Научная статья на тему 'FRANSUZ VA O’ZBEK TILLARIDA DEOPOETONIMLAR TUSHUNCHALARI'

FRANSUZ VA O’ZBEK TILLARIDA DEOPOETONIMLAR TUSHUNCHALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
11
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tabiat hodisalari / deopoetonim / allyuziv nom / tuman / mifodeopoetonimlar / real deopoetonim / urbandeopoetonim. / natural phenomena / deopoetonyms / allusion name / fog / mifodeopoetonyms / real deopoеtonyms / urban deopoetonyms.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Hamidova, Muborak Hafizovna, Narzullaeva, Ra’No

Maqolada o‘zbek va fransuz tillarida deopoetonim tushunchasining mohiyati va tasniflanish asoslari xamda tabiat hodisalari nomlariga e’tibor qaratilgan. Ularning ramziy-timsoliy mohiyati aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONCEPTS OF DEOPOETONYM IN FRENCH AND UZBEKI

The article discusses the essence and classification foundations of the concept of depoetonyms in the Uzbek and French languages, as well as the names of natural phenomena. Their symbolic nature has been determined.

Текст научной работы на тему «FRANSUZ VA O’ZBEK TILLARIDA DEOPOETONIMLAR TUSHUNCHALARI»

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

FRANSUZ VA O'ZBEK TILLARIDA DEOPOETONIMLAR

TUSHUNCHALARI

Hamidova Muborak Hafizovna

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti m.h.xamidova@buxdu.uz

Narzullaeva Ra'no

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi magistranti

Maqolada o 'zbek va fransuz tillarida deopoetonim tushunchasining mohiyati va tasniflanish asoslari xamda tabiat hodisalari nomlariga e'tibor qaratilgan. Ularning ramziy-timsoliy mohiyati aniqlangan.

Kalit so'zlar: tabiat hodisalari, deopoetonim, allyuziv nom, tuman, mifodeopoetonimlar, real deopoetonim, urbandeopoetonim.

В статье рассмотрены сущность и классификационные основы понятия депоэтонимов в узбекском и французском языках, а также названий природных явлений. Определена их символическая природа.

Ключевые слова: природные явления, депоэтонимы, аллюзионные существительные, туман, мидодеопоэтонимы, настоящие деопоэтонимы, городские деопоэтонимы .

The article discusses the essence and classification foundations of the concept of depoetonyms in the Uzbek and French languages, as well as the names of natural phenomena. Their symbolic nature has been determined.

Key words: natural phenomena, deopoetonyms, allusion name, fog, mifodeopoetonyms, real deopoetonyms, urban deopoetonyms.

Deopoetonimlar poetik onomastikaga xos terminlardan biridir. U til va adabiyotintegratsiyasi mahsuli sifatida yuzaga chiqishi tufayli lingvopoetik hodisa sifatida qaralib, onomastika sohasiga tegishli hisoblanadi. Shuning uchun deopoetonimlarni lingvo+poetika birligiga asoslangan tamoyillar asosida o'rganishga to'g'ri keladi. Chunki deopoetonimlar ham boshqa onomastik birliklar qatori lingvopoetik jihatdan muayyan vazifalarni bajarishga xoslangandir.

Тел:+99890 744 03 77

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Agar deopoetonimlar lingvopoetik tamoyillar asosida tahlil va tadqiq qilinsa, ular badiiy matnda:

birinchidan, badiiy-estetik ta'sirchanlikni yuzaga keltirish;

ikkinchidan, salbiy yoki ijobiy ma'noni yuzaga chiqarish;

uchinchidan, allyuziv nom sifatida matnni shakllantirish hamda intertekstuallikni ta'minlash ;

to'rtinchidan, satirik ifodani yaratish;

beshinchidan, inson ruhiy holati yoki vaziyatini, umuman, ifodalanayotgan voqelikni baholash, unga ekspressiv, emotsional hamda intensiv munosabatni ifodalash;

oltinchidan, ijodkor uslubini belgilash,

yettinchidan, asar mohiyatini anglash va anglatish maqsadida ritorik murojaat bilan chiqish maqsadlarida qo'llanishi ayonlashadi.

Deopoetonimlar badiiy matn bilan bog'liq hodisalar sifatida, odatda, ijodkor badiiy maqsadiga muvofiq qo'llanadi va bunda turli ekspressiv, intensiv xususiyatlarini namoyon etadi. Shu bilan o'zining muayyan badiiy yukka, poetik qimmatga ega ekanini ko'rsatadi. Bundan anglashiladiki, badiiy matndagi tabiiy hodisalarni ifodalab kelgan har qanday so'z yoki nom emas, balki ijodkor badiiy niyatini yoritishga xizmat qilgan tabiiy hodisalar nomlarigina deopoetonim hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shunday qilib, muayyan tabiiy hodisa ma'nosini anglatib, uni atab keluvchi hamda ijodkor badiiy niyati, sub'ektiv munosabatiga muvofiq poetik vazifaga yo'naltirilgan bunday leksik birliklar "deopoetonimlar" deb ataladi. Ular boshqa onomastik birliklar kabi badiiy matnda onomastik metafora, allyuziv nom, "so'zlovchi" nom kabi lingvopoetik vazifalarda keladi.

Deopoetonimlar leksik-semantik va estetik-stilistik jihatdan alohida xususiyatlarga ega. Ijodkorlar ular orqali o'zlarining tabiat olamiga munosabatini ham ifodalaydilar.

Badiiy matnda qo'llanuvchi deopoetonimlarni mohiyatiga ko'ra quyidagi ko'rinishlarga ajratish mumkin:

1. Qo'l bilan tutib, ko'z bilan ko'rish mumkin bo'lgan tabiiy hodisa nomlari. Masalan, qor, yomg 'ir, do 'l, qirov, shudring kabi.

2. Ko'z ko'rib, qo'l bilan tutish imkoni bo'lmagan tabiiy hodisalarning nomi. Masalan, bulut, tuman, momaqaldiroq, chaqmoq, to 'zon, kamalak kabi.

3. Ko'z ham ko'rmaydi, qo'l ham tutmaydi, faqat his qilish mumkin bo'lgan tabiiy hodisalar. Masalan: shamol, shabada, garmsel, zilzila singari.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Badiiy matnda qo'llanib keladigan bu kabi har uchala tabiiy hodisalarni "real deopoetonimlar" deb sanash mumkin. Lekin ular orasida mifodeopoetonimlar, urbandeopoetonimlar ham uchraydi.

Mifodeopoetonimlar poetonimlarning, aniqrog'i, tabiiy hodisalarning nomini ifodalovchi deopoetonimlarning bir ko'rinishi hisoblanadi. Ular til tizimida o'ziga xos o'ringa ega. Mifodeopoetonimlar xuddi deopoetonimlar singari poetik onomastikaga xos atamalardan biridir. Ular mifologik tasavvur-tushunchalarning tilda va badiiy ijodda integratsiyalashuvi natijasida kelib chiqqan. Shuning uchun ular lingvopoetik birlik sifatida lingvopoetika prinsiplariga tayanilgan holda o'rganiladi. Ular deopoetonimlar hamda boshqa onomastik birliklar singari muayyan lingvopoetik vazifalarni bajarishga xizmat qiladi.

Mifodeopoetonimlar biror-bir tabiiy hodisani anglatib, u haqdagi mifologik, xayoliy uydirmaga asoslangan tasavvur-tushunchani o'ziga singdirgan, uni atashga xizmat qilgan, shuningdek, o'sha nomda ijodkor tomonidan uning badiiy niyatiga muvofiq qo'llanib kelgan lingvopoetik vazifadagi leksik birliklardir.

Urbandeopoetonimlar badiiy asarlarda ichki shahar ob'ekti, madaniy qimmat kasb etadigan, masalan, istirohat-bog'i kompleksi kabilardan iborat bo'ladi. Masalan, bunga Qohirada barpo etilgan va XIX asr oxiri va XX asr boshlarigacha sayyohlar o'rtasida mashhur bo'lgan "O'zbek" istirohat bog'i majmuasini misol qilish mumkin. Bir vaqtlar Napaleon ham uni o'ziga qarorgoh qilib olganligi aytiladi. Bog' o'rtasida manzarali ko'l bo'lgan. Undan ko'p uzoq bo'lmagan masofada opera teatri binosi hamda "Kontinental" mehmonxonasi joy olgan. O'zbek shu istirohat bog'idagi haykal bo'lib, bog' shu haykal nomi bilan atalgan. Biroq hozir undan faqat kichik park saqlanib qolgan, xolos. Badiiy nutqdalirik qahramonning hissiyot va ichki kechinmalarini, ruhiy holatini tabiat hodisalariga bog'lab, ularga o'xshatib yoki qiyoslab, ba'zan qarshilantirib berish tajribasi qadimdan hozirgacha davom etib kelayotgan poetik an'analardan biridir. Ma'lumki, insonlar o'zi va tabiat o'rtasida ruhiy yaqinlik borligini qadimdan his etganlar, ammo jonli (organik) va jonsiz (neorganik) tabiatda yuz beradigan tabiiy hodisa va jarayonlarning sodir bo'lish sabablarini hali tushunmaganlar. Ko'proq ularni o'zlari kabi jonli mavjudot sifatida tasavvur qilganlar. Lekin keyinchalik inson ongi taraqqiy qilishi natijasida odamlarning tabiat hodisalari va ularning yuz berishi haqidagi tasavvur-tushunchalari ham kengaya borgan. Buning oqibatida xalq badiiy tafakkurida ham ularni tasvirlash va talqin etish borasida muayyan o'zgarishlar paydo bo'ldi.

She'riyatda lirik qahramonning his-tuyg'ulari, ruhiy holati tabiat hodisalari bilan bog'lab berilishi tasodifiy hol emas. Chunki tabiat hodisalari inson hayotiga,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

kayfiyatiga, rizq-ro'ziga ma'lum ma'noda ta'sir ko'rsatishi o'z isbotini namoyon etgan.

Reallikka ega tabiiy hodisalarning nomlari orqali ijodkor badiiy matada ularning apellyativ ma'nosiga ishora qilish orqali o'ziga xos obrazli ifodalarni yaratadi. Masalan, qorga xos sovuqlik, oqlik ma'nolari orqali lirik qahramonning xarakter-xususiyatiga, yoshiga ishora qilsa, shamolga xos tezlik ma'nosi asosida inson xatti-harakati baholanadi.

Tabiiy hodisalarning tilda mavjud bo'lgan nomlari badiiy matnlarda ko'pincha ko'chma ma'noda kelib, ekspressivlikni yuzaga keltiradi. Bunday deopoetonimlar, xususan, she'riyatda muhim ekspressiv vazifalarni bajarib keladi. Masalan, Mirtemirning "Shudring" sarlavhali she'rida lirik qahramon boshidan kechirgan ichki holatlar tasviri uchun shudring hodisasi muhim lingvopoetik vosita sifatida tanlangan. Shoir shudringni "go'zal yaproqlarda, ko'katlarning bargida, chechaklarning bag'rida, sho'x soy qirg'oqlarida, nihollar kurtagida sal epkinda simobday qaltirab yaltiragan lak-lak injuga; kelinlar taqinchog'i - ko'zmunchoqqa; bo'y-bo'y dilrabo qizlarning uzugi ko'zlariga, kechasi bilan tag'in yig'lab chiqqan onasi ko'z yoshlariga o'xshatgan. Ayniqsa, shoirning shudringni ona ko'z yoshlariga mengzashi juda ta'sirli chiqqan.

Shoir ona holatini, xarakter-xususiyatini ochib berish uchun asosiy yukni tabiat hodisasi nomi - shudring deopoetonimiga yuklagan. Bu o'rinda shudring va ko'z yosh hodisalari ko'rinishi o'rtasidagi o'xshashlik ularni ma'noviy jihatdan ham yaqinlashtirib, biri uchun ikkinchisini tasvir ob'ekti sifatida tanlashga zamin yaratgan.

She'riyatda ko'pincha insonga xos xususiyatlar tabiat hodisalariga ko'chiriladi. Masalan, shamolga nisbatan "o'ynamoq", "so'ylamoq", "chertmoq", "tiqirlatmoq", "uyg'otmoq", "shivirlamoq", "aytmoq", "qaytmoq", "erkalamoq", "o'pmoq", "quturmoq" singari ish-harakat nomlari qo'llanishi kuzatiladi. Masalan:

Yaproqlarda shamol o'ynar. Suv mavjida o'ynar shamol. Sarin shamol nima so'ylar? Yuragida qanday xayol? Derazamni chertadiu Tiqirlatar eshigimni. Orom bilmas, bilmas uyqu, Uyg'otadi kelib meni. Sochlarimga qo'nar shamol. Shamol qo'nar ko'zlarimga Qo'shiq, ertak aytib xushhol

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

So'ngra qaytar izlariga.

Inson - tabiatning bir bo'lagi, shuning uchun tabiiy hodisalar va odamzod o'rtasida ruhiy yaqinlik, aloqadorlik mavjudligini inkor qilib bo'lmaydi. Shu sababdan ijodkorlar insoniy kayfiyatlarni ko'p hollarda tabiiy hodisalar bilan tenglashtirib tasvirlab, badiiy ta'sirchanlikka erishadilar.

Fransuz adabiyotini kuzatish shundan dalolat beradiki, farang ijodkorlari ham deopoetonimlardan lingvopoetik vosita sifatida mahorat bilan unumli foydalanishgan. Masalan, shamol xuddi o'zbek tili badiiy matnlaridagi kabi fransuz tilidagi badiiy matnlarda ham faol qo'llanuvchi deopoetonimlardan biridir. Masalan:

Per Menantoning bu misralarida shamolning tashxis (jonlantirish) va tashbeh (o'xshatish) san'atlari asosida badiiy ifoda etilganiga guvoh bo'lish mumkin.

Fransuz va o'zbek tillaridagi deopoetonimlar leksik-semantik mohiyati, milliy-lisoniy, nominatsion-motivatsion, uslubiy xususiyatlari har ikkala millatning yashash tabiiy-iqlim sharoiti, tili, madaniyati, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, e'tiqodiy tushunchalari, o'ziga xos urf-odat va marosimlari, poetik tafakkur tarzi bilan chambarchas bog'liqdir. Ular o'ziga xos milliy belgilar orqali lingvomadaniy hamda lingvopoetik aspektda badiiy an'analar qonuniyatlari doirasida obrazlantirilishi kuzatiladi.

Shunisi borki, fransuz she'riyatida ham, o'zbek she'riyatida ham shamol, bulut, qor, yomg'ir, tuman, momaqaldiroq, chaqmoq, shudring, g'ubor, o'lim singari qator tabiiy hodisalar nomlari lirik qahramonning ruhiy kechinmalarini, kayfiyatini, badiiy ifodalash maqsadida keng qo'llanadi. Ular badiiy matnda uchraganda deopoetonimlar hisoblanadi.

Ah! Ce grand vent, l'entends-tu pas? L'entends-tu pas à la fenêtre? Par la moindre fente il pénètre Et s'enfle et crache comme un chat. Ah! Ce grand vent, l'entends-tu pas? - J'entends les cris des laboureurs.

Tarjimasi:

Qani! Bu ulkan shamol, eshita olmaysizmi? Oynada eshitmayapsizmi?

Kichikkina tirqish orqali u kirib boradi Va mushuk kabi pishqiradi va tupuradi.

Qani! Bu ulkan shamol, eshita olmaysizmi? - Men shularning qichqiriqlarini eshitaman,

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Xulosa qilib aytganda, badiiy adabiyot tilida uchraydigan deopoetonimlar ham poetonimning boshqa turlari singari asarning ma'noviy-uslubiy imkoniyatlarini ta'minlashda muhim vosita sanaladi. Ular paradigmatik xususiyatlarga ega adabiy onimalar sifatida til va nutq xosliklarini anglashda katta ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Khamidova Muborak Khafizovna. SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY, 67.

2. DEOPOETONYMS. Khamidova Muborak Khafizovna. Teacher of department of German and French languages, BSU. SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY HAYChHbm ВЕСТНИК БУХАРСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА.

3. N.B.Kuldashova. (2023). LE TERME ET LA TERMINOLOGIE. Innovative development in educational activities, 2(6), 41-52.

4. Bafoevna, N. D. (2023). Theolinguistics in Modern Religious Discourse. INTERNATIONAL JOURNAL OF LANGUAGE LEARNING AND APPLIED LINGUISTICS, 2(3), 18-21.

5. Narzullayeva, D. (2023). The Main Directions of Theo linguistic Research In Modern Linguistics. ЦЕНТР ^yC^IX ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 32(32).

6. Istamovna, A. O. THE AUTHOR IN REVEALING THE ESSENCE OF THE BIOGRAPHICAL METHOD THE PLACE OF IDENTITY. SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY, 83.

7. Adizova, O. (2023). THE IMPORTANCE OF THE BIOGRAPHICAL METHOD IN REVEALING THE ROOTS OF THE WORK OF ART. ЦЕНТР HАУChHЫX ПУБЛИКАЦИЙ(buxdu.uz)33(33)

8. Khamidova, M. K. (2020). The importance of terminology in linguistics. Scientific reports of Bukhara state university, 3(3), 106-109

9. Хамидова, М. X. ХУДОЖЕСТВЕННОЕ ИСПОЛЗОВАНИЕ ДЕОПОЭТОНИМОВ В ФРАНЦУЗСКОЙ И УЗБЕКСКОЙ ПОЭЗИИ. Editorial board/Редакционная коллегия Главный редактор, 108.

10. Xamidovna, M. (2023). PROBLEMS OF TRANSLATION OF NATURAL PHENOMENA IN UZBEK LANGUAGE. ЦЕНТР HАУChHЫX ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 29(29).

11. Хамидова, М. X., & Шавкатовна, Q. Г. ФРАНЦУЗ ВА О'ЗБЕК ТИЛЛАРИДА ДЕОПОЭТОНИМЛАРНИНГ АЙРИМ ЛИНГВОПОЭТИК ХУСУСИЯТЛАРИ ОСОБЕННОСТИ ОТДЕЛНЫХ ЛИНГВИСТИ^СКИХ ДЕОПОЭТОНИМОВ ВО ФРАНЦУЗСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

FEATURES SEPARATE LINGUISTIC GEOPOETIKA IN. ANIQ VA TABIIY FANLAR, 104.

12. Khamidova, M. K. (2020). Artistic application of depoethonyms in french and uzbek poetry. Scientific reports of Bukhara state university, 4(3), 210-213

13. Хамидова, М. Х. ХУДОЖЕСТВЕННОЕ ИСПОЛЗОВАНИЕ ДЕОПОЭТОНИМОВ В ФРАНЦУЗСКОЙ И УЗБЕКСКОЙ ПОЭЗИИ. Editorial board/Редакционная коллегия Главный редактор, 108.

14. Khafizovna, K. M. (2022). Problems of Translation of Natural Phenomena in French and Uzbek. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(4), 172-175.

15. Khamidova, M. K. (2020). Artistic application of depoethonyms in french and uzbek poetry. Scientific reports of Bukhara state university, 4(3), 210-213

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.