Научная статья на тему 'PROFЕSSOR – O’QITUVCHILARNI KASBIY RIVOJLANISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI'

PROFЕSSOR – O’QITUVCHILARNI KASBIY RIVOJLANISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

188
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
professor-o‘qituvchilar / kasbiy kamolat / o‘z-o‘zini anglashi / unvon / o‘qituvchi strategiyasi / shaxsiy rivojlanish / преподаватели / профессиональное созревание / самосознание / должность / стратегия преподавателя / личное развитие

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdusodiq Abdurayimovich Bozorov

Ushbu maqolada professor-o‘qituvchilarni kasbiy rivojlanishining, psixologik xususiyatlar va jihatlarii yoritilgan. Professor-o‘qituvchilarni kasbiy rivojlanishining yo‘nalishlari, subyektiv xususiyatlari o‘z-o‘zini anglashi, shaxslararo munosabatlarda to‘g‘ri yo‘llamalar ko‘rsata olishi va mazmunli hayot yo‘nalishlari ko‘rsatkichlari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье рассматриваются профессиональные, психологические особенности профессионального взросления профессоров и преподавательского состава. Выявлены показатели направлений профессионального взросления профессоров, самосознания субъективных характеристик, способности показывать правильные направления в межличностных отношениях и значимые жизненные ориентиры.

Текст научной работы на тему «PROFЕSSOR – O’QITUVCHILARNI KASBIY RIVOJLANISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

PROFESSOR - O'QITUVCHILARNI KASBIY RIVOJLANISHNING

PSIXOLOGIK JIHATLARI

Abdusodiq Abdurayimovich Bozorov

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy univeriteti "Psixologiya" kafedrasi mustaqil izlanuvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada professor-o'qituvchilarni kasbiy rivojlanishining, psixologik xususiyatlar va jihatlarii yoritilgan. Professor-o'qituvchilarni kasbiy rivojlanishining yo'nalishlari, subyektiv xususiyatlari o'z-o'zini anglashi, shaxslararo munosabatlarda to'g'ri yo'llamalar ko'rsata olishi va mazmunli hayot yo'nalishlari ko'rsatkichlari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: professor-o'qituvchilar, kasbiy kamolat, o'z-o'zini anglashi, unvon, o'qituvchi strategiyasi, shaxsiy rivojlanish,

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются профессиональные, психологические особенности профессионального взросления профессоров и преподавательского состава. Выявлены показатели направлений профессионального взросления профессоров, самосознания субъективных характеристик, способности показывать правильные направления в межличностных отношениях и значимые жизненные ориентиры.

Ключевые слова: преподаватели, профессиональное созревание, самосознание, должность, стратегия преподавателя, личное развитие

ABSTRACT

This article discusses the professional, psychological features of professional maturation of professors and teaching staff. The indicators of the directions of professional maturation of professors, self-awareness of subjective characteristics, the ability to show the right directions in interpersonal relationships and significant life guidelines are revealed.

Keywords: teachers, professional maturation, self-awareness, position, teacher strategy, personal development

Professor-o'qituvchilar bugungi kunda yoshlarga har tomonlama bilim berish, amaliy yordam ko'rsatishda soha

May 6

138

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

mutaxassislarining kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga alohida e'tibor bilan yondashuvi zarurdir. Oliy ta'limning professor-o'qituvchilari jamiyatimiz oldida mas'uliyati kattadir.

Professor - o'qituvchi talabalarning ehtiyojlarini, ularning ta'lim maqsadlari, ko'nikmalari va bilimlarini aniqlashga yordam beradi va shunga muvofiq o'quv jarayonini olib boradi, qanday interfaol usullar va qanday materiallar ustida ishlashni, qanday maqsadlarga aniq erishishni tashkil qilib muammolarni hal qiladi.

Hozirgi sharoitda jamiyatning oliy ta'limning professor-o'qituvchilar oldiga qo'yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to'g'ri hal qilish vazifasi yuqori solahiyatga ega bo'lgan professor-o'qituvchilarga bog'liqdir. Professor -o'qituvchining vazifasi talabalarga kasbiy bilimlarni qanday egallashni o'rgatish, dars mashg'ulotlarda talabalarning o'quv faoliyati va tafakkurini shakllantirishdir. Aynan o'qituvchi talabani aqliy va kasbiy faoliyatga o'rgatadi va talaba shaxsining intellektual va axloqiy shakllanishida ishtirok etadi. Professor -o'qituvchi butun xalqning xilma-xil ijtimoiy ne'matlari, ularning kundalik, madaniy, axloqiy, intellektual va ma'naviy qadriyatlarining saqlovchisi va tashuvchisi sifatida faoliyat olib boradi. Bu qadriyatlarni o'zida to'plagan va o'zlashtirgan holda, u o'z qobiliyatiga ko'ra ularni yosh avlodga etkazadi. Talaba yoshlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni to'g'ri yo'lga sola olishi, pedagogik jamoa a'zosi sifatida institut hayoti faoliyatini uyushtirishda bevosita ishtirok etadi, talabalarning ota-oanlari bilan ishlash olib boradi va jamoatchilik oldida ma'ruzalar o'qib, suhbatlar olib boradi, bilimlar tag'ribotchisi hamdir. Vazifalarning shu qadar ko'pligi oliy ta'limning professor-o'qituvchilar oldiga quyadigan talablari tushunarlidir. Ma'lumki, pedagogik faoliyat - kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Talabalar uchun professor -o'qituvchilar oliy ta'limda asosiy figura hisoblanadi.

Oliy ta'limning professor-o'qituvchilari boshqa ta'limda faoliyat yuritayotgan o'qituvchilardan farqlanib turadi. Oliy ta'limning professor-o'qituvchilar eng muhim hislatlari kasbiy bilimlarini oshirib borishi, o'z kasbini hurmat qilishi, kasbiga bo'lgan mexrini namoyon eta olishi, ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishidir.

Demak, jamiyatimizga yuqori darajadagi kadrlarni yetishtirishda oliy ta'lim professor-o'qituvchilarni hissasi juda katta. Ular, talaba yoshlarga har tomonlama o'rnak bo'la olishi lozim. Professor-o'qituvchilarni kasbiy rivojlanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o'rganish bugungi kunning dolzarb masalalaridandir. Professor-o'qituvchilarni kasbiy kamoloti deganda nimalarni nazarda tutamiz?

Professor-o'qituvchilar ilmiy unvonli oliy pedagogik mahoratga ega, ilmiy yutuqlarga ega bo'lgan va davlat akkreditatsiyasidan o'tgan oliy ta'lim muassasalarida yoki oliy

May 6

139

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

ta'lim muassasalarining ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi ilmiy muassasalarda pedagogik ish olib borayotgan ilmiy va pedagogik xodimlar nazarda tutiladi.

Professor-o'qituvchilarni kasbiy kamoloti deganda mutaxassisning ma'naviy-diniy, intellektual va jismoniy qobiliyatlari yuqori darajada rivojlanganligini hisob olamiz. Professor-o'qituvchilarni kasbiy rivojlanishining sifatlari ajralib turishi shart. Ular kasbiy soha, oilaviy va insoniy munosabatlar, shaxslararo muloqot, talabalarni tarbiyalash, ma'naviy-ma'rifiy bilimlarini oshirish, o'z-o'zini rivojlantirish va o'z-o'zini takomillashtirish.

Professor-o'qituvchilarni kasbiy kamoloti sifatlarini ajratib ko'rish tajribamizda har bir pedagog o'zining qaysi sifatlari rivojlanishiga e'tibori katta bo'ldi. Bu tarzdagi kasbiy kamolati sifatlari pedagogni tajribalari ortib borishi bilan bog'liq bo'ladi. Ammo, professor-o'qituvchilar o'z faoliyatida aynan kasbiy sifatlari va bilimlariga alohida e'tibor qaratilmagan ekan. Afsuski, bizni oliy ta'lim professor-o'qituvchilarni har tomonlama yuksalishiga xizmat qiladigan, yoki professor-o'qituvchilar kasbiy kamolotini aniqlovchi psixodiagnostik ishlarni tashkil etish va psixokorreksiya qilish xizmat turlari yetarli emas.

Hozirgi kunda fan-texnologiyalarni jadal rivojlanayotgan bir davrda yuqori malakaga ega bo'lgan professor o'qituvchilar kasbiy jihatdan yuksalishiga xizmat qiluvchi aniq ulchovga ega bo'lgan ilmiy jihatdan asoslangan dalillar va ilmiy izlanishlarni taqoza qiladi.

Ta'lim tizimida katta islohotlar borayotgan bir vaqtda yuqori malakali professor -o'qituvchilar nafaqat o'z kasbiy bilimlariga ega bo'lishi, ularda ma'naviy-ma'rifiy bilimlarni rivojlantirish, insonparvarlik xarakterga ega bo'lgan pedagoglarni yetishtirish lozim. Professor-o'qituvchilar o'zining kasbiy bilimlarini integratsiyalashgan holda olib borishni yo'lga quyishimiz zarur.

Kasbiy yetuklik - bu shaxsning kasbiy rivojlanishining odatda uning yoshidagi odamlar erishadigan darajaga muvofiqligi, kasbiy yetuklikning asosiy belgilari: kasbiy bilimlarni olishga qiziqish; yangi ma'lumotlarni izlap topishga intilishi, kasbiy qadriyatlariga ega bo'lish va qobiliyatlarning faoliyatiga muvofiqligi.

Professor-o'qituvchilarni kasbiy kamoloti ilm va yaxshi axloqga ega bo'lish yoshlarga ta'lim-tarbiya berishda nihoyatda zarur, shuning uchun ham ta'lim-tarbiyaga mas'uliyatli bo'lishni talab qiladi. Professor-o'qituvchining kasbiy rivojlanishining mohiyati, tuzilishi, muammolari va shakllanish mexanizmlari ilmiy jihatdan o'rganib borish lozim. Zamonaviy hayotning tez oqimi inson uchun yangi muammolarni keltirib chiqaradi, mos ravishda yashash uchun hal qilinishi kerak bo'lgan yangi muammolar paydo bo'ladi. Bugungi kunda professor-o'qituvchining kasbiy kamoloti jamiyatning barcha ta'lim tizimida

May 6

140

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

bo'lishi zarur. Shu sababli, mutaxassisning malakasini oshirish jarayonida u muqarrar ravishda yuzaga keladigan muammolarni mustaqil ravishda muvaffaqiyatli hal qilishga tayyorgarlik ko'rish uchun oliy ta'limning an'anaviy muammolarini ham, zamonaviy hayot muammolarini ham hal qilishni o'rganishi muhimdir. mutaxassisligidan qat'i nazar, har bir professor-o'qituvchining kasbiy burchidir. Professor-o'qituvchilarining subyektiv xususiyatlari o'z-o'zini anglashi, shaxslararo munosabatlarda to'g'ri yo'llamalar ko'rsata olishi va mazmunli hayot yo'nalishlari ko'rsatkichlari bilan o'zaro bog'liqdir. Ularning o'z-o'zini takomillashtirish istagi inson tabiatiga haddan tashqari ijobiy qarash psixolog shaxsining yetukligini shakllantirish uchun turli xil oqibatlarga olib kelishi mumkin, bu uning axloqiy darajasi bilan ham bog'liqdir. Olib borilayotgan ilmiy tadqiqotimiz maqsadi professor-o'qituvchining kasbiy rivojlanishining psixologik xususiyatlari uning samarali faoliyatining omili sifatida o'rganishdir.

REFERENCES

1. Мирзиёев, Шавкат Миромонович Миллий тараккиёт йулимизни катъият билан давом эттириб, янги боскичга кутарамиз. - Тошкент: «Узбекистан» НМИУ, 2017.

2. Термин «профессор» в различных словарях. Дата обращения: 28 октября 2016. Архивировано 30 октября 2016 года.

3. К. Губа, Т. Зименкова, М. Сафонова, С. Чуйкина, М. Соколов. Как становятся профессорами: академические карьеры, рынки и власть в пяти странах. — М.: 2015. — 832 с. — ISBN 978-5-4448-0280-9.

4. Этика профессора. Опыт коллективной рефлексии: коллективная монография / под ред. В. И. Бакштановского; сост. М. В. Богданова. — Тюмень: ТИУ, 2020. — 232 с. — (Серия «Библиотека журнала "Ведомости прикладной этики»". Выпуск 2). ISBN 978-5-9961-2380-3

5. Geoffrey J. Barton. The UK Academic System: hierarchy, students, grants, fellowships and all that [Copyright © G. J. Barton, 2014] (англ.). — ««...The most senior academic job title is professor. Professors are said to hold a chair in a subject or subject area.» (page 6)». Дата обращения: 22 октября 2016. Архивировано из оригинала 30 октября 2016 года.

592 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.