Научная статья на тему 'BALIQLARDA ASEDEMIYA KASALLIGI (ADABIYOTLAR SHARHI)'

BALIQLARDA ASEDEMIYA KASALLIGI (ADABIYOTLAR SHARHI) Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
322
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
PH MUHIT / NH4OH / ASEDEMIYA / DIAGNOSTIKA / PROFILAKTIKA / HOVUZNING GIDROKIMYOVIY HOLATI / SUVNING GIGIYENIK HOLATI

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — G‘oyipova M. E., Quvondiqov D.R., Zaxidov Ja.A.

Ushbu maqolada baliqlarda uchraydigan asedemiya kasalligi, yuzaga kelish sabablari, diagnostikasi, ushbu kasallikni baliqlarga ta’siri, baliqlarda kechadigan moroflogik va fiziologik o’zgarishlar, xo’jalikka iqtisodiy zarari, o’lim ko’rsatkichlari va asoratlari haqida adabiyotlar sharhlari bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BALIQLARDA ASEDEMIYA KASALLIGI (ADABIYOTLAR SHARHI)»

YneHHH XXI BeKa • 2021 • № 10 (81)

BALIQLARDA ASEDEMIYA KASALLIGI (ADABIYOTLAR SHARHI)

M.E. G'oyipova1, D.R. Quvondiqov2, Ja.A. Zaxidov3

doi: 10.15350/24103586.2021.10.3

Annotatsiya

Ushbu maqolada baliqlarda uchraydigan asedemiya kasalligi, yuzaga kelish sabablari, diagnostikasi, ushbu kasallikni baliqlarga ta'siri, baliqlarda kechadigan moroflogik va fiziologik o'zgarishlar, xo'jalikka iqtisodiy zarari, o'lim ko'rsatkichlari va asoratlari haqida adabiyotlar sharhlari bayon qilingan.

Kalit so'zlar: pH muhit, NH4OH, asedemiya, diagnostika, profilaktika, hovuzning gidrokimyoviy holati, suvning gigiyenik holati.

Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda yurtimizda qishloq xo'jalik hayvonlariga katta e'tibor qaratilmoqda. Baliqchilik mamlakat aholisini parhez go'sht mahsuloti bilan ta'minlashda muhim o'rin tutadi. Chunki baliq go'shti tarkibi inson organizmi uchun zarur bo'lgan biologik faol moddalar, minéral moddalar va boshqa turdagi yengil hazm bo'luvchi to'yimli moddalarga boy.

Biroq so'nggi 40 yil ichida baliqlarni ovlash holatlari juda ko'payib ketdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, dunyo bo'yicha 1958-yilda iste'mol qilingan baliqlar 27,9 mln tonna bo'lgan bo'lsa, 1970-yilga kelib 39,1 mln tonnani, 1975-yilda 46 mln tonnani, 2000-yilda 200 mln tonnani tashkil etgan.

Ma'lumki, O'zbekiston qishloq xo'jaligi iqtisodiyotida baliqchilik muhim o'rin egallaydi. Ammo, shunga qaramasdan, so'nggi yillarda bu tarmoqning rivojlanish jarayoni biroz susayib qoldi. Raqamlarga murojaat qiladigan bo'lsak, tarmoqning oxirgi yillardagi YIMdagi ulushi 0,1 % dan pasayib ketgan. Yetarli miqdordagi suv zaxiralari (hovuzlar, suv omborlari, ko'llar, kanallar va boshqalar) bo'lishiga qaramasdan, yurtimizda baliq ishlab chiqarish ko'rsatkichi 1991-yilda 27000 tonnani tashkil etgan bo'lsa, 2008-yilga kelib, bu ko'rsatkich 7100 tonnaga tushib qolgan. Natijada aholi jon boshiga baliq mahsulotlari iste'mol qilish miqdori yarim kilogrammdan ham pasayib ketdi.

Mamlakatimizda, ayniqsa, hovuz baliqchiligini rivojlantirishning katta imkoniyatlari bor. Xalqimizning salomatligini yaxshilash, dasturxonini baliq mahsulotlari bilan to'ldirish borasida Prezidentimizning 1998-yil 18-martdagi PF-1978-sonli Farmonida chorvachilikni rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari belgilanib, baliq yetishtirishni 2,9 martaga oshirish zarurligi ko'rsatilgan.

Hozirgi kunda ularga doir aniq vazifa belgilab berilgan, ya'ni O'zbekistonning o'ta issiq yozida tropik baliqlarni yetishtirish uchun qulay imkoniyatlar bor, lekin ularni qishda qanday saqlash mumkin? Qishda misol uchun yopiq suv aylanma tizimida saqlash, ulardan avlod olish va ulardan ma'lum bir miqdorda ochiq suv havzalariga chiqquniga qadar chavoqlarni yetkazib berish kerak. Masalan, tropik mamlakatlarda baliq bir yilda 2-3 marta hosil beradi, chunki ularning iqlimi mo''tadil, sharoiti bir xil. Biroq bizning sharoitimizda bu mumkin emas.

Shuning uchun biz o'ta issiq yozimizda imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida mahalliy baliqlarning o'zini oladigan bo'lsak, ikki yillik tizimga o'tib ketib qolamiz. Lekin qishda bulardan avlod olib, ma'lum chavoqlarini saqlab turib, may oyida o'zimizning ochiq havzalarga olib chiqadigan bo'lsak, o'stirish siklini kamida bir yilga kamaytirgan bo'lamiz, bu esa tuproq havzalarining hosildorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu yo'nalishda ilmiy izlanishlar kerak.

1G'oyipova Mo'tabar Ergashevna - Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali dotsenti.

2Quvondiqov Dostonjon Rustamjon o'g'li - Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali talabasi.

3Zaxidov Javohir A'zamjon o'g'li - Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali talabasi.

YneHbiH XXI BeKa • 2021 • № 10 (81)

Baliqlarning rivojlanishiga nafaqat iqlim balki baliqlar uchun yashash muhitining gigiyenik- sanitarik jihatdan darajasi ham muhim ahamiyatga ega. Sanitarik-gigiyenik jihatdan darajalariga suvni mikrobiolik holati, suvning mineral moddalar bilan boyiganligi, undagi gazlari miqdori, ushbu suv havzasini qay darajada yoritilganligi va hokazolar. Bu ko'rsatkichlarni normal darajada bo'lmasligi baliqchilik xo'jaliklarining yetkazib beradigan mahsulotlarini sifati va miqdoriga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Baliq turlari o'zlarining optimal pH diapazonida bir biridan farqlanadi. Odatda chuchuk suv baliqlari uchun bu ko'rsatkich 6.5 - 8.5 oralig'i tavsiya etiladi. pH 11 dan orrtiq yoki 4 dan kam bo'lishi, ko'pchilik baliq turlari uchun o'limga olib keladiM. pH muhitining o'zgarishi baliqlarda kuchli stress paydo qiladi. Kuchsiz pH muhitda kislotalilik yuqorilashi kuzatiladi. Past pH muhitda kislota hosil bo'lishini neytrallash uchun suvning buferlik qobilyati shunchalik kam bo'ladi. Bu esa baliqlar uchun zararli bo'lgan metallarning jumladan Alyuminiy kislotada sezilarli darajada ko'p erishini ta'minlaydi. Bu holat Alyuminy toksigenligini keltirib chiqaradi va baliqlar o'limining asosiy sababiga aylanadi. Qo'shimcha ravishda atsidoz kasalligi ya'ni organizmda (qon va suyaklarda) ishqoriy kationlar va kislota anionlar o'rtasidagi muvozanat buziladi. Anionlar ko'payib ketadi. Qonda kislotali moddalar ko'payib ketadi.

Suvda pH miqdorining pasayish sabablari:

1. Grunt suvlari (quduq yoki buloq) erigan karbonatlar, karbonat angidrid va silikatga ega, shuning uchun pH darajasi pastM

2. Tuproq tarkibi ham suvning pH qiymatiga ta'sir qiladi.

3. Kislotali yomg'ir va kislotali tuproqlarni suv oqimi bilan yuvilib hovuzga qo'shilishi ham sabab bo'ladi.

4. Yopiq suv havzalarida hovuz suvi tez - tez almashtirilmasligi sababli baliq va suvda yashovchi organizmlarning metabolik faoliyati natijasida pH ni asta - sekin pasaytiradigan kislotalar hosil bo'ladi.

Klinik belgilari:

1. Baliqlarning rangi qorayadi, ular kislorod yetishmasligi sababli suv yuzasida qoladi, ba'zida ular hovuzdan yoki bakdan sakrab chiqishga intilishadi. Gillalar shikastlangan bo'lishi mumkin.

2. Termor va giperaktivlik bilan xarakterlanadigan o'tkir atsidoz,gilla organida past pH shilliqning ko'p ajralishi natijasida gaz va ion almashinuviga halal berib, nafas olish va osmotik stressga olib keladi.

3. Surunkali atsidoz o'sishining sustligi, reproduktiv qobilyatsizlik va og'ir metallar to'planishining ko'payishi bilan bog'liq.

Tashxisi:

1. O'tkir holatlarda tremor, giperaktivlik va nafas qisilishi bilan o'tkir o'lim holatlari mavjud.

2. Surunkali holatlarda shilliq ishlab chiqarishi kuchayadi.

3. Kolorimetrik test yoki pH metr yordamida suvning pH darajasini o'lchash.

Davolash:

1. Suvni tez - tez almashtirish.

2. Hovuzga suvning buferligini oshiruvchi moddalar qo'shish kerak.

3. Mineral moddalar qo'shish.

Xulosa.

Ushbu maqolada baliqlarda uchraydigan asedemiya kasalligida ro'y beradigan o'zgarishlar, kasallikni baliq mahsulotlariga salbiy ta'siri va kasallikni keyinchalik undan olinadigan naslga salbiy ta'siri yoritiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. "Baliqlar kasalliklari" Safarova.F.E, Azimov.D.A, Shakarbekov.E.B, Kdaramonov.B.A.

2019 yil.

2. "Hovuz baliqchiligi" M.Yarbekov 2013 yil.

3. http://www.aun.edu.eg> fish diseases

4. uz.battagliadifiori.com/bolezni-ryb-1458

© M.E. G'oyipova, D.R. Quvondiqov, Ja.A. Zaxidov, 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.