BUZOQLAR PNEVMOENTERITI 1Saydullayev Alisher Fayzullo o'g'li, 2Umirzakov Izzatillo Saloxiddin o'g'li
1Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institute, "Chorvachilik va veterinariya
meditsinasi" kafedrasi assistenti 2Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti. "Chorvachilik va veterinariya
meditsinasi" kafedrasi assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.10938045
Annatatsiya. Ushbu maqolada buzoqlarda uchraydigan polietiologik kasalliklardan biri bo'lmish, pnevmoenterit kasalligi haqida so'z boradi. Kasallikni tarqalishi, epizootologiyasi, patogenezi, patologo-anatomik o'zgarishlari, kasallikka diagnoz qo'yish, davolash, profilaktikasi va oldini olish chora tadbirlari haqida qisqacha ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: buzoq, pnevmoenterit, adenovirus, rotavirus, parvovirus, koronaviruslar, paragripp-3, yuqumli rinotraxeit, virusli diareya, respirator sinsitial, rinovirus, enterovirus, bakteriyalar, mikoplazmalar, xlamidiya.
Аннотация. Статья посвящена пневмоэнтериту - одному из полиэтиологических заболеваний телят. Даны краткие сведения о распространении заболевания, эпизоотологии, патогенезе, патологоанатомических изменениях, диагностике, лечении, профилактике и профилактических мерах.
Ключевые слова: теленка, пневмоэнтерит, аденовирус, ротавирус, парвовирус, коронавирусы, парагрипп-3, инфекционныйринотрахеит, вирусная диарея, респираторно-синцитиальный, риновирус, энтеровирус, бактерии, микоплазма, хламидии.
Abstract. This article talks about pneumoenteritis, one of the polyetiological diseases found in calves. Brief information on the spread of the disease, its epizootology, pathogenesis, pathological-anatomical changes, diagnosis, treatment and preventive measures is given.
Keywords: calf, pneumoenteritis, adenovirus, rotavirus, parvovirus, coronaviruses, parainfluenza-3, infectious rhinotracheitis, viral diarrhea, respiratory syncytial virus, rhinovirus, enterovirus, bacteria, mycoplasmas, chlamydia.
Kirish. Buzoqlarning pnevmoenteriti nafas olish va ovqat hazm qilish organlarining shikastlanishi bilan tavsiflanadigan kasallikdir. Pnevmoenteritning kelib chiqish bir qancha omillarga bog'liq bo'liq bo'lib, hayvonlarni oziqlantirish va saqlashga doir zoogigiyenik talablarga rioya qilmaslik, turli xil kasallik qo'zg'atuvchilari, jumladan bir qancha oilalarga mansub viruslar: adeno-, reo-, rota-, parvo-, koronaviruslar, paragripp-3, yuqumli rinotraxeit, virusli diareya, respirator sinsitial, rino- va enteroviruslar, bundan tashqari har xil bakteriyalar, mikoplazmalar, xlamidiyalar ushbu kasallikni keltirib chiqaruvchi asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.
Epizootologiyasi. Pnevmoenteritlarga barcha yoshdagi qoramollar moyil, ammo voyaga yetgan katta yoshdagilarda, odatda klinik belgilarsiz, yosh buzoqlarda esa nafas olish va oshqozon-ichak traktida turli xildagi yallig'lanishlarga xos kilinik belgilar bilan namoyon bo'ladi. Yosh hayvonlarning pnevmoenteritlari turli xildagi infeksiyalarning birgalikda kelishi bilan namoyon bo'ladi. Ya'ni ushbu kasallikni bir vaqtning o'zida viruslar, bakteriyalar, mikoplazmalar yoki xlamidiyalar birgalikda keltirib chiqarishi mumkin. Pnevmoenterit bilan kasallanish va o'lim darajasi juda xilma-xildir, yosh hayvonlarni ko'paytirish texnologiyasiga qat'iy rioya qilish va veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilish, muvozanatli oziqlantirish to'g'ri tashkil qilinganda yosh buzoqlarni ushbu kasallik bilan o'lish darajasi 2% dan oshmaydi.
Tarqalishi. Yosh hayvonlarning pnevmoenteritlari chorvachiligi sanoat miqyosida rivojlangan ko'plab mamlakatlarda, ayniqsa, mexanizatsiyalashgan qurilmalari nosoz xoldagi va hayvonlarni saqlash, oziqlantirish hamda, ekspluatatsiya qilishning belgilangan qoidalariga rioya qilinmagan chorvachilik komplekslarida keng tarqalgan. Kasallik manbai bo'lib, asosan, kasal va kasalllikni tashuvchi hayvonlar, zararlangan ozuqa, inventarlar, asbob-uskunalar, to'shamalar, go'ng va suyuq fekali kasallikni tarqalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Kasallik tashuvchi hayvonlar kasallik qo'zg'atuvchisini og'iz va burun oqmasi, ko'z yoshi, ter bezlari, go'ng va suyuq fekalisi, nafas havosi orqali tashqi muhitga tarqatadi. Yangi tug'ilgan buzoqlar uchun kasal ona nixoyatda xavfli hisoblanadi. Ko'pincha buzoqlar havo-tomchi yoki alimentar yo'l bilan zararlanadi. Epizootik jarayonning borishiga virusning virulentligi, ikkilamchi infeksiyalar, hayvonlarni yomon tashkil etilgan saqlash va oziqlantirish sharoitlari, chorvachilik komplekslarida yuzaga keladigan stress faktorlar (transpirofka, qayta guruhlash, oziqlantirish ratsionini o'zgartirish, shuningdek, iqlim sharoitlari ham ta'sir etadi. Pnevmoenterit sovuq mavsumda tez tarqaladi.
Qo'zg'atuvchisi adeno-, reo-, rota-, parvo- va, koronaviruslardir. Ammo chorvachilik komplekslarida buzoqlarning nafas olish va ichak kasalliklarining etiologiyasida yuqorida qayd etilgan viruslardan tashqari turli bakteriyalar, mikoplazmalar, xlamidiyalar muhim o'rin tutadi. Rotavirus buzoqlarda diareya, korona, reo- va adenoviruslar yosh hayvonlarning nafas olish va ovqat hazm qilish organlariga ta'sir qiladi, parvoviruslar buzoqlarda asosan ichak shikastlanishlarini keltirib chiqaradi.
Fermer xo'jaliklaridagi bo'lmasligi mumkin, yuqori virulentli infeksiyalar bilan bir qatorda, kasallikning klinik belgilarini keltirib chiqarishga qodir bo'lmagan kuchsiz virulentli shtammlari ham bo'lishi mumkin.
Patogenez. Yosh hayvonlarda kassallangan hayvonlardan ajratilgan infeksiyalarning virulentligi bir xil
respirator infektsiyalarning qo'zg'atuvchisi bo'lgan viruslar, bakterialar (Pasterella, Escherichia, Salmonellalar, Streptococcus va boshqalar), mikoplazma yoki xlamidiyalar mikroflorasi yuqori nafas yo'llari va o'pkaning shilliq qavati epiteliysi orqali tanaga kirib, unda ko'payadi va yallig'lanishni keltirib chiqaradi. Nafas olish organlaridagi patologik jarayonning rivojlanish darajasi qo'zg'atuvchining turi, soni, virulentligi va infeksiya intensivligiga qarab turlicha bo'ladi. Kasallik odatda klinik tarzda kechadi. Ayrim hollarda subklinik holda kechib, o'limga olib keladigan o'tkir pnevmoniya chaqiradi.
Yangi tug'ilgan buzoqlarning rota-, korona-, reo-, parvo- va adenoviruslardan kelib chiqqan enteritida patogen ingichka ichak shilliq qavatining epiteliy hujayralariga ta'sir qiladi, bu esa distrofiya, nekroz va desquamatsiyani keltirib chiqaradi. Vorsinkalar atrofiyasi yuzaga kelishi oqibatida ovqat hazm qilish va ichaklarda ozuqa moddalarining so'rilish jarayonlari buziladi, diareya rivojlanadi va buning natijasida tananing suvsizlanishi kuzatiladi.
Buzoqlarning reo- va adenoviruslar keltirib chiqaradigan respirator infektsiyalarining klinik belgilari juda o'xshash. Buzoqlarda kasallikning og'ir shakllari aralash virusli yoki boshqa infeksiyalarning birgalikda kelishi natijasida kasallik og'ir shakllarda kechishi mumkin. Kasallikning inkubatsion davri 2 kundan 7 kungacha. Kasallik isitma, mayuslik, tushkunlik, burun va ogizdan infiltartlar oqishing kuchayishi, ko'zdan ekssudativ oqindilar oqishi, nafas harakatining qiyinlishuvi, yo'tal, ishtahaning yo'qolishi kabi kilinik belgilar bilan kechadi. Ba'zi hollarda yosh hayvonlarda bir vaqtning o'zida oshqozon ichak traktining bir necha bo'limlarida turli yallig'lanishlar rivojlanadi, bu esa kasallangan hayvonni o'limiga olib keladi.
Patologik o'zgarishlar infeksiya turi, qo'zg'atuvchilar soni, virulentligi va infeksiya intensivligiga qarab turlich bo'ladi. Buzoqlarning viruslar keltirib chiqaradigan respirator infeksiyalarida yuqori nafas yo'llari va bronxlar shilliq qavatining kataral yallig'lanishi, o'pkada esa pnevmoniyaga xos o'zgarishlar, qizil va kulrang gepatizatsiya joylari, siqilish, atelektaz va individual emfizema aniqlanadi. o'pka lobulyar yoki, interlobulyar biriktiruvchi to'qimalarning shishishi, plevra bo'shlig'ida seroz-fibrinoz ekssudat yig'ilishi, ko'krak bo'shlig'ining limfa tugunlari shishishi va kattalashishi kuzatiladi.
Buzoqlarning pnevmoenterit kasalligida diareya bilan oshqozon-ichak traktidagi o'zgarishlar eng xarakterlidir. Ingichka ichakning shilliq qavati kataral yallig'lanadi, oshqozon-ichaklarda giperemik shishlar, mayda qon ketishi va eroziyalar kuzatiladi. Ichaklarning ichki devori shilliq bilan qoplanadi. tutqich limfa tugunlari kattalashganligi, shishganligi, og'riq va maxalliy haroratini ko'tarilganligini hamda kesilgan joyda shirali suyuqlikning oqishi kuzatiladi. Og'iz bo'shlig'i shilliq qavati, qizilo'ngach, qorin bo'shlig'i va o'n ikki barmoqli ichaklarining epiteliya hujayralari nobud bo'lgan joylarida koronavirus infeksiyasini rivojlanishidan turli yaralar paydo bo'lganligini ko'rish mumkin bo'ladi.
Diagnoz. Kasallik polietiologik kasallik bo'lganligi sababli ushbu kasallikka diagnoz qo'yish bir qancha qiyinchiliklar tug'diradi. Kasallikka diagnoz qo'yish epizootologik, klinik tekshirishlar va patologo-anatomik yorib ko'rish natijalariga asoslangan holda daslabki diagnoz qo'yiladi, va yakuniy diagnoz qo'yish maqsadida laboratoriyaga patologik materiallar yuboriladi. Laborator tekshiruvlarida kasallik qo'zg'atuvchisini topilishi pnevmoenterit deb diagnoz qo'yishimizga asos bo'ladi. Laboratoriyaviy tekshirishlarda virusologik, bakteriologik, serologik va biosinov usullaridan foydalaniladi. Tashxis qo'yishda hayvonlarning turli xil viruslar, shuningdek bakterial kasalliklar, mikoplazmoz va xlamidiya qo'zg'atuvchilari bilan bir vaqtning o'zida yuqishi ehtimoli hisobga olinadi.
Davolash. Davolash va oldini olish kasallikni keltirib chiqarayotgan sabablarini bartaraf etish, nafas olish va ovqat hazm qilish organlarining buzilgan funktsiyalarini tiklash orqali amalga oshiriladi.
Pnevmoenterit bilan kasallangan hayvonlarni davolashda asosan simptomatik davolash usulidan foydalanish tavsiya etiladi. Davolashda ishlatiladigan preparatlarni tanlashda kasallik etiologiyasiga e'tibor qaratish lozim. Davolashda antibiotiklar va boshqa mikroblarga qarshi vositalardan foydalanish ikkilamchi bakterial infektsiyalarning ta'sirini bartaraf etishda juda foydali bo'lishi mumkin.
Immunitet. Bir qator mamlakatlarda buzoqlar pnevmoenterit kasalligiga qarshi vaksina ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari o'tkazilayotgan bo'lsa-da, hozirda maxsus profilaktika uchun tasdiqlangan vaksinalar mavjud emas.
Profilaktika va oldini olish choralari. Kasallik profilaktikasida e'tibor qaratishimiz mumkin bo'lgan jihatlari bo'g'oz sigirlar va buzoqlarni saqlash, oziqlantirish va ekspluatatsiya qilish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish, buzoqlarni olish va ko'paytirish texnologiyasini qat'iy amalga oshirish va chorvachilik komplekslari uchun zarur bo'lgan zoogigiyenik va veterinariya-sanitariya tadbirlarining butun majmuasini amalga oshirishdir.
Pnevmoniya va diareya keng tarqalgan xo'jaliklaridan olingan hayvonlarni chorvachilik kompleksiga olib kirishning oldini olish juda muhimdir.
Kasallik aniqlanganda, kasal hayvonlar ajratilib alohida izalatsion xududga ko'chiriladi, tegishlicha davolanadi, binolarda optimal mikroiqlim ta'minlanadi, oziqlantirish ratsioni
yahshilanadi, kasal hayvonlar kantaktda bo'lgan binolar, asbob-uskunalar, inventarlar, qafaslar va
qo'ralar dezinfeksiya qilinadi. Qoldiq ozuqalar, go'ng va suyuq fekali to'liq utilizatsiya qilinadi.
REFERENCES
1. Шапулатова З. Ж., Эргашев Н. Н., Рузикулова У. Х. АССОЦИАТИВНЫЕ ИНФЕКЦИИ ТЕЛЯТ, ВЫЗВАННЫЕ РОТА-, КОРОНАВИРУСАМИ И ВИРУСОМ ДИАРЕИ В ХОЗЯЙСТВАХ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН //UXeXc [Sc [re [TT [ue [US jacUSj [A[] TqAA XeX. - С. 78.
2. Шапулатова, З. Ж., Юнусов, Х. Б., & Красочко, П. А. (2022). Разработка средств и способов диагностики, специфической профилактики заболеваний органов дыхания и пищеварения вирусно-бактериальной этиологии в хозяйствах Республики Узбекистан. Agrobiotexnologiya va veterinariya tibbiyoti ilmiy jurnali, 470-475.
3. Шапулатова З. Ж. ЁШ ХДЙВОНЛАРНИНГ ПНЕВМОЕНТЕРИТЛАРИ // Зооветеринария илмий оммабоп журнали, C. 43-44.
4. Салимов Х. С., ^амбаров А. А., Салимов И. Х. Эпизоотологийа ва инфексион касалликлар //Дарслик Тосх,кент-2020 йил.
5. Shohruh I. et al. CHORVACHILIKDA DEZINFEKSION MODDALARNI QO 'LLASH SAMARADORLIGI //Science Promotion. - 2023. - Т. 1. - №. 1. - С. 951-959.
6. Djumanov S., Umirzakov I. ПРИЧИНЫ, ПАТОГЕНЕЗА И МЕТОДЫ ДИАГНОСТИКИ СКРЕТЫЙ МАСТИТА У ДОЕНИЕ КОРОВ //Вестник ветеринарии и животноводства (ssuv. uz). - 2023. - Т. 3. - №. 3.