INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ETIOLOGIYASI ANIQ BO'LMAGAN BALIQ KASALLIKLARI Shirinova Mashhura Doniyor qizi
Sobirova Iroda Xalilla qizi Ermatova Umida Mirzoxid qizi
Samarqand Davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Toshkent filiali talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.7308674
Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kunda baliqlar orasida eng ko'p tarqalgan etiologiyasi aniq bo'lmagan baliq kasalliklaridan jabra kasalliklari, ospa kasalligi va baliq suzgich pufaglarining kasaliklari, ularga qarshi kurashish va oldini olish chora tadbirlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: branxinekroz, etiologiya, dezinfeksiya, baliq-o'rdak hovuzlari, chechak kasalligi, suzgich pufagi, gidrobiontlar.
БОЛЕЗНИ РЫБ НЕИЗВЕСТНОЙ ЭТИОЛОГИИ
Aннотация. В статье приведены сведения о наиболее распространенных болезнях рыб неизвестной этиологии, таких как цинга, оспа, болезни плавникового пузыря, а также о мерах борьбы и профилактики с ними.
Ключевые слова: некроз ветвей, этиология, дезинфекция, утиные пруды, оспа, плавниковый пузырь, гидробионты.
FISH DISEASES OF UNKNOWN ETIOLOGY
Abstract. The article provides information about the most common fish diseases of unknown etiology, such as scurvy, smallpox, fin bladder diseases, as well as measures to combat and prevent them.
Key words: branch necrosis, etiology, disinfection, duck ponds, pox, fin bladder, hydrobionts.
KIRISH
Baliqlarning jabra kasalliklari. Baliqlarning jabra kasalliklari branxinekroz deyiladi. Bu kasallik asosan karpsimonlarda uchraganligi qayd qilingan. Kasallangan jabra oqaradi, so'ngra titilib ketadi. Baliq kuchli zararlangan bo'lsa, nafas ololmaydi va o'ladi. Chunki, jabra apparati buziladi va baliq bo'g'iladi, kislorod yetishmaydi. Bu kasallik suv havzasi organik ifloslangan suvliklarda keng uchraydi. Hovuz baliqchilik xo'jaligida o'tkazgan tahlillar shuni ko'rsatadiki, baliq-o'rdak hovuzlarida yeyilmay qolgan ozuqa, hayvonlarning ekskrementlarining ko'payib ketishi, o'rib olinmay qolgan suv o'tlari kabi holatlar baliqlarning jabra kasalligining asosiy sabab bo'ladi.
Profilaktik choralar va qarshi kurash yo'llari. Asosiy chora bu suv havzasining sanitariya holatini yaxshilab, baliqlar va boshqa gidrobiontlar uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Demak, suv havzasini tozalash va dezinfektsiya ishlarini yo'lga qo'yish, quritilgan chuqurliklarda yoki baliqlashgan joylarda xlorli ohak har bir gektariga 300 kg xisobida sepib chiqish tavsiya etiladi. Oradan uch kun o'tishi bilan hovuzga suv quyish kerak. Butun suv tubini 10-12 sm suv bosishi bilan yana oradan 2 sutka o'tishi bilan «ohakli sut» ya'ni ohak suvi yuboriladi, so'ngra toza suv yuborilib hovuz toza suv bilan yuboriladi. Agarda hovuz suvidagi xlor miqdori 0,02 mg/l dan oshmasa, unda to'la ishonch hosil qilgandan so'ng baliq qo'yish tavsiya etiladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
METOD VA METODOLOGIYASI
Ospa (chechak kasalligi). Bu kasallik virus tabiatli kasallik bo'lib, kasallik etiologiyasi to'g'risida aniq ma'lumot yo'q va aniq bayon qilinmagan. Baliqning terisida suzgichlari va hattoki ko'zida o'simtalar paydo bo'ladi. Natijada epiteliy to'qimasi o'sadi. Suyak to'qimasi yumshoq bo'ladi. Bunday kasallik asosan suv o'tlari bilan kuchli qoplangan, balchiqlashgan suv havzasida uchraydi. Ko'pincha segoletkalar (bir yoshli baliqlar) va katta yoshdagi baliqlarda ham ko'proq uchraydi.
Etiologiyasi — aniqlanmagan. Kasallikning yuqumli ekanligi tahmin qilinmoqda. Kasallik bir suv havzasidan ikkinchisiga baliqlar orqali o'tish hollari ma'lum.
Epizootologik ma'lumotlar. Kasallikka ko'proq 2 yoshdagi baliqlar moyil. Yosh va bir yoshdagilari esa odatda kasallanmaydi. Kasallik yoz va kuzda namoyon bo'ladi. Kuzda, baliqlarni ovlash mavsumida kasal baliqlar soni ortadi, qishda esa bu ko'rsatkich bir xil holatda (darajada) saqlanib qoladi, bahorga kelib esa nosog'lom xo'jaliklardagi sog'lom baliqlar orasida kasal baliqlar ortib boradi, baliqlarning o'lishi kamdan kam holatlarda kuzatiladi. Kasallikning tabiiy kechishi, agarda hech qanday zaruriy chora ko'rilmasa, yildan yilga og'irlashib boradi. Bunda suv havzalarining antisanitariya holati ham (ifloslanishi, begona o'tlarning ko'payib ketishi, gullashi), suv oqishining pasayishi, seleksiya ishlarini yetarli darajada olib bormaslik, naslli baliqlarni tanlash, oziqaning yetarli miqdorda va balanslanmaganligi kabi omillarga ham bog'liqdir. Kasallik manbayi — bu kasal baliqlar hisoblanadi. Kasallik nosog'lom xo'jaliklardan sog'lom xo'jaliklarda baliqlarni tashish jarayonida tarqaladi.
Profilaktika choralari. Eng avval hovuz melioratsiyasiga e'tibor berish lozim. Hovuzni yuksak suv o'simliklaridan tozalash, suv havzasi tubini tozalash, hovuzlarga dam berish (letovanie), ohaklashtirishni, baliqlarni to'la qimmatli ozuqa bilan boqish, asosiy zotlarni ayirib olish va chiqarib tashlash.
TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA
Baliqlar pufaklarining kasalliklari. Bu kasallik qo'zg'atuvchisi baliq parazitlari hisoblanadi. Ammo kasallik etiologiyasi aniqlanmagan. Tashqi belgilari quyidagicha: suzgich pufagi shakli patologik jihatdan o'zgaradi. Suzgich pufagining orqa qismi kichrayadi (ba'zi bir sabablarga ko'ra yo'qoladi) yoki suzgich pufagining oldingi qismi kengayadi yoki ba'zan orqa qismi kengayadi. Suzgich pufagining markaziy qismi suyuqlik bilan to'lgan bo'ladi va ba'zan yoriladi. Natijada baliqning normal fiziologik holati buziladi. Kislorodga bo'lgan talabi oshadi. ROE (eritrotsitlarning cho'kish tezligi) ko'rsatgichi kattalashadi. Bu kasallik eng avval yosh baliqlarni ishdan chiqaradi, ayniqsa karp, karas va bularning gibridlariga katta ziyon yetkazadi. Ko'pincha, baliqlar 100% nobud bo'ladi. Surunkali (xronik) kasallikda baliqlarni 20-30% nobud bo'ladi. Kasal bo'lib sog'aygan baliqlarda immunitet hosil bo'ladi.
Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Kasallikning oldini olish kasal baliqlarning sog'lom baliqlar bilan kontaktda (aloqada) bo'lishining oldini olishga qaratilishi kerak. O'stiruvchi va yayrovchi suv havzalariga turli yoshdagi baliqlarning qo'shilib ketishiga yo'l qo'ymaslik, kasal baliqlar va qisqichbaqa lichinkalarining hovuzdan hovuzlarga o'tib ketishining oldini olish maqsadida suv kelib qo'shiluvchi kanallarda baliq ushlovchi va qum-grafitli filtrlarni o'rnatish zarur. Tuxumlar to'pini yo'qotish maqsadida hovuz ostidagi loyqalarni quritish
va dezinfeksiya qilish, qishda esa hovuzlarni suvsiz qoldirish maqsadga muvofiqdir. Gidroqurilmalarni bahorda dezinfeksiya qilib xlorli ohak bilan oqlab chiqish, suv havzalaridagi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
qattiq o'simliklarni yig'ib olish lozim. Baliqlarni arguluslardan qutqarish uchun nosog'lom hovuzlarni xlorofos bilan ishlovdan o'tkazish yaxshi samara beradi. Bunda xlorofosning suvdagi konsentratsiyasini 100 mg/l gacha yetkazish kerak. Baliq va suvda zog'ora baliqlarni iste'mol qiluvchi yovvoyi baliqlar miqdorini kamaytirish maqsadida suv havzalarining yuza qatlamiga so'ndirilmagan ohakni 100-150 kg bir gektar hisobiga sepib chiqish. Bunda hovuzlar iyul-avgust oylarida 2 marta 2 hafta oralig'ida ohaklanadi. Karbofos qo'llanilishi mumkin. Preparat zog'ora baliq, sazan, oq amur, ola peshanado'ng turdagi baliqlarning chavoq va bir yoshdagilariga ishlov berishda qo'llaniladi. Karbofosning 0,1 mg/l dozasi yosh va katta qisqichbaqalarni o'ldirish qobiliyatiga ega. Zararlangan baliqlarga 0,001% li margansovka bilan vanna usuli qo'llanilishi mumkin. Bunda baliqlar 30 daqiqa davomida ekspozitsiya qilinadi. Agarda eritma 0,5% li bo'lsa, ekspozitsiya 8 daqiqani tashkil qilishi kerak. XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki baliqchilik sohasida biron bir kasallik bilan kasallangan baliqlar aniqlangudek bo'lsa avvalo ularni alohida ajratib olish kerak hamda davolash chora tadbirlarini yo'lga qo'yish kerak. Ularni muntazam ravishda profilaktik tekshirib turish talab etiladi. Ko'pgina kasalliklar yuqumli hisoblanadi.
Shu jumladan, ospa, jabra kasalliklari ham. Shuning uchun baliqchilik xo'jaliklarida ishlaydigan ishchilar hamda baliq kasalliklarini davolovchi vetvrachlar ham sanitariya gigiyenaga alohida e'tibor qaratmoqligi lozim. Kasallangan baliqlarni kechiktirmasdan o'z vaqtida davolash maqsadga muvofiq bo'ladi. Axir bejizga aytishmagan kasallikni davolashdan ko'ra uning oldini olgan yaxshiroq deya.
REFERENCES
1. Агапова А.И. Паразиты рыб водоемов Казахстана.Алма-Ата: Наука, 1966, 340 с.
2. Азимов Д.А., Акрамова Ф.Д., Голованов В.И., Шакарбоев Э.Б., Сафарова Ф.Э., Шакарбаев У.А.Профилактика спируридозов селскохозяйственных и промысловых животных Централного Узбекистана. Рекомендация.-Ташкент, 2018,27 с.
3. Aliamuratova G.B. Xorazm xo'jaligi baliq parazitlari va ularga qarshi kurashish yoilari: Дис. ... канд. биол. наук. - Ташкент: ИЗ АН РУз, 2011, 113 с.
4. Бауер О.Н., Муселлиус В.А., Николаева В.М., Стрелков Ю.А. Ихтиопатология. -М.: Пищевая промышленност, 1977, 431с.
5. Догел В.А. Общая паразитология. -Л.:Изд-во ЛГУ,1962, 461c.