Научная статья на тему 'ITLAR DEMODEKOZINING TARQALIShI VA MINTAQAVIY EPIZOOTOLOGIK XUSUSIYATLARI'

ITLAR DEMODEKOZINING TARQALIShI VA MINTAQAVIY EPIZOOTOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yangi O‘zbekiston ustozlari
Область наук

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — D.X.Nishanov, R.B.Davlatov, Dj.A.Shakirov

На данном статъи дано резултаты научной исследований по распространения, этиологии, диагностики, а также лечение и меры профилактики демодекоза среди служебных и собак ноходящий у населению города Самарканда.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ITLAR DEMODEKOZINING TARQALIShI VA MINTAQAVIY EPIZOOTOLOGIK XUSUSIYATLARI»

UDK:619:636.7:576.88(P584.2)

ITLAR DEMODEKOZINING TARQALIShI VA MINTAQAVIY EPIZOOTOLOGIK XUSUSIYATLARI

D.X.Nishanov,v.f.f.d., (PhD), R.B.Davlatov v.f.d., professor, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

universiteti, Dj.A.Shakirov

Samarkand viloyat IIB JXX JTSB Kinologiya bo'limi, veterinariya vrachi

Annatatsiya. На данном статьи дано резултаты научной исследований по распространения, этиологии, диагностики, а также лечение и меры профилактики демодекоза среди служебных и собак ноходящий у населению города Самарканда.

Summary. In this article was given results of scientific research on spreading, etiology and diagnostics, treatment and also preventing measures of demodecosis of aservice dogs and under supervising of inhibitions of Samarkand city.

Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda so'nggi yillarda kinologiya xizmati pitomniklariga qarashli itlarda turli etiologiyali kasalliklarning tashxis quyish va oldini olish borasida takomillashgan uslub va vositalarini qo'llash natijasida ularning yuqumli, yuqumsiz va invazion patologiyalarining sezilarli darajada kamayishiga erishildi. Shuningdek, mamlakatimizning kuch salohiyatiga ega bo'lgan tuzilmalarining xizmat itlari va aholiga qarashli itlarning parazitar kasalliklarida tashxis quyish, kasallikni tarqalishi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini doimiy takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda uy hayvonlarining kanalar tomonidan qo'zg'atiladigan kasalliklari tarqalish darajasining ortishi, hayvonlarning ish bajarishi va mahsuldorlik qobiliyatining pasayishi hamda kasallikni davolash va oldini olish tadbirlarini o'tkazish natijasida ko'p iqtisodiy sarf-xarajat keltirib chiqarmoqda. Ayrim kasalliklar esa zooantroponoz kasalliklar guruhiga kirib, hatto insonlar salomatligiga xavf solib kelmoqda. Xuddi shunday kasalliklardan biri, itlar orasida keng tarqalgan demodekoz kasalligidir.

Demodekoz itlar teri qoplamasining ektoparazitlari bo'lib, Demodex canis kanasining itlar terisi ostida, jun follikulalarida parazitlik qilishi oqibatida kelib chiqadi. Ushbu kasallik tez tarqaluvchan xususiyatga ega bo'lib, ayrim o'lkalarda tarqalish darajasi 34 - 67% ni tashkil etadi. Natijada kasal hayvonlar sonining ko'payishi, davolash muddatlarining cho'zilishi va o'z navbatida davolash harajatlarining ortishi kuzatiladi.

Tadqiqotning material va usullari. Tadqiqotlar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Paraziotologiya va veterinariya ishini tashkil etish kafedrasi laboratoriyasi hamda "Veterinariya jarrohligi va akusherlik" kafedrasi klinikasida shuningdek, Samarqand viloyati IIB ga qarashli kinologiya pitomnigi, Farg'ona viloyati Uzbekiston tumani hamda "Terra" qarovsiz itlarni saqlash va parvarishlash maskanida saqlanadigan, demodekoz bilan kasallangan itlarda olib borildi. Tadqiqotlar davomida klinik, mikroskopik, gemotologik, morfologik va statistik usullardan foydalanildi. Kinologiya pitomniklarida va Samarqand shahri, Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani sharoitida aholiga qarashli itlarda demodekoz kasalligini tarqalish darajasini aniqlash bo'yicha tekshirishlar o'tkazilib, itlarni saqlash, oziqlantirish sharoitlari, ratsioni, klinik tekshirishlar, qon namunalarini laborator tekshiruvlar yordamida demodekoz bilan kasallanish darajasi, yashirin va klinik kasal itlar soni aniqlandi. Klinik tekshirishlarda itlarning umumiy ahvoli, ishtahasi, shilliq pardalarning holati, tana harorati, pulsi, nafas olish soni, ularning terisida hosil bo'lgan yaralar, jarohatlarning xarakteri, og'riq sezishi, qichishish jarayonining mavjudligi, mahalliy harorati, palpatsiya qilinganda og'riq va qichishish borligi hamda teridan olingan qirindi namunalarni mikroskop ostida ko'rish usuli bilan natijalari aniqlandi. Kasal itlarning klinik-fiziologik holati, qonning ayrim morfologik ko'rsatkichlari aniqlandi.

Tadqiqot natijalari. Samarqand viloyati IIB kinologiya pitomnigi, "Terra" qarovsiz itlarni parvarishlash maskanidan klinikaga keltirilgan itlar orasida demodekoz kasalligining tarqalish darajasini aniqlash bo'yicha tadqiqotlar o'tkazildi. Bunga ko'ra, dastlab jami teri kasalligi bilan kasallangan itlarning soni va kasallik turini aniqlash natijasida kinologiya pitomnigi hamda Samarqand shahri va Farg'ona viloyati Uzbekiston aholisiga qarashli itlar orasida teri kasalliklarining tarqalish dinamikasi aniqlandi. O'tkazilgan klinik, laboratoriya tekshirishlar natijasida demodekoz, 28% ida dermatitlar, 8% ida ekzema, 17% ida dermatomikoz, qolgan 22% ida esa aralash turdagi teri kasalliklari aniqlandi.

Itlarda dispanserlash natijasida aniqlangan 35 bosh demodekoz kasalligi bilan kasallangan itlarning klinik holati, kasallikning shakli, terida jarohat o'choqlarining joylashish joyi, hajmi turlicha ko'rinishga ega bo'ldi.

Tajribadagi demodekoz bilan kasallangan itlarda kasallikning shakli ularning zoti, yoshi va yashash sharoitiga bog'liq ravishda lokallashgan, generallashgan, oyoqlar demodekozi va otodektoz kabi shakllari qayd etildi.

Kasallik tarqatuvchi kanalar faqatgina xo'jayin organizmida yashovchanlik xususiyatini namoyon etadi, qachonki kana xo'jayin organizmidan ajralsa juda tez nobud bo'ladi. Kasallikni chaqiruvchi kanalarni jun follikulalarining ichida, ter va yog' bezlarida topish mumkin. Kasallikning tarqalish omili bo'lib, kasal itlarning sog'lom itlar bilan kontakti, ya'ni tanasining bir-biriga tegishi natijasida yuzaga keladi. Shu

105

bilan birga agar ona it ushbu kasallik bilan kasallangan bo'lsa, tug'ruqdan keyingi 72 soat ichida yosh it bolalariga o'tishi aniqlangan.

Demodekoz kasalligi itlarda surunkali va generallashgan shaklda kechadi.

Shu bilan birgalikda ayrim zotli itlarda generallashgan shakli ko'p uchrashi qayd etilgan. Kasallikning tarqalishi itlar umumiy holatiga, jumladan ichak parazitlari bilan zararlanishi, kuyikish, tug'ruq holati, endokrin bezlar kasalliklari, immunitetning pasayishi holatlari bilan bog'liq ravishda turli xil kechadi.

Teri kasalliklarining tashxis quyish jarayoni murakkab bo'lib, kasalliklarning klinik belgilari va simptomlari bir-biriga juda o'xshashdir. Kasallikning klinik belgilarini bilish muhim hisoblanadi, chunki ushbu belgilarga qarab kasallikni davolash va uning oqibati taxmin qilinadi. Kasallik belgilarini kasallikning shakliga ko'ra aniqlash mumkin. Quyida kasallikning klinik belgilari keltirilgan.

Kasallikning klinik belgilari. Demodekoz klinik belgilari rivojlanishi kanalarni ko'payishida sodir bo'ladi va klinik belgilar kana ko'payish tezligiga bog'liq bo'lishi va juda katta farq qilishi mumkin. Dastlab, yallig'lanishi bo'lmagan gipotrikoz, alopesiya yengil eritema, komedonlarni paydo bo'lishi va gipotrikoz kuzatilishi mumkin. Jarohatlar o'choqli yoki bir nechta o'choqlar bo'lishi mumkin. Qichishish odatda yengilroq deb hisoblanadi, ammo qisqa tanali Demodex canis ning morfologik tuzulishi ko'proq uchraydi, yoki ikkilamchi bakterial infeksiya rivojlanishiga olib keladi.

Follikulyar quymalar kuzatilishi mumkin. Kasallikning og'irroq yoki rivojlanuvchan bosqichida ikkilamchi bakterial infeksiya yiringli follikulyar, qobiqli furunkulyoz, ekssudatsiya va drenaj yo'llari yaralanishiga olib keladi. Og'ir umumiy pustulali demodekoz og'riqli bo'lishi va giperpigmentatsiya, limfadenopatsiya, letargiya va isitma kuzatiladi. Og'ir kasallangan itlarda ikkilamchi bakterial infeksiya tufayli septitsemiya vujudga keladi. Qo'l-oyoqlar demodekozida asosan giperpigmentatsiyani keltirib chiqaradi (ham follikulalar, ham uning atrofidagi teri) sezilarli yallig'lanish, shish va og'riq bilan birga kuzatiladi.

Itlardagi mahalliy demodekoz, ayniqsa, ko'z atrofida, og'iz burchaklarida va oldingi oyoqlarda alopesiya o'choqlari paydo bo'lishi bilan tavsiflanadi. Ko'pincha zararlangan o'choqlarda teri xiralashgan, giperpigmentatsiyalangan va komedonlar shakllangan bo'ladi. Qichishish odatda kuzatilmaydi.

Umumiy shaklda o'tishida taxminan 10% hollarda terining sezilarli darajada katta joylarga ta'sir ko'rsatadi va bakterial infeksiya jarayonlarida murakkablashish holati kuzatiladi. Ikkilamchi bakterial kasallik qo'hg'atuvchi mikroblar bo'lib Staphylococcus pseudintermedius hisoblanadi, og'ir holatlarda Pseudomonas aeruginosa yoki Proteus mirabilis qo'zg'atuvchilari qo'shilishi mumkin.

Yuzaki - follikulit bo'lishi mumkin yoki chuqur - furunkuloz, chuqur epiderma septitsemiya belgilari (limfadenopatiya, isitma, anoreksiya, apatiya, buyrak yetishmovchiligi) bilan birga bo'lishi mumkin.

Itlar demodekozining tarqalishi va mintaqaviy epizootologik xususiyatlari. Kinologiya xizmati pitomniklariga qarashli itlarda turli etiologiyali kasalliklarning diagnostikasi va oldini olish borasida takomillashgan uslub va vositalarini qo'llash natijasida ularning yuqumli, yuqumsiz va parazitar kasalliklarining sezilarli darajada kamayishiga erishildi. Shuningdek, mamlakatimizning kuch salohiyatiga ega bo'lgan tuzilmalarining xizmat itlari va aholiga qarashli itlarning parazitar kasalliklarining diagnostikasi, tarqalishi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini doimiy takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Demodekoz itlar teri qoplamasining parazitar kasalligi bo'lib, Demodex canis ushbu kanalar populyasiyasining itlar terisi ostida va jun follikulalarida parazitlik qilishi oqibatida paydo bo'ladi. Asosan itlarda Demodex canis va uning ikkita yangi turlari Demodex injai-itlarning jun piyozchalari va ter bezlarida parazitlik qiladi, Demodex cornei terining yuza qismlarida parazitlik qiladi va shoxsimon epidermis bilan oziqlanadi.

Demodekoz bilan ko'proq 2 oylikdan 18-24 oylik yoshdagi itlar kasallanadi. Katta yoshdagi itlar odatda, kasallanmaydi, lekin kasallik manbai blishi mumkin.

Ushbu kasallik tez tarqalish xususiyatiga ega bo'lib, mamlakatimizning ayrim xududlarida tarqalish darajasi 12-33 % ni tashkil etishi aniqlandi. Bugungi kunda demodekoz kasalligini har tomonlama chuqur ilmiy asosda o'rganish, uning davolash va profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish muhim dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Kinologiya pitomniklarida va Samarqand shahri sharoitida aholiga qarashli itlarda demodekozni kasalligini tarqalish darajasini aniqlash bo'yicha tekshirishlar o'tkazilib, itlarni saqlash va oziqlantirish sharoitlari, ratsionining tarkibi va to'yimliligi, itlarni klinik tekshirishlar ulardan olingan qon namunalarini laborator tekshirishlar yordamida itlarning demodekoz bilan kasallanish darajasi, yashirin va klinik kasalliklar soni, shuningdek, kasallik belgilari aniqlandi.

Dastlab, pitomniklar sharoitida saqlanayotgan xizmat itlari orasida turli xil teri kasalliklari bilan kasallangan jami itlar soni va kasallik turini aniqlash

bo'yicha dispanser tekshiruvlari o'tkazildi. Buning natijasida kinologiya pitomnigi hamda Samarqand shahri aholisiga qarashli itlar orasida teri kasalliklarining tarqalish dinamikasi aniqlandi. Natijada teri kasalliklari bilan kasallangan jami itlarning 35 foizida (98 bosh) demodekoz, 28 foizida (78 bosh) dermatitlar, 8 foizida (22 bosh) ekzema, 17 foizida (48 bosh) dermatomikoz, 12 foizida ( 34 bosh) esa aralash turdagi teri kasalliklari aniqlandi.

■ Demodekoz и dennatitlar

Ekzema Dennatoiuikoz

■ Aralash teri kasalliklari

28%

1- rasm. Itlar orasida teri kasalliklarini tarqalish darajasi, %

Xulosalar.

1.Teri demodekozi xizmat va aholi qaramog'idagi itlar orasida keng tarqalgan parazitar kasallik bo'lib, barcha teri kasalliklarining 25-30 % ni tashkil etadi.

2. Respublikada kinalogiya xizmati pitomniklariga qarashli itlarda turli etiologiyali kasalliklarni diagnostik tekshirib, davolash va oldini olish zarur.

3.Kinalogiya pitomniklarda hamda aholi qaromog'idagi itlarni saqlash va oziqlantirish sharoitlari ratsionining tarkibi va to'yimligini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Абуладзе К.И. "Паразитология и инвазионные болезни сельхоз животных"-Москва, ВО Агропромиздат, 1990

2. Василевич Ф.И., Криллов А.К. Демодекоз у собак. Москва, Издательство Российская академия менжмента и агробизнеса, 1997.

3. Поляков В.А. и другие "Ветеринарная энтомология и арахналогия", Москва. ВО Агропомиздат, 1990

4. Домаский В.Н., О.А. Столбова, Лечение собак при демодекозе // Журнал Ветеринария, Москва, 2018. С.- 152-154.

5.Столбова О.А., Скосырских Л.Н., Круглов Д.С. Сезонная динамика эктопаразитозов у мелких домашних животных в условиях города Тюмени // Современные проблемы науки и образования. 2017. № 2. С. 237.

6. Домаский В.Н. Средства терапии и профилактики паразитозов собак и кошек // Успехи современной науки. 2016. Т. 9. № 11. С. 93-96.

7. Nishanov D.X. Davlatov R.B.Veterinariya medisinasi, 2020 №5 21-22b.

108

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.