Научная статья на тему 'MAHALLIY BALIQCHILIK XО‘JALIGIDAN KELTIRILGAN KASALLANGAN BALIQ NAMUNASINING MIKROBILOGIK TASHXISI'

MAHALLIY BALIQCHILIK XО‘JALIGIDAN KELTIRILGAN KASALLANGAN BALIQ NAMUNASINING MIKROBILOGIK TASHXISI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
7
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
infeksiya / baliqchilik / patogen / aeromonoz / psevdomonoz / vibrioz / antibiotik.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Xidirova M.A., Bekmurodova G.A., Xushvaqtov E.M., Amirsaidova D.A., Mamatraimova Sh.M.

Baliqchilik mamlakat aholisini parhez gо‘sht mahsuloti bilan ta’minlashda muhim о‘rin tutadi. Suv mahsulotlariga tobora ortib borayotgan talabni qondirish uchun butun dunyo bо‘ylab akvakultura sanoati intensiv baliq etishtirish texnologiyasini qabul qildi. Shu bilan birga, ozuqaning ortiqcha bо‘lishi ham bakterial patogenlarning kо‘payishiga olib kelishi va chuchuk suv mahsulotlarida bakterial kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Baliq namunalari aeromonoz, psevdomonoz va vibrioz kasalliklarini keltirib chiqaradigan bakteriyalar aniqlandi. Infeksion bakteriyalarga qarshi antibiotiklarni qо‘llashda, xloramfenikol (30 mkg) va siprofloksatsin (5mkg/ml) antibiotiklar samarali deb topildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAHALLIY BALIQCHILIK XО‘JALIGIDAN KELTIRILGAN KASALLANGAN BALIQ NAMUNASINING MIKROBILOGIK TASHXISI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

MAHALLIY BALIQCHILIK XO'JALIGIDAN KELTIRILGAN KASALLANGAN BALIQ NAMUNASINING MIKROBILOGIK

TASHXISI

1Xidirova M.A., 2Bekmurodova G.A., 3Xushvaqtov E.M., 4Amirsaidova D.A., 5Mamatraimova Sh.M., 6Miralimova Sh.M.

13 kurs tayanch doktarant, O'zR FA Mikrobiologiya instituti 2Kichik ilmiy xodim, PhD., O'zR FA Mikrobiologiya instituti 3Stajyor - tadqiqotchi, O'zR FA Mikrobiologiya instituti 4Kichik ilmiy xodim, O'zR FA Mikrobiologiya instituti 5Kichik ilmiy xodim, O'zR FA Mikrobiologiya instituti 6Yetakchi ilmiy xodim, professor. Mikrobiologiya instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.13847293

Annotatsiya. Baliqchilik mamlakat aholisiniparhez go'sht mahsuloti bilan ta'minlashda muhim o'rin tutadi. Suv mahsulotlariga tobora ortib borayotgan talabni qondirish uchun butun dunyo bo'ylab akvakulturasanoati intensiv baliq etishtirish texnologiyasini qabulqildi. Shu bilan birga, ozuqaning ortiqcha bo'lishi ham bakterial patogenlarning ko'payishiga olib kelishi va chuchuk suv mahsulotlarida bakterial kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Baliq namunalari aeromonoz, psevdomonoz va vibrioz kasalliklarini keltirib chiqaradigan bakteriyalar aniqlandi. Infeksion bakteriyalarga qarshi antibiotiklarni qo'llashda, xloramfenikol (30 mkg) va siprofloksatsin (5mkg/ml) antibiotiklar samarali deb topildi.

Kalit so'zlar: infeksiya, baliqchilik, patogen, aeromonoz, psevdomonoz, vibrioz, antibiotik.

Baliqchilik mamlakat aholisini parhez go'sht mahsuloti bilan ta'minlashda muhim o'rin tutadi. Chunki baliq go'shti tarkibi inson organizmi uchun zarur bo'lgan biologik faol moddalar, mineral moddalar va boshqa turdagi yengil hazm bo'luvchi to'yimli moddalarga boy. O'zbekiston sharoitida hovuz baliqchilik xo'jaliklarida karpsimonlar oilasiga mansub bo'lgan baliq turlari yetishtiriladi. Ularning biologik xususiyatlari, tavsifini, kasalliklarini o'rganish va tashhislash bo'yicha bir qator tadqiqotlar amalga oshirilmoqda [1]. Respublikamiz hovuz baliqchilik xo'jaliklarida hamda tabiiy suv havzalarida, daryolarda, ko'llarda, suv omborlarida karsimonlar oilasiga mansub baliq turlari urchitilib ko'paytiriladi. Bularga quyidagi baliqlar kiradi: Sazan, karp, oq amur, dungpeshona, karas, shu bilan bir qatorda sudak, laqqa, ilonbosh, forel (xon baliq) va boshqa baliq turlari kiradi [2]. Baliqchilik xo'jaliklarida asosan karp, oq amur, do'ngpeshona baliqlari polikultura usulida birgalikda hovuzlarda ko'paytirilmoqda.

Baliqlar suv muhitida yashovchi poykiloterm quyi umurtqali hayvonlardan hisoblanib, ular issiq qonli hayvonlardan biologiya va fiziologiya bo'yicha belgilari (umumiy patologiya, kasallikning namoyon bo'lishi, ko'rinishi, kechishi va qo'zg'alish qonuniyatlari, patologiya va epizootologiyasining boshqa jihatlari) bilan farq qiladi. Shuning uchun ularga tashhis qo'yish, oldini olish, davolash va sog'lomlashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu sohalar bo'yicha qo'shimcha tadqiqotlarni olib borishni talab qiladi.

Tashqi muhit omillari baliq kasalliklarining paydo bo'lishi, kechishi va davom etishiga kuchli ta'sir qiladi. Tashqi muhitning tarkibiy qismiga tuproq, suv, havo, o'simliklar va hayvonot dunyosi kiradi. Suv havzalarida yuqimli kasallikning manbalari bo'lib, kasal baliqlar va kasallik qo'zg'atuvchilarining ajratmalari hisoblanadi. Yuqimli kasalliklar odatda klinik belgilariga ko'ra,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

yaqqol namoyon bo'lib, belgilar qayt etilgan holatda simptomlar kuzatilgan baliqlarni alohidalash va turli kimyoviy vositalar asosida infeksiya keltirib chiqaruvchini yuqotishga qaratilgan choralardan foydalaniladi. Ayrim holatlarda kasallikning yashirin davrida belgilar namoyon bo'lmasdan, infeksiyaning yuqish ko'rsatgichi ortib ketishi, o'lim ko'rsatgichi ortishiga olib keladi. Infeksiyaning tarqalish chastotasiga hovuz xo'jaligida boqiladigan baliqlarning zichligi ham muhim ahamiyat kasb etib, baliqlarda kasallikning tez tarqalishini keltirib chiqaradi.

Bugungi kunda baliqchilikda kuzatilayotgan asosiy infeksion kasalliklarga aeromonoz, psevdomonoz, mikobakterioz, miksobakterioz, zamburug' kasalliklarini hamda virusli kasalliklarni keltirib o'tish mumkin.

Tadqiqotning maqsadi, baliqchilik xo'jaliklarida boqiladigan baliqlarda infeksiya manbasini aniqlash va antibiotikka sezgirligini baholash.

Tadqiqotda kasallangan, o'lgan zog'ora baliq (jabralarda ajralma va nekroz, teri rangida o'zgarish mavjud), kasallik simptomlari (jabrada nekroz, o't pufakda shish, kattalashish hamda buyrakda chirish belgilari boshlangan) mavjud oynasimon karp baliqlardan namunalar olindi (1-rasm).

Antibiotik sezgirligini tekshirishda, siprofloksatsin tabletka (1mkl), siprofloksatsin disk (5mkl), antibak (30mkl), oksitetratsiklin (30mkl), xloramfenikol (30), levofloksatsin (10), eritromitsin (15) va ofloksatsin (15) antibiotiklaridan foydalanildi.

Tadqiqot usullari.

Namunalardan bakteriya izolyatlarini ajratish. Baliqlarda kasallik simptomlari aniqlangan tana qismlaridan (jabra nekrozi, tana ajralmasi, o't pufagi, buyrak, jigar, qon) ilmoq yordamida go'sht pepton agari (GPA) yuzasida shtrix usulida ekildi va 24 soatda 37°C da o'stirildi. Agar yuzasidagi koloniyalar vizual saralandi.

Izolyatlarni Maldi-Tof mass spektrometriyasi usulida taksonomik o'rnini aniqlashga tayyorlash. Ozuqa muhitidagi o'zaro farqlangan koloniyalar dastlab suyuq go'sht pepton bulyoniga (GPB) inokulyatsiya qilindi va 370C da 24 soat davomida o'stirildi. Toza alohida bakteriya izolyatlarini ajratib olish maqsadida, qattiq GPA agari yuzasiga shtrix usulida ekildi va 370C 24-48 soat davomida inkubatsiya qilindi. Toza bakteriya koloniyalaridan namunalar olinib taksonomik o'rnini aniqlash uchun foydalanildi.

Izolyatlarning antibiotikka sezgirligini aniqlash. Izolyatlarning antibiotikka sezgirligi MUK 4.2.2602-10 da berilgan ko'rsatmalar asosida amalga oshirildi. Antibiotik ta'sirida izolyatlarning o'sishini to'xtatish zonasi o'lchandi, sezuvchanlik ko'rsatma (EUCAST) ga asosan chidamli (CH), o'rta chidamli (O'CH) va sezgir (S) deb baholandi [3].

Izolyatlar go'sht pepton agariga shtrix usulida ekildi va 24 soat davomida 35±2°C da inkubatsiya qilindi. McFarland standartiga muvofiq 106 KHB/ml saqlagan suspenziya GPA agar

1-rasm. Kasallangan baliqlarda infeksiya simptomlari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

yuzasiga gazon usulida ekildi Inokulyatsiya qilingan muhit yuzasiga, quyidagi antibiotik shimdirilgan disklar quyildi (xloramfenikol 15 mg, levofloksatsin 10mg, eritromitsin 15 mg va ofloksatsin-15 mg (HiMedia, Hindiston)) va 37°C da 24 soat davomida o'stirildi. Olingan natijalar va ularning tahlili.

Namunalardan 16 ta o'zaro farqlangan izolyatlar ajratildi (2 rasm).

2- rasm. Baliq namunalaridan ajratilgan bakteriya izolyatlari

Tekshirish davomida Biometrik analizator VITEK MS yordamida Maldi-Tof mass-spektrometriyasi usulida kasallangan organlarda ajratilgan izolyatlarning taksonomik o'rni aniqlandi.

O'lgan zog'ora baliq jabrasidan Aeromonas veronii, Vibrio cholerae bakteriyalari aniqlandi. Baliq tanasida aeromonoz belgilari mavjudligi, identifikatsiya natijalarini tasdiqlaydi. Bu baliqda bakterial kasallik mavjudligini ko'rsatadi.

Kasallik simptomlari kuzatilgan zog'ora baliq jabrasidan Aeromonas veronii, Pseudomonas anguilliseptica, Shewanella putrefaciens; o't pufagidan Aeromonas veronii; jigaridan Vibrio cholerae, Vibrio mimicus, Aeromonas veronii; buyragidan Shewanella putrefaciens, Aeromonas veronii, Acinetobacter junii va qonidan Fusobacterium periodonticum, Aeromonas veronii, Shewanella putrefaciens bakteriyasi aniqlandi. Baliq organlaridan aniqlangan bakteriyalarda infeksion kasalliklar mavjudligini tasdiqlaydi.

Kasallik simptomlari kuzatilgan oynasimon karp jabrasidan Aeromonas veronii, Pseudomonas anguilliseptica, Shewanella putrefaciens, Vibrio cholerae bakteriyasi aniqlandi ( 1-jadval).

1-jadval

Bakteriyalarning identifikatsiyalash natijalari

Baliq namunalari Namuna olingan organlar Izolyatlarning taksonomik nomi (Maldi-Tof)

O'lgan zog'ora baliq jabra Aeromonas veronii Vibrio cholera

Kasallik simptomlari kuzatilgan zog'ora baliq jabra Aeromonas veronii Pseudomonas anguilliseptica Shewanella putrefaciens

o't pufagi Aeromonas veronii

jigar Vibrio cholerae Vibrio mimicus Aeromonas veronii

buyrak Shewanella putrefaciens Aeromonas veronii

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

Acinetobacter junii

qon Fusobacterium periodonticum Aeromonas veronii Shewanella putrefaciens

Kasallik simptomlari kuzatilgan oynasimon karp jabra Aeromonas veronii Pseudomonas anguilliseptica Shewanella putrefaciens Vibrio cholera

o't pufagi Aeromonas veronii

jigar Turi aniqlanmadi

buyrak Turi aniqlanmadi

qon Turi aniqlanmadi

Suv mahsulotlariga tobora ortib borayotgan talabni qondirish uchun butun dunyo bo'ylab akvakultura sanoati baliq yetishtirishning intensiv texnologiyasini qabul qildi. Bu esa baliq zichligi oshishi, ozuqaning ortiqcha bo'lishi, bakterial patogenlarning ko'payishiga olib kelishi va chuchuk suv mahsulotlarida bakterial kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Asosiy suv bakteriyasi patogenlari asosan Gram-manfiy va Gram-musbat bakteriyalarning bir nechta avlodlarini o'z ichiga oladi, masalan, Vibrio, Aeromonas, Escherichia coli, Streptococcus iniae, Salmonella, Edwardsiella tarda, Pleisionomas, Flavobacterium, Acinetobacter, Pasteurella Mycobacterium, Pasteurellayeium, Clostridium va boshqalar (Greenleyes va boshq., 1998) [4].

Ayeromonas avlodi vakillari grammusbat tayoqchalar bo'lib, suv muhitida uchraydi. Aeromonas spp. uzoq vaqtdan beri asosiy baliq patogenlari sifatida tan olingan. Ular chuchuk suv va sho'r suv baliqlarida keng ko'lamli opportunistik infeksiyalarni keltirib chiqaradi [5,6]. Aeromonas avlodiga tegishli bakteriya turlari chuchuk suv, fakultativ anaerob, xemoorganogeterotrof bakteriya bo'lib, baliqlarni gastroenterit, septitsemiya bilan zararlaydi va suv muhitiga ta'sir qiluvchi harakatchan aeromonas septitsemiya (MAS) deb nomlanuvchi kasallikni keltirib chiqaradi.

Aeromonas veronii - gramm manfiy, tayoqchasimon, fakultativ anaerob bakteriY. So'ngi yillarda A. veronii tabiatda keng tarqalib, atrof-muhitga yuqori moslashdi. Malum qilinishicha, A. veronii chuchuk suv baliqlari, amfibiya, qushlarga yuqib, akvakulturada jiddiy yo'qotishlarga olib keladi va oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid soladi [7].

Shewanella putrefaciens bilan zararlangan baliqlarda terining qorayishi, lateriya va teri yaralari kuzatiladi. Baliqlar o'limi kuzatiladi, baliq tanasi ochilganda, buyrak va taloqda qon ketishi kuzatildi. Infeksiya zararlanishi aniqlanganda, 40-50% o'lim kuzatiladi va baliqchilikka katta zarar yetkazadi. Shewanella turlarining aksariyati tiosulfatni kamaytiruvchi faollikni namoyon qiladi, shuning uchun anaerob sul'fat kamaytiruvchi bakteriya turlari bilan tiosulfatdan vodorod sulfitni ishlab chiqarilishiga olib keladi. Bu baliqlarda teri tashqi yuzasida, kuyishga o'xshash patologik belgilarni namoyon qiladi. Aniqlangan Shewanella putrefaciens bakteriya turi baliqlarda buyrak, taloqni zararlanishiga va jabrada nekroz kelib chiqishga asos bo'lishi mumkin. Pseudomonas anguilliseptica - gramm manfiy baliqchilikda katta zarar yetkazadi. Asosan baliqlarda aniqlanishicha, "Qizil nuqta" (Seluten-byo) kasalligini keltirib chiqaradi. Qizil dog'lar nafaqat teri yuzasida ichki organlarda ham kuzatiladi [8]. Suvning sho'rlanishi ko'tarilishi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

bakteriyalarning rivojlanishini rag'batlantiradi va soni ortishi olib keladi. Birinchi marotaba dengiz va sho'r suvlarda aniqlangan [9]. Pseudomonas anguilliseptica baliqlarda teri, qorin pardasi va jigarda qon ketishi bilan xarakterlanadigan kasalliklarni keltirib chiqaradi. Oksitetratsiklin bilan davolash samarali bo'lmasligi qayt etilgan [10]. Bu keltirilgan namunalardan aniqlangan Pseudomonas anguilliseptica keltirib chiqargan baliq kasalliklar patologik belgilariga o'xshash va oksitetratsiklinga chidamli ekanligi bakteriya turi adabiyot materiallariga to'g'ri kelishini ko'rsatadi. Adabiyot materiallariga keltirilishicha, aynan shu bakteriya bilan zararlanish kuzatilganida, o'lim darajasi juda yuqori bo'lishi va iqtisodiy zararga olib kelishi aytib o'tilgan [8]. Oynasimon karp baliqlarida aynan shu infeksiya kuzatilgan va umumiy o'lim holati kelib chiqqan.

Vibrio cholerae - bu bakteriya odatda insonlarda vabo qo'zg'atuvchisi. Biroq baliqlarga turli yo'llar bilan ta'sir qilib, baliq vabosini keltirib chiqaradi, bu vibrioz deb ataladi. Vibrioz baliqchilikda keng tarqalgan. Vibriozda terining tashqi qavati shikastlanishi, qon ketishi va septisemiya kuzatiladi. Vibrioz baliqchilikda o'lim va o'sish sur'atini pasayishi tufayli katta iqtisodiy yo'qotishlarga olib kelishi mumkin. Aynan bakteriya suv muhitida uzoq vaqtlar davomida saqlanishi, atrof-muhitning ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Shuni ta'kidlash kerakkki, vabo vibrioni baliqlarga ta'sir qilishi mumkin bo'lsa-da, u birinchi navbatda inson uchun xavfli, vabo epidemiyasini keltirib chiqarishi tufayli aholi salomatligiga jiddiy tashvish tug'diradi. To'g'ri gigiyena, sanitariya va suvni tozalash choralari vabo vibrionining odamlarga, baliqlarga ham yuqishini oldini olishda muhim ahamiyatga ega [11,12].

Acinetobacter junii - bu yangi paydo bo'lgan baliq patogeni hisoblanib, baliqlarning jamoaviy o'limi bilan bog'liq holatni keltirib chiqaradi. Yaxshi o'rganilmagan tur sifatida qayd etilib, davolovchi ta'sirlar ustida yangi tadqiqotlar olib borilishini talab qiladi [12]. Bakteriya asosan yumshoq to'qimalarni zararlanishiga olib kelib, immunitet tizimida kuzatiladigan muammolarda tez yuqadi va tez tarqaladi. To'qimalarning parchalanishiga olib keladi. Aynan bakteriya atrof-muhit ta'sirlariga tezda moslashuvchanligi sababli, bugungi kunda davolovchi terapevtik vositalar aniqlanmagan [13].

Fusobacterium periodonticum - bakteriya turi asosan og'iz bo'shlig'i kasalliklari va periodontal kasalliklarni keltirib chiqaradi. Baliqchilik xo'jaliklari bilan bog'liq ma'lumotlar kam. Fusobacterium periodonticum baliqlarda ham og'iz bo'shlig'i va aynan shu mintaqaga tegishli infeksiyalarni faollashishiga olib kelishi mumkin. Bakteriyaga tegishli patologik belgilarni, og'iz bo'shlig'i tuqimalari nekrozi, yallig'lanishi belgilarini keltirib chiqarishi mumkinligi adabiyotlarda keltirib o'tilgan. Fusobacterium periodonticum baliq salomatligiga ta'sirini o'rganish qo'shimcha tadqiqotlarni talab qiladi [14].

Izolyatlar aralashmasining antibiotikka sezgirligi amalga oshirildi. Tekshirishda baliqchi tomonidan tavsiya qilingan siprofloksatsin, baliqchilikda keng qo'llanilib kelinayotgan antibak, oksitetratsiklin hamda mikrobiologik analizlarda qo'llaniladigan xloramfenikol, levofloksatsin, eritromitsin, ofloksatsin antibiotiklaridan foydalanildi va bakteriyalarni o'sishini to'xtatgan zonalar aniqlandi (2- jadval).

1-namuna izolyatlar birlashmasi patogenlarining antibiotiklarga sezgirlik darajasi tahliliga ko'ra, tekshirilgan antibak (30mkl), ofloksatsin, xloramfenikol, levofloksatsin antibiotiklariga nisbatan sezgir siprofloksatsin tabletkasining 1 mkl dozasida bakteriya izolyatlari o'rta chidamli, oksitetratsiklin va eritromitsin antibiotiklariga nisbatan chidamli ekanligi aniqlandi. Baliqchilikda qo'llanilib kelinayotgan antibiotiklarga nisbatan baliq kasalliklari infeksiyalari moslashishi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

holatlari kuzatildi. Doimiy foydalanib kelinadigan oksitetratsiklin patogenlarga nisbatatan ta'sir ko'rsatmadi.

2- namuna izolyatlar aralashmasiga nisbatan antibiotiklarning ta'siri tahlil qilindi. Natijalarga ko'ra, namunadan ajratilgan bakteriyalar antibiotiklarga nisbatan chidamli va moslashgan. Tekshirishda foydalanilgan, siprofloksatsin (1 mkg), oksitetratsiklin va eritromitsin antibiotiklariga bakteriyalar chidamli va foydalanilgan doza bakteriyalarning ko'payishini ingibirlamadi. Aynan sanab o'tilgan antibiotiklar baliqchilik xo'jaligida aniqlangan kasalliklarga davolovchi ta'sir ko'rsatmadi. Bu natijalar tahlili shuni ko'rsatdiki, baliqchilikda uchraydigan bakteriyalar antibiotiklarga nisbatan moslashib bormoqda.

2-jadval

Bakteriya izolyatlarining antibiotiklarga sezgirligi

№ Antibiotik Tekshirilgan doza O'sishni ingibirlanish zonasi

mkg/ml (mm)

1 namuna 2 namuna

1 Siprofloksatsin 1 10/CH 0

2 Siprofloksatsin 5 32/S 18/O'CH

3 Antibak 30 25/S 10/CH

4 Oksitetratsiklin 30 0 0

5 Xloramfenikol 30 28/S 32

6 Levofloksatsin 10 26/S 16/O'CH

7 Eritromitsin 15 0 0

8 Ofloksatsin 15 22/S 12/O'CH

Natijalar tahlili. Baliqlarda bakterial infeksion kasalliklar kuzatildi. Qayd etilgan patologik belgilar, organlardan olingan namunalarda aniqlangan bakteriyalar ta'sirida kelib chiqishi adabiyot materiallari asosida tasdiqlandi. Baliqlarda Aeromonas avlodiga bakteriyalari patalogik belgilari gastroenterit va septitsemiya, buyrak va taloq zararlanishini va jabra nekrozi belgilarini keltirib chiqaruvchi Shewanella putrefaciens, jabrada va ichki organlarda qon ketishini keltirib chiqaruvchi Pseudomonas anguilliseptica, vibrioz kasalligini keltirib chiqaruvchi Vibrio cholerae va bugungi kunda baliqchilik uchun muammoli vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi, o'lim darajasini ortishiga olib keladigan yangi infeksiya Acinetobacter junii bakteriya turlari aniqlandi. Fusobacterium periodonticum bakteriya turi asosan insonlarda patologik belgilarni keltirib chiqraishi mumkinligi tadqiqotlarda aniqlangan, ammo yuqori nafas yo'li infeksion bakteriyasi ekanligi baliqlarda jabra atrofi muammoli holatlarini va nafas olishda muammoli holatni keltirib chiqarishi mumkin deb topildi.

Baliqchilikda doimiy antibiotiklardan foydalanish va suv muhitidagi organik qoldiklarni kamaytirish maqsadida kimyoviy vositalardan foydalanish baliqlarning immun tizimi faolligi pasayishiga olib kelmoqda. Bu esa baliqchilikda biologik vositalar bilan patogenlarga qarshi kurashish lozimligini va baliqlarning immunitetini rag'batlantiruvchi biologik qo'shimchalardan foydalanishni talab qiladi.

Baliqchilikda qo'llanilib kelinadigan antibiotiklar patogen bakteriyalarning, aynan foydalanilgan antibiotiklarga chidamliligi ortishiga olib kelgan. Aynan baliqchilikda uzoq vaqtlar davomida kuzatilib kelinadigan aeromonoz kasalligini keltirib chiqaruvchi Aeromonas avlodiga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

mansub bakteriyalar oksitetratsiklin va terramitsin antibiotiklariga chidamli bo'lib qolgan. Bu qo'shimcha antibiotik vositalarini qo'llashga olib keladi.

Xulosa. Baliq namunalari aeromonoz, psevdomonoz va vibrioz kasalliklarini keltirib chiqaradigan bakteriyalar aniqlandi. Infeksion bakteriyalarga qarshi antibiotiklarni qo'llashda, xloramfenikol (30 mkg) va siprofloksatsin (5mkg/ml) antibiotiklar samarali deb topildi. Biz baliqchilikda antibiotik o'rnini bosadigan biologik xavfsiz vositalarni qo'llashni tavsiya etamiz.

REFERENCES

1. Daminov A.S., Nasimov SH.N., Gerasimchik V.A., Eshburiev S.B., Qurbonov F.I.. Baliq kasalliklari. Samarqand-2020 226 bet.

2. Safarova F.E., Azimov A., Akramova F.J., Shakarboyev E.B., Qahramonov B.A. "Baliqlar kasalliklari". -Т.: «Иннoвация ривoжланиш нашриёт-матбаа уйи», 2020, 224 bet.

3. Da Cunha L.R., Fortes Ferreira C.L., Durmaz E., Goh Y.J., Sarozky-Dawes R.B. and Klaenhammer T.R.. Characterization of Lactobacillus gasseri isolates from a breast-fed infant. // 2012. Gut Microbes 3:1, 15-24.

4. Burcin Saticioglu M. D. I., Ozdemir B., Soner N. A. Determination of Opportunistic Pathogens and Antimicrobial Resistance Characterization Isolated From Rainbow Trout in Turkey. // J Res Vet Med. 2020: 39(2) 82-92.

5. Alghabashi A, Austin B & Crumlish M (2018) Aeromonas salmonicida isolated from wild and farmed fish and invertebrates in Oman.

6. Семвал А., Нилеш К. 063op патогентос™ Aeromonas hydrophila и ее смягчения с пoмoщью лекарственных трав в аквакультуре 2023 март; 9(3): e14088.

7. Дас А., Ачарья С., Бехера Б.К., Париа П., Бхoумик С., Парида П.К. Выделение, идентификация и характеристика Klebsiella pneumoniae oт инфицирoвaннoгo крупнoгo индийскoгo карпа Labeo rohita, вырaщивaемoro на ферме, в Зaпaднoй Бенгалии, //. Индия.Ссылки на aвтoрoв oткрывaют панель oверлея аквакультура.

8. Citarasu T., Natural antimicrobial compounds for use in aquaculture // Infectious Disease in Aquaculture, 2012.

9. Daly, J.G. (1999) Other bacterial pathogens. In: Woo, P.T.K., Bruno, D.W. (Eds.), Fish Diseases and Disorders: Viral, Bacterial and Fungal Infections. CAB International, New York, pp. 577-598.

10. Anzai; Kim, H; Park, JY; Wakabayashi, H; Oyaizu, H; et al. (Jul 2000). "Phylogenetic affiliation of the pseudomonads based on 16S rRNA sequence". Int J Syst Evol Microbiol. 50 (4): 1563-89.

11. Halpern M, Izhaki I. Fish as Hosts of Vibrio cholerae. Front Microbiol. 2017 Feb 28;8:282.

12. Xelpern M.. Fish as Hosts of Vibrio cholerae // Front. Microbiol., 28 February 2017/ Sec. Microbial Symbioses/ Volume 8 - 2017

13. Baoliang Bi, Yin Yuan, Dan Jia, Wansheng Jiang, Hui Yan,1Gailing Yuan, and Yu Gao. Identification and Pathogenicity of Emerging Fish Pathogen Acinetobacter johnsonii from a Disease Outbreak in Rainbow Trout (Oncorhynchus mykiss) // Hindawi Aquaculture Research Volume 2023, Article ID 1995494, 13 pages

14. Wong D, Nielsen TB, Bonomo RA, Pantapalangkoor P, Luna B, Spellberg B. Clinical and Pathophysiological Overview of Acinetobacter Infections: a Century of Challenges. Clin Microbiol Rev. 2017 Jan;30(1):409-447.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.