Научная статья на тему 'PSIXOLOGIYA FANIDA TA`LIM JARAYONINI O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI TADQIQ QILINISHI'

PSIXOLOGIYA FANIDA TA`LIM JARAYONINI O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI TADQIQ QILINISHI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1066
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta`lim / ta`lim jarayoni / ta`lim mazmuni / образование / образовательный процесс / содержание образования

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Surayyo Shonazarovna Xasanova

Mazkur maqolada psixologiya fanida ta`lim jarayonini o`ziga xos xususiyatlari vujudga kelishining dastlabgi davrlarda o`rganilishi nazarda tutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье предполагается изучить образовательный процесс на ранних этапах появления его собственных особенностей в области психологии.

Текст научной работы на тему «PSIXOLOGIYA FANIDA TA`LIM JARAYONINI O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI TADQIQ QILINISHI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

PSIXOLOGIYA FANIDA TA'LIM JARAYONINI O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI TADQIQ QILINISHI

Surayyo Shonazarovna Xasanova

UrDU Pedagogika va psixologiya kafedrasi o'qituvchisi [email protected]

Mazkur maqolada psixologiya fanida ta'lim jarayonini o'ziga xos xususiyatlari vujudga kelishining dastlabgi davrlarda o'rganilishi nazarda tutilgan. Kalit so'zlar: Ta'lim, ta'lim jarayoni, ta'lim mazmuni,

В данной статье предполагается изучить образовательный процесс на ранних этапах появления его собственных особенностей в области психологии.

Ключевые слова: образование, образовательный процесс, содержание образования,

In this article, it is intended to study the educational process in the early stages of the emergence of its own characteristics in the field of psychology.

Keywords: Education, educational process, content of education, intellect.

O'zbekiston Respublikasida ta'lim - tarbiya sohasidagi amalga oshirilayotgan tub isloxotlarning samarasi, avvalambor zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, mustaqil fikrlaydigan, mutaxasislarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqib bugungi kunda mamlakatimizda ta'lim jarayonida psixologik xususiyatlari inobatga olgan holda, ta'lim berishiga qaratilayotganligidan kelib chiqib ushbu mavzu o'rganishga qaratilgan.

XXI asr bo'sag'asida juda ko'plab davlatlarda bo'lgani kabi dunyo xaritasida munosib o'rin olgan mustaqil O'zbekistonda ham barcha sohalarda tub isloxotlar boshlandi. Bu isloxotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko'tarib, inson va uning mukammalligi, o'z ustida ishlashi, o'z mukammalligi hususida qayg'urish muammosi har qachongi1" ham dolzarb masalaga aylandi.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

Milliy Dasturda e'tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, yosh avlod ongining ta'lim olish davridagi rivojlanish tendentsiyalaridan tortib, toki yangicha o'qitish texnologiyalarini bola tomonidan o'zlashtirishi va undagi aqliy, intellektual qobiliyatlarga nechog'lik ta'sir ko'rsatayotganligini o'rganish, ma'naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta'lim muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan xolda o'qitishning eng ilg'or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni taqozo etadi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev yoshlarga tarbiya va psixologik yordam berish haqida "Shuningdek, tajribali pedagog va mutaxasislarni jalb etgan holda, o'quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko'rib chiqish zarur. Oldimizdagi yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo'yicha murakkab vazifalar turibdi" , deb aytgan edi [1.45].

Ta'lim - o'qituvchi va o'quvchining birgalikdagi o'quv faoliyatlaridan iborat bo'lib, bilim, ko'nikma va malakalarni uzatish jarayonidir, hayotiy tajribani o'qituvchilardan o'quvchilarga uzatishdir. [4.472-b]. Ta'lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, harakatlarni, xulq-atvorning shakllarini o'zlashtirishga qaratilgandir.[4.476-b]

Ta'lim mazmuni deganda o'quvchilarning egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma, malaka va kompetentsiyalaming aniq belgilangan hajmi va ko'lami tushiniladi. Zamonaviy sharoitda fan va texnika rivoji ta'lim va uning natijalariga qo'yiladigan talablarni tubdan o'zgartirishni talab etmoqda va ana shu asosdan kelib chiqqan holda ta'lim mazmunini moderizatsiyalashni davomining o'zi pedagoglaring oldiga muhim vazifa qilib qo'ymoqda [7. 81-82].

Mavzumizdan kelib chiqqan holda dastlab ta'lim, ta'lim jarayoni haqidagi antik davr, sharq mutafakkirlari qarashlarga to'xtalib o'tamiz. Ta'lim jarayonini vujudga kelishiga nazar soladigan bo'lsak uzoq davrlarni o'z ichiga oladi. Dastlab antik davrga murojaat qiladigan bo'lsak o'sha davrlardan bilim berish inson ruhiyati xaqida qarashlar intilishlar xaqida fikrlar mavjud bo'lgan.

Antik davr olim va faylasuflaridan Arastu va Demokrit o'z qarashlari bilan ta'lim-tarbiya rivojlanishiga juda katta xissa qo'shganlar. Arastu uch xil tarbiya ya'ni: jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya aqidalami ishlab chiqib, tarbiyaning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan. Arastu birinchi bo'lib yoshni davrlarga bo'lish mezonini ishlab chiqishga uringan olimdir. Uning fikricha, bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanadi, go'dakning yoshiga mos keladigan ovqatlar bilan boqish, t 1: xarakatli mashqlar orqali uni chiniqtirib borish kerak deydi. O'

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

bolalar 7 yoshdan boshlab davlat maktablarida o'qishlari lozim deb uqtiradi. U jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya bir-biri bilan uzviy bog'langan deb hisoblaydi [5]. Demokrit, "Ta'lim mehnat asosidagina go'zal narsalami hosil qiladi" deb tarbiya ishida mehnatning roli beqiyos ekanligini takidlaydi.

Sharq mutaffakkirlaridan qomusiy olimlarimiz ham o zlarining ta'lim jarayonida psixologik xususiyatlari to'g'risida fikrlarini aytib o'tishgan. Imom al-Buxoriy ilm o'rganishni yuqori darajaga qo'ygan. U o'z asarlarida quyidagi fikrlarni ilgari suradi; "Kishi ilm bobida nafaqat o'zidan yuqori yoki tengdoshlaridan, balki o'zidan past bo'lganlardan hadis olguncha, yetuk muhaddis bo'la olmaydi'. Olim ushbu fikri bilan o'quv faoliyatining ijobiy motivlari ustoz-muallim tomonidan shakllantirilishiga urg'u beradi [2].

Abu Nasr Farobiy ta'lim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi yoki ta'lim oluvchi shaxsga yakka holda yondashuvni, uning tabiiy, ruhiy va jismoniy xislatlarini nazarga olish zarurligini ta'kidlaydi. Olim bu haqda shunday yozadi: "Bu barcha tabiiy hislatlarni, ularni oliy kamolotga yetkazish shu yoki kamolotga yaqin bo'lgan darajaga ko'tarishga xizmat qiluvchi vosita yordamida tarbiyalashga muxtojdir. Insonlar turli ilm, hunar faoliyatga moyilligi va qobiliyatligi bilan tabiatan farq qiladilar. Teng tabiiy xislatlarga ega bo'lgan odamlar esa, o'z tarbiyasi bilan farq qiladi. Tarbiyasi jihatdan teng bo'lganlar esa, bu tarbiya natijalarining turlichaligi bilan bir-birlaridan farq qiladilar". Farobiy o'z asarlarida insonga tarbiya va ta'lim berish zarurligini aytadi va bunda ta'lim-tarbiya usullaridan kutilgan maqsad asosiy o'rinda bo'lishini aytgan [3.119-120].

Abu Rayhon Beruniy ilm olishda takrorlashga zo'r berib, o'quvchilarni toliqtirib va zeriktirib qo'ymasdan, turli psixologik usullarni qo'llashni, shu orqali ularning tafakkurini boyitib, bilimlarini chuqurlashtira borishni ilgari surgan olimdir. Uning tafakkur operatsiyalari - analiz, taqqoslash umumlashtirish kabilarni shakillantirish orqali o'qishga qiziqish uyg'otish haqidagi fikrlari hozirgi kungacha ahamiyatini yo'qotmagan. Beruniy ilgari surgan insonparvarlik g'oyalari, ta'lim-tarbiya xususidagi fikrlari mustaqillik davrida xam yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashga xizmat qilmoqda [4.458].

Abu Ali Ibn Sino bolalarning o'qish, ta'lim olishlariga ma'suliyat bilan qarash tarafdorlaridan bo'lgan.U bola 6 yoshga yetgach muallimga bilim olish uchun topshirilishini aytgan. Hozirda ham bolalarning 6-7 yoshdan boshlang'ich sinflarga qabul qilinishi Ibn Sinoning o'sha davrdagi g'oyalari ahamiy"1' ekanligidan dalolat beradi. Olim bolalarni bitta-bitta, alol

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

o'qitishdan ko'ra, jamoa tartibida o'qitishni afzal deb biladi va uning ustunligi xaqida shunday yozadi: "O'quvchilar o'qish va tarbiya davomida ilmga chanqoqolik sezadilar. O'z bilimlari bilan g'ururlanadilar, bir-birlarining bilimlariga xavas qiladilar. G'urur va o'ziga e'tibor ularni bir-biridan orqada qolmaslikka undaydi. O'quvchilar birga bo'lganda, doim bir-birlari bilan gaplashadilar va bu bilan o'z xotiralari va nutqlarini rivojlantiradilar". Demak olim o'quv motivini rivojlantirish uchun qarashlarini bayon qilgan [6.85 ].

Buyuk mutafakkir va alloma Alisher Navoiy inson tafakkuri, aqli-farosati hamda ilmini yuksak qadrlagan. U: "Bilim va donishmandlik insonning bezagidir", — deb yozadi. Allomammizning bu fikrlari o'sha davrdan dunyoqarashlari tafakkuri rivojlantirishga e'tibor qaratganganidan dalolat beradi. Shuning uchun ta'lim olishlariga xam e'tibor qaratgan desak bo'ladi.

Iste'dodli shoir va tarjimon, tarixchi Muhammad Rizo Ogahiy asarlarida inson bekamu ko'st kamolga yetishishi uchun yoshlikdan ilm va kasb-hunar egallashi shart ekanligini aytib o'tadi. Uning fikricha, ilm-ma'rifat insonning ma'naviy kamolotida va jamiyat taraqqiyotida kuchli vositadir. Ilm inson aqlini boyitadi. Ogahiy ilmni ko'proq xalq o'yinlari orqali yetkazib berish uchun harakat qiladi, chunki bu narsa ijobiy o'quv motivini shakllantirishga xizmat qiladi. Xalq o'yinlari, aslida psixologik o'yinlar hisoblanadi. Bu vaqtda bola ham ta'lim oladi, ham shakllanadi [4.459].

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sharq mutafakkirlari o'quv motivlarini ehtiyojlar nuqtayi nazaridan tahlil qilishga harakat qilishgan. Mazkur ehtiyojlarni hosil qilishga, oshirishga, asosan o'qituvchilar tomonidan ta'lim jarayonining psixologik xususiyatlarini e'tiborga olish, ya'ni o'qish jarayonida bolalarning fiziologik va psixologik xususiyatlarini inobatga olib, ularga imkon qadar individual yondashish orqali erishish mumkinligini e'tirof etishgan. Shu bilan birga, sharq mutafakkirlarining buyuk xazinasi, bolalarga ta'lim, tarbiya berishdagi ilg'or fikrlari hozirgi kungacha o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Bugungi kunda xam ta'lim jarayonida bilim berish, yuqorida olimlarimiz qarashlari va fikrlariga amal qilgan holda olib borilayotgani buning yorqin misolidir.

REFERENCES

1. MirziyoyevSh.M. Tanqidiy taxlil, qat'iy-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. T. O'zbekiston, 2017.45b

2. Bobojonov Sh."Imom Ismoil al-Buxoriy" maqolasidan.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

3. Ал-Фараби. Социально-этические трактаты. Алма-ата, 1976, с. 119-120-6

4. Nishanova, Z.T. Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya [Matn] : darslik / Z.T. Nishanova va boshq. - Toshkent: « O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2018. - 600 b.

5. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

6. Абу Али Ибн Сино. Канон врачебной науки. Тошкент, 1985. С. 85

7. XODJAYEV B.X Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. -Т.: «Sano-standart» nashriyoti, 2017-yil, 416 bet.

8. Bekmirov, T., Axmedova, M., Melibayeva, R., Askarova, N., & Nurmatov, A. (2022). Kasbiy pedagogika.

9. Bekmirov, T. (2022). SHAXSNING EMOTSIONAL-IRODAVIY HOLATLARI" MAVZUSINI O 'QITISHDA INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH.

10. Бекмиров, Т. Р. (2019). Professional pedagogy of higher education as an important factor. Интернаука, (44-2), 61-62.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.