Научная статья на тему 'CHUCHUK SUV BALIQLARINING XILODENELLYOZ KASALLIKLARI, ULARNI OLDINI OLISH, DAVOLASH VA QARSHI KURASHISH CHORALARI'

CHUCHUK SUV BALIQLARINING XILODENELLYOZ KASALLIKLARI, ULARNI OLDINI OLISH, DAVOLASH VA QARSHI KURASHISH CHORALARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
5
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
chuchuk suv baliqlari / prоtozoy kasalligi / Chilodonella cyprini / Ch. Hexasticha / infuzoriya.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Safarova Feruza Ergashevna, Tuxtamuradov Bobur Umrzoq O‘g‘li, Yuldashova Charos Kamoliddin Qizi

Maqola chuchuk suv baliqlarining xilodenellyoz kasalliklari, ularni oldini olish, davolash va qarshi kurashish choralariga bag’ishlangan bo’lib, unda Hypostomatida turkumiga mansub Chilodonnelidae oilasi infuzoriyalarining parazitlari chaqirishi, parazit chuchuk suv va akvarium baliqlarining jabrasida, terisida, suzgichlarida va tananing boshqa qismlarida lokalizasiya qilishi, kasallikning tarqalishi va iqtisodiy zarari, qo’zg’atuvchisi, qo’zg’atuvchisining rivojlanishi, epizootologik ma’lumotlar, patogenez va kasallik belgilari, patologoanatomik o’zgarishlar, kasallikka diagnoz qo’yish va unga qarshi kurash choralari to’g’risida ilmiy asoslangan ma’lumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHUCHUK SUV BALIQLARINING XILODENELLYOZ KASALLIKLARI, ULARNI OLDINI OLISH, DAVOLASH VA QARSHI KURASHISH CHORALARI»

O'DK 597/5593.17

CHUCHUK SUV BALIQLARINING XILODENELLYOZ KASALLIKLARI, ULARNI OLDINI OLISH, DAVOLASH VA QARSHI KURASHISH CHORALARI

1Safarova Feruza Ergashevna, 2Tuxtamuradov Bobur Umrzoq o'g'li, 3Yuldashova Charos Kamoliddin qizi

1Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti 2Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya (Baliqchilik) yo'nalishi talabasi 3Toshkent davlat agrar universiteti Suv bioresurslari va akvakultura yo'nal ishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11472684

Annotasiya. Maqola chuchuk suv baliqlarining xilodenellyoz kasalliklari, ularni oldini olish, davolash va qarshi kurashish choralariga bag'ishlangan bo'lib, unda Hypostomatida turkumiga mansub Chilodonnelidae oilasi infuzoriyalarining parazitlari chaqirishi, parazit chuchuk suv va akvarium baliqlarining jabrasida, terisida, suzgichlarida va tananing boshqa qismlarida lokalizasiya qilishi, kasallikning tarqalishi va iqtisodiy zarari, qo'zg'atuvchisi, qo'zg'atuvchisining rivojlanishi, epizootologik ma'lumotlar, patogenez va kasallik belgilari, patologoanatomik o'zgarishlar, kasallikka diagnoz qo'yish va unga qarshi kurash choralari to'g'risida ilmiy asoslangan ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: chuchuk suv baliqlari, protozoy kasalligi, Chilodonella cyprini, Ch. Hexasticha, infuzoriya.

Аннотация. Статья посвящена заболеваниям ксилоденеллезом пресноводных рыб, мерам по их профилактике, лечению и борьбе, в ней рассматриваются паразитарные вызовы инфузорий семейства chilodonnelidae из рода hypostomatida, локализация паразита в коже, плавниках и других частях тела пресноводных и аквариумных рыб, распространение и хозяйственный вред заболевания, возбудитель, развитие возбудителя, эпизоотологические данные, приводятся научно обоснованные данные о патогенезе и симптомах заболевания, патологоанатомических изменениях, диагностике заболевания и мерах борьбы с ним.

Ключевые слова: пресноводные рыбы, протозойный болезнь, Chilodonella cyprini, Cl..hexasticha, инфузория.

Annotation. The article is devoted to diseases of xylodenellosis offreshwater fish, measures for their prevention, treatment and control, it examines the parasitic challenges of infusoria of the family chilodonnelidae from the genus hypostomatida, localization of the parasite in the skin, fins and other parts of the body offreshwater and aquarium fish, the spread and economic harm of the disease, the pathogen, the development of the pathogen, epizootological data, scientifically substantiated data on the pathogenesis and symptoms of the disease, pathoanatomic changes, diagnosis of the disease and measures to combat it.

Keywords: freshwater fish, protozoan disease, Chilodonella cyprini, Cl..hexasticha, infusoria.

Yurtimizda so'ngi yillarda barcha sohalarda bo'lgani kabi qishloq xo'jaligi sohalarida, xususan baliqchilik sohasida ham keng qamrovli islohatlar amalga oshirilmoqda. Bir qancha dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqarilib, amaliyotga tadbiq etilmoqda. Shulardan respuplikamizda ovlanadigan baliqlarni ko'paytirish, yangi turlarni introduksiya qilish, baliq mahsulotlarini ishlab chiqarishning zamonaviy va innovasion uslublarini joriy etgan holda

hajmlarni oshirish, tabiiy va sun'iy suv havzalaridan oqilona foydalanish, intensiv usulda baliq yetishtirishni rivojlantirish va boshqalar.

Suv havzalarida ovlanadigan baliqlar zahirasini oshirish, qimmatbaho baliqlar zotlarini ko'pytirish, yangi turlarni iqlimlashtirish va sifatli ozuqa bazasini shakllantirishda to'siq bo'ladigan bir qancha omillar mavjud. Ushbu omillardan biri baliqlarni zararkunandalar hamda turli xil kasalliklar, shu jumladan parazitli kasalliklar bilan zararlanish hisoblanadi.

Baliqlarda parazitlik qiluvchi gel'mintlar va qisqichbaqasimonlar keltirib chiqaradigan parazitar kasalliklar tufayli ko'pincha baliqlarning ommaviy qirilib ketishi kuzatiladi. Bu esa baliqchilik xo'jaliklarida katta iqtisodiy zararni keltirib chiqaradi.

Suv havzalarining baliq mahsuldorligini oshirishda baliqlarning parazitar kasalliklari va parazitlar bilan kurashishni to'g'ri tashkil etish uchun ularning biologiyasini o'rganish asosiy chora-tadbirlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham biz chuchuk suv baliqlarida parazitlik qiluvchi soda hayvonlarga mansub infuzoriyalar chaqiradigan xilodonellyoz kasalligini o'rgandik.

Xilodonellyoz - chuchuk suv baliqlarining protozoy kasalliklari bo'lib, Hypostomatida turkumiga mansub Chilodonnelidae oilasi infuzoriyalarining parazitlari chaqiradi. Parazit chuchuk suv va akvarium baliqlarining jabrasida, terisida, suzgichlarida va tananing boshqa qismlarida lokalizasiya qiladi.

Tarqalishi va iqtisodiy zarari. Invaziya barcha baliqchilik xo'jaliklarida tarqalgan.

Tabiiy suv havzalarida deyarli barcha chuchuk suv baliqlarining turlari qo'zg'atuvchilarning tashuvchisi hisoblanadi, lekin epizootiyasi qayd etilmagan. Xilodonellyoz kasalligining baliqlar o'rtasida yoppasiga uchrashi baliqchilik xo'jaliklarida, baliqlarni yuqori zichlikda boqish va qish vaqtida baliqlarning ko'plab o'lishi katta iqtisodiy zararni keltirib chiqaradi.

Qo'zg'atuvchisi. Xilodonellezning asosan ikki turi Chilodonella cyprini (sin. Ch. piscícola) va Ch. hexasticha uchrab, ulardan birinchisi ancha ko'p tarqalgan va o'lchami nisbatan katta (3 -rasm). Parazitning tanasi bargsimon shaklda, dorsaventral yo'nalishda yassilashganbir chiziq bilan orqaga cho'zilgan. Tana o'lchami (33-100) x (24-60) mkm. Pastki tomonida bir necha parallel shaklda kipriklari mavjud, yoysimon egri chiziqlar, o'ng va chap tomonda joylashgan va sitostomaga yaqinlashadi. Qatorlarning soni o'zgaradi va tananing o'ng tomonida 7-15 qator, chap tomonida esa 8-14 qator bo'ladi. Og'iz bo'shlig'i oldingi qismiga yaqin ventral tomonda joylashgan, tayoqchasimon apparat bilan jihozlangan halqumga o'tadi. Tananing ichida oval yoki yumaloq makronukleus joylashgan. 2 ta qisqaruvchi vakuollari yaxshi ifodalangan [1].

Infuzoriyalar ko'ndalang bo'linish orqali ko'payadi, suv harorati 5-100 S bo'lganda intensiv ravishda bo'linadi. Noqulay sharoitlarda infuzoriyalar tinim davri - sista hosil qiladi, suvda yoki loyqada uzoq muddat saqlanishi mumkin.

Epizootologik ma'lumotlar. Xilodonella xo'jayin tanlashda o'ziga xosligi yo'q. O'stirish hovuzlarida baliqlarning hamma turlari, shu jumladan losossimonlar va osetrsimonlar ham kasallanadi [2]. Birinchi navbatda, yomon ovqatlangan va oriq baliqlar zararlanadi. Kasallik qish vaqtida 2 yoshli baliqlarda tez-tez uchraydi. Baliqlarning boshqa yoshdagi guruhlari (tovar baliqlari, yosh remontli va ishlab chiqaruvchi) parazit tashuvchi bo'lishi mumkin va suv havzalariga invaziyaning tarqalishiga yordam beradi.

Sog'lom baliqlar kasallari bilan aloqada bo'lgan vaqtda, shuningdek zararlangan muhitda, infuzoriya erkin holatda 2 sutkadan ortiq yashaydi. Bir suv havzasidan boshqasiga kasal baliqlarni tashish va nosog'lom hovuzlardan qo'zg'atuvchilar yuqtiriladi. Xilodonella qishlovchi hovvuzlarda bosh suv manbaini quritish kerak, chunki yovvoyi baliqlar yashaydi va ushbu parazit bilan zararlanadi. Ba'zan enzootiya yilning boshqa fasllarida ha m qayd etiladi: kechki kuz va

bahorda, suv havzalarida yoki sadoklarda oriq va zaif baliqlar og'ir holatda saqlanadi. Yozda kasallik namoyon bo'lmaydi, ehtimol bu vaqtda ular tinim davridagi sistaga aylanadi.

a 6

3-rasm. Xilodonellezning qo'zg'atuvchisi (Vanyatinskiy va boshqalar, 1979 bo'yicha): a -Chilodonella cyprini; b- Ch. hexasticha; 1 - yadro; 2- kipriklarning qatori; 3 - og'iz apparati

Suvning harorati, gaz va tuz tarkibining har xil buzilishi, suv havzalarining organik ifloslanishi, hamda baliqlarning qishlash uchun fiziologik tayyorgarligi kuchsizligi (noan'anaviy vazn, kam semirish va boshqalar) kichik baliqlarning ommaviy zararlanishining paydo bo'lishiga yordam beradi [3].

Uy akvariumlarida xilodonellyoz qo'zg'atuvchisi kasal baliqlarni olib kelish bilan emas, balki tirik ozuqa, suv, o'simliklar va tabiiy suv havzalari va hovuzlardan gruntlar orqali, hamda nosog'lom akvariumlarni olib kelish orqali kasallik tarqaladi. Qo'zg'atuvchi shuningdek, barcha akvariumlar uchun sachok, qirg'ichlar va boshqa baliqchilik uskunalari va jihozlari bilan ham tarqaladi. Sovuqsevar xilodonellalar tabiiy suv havzalaridan akvarium sharoitiga moslashadi va kasallik keltirib chiqaradi. Ular akvarium baliqlarining ko'pchiligini zararlaydi va yosh baliqlarda kasallik og'ir kechadi hamda jinsiy yetilishiga to'sqinlik qiladi. Ayniqsa xilodonellyoz antisanitar sharoitdagi baliqlarda va suvning past harorati, hamda sifatsiz bir xil ozuqa bilan oziqlantirilganda kuzatiladi.

Kasallik belgilari va patogenezi. Ko'plab sonda baliqlar jabralarida, terisi va suzgichlarida joylashadi va xo'jayin epiteliy xo'jayralari bilan oziqlanadi, xilodonella organlarga ta'sir qilishi kelib chiqadi va shilliqlarning ko'payishi, epitelial qavatga ta'sir qiladi va baliqlar nafas olishi keskin buziladi.

Qish vaqtida kasallik baliqlarning birinchi navbatda hatti harakatlariga ta'sir qiladi. Ular yuqoriga ko'tariladi, suv to'plangan joylarda miqdori yoppasiga ko'payadi, muz teshiklarida, hovuzlarda baliqlar harakati boshlanadi. Bu baliqning zaiflashishiga va undan keyin yemirilishiga hamda qo'zg'atuvchi bilan zararlanishiga yordam beradi.

Baliqlar tanasida patologik jarayonlarning rivojlanishi bilan shilimshiqlar chuqur-kulrang (sutsimon) suyuqlik paydo bo'ladi, ular baliqlar suvda bo'lganda yaxshi ko'rinadi. Jabra yaproqchalari shishadi, qalinlashadi tekislanib ketadi, ba'zan jabralarning uzluksiz gipermiyasi qayd etiladi.

Kasallikning kechishi boshqa ektoparazitlar (trixodinalar, apiozomozlar, kostiyalar) tomonidan murakkablashishi mumkin. Ko'pincha xilodonellezning avj olishi baliqlarning ommaviy o'lishi bilan yakunlanadi.

Kuchli zararlangan akvarium baliqlari akvarium ostidagi o'simliklar (toshlar, qoldiqlar, ildizlar va boshqalar) va turli xil narsalarga yopishib turadi. Baliqlar tanasi, ayniqsa uning orqa qismi, ko'kish-kulrang loyqa shilimshiq hosil bo'ladi. Baliqlar oziqlanishdan to'xtaydi.

Patologoanatomik o'zgarishlar. Ular tirik baliqlarning faqat jabra va tanasining tashqi qoplamida parazitlik qiladi. Baliqlar o'lgandan keyin parazit suvga tushadi va jasadlardan topilmaydi.

Tashxis. Tashxis kasallik belgilari asosida va tana yuza qismidan, suzgichlari va jabralaridan qirma olib, mikroskopik tekshirishlar natijasida qo'yiladi. Mikroskopda ko'rish orqali (x 80) 40 -50 dan ortiq infuzoriyalarning aniqlanishi kasallikning og'ir ko'rinishini ko'rsatadi. Kichik parazitlar soni (5-15 va undan ko'p) baliqlarning parazitlarga qarshi kurash zarurligini ko'rsatadi.

Davolash. Qish vaqtlarida xlodonellez avj olganda dori preparatlari to'g'ridan to'g'ri hovuzlarda, sadok va boshqa idishlarda baliqlarni davolash uchun qo'llaniladi. Bu preparatlarni qo'llash uchun tegishli usullardan foydalaniladi.

Hovuz va sadoklarda dori preparatlari sifatida organik buyoqlar (malaxit yashil dorisi, binafsha rangli K va boshqalar), suv havzalarida - formalin eritmasi (1: 5000-10 000), faol xlor (1 mg Sh/l), ikkikomponentli aralashma (faol xlor 1 mg/l va kaliy permanganat 10 g/l), hamda, 1-9,2%-li natriy xlor eritmasi va boshqalar qullaniladi. Davolash 1-2 kundan so'ng, baliqlarni mikroskopik tekshirish orqali uning samaradorligi nazorat qilinadi. Davolash odatda 3-4 martani tashkil etadi.

Akvarium baliqchiligi uchun baliqlarni davolash alohida idishlarda kaliy permanganat qullaniladi, davolash kursi 7 kunni tashkil qiladi.

Oldini olish va qarshi kurash choralari. Xlodonellyoz va boshqa ektoparazit protozoy kasalliklarda xo'jaliklarga cheklovlar qo'yilmaydi, lekin hovuzlarni dezinvaziya qilish, tozalash va uskunalar va boshqa asboblarni tozalash va zararsizlantirish hamda xlor yoki so'ndirilmagan ohak yordamida ishlov berish yo'li bilan amalga oshiriladi.

Xilodonellezning oldini olish uchun baliqlarga doimiy profilaktik ishlov berish, baliqlarning standart vazniga va semizliligiga e'tibor berib o'stirish; baliqchilikda ishlatiladigan asbob-uskunalarni ishlatishda sanitariya qoidalariga rioya qilish kerak.

Baliqlarni sanitar baholash. Bir qancha tovar baliqlari faqat xilodonell parazitini tashuvchisi bo'lishi mumkin, ularni cheklovlarsiz iste'mol qilish mumkin. Buzilgan baliqlar rad etiladi va hayvonlar ozuqasi sifatida ishlatiladi.

Xulosa qilib aytganda chuchuk suv baliqlarining xilodonellyoz kasaligi bilan yetarli daraj ada chalinadi, ularni oldini olish uchun kasal baliqlarni suv havzalariga kirib kelishiga yo'l qo'ymasligimiz kerak va asosan baliqlarning standart vazniga va semizliligiga e'tibor berib o'stirish; baliqchilikda ishlatiladigan asbob-uskunalarni ishlatishda sanitariya qoidalariga rioya qilish kerak.

ФОЙДАЛАНГАН АДАБИЁТЛАР

1. Авдеев В.В. и др. Определитель паразитов рыб Паразитические многоклеточные. (Вторая часть). - Ленинград: Наука, 1978. Том 3. - C. 33-35.

2. Васильков Г.В., Грещенко Л.И., Енгашев В.Г. и др. Болезни рыб // Под ред. В.С.Осетрова. - М.: Агроиздат, 1989. - 288 с.

3. Abdug'aniyev O.A., Safarova F.E., Shakarboyev E.B., Akramova D.D., Azimov D.A. Sirdaryo suv havzalari yirtqich baliqlari parazitar kasalliklari va ularga qarshi kurash chora tadbirlari bo'yicha tavsiyanoma. - Toshkent, 2021. - 18 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.