Научная статья на тему 'TARKIBIDA AZOT TO’PLOVCHI (Bradyrhizobium Japonicum) BAKTERIYALAR QO’LLASHNI SOYA O’SIMLIGINI BARG SATHI HAMDA HOSILDORLIKGA TA’SIRI'

TARKIBIDA AZOT TO’PLOVCHI (Bradyrhizobium Japonicum) BAKTERIYALAR QO’LLASHNI SOYA O’SIMLIGINI BARG SATHI HAMDA HOSILDORLIKGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
102
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
soya / tuproq / bakteriya / tuganak / mikroorganizm / Fosstim-3 / fosfor / bioo‘g‘it / Bradyrhizobium Japonisum

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — J. Hamdamov

Soya ekinidan yuqori hosil olish bilan birga ushbu ekinni еtishtirish uchun sarflanadigan xarajatlarni iqtisod qilish soya o’simligining biologik xususiyatidan kelib chiqqan holda azot to’plovchi tuganak bakteriyalar bilan ijobiy hamkorligini sifatli amalga oshirish maqsadida ushbu bakteriyalar oldin qo’llanilgan tuproqlardan foydalangan holda yangi soya ekiladigan maydonlarga qo’llash natijasida shakillantirish shuningdek, o’simlikning barg sathi hamda don hosildorligini aniqlash.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARKIBIDA AZOT TO’PLOVCHI (Bradyrhizobium Japonicum) BAKTERIYALAR QO’LLASHNI SOYA O’SIMLIGINI BARG SATHI HAMDA HOSILDORLIKGA TA’SIRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

TARKIBIDA AZOT TO'PLOVCHI (Bradyrhizobium Japonicum) BAKTERIYALAR QO'LLASHNI SOYA O'SIMLIGINI BARG SATHI HAMDA HOSILDORLIKGA

TA'SIRI J. Hamdamov

Farg'ona ilmiy tajriba stansiyasi ilmiy xodimi Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8002952

Annotatsiya. Soya ekinidan yuqori hosil olish bilan birga ushbu ekinni etishtirish uchun sarflanadigan xarajatlarni iqtisod qilish soya o'simligining biologik xususiyatidan kelib chiqqan holda azot to'plovchi tuganak bakteriyalar bilan ijobiy hamkorligini sifatli amalga oshirish maqsadida ushbu bakteriyalar oldin qo'llanilgan tuproqlardan foydalangan holda yangi soya ekiladigan maydonlarga qo'llash natijasida shakillantirish shuningdek, o'simlikning barg sathi hamda don hosildorligini aniqlash.

Kalit so'zlar: soya, tuproq, bakteriya, tuganak, mikroorganizm, Fosstim-3, fosfor, bioo'g'it, Bradyrhizobium Japonisum.

Kirish: Soya doni tarkibida 18-27% gacha moy, 32-52% gacha oqsil miqdorining bo'lishi ushbu ekinni dunyo aholisi oziq-ovqatida muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Soya ekiniga bo'lgan e'tibor davlatimiz rahbari tomonidan qo'llab-quvvatlanishi ham respublikamiz ilmiy tadqiqot institutlari hamda oliygohlarda sohaga mos ravishda tadqiqotlar olib borilishiga zamin yaratmoqda. Xususan, soya o'simligining azot to'olovchi tuganak bakteriyalarini shakillanishi, yangi navlarni yaratish, yaratilgan navlarni urug'chilik tizimini yo'lga qo'yish kabi tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi "2017-2021 yillarda respublikada soya ekishni va soya doni etishtirishni ko'paytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2019 yil 23 oktabrdagi "O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 20202030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-sonli Farmonining 2-bob, IV bo'limida "....tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda o'g'itdan foydalanishning samarali amaliyotini joriy etib, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish" bo'yicha belgilangan vazifalarda qishloq xo'jaligi ekinlarini etishtirishda resurs tejamkor texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bo'yicha ko'rsatmalar berilgan.

Muommaning dolzarbligi: Qishloq xo'jaligi ekinlari ekib yetishtiriladigan tuproq -iqlim sharoitlari turli xil bo'lganligi uchun ushbu ekinlarga mos agrotexnik tadbirlar ishlab chiqish ushbu ekinlardan yuqori hosil olishga imkon yaratadi. Shuningdek, soya ekini ham yetishtirishda ushbu o'simlikning biologik xususiyatidan samarali foydalanish natijasida sarflanadigan xarajatlar iqtisod qilinishiga erishilinadi. Ammo o'simlik bilan simbioz yashovchi bakteriyalarni soya o'simligi ildizlarida shakillantirish bo'yicha yetarli va samarali tadqiqotlar olib borilmayabdi. Bizning tuproqlarimizga soya ekini keng maydonlarga ekilmaganligi sababli ushbu bakteriyalarni shtamlari uchramaydi.

Muommani o'rganganlik darajasi: . Respublikamizning sug'oriladigan tuproqlari sharoitida soya ekinini ekish muddatlari, ko'chat qalinligi, mineral o'g'itlar bilan oziqlantirish va sug'orish me'yorlarini o'simlikning o'sishi, rivojlanishi hamda don hosildorligi va sifat ko'rsatkichlariga ta'sirini aniqlash bo'yicha M.Mannopova, R.Siddiqov, M.Sattarov, I.Egamov, D.Yormatova, H.Atabaeva, G.Tangirova, A.Iminov, N.Mirzaev, xorijda E.nXope.OB, M.Ca.Tac, O.B.EypHraHa, M.B.OegopoB, H.M.^OPOCHHCKHH, E.H.MHmycTHH, M.A.CopoKHH,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Ä.Ä.BaÖHH, T.C.nocbrnaHOB, T.Ohyama, D.Egamberdieva kabi olimlar tomonidan ilmiy-tadqiqotlar olib borilgan.

Ammo, Farg'ona viloyatining sug'oriladigan o'tloqi soz tuproqlari sharoitida azotni faol o'zlashtiruvchi Bradyrhizobium Japonicum bakteriyalari mavjud tuproqning 0-15, 15-25 sm qatlamidan tuproq, yangi fosfor parchalovchi Fosstim-3 bakteriyal bioo'g'iti va Serhosil bioo'g'itini qo'llash natijasida azotni faol o'zlashtiruvchi bakteriyalari shakillanishi hamda soya navlarini o'sishi-rivojlanishi va don hosildorligiga ta'sirini aniqlash bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmagan.

Tadqiqot maqsadi: Soya o'simliklarining ildiz qismida azotni faol o'zlashtiruvchi Bradyrhizobium Japonicum bakteriyalarini shakillantirishda hamda o'simligining o'sish-rivojlanishi, don hosildorligi shuningdek iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun tuproq tarkibida azot elementini faol o'zlashtiruvchi (Bradyrhizobium Japonicum) bakteriyalari mavjud tuproq va fosfor parchalovchi Fosstim-3 bakterial bioo'g'iti qo'llash bo'yicha agrotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqot olib borilgan hudud sharoiti: Tajribalar Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutning Farg'ona viloyatidagi tajriba stansiyasining dala maydonida olib borildi. 2020 yil amal davri boshida tuproqning oziqa unsurlari bilan ta'minlanish darajasi aniqlanganida, tuproqning 0-30 sm qatlamida gumus miqdori 1,457% ni, umumiy azot 0,187% ni, umumiy fosfor 0,167% ni, umumiy kaliy 2,282% ni, harakatchan nitrat 17,82 mg/kg ni, harakatchan fosfor 23,15 mg/kg ni, almashinuvchi kaliy 265 mg/kg ni tashkil yetgan bo'lsa, tuproqning 30-50 sm qatlamidan gumus 1,325% ni, umumiy shakldagi azot 0,124% ni, fosfor 0,145% ni, kaliy 2,425% ni, harakatchan shakldagi nitrat 9,56 mg/kg ni, fosfor 19,52 mg/kg ni, almashinuvchi kaliy 140 mg/kg ni qayd yetganligi kuzatildi.

Tadqiqot uslublari: Tadqiqot ishlarini olib borishda tajriba tizimini joylashtirish, fenologik kuzatuvlar va hisoblash ishlarini olib borishda O'zPITIning uslubiy qo'llanmasi (1985y, 2007y) va Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutlarida ishlab chiqarilgan ilmiy uslublar (2000-2020 y.y) asosida o'tkazildi.

Tadqiqot natijalari: Olingan natijalarning ko'rsatishicha (2019 yil), soyaning "Baraka" navi urug'lari tuproq an'anaviy usulda tayyorlanib ekilgan nazorat 1-varintda parvarishlangan o'simliklarning barg sathi o'zgarishi rivojlanish davrlari kesimida o'rganilganida, g'unchalash davrida 11,4 ming m2/ga ni, gullash davrida 51,6 ming m2/ga ni hamda meva tugish davrida davrida 57,5 ming m2/ga ni tashkil etganligi kuzatilgan bo'lsa, azot to'plovchi (Bradyrhizobium japonicum) tuganak bakteriyalari mavjud tuproqning 0-15 sm qatlamidan tuproq olinib, uch yilda o'rtacha 35,4 ts/ga don hosili olingan. 2-variantda parvarishlangan o'simliklarning barg sathi g'unchalash davrida 12,4 ming m2/ga, gullash davrida 54,5 ming m2/ga, meva tugish davrida 61,7 ming m2/ga teng bo'lib, soya urug'lari an'anaviy usulda ekilgan nazorat 1-variantga nisbatan g'unchalash davrida 1,0 ming m2/ga, gullash davrida 2,9 ming m2/ga, meva tugish davrida 4,2 ming m2/ga gacha yuqori bo'lganligi aniqlandi. Uch yilda o'rtacha 38,5 ts/ga ni tashkil etgan.

Bradyrhizobium japonicum tuganak bakteriyalari mavjud tuproqning 0-15 sm qatlamidan tuproq olinib, gektariga 1500 kg dan qo'llash va soya urug'lari ekish oldidan yangi fosfor parchalovchi FOSSTIM-3 bakteriyal bio o'g'iti bilan 1,0 kg/ga me'yorida ishlov berilib, o'suv davrida Serhosil bioo'g'itidan shonalarda 10 l/ga, meva tugish davridada 10 l/ga me'yorlarda suspenziya shaklida sepilgan 3-variantda soya o'simligining barg sathi aniqlanganida,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2G23

rivojlanish davrlari kesimida g'unchalash davrida 12,9 ming m2/ga, gullash davrida 56,2 ming m2/ga, meva tugish davrida mos ravishda 64,0 ming m2/ga ni tashkil etib, soya urug'lari an'anaviy usulda ekilgan nazorat 1-variantga nisbatan shonalash davrida 1,5 ming m2/ga, gullash davrida 4,6 ming m2/ga, meva tugish davrida 6,5 ming m2/ga gacha yuqori bo'lganligi kuzatilgan bo'lsa, soya urug'larini ekish oldidan azot to'plovchi (Bradyrhizobium japonicum) tuganak bakteriyalarni o'zida saqlovchi tuproqning 0-15 sm qatlamdan olingan 10 kg tuproq va Fosstim-3 biopreparatining 1,0 kg me'yorlari bilan ishlov berilib ekilgan 4-variantda bu ko'rsatkichlar g'unchalash davrida 12,2 ming m2/ga, gullash davrida 53,1 ming m2/ga, meva tugish davrida esa mos ravishda 59,9 ming m2/ga ni ko'rsatib, soya urug'lari an'anaviy usulda ekilgan nazorat 1-variantga nisbatan shonalash davrida 0,8 ming m2/ga, gullash davrida 1,5 ming m2/ga hamda meva tugish davrida 2,4 ming m2/ga yuqori ekanligi kuzatilib, uch yilda o'rtacha 39,4 ts/ga don hosili olinib, nazorat 1-variantga nisbatan 4,0 ts/ga yuqori don hosili olinganligi aniqlandi. Azot to'plovchi (Bradyrhizobium japonicum) tuganak bakteriyalari mavjud tuproqning 15-25 sm qatlamidan tuproq olinib, gektariga 1000 kg dan qo'llanilgan. 5-variantda parvarishlangan soya o'simligi barg sathining o'zgarishi o'rganilganida, g'unchalash davrida 12,3 ming m2/ga, gullash davrida 53,9 ming m2/ga, meva tugish davriga kelib 61,0 ming m2/ga ni tashkil etib, soya urug'lari an'anaviy usulda ekilgan nazorat 1-variantga nisbatan shonalash davrida 0,9 ming m2/ga, gullash davrida 2,3 ming m2/ga, meva tugish davrida 3,5 ming m2/ga gacha, Soya urug'larini ekish oldidan Fosstim-3 biopreparati bilan 1,0 kg/ga me'yorda ishlov berilib, azot to'plovchi (Bradyrhizobium japonicum) tuganak bakteriyalarni o'zida saqlovchi tuproqning 15-25 sm qatlamdan olingan 1500 kg/ga miqdorida tuproq qo'llash va o'suv davrida Serhosil bioo'g'itidan shonalarda 10 l/ga, Meva tugish davrida 10 l/ga me'yorlarda suspenziya shaklida qo'llanilgan 6-variantda esa g'unchalash davrida 12,7 ming m2/ga, gullash davrida 55,5 ming m2/ga, meva tugish davrida 63,1 ming m2/ga ni ko'rsatib, soya urug'lari an'anaviy tarzda ekilgan nazorat 1-variantga nisbatan shonalash davrida 1,3 ming m2/ga, gullash davrida 3,9 ming m2/ga, meva tugish davrida 5,6 ming m2/ga gacha va soya urug'larini ekish oldidan azot to'plovchi (Bradyrhizobium japonicum) tuganak bakteriyalarni o'zida saqlovchi tuproqning 1525 sm qatlamdan olingan 10 kg tuproq va Fosstim-3 biopreparatining 1,0 kg me'yorlari bilan ishlov berilib ekilgan 7-variantda barg sathi shonalash davrida 12,0 ming m2/ga, gullash davrida52,7 ming m2/ga, meva tugish davrida 59,2 ming m2/ga teng bo'lib, soya urug'lari an'anaviy usulda ekib etishtirilgan nazorat 1-variantga nisbatan shonalash davrida 0,6 ming m2/ga, gullash davrida 1,1 ming m2/ga, meva tugish davrida esa 1,7 ming m2/ga gacha yuqori natija olinganligi qayd etildi.

Tajribada soyaning "To'maris Mman-3" navi urug'lari ekilib, etishtirilgan variantlarda parvarishlangan soya o'simliklarining barg sathi variantlar kesimida o'rganilganida, ham yuqoridagi qonuniyat saqlanib qolganligi kuzatildi.Jumladan, azot to'plovchi (Bradyrhizobium japonicum) tuganak bakteriyalari mavjud tuproqning 0-15 sm qatlamidan tuproq olinib, gektariga 1000 kg dan qo'llanilgan 9-variantda parvarishlangan o'simliklarning barg sathi g'unchalash davrida 1,0 ming m2/ga, gullash davrida 3,1 ming m2/ga, meva tugish davrida 4,4 ming m2/ga gacha, Bradyrhizobium japonicum tuganak bakteriyalari mavjud tuproqning 0-15 sm qatlamidan tuproq olinib, gektariga 1500 kg dan qo'llash va soya urug'lari ekish oldidan yangi fosfor parchalovchi FOSSTIM-3 bakteriyal bio o'g'iti bilan 1,0 kg/ga me'yorida ishlov berilib, o'suv davrida Serhosil bioo'g'itidan shonalarda 10 l/ga, meva tugish davrida 10 l/ga me'yorlarda suspenziya shaklida sepilgan 10-variantda g'unchalash davrida 1,4 ming m2/ga, gullash davrida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

5,2 ming m2/ga, meva tugish davrida 7,0 ming m2/ga gacha, soya urug'larini ekish oldidan azot to'plovchi (Bradyrhizobium japonicum) tuganak bakteriyalarni o'zida saqlovchi tuproqning 0-15 sm qatlamdan olingan 10 kg tuproq va Fosstim-3 bakteriyal bio o'g'iti 1,0 kg me'yorlari bilan ishlov berilib ekilgan 11-variantda shonalsah davrida 0,6 ming m2/ga, gullash davrida 1,2 ming m2/ga, meva tugish davrida 2,1 ming m2/ga gacha, azot to'plovchi (Bradyrhizobium japonicum) tuganak bakteriyalari mavjud tuproqning 15-25 sm qatlamidan tuproq olinib, gektariga 1000 kg dan qo'llanilgan. 12-variantda esa g'unchalash davrida 0,7 ming m2/ga, gullash davrida 2,2 ming m2/ga, meva tugish davrida 3,3 ming m2/ga gacha, Bradyrhizobium japonicum tuganak bakteriyalari mavjud tuproqning 15-25 sm qatlamidan tuproq olinib, gektariga 1500 kg dan qo'llash va soya urug'lari ekish oldidan yangi fosfor parchalovchi FOSSTIM-3 bakteriyal bio o'g'iti bilan 1,0 kg/ga me'yorida ishlov berilib, o'suv davrida Serhosil bioo'g'itidan shonalarda 10 l/ga, meva tugish davrida 10 l/ga me'yorlarda suspenziya shaklida qo'llanilgan 13-variantda esa shonalash davrida 1,2 ming m2/ga, gullash davrida 4,1 ming m2/ga, meva tugish davrida 6,1 ming m2/ga gacha va soya urug'larini ekish oldidan azot to'plovchi (Bradyrhizobium japonicum) tuganak bakteriyalarni o'zida saqlovchi tuproqning 15-25 sm qatlamdan olingan 10 kg tuproq va Fosstim-3 biopreparatining 1,0 kg me'yorlari bilan ishlov berilib ekilgan 14-variantda shonalash davrida 0,4 ming m2/ga, gullash davrida 0,7 ming m2/ga hamda meva tugish davrida 1,2 ming m2/ga gacha yuqori natija olinganligi kuzatildi.

Хулоса: Tajriba variantlaridan barg sathi bo'yicha olingan natijalardan ko'rinib turibdiki, Bradyrhizobium japonicum tuganak bakteriyalari mavjud tuproqning 0-15 sm qatlamidan tuproq olinib, gektariga 1500 kg dan qo'llash va soya urug'lari ekish oldidan yangi fosfor parchalovchi FOSSTIM-3 bakteriyal bio o'g'iti bilan 1,0 kg/ga me'yorida ishlov berilib, o'suv davrida Serhosil bioo'g'itidan 20 l/ga bioo'g'itini sepish boshqa variantlarga nisbatan o'simlik barg sathining o'zgarishiga sezilarli ta'sirini ko'rsatganligi bilan birga ushbu variantning don hosildorligi nazorat variantiga nisbatan soyaning "To'maris Mman-3" navida 3,9 ts/ga soyaning "Baraka" navida 4 ts/ga yuqori bo'lganligi aniqlandi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-son Farmoni.

2. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта.-М., Агропроиздат, 1985. - С. 317.

3. Mannopova M. Abdulazizov M. Mo'minov D. Qodirova O. Soyaning mahalliy ertapishar "To'maris Man-60" navining o'ziga xos xususiyatlari // O'zbekiston qishloq xo'jaligi 2018. №7 son. B. 32.

4. Mannopova M., Yaqubov.Z. Soyaning yangi "Baraka" navi // Agro ilm jurnali Toshkent, 2017. №1(45). - B. 24. Ma'murov X. Canakulov A. Soya - fotosintetik potensial va hosildorlik //Agro ilm. 2021. № 6 [77] son. B. 22-23.

5. https://www.researchgate.net/publication/234135810

6. https://www.istageistgoip/browse/jsme2.

7. https://www.atlasbig.com/en-us/countries-soybean-production

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.