Научная статья на тему 'QATOR ORALARNI CHUQUR YUMSHATISH VA PAXTA HOSILDORLIGI'

QATOR ORALARNI CHUQUR YUMSHATISH VA PAXTA HOSILDORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
83
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tuproq / g‘o‘za / qator / oralar / chuqur. / soil / cotton / row / interstices / pit.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — N. Teshaboyev, M. Akbarova, S. Axmadjonova

Ammo amalda paxtakor dehqonlar “G‘o‘za qator oralariga qancha ko‘p ishlov (kultivatsiya, chizel) berilsa shuncha yaxshi” degan aqidaga ruju qilganligi tufayli qator oralarni chuqur yumshatish g‘o‘zani gullash davrida ham davom etaveradi. Shuning uchun biz keyingi yillardagi tadqiqotlarimizda g‘o‘za qator oralarini chizellashning maqbul soni va muddatini o‘rgangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEEP THINNING AND COTTON YIELD

But in practice, cotton farmers have adopted the belief that "the more cultivation (cultivation, chiseling) is done between the rows of cotton, the better", so the deep softening of the rows continues even during the flowering period of cotton. Therefore, in our research in the following years, we studied the optimal number and duration of drawing cotton rows.

Текст научной работы на тему «QATOR ORALARNI CHUQUR YUMSHATISH VA PAXTA HOSILDORLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

QATOR ORALARNI CHUQUR YUMSHATISH VA PAXTA HOSILDORLIGI

Teshaboyev Nodirbek Ikromjonovich

Farg'ona davlat universiteti Zootexniya va agronomiya kafedrasi o'qituvchisi

Moxiroy Ali qizi Akbarova Sevinch Muxtorjon qizi Axmadjonova

Dorivar o'simliklar yo'nalishi talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.7308794

Annotatsiya. Ammo amalda paxtakor dehqonlar "G'o'za qator oralariga qancha ko'p ishlov (kultivatsiya, chizel) berilsa shuncha yaxshi" degan aqidaga ruju qilganligi tufayli qator oralarni chuqur yumshatish g'o'zani gullash davrida ham davom etaveradi. Shuning uchun biz keyingi yillardagi tadqiqotlarimizda g'o'za qator oralarini chizellashning maqbul soni va muddatini o'rgangan.

Kalit so'zlar. tuproq, g'o'za, qator, oralar, chuqur.

ГЛУБОКОЕ ПРОРЕЖИВАНИЕ И ВЫХОД ХЛОПКА

Аннотация. Но на практике у хлопководов сложилось мнение, что «чем больше культивации (рыхления, долбления) производится между рядами хлопчатника, тем лучше», поэтому глубокое размягчение рядков продолжается даже в период цветения хлопчатника. Поэтому в наших исследованиях в последующие годы мы изучали оптимальное количество и продолжительность прокладки хлопковых рядов.

Ключевые слова: почва, хлопок, ряд, междоузлия, яма

DEEP THINNING AND COTTON YIELD

Abstract. But in practice, cotton farmers have adopted the belief that "the more cultivation (cultivation, chiseling) is done between the rows of cotton, the better", so the deep softening of the rows continues even during the flowering period of cotton. Therefore, in our research in the following years, we studied the optimal number and duration of drawing cotton rows.

Key words: soil, cotton, row, interstices, pit.

KIRISH

Mamlakatimiz paxtachiligini tobora rivojlanishida, xususan paxtadan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda g'o'za qator oralarini chuqur yumshatish (23-25 sm ga chizellash) nihoyatda ahamiyatli. Zero bu agrotadbirni qo'llash tufayli g'o'zaning ildiz tizimi eng ko'p joylashgan 23-25smli qatlamning agrofizikaviy, agrokimyoviy, agrobiologiyoviy va suv xususiyatlari ijobiy tomonga o'zgaradi.

Bu agrotadbir ishlab chiqarishda o'tgan asrning 75 -yillaridan qo'llanmoqda. Ya'ni ilmiy asoslanmagan holda amalga oshirilayotir.

G'o'za maydonlarida chuqur yumshatish o'kazish ko'p tadqiqotchilar (2;3;4;5;6) tomonidan o'rganilgan. Ammo bu tadqiqotchilar g'o'za qator oralarini emas, balki dalani chizellashning samarasini tadqiq qilganlar.

Biz 2020-2021 yillari bu masalada tajriba o'tkazib, faqat g'o'za qator oralariga 23-25 sm ga yaganalash oldidan chuqur ishlov berishni o'rgangan va bu agrotadbir g'o'zaga ijobiy ta'sir etganini aniqlagan edik.

Ammo amalda paxtakor dehqonlar "G'o'za qator oralariga qancha ko'p ishlov (kultivatsiya, chizel) berilsa shuncha yaxshi" degan aqidaga ruju qilganligi tufayli qator oralarni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

chuqur yumshatish g'o'zani gullash davrida ham davom etaveradi. Shuning uchun biz keyingi yillardagi (2021-2022 yy.) tadqiqotlarimizda g'o'za qator oralarini chizellashning maqbul soni va muddatini o'rgandik.

METOD VA METODOLOGIYA

Bizning nazarimizda g'o'za qator oralarini chuqur yumshatishning nazariy asoslari quyidagicha:

-tuproq namligini saqlash, yerni chigit ekishga tayyorlash, chigit ekish, chigit suvi berish, bu suvdan so'ng kultivatsiya o'tkazish jarayonida bir dalaga kamida 4 marta texnika kiradi. Bular tufayli g'o'za ildizi ko'proq tarqaladigan 0-25 sm li qatlamni zichligi ortadi, g'ovakligi kamayadi, g'o'za ildizini risoladagidek o'sib rivojlanishi uchun biroz noqulay tuproq muhiti paydo bo'ladi.

Ilmiy ma'lumotlarga ko'ra g'o'za ildizining shikastlangan, yoki qirqilgan joyidan "chachala" ildizchalar (kallius) o'sib chiqsada, bu ildiz o'z faoliyatini to'la tiklayolmaydi (1).

Yuqoridagilarga asoslanib biz tuproqqa chuqur ishlov berishni g'o'zaning paxta hosildorligiga ta'sirini o'rgandik.

Tadqiqotda dastlab g'o'za amal davrining boshlaridagi ildiz tizimini shakllanishini aniqladik (1-jadval).

Ma'lumotlarni ko'rsatishicha och tusli bo'z tuproqlar sharoitida g'o'za rivojining urug'barg bosqichidan -shonalashgacha davrda o'q ildiz 14,5-51,3 sm. uzunlikka boradi. Yon ildizlar soni qariiyb 40 donani tashkil etadi.

1-jadval

G'o'za ildiz tizimining o'sishi va rivojlanishi

Var. Rivojlanish bosqichlari O'q ildiz Birlamchi yon Birlamchi yon

№ uzunligi, sm ildizlar soni, ildizlarni

dona tarqalish

kengligi,sm

1 Urug'barg 14,5 16,6 3,8

2 1-2 chinbarg 25,6 32,5 9,4

3 3-4 chinbarg 39,1 37,7 28,9

4 Shonalashda 51,3 39,4 37,3

Demak, g'o'zaning yon ildizlari o'sish va rivojlanish asnosida yon tomonga deyarli 40 sm.ga o'sar ekan. G'o'za qator oralariga chuqur ishlov berishda buni hisobga olish zarur va shart.

Shu boisdan biz "Paxta seleksiyasi va urug'chiligi, yetishtirish agrotexnologiyalari" ITI ning Andijon tajriba stansiyasida quyidagi tartib bilan dala tajribasi o'tkazdik.

1-variant. Barcha yuza ishlovlar (kultivatsiya) 14-16 sm.ga o'tkazildi, chuqur ishlov o'kazilmadi (nazorat).

2-variant. Qator oralarni ishlashlar (kultivatsiya) tabaqalashtirib, birinchisi 17-18 sm.ga keyingilari 14-16 sm ga o'tkazildi.

3-variant. Qator oralarni tabaqalashtirib ishlash, yaganalash oldidan 23-25 sm.ga chuqur yumshatish (chizellash) amalga oshirildi.

4-variant. Qator oralarni tabaqalashtirib ishlash (kultivatsiya) yaganalashdan so'ng 23-25 sm.ga chuqur yumshatish o'tkazildi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME I ISSUE 7 UIF-2G22: 8.2 | ISSN: 2I8I-3337

5-variant. Qator oralarni tabaqalashtirib ishlash (chizellash), shonalash davrida 23-25 sm.ga chuqur yumshatish bajarildi.

Tajriba to'rt qaytariqli, bo'lakchalar bir qatorga joylashtirilgan. Tadqiqot jarayonida o'tkazilgan kuzatuvlar, hisoblashlar, aniqlashlar sobiq O'zPITIning "Dala tajribalari o'tkazish uslublari" (2007), B.A.Dospexovning "Metodika polevogo opita" uslubnomasi (I983) asosida amalga oshirildi.

TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA

Tajriba stansiya tuprog'i och tusli bo'z, azaldan sug'oriladi, sho'rlanmagan, mexanik tarkibi og'irga moyil qumoq, haydov qatlam chirindisi (gumus) 1 foiz. Sizot suvlari yer yuzasidan 5-7 metr chuqurlikda joylashgan. G'o'zani sug'orish maromi CHDNS ga nisbatan 70-7G-6G %.

Tadqiqot natijalariga ko'ra quyidagilar aniqlandi. G'o'za qator oralariga 23-25 sm.ga chuqur ishlov berish I-jadval ma'lumotlarida kelirilganidek shubhasiz uning ildiz tizimiga salbiy ta'sir etadi. Jumladan, 3-variantda 2 ta, 4-variantda 5 ta, 5-variantda 7 ta yon ildizlar qirqilgan, hamda shikastlangan. Bu albatta g'o'zaning o'sishi, rivojlanishiga salbiy ta'sir etdi. Xususan, nazorat variant g'o'zalari 1 avgust kuni 84,1 sm.ga o'sdi, 3-variantda esa 85,2 sm.ga, 5-variantda 84,9 sm.ga o'sdi. Xullas, g'o'za qator oralariga o'simlik 4-5 chinbarg chiqarganda va shonalash bosqichida chuqur ishlov berish yon ildizlarni qirqilishiga, shkastlanishiga sabab bo'ladi. Qator oralariga chuqo'r ishlov berish muddatlari g'o'zaning rivojlanishiga ham ta'sir etdi. Bu xolat oxir-oqibat paxta hosildorligida yaqqol ko'rindi (2-jadval).

2-jadval

Paxta hosildorligi, s/ga

Вар. № Yillar bo'yicha O'rtacha, s/ga Farqlar + s/ga

2006 2007 2008

I 30,3 29,4 28,7 29,5 -

2 32,7 3I,6 33,8 32,7 +2,2

3 34,I 34,6 33,4 34,0 +4,5

4 32,8 33,0 34,5 33,4 +3,9

5 30,2 3I,3 32,4 3I,3 +I,8

HCPg5= i 1,96 ц/га

Xususan, I-variant (nazorat)dan 29,5 s/ga paxta hosili olindi, 3-variantdan 33,4, 4-variantdan 34,0 s/ga hosil yetishtirildi. Navbatdagi 5-variantdan 3I,3 s/ga hosil olindi xolos.

XULOSA

Demak, tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalarni qilish mumkin:

- g'o'za qator oralariga shonalash davrida 23-25 sm.ga chuqur ishlov berish o'simlik ildiziga o'sishi, rivojlanishi va paxta hosildorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, qirqilgan va shikastlangan birlamchi yon ildizlar sonini oshiradi.

- g'o'za qator oralariga 23-25 sm.ga chuqur ishlov berish yaganalash oldidan yoki undan so'ng bo'lgani eng samarali hisoblanadi.

-g'o'za qator oralariga shonalash davrida 23-25 sm.ga chuqur ishlov berish o'simlik ildiziga o'sishi, rivojlanishi va paxta hosildorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Турдалиев А. Т., Аскаров К. А., Мамажонов Г. Г. У. АГРОЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ ГИДРОМОРФНЫХ ПОЧВ ЦЕНТРАЛЬНОЙ ФЕРГАНЫ //В журнале представлены научные обзоры, статьи проблемного и научно-практического характера. - 2022. - С. 66.

2. Turdaliev, A. T., Darmonov, D. Y., Teshaboyev, N. I., Saminov, A. A., & Abdurakhmonova, M. A. (2022, July). Influence of irrigation with salty water on the composition of absorbed bases of hydromorphic structure of soil. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 1068, No. 1, p. 012047). IOP Publishing.

3. N Teshaboyev, M Teshaboyeva, Z Sheraliyeva... KUZGI BUG 'DOYNI ASRNAVI HOSILDORLIGIGA URUG 'EKISH MUDDATLARINI TA'SIRI

4. - Science and innovation, 2022

5. Эшпулатов Ш., Тешабоев Н., Мамадалиев М. ИНТРОДУКЦИЯ, СВОЙСТВА И ВЫРАЩИВАНИЕ ЛЕКАРСТВЕННОГО РАСТЕНИЕ СТЕВИЯ В УСЛОВИЯХ ФЕРГАНСКОГО ДОЛИНЫУ/EurasianUnionScientists. - 2021. - Т. 2. - №. 2 (83). - С. 37-41.

6. Тешабоев, Нодирбек Икромжонович; Бобоев, Бахромжон Кенжаевич. ВЛИЯНИЕ КАЧЕСТВА ЗЕРНОПРОИЗВОДСТВА НА ЭФФЕКТИВНОСТЬ УРОЖАЯ. OOO «Science and innovation»2022. - 31-34с.

7. Тешабоев, Нодирбек; Абдурахимова, Мухабатхон; Эшпулатов, Алишер; Мах,камова, Дилёра. ECOLOGICAL CULTURE IS A DEMAND OF TODAY:// RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES. - 2021.

8. Юлдашев Г., Турдалиев А. Геохимические особенности циклических элементов в агроландшафтах пустынь //Аграрная наука. - 2014. - №. 1. - С. 10-12.

9. Жамолов, Р., Абдуллаева, Г., Х,айдарова, Н., & Тешабоев, Н. (2021, August). THE ROLE OF WATER AND SALT IN THE LIFE OF BEES: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1334. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

10. Teshaboyev, N., Abduraximova, M., Eshpulatov, A., & Mahkamova, D. (2021, July). ECOLOGICAL CULTURE IS A DEMAND OF TODAY. In Конференции.

11. Кодиров, Ж., Тешабоев, Н., Тешабоева, М., Абдуллаева, Г., & Мухторов, Ш. (2021, August). PRODUCTION POSSIBILITIES OF AUTUMN WHEAT VARIETIES: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1405. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

12. Teshaboyev, N., Muqimov, Z., & Abduraximova, M. (2021, July). THE EFFECT OF DEEP PROCESSING ON COTTON YIELD BETWEEN COTTON ROWS. In Конференции.

13. Тешабоев, Н., Мамадалиев, М., Абдуллаева, Г., & Матмисаева, Ш. (2021, August). FIGHT AGAINST THE SPIDER IN THE FIG: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1400. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

14. Nodirbek, T., Muhammadkarim, M., & Zohidjon, M. (2021). Natural screen sanded sands field water capacity. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(9), 1080-1082.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

15. Турсунов, С., Тургунов, А., Тешабоева, М., & Ашуров, Х. (2014). ОПЫТ ВЫРАЩИВАНИЯ ДВУХ УРОЖАЕВ С ОДНОГО ПОЛЯ ЗА ОДИН ГОД. In БИОРАЗНООБРАЗИЕ И РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРИРОДНЫХ РЕСУРСОВ (pp. 70-42).

16. Кодиров, Ж., Тешабоев, Н., Тешабоева, М., Абдуллаева, Г., & Мухторов, Ш. (2021, August). PRODUCTION POSSIBILITIES OF AUTUMN WHEAT VARIETIES: https://doi. org/10.47100/conferences. vlil. 1405. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.