Научная статья на тему 'PUSHKIN ASARLARIDA DINIY MOTIVLAR'

PUSHKIN ASARLARIDA DINIY MOTIVLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qur’on / iqtibos / Muhammad / sharq she’riyati / sharqona voqelik va g’arbona lirik marom / suralar. / Koran / quotation / Mohammad / Oriental poetry / oriental events and western lyrical marble / suras.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sayimova M.L.

Mazkur maqolada rus shoiri Pushkin ijodida diniy motivlar qay darajada aks etganligi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RELIGIOUS MOTIVES IN PUSHKIN'S WORKS

This article dicusses the extent to which religious motives are reflected in the work of the Russian poet Pushkin

Текст научной работы на тему «PUSHKIN ASARLARIDA DINIY MOTIVLAR»

Sayimova M.L.

Amaliy filologiyayo'nalishi 3-kurs talabasi Qarshi Davlat universiteti

PUSHKIN ASARLARIDA DINIY MOTIVLAR

Annotatsiya. Mazkur maqolada rus shoiri Pushkin ijodida diniy motivlar qay darajada aks etganligi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Qur'on, iqtibos, Muhammad, sharq she'riyati, sharqona voqelik va g'arbona lirik marom, suralar.

Sayimova M. L.

3rd year student of applied philology Karshi State University

RELIGIOUS MOTIVES IN PUSHKIN'S WORKS

Annotation. This article dicusses the extent to which religious motives are reflected in the work of the Russian poet Pushkin

Keywords: Koran, quotation, Mohammad, Oriental poetry, oriental events and western lyrical marble, suras.

Islom dini bugungi kunda keng tarqalgan dinlardan biridir. U barcha millatlarni birlashtirib, teng, yor-u birodar bolib, tinch yashashlarini o'rgatadi. Qur'oni karim va hadislar dinimizning asosini tashkil qiladi. Islom paydo bo'lganidan beri uni qanchadan-qancha olimlar o'rganmoqdalar hamda u Sharq va G'arb shoir-u yozuvchilari ijodiga ham o'z ta'sirini o'tkazgan. Buyuk rus adibi Lev Tolstoy nafaqat Qur'onni, balki hadislarni ham o'rganishga katta qiziqish bildirgan. Buyuk Tolstoy hattoki islom dinini qabul qilganligi ma'lum. Yana bir mashhur rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin ham islom diniga qiziqqan. Bu uning Shimoliy Kavkaz, Qrim va Bessarabiya bo'ylab sayohatlari paytida sodir bo'lgan. U musulmonlarning madaniy yodgorliklarini ko'rdi, duolarini tinglab, kuzatdi va ular haqida fikr yuritdi. Shu sababli ham uning "Kavkaz asiri", "Bog'chasaroy fontani" kabi she'rlari paydo bo'ldi, keyinchalik esa "Qur'onga iqtibos" asarini yozdi. Pushkinning Sharqqa, Islomga va payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ga bo'lgan yorqin munosabati zamondoshlarini ham lol qoldirgan. Do'stlari, tanishlari uni "Muhammadning havoriysi" deb atashgan.

Abdulla Oripov Pushkinning "Tanlangan asarlar"i so'zboshisida quyidagi fikrlarni aytib o'tgan: "Pushkin she'riyati har jihatdan- shaklan, ruhan va ma'nan sharq she'riyatiga yaqin. Uning ayrim to'rtliklari teranligi, ma'nosining chuqurligi, falsafiyligi bilan bizning ruboiylarni eslatib turadi. Uning she'riyati sharq ruhi bilan chuqur sug'orilgan, desak mubolag'a bo'lmaydi. Hassos shoirimiz Usmon Nosir ona tilimizga o'girgan "Bog'chasaroy fontani" dostoni

mazmun-mohiyati bilan sharqdan olingan. Doston sahnida ikki kuch-sharqona voqelik va g'arbona lirik marom baqamti kelib, yaxlit bir butunlik hosil qilgan. "Qur'onga iqtibos" she'riy turkumi esa musulmon olamining muqaddas kitobidagi suralar mag'zidagi buyuk poeziyani ilg'ab olib, boshqa bir tilda ulug' she'riyatga aylantirish jihatidan shoyon diqqatga sazovor. Pushkin bu turkumda bobolari ruhi bilan uchrashganini his qilgan, erkin nafas olgan. Shundan ikki yil keyin yozilgan mashhur "Payg'ambar" asarida hozirgacha kim haqida gap borayotganligi ustida bahs ketadi, ba'zilar uni faqat Bibliyaga bog'lashsa, boshqa birovlar unda Qur'on va payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom haqida so'z yuritilgan, deyishadi. Bizningcha, ikkinchi fikr haqiqatga yaqin va shoir hamma payg'ambarlar, ayniqsa, bizning Muhammad alayhissalomga tayanib, odamlarga ezgu xabar, yoniq so'z olib kelgan payg'ambarning yig'ma obrazini yaratgan deyish mumkin.

Dashtda yotar edim murda misoli, Vahiy tushdi ko'kdan- tangri maqoli: "Qo'zg'al, ey payg'ambar, menga quloq sol, Irodam-la to'lib haqlik taratgil, Dengizda, tuproqda aylan, ayt maqol, So'z aytib insonlar qalbin yoqa bil".

("Payg 'ambar " she 'ridan, 1826-yil.) Bizga ma'lumki, dinimizda payg'ambarimizga vahiy tushgan va u kishiga adolatni qaror toptirish, dinni yoyish yuklatilgan. Buni esa o'z-o'zidan yuqoridagi fikrning isboti deyishimiz mumkin.

Shu o'rinda Aleksandr Pushkinning Sharqqa nisbatan qiziqishi uning Rossiya janubi - Shimoliy Kavkaz va Qrimga amalga oshirgan sayohatlari paytida tug'ilganini aytib o'tish mumkin. Mazkur safarlari mobaynida ana shu hududlardagi masjidlarga kirib ko'rgan shoir u yerda ibodat qilayotgan musulmonlarni kuzatdi, ularning tilovatlarini eshitdi, turmush tarzlarini o'rgandi. Ayna o'sha paytlarda ijodkor qalbida «Kavkaz asiri», «Bog'chasaroy fontani», shuningdek, «Qur'onga iqtibos» she'riy asarlarni yozish fikri uyg'ongan bo'lsa, ajabmas.

Pushkinning Sharqqa bog'lanib qolgani, Islom diniga, Rasulluloh solallohu alayhi vassallamga maftunligi uning zamondoshlarini befarq qoldirmadi, albatta. «Sharq kalomi men uchun andozaga aylandi, - deya e'tirof qilgan edi u shoir Denis Davidovga yozgan maktubida. - Bundan biz - ehtiyotkor va sovuqqon ovrupaliklar qanchalik foydalanishimiz mumkinligini bilsangiz edi». Do'stu birodarlar Pushkinni «Muhammadning havoriysi» deb atab, shoirning ajdodlari arablarga borib taqalishi bejiz emas ekanligi haqida yozishardi. O'z navbatida, Pushkin arab bobosiga mansub ajdodlar shajarasining to'rtinchi bo'g'ini bo'lganini ta'kidlab o'tish joiz. YA'ni Pushkinning onasi Nadejda, Nadejdaning otasi Osip, Osipning otasi Ibrohim ibn Hanbal (Gannibal)* edi.

Pushkin Mixaylovskoye qishlog'ida yashagan davrida (1824-yil) Ibrohim Hanbalning Pyotr ismli ikkinchi o'g'li tirik bo'lgan. Aleksandr katta buvasi bilan

bog'liq ma'lumotlarni mana shu keksa amaki-bobosidan olgan. Pushkinning tomirlarida oqib turgan habash qoni uni hamisha Sharq o'lkalariga tortar, hatto u janubda surgunda yurgan paytlarida Sharqqa qochib ketishni ham xayolidan o'tkazgan. Shu vaqtda u Konstantinopolni ko'rishni, Afrika osmoni ostida sayr qilishni orzu qilgan. Shoirning raqiblari uni masharalab, «Iskandar Afrikaviy» deb atashardi.

Adabiyotshunos olima Dilbar Qambarova «Qur'on baxsh etgan ilhom» degan kitobida ta'kidlashicha, Pushkin Qur'on ta'limoti haqidagi dastlabki ma'lumotlarni litseyda tahsil olib yurgan paytida, ta'lim maskani mudarrisi, sharqshunos olim I.Kaydanov ma'ruzalari va darsliklaridan olgan. Lekin 1824-yilga kelibgina, ya'ni Mixaylovskoye qishlog'iga surgun qilingan paytda Qur'onni mustaqil o'rganish va ilmiy jihatdan o'zlashtirishga muvaffaq bo'lgan. Bu vaqtda Pushkin bu ulug' kitobning M.Veryovkin tarjimasidan foydalangan. Qur'ondagi mo'jizaviy ilohiy qudrat shoirning she'riy tafakkuri lavhiga muborak so'zlarni naqsh o'ygandek o'chmas qilib chizadi. Natijada «Qur'ondan iqtibos» asari dunyoga keladi. Asar Pushkinning juda teran mulohazalari asosida tuzilgan.

She'riy turkum to'qqiz iqtibos - bo'limdan iborat bo'lib, ushbu maqolada ularning ayrimlarini tahlil qilishga harakat qilamiz.

Masalan, shoir asarning birinchi iqtibosida Rasululloh sollallohu alayhi vassalam hayotlarining boshlang'ich davri haqida ma'lumot beradi va she'rni yozish davomida Qur'onning bir nechta suralardagi oyatlardan foydalanadi:

Клянус четой и нечетой,

Клянус мечом и правой битвой,

Клянус я утренней звездой,

Клянус вечернею молитвой.

Клянус четой и нечетой...

(Qasamyod etaman) juft va toq narsalarga (Fajr surasi, 3-oyat).

Клянус я утренней звездой...

(Nuri оЧМг yulduz bilan (qasamyod etaman) (Toriq surasi, 3-oyat).

Клянус вечернею молитвой...

(Asr (namozi)ga qasamki (Asr surasi, 1-oyat).

Birinchi bo'limning ikkinchi bandidan boshlab bevosita «Zuho» surasining mazmuni bayon qilinadi. Ma'lumki, «Alaq» surasining dastlabki besh oyati nozil bo'lganidan keyin vahiy uzilib qolgan.

Jabroil alayhissalom Qur'on oyatlarini xabar qilmay qo'ygan. Ushbu oyati karima Qur'onning birinchi oyatlari nozil bo'lganidan keyin Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bir muddat vahiy tushmay qolib, u zot alayhisalom mahzun bo'lganlarida, mushriklar «Muhammadning Robbisi unga g'azab qildi, uni tark etdi», deb gap tarqatganlarida raddiya sifatida tushgan. Alloh taolo O'zining maxluqotlaridan bo'lmish choshgoh va tun bilan qasam ichib, Payg'ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga g'azab qilmaganini va u zotni tark ham etmaganini ta'kidlamoqda. Vahiyning bir muddat uzilib qolishi esa

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning unga shavqlarini yana ham oshirish uchun bo'lgan, xolos:

Aytchi, seni qachon tark etdim, Men go'shai taskin ichra ayt, Boshin silab kimni berkitdim, Sinchil nigoh ta'qib etgan payt. Men emasmi, sen tashna uchun Sahro suvin yo'qdan bor qilgan? Men emasmi, tilingni butun Aqllarga hukmdor qilgan? Mardona bo'l, yov bilan yolg'onni Haq yo'lidan dadil yur marg'ub Yetimlarni suyub, Qur'onni Qullarimga aylagil targ'ib.

Uchinchi iqtibosning bir bandini shoir «Baqara» surasining 256-oyatiga bag'ishlaydi. Mazkur oyatda Alloh taolo: «Dinga majburlash yo'q», deb ta'kidlaydi. Pushkin bu qur'oniy qoidani quyidagicha yozadi: С небесной книги список дан Тебе, Пророк, не для строптивих; Спокойно возвешай Коран, Не пробуждая нечестивих! Kalomulloh, senga, payg'ambar, Berilmagan shakkoklar uchun. Targ'ib ayla Qur'onni magar Osiylarni zo'rlamoq nechun.

Uchinchi iqtibosning keyingi bandlarani yozishda Pushkin «Abasa» surasining 17 - 31 oyatlarini asos qilib olgan. Mazkur oyatlarda Alloh in'om etgan rizq-ro'z uchun Rabbiga shukrona keltirish o'rniga o'zini yaratgan - yo'qdan bor qilib, so'ng o'ldiruvchi, qiyomat kuni qayta tiriltiruvchi Xoliqni tan olmaydigan darajada tug'yonga ketgan kishilarning itob etilishi batafsil bayon etilgan:

«Insonga la'nat bo'lsin, buncha ham kofir bo'ldi-ya! U Zot uni qaysi narsadan yaratdi? Uni nutfadan yaratdi va uni o'lchovli qildi. So'ngra (chiqish uchun) yo'lni oson qildi. So'ngra uni o'ldirdi va qabrga kiritdi. So'ngra qachon xohlasa, uni qayta tiriltiradi. Yo'q! U (U Zot) unga buyurgan amrni bajarmadi.

Inson taomiga bir nazar solsin. Biz suvni rosa quyib qo'ydik. So'ngra yerni o'ziga xos yordik. Unda donni o'stirdik va uzum va ko'katlarni va zaytun va xurmolarni va quyuq, qalin bog'u bo'stonlarni va meva-chevayu o't-o'lanlarni...»

Kekkayadi nechun inson ziyoda? Bu olamga odam yalong'och kelib, Besh kungina yashab foniy dunyoda, O'lgani uchunmi ojiz, ojiz tug'ilib? Avval solib o'lim girdobiga,

So'ng jon ato etganigami? Quvonch, g'amin yozib arsh kitobiga Qismatiga jo etganigami? YO bergani uchunmi rizq-ro'z, Zaytunni ham, xurmo, nonni ham, Mehnatni olqishlab beso'z, Tokzorni ham, paykal donni ham.

«Abasa» surasining 33 - 42-oyatlarida qiyomat kuni Isrofil alayhisalom surni (ikki marta) chalishlari, ikkinchi sur chalinganidan keyingi sodir bo'ladigan manzaralar haqida bayon etiladi:

«Vaqtiki kar qiluvchi ovoz kelsa, u Kunda kishi o'z aka-ukasidan qochadi va onasi va otasidan va xotini va bola-chaqasidan. U Kunda ulardan har bir kishini ovora qiluvchi o'z ishi bor. U Kunda porloq chehralar bor - kuluvchilardir, xushxabardan xursandlar. U Kunda g'ubor bosgan chehralar bor - ustini zulmat qoplagan. Ular - ana o'shalar kofirlar va fojirlardir».

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. A.S.Pushkin. "Tanlangan asarlar". - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1999. -B.5

2. https://islom.uz/maqola/20716https://islom.uz/maqola/20716 «X,H-non» ^ypHanHHHHr 3(48) coHHgaH

3. www.kh-davron.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.