Научная статья на тему 'AʼZAM OʻKTAM IJODIDA BADIIY SANʼATLAR'

AʼZAM OʻKTAM IJODIDA BADIIY SANʼATLAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
105
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy san’at / hadis ilmi / she’riyat / A’zam O’ktam / munaqqid / fine art / science of hadith / poetry / Azam Uktam / critic

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Jo’Rayeva, Gavhar Eshqobilovna

Mazkur maqolada A’zam O‘ktam ijodidagi ilmiy-ma’rifiy she’rlarida hadislar mazmunini tushuntirishda she’riy vositalardan foydalanganligi tahlil qilingan. A’zam O‘ktam she’rlarida barcha badiiy san’atlardan keng foydalanilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FINE ARTS IN THE CREATION OF AĐZAM OKTAM

In this article: Azam Oktam used poetic tools to explain the content of hadiths in his religious-educational poems.All artistic arts were widely used in Azam Oktam’s poems.

Текст научной работы на тему «AʼZAM OʻKTAM IJODIDA BADIIY SANʼATLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

A'ZAM O'KTAM IJODIDA BADIIY SAN'ATLAR

Jo'rayeva Gavhar Eshqobilovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti nodavlat ta'lim muassasasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada A 'zam O 'ktam ijodidagi ilmiy-ma 'rifiy she 'rlarida hadislar mazmunini tushuntirishda she 'riy vositalardan foydalanganligi tahlil qilingan. A 'zam O'ktam she 'rlarida barcha badiiy san 'atlardan keng foydalanilgan.

Kalit so'zlar: badiiy san 'at, hadis ilmi, she'riyat, A 'zam O 'ktam, munaqqid.

ABSTRACT

In this article: Azam Oktam used poetic tools to explain the content of hadiths in his religious-educational poems.All artistic arts were widely used in Azam Oktam's poems.

Key words: fine art, science of hadith, poetry, Azam Uktam, critic

АННОТАЦИЯ

В этой статье: Азам Октам в своих религиозно-просветительских стихах использовал поэтические средства для освещения содержания хадисов.В стихах Азама Октама широко использовались все художественные искусства.

Ключевые слова: изобразительное искусство, хадисоведение, поэзия, Азам Октам, критик.

KIRISH

XX asming 20-yillarida yangi ovoz, yangi qon bilan adabiyotga kirib kelib, milliy she'riyatimiz osmonida porlagan shoirlar qattol tuzumning 30 -yillariga kelib, qatag'on qurboni bo'lishdi. Biroq buyuk xalqimiz yangi iste'dodlarni maydonga keltirdi. Xususan, munaqqidlar 60-yillar avlodi o'laroq e'tirof etadigan Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Omon Matjon kabi shoirlar ijodi sovetcha siyosiy mafkuralar, sinflar, kommunistik partiya ruhi majburan singdirilgan, asl adabiyot va umuminsoniy g'oyalar taqiqqa uchragan murakkab siyosiy davrda o'zbek she'riyatida yangi davrni boshlab berdi. Insonlar tuyg'ularini adabiyotning azaliy va abadiy vazifalari tomon yo'naltirdi. Va ularning ijodi yangi, kurashchan, haqiqatgo'y, millatparvar, erkparast shoirlar avlodi yetishib chiqishini tezlashtirdi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Uzoq va boy tarixga ega bo'lgan adabiyotimizda badiiyat masalasiga alohida ahamiyat berilgan. "U yoki bu ijodkor salohiyati haqida so'z borganda, uning nimalarni tasvirlagani emas, asosan, qanday tasvirlaganiga e'tibor qaratilgan"1. Mumtoz adabiyotimizda ilmi qofiya, ilmi bade', ilmi aruz kabi unsurlar borki, bugun ham she'r badiiyatini ziynatlashga xizmat qilib kelmoqda. Atoulloh Mahmud Husayniyning "Badoyi'u-s-sanoyi" (1981) asari ham bu boradagi muhim manba sanaladi. XX asrda ham bu sohadagi ishlar izchil davom ettirildi. Abdurauf Fitratning "Adabiyot qoidalari" (1924), Vahob Rahmonovning "She'riy san'atlar" (1962), Alibek Rustamovning "Qofiya nima?" (1976), Anvar Hojiahmedovning "Mumtoz badiiyat malohati" (1998), Yoqubjon Is'hoqovning "So'z san'ati so'zligi" ( 2016) kabi qator ilmiy-nazariy asarlari shular jumlasidandir. She'r badiiyati yetukligini ta'minlab turgan badiiy san'atlarning eng daqiq qirralarini aniqlash uchun ham ushbu asarlarga murojaat qilamiz. Mustaqillik yillarida yaratilgan diniy-ma'rifiy she'rlar ham badiiyatining yuksakligi tufayli alohida ahamiyat kasb etadi.

Keyingi davrlarda o'zbek she'riyatiga kirib kelgan bir guruh shoirlar avlodining shartli mansublik davri - "Turg'unlik yillari" va mustaqillik yillari o'laroq "80-90-yillar avlodi" deya tasniflanadi. Bu davrda ulug' salaflariga ergashib, yangicha poetik jilva bilan porlagan Mirzo Kenjabek, Chori Avaz, Sirojiddin Sayyid, Eshqobil Shukur, Abduvali Qutbiddin, Muhammad Yusuf, Aziz Said, Bahrom Ro'zimuhammad, Nazar Shukur, Tilak Jo'ra, Karim Bahriyev, A'zam O'ktam, Iqbol Mirzo kabi o'zbekning o'nlab zabardast shoirlarining chiqishlari o'zbek matbuotida shov-shuv bo'ldi. Ular murakkab ijtimoiy-siyosiy davrda she'riyatning asl ohanglari barobarida mustaqillik g'oyalarini baralla tarannum etdilarkim, ushbu she'rlar baayni g'oyaviy daldaga ehtiyojmand minglab qalblarga, ta'bir joiz bo'lsa, mayoq bo'ldi.

Xususan Fozil Zohidning "Visol manzili" she'ri to'liq talmehlar2 asosiga qurilgan. Ushbu talmehlar vositasida shoir Fariduddin Attorning "Tazkirat ul-avliyo" hamda Alisher Navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat" asarlarida zikr etilgan Ja'far Sodiq, Sulton Uvays, Boyazid, Xaraqoniy, Formadiy, Yusufi Hamadoniy, Kubro, G'ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Samosiy, Termiziy, Romitoniy, Zangi ota, Attor, Rumiy, Halloj, Adham, Charxiy kabi bir qancha shayxlar va valiylarning, ya'ni tarixiy shaxslarning muborak ismlarini istifoda etadi:

Qosim ibn Muhammad, Ja'far Sodiq,

^ожиа^медов А. Мумтоз бадиият мало^ати. -Тошкент: Шарк, 1998. - Б.4.

2Талмех (ар.- чакмок чакиши, куз кирини ташлаш, назар солмок)-мумтоз адабиётдаги шеърий санъат, шеърда машхур тарихий вокеа, шахслар, бадиий асарларга ишора килиш. Адабиётшунослик лугати / /Д.Куронов, З.Мамажонов, М.Шералиева. - Тошкент: Академнашр, 2013.- Б.307.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Erdilar sohibi ganji haqoyiq.

Yoki:

Buxoriy, Termiziylar ustod bo'lib,

Payg'ambar so'zlari qoldi yod bo'lib.

Bunda valiydan xoli tuproq yo'qdir,

Ahlulloh barchasi Haqqa yovuqdir.

Romitoniy, Shayx Muxtor, Charxiy, Ahror,

Zangi ota, Sulaymon, Mahmud Piryor...3.

Ma'lumki, Fariduddin Attorning "Tazkirat ul-avliyo" asari Ja'far Sodiqning, Alisher Navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat" asari esa Uvays Qaraniyning muborak ismlari bilan ibtido topadi."Tazkirat ul-avliyo" da Ja'far Sodiq4ning sifatlari batafsil keltiriladi. Keyingi misralardagi Buxoriy, Termiziy talmehlari islom olamida Qur'oni karimdan keyingi ikkinchi ishonchli manba sanalgan muhaddis olimlarning "Sahihi Buxoriy" va "Sunani Termiziy" asarlariga ishora qiladi. Shoir navbatdagi qo'sh misrada bu yurt tuprog'i dunyo tamadduniga ulkan hissa qo'shgan zakiy zotlarni yetishtirib bergan muqaddas zamin ekanligini ta'kidlaydi va valiy zotlarning ismlarini sanash orqali go'zal talmehlar yaratib, mantiqning ta'sirchanligini oshirishga erishadi. Bundan tashqari, muallifningAbu Bakr, Qosim ibn Muhammad, G'ijduvoniy, Mir Kulol, Shayx Muxtor, Ahror, Sulaymon, Mahmud Piryor, Sulton Uvays, G'azzoliy kabi tarixiy shaxslarning muborak ismlarini keltirishiga asosiy sabab va uning maqsadi, bu talmehlar orqali islom olamida mashhur bo'lgan buyuklarning nomlarini shunchaki sanash emas, lirik syujetdagi o'y-fikr va his kechinma rivojini ta'sirli ifodalash orqali she'r g'oyasini o'quvchi qalbiga muhrlash, ilmu irfondan xabardor etish, avliyoyu anbiyo zotlarning vorisi ekanligini ta'kidlash va badiiy adabiyotning asosiy tarbiya vositasi ekanligi vazifasini ham ko'zlangan maqsadi yo'lida safarbar etganini bilib olish mumkin. Biroq masalaning ikkinchi bir tomoni borki, shoir qo'llagan talmehlar orqali badiiy ifodadagi ta'sirchanlik oshadi, ammo me'yor buzilishi natijasida she'r mazmuniga putur yetadi.

Sirri haqiqatga Giloniy mahram,

Haq fazlidir maqomi "g'avsul a'zam" 5

Shoir Giloniy deb e'tirof etayotgan shaxs aslida mashhur Qodiriya tariqatining asoschisi, xalq orasida "g'avsul a'zam" nomi bilan tanilgan karomatgo'y, valiy inson, ya'ni tarixiy shaxs Abdulqodir Giloniydir6.

33oxugoB Ca6p ry^u. - TomKeHr: Myxappup, 2013. - E.75-77

4 y naHraM6ap Mu^ara cyrnoHu, naHraM6apOTK HumoHHHHHr xy^^aru, cagorçarau OIHM, aB^uë^ap gu^HHHHr MeBacH, naHraM6ap^ap cannuguHUHr ^uraprymacu, xa3paru AOTHUOT HeBapacu, nanraM6ap BopucuHHHr aBBa^rucu, opu$ Ba omuR 30t - A6y MyxaMMag ^kb^apu CoguRgup^ap // ®apugygguH Arrop. Ta3Kupar y^-aB^uë. -TomKeHT: F.Fy^OM HOMugaru HampuëT-Mar6aa u^ogun ynu, 2012.- E.19

53oxugoB Ca6p ry^u. - TomKeHr: Myxappup, 2013. - E.78

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Yoki:

Salmoni Forsiydan angla, uq ma'no,

Oriflarga rahnamo u, muqtado7.

Salmon Forsiy haqida Abu Iso Termiziyning "Sahihi Termiziy" asarida ma'lumotlar keltirilgan8.

Islom dini tarixida Salmon Forsiy (roziyallohu anhu) haqida "Fotiha"surasini fors tiliga tarjima qilgani va undan Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam xabardor bo'lib, bunga ijozat berganlari ma'lum. Shoirning she'rda Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning muborak nomlari va sifatlari hamda ul zotning ilmidan, ibratli hayotidan, yo'l yo'riqlaridan voqif bo'lgan Abu Bakr (roziyallohu anhu) va undan so'ng Salmon Forsiy (roziyallohu anhu)larni e'tirof etishi lirik qahramonning shoir shaxsiyati bilan bir butunlik kasb etishini izohlaydi, ya'ni shoirning ma'naviy olami betakror islomiy g'oyalar ruhi bilan sug'orilganiga guvoh bo'lamiz.

Shundan anglashiladiki, she'rda ifodalanayotgan lirik qahramon tabiati botinida muqaddas dinimiz tarixini, uning arkonlarini puxta o'zlashtirgan, mustahkam ilohiy bilimlarga ega shoir shaxsiyati turadi.

Akademik Izzat Sulton lirik qahramonga shunday ta'rif beradi: "Lirik qahramon - lirik asarda kechinmalari tasvirlanayotgan kishi shoirning umumjamiyat uchun qimmatli his va fikrlarini tashuvchi shaxsdir. U shoir shaxsi bilan estetik idealning quymasidir"9.

Darhaqiqat, lirik qahramon tabiati botinida eng avvalo shoir ruhiyati aks etadi. Shoirning lirik "men"i, eng avvalo, tasavvuf nima ekanligini, haqiqiy oriflik maqomiga yetish uchun barcha bosqichlardan o'tish yo'llarini yaxshi bilgan, avliyo -yu anbiyolar ibratidan namuna olgan pokdomon shaxs sifatida harakatlanadi.

Ma'lumki, "Tasavvuf, eng avvalo, nafs lazzatlaridan kechib, qalb va ruh sevinchlariga erishmoq yo'lidir"10. Lirik qahramon Ollohning vasliga faqat qalb va ruh pokligi bilangina yetishish mumkinligini chuqur anglaydi, shu bois uning tilidan

6 Крдирия тарикати. Ислом оламида кенг таркалган тарикатлардан бири. Асосчиси ва пири Абдулкодир Гилоний (1160м.й.в.э.) булиб, "гавсул аъзам", "гавсул сакалайн" каби сифатлар билан танилган. Унинг кунияси Мудйиддин Абу Мудаммад ибн Аби Солид булиб, насаби дазрати Алига бориб такалади.Эроннинг Гийлон шадрида дунёга келган // Усмон Турар. Тасаввуф тарихи. -Тошкент: Истиклол, 1999. - Б. 104

7Зодидов Ф. Сабр гули. - Тошкент: Мударрир, 2013. - Б.75

8 Абу Абдулло Салмон ал Форисий садобалардан. Расулуллод (саллаллоху алайди ва саллам) мавлолари.Асли исфадонлик. Дин кидириб сафарга чиккан. Мажусий динидаги отасидан кочган.Аввал насроний динига кириб, бир неча вактдан кейин Мадинага бориб, ислом динини кабул этган. Хандак жангида катнашди. Мадоин шадрига (Ирокда) доким булганда, буйра тукиб сотиб, уз меднати эвазига тирикчилик утказган; маошини мудтожларга садака килган. 36 дижрий (658 мелодий) йилда вафот этди. Бир канча дадислар ривоят килди // Термизий, Абу Исо.Садиди Термизий. -Тошкент: F.Fулом номидаги адабиёт ва санъат, 1993.- Б.86

9Султон И. Адабиёт назарияси. -Тошкент: Укитувчи, 1986. - Б. 262.

10Х,аккул, Ибродим. Ирфон ва идрок.-Тошкент: Маънавият, 1998.- Б.116

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

aytilayotgan" ilmi dildan sir bildir" degan murojaatlar endi uning butkul nafs lazzatlaridan forig' bo'lganligini ifodalaydi, qolaversa, lirik "men"ning haqiqiy qalb sohibi ekanligi quyidagi misralarda, ya'ni lirik syujetning boshlanmasida aks etadi: Tasavvuf ilmi dindir, ilmi dildir, Mavlom, manga ilmi dildan sir bildir11.

Haqiqiy musulmonning iymon kalimasi bo'lgan "La ilaha illalloh" Fozil Zohidning bir necha she'rlarida iqtibos12 sifatida qo'llangan: La ilaha illalloh, la ilaha illalloh!

Qavmim! Men musulmonman, barchalaring bo'l ogoh!13. yoki

"La ilaha illalloh" deganni g'olib ayla, Toatga rog'ib ayla, vaslingga tolib ayla14.

Yuqorida keltirilgan misralar "Sabr guli" manzumasidan olingan bo'lib, shoir saodat asrida Muhammad (sallallohu alayhi vasallam)ning kuyovlari, Zaynab (roziyallohu anho)ning jufti haloli, mushriklardan bo'lgan Abul-Osning musulmon bo'lganligini she'riy yo'lda bayon etadi. Dedim, iblis sharridan asra, Olloh, Tilga keldi "La ilaha illalloh"15.

Ushbu misralar ham "Robitai mavt" she'ridan olingan bo'lib, insonning bu dunyodan rihlati tasviri aks ettirilgan. Lirik qahramon o'lim haq ekanligini ta'kidlash bilan birga "O'lgan tirilmas", — deb ketma kufrga" deb uqtiradi. Shuningdek, she'rda "Ollohu akbar" takbiri ham iqtibos sifatida keltiriladi. Bu dunyodan rihlat qilgan lirik subyektning har galgidek jamoat namozga saflangan paytda safda bo'lolmaganligi tasvirlari beriladi: Keldi takbir sasi "Ollohu akbar!" Barcha toatda qoyim, men yakka kar16.

"La ilaha illalloh" kalimasini o'zbek adabiyoti namunalarida ko'plab uchratishimiz mumkin. Xususan, Yassaviy maktabining davomchilaridan biri, Shayboniylar sulolasiga mansub hukmdor Mahmud Sultonning o'g'li Ubaydulloxon ijodida hikmat janri asosiy o'rin tutgan. Bu muqaddas kalom uning go'zal hikmatlaridan birining badiiyatini ham bezab turibdi: Mo'min aytur. Ey valiy, laa iloha illalloh,

113o^ngoB Ca6p ry^H. - TomKeHT: Myxappup, 2013. - E.74

12Hrth6oc Mamxyp KaB^ra Kypa KyptOH e xagucgHH 6up HHMaHH aHHHr ^yptOH Skh xagucgHH o^HHraHHra umopa 6y^MaraH Tap3ga K&roMra KHpHTMaKTHH u6oparryp. // AToy^ox XycaHHHH. Eag0HHty-c-caH0HHt. - TomKeHT: F.Fy^OM HOMHgaru aga6ueT Ba caHtaT,1981. - E.242-243

13Yma MaH6a. -E. 70.

143oxugoB Ca6p ry^H. - TomKeHT: Myxappup, 2013. - E.71.

15Yma MaH6a.- E.115

16 Yma MaH6a.-E. 117

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Ham valiy, ham nabiy, laa iloha illalloh. Yoki:

Hardam qolmang hayratda, biling kirar jannatda, Kim desa so'z so'ngida: laa iloha illalloh17.

O'n baytdan iborat 151- hikmatning juft misralarida shu qutlug' kalom radif vazifasini o'tagan. Ushbu kalomning fazilati har bir misrada o'z ifodasini topib boravergan.

Shuningdek, Fozil Zohidning ko'plab she'rlarida hadislar mazmuni aqd 18 sifatida keltirilganligining guvohi bo'lamiz. "G'azablanma", "Nahiy munkar", "Hikmat" kabi bir qancha she'rlari shular jumlasidandir. "G'azablanma" she'ri "G'azab qilmaslik" haqidagi ushbu "Abu Hurayra (roziallohu anhu)"dan rivoyat qilinadi: "Bir kishi Nabiy (sallallohu alayhi vasallam)ning huzuriga kelib: "Menga biror narsa o'rgating, lekin ko'paytirib yubormang. Toki, anglab olay", dedi. U zot: "G'azab qilma", dedilar. U savolini bir necha marta takrorladi. U zot har gal: "G'azab qilma", deb javob berdilar"19 hadisi asosiga qurilganligini quyida ko'rib o'tamiz:

"Musulmonni qay xulq qilur mukammal? Nasihat aylangki, to qilay amal" Rasululloh dedilar: "G'azablanma!" Shu xitob ila so'zga chekdi tamma. "Yana aylang nasihat", — dedi ul kas, "G'azablanma",- qildi Nabiy so'zni bas. Uchinchi bor tilaganda nasihat, "G'azablanma", — payg'ambar etdi da'vat20.

Ushbu voqeaband lirika tematik kompozitsiyasining tuzilishi: lirik subyektning hadisdan ibrat keltirishi — boshlanma , uning to yakunga qadar aytilgan nasihatlari kechinma rivoji va yakundan iborat.

Ushbu hadisning boshqa bir talqinini Nodira Afoqova ijodidagi mazmunan pishiq, tagdor ma'noli to'rtlikda ko'rishimiz mumkin: So'rdilar: "Muhammad, nasihat ayting"

17y6angHH. XuKMaraap.-TomKeHT: Movarounnahr, 2020.- E.121.

18 ÂKg caffbäTH (ap.-HKKHTä HapcäHH 6Hp-6npHra MycraxKäM 6oraaMoK, Tyrum) . KypboH oaraapu Bä xaguc^ap MäTHHHH mebpuH acap^apga Bä3H Bä KO$HH Ta^a6ura MyBO^HK ®y3bHH y3rapTHpumnap 6u^äH Kernupumra acoc^aHagu. ÂKgra MyMT03 aga6HëTmyHOC^HK MaH6a^apuga Typ^una Täbpu^ 6epHflraH.®yMnagaH, ÂToy^ox XycanHun oaT, xaguc ë 6upop Mamxyp MäH6agäH 6upop ranHu ®y3bun y3rapTum^ap 6raäH mebpga ^oräamTupumHu äKg caHbäTu ge6 6raraH. XycaÖH Boro Komu^un эcä $äKäT oaT Bä xaguc MäTHuHu Ba3H Bä Ko^ua Tana6^apura Moc^amrapum ynyH ®y3bun y3rapTum^ap 6u^aH KernupumHu aKg xogucacu ge6 xнco6flaнgн // Cupo^ugguHoB ffl, rocynoBä ,3,aMäTOB O. HaBounmyHocOTK. -TomKeHT: TäMaggyH, 2018. - E.428-429.

19HMOM TepMroungaH KupK xaguc.-TomKeHT: MoBopoyHHäxp, 2018.-E.31,32.

203oxugoB Ca6p ry^u. - TomKeHT: Myxappup, 2013. - E.30

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

"G'azablanma"- javob muxtasar bo'ldi. "Nasihat, nasihat" so'rdilar, tag'in "G'azablanma" takror-muqarrar bo'ldi21.

Shoir Abdulla Oripov ham o'z she'rlarida yaxshilik,insof, diyonat, rostgo'ylik kabi haqiqiy insoniy xislatlarni ming yillar mobaynida mumtoz she'riyatimizga zeb berib kelgan badiiy san'atlar vositasida tarannum etdi. Shoir o'z she'rlarida Qur'oni karim oyatlarini iqtibos sifatida olgan bo'lsa, hadislar mazmunini esa aqd sifatida qo'llaydi. "Mumtoz adabiyotshunosligimizga oid manbalarning qiyosiy tahlili oyat va hadislarning asl matni she'rda tazmin va mulamma' san'ati vositasida emas, balki mustaqil ma'naviy san'atlar - iqtibos va aqd san'ati vositasida qo'llanilganligini isbotlaydi"22. Shoir Abdulla Oripov "Haj daftari" turkumiga kiruvchi ushbu "Qum fa anzir!" she'rida "Qur'oni karim"ning Makkada nozil bo'lgan 56 oyatdan iborat "Muddassir" surasining 2-oyatidan iqtibos sifatida foydalanadi: Qum fa anzir! - Tur va ogoh et, Oldindadir hali mashaqqat. Qum fa anzir! - Tur va ogoh et, O'tda yongay mushriklar albat23.

Ma'lumki, "Muddassir" surasi "Ey burkanib yotgan! Qum fa anzir!- Tur va ogohlantir! Va Robbingni ulug'la! Va kiyimingni pokla!"24 kabi 56 oyati karimadan iboratdir. Shoirning badiiy inkishofdagi mahorati shundaki, poetik g'oya ifodasida "Qum fa anzir!- Tur va ogohlantir!" oyati lirik "men"tabiatini ifodalashdagi, ya'ni saodat asrida aytilgan bu fikrlar dinimiz tarixidan xabar beruvchi ifoda yo'sini bo'lsa, shoir nazdida "Oldindadir hali mashaqqat", "O'tda yongay mushriklar albat" xitobi ramziy ma'noda milliy o'zlikni anglashga chaqiriqning aks-sadosi emasmikin? "Mushriklar" qo'lida o'zligidan ayrilgan xalqning kurashni zimmasiga olishini istagan shoir Robbisini ulug'lagan xalqni adolat, erkka chorlaydi.She'rning so'nggi misralarida "Muddassir" surasining

3-oyati "Va Robbingni ulug'la" oyati karimasi she'r vazniga uyg'unlashtirilib, "Ulug'lagin Rabbingni doim" shaklida keltiriladi va ushbu aqd orqali lirik "men"ning tabiati, uning maqsadi yorqinroq izohlanadi.

Bundan tashqari "Qum fa anzir" iqtibosi Abdul Jalilning Muhammad (sallallohu alayhi vasallam) va Jabroil (alayhisalom)ning Hiro g'oridagi uchrashuvi voqealari tasvirlangan "Mo'jizalar onasi" she'rida ham quyidagicha ifodalangan: Arshdan aziz boshingga indi

21A$0^0Ba H. BH3HHHr эра. -TomKeHT: IJOD-PRESS, 2019. - E.245.

22 ^aB^aTOB O. A^umep HaBOHH metpuHTHga KyptOH oaraapu Ba xaguc^apHHHr 6agHHH Ta^HHH. ®H^ofl.$aH.6.$aflC.goK.gHCC... aBTope$. - CaMap^aHg,2017. - B.19.

23OpunoB A. TaraaHraH acap^ap. 2-®ugg - TomKeHT: F.Fy^OM HOMHgaru aga6ueT Ba caffbar,200L -B.198.

24fflanx My^aMMag Cogm; My^aMMag Mcy$. KyptOHH KapHM. -TomKeHT: Hamp, 2017. - B.575.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Muqaddas ishq - muborak davlat. To qiyomat zimmangda endi "Qum fa anzir" - imonga da'vat25.

Abdulla Oripovning "Haj daftari" turkumiga kiruvchi diniy-ma'rifiy she'rlarida joy nomlari va tarixiy shaxslar bilan bog'liq badiiy san'atlarni ham ko'plab uchratish mumkin va tadqiqotda ularning necha marotaba qo'llangani yuzasidan ham quyidagicha mulohaza yuritildi: Ka'batulloh (14), Madina (4), Ka'ba (11), Arofat (3), Makka (5), Mino (2), Muhammad (27), Ahmad (14), Abdulloh, Mahmud, Rasul (48), Hojar, Jabroil, Oyisha (6), Odam (3), Bilol (3), Iso (2), Azroil (2), Muso, Islom, "Qur'on", Payg'ambar (10), Buroq, Jannat (5), Do'zax (4), Qiyomat, Mahshar (3). Ushbu san'atlarning qo'llanilishi, avvalo, irfoniy g'oyalarning inson ongiga ta'siri kuchini ta'minlagan bo'lsa, badiiylik qonuniyatlari nuqtai nazaridan she'rning badiiy qiymatini oshirishga ham xizmat qilgan.

Mirza Kenjabekning "Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)" she'rida ham payg'ambarlar nomi bilan bog'liq talmehlarni ko'rishimiz mumkin: Odam Ato, Nuh, Ibrohim zamonida, Muso, Iso Kitobida - Haq yonida, O'tgan barcha payg'ambarlar lisonida Vasfi oliy xislat bo'lgan Rasululloh! Islom nuri - haybat, shukuh, mahobatdur, Birga bo'lmoq sharti faqat - muhabbatdur, Qur'on ichra aziz nomi Muhammaddur, Injil ichra Ahmad bo'lgan Rasullulloh[26]

Shoir Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) vasfida oxir zamon payg'ambarigacha o'tgan bir yuz yigirma to'rt ming payg'ambarlar orasidan Odam Ato, Nuh, Ibrohim (alayhissalomlar)larning ismlarini keltirish orqali Sarvari koinot(s.a.v)ning olam yaralgan zamonlardan buyon bu muborak nom mavjud ekanligini, Muso, Iso (alayhissalomlar)ga tushirilgan muqaddas kitoblarda nomlari zikr etilganligini va alalxusus, barcha payg'ambarlar tilida oliyxislat, eng akmal deya e'tirof etilganini uqtiradi. Nabiy (sallallohu alayhi va sallam)ning Qur'oni karim va Injildagi muborak ismlarini istifoda etish orqali ham badiiy ifodada go'zal talmehlar yaratishga erishadi.

REFERENCES

1. OpnnoB A. TaHnaHraH acapnap. 2-^Hng. - TomKeHT: F.FynoM HOMHgara agaöneT Ba caHtar,2001. -E.198.

25A6gyn My6opaK My^ga^ap. - TomKeHT: MoBopoyHHaxp, 2004. - E.17.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. fflaöx Myx,aMMag Cogu; MyxaMMag Mcy$. KYP^OHH KapHM. -TomKeHT: ^nnon Hamp, 2017. - E.575.

3. YôafigHH. XHKMaraap-TomKeHT: Movarounnahr, 2020.- E. 121.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.