Научная статья на тему 'BEGONA O’TLARGA QARSHI KURASHISH TADBIRLARINING G‘O‘ZANING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI'

BEGONA O’TLARGA QARSHI KURASHISH TADBIRLARINING G‘O‘ZANING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

986
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
g„o„za hosildorligi / begona o„t / qarshi kurash tadbirlari / gerbisid / o„sish / rivojlanish.

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Kamoliddin Bozorov, Do‘stmurot Boybo‘riyev

Samarqand viloyati tipik-bo‟z tuproqlari sharoitida bir va ko‟p yillik begona o‟tlarga qarshi gerbisidlarni ketma-ket va navbatlab qo‟llash natijasida, ularning sonini samarali kamaytirishga erishildi. Dalalarni begona o‟tlardan tozalash orqali g‟o‟zaning o‟sishi, rivojlanishi maqbullashib, hosildorligini oshirish hamda sifati yaxshilanishi ilmiy asoslangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

As a result of the successive and alternate use of herbicides against annual and perennial weeds in conditions of typical sierozem soils of the Samarkand region, an effective reduction in their number was achieved. The effect of clearing fields from weeds on growth, development, increasing yields and improving the quality of the crop is scientifically substantiated

Текст научной работы на тему «BEGONA O’TLARGA QARSHI KURASHISH TADBIRLARINING G‘O‘ZANING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI»

BEGONA O'TLARGA QARSHI KURASHISH TADBIRLARINING G'O'ZANING O'SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA'SIRI

Kamoliddin Bozorov

TDAU Samarqand filiali dotsenti, qishloq xo'jalik fanlari bo'yicha falsafa doktori

Samarqand viloyati tipik-bo'z tuproqlari sharoitida bir va ko'p yillik begona o'tlarga qarshi gerbisidlarni ketma-ket va navbatlab qo'llash natijasida, ularning sonini samarali kamaytirishga erishildi. Dalalarni begona o'tlardan tozalash orqali g'o'zaning o'sishi, rivojlanishi maqbullashib, hosildorligini oshirish hamda sifati yaxshilanishi ilmiy asoslangan.

Kalit so'zlar: g'o'za hosildorligi, begona o„t, qarshi kurash tadbirlari, gerbisid, o'sish, rivojlanish.

As a result of the successive and alternate use of herbicides against annual and perennial weeds in conditions of typical sierozem soils of the Samarkand region, an effective reduction in their number was achieved. The effect of clearing fields from weeds on growth, development, increasing yields and improving the quality of the crop is scientifically substantiated.

Kirish. Paxtachilikda asosiy muammolardan biri dalalarni begona o'tlar bilan ifloslanishi hisoblanadi. Begona o'tlar qishloq xo'jaligiga katta zarar keltiradi. Ularning ko'payishini oldini olish hamda yo'qotishda almashlab ekishni to'g'ri tashkil etish va samarali gerbisidlardan foydalanish muhim hisoblanadi. Agrotexnik tadbirlar begona o'tlarni to'liq yo'qotishni ta'minlamaydi. Ayniqsa, ekinlarni birinchi sug'orishdan keyin dalalarning begona o'tlar bilan kuchli ifloslanishi kuzatilmoqda. Bu hosildorlik kamayib, sifatining pasayishiga olib keldi. Yo'qotilayotgan hosilni saqlab qolish hozirgi zamon dehqonchiligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Begona o'tlar sonini iqtisodiy jihatdan xavfsiz bo'lgan darajaga tushirish uchun agrotexnik, biologik va kimyoviy kurash

Do'stmurot Boybo'riyev

TDAU Samarqand filiali magistranti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

choralarini uyg'unlashgan holda olib borish lozim. Buni

October 5-6

takomillashgan agrotexnika, almashlab ekish, mexanizatsiya va kimyodan oqilona foydalanish hisobiga amalga oshirish mumkin.

Paxta dalalaridagi begona o'tlarga qarshi kurashda agrotexnik va gerbisidlarni navbatlab hamda ketma-ket qo'llash bilan dalalarning toza bo'lishiga, hosildorlikning yuqori va sifatli bo'lishiga erishishda xizmat qiladi.

Material va metodlar. Dala tajribalari 2021-2022 yillarda Samarqand viloyati Payariq tumani tumanida joylashgan "Qiyra zamini" fermer xo'jaligi tipik bo„z tuproqlar sharoitida o'tkazildi.

Tadqiqotlar (2021-2022 yy.) 14 ta variant, 4 ta takrorlashda va 4 yarusda

л

joylashtirilib olib borildi. Har bir variantning maydoni 7,2 m x 20,0 m=144 m ,

л

hisobga olingani 72,0 m ni tashkil qildi. Tajribaning umumiy maydoni 0,81 gektar. Begona o'tlarga qarshi Samuray 33% e.k. va Stomp 33% e.k. gerbisidlari ekish bilan birga, Zellek super 10,4% e.k. gerbisidi g'o'zani birinchi sug'orishdan keyin qo'lda sepgich apparat yordamida sepildi. Begona o'tlar soni birinchi, ikkinchi va uchinchi sug'orishdan keyin hisobga olindi. Tajribada g'o'zaning Buxoro-102 navi ekildi. Tadqiqot ishlarini o'tkazishda O'zPITI uslubiyatidan foydalanildi.

Tajriba maydonida quyidagi fenologik kuzatishlar va biometrik o'lchovlar o'tkazildi: chigitning unib chiqishi, shonallash, gullash va ko'saklarni ochilish dinamikasi; g'o'za bosh poyasining bo'yi (1.06; 1.07; 1.08; 1.09); chinbarglar soni (1.06; 1.07); hosil shoxlari soni (1.07; 1.08; 1.09); shonalar va gullar soni (1.07; 1.08; 1.09); ko'saklar soni (1.08; 1.09), shu jumladan ochilganlari (1.09), ko'sakdagi paxtaning hosili barcha variant va takrorlashlarda «Dala tajribalarini o'tkazish uslublari», «Методика полевих опытов с хлопчатников в условия орошения» bo'yicha aniqlandi.

Olingan natijalar va ularning tahlili. Ma'lumki, haydash usullari tuproq sharoitiga ta'sir etadi. Shuningdek, gerbisidlar fiziologik faol moddalar bo'lganligi uchun himoya qilinayotgan o'simlik urug'larining unib chiqishiga ham ta'sir et ishi mumkin. Bu sohada o'tkazilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari gerbisidlar maqbul me'yorlarda chigitning unib chiqishiga salbiy ta'sir etmaganligini ko'rsatadi.

Oddiy plugda haydalgan yerda gerbisid sepilmagan variantida 1 pm da o'rtacha 32,1 dona chigit unib chiqqan bo'lsa, Stomp 33% e.k. gerbisidi 2,0 l/ga me'yorda qo'lanilgan variantda 32,4 dona, Samuray 33% e.k. gerbisidi 1,0; 1,5 va 2,0 l/ga me'yorlarda qo'llanilgan variantda mos ravishda 32,2; 33,0 va 32,7 dona chigit unib chiqqanligi aniqlandi. Zellek super 10,4% e.k. gerbisidi 1,0 l/ga me'yorda qo'llanilgan variantda 32,0 donani tashkil qilgan bo'lsa,

Samuray 33% e.k. (1,5 l/ga) bilan Zellek super 10,4% e.k. (1,0

October 5-6

l/ga) gerbisidlari ketma-ket qo'llanilganda 33,2 dona chigit unib chiqqanligi kuzatildi.

Ikki yarusli plugda shudgor qilingan yerda nazorat-gerbisidsiz variantda 33,5 dona chigit unib chiqqanligi aniqlandi. Stomp 33% e.k. gerbisidi 2,0 l/ga me'yorda qo'llanilgan variantda bu ko'rsatgich nazorat-gerbisidsiz variantga nisbatan yuqoriroq - 34,1 dona, Samuray 33% e.k. gerbisidi 1,0; 1,5 va 2,0 l/ga me'yorlarda qo'llanilganda mos ravishda 33,8; 34,3 va 34,2 dona chigit unib chiqqanligi kuzatildi. Zellek super 10,4% e.k. gerbisidi 1,0 l/ga me'yorda alohida qo'llanilgan variantda 33,8 dona chigit unib chiqqan bo'lsa, Samuray 33% e.k. (1,5 l/ga) bilan Zellek super 10,4% e.k. (1,0 l/ga) gerbisidlari ketma-ket qo'llanilganda bu ko'rsatgich 34,6 donani tashkil qildi.

Yerga ishlov berish usullari tuproq sharoitiga, begona o'tlar va boshqa zararli organizmlarga ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa, yerni ikki yarusli plugda haydash tuproqning suv-fizik xossalarini yaxshilash bilan birga begona o'tlarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Bir va ko'p yillik begona o'tlarni gerbisidlar yordamida o'z vaqtida yo'qotish g'o'zaning o'sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi.

Tajribada olingan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, o'simlikning bo'yi 1.06 da nazorat-gerbisidsiz variantda 9,1 sm, Stomp 33% e.k. 2,0 l/ga sepilganda 10,1 sm, Samuray 33% e.k. 1,5 l/ga me'yorda ishlatilgan variantda 10,5 sm , Samuray 33% e.k. (1,5 l/ga) bilan Zellek super 10,4% e.k. (1,0 l/ga) ketma-ket qo'llanilganda 11,1 sm ga teng bo'ldi. Variantlar orasidagi bunday farq iyul, avgust oylarida o'tkazilgan o'lchashlarda ham qayd etildi. Oddiy plug bilan haydalgan yerda nazorat-gerbisidsiz variantda g'o'zaning o'rtacha bo'yi terim oldidan (1.09) 87,1 sm ga teng bo'lsa, Stomp 33% e.k. gerbisidi 2,0 l/ga me'yorda qo'llanilganda 90,7 sm, Samuray 33% e.k. gerbisidi 1,0; 1,5 va 2,0 l/ga me'yorlarda qo'llanilgan variantlarda mos ravishda 89,7; 91,1 va 91,0 sm ga teng bo'ldi. Zellek super 10,4% e.k. (1,0 l/ga) gerbisidi alohida qo'llanilganda g'o'zaning bo'yi 90,0 sm, Samuray 33% e.k. (1,5 l/ga) bilan Zellek super 10,4% e.k. (1,0 l/ga) ketma-ket qo'llanilgan variantda esa 91,9 sm ga teng bo'lganligi qayd etildi.

Ikki yarusli plugda shudgorlangan yerda terim oldidan (1.09) nazorat-gerbisidsiz variantda g'o'zaning bo'yi 88,7 sm, Stomp 33% e.k. (2,0 l/ga) gerbisidi qo'llanilgan variantda 92,3 sm, Samuray 33% e.k. (1,0; 1,5 va 2,0 l/ga) gerbisidi qo'llanilganda variantlarda mos ravishda 91,6; 92,9 va 92,7 sm, Zellek super 10,4% e.k. (1,0 l/ga) gerbisidi alohida qo'llanilgan 91,7 sm va Samuray 33% e.k. (1,5 l/ga) bilan Zellek super 10,4% e.k. (1,0 l/ga) ketma-

ket qo'llanilganda 94,2 sm bo'lganligi aniqlandi.

October 5-6

Ikki yarusli plugda shudgorlangan yerda g'o'zaning hosil shoxlari sonini hisobga olganimizda 1.09 sanada olingan ma'lumotlarga ko'ra, nazorat-gerbisidsiz variantga nisbatan barcha variantlarda hosil shoxlari (0,50-3,30 dona) ko'p bo'ldi. Yuqori ko'rsatgich 11 va 14 variantlarda, ya'ni Samuray 33% e.k. (1,5 l/ga) va gerbisidlar ketma-ket qo'llanilganda (Samuray 33% e.k. (1,5 l/ga) bilan Zellek super 10,4% e.k. (1,0 l/ga)) hisobga olindi.

Demak, barcha ko'rsatkichlar tajriba variantlarida nazorat-gerbisidsiz variantga nisbatan yuqori bo'ldi. Bunda tajribaning oddiy plugda shudgorlashga nisbatan ikki yarusli plugda shudgorlash va Samuray 33% e.k. gerbisidini 1,5 l/ga me'yorda qo'llash yaxshi samara berganligini ta'kidlash joiz. Eng yaxshi natijalar Samuray 33% e.k. (1,5 l/ga) bilan Zellek super 10,4% e.k. (1,0 l/ga) gerbisidlarini ketma-ket qo'llanilgan variantda bo'lib, bu yerda g'o'zaning o'sishi, rivojlanishi, chinbarglar soni va hosil shoxlari soni kabi ko'rsatkichlar boshqa variantlarga nisbatan ko'p

Dehqonchilikda barcha agrotexnik tadbirlar ekinlarni o'sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan. Ana shu tadbirlar ichida begona o'tlarni o'z vaqtida yo'qotish muhim o'rin tutadi. Begona o'tlar bilan kuchli ifloslangan dalalarni qisqa muddat ichida begona o'tdan tozalab bo'lmaydi. Bu vegetasiya boshida g'o'zaning o'sishi va rivojlanishi orqada qolishiga olib keladi. Dalalarni vegetasiya boshidan begona o'tlardan toza bo'lishiga sifatli agrotexnika va gerbisidlar yordamida erishish mumkin.

O'tkazilgan tadqiqotlarimizda oddiy plugda shudgorlangan yerda g'o'za hosildorligi nazorat-gerbisidsiz variantda o'rtacha 26,4 s/ga hosil olingan bo'lsa, Stomp 33% e.k. gerbisidi 2,0 l/ga me'yorda qo'llanilgan variantda 29,1 s/ga, Samuray 33% e.k. gerbisidi 1,0; 1,5 va 2,0 l/ga me'yorlarda qo'llanilganda 28,9; 29,5 va 29,4 s/ga, Zellek super 10,4% e.k. gerbisidi 1,0 l/ga me'yorda qo'llanilganda 28,7 s/ga, Samuray 33% e.k. (1,5 l/ga) bilan Zellek super 10,4% e.k. (1,0 l/ga) ketma-ket qo'llanilganda esa 30,4 s/ga hosil olindi.

Ikki yarusli plugda shudgorlangan yerda nazorat-gerbisidsiz variantda paxta hosildorligi 28,2 s/ga bo'lgan bo'lsa, Stomp 33% e.k. (2,0 l/ga) gerbisidi qo'llanilgan variantda 29,9 s/ga, Samuray 33% e.k. (1,5 l/ga) gerbisidi qo'llanilganda 30,8 s/ga bo'lganligi qayd etildi. Samuray 33% e.k. (1,5 l/ga) bilan Zellek super 10,4% e.k. (1,0 l/ga) ketma-ket qo'llanilgan variantda 31,8 s/ga hosil olindi.

Ikki yarusli plugda shudgorlangan yerda gerbisidlarni qo'llashning samaradorligini oddiy plugda shudgorlangan yerda

bo'ldi.

October 5-6

gerbisidlar qo'llanilgan variantlarga nisbatan paxta hosili yuqori bo'lganligi bilan izohlash mumkin.

Xulosalar. Samarqand viloyatining o'tloqi-bo'z tuproqlari sharoitida paxta dalalarida tarqalgan begona o'tlarga qarshi agrotexnik va kimyoviy kurash tadbirlarning samaradorligini aniqlash bo'yicha ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida, paxta dalalarida o'sadigan bir va ko'p yillik begona o'tlarga qarshi yerni ikki yarusli plugda haydash va Samuray 33% e.k. gerbisidini 1,5 l/ga me'yorda chigitni ekish bilan birga qo'llash, bir va ko'p yillik begona o'tlarga qarshi yerni ikki yarusli plugda haydash, Samuray 33% e.k. (1,5 l/ga) bilan Zellek super 10,4% e.k. 10,4 % e.k (1,0 l/ga) gerbisidlarini ketma-ket qo'llash hisobiga yuqori va sifati hosil yetishtirish imkoniyati yaratiladi.

REFERENCES

1. Дала тажрибаларини утказиш услублари. - Т.,УзПИТИ, 2007.-135 б.

2. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта.-М., 1985.350 Б.

3. Shodmonov M. G'o'zada har xil uslublarda gerbisidlarni qo'llanish samaradorligi //J. O'zbekiston agrar fani xabarnomasi. 2003. №3(13). b. 44-46.

4. Hasanova F., Abdullayev Sh., Niyazaliyev B. Yosh g'o'za nihollarini parvarishlash. //J. O'zbekiston qishloq xo'jaligi. T. 2017. №5. B. 2-3.

5. Yuldashev A. Alimatov D. Bir yillik begona o'tlarga qarshi "Samuray 33% e.k." gerbisidini qo'llash. //J. O'zbekiston qishloq xo'jaligi. 2010. №11. b. 22.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.