Научная статья на тему 'PROTOZOOZLARGA TASHXIS (DIAGNOZ) QO‘YISH'

PROTOZOOZLARGA TASHXIS (DIAGNOZ) QO‘YISH Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
1
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
veterinariya protozoologiyasi / protozoozlar / sodda hayvonlar / ezilgan tomchi / osma tomchi / klinik / epizootologik usullar.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Rustamov Baxtiyor

Protozoozlarga tashxis qo‘yishning patologoanatamik, mikroskopik, soda parazitlarni tirik holda tekshirish, ezilgan tomchi, osilgan tomchi, uslublari hamda diagnoz qo‘yishda klinik, epizootologik ma’lumotlardan foydalanish uslublari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PROTOZOOZLARGA TASHXIS (DIAGNOZ) QO‘YISH»

UDK:591.1

PROTOZOOZLARGA TASHXIS (DIAGNOZ) QO'YISH

Rustamov Baxtiyor Suvonqulovich

v.f.f.d., PhD

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Annotatsiya: Protozoozlarga tashxis qo'yishning patologoanatamik, mikroskopik, soda parazitlarni tirik holda tekshirish, ezilgan tomchi, osilgan tomchi, uslublari hamda diagnoz qo 'yishda klinik, epizootologik ma 'lumotlardan foydalanish uslublari bayon etilgan.

Аннотация: Описаны патологоанатомическое, микроскопическое, живое исследование паразитов, раздавленная капля, висячая капля, методы диагностики простейших, а также способы использования клинических и эпизодических данных в диагностике.

Summary: Pathologoanatomical, microscopic, live examination of parasites, crushed drop, hanging drop, methods of diagnosing protozoa, as well as methods of using clinical and episodic data in diagnosis are described.

Kalit so'zlar: veterinariya protozoologiyasi, protozoozlar, sodda hayvonlar, ezilgan tomchi, osma tomchi, klinik, epizootologik usullar.

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko'paytirish hisobiga oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, ishlab chiqarishning zamonaviy usullarini keng joriy etish, bu orqali qo'shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish, chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, shuningdek, mazkur sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida aholini chorvachilik mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash hamda chorvachilik va uning tarmoqlarida ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, ushbu sohada oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga oid davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta'minlash, chorvachilik sohasida sifat nazoratini kuchaytirish, eksportga yo'naltirilgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, qo'shilgan qiymat zanjiriga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, aholini sifatli chorvachilik mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondirishda chorva molar sonini va ularning mahsuldorligini oshirish bilan bir qatorda, hayvonlarni turli invazion kasalliklardan asrash muhim ahamiyatga ega. Malumki, protozoozlarga qarshi

davolash va oldini olish chora-tadbirlarining samaradorligi bu kasalliklami to'g'ri aniqlash, yani to'g'ri diagnoz qo'yishga bog'liq.

Tadqiqot maqsadi. Protozoalarning morfologiyasi va biologiyasi to'g'risidagi adabiyot manbalarini tahlil qilish, protozoozlarni davolash, profilaktika qilish va tekshirish usullarini tasniflashdan iborat.

Tadqiqot materiali va usullari. Protozoozlar mikroskop ostida ko'rinadigan bir hujayrali mustaqil organizmlar bo'lib, bir-biri bilan bevosita aloqada bo'ladigan uch qismdan: yadro, sitoplazma va membranadan iborat. Ayrim turdagi protozoozlarning organoid va organellalari (sitostom, xivchinlar, soxta oyoqlar va hakozolar) bo'lib ular sut emizuvchilarining organlari bajaradigan vazifalarni bajaradi. Protozoozlarning harakati uch tipdagi organellalar; kipriklar, xivchinlar va yolg'on oyoqlari yordamida bajariladi. Trixomonadalarga mansub xivchinlilar uchun alohida suyanchiq (tayanch) aparati yoki aksostilning borligi xarakterlidir.

Protozoozlarning epizootologiyasi. Bu kasalliklar ko'pgina janubiy tumanlarda, kamroq shimoliy qismlarda tarqalgan. Epizootologik xususiyatlarga ko'ra bu kasalliklar enzootic kasalliklar guruhiga kiradi, yani ular uchun ma'lum chegarada keng tarqalishida yuqumli kasalliklarga xos dinamik sur'atlar bo'lmaydi. Ayrim protozoalar o'zlarining rivojlanish davrida 2 yoki 3 xo'jayin organizmiga moslashgan bo'ladilar. Odatda bu xo'jayinlardan biri umurtqali hayvonlar boshqalari esa umurtqasiz hayvonlar bo'ladi. Protozoozlarning bir xo'jayin organizmidan ikkinchisiga o'tishi hayvonlarda qon so'rish uchun hujum qiladigan hasharot va kanalar tomonidan yoki parazitlarni ozuqa hamda suv bilan xo'jayin organizmiga tushganida sodir bo'ladi. Piroplazmidozlarning paydo bo'lishida va rivojlanishida 3 ta asosiy zanjir bor, ya'ni:

1. Kasallangan hayvon organizmida kasallik qo'g'atuvchisini mavjudligi;

2. Piroplazmidiylarni tashuvchi yaylov kanalarining borligi;

3. Kasallikka moyil hayvonlarning mavjudligi.

Mana shu epizootologik zanjirning biror bo'g'ini yetishmasa unda hayvonlarning piroplazmidoz kasalliklari sodir bo'lmaydi. Har yili piroplazmidoz kasalliklari uchrab turadigan xo'aliklarda bu kasallik qo'zg'atuvchilari ham doimo uchrab turadi. Piroplazmidoz bilan kasallangan hayvonlar kanalarni zararlanishi uchun asosiy manba hisoblanadi va ular o'z navbatidankasallikni unga moyil hayvonlarga yuqtiradi. Epizotologik zanjirdagi bo'g'inlarning o'zaro munosabatiga, ko'ra piroplazmidoz manbalari quyidagilarga bo'inadi:

1. Latent (yashirin) zona

2. Epizootik zona

3. Kasallik xavfiga ega zona

Laboratoriya tekshirish usullari. Laboratoriya sharoitida ko'pincha nozik surtma tayyorlab tekshiruvdan o'tkaziladi. Kasallik qo'zg'atuvchilarini toppish uchun

76

kasallikning boshlang'ich va rivojlanish davrida surtma tayyorlanadi, biroq maxsus terapiya o'tkazilgandan keyin hayvonning periferik qon tomiridan birinchi tomchi qon olinib surtma tayyorlanmaydi. Birinchi tomchi qon namunasi periferik qon tomiridan, quloqning suprasi terisidan olinadi. Romanoviskiy usuli bilan bo'yaladi. Olingan qon surtmasida mos klinik belgilarsiz bir-ikkita parazitlarning topilishi (nuttalioz, piroplazmoz) ularning etiologic ahamiyatga ega bo'lmasdan, balkim parazit tashuvchilik yoki parazit tashuvchi hayvonlarda kasallikni kuchayishidan darak beradi. Bir vaqtning o'zida surtmani mikroskop ostida tekshirilayotgan paytda donador bazofillarga, eritrositlarning shakliga, hajmiga ahamiyat beriladi. Zarurat tug'ulganda esa qo'shimcha tekshiruvlar: eritrosit va leykositlar miqdori, eritrositlarning cho'kish tezligi va boshqa ko'rsatkichlar, o'tkaziladi. Patogenli soda hayvonlarning morfologik tuzulishi va biologic rivojlanishini e'tiborga olingan holda ular tomonidan qo'zg'atiladigan kasalliklarni aniqlash uchun laboratoriya sharoitida mikroskopik, serologic, biologic tekshirishlar o'tkaziladi. Yuqorida qayd qilingan usullarni ayrim ijobiy va salbiy tomonlari ham bor, ammo bu usullarni barchasi bilan ham tekshirish o'tkazish kerak, chunki ularni natijalari bir-birini to'ldiradi. Yani tirik soda parazitlarni bu usullar bilan tekshirish ularning shakllari, tuzulishi, harakati, ko'payishi haqida qimmatli malumotlar beradi. O'tuvchi nurda mikroskop ostida tekshirilganda soda organizimlarning tirik plazmasida o'zakni, qisqaruvxhi va boshqa vakuolalarini, turli kattalik hamda shakldagi yorug'likni kuchli qaytaruvchi donachalarni ko'rish mumkin.kondensatorni qorong'I ko'rish doirasiga qo'yilganda parazitlarning harakat organellalari kiprikchalari, xivchinlari yaxshi ko'rinadi. Tiriklik davridagi (vital) bo'yab tekshirish usuli soda jonivorlarning tana strukturasini, ayniqsa ularni ovqat hazm qilish vakuolalari va ekskretor kiritmalarini to'liq o'rganishga imkon beradi. Yangi o'ldirilgan, fiksatsiyalovchi turli suyuqliklar bilan fiksatsiyalanib bo'yalgan soda hayvonlarni o'rganishda ular tanasinig nozik strukturalari aniqlanadi. Barcha tekshirish usullari bo'yicha olingan natijalar, solishtirilganda soda jonivorlarning ichki va tashqi tuzilishi, fiziko-ximiyaviy tarkibi, ularning biologiyasi bo'yicha to'liq malumotga ega bo'lish mumkin.

Mikroskopik tekshirish usuli. Kasallik chaqiruvchi soda parazitlarni mikroskopik tekshirish usuli obektiv va ishonchli natijalar beradi.

Sodda parazitlarni tirik holida tekshirish. Ezilgan tomchini tekshirish. Buning uchun toza buyum oynasiga o'rtacha kattalikdagi bir tomchi protozoalar o'sayotgan muhit tomizilib, qoplag'ich oyna bilan qoplanadi, yani ezilgan tomchi tayyorlanadi. Bunday olingan suyuqlikni qoplag'ich oyna bilan qoplanganda, uning ostiga teng tarqalgan bo'lishi kerak, ammo qoplag'ich oyna chetlaridan cuyuqlik tashqariga oqib chiqmasligi zarur. Hayvonlar qonini tezda ivib qolishini oldini olish uchun 1-2 % li limon kislotasining natriyli tuzi eritmasi bilan aralashtirilishi kerak. Qoplag'ich oyna bilan tekshirilayotgan obyektni jarohatlamaslik uchun oynalar orasiga

77

tekshirilayotgan obyekt qalinligi singari qalinlikda qistirma qo'yiladi. Buning uchun buyum oynalari parchasi, qog'oz, filtr qog'ozining bo'lagini ishlatish mumkin. Tekshirish uzoq vaqt davom etadigan, bo'lsa qoplag'ich oynaning chetlari vazelin yoki eritilgan parafin bilan surtilishi kerak, chunki qoplag'ich oyna ostidagi suyuqliklarni bug'lanishi natijasida tuzlar konsentratsiyasi ko'tarilib tekshirayotgan obyektlarni tezda o'lishiga sabab bo'lishi mumkin.

Osma tomchini tekshirish usuli. Ezilgan tomchi bilan tekshirishga nisbatan, qisqa muddatda o'tkazish mumkin, qoplag'ich oyna ostidagi suyuqliklar uzoq muddat saqlanganda bug'lanib ketishi tufayli tuzlarning konsentratsiyasi oshadi va natijada kuzatilayotgan obyektlarning tezda nobud bo'lishiga olib keladi. Bu holatni chetlash maqsadida osma tomchi usuli bilan tekshirish yaxshi natija beradi. Bunday tekshirishni o'tkazish uchun bakteriologik tekshirishlar o'tkazishda qo'llaniladigan o'rtasida chuqurchasi bor buyum oynasi olinib, chuqurcha atrofi vazelin, suyultirilgan paraffin yoki maxsus yopishtiruvchi moddalar bilan yupqa qobiq hosil qilgan holda aylantirilib chiqiladi va tekshirilayotgan material qoplag'ich oynaga tomizilib, ehtiyotlik bilan chuqurchaga yopishtiriladi. Bunday usul bilan tekshirish o'tkazganda tekshirilayotgan obyektni norma holda bir necha soat davomida kuzatish mumkin bo'ladi. Soda jonivorlarning katta kichikligiga qarab uni mikroskopning, o'rta yoki immersion obyektlari ostida diafragmani qisqartirib yoki tushurib ko'rishmaydonini biroz qorong'ilashtirgan holda tekshiriladi. Ayrim soda jonivorlar buyum oynasini sovuqligi tufayli harakatlarini sekinlashtirish yoki to'xtatishi mumkin. Buni oldini olish uchun esa buyum oynasi ehtiyotlik bilan lampa alangasida, qo'l kaftida yoki maxsus isitgich moslamalarida isitilishi zarur.

Namli kamerada tekshirish usuli. Osma tomchi usuli bilan soda jonivorlarni tiriklik holatini yana ham uzoqroq cho'zish maqsadida maxsus namli kameralardan foydalaniladi. Buning uchunqalin buyum oynasi olinib, unga aylana shaklida jiyak qilinadi va u suv bilan to'lg'aziladi va jiyakni tashqi tomonidan yopishqoq moddalar surtiladi, yuqori chetiga vazelin surtilib, unga yuqorida bayon etilgan osma tomchi usulidek tayyorlangan (o'rtasida chuqurchasi bo'lgan buyum oynasiga qon tomchisi tomizilgan qoplag'ich oyna bilan yopishtirilgan) buyum oynasi yopishtiriladi. Bunday usul bilan tekshirish o'tkazilganda namlikni normal bo'lishi soda hayvonlar o'zlarining tiriklik qobilyatini uzoq muddat saqlaydi, bu esa tekshirish samaradorligini ancha oshiradi.

Xulosa qilib aytganda protozoalarga tashxis qo'yishning veterinariya amaliyoti uchun qulay va qo'llanilishi nisbatan oddiy usublari - sodda parazitlarni tirik holida tekshirish, ezilgan tomchini tekshirish, osma tomchini tekshirish, namli kamerada tekshirish usullari bilan amalga oshiriladi.

Protozoalarga tashxis qo'yishda klinik, immunologik va epizootologik malumotlar hamda patologo-anatomik tekshirish natijalari ham hisobga olinadi.

78

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxat:

1. Dj.A.Azimov, A.I.Yatusevich, X.B.Yunusov, R.B.Davlatov, B.T.Norqobilov, Sh.A.Djabborov, A.S.Daminov, A.O.Oripov, A.G'.G'afurov, N.E.Yuldashov, Sh.X.Qurbanov. Parazitologiya va invazion kasalliklar. Darslik. / -Toshkent, "Fan ziyosi" nashriyoti, 2024, 460 bet.

2. A.G'.G'afurov, R.B.Davlatov, U.I.Rasulov. Veterinariya protozoologiyasi. O'quv qo'llanma. / - Samarqand, "Zarafshon" nashriyoti, 2014. 116 bet.

3. A.G'.G'afurov, S.I.Mavlonov va boshqalar. Qishloq xo'jalik hayvonlarining protozoozlari davolash-profilaktika chora tadbirlari bo'yicha. O'quv qo'llanma, 2023. 115 bet.

4. P.S.Haqberdiyev, F.B.Ibragimov. Veterinariya protozoologiyasi va araxnoentomologiyasi. O'quv qo'llanma. / - Toshkent, "Navro'z" nashriyoti, 2020. 292 bet.

5. А.И.Ятусевич и др. Паразитология и инвазионные болезни животных. Учебник. Минск, «ИВЦ Минфинва» 2017 год.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.