Научная статья на тему 'BALIQLARNING LERNEOZ KASALLIGI'

BALIQLARNING LERNEOZ KASALLIGI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
221
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Baliq / suv / havza / tuz / xlorofos / qisqichbaqa / kaliy permanganat / ohak / oqamur / ektoparazit / zararlanish / ozuqa / dezinfektsiya / yallig‘lanish / Lerneoz / Lernaea elegans / Lernaea cyprinacea / karp / tolstolob.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — S.I.Mavlanov, N.A.Sulaymanova

Maqolada sun’iy suv havzalarida boqilayotgan baliqlarda lerneoz kasalligining epizootologiyasi, diagnostikasi ularda kuzatiladigan klinik belgilar hamda davolash va oldini olish usullari haqidagi ilmiy manbalar tahlili bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BALIQLARNING LERNEOZ KASALLIGI»

BALIQLARNING LERNEOZ KASALLIGI

1 2

S.I.Mavlanov, N.A.Sulaymanova

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, v.f.d., professor Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, tayanch doktorant https://doi.org/10.5281/zenodo.8366519

Annotatsiya: Maqolada sun'iy suv havzalarida boqilayotgan baliqlarda lerneoz kasalligining epizootologiyasi, diagnostikasi ularda kuzatiladigan klinik belgilar hamda davolash va oldini olish usullari haqidagi ilmiy manbalar tahlili bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Baliq, suv, havza, tuz, xlorofos, qisqichbaqa, kaliy permanganat, ohak, oqamur, ektoparazit, zararlanish, ozuqa, dezinfektsiya, yallig'lanish, Lerneoz, Lernaea elegans, Lernaea cyprinacea, karp, tolstolob.

Аннотация: В статье описаны эпизоотология, диагностика и клинические признаки лернеоза рыб в искусственных водоемов, а также проведен анализ научных источников о методах лечения и профилактики болезни.

Ключевые слова: рыба, вода, пруд, соль, хлорофос, краб, марганцовка, известь, клещ, эктопаразит, заражение, корм, дезинфекция, воспаление, лернеоз, lernaea elegans, lernaea cyprinacea, карп, толстолоб.на

Abstract. The article describes the epizootology, diagnosis and clinical signs of lerrnosis fish on artificial reservoirs, as well as an analysis of scientific sources on methods of treatment and prevention.

Keywords: fish, water, basin, salt, chlorophos, crab, potassium permanganate, lime, ooze, ectoparasite, infestation, feed, disinfection, inflammation, Lerneosis, Lernaea elegans, Lernaea cyprinacea, carp, tolstolob.

Mavzuning dolzarbligi. Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirishda faqatgina uning miqdor ko'rsatkichigina emas, balki inson salomatligini yaxshilashda, tarkibida vitaminlarning mavjudligi sifat ko'rsatkichi yuqori ekanligi muhim ahamiyatga egadir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13-yanvardagi "Baliqchilik tarmog'ini yanada rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-83-son qaroriga binoan, baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish, baliq mahsulotlari turlarini ko'paytirish, eksport salohiyatini oshirish, mavjud havzalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish hajmlarini ko'paytirish dolzarb sanaladi.

Respublikamizda baliqchilik sohasida yuqori hosildorlikka erishishda, baliqlarning bir qator yuqumli va yuqumsiz kasalliklari jiddiy to'sqinlik qilmoqda. Jumladan, ular orasida baliqlarning invazion kasalliklaridan hisoblangan lerneoz kasalligi soha rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatib kelmoqda.

Mavzuning o'rganilganlik darajasi. Baliqlar orasida keng tarqalgan lerneoz kasalligini o'rganish borasida chet ellik olimlardan V.N.Xoroshelseva, T.V.Strijakova, E.S.Bortnikov, G.V.Mosesyan, L.A.Bugayev, T.V.Denisova (2022) lar tomonidan Rossiyaning Rostov, Krasnodar va Stavropol viloyatlarining bir nechta baliqchilik xo'jaliklarida 1000 ortiq nusxadagi baliqlarda (karp, oqamur, tolstolob, kumushrang karas turidagi) tekshirishlar olib borgan. O'rganishlar natijasida 81 nusxadagi yosh baliqlar lerneoz bilan zararlanganligini aniqlashgan. Lernealarni asosan baliqlar tanasining yuza qismida va jabrasidan topishgan.

Rasm ko'rinishi.

1. Lerneaning umumiy

M.V. Korsakova (2021) Rossiyaning 15 dan ortiq viloyatlaridagi baliqchilik xo'jaliklarida ilmiy tadqiqotlar olib borib, baliqlar lerneozini davolashda "Emikon" preparatini qo'llagan va amaliyotga tavsiya qilgan.

V.I.Djmil (2007-2010, Belotserkov milliy agrar universiteti, Belaya sh. Serkov, Ukraina) tomonidan ilmiy tadqiqotlar o'tkazilgan. Lerneoz bilan zararlangan baliqlar kelgusi yilda kasallik tarqatuvchilari bo'lib, lerneyalarning lichinkali bosqichi kasallikning manbai hisoblanadi. Muallif turli suv havzalarini o'rganishi natijasida krustatseozlar (lerneoz va argulliozlar) katta yoshli va yosh baliqlarni tanasida topilgan.

2007-2011 yillarda Ukrainaning Jitomir, Kiyev, Cherkas tumanlaridagi 11 ta baliqchilik xo'jaliklarida nazorat monitoringi o'tkazilib, tajriba davomida umumqabul qilingan parazitologik tekshiruv usullari asosida karpsimon baliqlarning turli xil yoshdagilarida krustatseozlarni invaziya ekstensivligi va intensivligi aniqlangan.

Ta'kidlangan 11 ta baliqchilik xo'jaliklarining barchasida karpsimon baliqlarni 100% gacha lerneoz bilan zararlanganligi qayd etilgan. Ayniqsa, lernealarning kopepodit bosqichidagilari 66,7% ni tashkil qilgan. Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasining janubi Stavropol, Rostov, Krasnodar viloyatlaridagi mavjud 20 ga yaqin baliqchilik xo'jaliklarida ham krustatseozlar aniqlangan, iyun oyi oxirlarida o'rtacha invaziya ekstensivligi 10-15% ni, invaziya intensivligi 1-10 nusxani tashkil qilgan bo'lsa, avgust oyidagi takroriy tajribalar natijasida invaziya ekstensivligi 45-70% ni, invaziya intensivligi esa 14-52 nusxani tashkil qilgan. O'zbek ixtiopatolog olimlaridan S.Q.Husenov, D.S.Niyazov, [P.S.Xaqberdiyev], F.E.Kurbonovlar tomonidan ham ilmiy izlanishlar olib borilgan [2,10].

O'zbekiston sharoitida baliqlarning ektoparazitlari - lernealar asosan bahor va yoz fasllarida Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Andijon, Farg'ona viloyatlarining suv havzalarida urchitilayotgan baliqlarda muntazam uchrab turishi kuzatilmoqda. Zararlanish darajasi yoz mavsumiga borib eng yuqori ko'rsatkichga 55,8 % ni tashkil etgan hozirgi kunda baliqchilik xo'jaliklari uchun eng ko'p iqtisodiy yo'qotishlarga olib kelmoqda.

Tadqiqotning maqsadi. Baliq lerneozini epizootologiyasini o'rganish, kasallikni davolash va oldini olishning samarali usul va vositalarini ishlab chiqishdan iborat.

Lerneoz - bu chuchuk suvdagi baliqlarning ektoparazitlari hisoblanib Lernaeidae oilasiga mansub Lernaea elegans, Lernaea cyprinacea qo'zg'atuvchilari - eshkakoyoqli qisqichbaqalar karp turdagi baliqlar, ularning malyoklari va boshqa tabiiy suv havzalari daryo va ko'llarda uchraydigan yovvoyi baliqlar, jumladan (karas, sudak, lesh) tanasida parazitlik qiladi. Kasallik qo'zg'atuvchisi - Lernaea avlodiga mansub eshkakoyoqli qisqichbaqa (rachok)lar bo'lib, jinsiy

yetilgan urg'ochisining tanasi uzaygan, silindrsimon, bo'g'imlarga bo'linmagan, orqa uchi biroz kengaygan, 0,1 - 1,6 sm uzunlikda bo'ladi. Boshining so'nggi qismida 4 ta o'simtasi joylashgan, shu orqali lerneozlar baliq tanasiga kirib oladi. 5 juft ikki kara shoxlangan suzgich oyoqchalari bor. [3,4,13] Tuxum qopchalari 1 juft uzun, har biri 300 - 700 tuxum saqlaydi. Parazit baliqlar tanasida joylashib oladi.Tuxumdan erkin suzuvchi lichinkalar - naupliuslar chiqadi. Ular 3 juft keyingi oyoqlarga ega bo'lib, 9 - 10 kun davomida ular suvda har safar tullashni amalga oshirgan holda 3 ta nauplial va 5 ta kopepodit bosqichlaridan o'tadi. Tullashdan so'ng urg'ochi va erkaklari shakllanadi. Tez fursatlarda jinsiy ko'payishdan so'ng erkaklari nobud bo'ladi, urg'ochilari esa baliq to'qimalariga kirib olib, jinsiy yetiladi va baliq tanasida parazitlik qiladi. Baliq organizmida ikkilamchi kasalliklar bilan chalinishiga olib kelib, to'qimalarda qonli ekssudatning shimilishi oqibatida teridagi tangachalarni ko'tarilishi, shaklsizlanishi va quruqlashish holatlari kuzatiladi. Kasallangan baliqlar ozuqa qabul qilmaydi, sekin harakatlanadi, suv yuzasida to'planadi [3,11,12].

Suv havzalarida baliqlarning lernealar bilan zararlanishi asosan noto'g'ri qurilgan suv havzalari, qish faslida quritilmaydigan, antisanitariya holatidagi havzalarda juda yuqori bo'lib, ham har bir baliq tanasida o'nlab miqdorda uchrashi mumkin.

Lerneyalar baliq terisini teshib mushak to'qimasigacha chuqurroq kirib, shu bilan birga butun tana yuzasiga joylashib oladi.

Lernealar joylashgan to'qimalarda yallig'lanish jarayoni kechadi, shishlar giperemiyalashadi va oq tor, ensiz yarachalar hosil bo'ladi. Zararlangan to'qimalarda patogen bakteriyalar, zamburug'lar rivojlanadi. Parazitning baliq organizmiga patogenlik ta'siri to'qimalar funksiyasining buzilishi, muskullarda, ichki organlarda, ayniqsa jigarda yallig'lanish jarayonining kechishi bilan harakterlanib, qisqichbaqalar ajratgan, zaharli sekretlari baliqlar organizmining umumiy holatiga salbiy ta'sir etib, qon tarkibini o'zgarishiga olib keladi. Yosh baliqlar tanasida 2 yoki 3 nusxa lerneyalarning parazitlik qilishi ularning nobud bo'lishiga olib keladi. Bu esa baliqchilik xo'jaliklarining iqtisodiga sezilarli salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Respublikamiz iqlimi va mahalliy sharoitlarini, hududlardagi ekologik holatni hisobga olgan holda baliq saqlanadigan suv havzalari va undagi saqlanayotgan baliqlarni umumiy tekshiruvdan o'tkazilib, kasallikni keltirib chiqaradigan sababi aniqlanib, baliqlar lerneozini davolash va oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish dolzarb vazifalardan biri ekanligini ko'rsatadi.

Mazkur

kasallikga qarshi

kurashish va davolashda laboratoriya sharoitida, lerneoz bilan

zararlangan baliqlar vannalarda kaliy

permanganat eritmasida 15-20°C haroratda 1:50000 nisbatda 2-3 soat davomida, ushlab turiladi.

Oq amur va karplarni lerneyalardan xolos qilish uchun karbofos 0,1 mg/l konsentratsiyasida ikki marta, ikki hafta oralatib qo'llaniladi. So'ndirilgan ohakni 100 kg/ga miqdorda har oyda ikki martadan baliq havzasiga qo'llash ham yaxshi samara beradi. Bunda suvning pH ini 8,5-9,0 gacha ko'tarib, erkin suzuvchi qisqichbaqalarning nauplial va kopepodit bosqichlarini yo'qotishga erishiladi. Organik bo'yoqlar - asosan binafsharang «K» 0,1-0,2 gr/m konsentratsiyada erkin bosqichdagi qisqichbaqalarni nobud qiladi. Akvarium baliqlariga asosan "Antipar" preparati qo'llanilib kelinmoqda. Chet el mamlakatlarida emikon, дорамектин

3 . .

(0,25g/m miqdorida haftasiga bir marotaba 5 hafta davomida) prepatlari ham yaxshi samara bermoqda, krustasid preparati ham keng qo'llanilib kelinmoqda. Bundan tashqari xo'jaliklarda baliqlarga ozuqa qo'yiladigan har bir "xo'rak" lar yoniga 100 kg dan qopga tuzlar solingan holatda tashlab qo'yiladi hamda havza suviga gektariga 8 kg dan 65 % gipoxlorid kaltsiy bilan ishlov beriladi. [6, 7,8,10].

Sog'lom baliqchilik xo'jaliklarida kasallikni oldini olish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

• hovuzlardagi loyqalarni quritish yo'li bilan har yili qish faslida dezinfektsiya ishlarini muntazam ravishda amalga oshirish;

• bahor faslida havzalarga baliqlantirishdan 7-10 kun oldin suv bilan to'ldirish katta samara beradi;

• lerneyalarning nauplial va kopepodit bosqichlarini kiritmaslikka qaratilgan kompleks umumiy profilaktik tadbirlarni o'tkazish;

• baliq havzasi suv kirish joyiga "filtr sitalar" o'rnatish va suvni tindirib o'tkazuvchi «отстойник» hovuzlarni tashkil qilish muhim tadbirlardan biri hisoblanadi;

• xo'jalikga zararlangan baliqlarni keltirmaslik va baliqlarni tashishda nazorat o'rnatish;

• havzaga olib kelingan baliqlar osh tuzining 5% li eritmasida 2-3 daqiqa davomida ekspozitsiya qilinib, keyin suv havzasiga tashlash, yosh va katta yoshdagi baliqlarni alohida havzalarda saqlash [1,5,7].

Rasm 2. Lernealar joylashgan to'qimalardagi

yallig'lanish jarayoni

Xulosa. Baliqlar lerneozi baliqchilik xo'jaliklariga katta iqtisodiy zarar keltiruvchi parazitar kasallik bo'lib, baliqlarda lernealar tomonidan hosil qilingan jarrohatlarda esa qon quyulishlar, chuqur yaralar hosil bo'lishi, tangachalarni ko'tarilib to'kilish holatlarini kuzatilishi, ularni eng avvalo tovarlik xususiyatini yo'qolishiga, baliqlarda immunitetni tushib ketishi, har xil infektsion kasalliklarga chalinuvchan bo'lib qolishiga olib keladi.

Baliqlarda lerneoz kasalligini oldini olishda baliq boqiladigan suv havzalarini to'g'ri tashkil qilish, havzalarga qish faslida havzani butunlay baliqsizlantirib, quritib dezinfeksiya ishlarini olib borish, bahor va yoz fasllarida suv havzasiga qopda gektariga 500 kg miqdorida tuz solish tadbirlari kasallikni oldini olishda samaradorligi yuqoriligi aniqlangan.

REFERENCES

1. «Рыбоводство» Учебник. Каплич В.М., Герасимчик В.А., Зявгинсев В.Б., Минск 2014 год. Стр. 290-292.

2. "Болезни рыб и пчёл" Учебное пособие. Герасимчик В.А., Садовникова Е.Ф., Минск

ИВС Минфина 2017 год. Стр. 92-96

3. Journal Contribution. Статья. «Лернеоз объектов аквакультуры в рыбоводных хозяйствах

Южного региона Российской Федерации» (Всероссийский научно-исследовательский институт рыбного хозяйства и океанографии (ФГБНУ «ВНИРО»), Азово-Черноморский филиал ФГБНУ «ВНИРО» («АзНИИРХ»), Ростов-на-Дону Южный федеральный университет, Ростов-на-Дону) Хорошельцева В.Н., Стрижакова Т.В., Бортников Е.С., Мосесян Г.В., Бугаев Л.А., Денисова Т.В., 2022 год. Стр. 41-43.

4. "Baliq kasalliklari", O'quv qo'llanma. Daminov A.S., Nasimov Sh.N., Gerasimchik V.A.,

Eshbo'riyev S.B., Qurbonov F.I., Toshkent-2020 йил. 23-27 бет.

5. Корсакова М.В. Эффективность препарата «Эмикон» при лернеозе карпов / Корсакова

М.В., Гончарова М.Н. // Современные проблемы общей и прикладной паразитологии: Материалы XIII науч.-практич. конф. памяти профессора В.А. Ромашова, 17-18 октября 2019 г., Воронеж. - Воронеж: ФГБОУ ВО Воронежский ГАУ, 2019. - С. 191195. 3.

6. "Инвазионный болезни рыб", Учебно-методическое пособие, Новак А.И., Новак М.Д.,

Рязань-2012 год. Стр. 51-56.

7. Hemaprasanth K. P., Sridhar N., Raghuanth M. R. Lernaea cyprinacea infection in a new host Puntius pulchellus in intensive culture system and its control by doramectin // Journal of Parasitic Diseases. 2017. Vol. 41, no. 1. Pp. 120-127.

8. Ихтиопатология. Учебник, Головина Н.А., Стрелков Ю.А., Воронин В.Н., Головин П.П., Евдокимова Е.Б., Юхименко Л.Н.. М.: Мир, 2003 год. Стр.353-364.

9. "Болезни рыб и основы рыбоводства", учебник, Грищенко Л.И., Акбаев М.Ш.,

Васильков Г.В., Москва . Колос 1999 год.

10. "Karp turidagi baliqlarini polikultura usulida yetishtirish asoslari" Kamilov B.G, Kengerlinskiy F.U, Kurbanov R.B, Kim S.I., Kurbanov A.R., Valiyev J.A. Toshkent- 2017 yil. 10-15bet.

11. Safarova F.E,. Azimov D.A., Akramova F.D., Shakarboyev E.B., Qahramonov B.A. "Baliqlar kasalliklari" Toshkent 2020 yil. 18-25 bet.

12. Джмиль В.И. Материалы v научно-практической конференции международной ассоциации паразитоценологов «Паразитарные системы и паразитоценозы животных»

Витебск ВГАВМ 2016 24-27 мая. «Мониторинг инвазионных болезней карпов в отдельных прудовых хозяйствах Украины» (Белоцерковский национальный аграрный университет, г. Белая Церковь, Украина) стр. 43-45.

13. Panjvini F., Abarghuei S., Khara H., Parashkoh H.M. Parasitic infection alters haematology and immunity parameters of common carp, Cyprinus carpio, Linnaeus, 1758 // Journal of parasitic diseases. 2016. Vol. 40, no. 4. Pp. 1540-1543.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.