Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
BOBURNING FARZAND TARBIYASI BORASIDAGI FIKRLARI
("Boburnoma" asari misolida)
Hamidov Nurali Shodiyor o'g'li,
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada "Boburnoma" asarida aks etgan Zahiriddin Muhammad Boburning o 'g 'li Humoyun mirzoga yozgan maktubi asosida muallifning farzand tarbiyasi borasidagi fikrlari haqida so'z boradi. Shak-shubha yo'qki, insonga berilgan ne 'matlar ichida farzand eng ulug 'laridan biridir. Shunday ekan, farzand tarbiyasga e'tiborsiz bo 'lish - Alloh bergan ne'matga noshukrlik qilishdir. Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning farzand tarbiyasi haqidagi fikrlari, o 'zi ham farzand tarbiyasiga qanchalik e'tibor berganligi haqida so'z boradi. Maqola muallif buyuk adibning tarbiyaga doir fikrlarini tahlil qilish orqali ularning ilmiy qimmatini ochib berishga intilgan.
Kalit so'zlar: "Boburnoma", Zahiriddin Muhammad Bobur, Humoyun mirzo, maktub, farzand tarbiyasi, toza yozuv, tanbeh, nasihat.
This article talks about the author's thoughts on raising children based on the letter written by Zahiruddin Muhammad Babur to Babur's son Humayun Mirza. There is no doubt that a child is one of the greatest blessings given to man. Therefore, neglecting the upbringing of children is ungrateful for the blessing given by God. The article talks about Zahiriddin Muhammad Babur's thoughts on child rearing and how much he paid attention to child rearing.
Key words: "Baburnoma", Zahiriddin Muhammad Babur, Humayun Mirza, letter, child education, clean writing, rebuke, advice.
Qadimiy va boy tarixga ega bo'lgan xalqimiz jahon tamadduni xazinasini bunyod etish hamda boyitishga ham o'z munosib hissasini qo'shgan. Ajdodlarimiz yaratgan boy madaniy va ma'rifiy xazina nafaqat xalqimiz, balki butun insoniyat taraqqiyoti uchun ulkan mayoq bo'lib xizmat qildi. Ayniqsa, ulug' vatandoshlarimizning shaxs kamoloti uchun muhim sanalgan ta'lim va tarbiya sohasida yaratgan boy ilmiy va badiiy merosi hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Ana shunday siymolardan biri, insoniyat tarixining ijtimoiy-siyosiy,
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ilmiy-madaniy sohalarida salmoqli o'rin tutgan allomalardan biri buyuk vatandoshimiz Zahriddin Muhammad Boburdir.
Zahiriddin Muhammad Bobur ulug' shoir va nosir, qomusiy bilimlar egasi bo'lishi bilan birga, yirik davlat arbobi va mohir sarkarda ham edi. [2:424] Uning ijodiy merosi orasida o'zbek nasri rivojida muhim bosqichni tashkil etgan "Boburnoma" asari katta o'rinni egallaydi. Ushbu asar adabiy-badiiy fikr taraqqiyotiga qo'shilgan katta hissa bo'lib, XV asr oxiri-XVI asr boshlaridagi O'rta Osiyo, Afg'oniston va Hindistonning tarixi, jug'rofiyasi, etnografiyasi, o'simlik va hayvonot olami, xalqi, odamlarining kasb-kori, tili, hayot tarzi va boshqa xususiyatlari haqida bebaho ma'lumotlarni o'zida mujassam etgan manba bo'lib xizmat qilmoqda.
Bu asar yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, unda muallifning pedagogik qarashlari ham o'z ifodasini topgan. Azaldan o'zbek oilasida farzand tarbiyasi eng muhim vazifalardan sanalgan. Albatta, Bobur mirzo ham yetti nafar - 4 o'g'il va 3 qiz farzandning otasi sifatida ularning tarbiyasiga ham bee'tibor bo'lmaydi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Biz ushbu maqolamizda "Boburnoma"ning "To'qquz yuz o'ttiz beshinchi (1528) yil voqealari" bobida keltirilgan muallifning o'g'li Humoyun mirzoga yozgan maktubi [3:532] va unda ko'tarilgan tarbiyaviy masalalar haqida fikr yuritmoqchimiz.
Xat an'anaviy tarzda, ya'ni maktub bituvchining maktub atalgan kishiga bildirgan ezgu tilaklaridan boshlanadi: "Humoyung'a mushtoqliklar bila sog'inib salom degach, so'z ulkim, dushanba kuni, rabiul-avval oyining o'nida Bekkina bila Bayonshayx keldilar. Xatlardin va arzadoshtlardin ul yuzdagi, bu yuzdagi kayfiyat va holot mushaxxas va ma'lum bo'ldi" [1:243]
Maktubdan ma'lum bo'ladiki, Bobur mirzoga yuqorida nomi zikr etilgan shaxslar Humoyun mirzoning o'g'illi bo'lganligi haqidagi xabarni keltirganlar. Ota o'g'lini bu muborak voqea bilan qutlarkan, o'g'lining ism qo'yishda shoshilganligini ta'kidlaydi: "... Otini Al'amon qo'ymishsen. Tengri muborak qilg'ay. Vale, bovujudkim, o'zung bitibsen, mundin g'ofil bo'lubsenkim, kasrati isti'mol bila avom Alamo derlar, yo El Amon derlar, o'zga mundoq alif-lom otta kam bo'lur. Tengri otini va zotini farxunda va muborak qilg'ay, manga va sanga ko'p yillar va bisyor qarnlar Al'amonni davlat va saodat bila tuta bergay" [1:243]
Ko'rinadiki, farzandga ism qo'yish ham katta mas'uliyat, shu bilan birga, islom dini talablariga ko'ra, otaning burchi sanaladi. Bobur mirzo erkaklar ismlarida "a" ("alif') va "l" ("lom") harflarining yonma-yon kelishi kam uchrashini ta'kidlarkan,
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
xalq Al'amon ismini Alamo yoki El Amon deb atashi mumkinligiga o'g'lining diqqatini tortadi. Demak, oilada tug'ilgan har bir farzandga ism qo'yishda ota o'sha paytdagi his-tuyg'ulariga emas, aqliga qarab ish tutishi, farzandiga ism qo'yish masalasiga g'oyat ehtiyotkorlik bilan yondashishi lozim.
Milliy va diniy an'analarimizga ko'ra, oilaning mulk va mablag'i farzandlar yoshiga qarab taqsimlanishi, oilada farzandlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda yoshi kattalarning og'ir-vazmin bo'lishi farz sanaladi. Bobur to'ng'ich farzandi bo'lmish Humoyunga ham bularni o'ziga xos tarzda eslatib o'tadi: "... Yana sen o'zing bilur edingkim, doim bu qoida mar'iy edi: olti hissa sanga bo'lsa, besh hissa Komronga bo'lur edi. Hamisha bu qoidani mar'iy tutub, mundin tajovuz qilmang. Yana ining bila yaxshi maosh qilg'aysan. Uluqlar ko'tarimlik kerak, umidim borki, sen ham yaxshi ixtilot qilg'aysan". [1:243]
Bobur mirzo maktubida o'g'liga ayrim masalalarda bir ota sifatida tanbeh ham beradi, jumladan, "ikki-uch yildin beri bir kishing kelmadi. Men yiborgan kishi xam rost bir yili so'ngra keldi...", "Yana xatlaringda yolg'uzluq, yolg'uzluqkim, debsen, podshohlikta aybdur... Podshohliq bila yolg'uzluq rost kelmas" [1:243]
Bobur mirzo hamisha badiiy ifodaning aniq va sodda bo'lishi, uslubning ravonligi uchun intiladi, jimjimador tasvirlar, g'aliz jumlalar qo'llashdan qochadi. Bu uning qalamiga mansub barcha asarlarda o'z aksini topgan. Humoyunga bitgan maktubi ham bundan xoli emas, unda ulug' shoir bir ota sifatida o'g'liga chiroyli va aniq yozishning muhimligini uqtiradi: "... Yana men degandek, bu xatlaringni bitibsen va o'qumaysen, ne uchunkim, agar o'qur xayol qilsang edi, o'quyolmas eding. O'quyolmagandin so'ng albatta tag'yir berur eding. Xatingni xud tashvish bila o'qusa bo'ladur, vale asru mug'laqtur. Nasri muammo hech kishi ko'rgan emas. Imlong yomon emas. Agarchi xeyli rost emas". [1:243-244]
Bobur mirzo o'g'lining yozuvi yomon bo'lmasa ham, to'g'ri emasligini (xato yozishini) tanqid qiladi: "... iltifotni (¿¡№1 ) "to" (¿) bila bitibsen. Qulunjni (pjlj*) "yo" (^) bila bitibsen. Xatingni xud har tavr qilib (har yo'l bilan) o'qusa bo'ladur, vale bu mug'laq alfozingdin maqsud tamom mafhum bo'lmaydur (lekin bu mujmal so'zlaringdan maqsading (xatingni o'quvchiga) to'la tushunarli bo'lmaydi). G'olibo, xat bitirda kohillig'ing (yalqovliging) ham ushbu jihattindur. Takalluf qilay deysen, ul jihattin mug'laq bo'ladur (Xatingni) bezakdor qilay deysan-u, shu sababli u mujmal bo'ladi)". Bobur o'g'liga to'g'ri va aniq yozish bo'yicha tanbeh berar ekan, nasihat qilishni ham unutmaydi: "Bundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti; ham sanga tashvish ozroq bo'lur va ham o'qug'uchig'a (Bundan keyin ortiqcha
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
hashamsiz, aniq va to'g'ri yozgin; ham o'zingga tashvish ozroq bo'lsin, ham o'quvchiga)" [1:244]
Ko'rinadiki, ushbu qaydlardan Bobur mirzoning farzandlari tarbiyasi bilan bir qatorda ularning bilimiga ham, bilimini to'g'ri va joyida ishlata bilish ko'nikmalarini egallashlariga ham jiddiy qaragan. Bobur o'g'liga davlatni boshqarish ishlaridan ham saboq beradi: "... Yana uluq ish ustiga borasen, ish ko'rgan, ra'y va tadbirliq beklar bila kengashib, alarning so'zi bila amal qilg'aysen (Ulug' ish ustiga boryapsan, shu sababli ish ko'rgan, tajribali va tadbirli beklar bilan kengashib, ularning maslahatlariga amal qilgin)". [1:244]
Bobur maktubi nihoyasida o'g'liga agar ota roziligini olishni istasa, xilvatda o'tirishni va xalq bilan kam aralashishni bas qilishini, kunigaa ikki mahal ukasi (Komron mirzo - N.H.) va beklarni o'z hollariga qo'ymay, yoniga chaqirib, qanaqangi maslahatli ish bo'lsa, ular bilan kengashib, ularning maslahati bilan qaror chiqarishni nasihat qiladi. [1:244]
Xulosa qilib aytganda, tom ma'nodagi qomusiy asar sanalgan "Boburnoma"da muallifning pedagogika sohasidagi qarashlari o'z ifodasini topgan bo'lib, bu boradagi izlanishlar o'z tadqiqotchilarini kutmoqda. Zero, Muhammad Bobur kabi jur'atli hamda tafakkuri global muammolarni hal etishga qodir "Mamlakat taqdirini, Vatan kelajagini xalqaro talablarga javob beradigan yosh kadrlar hal etadi". [4:110]
REFERENCES
1. Захириддин Мухаммад Бобур. Бобурнома. - Тошкент, "Шарк" НМАК, 2002, 243-244-6.
2. Узбекистан миллий энциклопедияси. - Тошкент. 2000-2006, 424-6.
3. Узбек тилининг изохли лугати. - Тошкент. 2006-2008, 532-6.
4. Shodiyev F.T. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining global jarayondagi burch va vazifalari texnologiyasi // ISSN 2091-5446. Ilmiy axborotnoma. 2020-yil, 6-
XULOSA
son (124),109-112-b.