Научная статья на тему 'QOTGAN MINERAL OʻGʻITNI MAYDALOVCHI QURILMANING XOʻJALIK SINOVLARI NATIJALARI'

QOTGAN MINERAL OʻGʻITNI MAYDALOVCHI QURILMANING XOʻJALIK SINOVLARI NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Прочие сельскохозяйственные науки»

CC BY
8
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oʻgʻit fraktsiyalari miqdori / agrotexnik talablar / ish unumi / talab etiladigan quvvat / aylanishlar soni / ish rejimi.

Аннотация научной статьи по прочим сельскохозяйственным наукам, автор научной работы — Orinbaeva S.M

Maqolada qotgan mineral oʻgʻit maydalagichning xoʻjalik sinov natijalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QOTGAN MINERAL OʻGʻITNI MAYDALOVCHI QURILMANING XOʻJALIK SINOVLARI NATIJALARI»

QOTGAN MINERAL O'G'ITNI MAYDALOVCHI QURILMANING XO'JALIK

SINOVLARI NATIJALARI Orinbaeva S.M

Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.10938003

Annotatsiya. Maqolada qotgan mineral o'g'it maydalagichning xo'jalik sinov natijalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: o'g'it fraktsiyalari miqdori, agrotexnik talablar, ish unumi, talab etiladigan quvvat, aylanishlar soni, ish rejimi.

Аннотация. В данной статье приведены результаты хозяйственных испытаний твердых минеральных удобрений.

Abstract. This article presents the results of economic tests of solid mineral fertilizers.

Kirish.

Dalaga solish uchun omborlarda saqlanayotgan aksariyat mineral o'g'itlar tashish ishlari to'g'ri olib borilmaganligi, noto'g'ri saqlanishi hamda vaqt o'tishi bilan bir-biriga yopishib, qotib, yirik bo'laklar va palaxsalarga aylanib qoladi. Qotgan o'g'itlarni to'g'ridan-to'g'ri dalaga solib bo'lmasligi uchun ularga maxsus ishlov beriladi. Hozirda O'zbekistonda o'g'itni dalaga solishda qo'llaniladigan texnika vositalari ishlatilganda o'g'it solish jarayoni bir maromda kechmasligi tufayli o'g'itni maydalash uchun qo'shimcha ishchilarni jalb qilish, o'g'it solish tadbirining cho'zilib ketishi va sifati buzilishiga olib kelinmoqda. Bu esa o'z navbatida mehnat, ish vaqti, energiya sarfi va boshqa xarajatlarni ortib ketishiga, mahsulot tannarxining oshishiga olib kelmoqda. Shu jihatdan qotgan mineral o'g'itlarni talab darajasida maydalaydigan energiya-resurstejamkor maydalagichlarni yaratish va joriy etish muhim ahamiyatga ega [1,2,3].

Respublikamiz dehkon va fermer xo'jaliklarida saqlanayotgan mineral o'g'it hajmining uncha katta emasligi, ularni maydalash uchun kichik texnika vositalariga bo'lgan talab ko'payishi hisobga olinib, dehkon va fermer xo'jaliklari uchun qotgan mineral o'g'itlarni sifatli maydalab, o'g'itlarni erga solishga tayyorlash imkonini beradigan kam metall va energiya sarfiga ega resurstejamkor qurilmalar va texnologiyalarni ishlab chiqish bo'yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda [4,5,6].

Tadqiqot uslubiyati.

Tajribalarni o'tkazishdan oldin o'g'itning namligini GOST 8.613-2012 "Удобрения минеральные. Экспрессные методы определения влаги" [7], zichligi va fraktsiya tarkibi bo'yicha GOST 28714-2007 "Машины для внесения твердых минералных удобрений" [8], granula (fraktsiya) tarkibini GOST 21560.1-82 "Удобрения минералные. Метод определения гранулометрического состава" (1-jadval) va va qurilmani aylantirishga talab qilinadigan quvvatga ta'sirini o'rganish O'z DSt 3193:2017 "Qishloq xo'jaligi texnikasini sinash. Mashinalarni energetik baholash usuli" [10] me'yoriy hujjatlar asosida tajribalar o'tkazildi. Qurilma tomonidan maydalangan o'g'it fraktsiyalarining miqdori o'g'it maydalab bo'lingandan keyin teshiklarining diametri 5 va 1 mm bo'lgan maxsus elaklar yordamida o'rganildi. Har bir elakda qolgan va oxirgi elakdan o'tgan o'g'it va o'g'it bo'laklarining massasi LIBOR "EL-600" tarozida tortilib, o'lchami 5 mm dan katta, 1-5 mm oralig'idagi hamda 1 mm dan kichik fraktsiyalar miqdori foizda aniqlandi.

Tadqiqot natijalari va ularning tahlili.

Maydalagichning maydalovchi barabani va unga o'rnatilgan pichoqning tavsiya etilgan

parametrlari 2-jadvalda, ishlab chiqilgan maydalagichning texnik tavsifi esa 3-jadvalda keltirilgan. 1-jadval

Qotgan mineral o'g'itning asosiy fizik-mexanik xossalari

Fraktsiyalar miqdori, % Namligi, % Zichligi, g/sm3

< 50 mm 25-50 mm 10-25 mm >10 mm

40,6 15,7 16,3 27,4 0,45 0,73

2-jadval

Mineral o'g'it maydalovchi qurilmaning parametrlari

T/r Parametrlarning nomlanishi Belgilanishi Qiymati

1. Me'yorlovchi baraban diametri, mm Dm 140

2. Ikkita me'yorlovchi barabanlar orasidagi bo'ylama masofa, mm Im 195

3. Maydalovchi baraban diametri, mm Db 90

4. Maydalovchi barabanning aylanishlar soni, ayl/min nb 900

5. Maydalovchi barabanga o'rnatilgan pichoqning barabandan chiqib turgan qismining balandligi, mm hn 110

6. Maydalovchi barabanga o'rnatilgan pichoqlar soni, dona np 10

7. Barabandagi pichoqlar joylashgan qatorlarning soni, dona nq 4

3-jadval

Ishlab chiqilgan mineral o'g'it maydalovchi qurilmaning texnik tavsifi

T/r Ko'rsatkich nomlanishi Ko'rsatkich qiymati

1. Harakat manbai Elektryuritma (4AM160A4U3)

2. Maydalash tizimi Barabanli

3. Xizmat ko'rsatuvchilar soni, nafar 1

4. Bunkerning sig'imi, m3 0,45

5. Ish unimi, t/soat 1,2

6. Maydalovchi barabanga o'rnatilgan pichoq ko'ndalang kesimining shakli dumaloq

7. Maydalovchi barabanga o'rnatilgan pichoqning diametri, mm 10

8. Maydalash kamerasi korpusining diametri, mm 320

9. Deka teshikchalarining shakli yumaloq ko'zli cho'zinchoq

10. Dekadagi teshikchalar eni, mm 6

11. Qiya joylashtirilgan taxtaning og'ish burchagi, grad 30

12. Tarmoqdagi kuchlanish, V 220

13. Talab etiladigan quvvat, kVt, ko'pi bilan 1,25

14. Qurilmaning gabarit o'lchamlari, mm:

- uzunligi 1200

P P'arametrlari asoslanib, yangi ishlab chiqilgan maydalovchi baraban va unga o'rnatilgan pichoqlar bilan jihozlangan qotgan mineral o'g'itlarni maydalovchi qurilmaning xo'jalik sinovlari Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti tajriba xo'jaligi omborida o'tkazildi.

Sinovlarda qurilmaning quyidagi ish ko'rsatkichlari aniqlandi:

- o'lchami 1-5 mm oralig'idagi o'g'it fraktsiyalarining miqdori, %;

- o'lchami 1 mm dan kichik o'g'it fraktsiyalarining miqdori, %.

O'tkazilgan sinovlarda qotgan mineral o'g'it sifatida ammiakli selitra tanlab olindi. Rasmda mineral o'g'it maydalovchi qurilmaning ish jarayonidagi umumiy ko'rinishi tasvirlangan. Olingan natijalar 4-jadvalda keltirilgan.

Rasm. Mineral o'g'it maydalovchi qurilmaning ish jarayonidagi umumiy ko'rinishi

4-jadval

Ishlab chiqilgan mineral o'g'it maydalovchi qurilmaning xo'jalik sinovlari natijalari

Ko'rsatkich qiymati

T/r Ko'rsatkich nomi va birligi Agrotexnik talablar bo'yicha Sinov natijalari bo'yicha

1. O'lchami 1-5 mm oralig'idagi o'g'it fraktsiyalarining miqdori, % 94 95,4

2. O'lchami 1 mm dan kichik o'g'it fraktsiyalarining miqdori, % 6 4,6

Keltirilgan ma'lumotlar bo'yicha qotgan mineral o'g'itlarni maydalovchi qurilmaning ish ko'rsatkichlari unga qo'yilgan agrotexnik talablarga to'liq mos keladi. Qurilmaning ish jarayonida o'lchami 1-5 mm oralig'idagi o'g'it fraktsiyalarining miqdori 95,4 foiz, o'lchami 1 mm dan kichik o'g'it fraktsiyalarining miqdori esa 4,6 foizni (agrotexnik talablar bo'yicha o'lchami 1-5 mm oralig'idagi o'g'it fraktsiyalarining miqdori kamida 94 foiz, o'lchami 1 mm dan kichik o'g'it fraktsiyalarining miqdori ko'pi bilan 6 foiz bo'lishi kerak) tashkil etdi.

Qurilmaning asosiy vaqtdagi ish unumi 1280 kg/soat, smena vaqtidagi ish unumi 1250 kg/soat, ekspluataciya vaqtidagi ish unumi esa 1290 kg/soat ni tashkil etdi.

Xo'jalik sinovlari vaqtida qurilmani aylantirishga talab etiladigan quvvat eksperimental tadqiqotlarga nisbatan biroz yuqori bo'lib, 1,09 kWt ni tashkil etdi.

Taklif va tavsiyalar.

Olingan natijalardan ko'rinib turibdiki, ishlab chiqilgan qotgan mineral o'g'it maydalovchi qurilma tavsiya etilgan parametr va ish rejimlarida ishlatilganda uning ish sifat ko'rsatkichlari belgilangan talablarga to'la javob beradi.

REFERENCES

1. Оринбаева С.М. Майдаловчи барабанга урнатилган пичок кундаланг кесими шаклининг угитнинг майдаланишига таъсири // International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers ISSN: 2945-4492 (online) | (SJIF) = 7.502 Imact factor Volume-111 Issue-111 2023 Published: |22-11-2023|.

2. Хамидов Н. М. Актуальные проблемы и перспективы агроинженерных исследований //Молодой ученый. - 2019. - №. 15. - С. 74-76.

3. Tukhtakuziev Abdusalim, Ibragimov Abdirasuli Abdikarimovich, Khamidov Nurmukhammad Muxtarovich, & Eshdavlatov Akmal Eshpulatovich. (2022). The Results of Experimental Studies on the Determination of the Optimal Values of the Parameters of Levels Mounted on Vegetable Seeding Machine. Eurasian Journal of Engineering and Technology, 5, 17-22.

4. Nurabaev B. U., Xamidov N. M., & Niyetullaev A. Q. (2022). STUDYING THE TERMS OF PRODUCTION AND USE OF A COMBINED SEEDER. Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development, 9, 402-405.

5. Хамидов, Н. (2022). Сабзавот экинлари уругларини экадиган сеялка пуштаолгичининг турини танлаш буйича утказилган дала синовлари натижалари.

6. Хамидов Н. М. Ресурсосберегающие технологии выращивания сельскохозяйственных культур //Традиции и инновации в развитии АПК. - 2019. - С. 511-517.

7. ГОСТ 8.613-2012 Удобрения минеральные. Экспрессные методы определения влаги -Москва, 2013. - 18 с.

8. ГОСТ 28714-2007 Машины для внесения твердых минеральных удобрений - Москва, 2008. - 44 с.

9. Хамидов Н. М. Обеспечение эксплуатационной надежности сельскохозяйственной техники //Традиции и инновации в развитии АПК. - 2019. - С. 530-534.

10. Хамидов Н. Параметры комбинированного ботвоуборочного агрегата //Международная научно-техническая конференция молодых ученых БГТУ им. ВГ Шухова. - 2018. - С. 2234-2236.

11. Хамидов Н. Теоретическое исследование устойчивости движения комбинированного машинно-тракторного агрегата //Студенческая наука Подмосковью. - 2018. - С. 601-

602.

12. ГОСТ 21560.1-82 Удобрения минералные метод определения гранулометрического состава - Москва, 1983. - 17 с.

13. O'z DSt 3193:2017 ^ишлок хужалиги техникасини синаш. Машиналарни энергетик бах,олаш усули - Тошкент, 2017. - 14 б.

14. Xamidov N.M. Tuproqqа tаsmаli ishlov berаdigаn vа chigit ekаdigаn kombinаtsiyalаshgаn аgregаt// "Qurilish va ta'lim" ilmiy jurnali. - 2023-10-18. - B. 248-251.

15. Muxtarovich X. N. Sаbzаvot Yetishtirishdаgi Muаmmolаming Sаmаrаli Yechimi //AMALIY VA TIBBIYOT FANLARI ILMIY JURNALI. - 2023. - Т. 2. - №. 12. - С. 144-145.

16. Хамидов Н. М. ПИЁЗ ЭКИЛАДИГАН ПУШТАЛАРНИНГ УЛЧАМЛАРИНИ НАЗАРИЙ АСОСЛАШ //Gospodarka i Innowacje. - 2023. - Т. 42. - С. 136-139.

17. B.U. Nurabaev, N.M.Xamidov and A.S. Baltaniyazov 2024. TO THE DETERMINATION OF THE TRACTION RESISTANCE OF THE EXPERIMENTAL WORKING BODY OF THE CULTIVATOR. European Journal of Agricultural and Rural Education. 5, 1 (Jan. 2024), 22-26.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.