UO'K: 597: 639.3(575.1)
SHARQIY ARNASOY SUV HAVZASIDAGI OQ SLA (SANDER LUCIOPERCA L) BALIQLARINING GEOMETRIK MORFOLOGIK TAVSIFI
Dexqonova Diloraxon Rasuljon qizi
Toshkent davlat agrar universiteti, katta o'qituvchi, b.f.f.d. (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.11468212
Annotatsiya. Maqolada Sharqiy Arnasov suv havzasida uchrovchi oq sla baliqlarining "truss - protocol" metodi orqali morfometrik xususiyatlari aniqlandi. Geometrik morfologiya usulidan foydalanish tartibi, fazoviy geometrik shakli, oq sla baliqlarini uchun qo'llaniladigan mo'ljal nuqtalar va klassik usuldan afzalliklari haqida ma'lumotlar berilgan. Mazkur tadqiqot ishida umumqabul qilingan ixtiologik hamda zamonaviy metodlar, smart texnologiyalardan foydalanilgan.
Kalit so'zlar: sharqiy Arnasoy, morfometriya, geometrik morfologiya, "truss-protocol" plastik belgi, populyatsiya, smart texnologiya.
Аннотация. В статье методом «truss-protocol» определены морфометрические характеристики судака, обитающей в Восточно Арнасайском водохранилище. Приведены сведения о способе применения метода геометрической морфологии, его пространственной геометрической форме, целевых точках, используемых для судака и его преимуществах перед классическим методом. В данной исследовательской работе использованы общепринятые ихтиологические и современные методы, смарт технологии.
Ключевые слова: восточный Арнасай, морфометрия, геометрическая морфология, пластический признаки «truss-protocol», популяция, смарт технологии.
Abstract. In the article, for the first time, the morphometric characteristics ofpikeperch fish live in the East Arnasay reservoir were determined using the modern geometric morphology "truss-protocol" method. Information on the method of using the geometric morphology method, its spatial geometric shape, target points used for pikeperch fish, and its advantages over the classical method is given. Common ichthyological and modern methods, as well as smart technologies, were used in this research work.
Key words: Eastern Arnasoy, morphometria, geometric mirphologia, "truss-protocol", plastic indicators, population, smart technology.
Kirish. Bugungi kunda ilm fanning rivojlanishi, misli ko'rinmagan yutuqlarga erishishi smart texnologiyalarning rivojlanishi bilan chambarchast bog'liqdir. Bir qator soha va fan tarmoqlari o'z tadqiqotlarida yangi usullardan, smart texnologiyalardan foydalangan holda uzoq vaqt sarflamasdan va aniq natijalarni qo'lga kiritib bormoqda. Biologiya va qishloq xo'jaligi kabi fan tarmoqlarining ko'plab muammolari insoniyat tomonidan o'z yechimini topmoqda.
Xususan, ixtiologiya sohasi shuningdek, baliq ovlashni samarali tashkil qilishga yo'naltirilgan baliqchilik tadqiqotlarida hayvonot dunyosi umumbiologik nuqtai nazardan o'rganilib, baliqlarning tur ichida va turlararo o'zgaruvchanligi, tur va populyatsiya tuzilishi, turli tipdagi suv havzalarida ular hayot siklining xususiyatlari o'rganilishida ham zamonaviy usullar hamda smart texnologiyalardan foydalanish bir qator yutuqlarga sabab bo'lmoqda va bugungi kunda katta ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur muammoni tadqiq etishda ma'lumotlarni to'plash, muayyan turning populyatsiya darajasi, turli sharoitlarga moslashuv jarayonlarini baholash
imkoniyatini ham beradi. Mazkur ma'lumotlarsiz sanoat ovini optimallashtirish va baliqlar zahirasidan tiklanadigan biologik resurs sifatida samarali foydalanish mumkin emas [2].
Tabiiy suv havzalarida baliq ovlarini samarali tashkil etishning muvaffaqiyatli bo'lishi uning ixtiofaunasi holati, populyatsiyasi bilan chambarchas bog'liqdir. Buni aniqlash lozim, chunki, muhim ovlanish ahamiyatiga ega bo'lgan baliq turini sanoat usulida ovlashni boshqarishda juda muhim jihat hisoblanadi. Buning uchun suv havzasidagi oq sla baliqlarining morfologik tasnifini berish, ularni o'zaro va keyinchalik oq sla balig'i tarqalgan arealining boshqa hududlaridagi ma'lumotlar bilan taqqoslash muhim ahamiyat kasb etadi.
Yurtimizdagi eng katta tabiiy suv havzalaridan biri Aydar-Arnasoy ko'llar tizmi bo'lib, O'zbekiston suv xo'jaligi mutaxassislari Aydar-Arnasoy ko'llar tizmiga suv tashlash tartibini boshqarmaslikning oqibati uning Orol dengizi kabi qurishiga, ya'ni, suv havzasi qisqarib, sho'rlanishi ortib ketishi xavfi mavjudligini yaxshi bilishadi (Tuzkon 1960 -yillarning ikkinchi yarmigacha shunday bo'lgan). Muammoning yechimini topish uchun ko'llar tizimining Sharqiy Arnasoy ko'li suv omboriga aylantirilgan va AAKTga Qozog'iston Respublikasi bilan kelishilgan holda Chordara suv omboridan suv tashlab turiladi [2].
1-rasm. Sharqiy Arnasoy suv havzasining google map orqali ko'rinishi va na'muna
olingan joylar
Tadqiqot materiali va uslublari. Tadqiqot manbalarining tizimli ravishda (2020-2022 yillarda) dala sharoitida mavsumiy, tadqiqot ovlari bilan sanoat usulida ovlangan jinsiy voyaga yetmagan baliq namunalari yig'ildi, umumqabul qilingan ixtiologik, zamonaviy tadqiqot usullaridan, variantsion statistika usullaridan hamda smart texnologiayalardan foydalanildi. Materiallarni to'plash, qayta ishlash va tahlil qilish umumiy qabul qilingan ixt iologik metodlarga muvofiq amalga oshirildi. Baliqlarni umumbiologik tahlil qilishda ularning umumiy (TL) va standart uzunligini (SL) 0,1 mm aniqlikda o'lchandi.
Tadqiqot hamda sanoat ovlarida ovlangan oq sla baliqlar morfometrik ko'rsatkichlarini aniqlashda zamonaviy geometrik morfologik ko'rsatkichlarini aniqlash uchun baliq tanasi bo'ylab 10 nuqta oralig'idagi masofa ("truss-protocol") ham o'lchandi. Buning uchun oq sla baliqlari chap yon tomonidan smartfon apparati yordamida to'g'ri burchak ostida to'lig'icha rasmga tushirildi va baliqlar tanasining yuzasi bo'yicha 10 ta mo'ljal ajratib olindi (2-3-rasm). Baliq tanasi bo'ylab 10 nuqta oralig'idagi masofa ("truss-protocol") o'lchandi (1-jadval) [1]. Buning uchun baliqlarning fotoapparatda raqamli rasmi olindi va kompyuterda Photoshop dasturi yordamida o'lchanib, kattalashtirish hajmi aniqlanib olingan ma'lumotlar absolyut ko'rsatkichi aniqlandi va jadvalga
solindi, hamda olingan ko'rsatkichlar asosida o'rganilayotgan oq sla to'dasi jinsiy voyaga yetmagan vakillarining "truss-protocol" chizmasi geometrik shakli hosil bo'ldi. (4-rasm).
2-rasm.Oq sla balig'ining "truss-protocol" usulida o'lchash uchun olingan surati
3 - rasm. Oq sla balig'i tanasidagi 10 mo'ljal nuqtalari 1-jadval. Sharqiy Arnasoy suv ombori oq sla baliqlari (jinsiy voyaga yetmagan) plastik belgilarining "truss - protocol" chizmasi bo'yicha ko'rsatkichlari.
Ko'rsatkichlar Minimum - maksimum Xo 'rtacha+Sx Cv,%
2-4 17,4-24,1 19,5 + 0,6 9,5
4-6 21,1-31,2 27,0 + 0,4 8,3
6-8 15,9-26,7 21,6 + 0,9 13,1
8-10 11,8-25,3 18,1 + 1,3 22,3
9-10 8,6-11,8 10,3 + 0,3 9,9
7-9 13,2-24,7 20,0 + 1,4 22,8
5-7 9,6-16,9 13,1 + 0,8 11,7
3-5 29,5-42,1 33,7 + 1,1 10,2
2-3 20,1-25,6 22,4 + 0,5 7,4
1-2 14,6-18 16,5 + 0,4 6,7
1-4 33,2-38,5 35,2 + 0,6 7,3
1-3 30,6-34,3 32,9 + 0,4 7,7
3-4 16,9-24,1 19,9 + 0,7 10,2
5-6 17,4-23,1 18,8 + 0,5 8,7
7-8 10,1-12,8 11,2 + 0,3 7,6
4-5 33,9-42,4 37,8 + 0,9 7,9
3-6 31,2-36,9 33,9 + 0,6 5,6
6-7 21,9-27,7 23,4 + 0,5 7,0
5-8 16,2-26,7 21,5 + 0,9 10,4
7-10 19,1-27,3 24,2 + 0,8 13,5
8-9 13,7-27,6 19,6 + 1,3 16,6
4 - rasm. O'rganilayotgan oq sla to'dasi jinsiy voyaga yetmagan vakillarining " truss-protocol"
chizmasi bo'yicha o'rtacha ko'rstkichlari Natijalar va ularning tahlili. Sharqiy Arnasoy suv havzasida uchrovchi oq sla baliqlarining jinsiy voyaga yetmagan vakillarini morfometrik ko'rsatkichlarini aniqlashning zamonaviy usullari yordamida olingan natijalarga ko'ra suv havzasida bitta populyatsiya mavjudligi aniqlandi va oq sla balig'i to'dasining plastik belgilarining "truss - protocol" chizmasi bo'yicha ko'rsatkichlariga asosan oq sla baliqlari to'dasi populyatsiyaning fazoviy geometrik shakli olinda va butun suv havzada uchrovchi jinsiy voyaga yetmagan oq sla baliqlar uchun bu umumiy chizma ekanligi aniqlandi.
Xulosa. Tadqiqot natijalariga asoslangan holda shunday xulosa qilish mumkinki, plastik belgilar o'zgaruvchanligi baliqlar jinsiy voyaga yetgan sari sezilarli darajada o'zgaradi, shuning uchun ham biz faqat jinsiy voyaga yetmagan vakillarini tanladik. Baliqlarning morfometrik ko'rsatkichlarini aniqlashda geometrik morfologiya zamonaviy "truss -protocol" usulidan hamda smart texnologiyalardan foydalanish qulaydir. Bunda olinayotgan natijalar aniq bo'lib tadqiqotchi tomonidan ko'p vaqt saflanishini oldini oladi. hamda o'rganilayotgan tur populyatsiyasining fazoviy geometrik chizmasini hosil qilib mazkur turning sistematik holatiga aniqlik kiritishda bir qancha qulayliklar yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Bookstein, F.L., Chernoff, B., Elder, R.L., Humphries, J.M., Smith, G.R. and Strauss, R.E. Morphometrics in Evolutionary Biology, the Geometry of Size and Shape Change with Examples from Fishes. // Acad. Nat. Sci. Philadelphia Spec. Pub.1985. 15, 277 pp.
2. Dexqonova D.R. Aydar-Arnasoy ko'llar tizimidagi oq sla (Sander lucioperca L) balig'ining morfo-ekologik xususiyatlari. // Biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. - Toshkent. 2023. -14, 22b.
3. www.wikipedia.org.