Научная статья на тему 'TUYABUG‘IZ SUV OMBORI QAFAS MOSLAMALARIDA KARP (CYPRINUS CARPIO L) BALIG‘INING YOSHI VA O‘SISH KO‘RSATKICHLARI'

TUYABUG‘IZ SUV OMBORI QAFAS MOSLAMALARIDA KARP (CYPRINUS CARPIO L) BALIG‘INING YOSHI VA O‘SISH KO‘RSATKICHLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
qayd qiluvchi tuzilma” / qafas moslamalari / skleridlar / yillik halqalar / tangacha / yosh o‘lcham ko‘rsatkichlari / sikloid / tangacha preparati / SL / TL

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Dexqonova Diloraxon Rasuljon Qizi, Аyasov Xushnid G‘aybullaevich, Yaxshibekov G‘olib Ravshan O‘g‘li, Mirzayev Abdulaziz Umar O‘g‘li

Maqolada Tuyabug‘iz suv ombori qafas moslamalaridagi karp baliqlarining biologik ko‘rsatkichlari, yoshini aniqlash, tangacha preperatlarini tayyorlash hamda ulardan foydalanish tartibi yillik halqalarning hosil bo‘lishidagi farqlar, baliq tangachasi uzunligi bilan baliq tanasi uzunligi o‘lchamlari, baliq vazni o‘rtasidagi bog‘lanish ko‘rsatkichlari statistik taxlili, smart texnologiyalardan foydalanish haqida ma’lumotlar keltirilgan. Mazkur tadqiqot ishida umumqabul qilingan ixtiologik metodlardan foydalanilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TUYABUG‘IZ SUV OMBORI QAFAS MOSLAMALARIDA KARP (CYPRINUS CARPIO L) BALIG‘INING YOSHI VA O‘SISH KO‘RSATKICHLARI»

UO'K: 597: 639.3(575.1)

TUYABUG'IZ SUV OMBORI QAFAS MOSLAMALARIDA KARP (CYPRINUS CARPIO L) BALIG'INING YOSHI VA O'SISH KO'RSATKICHLARI

1Dexqonova Diloraxon Rasuljon qizi, 2Ayasov Xushnid G'aybullaevich, 3Yaxshibekov G'olib ravshan o'g'li, 4Mirzayev Abdulaziz Umar o'g'li

1Toshkent davlat agrar universiteti katta o'qituvchisi, b.f.f.d., (PhD) 2'3Toshkent davlat agrar universiteti, tayanch doktorant 4Toshkent davlat agrar universiteti, talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.11428345 Anotatsiya. Maqolada Tuyabug'iz suv ombori qafas moslamalaridagi karp baliqlarining biologik ko'rsatkichlari, yoshini aniqlash, tangacha preperatlarini tayyorlash hamda ulardan foydalanish tartibi yillik halqalarning hosil bo'lishidagi farqlar, baliq tangachasi uzunligi bilan baliq tanasi uzunligi o'lchamlari, baliq vazni o'rtasidagi bog'lanish ko'rsatkichlari statistik taxlili, smart texnologiyalardan foydalanish haqida ma'lumotlar keltirilgan. Mazkur tadqiqot ishida umumqabul qilingan ixtiologik metodlardan foydalanilgan.

Kalit so'zlar: "qayd qiluvchi tuzilma", qafas moslamalari, skleridlar, yillik halqalar, tangacha, yosh o'lcham ko'rsatkichlari, sikloid, tangachapreparati, SL, TL,

Аннотация. В статье рассмотрены биологические показатели карповых рыб в садках Туябугузского водохранилища, определение их возраста, приготовление препаратов и их использование, различия в формировании годичных колец, взаимосвязь между длиной тела рыбы и массой. тела рыбы и веса рыбы, представлен статистический анализ показателей, информация по использованию смарт технологий. В работе использованы общепринятые ихтиологические методы.

Ключевые слова: садки, склериды, годовые кольца, чешуя, возрастные размерно-восрастные показатели, циклоид, препарат чешуи, SL, TL.

Abstract. In the article, the biological indicators of common carp fish in the cages system of the Tuyabugiz reservoir, determining their age, preparation of body preparations and their use, differences in the formation of annual rings, the relationship between the length of the fish body and the length of the fish body, and the weight of the fish statistical analysis of indicators and information on the use of smart technologies are presented. Generally accepted ichthyological methods were used in this research work.

Key words: fish scales, Circuli, primary radi, fish, SL, TL. age size indicators, cycloid, preparation of fish scale, SL, TL.

Kirish. Dunyoda ilm fan tarmog'i hamda smart texnologiyalarning rivojlanishi ko'plab fan va sohalasr qatori ixtiologiya hamda baliqchilik sohasining ham ko'plab muvaffaqiyatlariga sabab bo'lmoqda. Xususan, MDH mamlakatlarida suv havzalari, ayniqsa, baliqchilikda qafas moslamalaridan samarali foydalanish orqali baliq mahsuldorligini oshirishga doir keng qamrovli tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada, baliqlar turlarining turli suv havzalariga, turli muhit sharoitga moslashuvi, morfologik xususiyatlarining o'zgarishi, o'sishi, jinsiy voyaga yetishi, serpushtligi, yosh-o'lcham tuzilmasi, turning ekologik va biologik xususiyatlarini tahlil qilishga qaratilgan tadqiqotlarga alohida e'tibor berilmoqda[1].

Karp balig'i dunyoda qimmatbaho baliq turlaridan biri sanaladi. Karp balig'i ham baliq ovlash ham akvakulturaning muhim ob'ektidir. Havaskor baliqchilar tomonidan ko'plab rekord darajadagi karp balig'i zotlari ovlanib kelinmoqda.

Karp, Cyprinus carpio L asl vatani Orol va Kaspiy dengizi sanaladi, ular tabiiy va sun'iy yo'l bilan Qora dengiz havzasi orqali Evropaga shuningdek, Uzoq Sharqqa tarqalgan. Darhaqiqat karpni 2000 yillardan buyon Osiyo mamlakatlarida parvarish qila boshlashgan va buni baliqchilikning dastlabki ob'ekti deb hisoblashimiz ham mumkin. O'rta asrlardan boshlab Evropada parvarishlay boshlashgan. Baliqchi mutaxassislar doimiy ravishda bu baliq tanasining balandligi, ularning yuqori serpushtligi, tez o'sish sur'ati bo'yicha saralash ishlarini olib borishgan, natijada tanasining baland, mushak massasining yuqori bo'lishiga erishilgan. XX asr o'rtalarida O'zbekistonga karpning madaniy formasi olib kelindi. Ulardan olingan nasl, ya'ni baliq chavoqlari baliq mahsuldorligini oshirish maqsadida barcha suv havzalariga o'tkazilgan. [2]

Karp balig'i yirik tez o'suvchi baliq uzunligi 1 m, og'irligi 25 kg hatto undan ortiq bo'lishi mumkin. Hayotining 3-4 yilida, har xil suv havzasiada turli uzunlikda, sekin o'sadiganlari 17 -20 sm, og'irligi 500 gr, tez o'sadiganlari esa 28-30 sm, og'irligi 1.5-2 kg bo'lganida jinsiy voyaga etadi. Ekologik plastik tur, ya'ni, o'zgargan sharoitga tez moslasha oladi, shuning uchun ham keng tarqalgan bo'lib, barcha tekislik suv havzalarida muhim ovlanish ahamiyatiga ega bo'lgan baliqlardan biri. [2] Hamda karp balig'i respublikada asosiy akvakultura ob'ekti hisoblanadi. Bugungi kunda respublikamizda jadal akvakultura sharoitida yuqori oqsilli balanslashtirilgan omuxta yem bilan qafas moslamalarida ham yetishtirilmoqda va qafas moslamalarida yetishtirilayotgan karp baliqlarining, yoshi va o'sish ko'rsatkichlarini aniqlash ixtiologiya hamda baliqchilik sohasida ham muhim ahamiyatga egadir.

Tadqiqot materiali va uslublari. Qafas moslamalarida karp baliqlarining o'sish yosh ko'rsatkichlarini aniqlash uchun karp balig'i na'munlari Toshkent viloyati, Quyi chirchiq tumani, tuyabo'g'iz suv ombori "Xalol xazina" MCHJ suv havzasida o'tkazilgan barcha ovlardagi (sanoat, tadqiqot) baliqlaridan olindi va turli o'lchamdagi 40 dona baliq o'rganildi va "qayd qiluvchi tuzilma" sifatida baliq tangachalaridan preparatlar tayyorlandi.

O'rganilgan baliqlarning umumiy uzunligi, (TL) va standart uzunligi (SL) (tangacha qoplami tugagan joygacha) 0,1 smgacha, baliqlarning umumiy og'irligi (w, g) va ta naning ichki a'zolarisiz og'irligini 1 grammgacha aniqlikda o'lchandi. Baliqlar tanasining standart uzunligidan, uzunlikning asosiy ko'rsatkichi sifatida foydalanildi.

Tana og'irligining tana uzunligi bilan shuningdek, tangacha uzunligi bilan bog'liqligi statistic usullar hamda smart texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirildi.

Baliqlar yoshi va o'sishini aniqlashda baliq tangachalaridan foydalanildi. Buning uchun yellka suzgich qanoti birinchi shu'lalari ostidan chap tomonidagi yon chiziqlari ustidan 4-5 ta ketma-ket joylashgan tangachalar olinib «tangacha kitobchasiga» joylashtirildi.

Laboratoriya sharoitida 2-3 ta tangachaga ishlov berilib umumqabul qilingan uslublarga ko'ra preparatlar tayyorlandi [3]. (1 - rasm). Tangachalar MBS-1 binokulyari hamda mikrofilmlarni o'qishga mo'ljallangan «Mikrofot-5PO-1» qurilmasi yordamida o'rganildi va yillik halqalar soni ya'ni baliqning yoshi aniqlandi (2-rasm).

1 - rasm. Karp balig'i tangachasi preparati

2- rasm. Karp tangachasining «Mikrofot-5PO-1» qurilmasida ko'rinishi Karp balig'i tangachalari o'lchamining nisbiy ko'rsatkichi quyidagi formula yordamida aniqlandi:

d * 100

J = --------------------- ,

SL

O'rganilgan namunalardagi (40 ta) baliqlar tanasining umumiy uzunligi - 22 - 50 sm, standart uzunligi - 18,1- 45,9 sm, va tanasining umumiy og'irligi - 50,0 - 1020,1 g ni tashkil etdi. Karp baliqlarini tangachalari va tana uzunligi bir biri bilan ijobiy to'g'ri chiziqli bog'liqlikka ega ekanligi aniqlandi. (3-rasm).

Karp baliqlarining qayta tiklangan ko'rsatkichlariga asoasan ularning o'sish sur'atlari hamda o'sish tezliklari anliqlandi. (1-jadval).

Tangacha uzunligi va tana o'lchami o'rtasidagi

bog'lanish

0,6

^0,5 Vi y = 0,005 2x'-214i

R1 = 0,8766^^

^0,4

| 0,3 cz % 0,2 DE S 2 0,1

0

0,0 5,0 10,0 15,0 20,0 25,0 30,0 35,0 40,0 45,0

(nun uzunligi Sill

3 - rasm. Baliqlar tana uzunligining tangachalar diagonal radiusi o'lchamlariga bog'liqligi 1-jadval. Qafas moslamalarida yetishtirilayotgan karp balig'ining "qayta tiklash yo'li" _bilan aniqlangan o'sish ko'rsatkichlari_

Baliq yoshi Minimal Maksimal O'rtacha O'sish tezligi

li 12,1 20,4 15,6 15,6

li 19,8 30,5 26,8 11

l3 30 42,9 36 9,2

Natijalar va ularning tahlili. Olingan natijalar taxliliga ko'ra, karp balig'ining tangachalari sikloid, qirralari silliq va yirik tangacha. Namunalarimizdagi o'rganilgan tangachalarda yillik

halqalar osonlik bilan yaxshi ko'rinadi va u bir-biridan uzoqlashgan skleritlardan (yoz vaqtidagi tez o'sishga mos keladi) hamda bir-biriga yaqin joylashgan skleritlardan (qish vaqtidagi o'sishning sekinlashuviga mos keladi) tashkil topgan. Baliqlar tangasidan ularning o'sishini qayta hisoblashni asoslash uchun biz tangachalar o'lchamining tana uzunligiga bog'liqligini tahlil qilinganda, ikki ko'rsatkich bir-biri bilan kuchli bog'langanligini ko'rsatdi (r = 0.88).

Ko'rsatkichlarning bog'liqligini regressiya tenglamasi ishonchli tasniflaydi: SL (sm) =

0.0052.1'2146

Qayta tiklash yo'li bilan ularning o'lcham ko'rsatkichlari hisoblangada biz o'rgangan qafas moslamalaridagi baliqlarning o'sish tezligi hayoting dastlabki yillarida yuqori ekanligi aniqlandi.

Xulosa. Tadqiqotlarimizda baliq yoshini aniqlashda yillik halqa belgisi sifatida qishda o'sish sekinlashgan hudud tugagan joyni qabul qildik. Karp balig'ida tangachalari yirik bo'lishiga qaramay ulardagi yillik halqalarni «o'qishda» ularning tangachalar mayda tangachali baliqlarnikiga nisbatan tasirchanligi kuchli bo'lganligi sababli muayyan qiyinchiliklar uchraydi, Shuningdek ularda qo'shimcha xalqalar ham mavjud edi buni biz baliq chavoqlarini qafas moslamalariga o'tqazilganda baliqlarda yuzaga kelgan muhit o'zgarishi shuningdek, suv haroratining o'zgarishida deb izohlaymiz.

Baliqlar doimiy o'ssada ular ular o'sishining umumiy qonuniyatlariga bo'ysunadi ya'ni ko'pchilik baliqlarda hayotining dastlabki yillarida tanasining uzunligi ortadi. Jinsiy voyaga yetgandan keyin tanasining o'sishi davom etsa-da, bir muncha sekinlashadi, tanasining og'irligi esa oshadi. Ixtiolog mutaxassislar, baliqshunios olimlar, baliq ovlovchilar uchun baliqlar yoshi va o'sishi o'ta muhim ko'rsatkichlardan biri bo'lib, ularni aniqlash ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish uchun zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Dexqonova D.R. Aydar-Arnasoy ko'llar tizimidagi oq sla (Sander lucioperca L) balig'ining morfo-ekologik xususiyatlari. // Biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi avtoreferati - Toshkent. 2023. - 5b.

2. Yuldashov M.A., Salixov T.V., Kamilov B.G. O'zbekiston baliqlari. Monografiya, GOLD PRINT NASHR - Toshkent. 2018.- B.128-129.

3. Прaвдин И.Ф. Руководство по изучению рыб (преимущественно пресноводных). // 4 -е изд. - М.: Пищeвaя промышленност, 1966. - C.67-69, 110-119, 110-222, 163-222, 269371, 370-371.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.