Научная статья на тему 'OVLANADIGAN BALIQLARNING TRIYENOFOROZI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI'

OVLANADIGAN BALIQLARNING TRIYENOFOROZI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
9
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ovlanadigan baliqlari / sistiserkoidlar / pleroserkoidlar / oraliq xo’jayin / onkosfera / patogenez / migrasiya

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Safarova Feruza Ergashevna, Chutbayeva Farida Bobokulovna, Qadirqulov Alisher Abdushukur O‘g‘li, Maxmurov Ixtiyor Baxtiyor O‘g‘li

Maqola O‘zbekistonning janubiy qismi suv havzalarida yashovchi ovlanadigan baliqlarining triyenoforoz kasalligi va ularga qarshi kurash choralariga bag’ishlangan bo’lib, unda Trianophoridae oilasiga kiruvchi Triaenophorus nodulosus Pallas, 1781 va Triaenophorus crassus Forel, 1868 sestodalarining lichinkalari – pleroserkoidlar ovlanadigan bir necha tur mayda baliqlarning jigarini va boshqa ichki organlarini zararlashi, kasallikning tarqalishi va iqtisodiy zarari, qo’zg’atuvchisi, qo’zg’atuvchisining rivojlanishi, epizootologik ma’lumotlar, patogenez va kasallik belgilari, patologoanatomik o’zgarishlar, kasallikka diagnoz qo’yish va unga qarshi kurash choralari to’g’risida ilmiy asoslangan ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OVLANADIGAN BALIQLARNING TRIYENOFOROZI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI»

UO'K 59.597.593.312

OVLANADIGAN BALIQLARNING TRIYENOFOROZI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI

*Safarova Feruza Ergashevna, 2Chutbayeva Farida Bobokulovna, 3Qadirqulov Alisher Abdushukur o'g'li, 4Maxmurov Ixtiyor Baxtiyor o'g'li

1Toshkent davlat agrar universiteti Umumiy zootexniya va veterinariya kafedrasi

dosenti, b.f.f.d. (PhD) 2Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktoranti 3'4Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya (Baliqchilik) yo'nalishi talaba lari https://doi.org/10.5281/zenodo.11472707

Annotasiya. Maqola O 'zbekistonning janubiy qismi suv havzalarida yashovchi ovlanadigan baliqlarining triyenoforoz kasalligi va ularga qarshi kurash choralariga bag'ishlangan bo'lib, unda Trianophoridae oilasiga kiruvchi Triaenophorus nodulosus Pallas, 1781 va Triaenophorus crassus Forel, 1868 sestodalarining lichinkalari - pleroserkoidlar ovlanadigan bir necha tur mayda baliqlarning jigarini va boshqa ichki organlarini zararlashi, kasallikning tarqalishi va iqtisodiy zarari, qo'zg'atuvchisi, qo'zg'atuvchisining rivojlanishi, epizootologik ma'lumotlar, patogenez va kasallik belgilari, patologoanatomik o'zgarishlar, kasallikka diagnoz qo'yish va unga qarshi kurash choralari to'g'risida ilmiy asoslangan ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: ovlanadigan baliqlari, sistiserkoidlar, pleroserkoidlar, oraliq xo'jayin, onkosfera, patogenez, migrasiya.

Аннотация. Статья посвящена заболеванию триенофорозом и мерам борьбы с ним промысловых рыб, обитающих в водоемах южной части Узбекистана, где личинки цестод Triaenophorus nodulosus Pallas, 1781, и Triaenophorus crassus Forel, 1868, относящихся к семейству Trianophoridae, - плероцеркоидов, поедают печень нескольких видов мелких рыб и др. поражения внутренних органов, распространение и хозяйственный вред болезни, возбудителя, возбудителя приводятся научно обоснованные данные о развитии, эпизоотологические данные, патогенезе и симптомах заболевания, патологоанатомические изменения, диагностика заболевания и меры борьбы с ним.

Ключевые слова: промысловая рыба, цистицеркоиды, плероцеркоиды, промежуточный хозяин, онкосфера, патогенез, миграция.

Annotation. The article is devoted to the disease of trienophorosis and measures to combat it in commercial fish living in the reservoirs of the southern part of Uzbekistan, where the larvae of the cestodes Triaenophorus nodulosus Pallas, 1781, and Triaenophorus crassus Forel, 1868, belonging to the family Trianophoridae, are plerocercoids, eat the liver of several species of small fish, etc. lesions of internal organs, spread and economic harm of the disease The author provides scientifically based data on the development, epizootological data, pathogenesis and symptoms of the disease, pathoanatomic changes, diagnosis of the disease and measures to combat it.

Keywords: commercial fish, cysticercoids, plerocercoids, intermediate host, oncosphere, pathogenesis, migration.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach qishloq xo'jaligining barcha sohalarida, xususan baliqchilik sohasida ham keng ko'lamdagi islohotlar amalga oshirildi. Mazkur yo'nalishda amalga oshirilgan dasturiy chora-tadbirlar asosida muayyan natijalarga, jumladan, respublikamizda ovlanadigan baliqlarni ko'paytirish, yangi turlarini introduksiya qilish va kasalliklarining oldini

olish borasida muayyan yutuqlarga erishildi. Shular bilan bir qatorda, baliqlar kasalliklarini aniqlash va ularga qarshi kurashish bo'yicha tadqiqot ishlariga yetarlicha e'tibor qaratilmagan. Ushbu holatlardan kelib chiqqan holda baliqlardagi kasalliklarni aniqlash, baliqchilik xo'jaliklarida parazit populyasiyalari miqdorini boshqarish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqqan holda karp baliqlarining dilepidaz kasalligini o'rganish va qarshi kurash choralarini ishlab chiqishni maqsad qilib oldik.

Ilmiy tadqiqot ishlari 2022-2023 yillar davomida O'zbekistonning janubiy qismi suv havzalarida olib borildi. Jami 586 nusxa ovlanadigan baliqlar tekshirildi. Topilgan gelmintlar 700S spirtda fiksasiya qilindi.

Triyenoforoz - baliqlarning sestodoz kasalligi bo'lib, Trianophoridae oilasiga mansub Triaenophorus nodulosus Pallas, 1781 va Triaenophorus crassus Forel, 1868 sestodalarining jinsiy voyaga yetgan shakllari keltirib chiqaradi.Voyaga yetgan sestodalar laqqa baliq, cho'ran baliq va oq sla baliqlarining ovqat hazm qilish organlarida parazitlik qiladi. Gel'mintlarning lichinkalari -plerotserkoidlar ovlanadigan bir necha tur mayda baliqlarning jigarini va boshqa ichki organlarini zararlaydi. Triaenophorus crassus Forel, 1868 ning plerotserkoidi sig va losos baliqlarining mushaklarida parazitlik qiladi, bu esa baliq mahsulotlarining sifatini pasayishiga olib keladi [1].

Qo'zg'atuvchilari. Jinsiy voyaga yetgan gel'mintlar oq ranga ega , uzunligi 150-400 mm va eni 2-4 mm ga teng. Boshi ovalsimon, ozgina kengaygan, ikki juft uch qirrali ilgaklari mavjud. Strobilasi aniq ko'rinmaydi. Triaenophorus nodulosus Pallas, 1781 ning ilgaklari biroz ingichka. Reproduktiv tizimi ko'p sonli urug'don, tuxumdonlar, vitellin, bachadon va sirrus bilan ifodalanadi. Parazit 0.050-0.070 x 0.033-0.045 mm keladigan tuxum qo'yadi. Tuxumining bir uchida qalpoqchasi bor. Plerotserkoidlarning o'lchami 5-8 mm, boshi va ilgaklarining tuzilishi jinsiy etuk gel'mintga o'xshaydi. Strobilasi hali rivojlanmagan bo'ladi [3].

Rivojlanishi. Triyenoforuslarning oraliq xo'jayini sikloplar va diaptomuslar, qo'shimcha xo'jayini planktaxo'r baliqlar bo'lib, asosiy xo'jayini oddiy laqqa, oq sla va cho'rtan baliqlar hisoblanadi. Baliqlarning ichagida jinsiy yetuk gel'mintlar tuxum qo'yadi. Tuxumlar baliq najasi bilan suvga tushadi. Tuxumlar suvda rivojlanadi va tez orada lichinka - korasidiyga aylanadi. Korasidiylarning rivojlanishi haroratga bog'liq. Bahor va yoz faslida suv harorati 18-20o C bo'lganda tuxumlar 5-7 kunda shakllanadi. Harorat pasayganda rivojlanish ham kechikadi. Korasidiylarni sikloplar yutib yuboradi, ulardan protserkoidlar rivojlanadi. Sikloplarda protserkoidlar bir oygacha hayotchanligini saqlay oladi. Zararlangan sikloplarni qo'shimcha xo'jayin - baliqlar iste'mol qiladi. Protserkoidlar baliqlar ichagidan tana bo'shlig'iga, mushak yoki teri ostiga va jigariga migratsiya qiladi. Ko'p o'tmay protserkoidlarda kapsula va imoqchalar paydo bo'ladi va keyingi bosqichga - plerotserkoidga aylanadi. Yirtqich baliqlar plerotserkoid bilan zararlangan baliqlarni yeyishi natijasida triyenoforozni yuqtirib oladi. 3-4 haftada baliqlar ichagida jinsiy voyaga yetgan sestoda shakllanadi va invaziyaning tarqalish manbaiga aylanadi. Kasal baliqlarda ichaklarning shilliq qavati yallig'lanishi va ichaklardan qon ketish holatlari kuzatiladi. Baliq oq rangli gel'mint sistalari paydo bo'ladi (1-rasm).

1-rasm. Triaenophorus nodulosus Pallas, 1781 ning rivojlanish sikli.

Epizootologik ma'lumotlar. Triyenoforoz ko'llarda, daryolarda, suv omborlarida baliqchilik xo'jaliklarida keng tarqalgan. Yosh baliqlar ko'pincha bahor va yoz oylarida zooplanktonlar bilan oziqlanganda kasallikni yuqtiradi. Invaziyaning yuqori bosqichi iyun-avgust oylariga to'g'ri keladi. Kuz va qishda infeksiya deyarli uchramaydi, chunki suvning past harorati gel'mint tuxumlari va oraliq xo'jayinning rivojlanishiga yo'l qo'ymaydi. Jinsiy voyaga yetgan gel'mintlar qishda tuxum qo'ymaydi. Biroq suv havzalarida yilning barcha fasllarida triyenoforos pleroserkoidi va yetuk cestodalar bilan kasallangan baliqlarni uchratish mumkin [2].

Kasallik belgilari. Kasal baliqlarning qorin bo'shlig'i shishgan, zaiflashgan, shilliq pardalari rangsizlangan, kam harakatli bo'lib qoladi.

Kasal yoki o'lgan baliqni yorib ko'rilganda, tana bo'shlig'ida biroz qizg'i sh ekssudat topiladi, ichaklar yallig'langan, ichidan qon ketish holatlari kuzatiladi. Jigar va mushaklarida oq kistalarni ko'rishimiz mumkin.

Tashxis. Baliqlarning ichaklarini ochish orqali tashxis qo'yiladi. Jinsiy voyaga yetgan sestodalar asosiy xo'jayin ichaklarining old va o'rta bo'limlarida lokalizatsiya qiladi. Tadqiqotimiz davomida yirtqich baliqlarning jigarida, mushaklarida, hazm kanallarida gel'mintlar topildi.

Oldini olish choralari. Kasallikni davolash usullari to'liq ishlab chiqilmagan. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hovuz xo'jaliklarida kasallikni oldini olish uchun boshqa suv havzalaridan zararlangan cho'rtan baliqlarini va boshqa yirtqich baliqlarning kirib kelishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Buning uchun suv havzalariga to'siq panjaralar va qum, shag'al filtrlarini o'rnatish kerak. Ushbu chora tadbir triyenoforoz plerotserkoid invaziasini qisman oldini oladi. Baliqchilik xo'jaliklariga kasallangan yirtqich baliq tushib qolsa baliqlarning zararlanishi juda tez amalga oshadi.

Ovlanadigan baliqlar triyenoforoz kasaligi bilan yetarli darajada chalinadi, ularni oldini olish uchun kasal baliqlarni suv havzalariga kirib kelishiga yo'l qo'ymasligimiz kerak va asosan yirtqich baliqlarni baliq boqiladigan suv havzalariga chi qushlarni suv havzalari atrofida uya qo'ymaslik, suv havzalar atrofida harakatlanishiga yo'l qo'ymaslik kerak.

ФОЙДАЛАНГАН АДАБИЁТЛАР

1. Авдеев В.В. и др. Определитель паразитов рыб Паразитические многоклеточные. (Вторая часть). - Ленинград: Наука, 1978. Том 3. - C. 33-35.

2. Васильков Г.В., Грещенко Л.И., Енгашев В.Г. и др. Болезни рыб // Под ред. В.С.Осетрова. - М.: Агроиздат, 1989. - 288 с.

3. Abdug'aniyev O.A., Safarova F.E., Shakarboyev E.B., Akramova D.D., Azimov D.A. Sirdaryo suv havzalari yirtqich baliqlari parazitar kasalliklari va ularga qarshi kurash chora tadbirlari bo'yicha tavsiyanoma. - Toshkent, 2021. - 18 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.