UDK 576.895.121.11.1
JANUBIY SUV HAVZALARIDAGI OVLANADIGAN BALIQLARNING DILEPIS UNILATERALIS (RUDOLPHI,1819) GEL'MINTI BILAN ZARARLANISHI
Chutbayeva F.B.
Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11468136 Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekistonning janubiy suv havzalarida uchraydigan baliqlarning sistodalar sinfiga mansub bo'lgan Dilepis unilateralis (Rudolphi,1819) turi bilan zararlanishi, sistoda lichinkalarining baliqlar organizmiga ta'siri, sistodaning rivojlanish sikli, yil mavsumlariga mos holda kasallikning kechishi va potogenitik xususiyatlari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: sistoda, asosiy xo'jayin, oraliq xo'jayin, sistiserkoid, plerotserkoid,invaziya ekstensivligi, invaziya intensivligi
Abstract. This article provides information about the damage caused by the cestode Dilepis unilateralis (Rudolphi,1819), belonging to the cestode group, to the fish in the southern water basins of Uzbekistan. It discusses the impact of the cestode larvae on fish organisms, the development cycle of the cestode, the progression of the disease according to the seasons, and its pathogenic characteristics.
Keywords: cestode, primary host, intermediate host, cysticercoid, plerocercoid, invasion extent, invasion intensity
Аннотация. В данной статье рассматривается инфекция рыб, обитающих в южных водоемах Узбекистана гельминтом Dilepis unilateralis (Rudolphi, 1819), принадлежащим к классу цестод, влияние личинок цестод на организм рыбы, ход заболевания в зависимости от частоты развития. Предоставлена информация о цестоде, сезонности и патогенетических особенностях.
Ключевые слова: цестод, окончательный хозяин, промежуточный хозяин, цистицеркоид, степень инвазии плероцеркоидом, интенсивность инвазии.
Bugungi kunda respublikamizda aholini sifatli baliq va baliq mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida baliqchilikni rivojlantirishning intensiv usullari ishlab chiqilmoqda. Ushbu yo'nalishda amalga oshirilgan dasturiy chora- tadbirlar natijasida muayyan yutuqlarga erishildi. Havzalarda ovlanadigan baliqlar tur soni bir nechtaga oshirildi. Mamlakatimizda keng tarqalgan baliqlarning turlari ularning tarqalishi, bio-ekologik hususiyatlarini o'rganishga qaratilgan tadqiqotlar bo'yicha ham bir qancha yutuqlarga erishildi. Shu bilan bir qatorda ovlanadigan baliqlarning mahsuldorligiga salbiy ta'sir etuvchi omillar hususan baliqlarning sestodalar bilan zararlanishini o'rganish, kasallikni oldini olish va davolashga qaratilgan tadqiqot ishlariga yetarlicha e'tibor qaratilmagan
Keyingi yillarda respublikamiz hukumati tomonidan oziq ovqat muammolarini hal qilish maqsadida baliqchilik tarmog'iga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Shulardan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son "2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni, 2017 yil 1 maydagi PQ-2939-son "Baliqchilik tarmog'ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora -tadbirlari to'g'risida"gi qarori, 2018 yil 6 apreldagi PQ-3657-son "Baliqchilik tarmog'ini jadal rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori, 2018 yil 6 noyabrdagi PQ-
4005-sonli "Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori va 2022 yil 13 yanvardagi PQ-83-sonli "Baliqchilik tarmog'ini yanada rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda baliqchilikni rivojlantirishda aholini sifatli, ekologik toza baliq va baliq mahsulotlari bilan ta'minlash ham muhim vazifa sifatida belgilab berilgan.
Baliqchilikni rivojantirish, sifatli baliq mahsulotlarini ko'paytirish va mahsuldorlikni oshirishga to'siq bo'ladigan omillardan biri bu baliqlarning gel'mintlar bilan kasallanishidir. Ko'pchilik baliqlarning bu parazitlar bilan zararlanishi, ular sonining ma'lum darajada kamayishiga, ba'zan esa yosh baliqlarning ommaviy o'limiga olib keladi. Ayrim baliq turlari esa, parazitlarning oraliq xo'jayini vazifasini bajarib, epidemiologik va epizootologik jarayonning barqarorligini ta'minlashda ishtirok etadi.
Tadqiqot ishlari 2022-2024 yillar davomida O'zbekistonning janubiy hududlarining turli xil tipdagi suv havzalaridan yig'ilgan ovlanadigan baliqlarning dilepidoz bilan zararlanishi ustida olib borildi. Materiallar tabiiy suv havzalari va hovuz xo'jaliklaridan yig'ilgan ovlanadigan baliqlardan 10 turga mansub 1173 nusxadagi baliqlardan to'plandi. Yig'ilgan baliqlarning 4 turga mansub 41 ta nusxasida dilepidoz bilan zararlanish qayd etildi. Tadqiqot davomida baliqlarni parazitologik tekshirishda to'liq va to'liq bo'lmagan gel'mintologik yorib ko'rish usulidan foydalanildi [4]. Gel'mintlarni yig'ish, ularni fiksatsiya qilish va ishlov berishda umum qabul qilingan usullardan foydalanildi [6].
Baliqlardan yig'ilgan cestodalarni fiksatsiya qilishda 70 foizli etil spirti va 4 foizli formalin eritmasidan foydalanildi. Topilgan cestodalarning tur tarkibini aniqlashda aniqlagich adabiyotlaridan foydalanildi [3]
Dilepidoz- baliqlarning sestodoz kasalligi bo'lib, Sestoda sinfi Dilepididae oilasi vakili Dilepis unilateralis Rudolphi,1819 lichinkalari sistiserkoidlar tomonidan kelib chiqadi. Kasallik barcha turdagi suv havzalarida keng tarqalgan.
Dilepis unilateralis ning jinsiy voyaga yetgan cestodalarning uzunligi 3.5-9.0 mm va eni 0.35-0.60 mm, tanasi 25-30 ta bo'g'imdan tashkil topgan. Lichinkasi - sistiserkoid oval shaklida, yupqa tashqi po'stloqqa ega, to'rtta so'rg'ich va ikki qator joylashgan yigi rmata ilmoqchadan tuzilgan. Bosh qismi tanasidan ingichka bo'yin orqali ajralib turadi. Sistiserkoidning uzunligi 0.3 -0.5 mm.
Jinsiy voyaga yetgan cestodalar baliqchi qushlarning ichagida yashaydi va u yerda cestodaning yetilgan bo'g'imlari uzilib, qushlar ahlati bilan suvga tushadi. Suvda bo'g'imlar parchalanib, olti ilmoqchaga ega bo'lgan onkosfera tashqi muhitga chiqadi. Suv harorati 18 -20o C bo'lganida, gel'mint tuxumlari 5-7 kungacha, 4-5oC da 40 kungacha saqlanib turadi. Sestoda tuxumlarini sikloplar yutib yuboradi, ularning ichagida plerotserkoidlar rivojlanadi [1]. Suv harorati 20o C dan baland bo'lganda lichinkalar ikki haftada invazion holatga keladi.Suv harorati past bo'lganda 3-4 haftada invazion holatga o'tadi (1-rasm).
Baliqlar zararlangan qisqichbaqalarni yutib yuboradi, ularning ichagida gel'mint lichinkasi ichak bo'shlig'iga chiqadi, keyinchalik tana bo'shlig'iga o'tib, u yerdan jigar va o't pufagiga joylashib oladi. Ba'zan lichinkalar ichak shilliq pardasida ham parazitlik qiladi.
1-rasm. Dilepidoz qo'zg'atuvchilari. Skoleks va plerotserkoidning ko'rinishi
Surunkali dilepidoz qishlash davrida bir yillik baliqlarning o'sishining sekinlashishiga, semizlikning pasayishiga va ko'plab baliqlarning nobud bo'lishiga olib keladi. Hamda o't pufagining kuchli shikastlanishiga olib keladi [2].
Tadqiqotimiz uchun materiallar Surxondaryo viloyati hududidan oqib o'tuvchi Surxon daryosi sohillari, Janubiy Surxon suv ombori va ular atrofidagi baliqchilik xo'jaliklaridan yig'ildi. Dilepidoz bilan zararlangan baliqlar 4 turga oid bo'lib, bahor va yoz mavsumlarida eng ko'p invaziya holatlari o'rganildi.
Bahor mavsumining boshlarida jami 271 dona baliqdan karp 84 dona, sazan 72 dona, kumush tovonbaliq 59 dona va oqcha baliq 56 dona baliqlar to'liq va to'liq bo'lmagan ge'mintologik tekshiruvdan o'tkazildi. Natijada 84 dana karp balig'ining 6 tasida (7,14%) 1 -3 nusxada, 72 dana sazandan 4 tasida (5,55%) 1-4 nusxada, 59 dona kumush tovonbaliqdan 3 tasida (5,08%) 1-3 nusxada va 56 dona oqcha baliqdan 3 tasida (5,35%) 1-2 nusxada dilepidoz bilan kasallanganligi qayd etildi (1-jadval).
Tekshirilgan baliqlarning zararlanishini baholashda invaziya ekstensivligi ( IE-umumiy tekshirilgan baliqlarga nisbatan zararlangan baliqlarning foiz ko'rsatgichi) va invaziya int ensivligi ( II-bitta zararlangan baliqga to'g'ri keluvchi parazitlar sonining o'rtacha arifmetik ko'rsatgichi) dan foydalanildi.Topilgan parazitlarni aniqlash uchun aniqlagich ma'lumotlariga tayanildi [6].
1-jadval.Bahor mavsumida dilepidoz bilan zararlangan baliqlarni tekshirish natijalari
№ Tekshirilgan baliqlar nomi Tekshirilgan Kasallik aniqlangan baliqlar
baliqlar soni Soni IE (%) II (nusxada)
1 Karp-Cyprinus carpio Linnaeus, 1758 84 6 7,14 1-3
2 Sazan-Cyprinus carpio Zinnaeus, 1758 72 4 5,55 1-4
3 Kumush tovonbaliq-Carassius gibelio -Bloch, 1782 59 3 5,08 1-3
4 Oqcha baliq- Abramis brama-Linnaeus, 1758 56 3 5,35 1-2
Jami 271 16 5,78 1-3
Navbatdagi tekshirish ishlari yoz faslining oxiri va kuz faslining boshlarida avgust-sentabr oylarida o'tkazildi. Kuz mavsumida baliqlarning dilepidoz bilan zararlanishini tekshirish biroz muvoffaqiyatli bo'lib, bu davrda baliqlarning tovarlik hususiyatiga ko'ra ko'p ovlanadi. Ushbu mavsumda jami 320 ta baliq, shulardan 105 dona karp, 90 dona sazan, 74 dona kumush tovonbaliq, 51 dona oqcha baliq gel'mintologik tekshiruvdan o'tkazildi. Natijada 105 dona karpdan 10 tasida (9,52%) 1-7 nusxada, 90 dona sazan balig'idan 6 tasida (6,66%) 1-5 nusxada, 74 dona kumush
tovonbaliqdan 5 tasida (6,75%) 1-5 nusxada hamda 51 dona oqcha baliqdan 4 tasida ( 7,84%) 1-6 nusxada baliqlar dilepidoz bilan zararlangan (2-jadval)
2-jadval.Avgust-sentabr oylarida dilepidoz bilan zararlangan baliqlarni tekshirish natijalari
№ Tekshirilgan baliqlar nomi Tekshirilgan Kasallik aniqlangan baliqlar
baliqlar soni Soni IE (%) II (nusxada)
1 Karp- Cyprinus carpio Linnaeus, 1758 105 10 9,52 1-7
2 Sazan- Cyprinus carpio Linnaeus, 1758 90 6 6,66 1-5
3 Kumush tovonbaliq- Carassius gibelio -Bloch, 1782 74 5 6,75 1-5
4 Oqcha baliq- Abramis brama -Linnaeus, 1758 51 4 7,84 1-6
Jami 32G 25 7,69 1-5
Yig'ilgan ma'lumotlarni tahlil qiladigan bo'lsak, tabiiy suv havzalari va hovuz xo'jaliklarida Dilepis unilateralis sestodasi bilan asosan karp baliqlari zararlanadi. Zararlanish asosan yosh baliqlar orasida uchrashi, lichinkalar zooplanktonlar bilan oziqlana boshlagandan so'ng 1-2 haftada zararlana boshlashi qayd etildi. Baliqlarning zararlanishi iyun-iyul oylarida o'sadi. Avgust-sentabr oylarida invaziya ekstensevligining eng yuqori darajasiga yetadi.
Dilepis unilateralis sestoda lichinkalari baliqlarning o't xaltalaridan tashqari, tana bo'shlig'i seroz pardalarida, ichki organlar oralig'ida va ichaklar devorida joylashib,baliqlarning moddalar almashinuvi va ba'zan qon tomirlarini siqib qo'yib, qonning normal oqishini sekinlashtiradi.
Yosh baliqlar zararlanganda o'sish va rivojlanishdan orqada qolib, sog'lom baliqlarga nisbatan vazni bir muncha kamayganligini kuzatdik. Kasallangan bir yillik baliqlar qishlashni yomon o'tkazganini va ko'pincha nobud bo'lganligi qayd etildi.
Baliqlarning dilepidoz kasalligiga qarshi kurash uchun tabiiy suv havzalarida sistodalarning rivojlanish sikllarini to'xtatishga qaratilish kerak. Hovuz xo'jaliklarida esa xo'jalik hududida yovvoyi qushlarni imkon darajada cheklashga harakat qilish lozim. Hovuz atrofidagi o'imliklarni o'z vaqtida o'rib tashlab, melioratsiya ishlarini sistematik amalga oshirish hamda hovuz xo'jaliklarida dizinvaziyalash ishlarini amalga oshirish lozim.
O'tkazilgan ushbu tadqiqot natijalariga ko'ra quyidagi xulosalarga kelish mumkin. Baliqlarning Dilepis unilateralis sestoda lichinkalari bilan zararlanishini yilning bahor,yoz va kuz faslida kuzatish mumkin.Zararlanishning yuqori darajasi yoz fasining oxirida kuzatildi. Barcha turdagi suv havzalarida zararlanish qayd etildi. Hovuz xo'jaliklarida zararlanish ni sbatan yuqori ko'rsatgichda ekanligi aniqlandi. Sababi baliqlar yuqori zichlikda bo'lganligi uchun. Barcha yig'ilgan ma'lumotlar o'rganildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Abdug'aniyev O.A., Safarova F.E., Shakarboyev E.B., Akromova D.D., Azimov D.A.Sirdaryo suv havzalari yirtqich baliqlari parazitar kasalliklari va ularga qarshi kurash chora tadbirlari bo'yicha tavsiyanoma. - Toshkent, 2021. - 18 b.
2. Safarova F.E., Shakarboyev E.B., Akromova D.D., Golovanov., .Azimov D.A. Karpsimon baliqlar gel'mintozlari va ularga qarshi kurash chora tadbirlari bo'yicha tavsiyanoma. -Toshkent, 2016 - 16 b
3. Авдеев В.В., и др. Определитель паразитов рыб Паразитические многоклеточные. (Вторая часть). -Ленинград: Наука, 1978.Том 3. 33-35 с.
4. Быховская-Павловская И.Е. Паразиты рыб: Руководство по изучению - Л : Раука. 1985, 121 стр.
5. Василков Г.В., Грищенко Л.И., Енгашев В.Г. и др. Болезни рыб. - М., 1989. - 288 с.
6. Дубинина М.Н Класс ленточные черви-Cestoda Rudolphi, 1880// В кн.: Определителю паразитов пресноводных рыб фауны СССР. - Ленинград: Наука, 1987.т.з.-С.5-76.