Научная статья на тему 'ҒЎЗАДА БАЙКАЛ-ЭМ-1 МИКРОБИОЛОГИК ЎҒИТИ ҚЎЛЛАНИЛГАНДА ТУПРОҚ ТАРКИБИДАГИ АЛМАШИНУВЧИ КАЛИЙ ДИНАМИКАСИГА ТАЪСИРИ'

ҒЎЗАДА БАЙКАЛ-ЭМ-1 МИКРОБИОЛОГИК ЎҒИТИ ҚЎЛЛАНИЛГАНДА ТУПРОҚ ТАРКИБИДАГИ АЛМАШИНУВЧИ КАЛИЙ ДИНАМИКАСИГА ТАЪСИРИ Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
26
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Минерал ўғит / тупроқ / ғўза / алмашинувчи калий / Байкал ЭМ-1 / тупроқ қатлами

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Ниязалиев Бегали Ирисалиевич, Рахимова Гулнора Хусниддиновна

Ушбу мақолада минерал ўғитлар ва Байкал ЭМ-1 микробиологик ўғитининг қўллаш меъёр ва муддатларига боғлиқ ҳолда тупроқдаги алмашинувчи калий миқдорларини ўзгариши бўйича олинган илмий маълумотлар келтирилган бўлиб, дастлабки кўрсаткичлар 0-30 ва 30-50 см ли қатламларда мутаносиб равишда 202 ва 178 мг/кг ни, яъни ҳайдов ыатламида (0-30см) ўрта даражада ташкил этганлиги аниқланганлиги кўрсатилган. Эскидан суғорилаётган типик бўз тупроқда алмашинувчи калий миқдорларини ўзгариши динамикада, микробиологик жараёнларни ўтиши, ғўзани ўсиши, ривожланиши ва ҳосилдорлиги, тола сифати аниқланган. Байкал ЭМ-1 микробиологик ўғитини минерал ўғитлар фонида ғўзада қўлланилганда типик бўз тупроқларда K2O ҳаракатчан шаклларини микроорганизмлар миқдорини ўзгариши, ўсимликларни озиқа моддаларни ўзлаштириш қонуниятлари илмий асосланганлиги билан изоҳланган.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ҒЎЗАДА БАЙКАЛ-ЭМ-1 МИКРОБИОЛОГИК ЎҒИТИ ҚЎЛЛАНИЛГАНДА ТУПРОҚ ТАРКИБИДАГИ АЛМАШИНУВЧИ КАЛИЙ ДИНАМИКАСИГА ТАЪСИРИ»

ГУЗАДА БАЙКАЛ-ЭМ-1 МИКРОБИОЛОГИК УГИТИ ЦУЛЛАНИЛГАНДА ТУПРОЦ ТАРКИБИДАГИ АЛМАШИНУВЧИ КАЛИЙ ДИНАМИКАСИГА

ТАЪСИРИ

1Ниязалиев Бегали Ирисалиевич, 2Рахимова Гулнора Хусниддиновна

1Пахта селекцияси, уругчиликги ва етиштириш агротехнологиялари илмий тадкикот институти профессори, кишлок хужалиги фанлари доктори 2 Тошкент Давлат Аграр Университети асистент https://doi.org/10.5281/zenodo. 8372707

Аннотация. Ушбу макрлада минерал угитлар ва Байкал ЭМ-1 микробиологик угитининг цуллаш меъёр ва муддатларига боглиц уолда тупроцдаги алмашинувчи калий мицдорларини узгариши буйича олинган илмий маълумотлар келтирилган булиб, дастлабки курсаткичлар 0-30 ва 30-50 см ли цатламларда мутаносиб равишда 202 ва 178 мг/кг ни, яъни уайдов ыатламида (0-30см) урта даражада ташкил этганлиги аницланганлиги курсатилган.

Эскидан сугорилаётган типик буз тупроцда алмашинувчи калий мицдорларини узгариши динамикада, микробиологик жараёнларниутиши, гузани усиши, ривожланиши ва уосилдорлиги, тола сифати аницланган.

Байкал ЭМ-1 микробиологик угитини минерал угитлар фонида гузада цулланилганда типик буз тупроцларда K2O уаракатчан шаклларини микроорганизмлар мицдорини узгариши, усимликларни озица моддаларни узлаштириш цонуниятлари илмий асосланганлиги билан изоуланган.

Калит сузлар:Минерал угит, тупроц, гуза, алмашинувчи калий, Байкал ЭМ-1, тупроц цатлами,

Аннотация. В статье представлены научные данные об изменении количества обменного калия в почве в зависимости от нормы и продолжительности внесения минеральных удобрений и микробиологического удобрения Байкал ЭМ-1. В исходном почве содержание обменного калия в слои почвы 0-30 и 30-50 см соответственно составляло 202 и 178 мг/кг, определено, что в пахотном слое почвы (0-30см) по содержанию обменного калия составляет среднееобеспеченности.В исследованиях определено изменения количества обменного калия в динамике староорошаемой типичном сероземе почве, происходящих микробиологических процессов в почве, рост, развитии хлопчатника, урожайности и качество волокно..

При внесении микробиологического удобрения Байкал ЭМ-1 под хлопчатник на фоне минеральных удобрений научно обоснованы изменения количества подвижных форм калия в типичных сероземах и закономерности поглощения питательных веществ растениями.

Ключевые слова: минеральные удобрения, почва, хлопчатник,обменный калий, Байкал ЭМ-1, слой почвы

Abstract. The article presents scientific data on the change in the amount of exchangeable potassium in the soil depending on the rate and duration of application of mineral fertilizers and microbiological fertilizer Baikal EM-1. The initial values are 202 and 178 mg/kg in the 0-30 and 30-50 cm layers, respectively, it says it's installed.

Changes in the amount of exchangeable potassium in the old-irrigated gray soil typical were determined in dynamics, the course of microbiological processes, cotton growth, development and productivity, and quality.

When microbiological fertilizer Baikal EM-1 is applied under cotton against the background of mineral fertilizers, changes in the number of mobile forms of K2O in typical gray soils and the patterns of absorption of nutrients by plants are scientifically substantiated.

Keywords: mineral fertilizer, soil, cotton,exchangeable potassium, , Baikal EM-1, depth

soil

Kirish. Qishloq xo'jaligini rivojlantirishda hamda aholini ekologik sof (organik) oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida Baykal EM-1 mikrobiologik o'g'itini eskidan sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlar sharoitida g'o'za ekinida qo'llash meyorlar va muddatlarini belgilash hamda paxta hosili va sifatiga ta'sirini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Tuproqning suv xossalari suv o'tkazuvchanlik bilan chambarchas bog'liq. Tuproq zarrachalarining miqdori ham suv o'tkazuvchanlik va dala nam sig'imiga aloqadordir.

O'rta Osiyoda tuproqlarning ona jinsi asosan lyoss va lyossimon yotqiziqlardir. Bularning hammasi dellyuvial va allyuvial suv yotqiziqlari hisoblanadi. Mustahkam bo'lmagan makrotuzilmalarning bo'lishi bu tuproqlarning yuqori unumdorligini ta'minlaydi va agrotexnik tadbirlar to'g'ri amalga oshirilsa, ekinlardan yuqori hosil olish mumkin. Lyossimon ona jinsdan paydo bo'lgan tipik bo'z tuproqlar o'ziga xos, fizikaviy tuzilishga ko'ra: biologik faol, suv va harakatchan oziqa moddalari mavjudligi bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlarni 0,05-0,25 mm o'lchamdagi mikrozarrachalar yuzaga keltiradi. A.Rozanov [5] ma'lumotlariga ko'ra,

A.N.Rozanov [5] ning kuzatishlaricha

Bo'z tuproqlar quyidagi xususiyatlarga ega:

1. Chirindi miqdori va uning qatlamining qalinligi kamligi;

2. Karbonatlar miqdorining ko'pligi;

3. Tuproq massasi ma'dan qismini kuchsiz nurashi;

4. Ma'dan kolloidlar miqdorini kamligi;

5. Kolloidlarni kalsiy bilan to'yinganligi.

Eskidan sug'orib kelinyotgan tipik bo'z tuproqli yerlarda qalinligi 50 sm dan 100-150 sm gacha bo'lgan agroirrigatsion qatlam paydo bo'lgan. Bu qatlam och kul rangli bo'lib pastga tomon malla yoki och qo'ng'irgacha o'zgaradi.

Biz tajriba o'tkazgan dala tuprog'ining xususiyatlari quyidagicha: granulometrik tarkibi bo'yicha bu tuproqlar ko'proq lyosslarga kirib, yirik changsimon-og'ir-o'rta qumoqlar. Ular va boshqa lyoss yotqiziqlaridan hosil bo'lgan tuproqlarga xos xususiyatlardan biri-yirik chang zarrachalarini 40,0% haydalma qatlamga, 42,1% haydalma qatlam ostida bo'lishi. Qum fraksiyalarining miqdori ko'p emas, loy miqdori esa haydalma qatlam ostida 16,2 % ga yetadi (1 -jadval).

1-jadval

Tajriba dalasi tuprog'ining granulometrik tarkibi (quruq tuproqqa nisbatan % hisobiga)

Qatlam-lar, sm Fraksiyalar o'lchami, mm Fizik loy

1-0,25 0,250,1 0,10,05 0,050,01 0,010,005 0,0050,001 0,001

0-32 4,12 5,10 5,90 40,0 11,7 17,3 14,1 43,1

32-47 1,10 1,70 4,70 42,1 10,8 20,5 16,2 47,5

47-86 2,30 1,50 5,70 43,2 12,8 19,2 14,3 46,3

86-129 1,00 1,00 3,70 48,3 12,7 18,2 12,3 43,2

129-160 0,60 0,70 3,50 50,4 12,6/8 17,7 13,4 43,7

Tadqiqot uslublari. Dala tajribalarini o'tkazish va fenologik kuzatuvlar O'zPITI uslublari (2007) bo'yicha olib borilgan. Dala tajribalaridan olingan tuproq va o'simlik namunalarini agrokimyoviy tahlili "Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в поливных хлопковых районах" (1963) va "Методы агрохимических анализов почв и растений Средней Азии" (1977) usulnomalari bо'yicha aniqlangan. Bizning tadqiqotlarda mineral о^'й^гт qо'llash meyorlariga bog'liq holda mikrobiologik о'g'iti - Baykal EM-1 ning g'о'zadagi samaradorligi о'rganilganligi uchun bu о'g'it ta'sirida tuproqdagi muhim mikroorganizmlarning miqdorlarini о'zgarishini g'о'za amal davrida tuproqning 0-30 sm li qatlamida aniqlashni maqsadga muvofiq deb hisobladik. Olingan ma'lumotlar 1 -rasm, 2-jadvallarda keltirilgan.

Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Ta'kidlab о'-tamizki, tadqiqotlar yillari tajriba variantlarida tuproqdagi almashinuvchi kaliy miqdorlari ortaborgan holda 2021 yil sharoitida mineral о^'Мяг N-200 P2O5-140, K2O-IOO kg/ga meyorlarda qо'llanilgan nazorat (1) variantida g'о'zaning 2-3 chin bargli davrida almashinuvchi kaliy miqdori tuproq qatlamlariga mutanosib ravishda (0-30 sm) 210 mg/kg ni va (30-50 sm) 170 mg/kg ni tashkil etgan bо'lsa, bu kо'rsatkichlar shonalash davrida 220-180, gullashda 235-180 mg/kg gacha ^tar®, yana pishish davriga kelganda esa 220-180 mg/kg ga pasayganligi kuzatildiki, bu holat avvalo tuproq haroratining bahordan yozgacha ortib, kuzga tomon pasayganligi, qolaversa о^т^^т kaliyni о'zlashtirishi bilan bog'liqdir.

Baykal EM-1 mikrobiologik о'g'iti 10,0 l/ga meyorda shudgor oldidan qо'llanilib, tuproqqa (0-30 sm) aralashtirib yuborilgan 2-variantda g'о'zaning rivojlanish davrlari va tuproq qatlamlariga mutanosib ravishda almashinuvchi kaliy miqdorlari 215-175; 230-180; 245-180 va 225-180 mg/kg ni tashkil etgan holda nazoratdan 5-5, 10-0, 16-0 va 5-0,0 mg/kg ga farqlangan yoki 5-10 mg/kg ga ortganligi aniqlangan. Bu holat qо'llanilgan mikrobiologik о^'й (Baykal EM -1) ning tuproqning mikrobiologik xossalarini maqbullashtirganligi hisobiga bо'lganligi kuzatiladi.

Mineral о'^йки- N-200 P2O5-140, K2O-100 kg/ga meyorlari fonida Baykal EM-1 mikrobiologik о'^Ш 10,0 l/ga meyorda bahorda shudgor ustidan sepilib, (albatta OVX purkagichida 300 l/ga suv sarfi bilan) sо'ngra zig-zag borona 15-17 sm chuqurlikda о'tkazilgan 3-variantda tuproqdagi almashinuvchi kaliy miqdorlarini gVza rivojlanish davrlarida yanada ortaborganligi kuzatilib, gullashga kelganda tuproq qatlamlariga mutanosib ravishda 250 va 180 mg/kg ni tashkil etgan, nazoratdan 15-0,0 mg/kg ga, qolaversa Baykal EM-1 mikrobiologik о^'Ш shudgor oldidan qо'llanilgan 2-variant kо'rsatkichlariga nisbatan 5-0,0 mg/ga ga farqlanganligi aniqlangan. Demak, Baykal EM-1 mikrobiologik о'^Шт avvalo shudgor oldidan, qolaversa bahorda shudgor ustidan qо'llanilganda tuproqdagi almashinuvchi kaliy miqdorlarining maqbullashuvi uchun yaxshi sharoit yaratilishi kuzatiladi. Mineral о'^йкт^ yuqoridagi fonida Baykal EM-1 mikrobiologik о'^Ш g'о'zani 2-3 chin bargli davrida 3,0 l/ga meyorda barg orqali suspenziya holatda qо'llanilganda (4-var) kuzatuvning barcha muddatlarida tuproqdagi almashinuvchi kaliy miqdorlarini о'zgarishi deyarli nazoratga teng bо'lib, gullash davriga kelganda 0-30 sm da 230 mg/kg, 30-50 smda esa 180 mg/kg ni tashkil etgan holda nazoratdan -50,0 mg/kg ga farqlangan Ьо'^ pishish davrida 220-178 mg/kg ga teng Ьо'ИЬ 0,0- 0,2 mg/kg

ga farqlanganligi aniqlangan. Demak, bu (Baykal EM-1) mikrobiologik o'g'itni g'o'za barglari orqali suspenziya holatda sepilganda tuproqdagi almashinuvchi kaliy miqdorini o'zgarishiga ta'siri bo'lmaganligi aniqlangan. Chunki, bu o'g'it tarkibidagi moddalar boshqa mikroelementlar yoki o'sishni sozlovchi moddalar kabi barg orqali qo'llanilganda barg sathi yuzasini va fotosintez mahsuldorligini ortishiga ta'sir ko'rsatmaydi, lekin ma'lum miqdorda bargdagi boshqa fiziologik holatlarga ta'sir ko'rsatganligi uchun oqibatda o'simlikning o'sish va rivojlanishi nazoratdan biroz bo'lsada farqlanishi kuzatiladi, qolaversa paxta hosili ham 0,5-2,0 s/ga ortadi.

Baykal EM-1 mikrobiologik o'g'itini g'o'zada qo'llashda tuproqda almashinuvchi kaliy dinamikasiga ta'siri (mg/kg),

2020 y

300 250 200 150 100 50 0

2-3 4UH 6a p rga

llloHa.namga

Ty^awfla

nuwuwfla

11 B2 B3 B4 B5 B6 B7 B8 B9

Tajribaning 5-6-variantlarida Baykal EM-1 mikrobiologik o'g'iti g'o'zaning shonalash va gullash davrlarida 3,5-3,5 l/ga meyorlarda qo'llanilganda ham tuproqdagi almashinuvchi kaliy dinamikasi 4-variantdagi kabi nazoratga teng bo'lib, amal davri oxirida 225-180 va 222-180 mg/kg ni tashkil etganligi aniqlangan.

Yuqorida bayon etilgan ilmiy ma'lumotlarga ko'ra Baykal EM-1 mikrobiologik o'g'itining tuproqdagi almashinuvchi kaliy dinamikasiga maqbul ta'siri uning qo'llash meyorlari va muddatlariga bog'liqligi kuzatiladi.

Mineral o'g'itlar N-200, P2Ö5-140, K2O-IOO kg/ga meyorlari fonida Baykal EM-1 mikrobiologik o'g'iti avvalo kuzda shudgor oldidan va so'ngra bahorda shudgor ustidan 10,0 l/ga meyorlarda yana g'o'za amal davrida barg orqali 3 marta 3,0; 3,5 va 3,5 l/ga meyorlarda suspenziya holatda qo'llanilganda nisbatan yuqori ko'rsatkichlar olingan. Bu (7) variantda g'o'zaning 2-3 chin bargli davridayoq tuproqdagi almashinuvchi kaliy miqdorlari 0-30 va 30-50 sm da 230 va 178 mg/kg ni tashkil etib, nazoratdan 20-8 mg/kg ga, 2-variantdan 15-3 mg/kg, 3-variantdan esa 5-(-2) mg/kg ga farqlangan bo'lsa, gullash davriga kelganda 255 va 185 mg/kg ni tashkil etib, mutanosib ravishda 20-5; 10-5 va 5-5 mg/kg ga yuqori bo'lganligi tahlil etilgan. 2-jadval

Baykal EM-1 mikrobiologik o'g'itini g'o'zada qo'llash meyor va muddatlarining tuproqda almashinuvchi kal

iy dinamikasiga ta'siri (mg/kg), 2021 y

Variant tarti.br Baykal EM-1 o'g'itmi qo'llash meyor va muddatlari. L-'ga 2-3 chin bargda Shonalashda Gullashda Pishishda

shudgor oldidan ekish oldidan 2-3 chin bargda shona-lashda gul-lashda Tuproq qatlamlari, sm

0-30 30-50 0-30 30-50 0-30 30-50 0-30 30-50

1 - - - - - 210 170 220 180 235 180 220 180

10,0 - - - - 215 175 230 180 245 180 225 180

3 - 10,0 - - - 225 ISO 235 175 250 180 240 175

4 - - 3,0 - - 210 181 220 175 230 180 220 178

5 - - - 3,5 - 215 182 218 175 235 175 225 180

б - - - - 3,5 212 ISO 221 180 235 175 222 180

7 10:0 10,0 3,0 3,5 3,5 230 17S 240 178 255 185 245 185

S 10,0 10,0 3,0 3,5 3,5 225 175 225 160 240 180 235 180

9 - - - - - 200 165 215 170 225 180 210 172

Eslatma: 1-7 variantlarda N-200, P2O5-I4O, K2O-IOO kg/ga, 8-9-variantlarda esa N-150, P2O5-IO5, K2O-75 kg/ga meyorlarda qo'llanilgan.

Amal davri oxirida ham yuqoridagi farqlanishlar saqlanib qolgan. Yana bir holatni ta'kidlash kerakki mineral o'g'itlar meyorlarining N-150, P2O5-IO5, K2O-75 kg/ga fonida Baykal EM-1 mikrobiologik o'g'iti 7-variantdagi meyor va muddatlarda qo'llanilganda (8-var) uning ta'siri nisbatan sezilarli bo'lib, g'o'zani 2-3 chin bargli davrida almashinuvchi kaliy miqdorlari 225-175 mg/kg ni tashkil etib, o'zining nazorati (9-variant) dan 25-10 mg/kg ga ortiqcha bo'lgan, vaholanki N-200, P2O5-14O, K2O-IOO kg/ga fonida qo'llanilgan parallel (7) variantda o'zining nazoratidan farqi 20-8 mg/kg ga teng bo'lgan edi. Demak, tuproqdagi mikrobiologik jarayonlarni maqbullashuviga qo'llanilgan mineral o'g'itlarni meyorlarining ham ta'siri borligi kuzatiladi. Shunday bo'lsada tajribada nisbatan yuqori ko'rsatkichlar Baykal EM-1 mikrobiologik o'g'iti 5 ta muddatda N-200, P2O5-14O, K2O-1OO kg/ga fonida olingan.

Xulosa, mineral o'g'itlarning N-200, P2O5-14O, K2O-1OO kg/ga fonida Baykal EM-1 mikrobiologik o'g'itning tuproqning agrokimyoviy xususiyatlarida nisbatan maqbul ta'siri 10,0 l/ga kuzgi shudgor oldidan, 10,0 l/ga bahorda shudgor ustidan, 3,0 l/ga g'o'zani 2-3 chin bargli davrida va 3,5 l/ga gullash davrida qo'llanilganda olinib, tuproqning haydov (0-30 sm) va haydov ostki (30-50 sm) qatlamlari g'o'zani gullash davrida nitratli azot miqdori mutanosib ravishda 23,110,1 mg/kg, harakatchan fosfor 24,5-11,0 mg/kg ni va almashinuvchi kaliy 255-185 mg/kgni tashkil etgan holda nazoratdan 3,3-0,1; 1,8-0,5 va 20,0-5,0 mg/kg ga yuqori bo'lganligi aniqlangan.

REFERENCES

1. Бoбoхyжаeв И., Y3o^ob П. TynpoK; гумусининг ^сил булиши ^акидаги асoсий назария. TynpoKmyHoonHK. 1995. -Б. 87-121.

2. Бypханoва Д.У. СyFopиладиган типик буз ва уттоки гynpoклаpнинг yнyмдopлигини oшиpиш йуллари (TomKeHT вилoяти мисoлида) кишток хужалиги фанлари буйича фалсафа дoкгopи (PhD) диссepтatsiя автopeфepати. Toшкeнт 2019 й. Б. 44.

3. Кузиев Ж. СyFopиладиган гynpoклаp гаркибидаги микpoэлeмeнглаpнинг меъёри. // Узбекистан кишток хужалиги журмли. Toшкeнг, 2016. №12. -Б. 25-.

4. Рoзанoв А.Н. Сepoзeмы Средней Азии. Изд. Кoлoс, М., 1951. 135 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.