Научная статья на тему 'FARG‘ONA TUMANININING YOVVOYI QUSHLARI VA UY PARRANDALARIDA KO‘P UCHRAYDIGAN GELMINTLAR HAQIDA'

FARG‘ONA TUMANININING YOVVOYI QUSHLARI VA UY PARRANDALARIDA KO‘P UCHRAYDIGAN GELMINTLAR HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
64
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
uy parrandalari / yovvoyi qushlar / askaridioz / geterakidoz / rayetinoz

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — I.I.Zokirov, B.A.Abduvaliyev

Maqolada Farg‘ona tumani sharoitida kichik shaxsiy parrandachilik xo‘jaliklari va aholi xonadonlaridagi qush va parrandalarning gelmintlari haqida ma’lumotlar bayon etilgan. Jami 21 ta qush parrandalarning gelmintlarini o‘rganish asosida, ularning 47% Ascaridia galli, 35% Raillietina avlodi va 18% Heterakis gallinarum turlari qayd etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA TUMANININING YOVVOYI QUSHLARI VA UY PARRANDALARIDA KO‘P UCHRAYDIGAN GELMINTLAR HAQIDA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

FARG'ONA TUMANININING YOVVOYI QUSHLARI VA UY PARRANDALARIDA KO'P UCHRAYDIGAN GELMINTLAR HAQIDA 1I.I.Zokirov, 2B.A.Abduvaliyev

1FarDU dotsenti, biologiya fanlari doktori 2FarDU mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7998991

Annotatsiya. Maqolada Farg'ona tumani sharoitida kichik shaxsiy parrandachilik xo'jaliklari va aholi xonadonlaridagi qush vaparrandalarning gelmintlari haqida ma'lumotlar bayon etilgan. Jami 21 ta qush parrandalarning gelmintlarini o'rganish asosida, ularning 47% Ascaridia galli, 35% Raillietina avlodi va 18% Heterakis gallinarum turlari qayd etilgan.

Kalit so'zlar: uy parrandalari, yovvoyi qushlar, askaridioz, geterakidoz, rayetinoz.

Kirish. Bugungi kunda barcha mamlakatlardagi kabi respublikamizda ham oziq - ovqat xavfsizligini ta'minlashda parrandachilikni rivojlantirish muhim omil hisoblanadi. Axolini parhez parranda go'shti va oqsil, vitaminlarga boy tuxum bilan ta'minlashda sohaning o'rni beqiyos. Tovuq tuxumlari inson hayoti uchun zarur bo'lgan barcha ozuqaviy va biologik faol moddalarni o'z ichiga oladi, ular optimal nisbatda: 12-13% protein, taxminan 12% yog', 1% uglevodlar. Tuxum oqsilida inson tomonidan 96-98% so'rilgan muhim aminokislotalar va bakteritsid xususiyatlariga ega bo'lgan oqsil moddasi - Lizosim mavjud. Tuxum tarkibida 20 dan ortiq minerallar, A, D, B12 vitaminlari, riboflavin va pantotenik kislota mavjud.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizga parrandalarning nasldor va ma'daniy xonaki zotlari xorij mamlakatlaridan keltirilib, ular bosh soni ko'paytirilmoqda. Biroq ular orasida ko'p uchraydigan gelmintoz kasalliklar ko'plab parrandalarning nobud bo'lishiga, qolganlarini esa o'sish va rivojlanishdan orqada qolishiga, mahsuldorlikning pasayishi yoki deyarli yo'qolishi natijasida xo'jaliklar katta iqtisodiy zarar ko'rishiga sabab bo'lmoqda. Parrandachilik xo'jaliklarida parrandalarni intensiv usulda saqlash ko'plab kasalliklarni rivojlanishiga sabab bo'ladi, ayniqsa mikroiqlimning buzilishi, ovqatlanish va sug'orishning etishmasligi, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilmaslik shular jumlasidandir.

Aholi xonodonlarida parrandalarning yovvoyi qushlar bilan aloqasi (kontaktda bo'lishi) oziqlantirish va gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik xam kasalliklarning tarqalishiga sabab bo'ladi.

Gelmintlarni tadqiq etish bo'yicha jahon tajribasi.

Dunyo olimlarining ko'pgina tadqiqotlari parrandalarni yuqtirishi mumkin bo'lgan gelmintlarning tur tarkibini aniqlash va tasniflashga qaratilgan. Bunda yumaloq chuvalchanglar (Ascaridia galli, Heterakis gallinarum), tasmasimon chuvalchanglar (Raillietina spp.) va chuvalchanglar (Fasciola spp.) ga asosiy e'tibor berilgan. Gelmint infeksiyalarining parrandalar mahsuldorligiga salbiy ta'siri o'rganilgan [5, 6].

Turli geografik mintaqalarda va parrandachilik ishlab chiqarish tizimlarida gelmint infeksiyalarining xavf omillari tadqiq etilgan. Bunda ochiq havo, qushlarning yoshi, populyatsiya hajmi, iqlim va sanitariya qoidalariga urg'u berilgan [7].

Parrandalarda gelmint infeksiyalarini tashxislash usullarini ishlab chiqish va takomillashtirishga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlar muhim sanaladi. Bunga parazit tuxumlarini hisoblash kabi an'anaviy usullar, shuningdek, parazit DNKsini aniqlash uchun PCR (Polimeraza

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

zanjiri reaksiyasi) kabi molekulyar biologiyani o'z ichiga olgan yangi usullar bilan izlanishlar olib borilgan [8].

Ko'pgina tadqiqotlar parrandalarda gelmint infeksiyalarini nazorat qilish va oldini olish strategiyalarini o'rganadi. Ushbu strategiyalar parazitlarga qarshi dorilarni (anthelmintics) qo'llashni, shuningdek, sanitariya holatini yaxshilash, bioxavfsizlik choralari va probiyotiklar yoki boshqa immunitetni kuchaytiruvchi vositalardan foydalanish kabi kimyoviy bo'lmagan yondashuvlarni o'z ichiga oladi [9].

Tadqiqot materiallari va usullari. Tajribalar Farg'ona davlat universiteti ilmiy laboratoriyasi hamda Farg'ona viloyat hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazida olib borildi. 2022-yil sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylari, 2023-yilning yanvar, fevral va mart oylari davomida Farg'ona viloyatining Farg'ona tumanidagi kichik shaxsiy parrandachilik xo'jaliklari va aholi xonadonlaridan jami 21 ta parranda, shu jumladan 11 ta tovuq, 6 ta kurka va 4 ta o'rdaklar hamda yovvoyi qushlardan 4 ta kabutar va 2 ta qarg'alarning ichki organlari va to'qimalari to'liq gelmintologik tekshiruvdan o'tkazildi.

Parrandalarning ichki organlari va to'qimalarini tekshirish uchun akademik K.I.Skryabin tomonidan ishlab chiqilgan hayvonlarni to'liq gelmintologik tekshirish usuli (1928) va V.A.Dogel tomonidan ishlab chiqilgan hayvonlarni to'liq parazitologik tekshirish usuli (1933) dan foydalanildi [1, 2, 3, 4].

Parrandalarni parazitologik tekshirishda, eng zararli parazitlarni tezda aniqlash uchun, birinchi navbatda, eng zaif, nimjon, kasal parranda va qushlar tanlab olindi, so'ngra butun podaning zararlanish darajasini nazorat qilish va aniqlash uchun ma'lum miqdordagi sog'lom, o'rtacha semiz qushlar tanlab tekshirildi.

Natijalar va ularning tahlili. Parranda va yovvoyi qushlarning ichki organlari va to'qimalarini to'liq gelmintologik tekshirish natijasida 6 ta parranda ingichka bo'lim ichagida nematodalardan Ascaridia galli Schrank, 1788, 3 ta parranda ko'r ichaklarida Heterakis gallinarum Schrank, 1788, 4 ta parranda ingichka bo'lim ichagida sestodalardan Raillietina spp. yovvoyi qushlardan 2 ta kabutar ingichka bo'lim ichaklarida Ascaridia galli va Raillietina spp. parazitlari aniqlandi.

Ascaridia galli Schrank, 1788 (Ascaridida: Ascaridiidae) - parrandalarda parazitlik qiluvchi nematodalar orasida eng yirigi bo'lib, oq-sarg'ich tusdagi, ayrim jinsli gelmint. Uning uzunligi 2.5 sm dan 11 sm ga yetadi. Gelmintning boshi uchta katta lab bilan o'ralgan. Erkak gelmintning (uzunligi 2,5-7 sm) dumida qanoti va 10 juft o'simtasi bo'ladi. Dumida dumaloq yoki bir muncha oval shaklli xitinglashgan jinsiy so'rg'ichi ham bor, uning diametric 0.17-0.23 mm. urg'ochi gelmintning uzunligi 5-12 sm vulvasi (jinsiy teshigi) askaridiy tanasining o'rtasidan pastki tomonga ochiladi. Tuxumi oval shaklidabo'lib, uzunligi 0.070-0.086mm, eni 0.047-0.051 mm. parazit geogelmint, biroq qo'g'atuvchi uchun yomgir chuvalchanglari (tuproq) rezervuar xo'jayin vazifasini bajaradi. Lichinkalari liberkyun bezida 17-19 kun davomida yashaydi, prepatent rivojlanish muddati 28-56 kun, parazitlik qilish davri esa 9-14 oy. Askaridiy lichinkalari ichak shilliq pardalarini teshib, ichak so'rg'ichlarini qitiqlab, liberkyun bezlarini jarohatlaydi. Natijada ichak devorlariga qon quyuladi, yallig'lanadi, patogen mikrob va viruslar uchun yo'l ochiladi. Parazitlar toksik modda ajratib parranda organizmini surunkali zaxarlaydi natijada jo'jalarning o'sishi va rivojlanishi sekinlashadi, tovuqlar kam tuxum qiladi.

Heterakis gallinarum Schrank, 1788 (Ascaridida: Ascaridiidae) - nematod paraziti bo'lib, ba'zi galliform qushlarning ko'r ichaklarida, xususan uy tovuqlari va kurkalar kabi yerda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

yurib oziqlanuvchi parrandalarda uchraydi. H.gallinarum erkaklari kichikroq va qisqaroq uzunligi 5-13 mm. urg'ochilari qalinroq va uzunroq uzunligi 10-13mm keladigan och sarg'ich rangli kichik nematodalar. Vulvasi (jinsiy teshigi) tananing orqa qismida joylashgan. Tuxumlari oval shaklda, uzunligi 0.063-0.075, diametri 0.34-0.38 mm. Geterakidoz bilan barcha yoshdagi qushlar va parrandalar kasallanishi mumkin, lekin eng og'ir 8 oydan 2 yoshgacha bo'lgan parrandalarda kechadi. Parazit bilan kasallanish yoz va kuzda ko'plab uchraydi.

Rayetinoz Raillietina avlodiga mansub sestodalar keltirib chiqaradigan gelminroz kasallik. Ushbu kasallik bilan tovuq, kurka va ko'plab yovvoyi qushlar kasallanadi. Eng keng tarqalgan qo'zg'atuvchilari Raillietina echinobothrida va Rtetragona, R echinoborhrida bo'lib, uzunligi 10-25 sm, eni 1-4 mm. 100-200 ilmoqlar bilan qurollangan. So'rg'ichlari yumaloq. R.tetragona uzunligi 10-25 sm, eni 1-4 mm. Sestodalarning rivojlanishi asosiy xo'jayin (tovuqlar, kurkalar va yovvoyi qushlar) va oraliq xo'jayin chumolilar ishtirokida sodir bo'ladi. Qushlar sisterkoidlar bilan zararlangan chumolilarni og'iz orqali yutadi. Kasallik barcha yoshdagi parrandalarda qayd etilib, yil davomida kuzatiladi. Kasallikning eng yuqori intensivligi yoz va kuzda kuzatiladi. Sestodalar bilan zararlangan parrandalarning xazm tizimi faoliyati buziladi, ozib ketadi, ishtaxasi pasayadi, chanqaydi, ichi ketadi yoki qotadi. Parranda iloji boricha sekin xarakat qiladi. Patlari xurpayib, qonotlari osilib qoladi. Ayrim paytlari eritrotsit bilan gemoglabin miqdori juda kamayib ketadi. Shilliq pardalari kasallikning boshlanishidayoq sarg'ayadi, keyinchalik ko'karadi. Nafas olish tezlashadi. Tuxum beruvchi parrandalarning mahsuldorligi pasayadi yoki butunlay to'xtaydi.

Xulosa. Parranda va yovvoyi qushlarni ichki organlari va to'qimalarini to'liq gelmintologik tekshirish natijalariga asoslanib, Farg'ona viloyatining Farg'ona tumanidagi kichik shaxsiy parrandachilik xo'jaliklari va aholi xonadonlaridan hamda yovvoyi qushlari orasida gelmintoz kasalliklar mavjudligi aniqlandi. Ushbu topilgan gelminlarning 47 foizi Ascaridia galli, 35 foizi Raillietina avlodi vakillari va 18 foizi Heterakis gallinarumga to'g'ri kelishi aniqlandi.

REFERENCES

1. Латыпов Д.Г., Кириллов Е.Г., Тимербаева. Р.Р. Паразитарный болезни птицы. 2021 г.

2. Сафиуллин Р. Паразитарные болезни птиц, средства и методы борьбы. Масква, 2019.

3. Эргашев Э.Х., Шопулатов Ж.Ш. Паразитология. Тошкент, 1981.

4. Xaqberdiyev P. Parazitologiya. - Samarqand, 2010.

5. Permin, A., & Hansen, J. W. (1998). "The Epidemiology, Diagnosis, and Control of Poultry Parasites". FAO Animal Health Manual.

6. Permin, A., & Ranvig, H. (2001). "Clinical, haematological and serological response of freerange chickens and turkeys to natural Ascaridia galli infection". Avian Pathology, 30(3), 299-304.

7. Thapa, S., Meyling, N. V., & Thamsborg, S. M. (2016). "Identifying risk factors for exposure to Ascaridia galli infections in Danish laying hens". Preventive Veterinary Medicine, 126, 145-153.

8. Vadlejch, J., Petrtyl, M., Zaichenko, I., Cadkovâ, Z., Jankovskâ, I., Langrovâ, I., & Moravec, M. (2011). "Which McMaster egg counting technique is the most reliable?". Parasitology Research, 109(5), 1387-1394.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

9. Thamsborg, S. M., Roepstorff, A., & Larsen, M. (1999). "Integrated and biological control of parasites in organic and conventional production systems". Veterinary Parasitology, 84(3-4), 169-186.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.