Научная статья на тему 'QUMSULTON KO’LI GIDROBIOLOGIYASI VA IXTIOLOGIYASIGA OID MA’LUMOTLAR'

QUMSULTON KO’LI GIDROBIOLOGIYASI VA IXTIOLOGIYASIGA OID MA’LUMOTLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
182
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gidrobiologiya / gidrokimyo / ixtiologiya / pelagial / biogen / biomassa / litoral / litofil / pssamofil / fitofil / biotop / fitoplankton / zooplankton / bentos / gidrobiont / mezotrof / ekologiya / rotatoria / kolovratka / cladocera / copepod / populyatsiya / bentofag / introduksiya / fauna. / hydrobiology / hydrochemistry / ichthyology / pelagial / biogen / biomass / littoral / lithophil / psamophil / phytophil / biotope / phytoplankton / zooplankton / benthos / hydrobiont / mesotroph / ecology / rotatorium / rotifer / cladocera / copepod / population / benthophage / introduction / fauna.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sh. Pardayev, N. Shamsiyev, X. Sanoyeva, X. Raximova

Bu maqolada Qumsulton ko`lining gidrologiyasi, ko`l va unga quyuluvchi zovur suvlarining gidrokimyoviy tahlili, gidrobiontlar tur tarkibi va xilma-xilligi, ixtiofaunasi hamda ayrim ovlanadigan baliqlarning qisqacha biologiyasi haqidagi ma`lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INFORMATION ON HYDROBIOLOGY AND ICHTHYOLOGY OF LAKE KUMSULTAN

In this article, the hydrology of lake Kumsultan, hydrochemical analysis of the waters of the lake and ditches flowing into it, species composition and diversity of hydrobionts, information about the ichthyofauna and a brief biology of some commercial fish are presented.

Текст научной работы на тему «QUMSULTON KO’LI GIDROBIOLOGIYASI VA IXTIOLOGIYASIGA OID MA’LUMOTLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

QUMSULTON KO'LI GIDROBIOLOGIYASI VA IXTIOLOGIYASIGA OID

MA'LUMOTLAR Pardayev Shamedin Saidovich

Buxoro davlat universiteti dotsenti Shamsiyev Naim Amonovich Buxoro davlat universiteti katta o'qituvchi Sanoyeva Xosiyat Ortiq qizi Raximova Xolida Karim qizi Buxoro davlat universiteti magistrlari https://doi.org/10.5281/zenodo.7352344 Annotatsiya. Bu maqolada Qumsulton kolining gidrologiyasi, kol va unga quyuluvchi zovur suvlarining gidrokimyoviy tahlili, gidrobiontlar tur tarkibi va xilma-xilligi, ixtiofaunasi hamda ayrim ovlanadigan baliqlarning qisqacha biologiyasi haqidagi ma lumotlar keltirilgan.

Kalit so^zlar: gidrobiologiya, gidrokimyo, ixtiologiya, pelagial, biogen, biomassa, litoral, litofil, pssamofil, fitofil, biotop, fitoplankton, zooplankton, bentos, gidrobiont, mezotrof, ekologiya, rotatoria, kolovratka, cladocera, copepod, populyatsiya, bentofag, introduksiya, fauna.

СВЕДЕНИИ ПО ГИДРОБИОЛОГИИ И ИХТИОЛОГИИ ОЗЕРА КУМСУЛТАН Аннотация. В этой статье гидрология озера Кумсултан, гидрохимический анализ впадающих в него вод озера и арыка, видовой состав и разнообразие гидробионтов, представлены сведения об ихтиофауне и краткая биология некоторых промысловых рыб.

Ключевые слова: гидробиология, гидрохимия, ихтиология, пелагиал, биоген, биомасса, литорал, литофил, пссамофил, фитофил, биотоп, фитопланктон, зоопланктон, бентос, гидробионт, мезотроф, экология, ротатория, коловратка, кладоцера, копепода, популяция, бентофаг, интродукция, фауна.

INFORMATION ON HYDROBIOLOGY AND ICHTHYOLOGY OF LAKE KUMSULTAN Abstract. In this article, the hydrology of lake Kumsultan, hydrochemical analysis of the waters of the lake and ditches flowing into it, species composition and diversity of hydrobionts, information about the ichthyofauna and a brief biology of some commercial fish are presented.

Keywords: hydrobiology, hydrochemistry, ichthyology, pelagial, biogen, biomass, littoral, lithophil, psamophil, phytophil, biotope, phytoplankton, zooplankton, benthos, hydrobiont, mesotroph, ecology, rotatorium, rotifer, cladocera, copepod, population, benthophage, introduction, fauna.

KIRISH

Qumsulton ko'liga Qorovulbozor tumani qishloq - xo'jaligi dalalaridan oqib keladigan Xadicha va Dengiz ko'l tashlama zovurlarining janubiy irmoqlaridan tushadigan sizot oqova suvlar hisobiga 1980-yillarda tashkil topgan. Qumsulton suv havzasi Buxoro viloyatining Jondor, Buxoro va Olot tumanlari chegaralari tutashgan hududda joylashgan. Ko'lning umumiy maydoni 7200 gektar bo'lib, shundan suv bilan qoplangan qismi 3800 gektar va qamishzorlar, botqoqliklar va qishloq-xo'jaligida foydalanilmaydigan yer maydonlar qismi 3400 gektarni tashkil qiladi (1-rasm).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME I ISSUE S UIF-2G22: S.2 | ISSN: 2ISI-3337

I-rasm. Qumsulton koli xaritasi

I993-yil 7- may oyidagi O'zbekiston Respublikasining qonuniga asoslanib "Qumsulton ko'liga Davlat buyurtmaxonasi maqomini berish to'g'risida"gi 3S4-sonli qarori, 2GIG-yil 25-oktabrda Jondor tuman hokimligi tomonidan "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida"gi qarori qabul qilingan.

ASOSIY MATN

Qumsulton ko'lida 2G22-yil davomida mavsumiy ilmiy-amaliy gidrobiologik, gidrokimyoyiv, ixtiologik kuzatishlar va tahlillar amalga oshirildi. 2G22-yilning bahor-yoz mavsumida olib borilgan ilmiy tadqiqot davrida ko'l suvinining harorati, pH ni kimyoviy tarkibini aniqlash uchun namunalar olindi va o'lchovlar, tahlillar o'tkazildi (1-jadval).

I-jadval.

Qumsulton ko'li va unga quyuluvchi zovur suvlarining kimyoviy tarkibi

Ko'rsatgichlar, mg/l Bahor Yoz

k o'l z ovur ko 'l zo vur

I Muallaq moddalar I5S I46 4G 2I5

Quruq qoldiq 524G ISGG 632G 2S4G

Xloridlar S2G 3SG S4G 5S5

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Sulfatlar 1200 640 1230 690

Suvda erigan kislorod mg O2/I 6 ,7-10 7,8 8,5 -12,5 8,6

Ammoniy tuzlari (NH3) 4,2 3,7 3,8 4,3

Nitritlar (NO2) 0,12 0,24 0,26 0,37

Fosfatlar (PO4) 1,4 2,3 1,7 2,8

Ko'lning qirg'oq bo'ylari bahor faslida (aprel may oylari) suvning harorati 1,0-1,2 m chuqurlikda 18-220C ni ko'lning ochiq (pelagial) qismi1,5-2,0 m chuqurlikda 16-190C ni tashkil qildi. Yoz faslida (iyun oyida) ko'l qirg'oqlarida 24-280C ni, ko'lning ochiq qismida 20-240C qayd qilindi.

Ko'lning ochiq suv maydonlarida chuqurligi 2-6 m dan oshmaydi.

Suvning tiniqlik darajasi bahor-yoz fasllarida 0,5-2,0 metrni, suv oqimi davrida tiniqligi pasayishi kuzatildi.

Suvning muhiti (pH) kuchsiz ishqoriy (7,8-8,6), suvda erigan kislorod miqdori bahor oylarida 6,7-10,0 mg/l (70-115%) yoz oylarida bu ko'rsatgich 8,5-12,5 mg/l (95-120%) ni tashkil qildi. Ko'l suvida erkin uglerod kislotasi yoz oylarida 6,61-12,04 mg/l miqdorda yuksak suv o'tlari bilan qoplangan qismida qayt qilindi.

Janubiy-G'arbiy qizilqum suvliklariga (Devxona, Xadicha, Zikri) xos Qumsulton ko'li ham biogen moddalarga boy [10,11,12]. Yilning bahor faslida kollektor suvlarida uning miqdori 3,7-4,2 mg/l qayd etildi. Ko'lda fosfor birikmalari ancha yuqori 1,4-1,7 mg/l bo'lib, zovurlarda bu ko'rsatgich 2,3 mg/l yozda 2,8 mg/l miqdorda kuzatildi. Buogen moddalarning manbasi asosan qishloq xo'jalik yerlaridan hosil bo'ladigan suvlar hisobidan vujudga keladi. O'simliklarga beriladigan mineral o'g'itlarning 30-35% i o'zlashtirib, qolgan qismi zovurlar orqali Qumsulton ko'liga kelib tushadi. Ko'lning litoral qismlarida biogen moddalarning ko'pligi yuksak o'simliklarning jadal rivojlanishi va yuqori biomassa hosil qilishini ta'minlaydi.

Ko'l tubi yaylovlar, molxonalar o'ziga xos bo'lgan yassi litofil, pissamofil, fitofil biotoplardan iborat. Ko'lning janubiy va shimoliy qismlari 20-30 % yuksak suv o'tlari qamish va lux bilan qoplangan. Lux formatsi yassi asosan sof holdagi lux, qamish bilan birgalikda ma'lum qoplam qilib joylashgan. Ko'lning litoral qismida (0,2-0,7 metr) ingichka bargli lux va qamish keng tarqalgan, qamishning balandligi 1,5-2 m bo'lib, biomassasi 4-6 kg/m ni tashkil qiladi. Ko'lning sayoz qismlarining suv tarkibida gidrobiontlar uchun oziqa zahiralar, biogen moddalar mezotrof suv havzalariga xos bo'lib, erta bahorda fitoplankton, zooplankton, bentos organizmlar jadal rivojlanib yuqori biomassani hosil qiladi [13].

Ko'ldan olingan gidrobiologik namunalar Buxoro viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi laboratoriyasida tahlil qilinganda zooplanktonlarning 33 ta turi qayt qilindi va shundan 19 ta turi og'iz-aylangichlilar (Rotatoria) sinfiga mansub kolovratkalar, 11 turi shoxdor mo'ylovli qisqichbaqasimonlar (Cladocera) va 3 ta turi kurakoyoqlilar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

(Copepoda) ga mansub. Qayt qilingan Zooplankton turlari viloyat ichki suv havzalarida keng tarqalgan turlar ro'yxatidan joy olgan [9]. Qayt qilingan turlar orasida tuban qisqichbaqasimonlardan Diaphnia Longispina, Daphnia pulex, Ceriodaphnia reticulata, Arctodiaptomus salinus son va biomassa jihatdan dominant turlardan hisoblanadi (2-jadval).

2-jadval.

Qumsulton ko'lining Zooplankton tur tarkibi

Turlar b ahor oz

Rotatoria

Brachionus ruadridentatus +

Brachionus usseus (linne) +

Brachionus calcyciflorus Ahlson +

Brachionus nilsoni Ahlsron -

Oeratella quadrata O.F.M +

O.Vulda (Mull) +

Notholca acuminate Ehrenberg +

Testudinella patina Hermann +

Asplanohna priodonta Gosse -

0 Stcane nana Merrai +

1 Lecan luna Muller +

2 Lecane bulla Gosse +

3 Lepadella patella Muller +

4 Brachionus angularis Pallas

5 Keratella qudrata (Muller)

6 Keratella cochleares (Gosse)

Notholca acuminate Ehren -

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

7

8 Filina longiseta (Ehren) +

9 1 Trichocerca longiseta (Sehran) +

Cladocera

0 Diaphanosoma brach sieving

1 Daphnia Longispina O.F.M. +

2 2 Daphnia pulex De Geer

3 Simocephalus vetulus O.F.Mull +

4 2 Moina rectirostris Sending

5 2 Ceriodaphnia retuculate O.F.M +

6 Macrofrix spinosa Norfymanu

7 Chidorus sp. +

8 Ceriodaphnia quadrangular Muller +

9 Alona guttata Sars +

0 Alonella nana (Raird) +

Copepoda

1 3 Arctodiaptomus Salinus +

2 Mesocyclops crassus-Mull +

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Mesocyclops leuckarti Claus +

3

Bahor va yoz fasllari ko'lda Zooplankton miqdori 20,6-24,2 ming/m ni biomassasi 1,23 •• • • 3

1,35 g/m ni tashkil qiladi. Kuz fasliga kelib bu ko'rsatgichlar 4,8-6,2 ming/m va ularning umumiy biomassa 0,42-0,5 g/m miqdorda qayd qilindi.

Ilmiy izlanishlarning asosiy vazifalaridan biri Qumsulton ko li baliq lichinka va chavoqlari tomonidan tabiiy oziqa zahiralarini istemol qilishini organishdan iborat. Orta osiyo suv havzalarida tarqalgan baliqlar ularning oziqlanishi koplab olimlar tomonidan organilgan (Nikolskiy 1937, Pardayev 1978). Bu tadqiqotchilar tomonidan baliq lichinkalari va chavoqlarning turli etaplardagi zooplankton, zoobentos va boshqa turdagi oziqalar miqdori haqida batafsil malumotlar keltirilgan.

Qumsulton kolidan baliq lichinkalarining tana uzunligi 10,9-15,4 mm davrida asosan zooplanktonlarning kolovratka vakillari bilan oziqlanadi va ularning ratsionida kolovratkalar 7080% ni tashkil qiladi. Lichunkalarning tana uzunligi 15-20 mm bo'lgan davrda kolovratkalar 2030% ni, Cladosera va copepodalarning dominant turlari (dafniya, ceriodafniya, xidorus, arktodiaptomus) larning hissasi 40-50% ga to g ri keladi. Lichinkalarni chovoqlar etapiga o tib borishi 25 mm dan boshlab, ular ratsionida zooplankton va zoobentosning miqdori 60-70% etgani aniqlandi.

Qumsulton ko'li ixtiofaunasi juda qisqa vaqt ichida 1980-yillardan boshlab, shaklana boshlagan bo'lsada M.A. Abdullayev va boshqalar (1989) tomonidan qayt qilingan manbalarda keltirilgan baliqlar ro'yxatidagi 35 ta turdan 17 tur baliqlar Qumsulton ko'lida qayd qilindi. Shulardan 13 tur ovlanadigan 4 turi ovlanmaydigan baliqlar hisoblanadi (3-jadval).

3-jadval.

Qumsulton koli ixtiofaunasi

Baliqlar oilasi va turlari Tur statusi Qumsul ton

I. Cyprinidae

Rutilus rutilus aralensis (Berg, 1916) C

Ctenopharyngodon idella (Valencinnes, 1844) C*

Barbus capito conocepnalus (Kessler, 1872) C*

Chalcalburnus chalcoides aralensis (Berg, 1923) C

Abramis brama orientalis (Berg, 1949) AC

Carassius auratus gibelio (Bloch, 1783) C

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Cyprinus carpio (Linnaeus, 1758) C

Hypophthalmichthys molitrix (Valenciennes, 1844) c*

Pseudorasboraparva (Temminck et Schlegel, 1846) 0

0 Alburnoides taeniatus (Kessler, 1874) *

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1 Hemiculter leucisculus (Vasilewsky, 1855) 0

2 Pelecus cultratus (Linnaeus, 1758) C*

3 Capoeta steindachneri (Kessler, 1872) C* '

II. Siluridae

4 Silurus glanis (Linnaeus, 1758) C

III. Percidae

5 Stizostedion lucioperca (Linnaeus, 1758) c

IV. Cobitidae

6 Nemachilus oxianus (Kessler, 1877)

V. Poeciliidae

7 Gambusia affinis holbrooki (Girard, 1859) C

Izoh: AAC-tasodifan iqlimlashtirilgan ovlanadigan tur AC-maqsadli iqlimlashtirilgan ovlanadigan tur LC-mahalliy ovlanadigan tur 00-tasodifan kelgan ovlanmaydigan tur 0- mahalliy ovlanmaydigan tur *-kam uchraydigan tur

Ovlanadigan baliqlardan asosan sazan, oqcha, qizilkoz, kumush tovonbaliq, oq sla, laqqa, oq amur, oq do'ng peshona baliqlari keng tarqalgan bo'lib, ularni qisqacha biologiyasiga izoh beramiz.

Orol qizil ko'z- Rutilus aralensis (Berg, 1916)

Amudaryo, Sirdaryo, havzalarida keng tarqalgan [4]. Zarafshon quyi oqimlari havzalarida jumladan Qumsulton ko'li Amy-Buxoro kanali orqali tarqalgan. Orol qizil ko'z balig'i Qumsulton ko'lida uch to'rt yoshda tana uzunligi 28-36 sm bo'lganda voyaga yetadi. Og'zi pastga qaragan, peshanasi bo'rtib chiqqan. Yelka suzgich qanotida III 9-11, anal suzgich qanotida III 9-12 ta shu'la mavjud. Yon chizig'ida 39-48 tagacha bor. Tanasining uzunligi 36 cm gacha, ogirligi 1 kg gacha yetadi. Jinsiy voyaga 2-3 yoshida yetadi. Uvuldirig'ini bir yo'la tashlaydi. Serpushtliligi 10-70 ming donagacha uvildiriq qo'yadi. Asosan o'simliklar,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

shuningdek suv osti sharoiti bilan oziqlanadi. Urchishi-porsiyali, apreldan sentyabrgacha, loyli-qumli gruntlarda suv oqimi mavjud bo'lgan joylarda o'tadi. Serpushtliligi 500-3000 uvildiriqgcha bo'ladi. Gala bo'lib suzishadi. Ko'pincha suv osti umurtqasizlari, o'simliklari va jonivorlarning chiriyotgan qoldiqlari, suv o'tlari va boshqa baliqlarning uvildiriqlari bilan oziqlanadi. Orol dengizi havzasi endemigi [8].

Sharq oqchasi- Abramis brama orientalis (Berg, 1949)

Tanasi baland yonidan qattiq qisilgan. Tanasi kumushrang, yoshi kattalari bronza rangda. Qornining suzgich qanotidan keyingi qismi qirrali. Ensa ortida tangachalar bilan qoplanmagan yegatchasi mavjud. Yelka suzgich qanotidagi shu'lalar soni III 9-12, anal suzgich qanotida 22-30 ta. Yon chizig'i tangachalarining soni 38-46 [6]. Qumsulton ko'lida uning tanasi uzunligi 45 sm gacha og'irligi 3 kg gacha qayd qilindi. Qumsulton ko'lida Sharq oqchasi 2-3 yoshida jinsiy voyaga etadi. Urchish vaqti mart-may oylarida to'g'ri keladi. Uvildiriqlarini bir marta, ayrim populyatsiyalari ikki marta suv o'simliklari mavjud bo'lgan joylarga tashlaydi. Sharq oqchaning kattalari tirik bentofag baliq hisoblanadi. Kam sonda zooplankton va o'simliklarini iste'mol qiladi.

Sazan- Cyprinus carpio (Linnaeus, 1758)

Og'zi pastga qaragan. Mo'ylovi kalta, ko'zining diametridan kichik. Yelka suzgich qanotida III-IV 14-22 ta, anal suzgich qanotida III 4-6 ta shulalar mavjud. Yon chizig'i 34-40 tangachalardan iborat. Oyquloq ustunchalarining soni 23-30 ta. Halqum tishlari uch qatorli-1.1.3-3.1.1. Tana uzunligi 60sm gacha, og'irligi 4-5 kg gacha qayd qilingan. Zog'ora balig'i Qumsulton ko'lida 3-4 yoshida jinsiy voyaga yetadi. Uvildirig'ini portsiyalab tashlaydi. Serpushtliligi 500 mingdan ortiq uvildiriq kuzatilgan. Oziqlanishi turli xil bo'lib, asosan suv osti umurtqasizlari, suv o'simliklari, zooplankton va jonivorlarning chiriyotgan qoldiqlarini iste'mol qiladi.

Orol moy balig'i- Alburnus chalcoides (Guldenstadt, 1772)

Tanasi cho'zinchoq va nisbatan past. Og'zi to'g'riga qaragan. Pastgi jag'i oldinga chiqib turadi. Halqum tishlari ikki qatorli: 2.5-5.2 Yelka suzgich qanotida III 7-10, anal suzgich qanotida III 14-16 ta shu'la bor. Oyquloq ustunchalari 23-29 ta. Yon chizig'ida 54-72 ta tangachalar mavjud. Umurtqalarning soni 39-40 ta. Tanasining uzunligi 35 sm gacha, og'irligi 370 grammgacha. Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, shuningdek tekislikda joylashgan suv omborlari va kanallarida uchraydi. 2-3 yoshida jinsiy voyaga yetadi. Uvildiriqlarini ikki porsiyaga bo'lib tashlaydi. Urchish davri aprel-iyun oylarida, odatda suv havzalariningqumli-loyli, qirg'oq o'simliklarining suv ostida qolgan qismlari mavjud bo'lgan joylarda chuchuk va sho'r (11 g/1 gacha) suvlarda o'tadi. Asosan zooplankton bentos ayrim hollarda baliq chavoqlari bilan oziqlanadi. Orol dengizi havzasi endemigi hisoblanadi. Qimmatli ovlanish ahamiyatiga ega bo'lgan baliq. Hozirgi vaqtda Orol moybalig'ini Xitoyning Shimoliy hududlari suv havzalariga introduksiya qilish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

Laqqa- Silurus glanis (Linnaeus, 1758)

Tanasi yalang'och, boshi katta, pachaqroq, og'zi katta, jag'larida kichik o'tkir tishlar mavjud va ko'zlari kichik. Uch juft mo'lovi bor: 1-jufti yuqori jag'ida, 2-jufti pastki jag'ida. Yelka suzgich qanotida 3-5 ni, anal suzgich qanotida 70-103 shu'la mavjud. Dum suzgich qanoti aylanasimon. Uzunligi 5 metrgacha, og'irligi 300 kg gacha. O'zbekistonning hamma tekislik suv havzalarida uchraydi. Jinsiy voyaga 3-4 yilda, tana uzunligi 45-50 sm bo'lganda yetadi. Urchishi apreldan iyunning o'rtasigacha davom etadi. Urg'ochisi yirik uvildirig'ini suv o'simliklaridan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

sodda qilib qurgan uyasiga tashlaydi. Erkagi odatda uyasini chavoqlar ochib chiqquncha qo'riqlaydai. Serpushtliligi 1 mln. Uvildiriqgacha. Uvildiriq diametri 2-3 mm. Yirtqich, asosan baliqlar va qurbaqalar, yirik ikki pallali mollyuskalar, suv qushlari bilan oziqlanadi [1]. Oq amur- Ctenopharyngodon idella (Valencinnes, 1844)

Oq amur balig'i tabiiy tarqalish zonasi Osiyo daryolari havzalari. Tinch okeaniga quyiladigan daryo irmoqlari, Xitoyning markaziy, janubiy, shimoliy qismida, Amur daryosida tarqalgan Oq amur balig'i Xitoy faunasiga tegishli hisoblanadi. Oq amur balig'i Amudaryo suv havzalariga 1958-1960 yillarda Xitoydan Turkmanistonning Karomat Niyoz sun'iy havzasiga keltirilgan [5,7]. Bergan ma'lumotlarga ko'ra oq amur balig'i Amudaryo kanali orqali To'dako'l Quyimazar suv omborlariga va barcha zovurlar orqali tabiiy suv havzalariga Dengizko'l, Zamonbobo, Qoraqir, Oyoqog'itma, Sho'rko'l, Xadicha, Zikri, Devxona Qumsulton ko'llariga tarqalgan. Qumsulton ko'lining oziga - zahiralari tuban, yuksak suv o'tlari, zooplankton, bentos kabi oziga zahiralarini inobatga olib, ko'lni oq amur, do'ng peshona zog'ora baliq chavoqlari bilan baliqlab borish to'g'risida tavsiyalar berilgan. Shunga ko'ra Qumsulton ko'li 2017 yilda 5 ming dona oq do'ngpeshona va 2 ming dona amur baliqlarining chovoqlari bilan baliqlantirilgan. XULOSA

Ko'lning fitoplankton, zooplankton, bentos va yuksak suv o'tlari zahirasini inobatga olgan holda ko'lni oziq zahirasi bo'yicha mezotrof toifadagi suv havzalariga to'g'ri keldi va ko'lga har yili oq do'ng peshona, oq amur va karp baliqlarining 40-50 gr vazndagi chavoqlari bilan baliqlantirib borish ko'lda baliq mahsuldorligini oshish imkoniyatini beradi.

Ma'lumki, hozirgi vaqtda mamlakatimizda tabiiy fanlar bilan matematika fanining integratsiyani faollashtirishga doir mamlakat miqyosida bir nechta qarorlar qabul qilingan. Shu maqsadda Buxoro davlati universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan [14-44]. Aytish lozimki, odatda matematik modellar oddiy yoki xususiy hosilali differensial tenglamalardan iborat bo'lib, ularni yechimi orqali jarayonning o'zgarishi haqida ma'lumotlarni oldindan aytib berish mumkin. Qayd qilingan modellar yordamida o'simlik va hayvonlarning turlarini ko'payishi va ularga ekologiyani ta'sirini o'rganish ham mumkin.

REFERENCES

1. Абдуллаев М.А., Мухаммедиев А.М., Ниязов Д.С. Пишевые взаимоотношения одновозростных груп личинок сазана Пачкамарского водохранилища. В сбор. Биологические основы рыбного хозяйства республик Средней Азии и Казахстана. Ашхабад 1974. 4-6 стр.

2. Абдуллаев М.А., Хакбердиев Б., Урчинов Д. Биология сома на низовьев реки Зарафшан и Хоразмской области. Вопросы ихтиологии.1977 №3 c 552.

3. Абдуллаев М.А., Урчинов Д. Промысловые рыбы водоемов низовьев р.Зарафшан" Ташкент 1989.

4. Абдуллаев М. А., Шамсиев Н. А. Ихтиофауна и рыбный промысел в озере Девхон (Узбекистан)//Вопросы ихтиологии. - 2004. - Т. 44. - №. 5. - С. 714-716.

5. Алиев Д.С., Веригина И.А., Световидова А.А. Видовой состав рыб завезенных вместо с белым амуром и толстолобиком из Китая. В кн. Проблемы рыбохояйственного исползования растительноядных рыб в водоёмов СССР. Ашхабад 1963. 81-84 с.

6. Берг Л.С. Рыбы пресных вод СССР и сопредельных стран. Москва 1949. 331 с.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

7. Борудский Е.В. Материалы по питанию белого амура. Гидробиологический журнал №84. Киев 1988. 23-27 стр.

8. Шамсиев Н. А., Тохиров Б. Б., Бахшуллаева Г. В. Условия размножения некоторых промысловых видов рыб озера Аякагитма //Учёный XXI века. - 2016. - №. 5-1 (18). - С. 18-20.

9. Pardayev Sh.va boshqalar. Xaticha ko'lining biologik holati to'g'risida ma'lumot. "Innavotsion g'oyalar, izlanishlar amaliyotga muammolar va yechimlar" xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon 2020,199-203 bet.

10. Pardaev Sh.S., E.Sultonov., X. Raximova., X.Sanoeva. Data on The Alimentation of Fish Fryies in the Zikri Lake. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES. 2022: Special Issue. 74-76 p.

11. Pardaev Sh.S., E.Sultonov., X. Raximova., X.Sanoeva. Discourses on Data About the Fish Hunted in The Zikri Lake. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES. 2022: Special Issue. 77-79 p.

12. Shamsiyev N.A. Devxona koli gidrobiontlari-tabiiy oziqa manbai sifatida. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 2020

13. Shamsiyev N.A., Aripov B.F., Usmonova D.B., Amonova D.N. (2020). Phytoplankton of Ayakagimta Lake. International Engineering Journal for Research & Development, 5(4), 33.

14. Расулов Х.Р., Раупова М.Х. Яшиева Ф.Ю. Икки жинсли популяция ва унинг математик модели хдкида // Science and Education, scientific journal, 2:10 (2021), р.81-96.

15. Расулов Х.Р., Яшиева Ф.Ю. Икки жинсли популяциянинг динамикаси хдкида // Scientific progress, 2:1 (2021), р.665-672.

16. Расулов Х.Р., Камариддинова Ш.Р. Об анализе некоторых невольтерровских динамических систем с непрерывным временем // Наука, техника и образование, 77:22 (2021) с.27-30.

17. Rasulov Kh.R. (2018). On a continuous time F - quadratic dynamical system // Uzbek Mathematical Journal, №4, pp.126-131.

18. Rasulov X.R., Qamariddinova Sh.R. Ayrim dinamik sistemalarning tahlili haqida // Scientific progress, 2:1 (2021), р.448-454.

19. Исломов Б., Расулов Х.Р. (1997). Существование обобщенных решений краевой задачи для квазилинейного уравнения смешанного типа с двумя линиями вырождения // ДАН Республики Узбекистан, №7, с.5-9.

20. Расулов Х.Р., Собиров С.Ж. Задача типа задач Геллерстедта для одного уравнения смешанного типа с двумя линиями вырождения // Scientific progress, 2:1 (2021), р.42-48.

21. Расулов Х.Р. Об одной нелокальной задаче для уравнения гиперболического типа // XXX Крымская Осенняя Математическая Школа-симпозиум по спектральным и эволюционным задачам. Сборник материалов международной конференции КРОМШ-2019, c. 197-199.

22. Расулов Т.Х,., Расулов Х.Р. (2021). Узгариши чегараланган функциялар булимини укитишга доир методик тавсиялар. Scientific progress. 2:1, 559-567 бетлар.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

23. Расулов Х.Р., Джуракулова Ф.М. Об одной динамической системе с не-прерывным временем // Наука, техника и образование, 77:2-2 (2021) с. 19-22.

24. Расулов Х.Р., Ф.М. Джуракулова (2021). Баъзи динамик системаларнинг сонли ечимлари хакида // Scientific progress. 2:1, 455-462 бетлар.

25. Расулов Х.Р., Рашидов А.Ш. О существовании обобщенного решения краевой задачи для нелинейного уравнения смешанного типа // Вестник науки и образования, 97:19-1 (2020), С. 6-9.

26. Расулов Х.Р. и др. О разрешимости задачи Коши для вырождающегося квазилинейного уравнения гиперболического типа // Ученый XXI века. 53:6-1, 2019. С.16-18.

27. Расулов Х.Р. (1996). Задача Дирихле для квазилинейного уравнения эллиптического типа с двумя линиями вырождения // ДАН Республики Узбекистан, №12, с.12-16.

28. Расулов Х.Р., Яшиева Ф.Ю. Об одном квадратично стохастическом операторе с непрерывным временем // «The XXI Century Skills for Professional Activity» International Scientific-Practical Conference, Tashkent, mart 2021 y., p.145-146.

29. Расулов Х.Р., Камариддинова Ш.Р. Об одной динамической системе с непрерывным временем // «The XXI Century Skills for Professional Activity» International Scientific-Practical Conference, Tashkent, mart 2021 y., p.115-116.

30. Rasulov, R. X. R. (2022). Иккита перпендикуляр бузилиш чизигига эга булган аралаш типдаги тенглама учун чегаравий масала хакида. Центр научных публикаций (buxdu.Uz), 22(22).

31. Rasulov X.R., Sayfullayeva Sh.Sh. Ikkita buzilish chizig'iga ega giperbolik tipdagi tenglama uchun Koshi masalasi haqida // «Zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g'oyalar, takliflar va yechimlar», 35-sonli Respublika ilmiy-amaliy on-line konferensiyasi, 2022, 192-195 b.

32. Rasulov X.R., Sayfullayeva Sh.Sh. Ikkita buzilish chizig'iga ega elliptik tenglama uchun chegaraviy masalaning yechimi haqida // Models and methods for increasing the efficiency of innovative research, Germany, 10 (2022), p. 184-186.

33. Rasulov X.R., Sayfullayeva Sh.Sh. (2022) Ikkita buzilish chizig'iga ega kvazichiziqli elliptic tenglama uchun chegaraviy masala haqida // Central Asian Academic Journal Of Scientific Research, 2(5), 544-557 b.

34. Rasulov, R. X. R. (2022). Бузилиш чизигига эга булган квазичизикли аралаш типдаги тенглама учун Трикоми масаласига ухшаш чегаравий масала хдкида. Центр научных публикаций (buxdu.Uz), 18(18).

35. Rasulov, X. (2022). Краевые задачи для квазилинейных уравнений смешанного типа с двумя линиями вырождения. Центр научных публикаций (buxdu.Uz), 8(8).

36. Rasulov X.R. Sayfullayeva Sh.Sh. Buzilish chizig'iga ega bo'lgan elliptik tipdagi tenglamalar uchun qo'yiladigan chegaraviy masalalar haqida // Science and Education, scientific journal, 3:3 (2022), р.46-54.

37. Расулов Х.Р., Раупова М.Х. Математические модели и законы в биологии // Scientific progress, 2:2 (2021), р.870-879.

38. Расулов Х.Р. О некоторых символах математического анализа // Science and Education, scientific journal, 2:11 (2021), p.66-77.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

39. Расулов Х.Р. О понятие асимптотического разложения и ее некоторые применения // Science and Education, scientific journal, 2:11 (2021), pp.77-88.

40. Xaydar R. Rasulov. On the solvability of a boundary value problem for a quasilinear equation of mixed type with two degeneration lines // Journal of Physics: Conference Series 2070 012002 (2021), pp.1-11.

41. Салохитдинов М.С., Расулов Х.Р. (1996). Задача Коши для одного квазилинейного вырождающегося уравнения гиперболического типа// ДАН Республики Узбекистан, 4, с.3-7.

42. Rasulov H. KD problem for a quasilinear equation of an elliptic type with two lines of degeneration // Journal of Global Research in Mathematical Archives. 6:10 (2019), р.35-38.

43. Расулов Х.Р., Раупова М.Х. Роль математики в биологических науках // Проблемы педагогики, № 53:2 (2021), с. 7-10.

44. Расулов Х.Р., Яшиева Ф.Ю. О некоторых вольтерровских квадратичных стохастических операторах двуполой популяции с непрерывным временем // Наука, техника и образование, 77:2-2 (2021) с.23-26.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.