlov berilgan. Buning natijasida dala unuvchanligi 7,5-9,0 foizga tezlashgani holda, nihollar 1-2 kun ertaroq unib chiqqan optimal variant tajribada kuzatilgan.

Kalit so'zlar: G'o'za, elektrofaollashgan suv, mis, shona, barg, ko'sak, ivitilgan chigit, ishqoriy suv, stimulyatorlar, agrotsenozi.

Аннотация. С помощью специального устройства в течение 20 минут проводилась электроактивация воды, т.е. разделялись кислые рН=3-3,5 и рН=9-9,5. Электроактивированная вода ускоряет прорастание ростков на 15-20%, получают здоровые и ровные всходы, улучшается рост и развитие хлопчатника, количество коробочек увеличивается на 1-2, а дополнительных на 2-4. с/га. Его нагревают и обрабатывают в кислой и щелочной воде относительно электроактивированной воды с использованием различных вариантов. В результате в опыте был соблюден оптимальный вариант, при котором плодородие поля было ускорено на 7,5-9,0%, а всходы проросли на 12 дня раньше.

Ключевые слова: Хлопок, электроактивированная вода, медь, початок, лист, стручок, талые семена, щелочная вода, стимуляторы, агроценоз.

Abstract. With the help of a special device, water was electroactivatedfor 20 minutes, i.e. acidic pH = 3-3.5 and pH = 9-9.5 were separated. Electroactivated water accelerates sprout germination by 15-20%, healthy and uniform seedlings are obtained, cotton growth and development improves, the number of bolls increases by 1-2, and additional 2-4 It was observed that cotton yield was obtained per s/ha. It is heated and processed in acidic and alkaline water of relatively electro-activated water using various options. As a result, the optimal option was observed in the experiment, in which the field fertility was accelerated by 7.5-9.0%, and the seedlings germinated 1-2 days earlier.

Keywords: Cotton, electroactivated water, copper, cob, leaf, pod, thawed seed, alkaline water, stimulants, agrocenosis.

Kirish. Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida iqtisodiyotni samaradorligini oshirishning asosiy omillaridan biri paxtachilik samaradorligini oshirish bo'lib, bunga ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining tashqi hamda ichki bozorda raqobatbardoshligini oshirishdan iboratdir. Shu tufayli paxtani qayta ishlashning asosiy mahsuloti tola sifatini oshirish omillarini har tomonlama tahlil qilish va ularni ishga solish yullarini izlab topish muhim ahamiyat kasb etadi.

Butun dunyoda ishlab chiqariladigan to'qimachilik sanoati tolasining 51,3 foizi paxta tolasidandir. Qolgan qismi jun, zig'ir tolasi, ipak, kimyoviy tola va boshqalarga to'g'ri keladi.Paxta texnika ekinlari ichida eng ko'p foyda beradigan universal ekindir. Ko'pchilik

ekinlardan olingan mahsulot kishilarning turli xil iste'mollarini qondirgani holda paxtadan hozirgi vaqtda 200 xildan ortiq sanoat mahsuloti olinadi. 100 kilogramm paxtadan 34-35 kilogramm paxta tolasi, 55-57 kilogramm chigit, 5-8 kilogramm paxta chiqiti olinadi. 1 kilogramm paxta tolasidan 5 metr mato, yoki 10-12 metr chit, yoki 20 metr batis, yoki 140 g'altak ip tayyorlanadi. Paxta tolasi texnik maqsadlarda ham ishlatiladi. 100 kilogramm chigitdan 19 kilogramm yog', 47-49 kilogramm kunjara ishlab chiqariladi. Chigitning sheluxasi chorva moli uchun ozuqa va texnika maqsadlari uchun xomashyo sifatida ishlatiladi. Paxtaning xalq xo'jaligida qimmatli tomoni yana shundaki, undan asalari yaxshi oziqlanadi. Bir gektar yerdagi g'o'za o'simligidan asalari 300 kilogrammgacha asal to'playdi.

Mamlakatimiz qishloq xo'jaligida ziroatlardan mo'l va sifatli hosil olishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish bo'yicha ko'p ishlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PK-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi"da qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarida "Qishloq xo'jalik ekinlari parvarishining iqlim-sharoitlariga mos yangi ilg'or agrotexnologiyalarni yaratish hamda ishlab-chiqarishga joriy etish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish vazifalariga asosiy e'tibor qaratilgan".

Tadqiqot uslubi. Ko'pchilik tuproqlarning agroirrigasiyaviy qatlami oziq moddalarga boy bo'lib, qalinligi 1,5-2,0 m. va bundan ham ziyodroqdir. Ammo mana shu qatlamdagi oziq moddalardan o'simlik yetarli darajada foydalana olmaydi, chunki har yili bir xil chuqurlikda (2530 sm) haydalganligi, sug'orilganligi va boshqa sabablarga ko'ra haydalma ostidagi qavvat 40-60 sm. va bundan ham chuqurroqqacha juda zichlashib qolgan. Mana shu narsa o'simlik ildiz tizimining zo'r berib o'sib, chuqurroq taralishi, suv zaxirasining ko'payishiga monelik ko'rsatadi, bu hol mo'l va arzon paxta hosili olish imkoniyatini birmuncha cheklab qo'yadi. Haydalma qatlamni chuqurlashtirish hosil-dorlikni oshirish va unga ketadigan moddiy-pul mablag'lari sarfini kamaytirish hisobiga juda katta iqtisodiy foyda keltiradi.O'sishni sozlovchi moddalar o'simlikni maqbul o'sishi va rivojlanishiga hamda hosildorlik ortishiga ijobiy ta'sir qilishi aniqlangan. Bu borada adabiyotlarda ko'plab ma'lumotlarni uchratish mumkin. Masalan stimulyatorlar o'simlik agrotsenozida fiziologik jarayonlar faoliyatini jadallashtiradi, ya'ni uglevod, oqsil va lipidlar almashinuvi ko'payib, moddalar almashinishi yaxshilanadi va oziq moddalarning qayta taqsimlanishi muvofiqlashib, o'simlikni o'sishi va rivojlanishi baravj kechadi. Shuningdek, kasalliklarga chidamligi ortadi, natijada mahsulot sifati va salmog'i ko'payadi. Elektrofaollashgan suv nihollarning unib chiqishi 15-20% tezlashib, sog'lom va bir tekis ko'chat olingani, g'o'zani o'sishi va rivojlanishi yaxshilanib, ko'saklar soni 1-2 donaga ortib, qo'shimcha 2-4 s/ga paxta hosili olingani kuzatilgan.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib, Namangan viloyati och tusli bo'z toshloqli tuproqlar sharoitida chigit ekish oldidan, elektrofaollashgan suv ta'sir ettirish shonalash-gullash davrlarida turli ta'sirini aniqlash muhim va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Tatqiqot natijasi. Ko'pchilik dalalarda chuqur egatlar orqali sug'orilganda o'simlik ildizlari suvni ancha pastdan shimadi, shu tufayli pushta tuprog'ida doimo nam yetarli bo'ladi va u mayin holda saqlanadi. Natijada ildizlarga suv, oziq moddalar va havo uzluksiz kelib turadi. G'o'za ildizlarining ko'pchiligi qator oralarining o'rtasida emas, balki pushtalarda rivojlanadi. Egat oralatib sug'orish oqar suvlarni tejab sarflanishini eng muhim shartlaridan biridir. Bu usulda sug'orilganda suv odatdagidan ancha kam sarflanadi, ayni kezda bug'lanish ozayadi, qator oralari yorilmaydi va nam uzoq saqlanadi, ikki sug'orish orasidagi muddatni 3-5 kunga uzaytirish

imkoniyati tug'iladi. Natijada har bir xo'jalik o'ziga ajratilayotgan suv bilan odatdagidan 1,5 barobar ko'proq maydonni sug'orishi mumkin bo'ladi. Egat oralatib sug'orilganda birinchi sug'orishda 25-30 foiz, keyingi sug'orishlarda kamida 12-15 foizgacha suv tejab qolinadi. Egat oralatib sug'orishning yana bir afzalligi shundaki, o'simliklar haddan tashqari bo'yiga o'sib ketmaydi, g'o'za tupi kalta bo'g'inli bo'lib, to'g'ri shakllanadi, hosil shoxlari va nishonalari ko'payadi, quyosh nuri g'o'za tupini barcha qismi, ayniqsa, quyi va o'rta yaruslariga to'la tushadi, fotosintez jarayoni yaxshi kechganidan hosil tugunchalari to'kilishi kamayadi. Egat oralatib sug'orish materiallar, yonilg'i hamda kultivator ishlovchi organlarini kam sarflash imkonini beradi. Shuningdek, suvchilarning mehnati ham tejaladi, ularning ish unumi ko'tariladi. Egat oralatib sug'orishda birinchi sug'orishdan tortib oxirigacha bitta egat orqali suv berish maqsadga muvofiqdir. Sug'orishda egatlarni almashtirib turishga mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Aks holda egat oralatib sug'orishning barcha afzalliklari chippakka chiqadi. Chunki egat olish, kultivasiya qilishda ildizlar kuchli jarohatlanadi, tuproq zichlashadi, mikroorganizmlar faoliyati susayadi. Shuni aytish kerakki, suv o'tmagan qatorni chuqur ishlamaslik kerak, ularni KKO vositasida 6-8 sm. chuqurlikda yumshatish kifoya qiladi. Agrotexnikaning boshqa tadbirlari singari egat oralatib sug'orishga ham tuproq xususiyatining konkret holati, ekinlar qator oralig'ining kengligini hisobga olgan holda yondashish kerak. Agrotexnikada bir xil andaza bo'lishi mumkin emas. G'o'zalarni ikki-uch kungacha sug'orish davomida suv oqmagan qator oralari tuprog'i yaxshi namiqsa, egat oralatib sug'orish usuli yuqori foyda beradi.

Yangi biologik, fizologik faol moddalar, elektrofaollashgan suv va mis

stimulyatorlarining uzun tolali Buxoro-8296 g'o'za navidagi biologik samaradorligi, ,,O'zbekiston Respublikasi Paxta seleksiya urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Namangan ilmiy tajriba stansiyasi" viloyatining dala maydonlari hududida joylashgan, och tusli bo'z tuproqlari sharoitida o'rganildi. Tajriba jarayoni 1-rasmda keltirilgan. Tajribada elektrofaollashgan suv va mis bilan chigitga ekish oldidan ishlov berilib, nazorat variantiga nibatan taqqoslash sifatida sinovdan o'tkazildi. Tajribalar tizimi 1- jadvalda keltirilgan.

1-jadval. Ta, riba tizimi

№ Taj riba variantlari Chigitga ishlov berish me'yori.

1 1-variant: Nazorat (dorisiz) oddiy ariq suvida ivitilgan chigit 2.6gr chigitga+5litr

2 2-variant Amaldagi usul (dorilash dalbron va kruzel ) chigit 2,6gr chigitga+5gr kruzel+ 10ml dolbron

3 3-variant pH=3-3,5 da 1 soat va pH=9,5-10,5 da 10 soat ivitilgan chigit 2,6gr chigitga+5litr elektrofaollashg an suv

4 4-variant pH=3-3,5da 4 soat ivitilgan chigit 2,6gr chigitga+elektro faollashgan suv

5-variant pH ishqoriyni o'zida 10 soat ivitilgan chigit

2,6 gr chigitga+ 5gr mis+5litr suv

1-rasm. Tadqiqot natijalarini olish jarayoni

Xulosa: Tahlillar shuni ko'rsatib turibdiki,27 aprel kuni chigitlarni unib chiqish darajasi nazoratda 62,5 foiz, Amaldagi usul(dorilangan)da 69,0 %, elektrofaollashgan suvning kislotali va ishqoriy suvida ivitilgan 3-variantda 71,5 foizni, 4-variantda 68,3%ni, mis bilan ishlov berilgan 5-variantda 69,6%ni tashkil etdi. Bu variantlar ichida esa nazorat variantiga nisbatan elektrofaollashgan suvning kislotali va ishqoriy suvida ivitilgan 3-variantda 71,5 foiz va mis bilan ishlov berilgan 5-variant ishlov berilganda chigitning dala unuvchanligi 7,5-9,0 foizga tezlashgani holda, nihollar 1-2 kun ertaroq unib chiqqanligi kuzatilgan.

5

REFERENCES

1. Abdualimov Sh., Tojiev K., Tojiev M. Tuksizlantirilgan chigit paxta hosildorligini oshiradi // O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali. - Toshkent, 2002. - №3. B. 44-45.

2. Abdualimov Sh. X., Teshaev Sh. J. Plyonka ostida o'stirilgan g'o'zada Piks, Ustiks va sojeanning samaradorligi Ilmiy to'plam: G'o'za va kuzgi bug'doyning parvarishlash agrotexnologiyasi takomillashtirish. Toshkent- 2003 yil.

3. Abduraxmonov T., Normuxammedov A."Oksigumat" O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali.T.

2007, №6, 10 b.

4. Abdualimov Sh., Soriev Y. Rostbisol stimulyatorining Buxoro-102 g'o'za navidagi samarasi. // O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligida suv va resurs tejovchi agrotexnologiyalar: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ma'ruzalari asosidagi maqolalar to'plami. - Toshkent,

2008. - B. 323-326.

5. Axmedov J., Abdualimov Sh. va boshqalar. Dehqon va fermer xo'jalik-lariga Gumimaks preparatidan foydalanish bo'yicha tavsiyalar. -Toshkent, 2010. -20 b.

6. Abdualimov Sh., Abdullaev F. "Chigit moydorligiga stimulyatorlarning ta'siri" Agro Ilim, 2017 y, №1 B,10-12.

7. Voxidov S. Vitovaks 200 FF va Oksigumatni g'o'zadagi samaradorligi, O'zPITIning Navoyi filiali hisoboti, 2003.-16 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.