INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE
ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
MOSH NAVLARINING TUGANAKLARI RIVOJLANISHIGA O'RGANILGAN
OMILLARNING TA'SIRI 1Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, 2Soliyev Abdulvosid Mirolim o'g'li
1FarDU Agrar qo'shma fakulteti, q.x.f.f.d (PhD), dosent [email protected] 2Farg'ona tumani MMTB tasarrufidagi 35-o'rta ta'lim maktabi xo'jalik ishlari bo'yicha direktor
o'rinbosari https://doi.org/10.5281/zenodo.8002585
Annotatsiya. Maqolada takroriy ekilgan mosh navlarining rivojlanishiga tuganaklarningsoniga turli xil ekish me 'yori va muddatining ta'siri bayon etilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko 'ra, ekish me 'yori oshgan sari tuganaklar soni hamda vazni kamayib borgan.
Kalit so'zlar: Mosh, nav, Radost, Durdona, Zilola, oqsil, moy, kraxmal, vitamin,tuproq, tipik bo'z,azot, fosfor, kaliy, tuganak
Respublikamizning sug'oriladigan maydonlaridan bir yil davomida 2-3 marta hosil olish imkoniyatini hisobga olib, takroriy ekin sifatida o'zining tarkibida yuqori sifatli oqsil saqlaydigan va mavjud oqsil tanqisligi muammosini ijobiy hal etadigan qishloq xo'jaligi ekinlari turi va navlarini to'g'ri tanlash o'ta muhimdir.
Turli tuproq iqlim sharoitida bir mavsum davomida o'rtacha 75-80 s dan yuqori va sifatli don hosili olish mumkin. Bu ko'plab ilmiy tajribalar va ilg'or fermer xo'jaliklari misolida kuzatiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, kuzgi bug'doydan bo'shagan maydonlarda dukkakli don ekinlari maydonlarini kengaytirish evaziga, avvalo, aholini to'yimli va sifatli mahsulotlar, chorva hayvonlarini esa servitamin, mineral moddalarga boy ozuqa bilan ta'minlash imkonini beradi.
Dukkakli don ekinlari g'o'za, bug'doy, sholi, kanop va sabzavot ekinlari uchun yaxshi o'tmishdosh hisoblanadi. Dukkakli don ekinlaridan soya, loviya, no'xat, ko'kno'xat kabilar qatorida mosh ham o'z o'rniga ega. Dukkakdoshlar (Leguminosae) oilasiga mansub bo'lgan moshning lotincha nomi (Rhaseolusaureus Piper) bo'lib, vatani janubiy-g'arbiy Osiyo hisoblanadi. Mosh qadimiy ekin bo'lib, dehqonchilikka bundan 5-6 ming yil oldin kirib kelgan.
Mosh yorug'sevar, issiqsevar, tuproq qurg'oqchiligiga chidamli. Namlikka bo'lgan talabi o'rtacha. To'liq unib chiqishi uchun urug'lari o'z og'irligiga nisbatan 120-150 foiz atrofida namlikni qabul qiladi. Mosh botqoq va sizot suvlari yaqin bo'lgan tuproqlardan boshqa hamma maydonlarda o'sib rivojlanadi. Urug'ining qiyg'os unib chiqishi uchun harorat kamida 12-15 gradus bo'lishi kerak. Yozgi jazirama moshning normal gullab, yuqori hosil berishiga zamin yaratib, yaxshi rivojlanishi uchun harorat 18-22 gradus, shonalash-gullash fazalarida esa 20-25 gradus eng qulay sharoit hisoblanadi. Shuningdek, mosh o'simligi kunduzgi issiq va kechasi bo'ladigan salqin havoning o'zgarishiga bardoshlidir. Bunday sharoit, mosh ang'iz (bug'doy yoki arpadan bo'shagan joy)da yetishtirilganda yozning ikkinchi yarmida yuzaga keladi. Mosh takroriy ekin sifatida yetishtirilsa, gullash davri birmuncha qisqaradi. Bahorda ekilganda gullashi 15-20 kun davom etadi. Hosildorligi tuproq iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda aprel-may oylarida ekilganda 20-24 s/ga bo'lsa, takroriy ekin sifatida ang'izda yetishtirilganda esa 11,8-21 s/ga atrofida o'zgarib turadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Ang'izda takroriy ekinlarni yetishtirish yo'li bilan sug'oriladigan yerlarning samaradorligini oshirish ushbu maydonlarda dukkakli don ekinlarini ekish, jumladan, mosh yetishtirish orqali 15-18 s/ga, bir yilda jami 75-85s/ga don hosili olish mumkinligini mutaxassislar ta'kidlaydilar. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda,1 tonna boshoqli don yetishtirish uchun 50 kg azot, 35 kg fosfor va 20-25 kg o'g'itlarni o'zlashtiradi. Demak, hozirgi kunda kuzgi bug'doyni hosildorligi 48-50 sga ekanligini hisobga olsak, bir gektar yerdan qancha miqdorda ozuqa moddasi chiqib ketishini hisoblash qiyin emas. Shunday ekan, dehqonchilikning asosiy qonunlaridan biri ozuqa moddalarni tuproqqa qaytarish qonunini chetlab o'tib bo'lmaydi. Dukkakli don ekinlarining ekin maydonlarini kengaytirish orqali tuproq unumdorligini saqlash va oshirish mumkin.
Dukkakli don ekinlari ildizida tuganak bakteriyalari to'planib, atmosferadagi molekulyar holdagi erkin azotni o'zlashtirib, tuproqda biologik holda 50-100 kg, ba'zan 150 kg atrofida azot qoldiradi. Birgina mosh butun vegetatsiya davri mobaynida o'zidan keyin 2,5-4,0 tonna miqdorida ildiz qoldiqlarini tuproqda qoldirgach, tuproqdagi qiyin eriydigan fosfor birikmalarini o'zlashtirishga yordam beradi. Mosh-eng yaxshi siderat ekin. U ko'kat o'g'it sifatida ishlatilganda tuproqda 70 s/ga quruq modda to'planadi. Bu 100 kg azot demakdir. Ilmiy tahlillarga qaraganda, mosh ko'kat o'g'it sifatida ishlatilganda g'o'za hosili 40-60 foizga ortgan. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, havodagi erkin azotni dukkakli ekinlar ildizlari yashovchi tuganak bakteriyalarni o'zlashtirish mexanizmiga va salmog'i dukkakli don o'simliklarining turi, navlari, tabiiy iqlim sharoiti, yetishtirish agrotexnikasiga bog'liqligini qayd etish lozim.
Dukkakli don o'simliklarini almashlab ekish uchun alohida yer talab etilmaydi. Shuning uchun sug'oriladigan maydonlardan foydalanishning ichki imkoniyatlaridan biri takroriy ekinlar qatorida dukkakli don, xususan, ang'izda mosh yetishtirishni katta maydonlarda tashkil etish lozim. Takroriy ekinlar qatorida ekiladigan ekinni ertapishar navlarini parvarishlab hosil olish mumkin.
Tadqiqot o'tkazish joyi va uslubi Ilmiy ishlar Toshkent Davlat Agrar Universiteti tajriba stansiyasida o'tkazildi. Tajriba dalasi Chirchik daryosining yuqori kismida dengiz satxidan 481 m. balandlikda, 41° I11 shimoliy kenglikda va 38° 31m sharkiy uzoklikda Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan. Tajriba xo'jaligi tuprog'i qadimdan sug'orib kelinadigan tipik bo'z tuproqdir. Tipik bo'z tuproq tarkibida 1,0-1,3% chirindi, 0,089%-0,102 atrofida azot, 0,141-0,184% ga yakin fosfor va 1,70-1,80% kaliy mavjud. Bu esa o'simlik o'suv davrida foydalanadigan ozuka unsurlarining yetarli emasligidan dalolat berib turibdi. Tajriba dala va laboratoriya uslubida olib borildi. Dala tajribalarida moshning navlari yozda har xil me'yorda va usulda ekib o'rganildi. Dala tajribalari 0'zPITI(2007) va Dospexov (1989) metodik uslublari asosida olib borildi. Tajriba maydoni 0,4 ga ni tashkil qildi. Tajribada moshning Radost, Durdona, Zilola navlari ekildi
Tadqiqot natijalari va muxokamasi Dukkakli-don ekinlarining eng muxim xo'jalik axamiyatlaridan biri ularning tuganak bakteriyalar orqali havo azotini o'zlashtirib, biologik xoldagi azot tuprokda to'planishi xisoblanadi. Biologik azotning to'planishiga ko'pgina omillar -o'simlikning turi, tuproq-iqlim sharoiti, tuprok muxiti, namligi kabilar ta'sir etadi. Shunga muvofik xolda bizning tajribalarimizda mosh navlari ildizlarida to'plangan tuganaklar soni bo'yicha kuzatuv olib borildi va ko'chat qalinligi oshib borishi va ekish me'yorini ham oshib borishiga muvofik xolda o'zgarishini ko'rsatdi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Mosh navlarini takroriy ekin sifatida ekilganda olingan ma'lumotlar 1-jadvalda keltirilgan. Tuganak odatda tuproqning yuqorgi qavatida joylashadi. Maysalanishdan o'rtacha ikki hafta o'tgandan keyin mayda tuganaklarni ko'rish mumkin.
Olingan ma'lumotlar bo'yicha "Radost" navida amal davrini boshida 9,1-8,8 dona tuganak rivojlangan, "Durdona" navida 8,5-6,9 dona va "Zilola" navida 7,7-5,4 dona tuganak rivojlanib, ekish me'yorlari oshgansari tuganak soni kamayib borishi kuzatildi
1-jadval
Mosh navlari tuganaklarning rivojlanishi 05.07-ekilgan
№ Navlar Ekish me'yori 4 ta barg Gullash Dukkaklar
20 9,1 20,3 43,1
30 8,8 15,0 39,3
1 Radost 40 8,3 12,3 33,1
20 8,1 15,1 31,3
30 7,3 13,0 30,8
2 Durdona 40 6,1 10,9 24,3
20 8,7 15,9 35,3
30 8,0 13,9 33,3
3 Zilola 40 7,7 10,1 30,8
Gullash davriga etganda tuganak soni ekish me'yoriga bog'liq xolda "Radost" navida 20,3-12,3 dona, "Durdona" navida 15,1 -10,9 dona va "Zilola " navida 15,1-10,1 dona ni tashkil qilgan. Ekish me'yori oshgansari tuganak soni kamayib borgan, sababi qalin ekinzorda oziqlanish maydoni qisqaradi, sharoit nomaqbul bo'ladi va tuganaklar yaxshi rivojlanmaydi. Mosh dukkaklanish fazasiga etganda tuganaklar soni "Radost" navida 43,1-33,1 dona bo'lib, zich ekish evaziga 10,0 donaga; "Durdona" navida 31,1-24,3 donaga teng bo'lib,ekish me'yorini oshishi tufayli 6,8 donaga; "Zilola" navida 35,3-30,8 taga etib, 4,5 donaga kamayganligi aniqlandi. Barcha variantlarda amal davrida ekish me'yori oshgan sari tuganak soni kamayib borgan. Demak, mosh navlarida tuganaklarning soni 25 iyunda ekilganda va gektariga 20 kg urug' ekilganda ko'p bo'lganligi kuzatilgan.
REFERENCES
1. Atabaeva X.N,Sattarov M.A, Idrisov X.A Sug'oriladigan maydonlarda mosh etishtirishning intensiv texnologiyasi bo'yicha tavsiyanoma. 2019 yil.Toshkent
2. Atabaeva X.N, Xudoyqulov J.B O'simlikshunoslik.T "Fan va texnologiya" 2018
3. Dospexov B,A, "Metodika polevogo opita", Izd-vo «Kolos» Moskva 1985g
4. Dala tajribalarini o'tkazish uslublari.Toshkent.2007 y.
5. Idrisov, X. A., & o'g'li soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (phaselus aureus piper.) Navlarining tavsifi. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 17-23).
6. Idrisov, X. A., Atabayeva, X. N. (2022, may). Loviya va mosh ekinlarining umumiy ahamiyati va biologik xususiyatlarini tahliliy o 'rganish. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 8, pp. 644-651).
7. Xalima, A., Xusanjon, I., & Abdulvosid, S. (2022). O 'tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida mosh (Phaseo1is aireis piper) ning o 'sishi, rivojlanishi va don hosildorligi. Research and education, 1(2), 373-381.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
8. Xusanjon, I., & Abduxolik, K. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko'chatzorida o 'tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.
9. Abdujabborovich, I. X., Ozodbek, A., Nodirbek, X., & Abrorbek, a. (2022). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (Phaseolus aureus Piper) navlarining simbiotik faoliyatiga ekish muddati va me 'yorining ta'sirini o 'rganish. Science and innovation, 1(1), 615-624.
10. Abdujabborovich, I. X., o'gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (Phaseolus aireus Piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.
11. Abdujabborovich, i. X. (2022). Qozoqi anorning biologik xususiyatlari. Models and methods for increasing the efficiency of innovative research, 2(13), 396-400.
12. Idrisov, X. A., & o'g'li Soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda soya etishtirish texnologiyasini takomillashtirish. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 286-295).
13. Abdujabborovich, i. X., & Gofurovna, r. F. (2022, may). Soya (Glycine hispida l) ning bilogik xususiyatlari va tashqi muxit omillari. In e conference zone (pp. 1-5).
14. Abdujabborovich, i. X., & teshaboyev, a. (2022). Soyaning kolleksiya ko'chatzoridan samarali va maqsadli foydalanishning ilmiy axamiyati. Science and innovation, 1(d3), 286290.
15. Abdujabborovich, i. X., & o'g'li, x. A. M. (2022). Sholi seleksiyasi bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqot natijalarini tahliliy o 'rganish. Science and innovation, 1(d3), 276-281.
16. Abdujabborovich, i. X., o'g, p. J. G. A., o'g'li, e. K. E., & o'g, d. O. N. M. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratishda nav namunalaridan samarali va maqsadli foydalanishning ahamiyati. Science and innovation, 1(d3), 269-275.
17. Abdujabborovich, i. X., & Mirzamaxsudavich, b. R. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratish bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqotlar. Science and innovation, 1(1), 776-785.
18. Idrisov, x. A. (2022, june). Osiyo loviyasi-mosh (phaselus aureus piper.)-biologik xususiyatlari. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 9, pp. 144148).
19. Abdujabborovich, i. X., o'gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (rhaseolus aireus piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.
20. Abdujabborovich, i. X., & teshaboyev, a. (2022). Soyaning kolleksiya ko'chatzoridan samarali va maqsadli foydalanishning ilmiy axamiyati. Science and innovation, 1(d3), 286290.
21. Idrisov, x. A., & karimov, a. A. (2022, july). Mosh (phaselus aureus piper.) Dan yuqori hosil olishda agrotexnik omillarning ahamiyatimosh (phaselus aureus piper.) Dan yuqori hosil olishda agrotexnik omillarning ahamiyati. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 11, pp. 106-111).
22. Xusanjon, i., & abduxolik, k. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko 'chatzorida o 'tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.
23. Abdujabborovich, i. X., o'g, p. J. G. A., o'g'li, e. K. E., & o'g, d. O. N. M. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratishda nav namunalaridan samarali va maqsadli foydalanishning ahamiyati. Science and innovation, 1(d3), 269-275.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
24. Abdujabborovich, i. X., & mirzamaxsudavich, b. R. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratish bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqotlar. Science and innovation, 1(1), 776-785.
25. Idrisov, x. A., & o'g'li soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (phaselus aureus piper.) Navlarining tavsifi. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 17-23).
26. 31. Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, Xalbaev Akbar Namozovich. (2022). Soyaning seleksiya ko'chatzoridagi nav namunalarini qimmatli-xo'jalik xususiyatlarini o'rganish. Models and methods in modern science, 1(12), 22-25. https://doi.org/10.5281/zenodo.7032183.https://doi.org/10.5281/zenodo.7032183
27. 32. Isag'aliyev, M., Obidov, M., & Matholiqov, R. (2019). Morphogenetic and biogeochemical features of the medicinal capparis spinosa. Scientific journal of the Fergana State University, 2(4), 46-49. https://scholar.google.com/citations
28. 33. Matholiqov, R Argic dasturidan foydalangan holda qishloq xo'jalik yerlarini tahliliy o'rganish. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 2022 yil. https://scholar.google.com/citations
34. Маматожиев, Ш. И., Тожимаматов, Д. Д. У., Камолов, З. В. У., & Холиков, М. Б. У. (2020). ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ПРОЦЕССЫ ХРАНЕНИЯ ЗЕРНА И НА ПОКАЗАТЕЛИ КАЧЕСТВА. Universum: технические науки, (12-4 (81)), 75-78.
29. Маматожиев, Ш. И., Тожимаматов, Д. Д. У., Камолов, З. В. У., & Холиков, М. Б. У. (2020). ПРЕИМУЩЕСТВА НОВОЙ СИСТЕМЫ ПРИ ПРИЕМКЕ ЗЕРНА. Universum: технические науки, (12-2 (81)), 96-99.
30. Davronov, Q. A.,& Xoliqov, M. B.O', (2021). The effect of grain moisture on grain germination during grain storage. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal (11-5), 418-421.
31. Nazarovna, A. X., & Abdujabborovich, I. X. (2022). O 'TLOQI-BOTQOQ TUPROQLAR SHAROITIDA MOSH (Rhaseolis aireis Piper) NING O 'SISHI, RIVOJLANISHI VA DON HOSILDORLIGI. Research and education, 1(2), 373-381.
32. Идрисов , Х. А., & Мадалова , М. (2022). МАША (PHASELUS AUREUS PIPER.) И АГРОТЕХНИКА ВОЗДЕЛЫВАНИЯ . Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 2(11), 77-86. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/4399Идрисов , Х. А., & Мадалова , М. (2022). МАША (PHASELUS AUREUS PIPER.) И АГРОТЕХНИКА ВОЗДЕЛЫВАНИЯ . Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 2(11), 77-86. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/4399
33. Idrisov, X. A., Qashqaboeva, C. L. T. L., & Xalbaev, A. N. (2022). SOYANING NAZORAT KO'CHATZORIDAGI NAV NAMUNALARINI QIMMATLI-XO'JALIK XUSUSIYATLARINI TAHLILIY ORGANISH. Results of National Scientific Research International Journal, 1(5), 134-139.
34. Idrisov, X. (2022). MOSH: RESEARCH, EXPERIENCE AND RESULTS. Science and Innovation, 1(7), 182-186.
35. Idrisov, X., Matxoliqov, R. Z., & Xoliqov, M. (2022). KUZGI BUG 'DOYDAN KEYIN EKILGAN MOSH NAVLARINING SIMBIOTIK FAOLIYATINI O'RGANISH. O'rta Osiyo ta'lim va innovatsiyalar jurnali, 1(2), 51-56.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
36. Ibragimov, O. O., & Idrisov, X. A. (2022, October). OLMA NAVLARINI NAV TAVSIFINI O 'RGANISH ASOSIDA TAXLIL ETISH. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 4, pp. 20-27).
37. Atabaeva, X. N., & Abdujabborovich, I. X. (2022). MOSH NAVLARI BARG YUZASI RIVOJLANISHIGA AGROTEXNIK OMILLARNING TA'SIRI. Science and innovation, (Special Issue), 540-544.
38. Idrisov, X. (2022). MOSH: TADQIQOT, TAJRIBA VA NATIJA. Science and innovation, 1(D7), 182-186.
39. Idrisov, X. (2022). EKISH MUDDATLARI VA ME'YORLARINI MOSH (Rhaseolis aireis Riper) NAVLARI POYA BALANDLIGI VA HOSILDORLIGA TA'SIRINI O 'RGANISH. Science and innovation, 1(D7), 176-181.
40. Abdujabborovich, I. X., Maxliyoxon, A., Muslima, A., & Gavhanso, A. (2022, November). TOSHKENT VILOYATI O 'TLOQI BOTQOQ TUPROQLARI SHAROITIDA SOYA (GLYCINE HISPIDA L) NING KOLLEKSIYA KO 'CHATZORIDA O 'TKAZILGAN TADQIQOT. In Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies (Vol. 1, No. 2, pp. 98-104).
41. Abdujabborovich, I. X., & Teshaboyev, A. (2022). UDK: 633.853. 52 SOYANING YANGI ISTIQBOLLI NAVLARINI YARATISH NATIJALARINI TAXLILIY O'RGANISH. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(3), 8-14.
42. Idrisov, H., & Madalova, M. (2022). ANALYTICAL STUDY OF THE GROWTH AND DEVELOPMENT OF A VARIETY OF MUNG BEAN (RHASEO1IS AIREIS PIPER). Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 2(11), 97-101.
43. Idrisov, X., & Xalbaev, A. (2022). SOYANING SELEKSIYA KO'CHATZORIDAGI NAV NAMUNALARINI QIMMATLI-XO'JALIK XUSUSIYATLARINI O'RGANISH. Models and methods in modern science, 1(12), 22-25.
44. Nazarovna, A. X., & Abdujabborovich, I. X. (2022). O 'TLOQI-BOTQOQ TUPROQLAR SHAROITIDA MOSH (Rhaseo1is aireis Piper) NING O 'SISHI, RIVOJLANISHI VA DON HOSILDORLIGI. Research and education, 1(2), 373-381.