Научная статья на тему 'MOSH NAVLARI BARG YUZASI RIVOJLANISHIGA AGROTEXNIK OMILLARNING TA’SIRI'

MOSH NAVLARI BARG YUZASI RIVOJLANISHIGA AGROTEXNIK OMILLARNING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
313
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mosh / oqsil / bakteriya / navlar / Radost / Zilola / Durdona

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Atabaeva X.N., Idrisov Xusanjon Abdujabborovich.

Ushbu maqolada tipik bo‘z tuproqlar sharoitida mosh navlarini barg rivojlanishiga ekish muddati va me’yorini ta’siri bayon etilgan bo‘lib, iyul oyining birinchi dekadasida gektariga 30-40 kg/ga me’yorida urug‘ sarflab ekilgan variant barg yuzasi maqbul bo‘lgan bo‘lib, ekish muddati kechikkan sari barg yuzasi rivojlanishi kamayib borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MOSH NAVLARI BARG YUZASI RIVOJLANISHIGA AGROTEXNIK OMILLARNING TA’SIRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SPECIAL SERIES "SUSTAINABLE FORESTRY" UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

UO'T: 631.11.582.633 MOSH NAVLARI BARG YUZASI RIVOJLANISHIGA AGROTEXNIK

OMILLARNING TA'SIRI Atabaeva X.N.

Q.x.f.d.professor ToshDAU Idrisov Xusanjon Abdujabborovich

Q.x.f.f.d (PhD), FarDU Mevachilik va sabzavotchilik kafedrasi mudiri Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.7196546

Annotatsiya. Ushbu maqolada tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh navlarini barg rivojlanishiga ekish muddati va me'yorini ta 'siri bayon etilgan bo'lib, iyul oyining birinchi dekadasida gektariga 30-40 kg/ga me'yorida urug' sarflab ekilgan variant barg yuzasi maqbul bo'lgan bo'lib, ekish muddati kechikkan sari barg yuzasi rivojlanishi kamayib borgan.

Kalitso'zlar:Mosh, oqsil, bakteriya, navlar, Radost, Zilola, Durdona

Markaziy Osiyo va Kavkazorti respublikalarida moshdan oziq-ovqat sanoatida keng foydalaniladilar. Moshdan tayyorlangan un makaronga ko'shilsa uning to'yimliligi yanada ortadi. Mosh dukkakli-don ekinlar guruxiga mansub bo'lib, donida ko'p miqdorda 24-28 % oqsil to'planadi. Undan oziq-ovqat sanoati bilan birga chorva xayvonlari uchun to'yimli yem-xashak xam yetishtirish mumkin. Shuningdek moshning ildizlarida tuganak bakteriya rivojlanib,erkin azotni o'zlashtirib, tuproq unumdorligini oshiradi.

Ma'lumki, chorva xayvonlaridan yuqori va sifatli mahsulot olish uchun ularning ozuqa tarkibini o'zida oqsil, uglevod, yog' shuningdek vitaminlar, mineral tuzlar bilan boyigan pichan, siloslar bilan doimiy ta'minlash zarur. Buning uchun bizning respublikada imkoniyatlar yetarli bor. Birgina dukakli -don ekinlar, dukakli o'tlarni yukori agrotexnika asosida yetishtirib, mo'l xosil va ko'k massa olish mumkin. Moshning yashil massasi, pichani, poxoli va kepagi eng yaxshi oziq xisoblanadi. Makkajo'xori bilan moshni aralashtirib tayyorlangan silos oziqlik sifati yuqoriligi bilan farq qiladi.

Mosh-eng yaxshi siderat ekin xisoblanadi, u ko'kat o'g'it sifatida ishlatilganda tuprokda 70 s.ga kuruk modda to'planadi. Bu 100 azot demakdir. Mosh makkajo'xori, sabzavot va boshka ekinlar ekiladigan yerlarda eng yaxshi siderat xisoblanadi. Mosh yerda azot to'plovchi sifatida don, texnika ekinlari va sabzavotlardan oldin ekiladigan eng yaxshi ekinlardan biri.Uni baxorda yozda xam ekish mumkin. Mosh yer osti suvlari yuza joylashganligidan zararlanmaydi, tez o'sadi, yerni yaxshi soyalaydi va begona o'tlardan tozalaydi.

Sug'oriladigan yerlarda suv ta'minoti chegaralangan sharoitda g'o'za va boshoqli don ekinlari almashlab ekish tizimida moshni kuzgi bug'doy ang'izida yetishtirish oqsil va boshqa qimmatli oziqaga boy bo'lgan mosh doni yetishtirish bilan birga tuproqni tabiiy azotga boyitish ta'minlanadi [1;2].

Tajriba o'tkazish sharoiti va uslubi Tajriba xo'jaligi tuprog'i qadimdan sug'orib kelinadigan tipik bo'z tuprokdir.Tipik bo'z tuprok tarkibida 1,0-1,3% chirindi, 0,089%-0,102 atrofida azot, 0,141-0,184% ga yakin fosfor va 1,70-1,80% kaliy mavjud. Bu esa o'simlik o'suv davrida foydalanadigan ozuqa unsurlarining yetarli emasligidan dalolat berib turibdi. Bundan tashqari bu tuproqlar suv o'tkazuvchanligi, yumshatishning murakkabligi bilan farq qiladi. Cyg'opish natijasida tuproq qatlami zichlashib boradi. Sug'orishdan va bo'lib o'tgan yog'ingarchilikdan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SPECIAL SERIES "SUSTAINABLE FORESTRY" UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

keyin qatqalok hosil bo'ladi. Tajribalar dala va laboratoriya uslubida olib borildi. Dala tajribalarida moshning navlari yozda har xil me'yorda va usulda ekib o'rganildi. Dala tajribalari 0'zPITI(2007) va Dospexov (1985) uslublarida olib borildi. Tajriba maydoni 0,4 ga ni tashkil qildi [3,4].

Tadqiqot natijalari Mosh o'simligi boshqa dala ekinlari kabi fotosintetik faoliyatga ega. Bu faoliyat navning biologik xususiyati va tashqi muhitga bog'liqdir. Fotosintetik faoliyatning ko'rsatkichlari- bu barg soni, barg yuzasidir. Ma'lumki, barg yuzasi ma'lum bir me'yorgacha yuqori hosilni shakllanishini bildiradi. O'simlik rivojlanganda, oziqa va suv yetarli bo'lganda barglar yaxshi rivojlanadi, barg yuzasi kengayadi. Ammo barg yuzasi kengaygan bilan hosil ma'lum me'yordan keyin oshmaydi. Sababi, o'simlikning paski qismida joylashgan barglarga quyosh nuri tushmaydi, fotosintez jarayoni sust kechadi, organik moddalar to'planmaydi. Har bir ekin va nav uchun bu jiddiy omil. Tashki omillar bargni rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Shu omillardan biri-oziqlanish maydoni. Mosh o'simligi yorug'likka talabchan. Shuni hisobga olib mosh navlari bug'doy ang'iziga ekilganda maqbul me'yorlarini aniqlash zarurdir.

Mosh navlari bug'doy ang'iziga ekilganda har bir nav har xil me'yorida (20 kilogramdan 40 kg. gacha) ekib va xar hil muddatda (25.06; 5.07; 15.07) o'simlikka ta'siri o'rganildi.Shu jumlada, mosh navlarida barg rivojlanishi, barg yuzasini shakllanishiga ta'siri o'rganildi. Tajriba natijalari 1-jadvalda ko'rsatilgan. Mosh navlari takroriy ekin sifatida uch marta ekib tadqiq qilingan. Ikkinchi ekish muddatida "Radost" navi gektariga 20 kg urug' ekilganda barg yuzasi 121 sm2 ni tashkil qilgan. Tajribada 30 kg urug' ekilganda barg yuzasi 118 sm2 ga teng bo'lib, oldingi variantiga nisbatan 3 sm2 ga kamayganligi kuzatilgan. Shu navda ekish me'yori 40 kg bo'lganda barg yuzasi 115 sm2 ni tashkil qilib, birinchi ko'rinishga nisbatan 6 sm2 ga kamayganligi kuzatildi. "Durdona" navida ekish me'yori 20 kg bo'lganda barg yuzasi 130 sm2 ni tashkil qilib, "Radost" naviga nisbatan 9 sm2 ga ortiq bo'lgan. Ekish me'yori 30 kg bo'lganda barg yuzasi 126 sm2 bo'lib, oldingi ko'rinishga nisbatan 5 sm2 kamayganligi kuzatildi. "Durdona" navida ekish me'yori 40 kg bo'lganda barg yuzasi 119 sm2 ga teng bo'lib, oldingi ko'rinishlarga nisbatan 6- 11 sm2 ga kamaygan. "Zilola" navi gektariga 20 kg urug' ekilganda barg yuzasi 132 sm2 ni tashkil qilgan. Bu boshqa navlarga nisbatan 2-11 sm2 ortiq bo'lganligi kuzatildi. Urug' me'yori 30 kg ga oshirilganda barg yuzasi 128 sm2 ni tashkil qilib, oldingi ko'rinishga nisbatan 4 sm2 kamayganligi kuzatildi. Urug' me'yori 40 kg gacha oshirilganda barg yuzasi 125 sm2 ga teng bo'lib, oldingi ko'rinishlarga nisbatan 3-7 sm2 ga kamaygan.

Mosh navlari gullash fazasiga yetganda ekish me'yorlari ta'sirida ko'rsatkichlar o'zgarib turgan. "Radost" navi gektariga 20 kg urug' ekilganda barg yuzasi 454 sm2 ni tashkil qilgan. Tajribada 30 kg urug' ekilganda barg yuzasi 431 sm2 ga teng bo'lib, oldingi variantiga nisbatan 13 sm2 ga kamayganligi kuzatilgan. Shu navda ekish me'yori 40 kg bo'lganda barg yuzasi 415 sm2 ni tashkil qilib, birinchi ko'rinishga nisbatan 39 sm2 ga kamayganligi kuzatildi. "Durdona" navida ekish me'yori 20 kg bo'lganda barg yuzasi 460 sm2 ni tashkil qilib, "Radost" naviga nisbatan 6 sm2 ga ortiq bo'lgan. Ekish me'yori 30 kg bo'lganda barg yuzasi 446 sm2 bo'lib, oldingi ko'rinishga nisbatan 14 sm2 kamayganligi kuzatildi. "Durdona" navida ekish me'yori 40 kg bo'lganda barg yuzasi 425 sm2 ga teng bo'lib, oldingi ko'rinishlarga nisbatan 21-35 sm2 ga kamaygan. "Zilola" navi gektariga 20 kg urug' ekilganda barg yuzasi 470 sm2 ni tashkil qilgan. Bu boshqa navlarga nisbatan 5-16 sm2 ortiq bo'lganligi kuzatildi. Urug' me'yori 30 kg ga oshirilganda barg yuzasi 462 sm2 ni tashkil qilib, oldingi ko'rinishga nisbatan 8 sm2 kamayganligi kuzatildi. Urug' me'yori 40 kg gacha oshirilganda barg yuzasi 453 sm2 ga teng bo'lib, oldingi ko'rinishlarga nisbatan 9 - 17 sm2 ga kamaygan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SPECIAL SERIES "SUSTAINABLE FORESTRY" UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Mosh navlari dukkaklanish fazasiga kirganda "Radost" navi gektariga 20 kg urug' ekilganda barg yuzasi 521 sm2 ni tashkil qilgan. Tajribada 30 kg urug' ekilganda barg yuzasi 513 sm2 ga teng bo'lib, oldingi variantiga nisbatan 8 sm2 ga kamayganligi kuzatilgan. Shu navda ekish me'yori 40 kg bo'lganda barg yuzasi 509 sm2 ni tashkil qilib, birinchi ko'rinishga nisbatan 12 sm2 ga kamayganligi kuzatildi. "Durdona" navida ekish me'yori 20 kg bo'lganda barg yuzasi 570 sm2 ni tashkil qilib, "Radost" naviga nisbatan 49 sm2 ga ortiq bo'lgan. Ekish me'yori 30 kg bo'lganda barg yuzasi 554 sm2 bo'lib, oldingi ko'rinishga nisbatan 16 sm2 kamayganligi kuzatildi. "Durdona" navida ekish me'yori 40 kg bo'lganda barg yuzasi 512 sm2 ga teng bo'lib, oldingi ko'rinishlarga nisbatan 42-58 sm2 ga kamaygan. "Zilola" navi gektariga 20 kg urug' ekilganda barg yuzasi 576 sm2 ni tashkil qilgan. Bu boshqa navlarga nisbatan 6- 45 sm2 ortiq bo'lganligi kuzatildi. Urug' me'yori 30 kg ga oshirilganda barg yuzasi 564 sm2 ni tashkil qilib, oldingi ko'rinishga nisbatan 12 sm2 kamayganligi kuzatildi. Urug' me'yori 40 kg gacha oshirilganda barg yuzasi 542 sm2 ga teng bo'lib, oldingi ko'rinishlarga nisbatan 22 -34 sm2 ga kamaygan (1.-jadval). Bir gektar hisobiga barg yuzasi aniqlanganda mosh navlari 4-ta chin barg fazasiga yetganda "Radost" navida ekish me'yorlari bo'yicha barg yuzasi 6,1-7,6 ming m2 /ga teng bo'lgan. Eng yuqori ko'rsatkich gektariga 40 kg urug' ekilganda kuzatildi. "Durdona" navida bu ko'rsatkich 7,0-8.0 ming m2 ni tashkil qilgan. Bu navda ham yuqori ko'rsatkich yuqori me'yorda urug' ekilganda kuzatildi. "Zilola" navida ekish me'yorlari bo'yicha barg yuzasi 8.0 -9.5 ming m2 ga teng bo'lib, "Radost" naviga nisbatan 1,8-1.9 ming m2 ga ortiq bo'lgan.

1-jadval

Mosh navlarining barg yuzasi

№ Bariantlar (navlar va urug' sarfi kg/ga) Rivojlanish davrlari sm2 / o'simlik Rivojlanish davrlari ming m2/ ga

4- barg paydo fazada Gulash fazada Dukkaklanish fazada 4- barg paydo fazada Gulash fazada Dukkaklanish fazada

1 Radost-20 121 454 521 6,1 22,0 25,3

2 Radost-30 118 431 513 6,2 22,5 26,0

3 Radost -40 115 415 509 7,6 22,7 26,9

4 Durdona-20 130 460 570 7,0 23,0 27,0

5 Durdona-30 126 446 554 7,4 23,3 29,4

6 Durdona-40 119 425 512 8,0 23,5 31,6

7 Zilola-20 132 470 576 8,0 24,0 28,0

8 Zilola-30 128 462 564 8,5 25,9 30,5

9 Zilola-40 125 453 542 9,5 26,4 32,7

Bir gektar hisobiga barg yuzasi aniqlanganda mosh navlari gullash fazasiga yetganda "Radost" navida ekish me'yorlari bo'yicha barg yuzasi 22,0 24.7 ming m2 /ga teng bo'lgan. Eng yuqori ko'rsatkich gektariga 40 kg urug' ekilganda kuzatildi. "Durdona" navida bu ko'rsatkich 23.0-23.5 ming m2 ni tashkil qilgan. Bu navda ham yuqori ko'rsatkich yuqori me'yorda urug' ekilganda kuzatildi. "Zilola" navida ekish me'yorlari bo'yicha barg yuzasi 24.0-26.4 ming m2 ga teng bo'lib, "Radost" naviga nisbatan 2.0-3.5 ming m2 ga ortiq bo'lgan.

Mosh navlari dukkaklanish fazasiga kirganda bir gektar hisobiga barg yuzasi aniqlanganda "Radost" navida ekish me'yorlari bo'yicha barg yuzasi 25,3- 26.9 ming m2/ga teng bo'lgan. Eng

542

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SPECIAL SERIES "SUSTAINABLE FORESTRY" UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

yuqori ko'rsatkich gektariga 40 kg urug' ekilganda kuzatildi. "Durdona" navida bu ko'rsatkich 27.0-31.6 ming m2 ni tashkil qilgan. Bu navda ham yuqori ko'rsatkich yuqori me'yorda urug' ekilganda kuzatildi. "Zilola" navida ekish me'yorlari bo'yicha barg yuzasi 28.0 -32.7 ming m2 ga teng bo'lib, "Radost" naviga nisbatan 2.7 -5.8 ming m2 ga ortiq bo'lgan.

Xulosalar Ekish muddatlari va me'yorlari barg rivojlanishiga ta'sir ko'rsatgan. Iyul oyining boshlanishida ekilganda barg soni oshib bordi. Ekish me'yorlari oshgan sari barg soni kamaygan. Barcha mosh navlarida ekish me'yori 40 kg/ga bo'lganda barg yuzasi yuqori bo'lgan barcha ekish muddatlarida. Ekish muddatlari kechiktirilganda barg yuzasi kamayib borgan.

REFERENCES

1. Atabaeva X.N, Sattarov M.A, Idrisov X.A Sug'oriladigan maydonlarda mosh etishtirishning intensiv texnologiyasi bo'yicha tavsiyanoma. Toshkent 2019

2.Atabaeva X.N, Xudoyqulov J.B O'simlikshunoslik.T "Fan va texnologiya". 2018

3.Dospexov B.A. Metodika polevogo opwta. - M.: Kolos, 1985. - 317 s.

4.Dala tajribalarini olib borish metodikasi 0'zPITI.2007 yil.

5. Idrisov, X. A., & o'g'li soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (phaselus aureus piper.) Navlarining tavsifi. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 17-23).

6. Idrisov, X. A., Atabayeva, X. N. (2022, may). Loviya va mosh ekinlarining umumiy ahamiyati va biologik xususiyatlarini tahliliy o 'rganish. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 8, pp. 644-651).

7. Xalima, A., Xusanjon, I., & Abdulvosid, S. (2022). O 'tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida mosh (Phaseolis aireis piper) ning o 'sishi, rivojlanishi va don hosildorligi. Research and education, 1(2), 373-381.

8. Xusanjon, I., & Abduxolik, K. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko 'chatzorida o 'tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.

9. Abdujabborovich, I. X., Ozodbek, A., Nodirbek, X., & Abrorbek, a. (2022). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (Phaseolus aureus Piper) navlarining simbiotik faoliyatiga ekish muddati va me 'yorining ta'sirini o 'rganish. Science and innovation, 1(1), 615-624.

10. Abdujabborovich, I. X., o'gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (Phaseolus aireus Piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.

11. Abdujabborovich, i. X. (2022). Qozoqi anorning biologik xususiyatlari. Models and methods for increasing the efficiency of innovative research, 2(13), 396-400.

12. Idrisov, X. A., & o'g'li Soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda soya etishtirish texnologiyasini takomillashtirish. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 286-295).

13. Abdujabborovich, i. X., & Gofurovna, r. F. (2022, may). Soya (Glycine hispida l) ning bilogik xususiyatlari va tashqi muxit omillari. In e conference zone (pp. 1-5).

14. Abdujabborovich, i. X., & teshaboyev, a. (2022). Soyaning kolleksiya ko'chatzoridan samarali va maqsadli foydalanishning ilmiy axamiyati. Science and innovation, 1(d3), 286-290.

15. Abdujabborovich, i. X., & o'g'li, x. A. M. (2022). Sholi seleksiyasi bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqot natijalarini tahliliy o 'rganish. Science and innovation, 1(d3), 276-281.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SPECIAL SERIES "SUSTAINABLE FORESTRY" UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

16. Abdujabborovich, i. X., o'g, p. J. G. A., o'g'li, e. K. E., & o'g, d. O. N. M. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratishda nav namunalaridan samarali va maqsadli foydalanishning ahamiyati. Science and innovation, 1(d3), 269-275.

17. Abdujabborovich, i. X., & Mirzamaxsudavich, b. R. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratish bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqotlar. Science and innovation, 1(1), 776-785.

18. Idrisov, x. A. (2022, june). Osiyo loviyasi-mosh (phaselus aureus piper.)-biologik xususiyatlari. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 9, pp. 144-148).

19. Abdujabborovich, i. X., o'gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (rhaseolus aireus piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.

20. Abdujabborovich, i. X., & teshaboyev, a. (2022). Soyaning kolleksiya ko'chatzoridan samarali va maqsadli foydalanishning ilmiy axamiyati. Science and innovation, 1(d3), 286-290.

21. Idrisov, x. A., & karimov, a. A. (2022, july). Mosh (phaselus aureus piper.) Dan yuqori hosil olishda agrotexnik omillarning ahamiyatimosh (phaselus aureus piper.) Dan yuqori hosil olishda agrotexnik omillarning ahamiyati. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 11, pp. 106-111).

22. Xusanjon, i., & abduxolik, k. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko 'chatzorida o 'tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.

23. Abdujabborovich, i. X., o'g, p. J. G. A., o'g'li, e. K. E., & o'g, d. O. N. M. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratishda nav namunalaridan samarali va maqsadli foydalanishning ahamiyati. Science and innovation, 1(d3), 269-275.

24. Abdujabborovich, i. X., & mirzamaxsudavich, b. R. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratish bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqotlar. Science and innovation, 1(1), 776-785.

25. Idrisov, x. A., & o'g'li soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (phaselus aureus piper.) Navlarining tavsifi. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 17-23).

26. Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, Xalbaev Akbar Namozovich. (2022). SOYANING SELEKSIYA KO'CHATZORIDAGI NAV NAMUNALARINI QIMMATLI-XO'JALIK XUSUSIYATLARINI O'RGANISH. MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE, 1(12), 22-25. https://doi.org/10.5281/zenodo.7032183.https://doi.org/10.5281/zenodo.7032183

27. Soyaning nazorat ko'chatzoridagi nav namunalarini qimmatli-xo'jalik xususiyatlarini tahliliy organish. https://academicsresearch.com/index.php/rnsr. "Results of national scientific rasearch" scientific-methodical journal

Volume 1, Issue 4, ISSN:2181-3639, Toshkent 2022 y 5-son,.134-139 betlar, https://academicsresearch.com/index.php/rnsr/ind.

28. Khojamkulova Yulduzoy Jahonkulovna, Kashkaboeva Chulpanoy Tulkunovna, Ibragimov Feliks Yuldashevich. IN RICE (ORIZA SATIVA) VARIETIES THE PLANT GROWS AT DIFFERENT WATER THICKNESSES, WATER CONSUMPTION DURING DEVELOPMENT PERIODS, M 3,_ SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference. https://doi.org/10.5281/zenodo.7028149.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.