UO'K: 597: 639.3(575.1)
OQ DO'NGPESHONA (HYPOPHTHALMICHYS MOLITRIX) BALIG'INING HAZM QILISH TRAKTI MORFOLOGIYASI
1Alimova Aziza Toyirovna, 2Raxmatova Gulnoza To'raqulovna, 3Dexqonova Diloraxon Rasuljon qizi
1,2Toshkent davlat agrar universiteti assistentlari 3Toshkent davlat agrar universiteti b.f.f.d., (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.11467345
Annotatsiya. Maqolada oq do'ngpeshonaning akvakulturadagi ahamiyati, ularning ovqat hazm qilish traktati, qismlari hamda ulardan gistologik preparatlar tayyorlash tartibi va oziqlanishi ozuqa tarkibi hamda olingan natijalat taxlil asosida tavsiyalar berilgan. Mazkur tadqiqot ishida umumqabul qilingan gistologik metodlar, smart texnologiyalardan foydalanilgan.
Kalit so'zlar: oq do'ngpeshona, gistogik preparat, gistologik metod, ovqat hazm qilish trakti, ichak, mikrofag.
Аннотация. В статье даны рекомендации, основанные на значении белого толстолобика в аквакультуре, их пищеварительном тракте, частях и порядке приготовления из них гистологических препаратов, кормовом составе и получаемом анализе. В данной исследовательской работе использовались общепринятые гистологические методы и смарт технологии.
Ключевые слова: белый толстолоб, гистологический препарат, гистологический метод, пищеварительный тракт, кишечник, микрофаг.
Abstract. In the article, recommendations are made based on the importance of silver carp fish in aquaculture, their digestive tract, parts, and the procedure for preparing histological preparations from them, feeding composition, and the resulting analysis. Generally accepted histological methods and smart technologies were used in this research work.
Key words: silver carp fish, histological preparation, histological method, digestive tract, intestine, microphage.
Kirish. Hozirgi kunda dunyo bo'yicha oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishini oshirish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Xususan baliqchilikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmokda. O'zbekistonda baliqchilikni izchil rivojlantirish, axolini yuqori sifatli baliq mahsulotlari bilan ta'minlash, yangi ish o'rinlari yaratish, ushbu sohada mulkiy munosabatlarni yaxshilash va biologik resurslardan okilona foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda[1]. Umurqali hayvonlar faunasida baliqlar muhim o'rin tutib, ularning 80 dan ortiq turlari O'zbekiston suv havzalarida qayd etilgan [3].
O'zbekiston ixtiofaunasini asosiy qismini kiprinid baliqlar tashkil etib baliqchilik xo'jaliklarida asosan to'rt tur karp, oq va chipor do'ngpeshona hamda oq amur baliqlaridan polikultura usulida yetishtirilib kelinmoqda. [2] Oxirgi yillarda o'simlikxo'r baliqlar izlanuvchilar tomonidan iqlimlashtirish va baliqchilikni rivojlantirish maqsadida qiziqtirib kelmoqda. Xo'jalikda katta ahamiyatiga ega bo'lgan o'simlikxo'r baliq turlarining afzaligi shundaki, oziqlanish tizimidagi oraliq bosqichlarini chekkalab o'tishiga qaramay, hosildorligini yo'qotmaydi, shuningdek, biologik kurashish vositasi sifatida, zararli oqibatlarga olib keluvchi turli kimyoviy uslublar o'rniga tabiatga zarar yetkazmasdan suv havzalarini begona suv o'tlaridan tozalash ishlaridabiomeliator baliq tur sifatida foydalanilib yuqori maxsuldorlikka erishib kelinmoqda.
Akvakulturaning qimmatli obyetkiga aylanib ulgurgan karpsimon baliqlar vakillaridan yanada samarali foydalanish yetishtirish hajmlarini yanada oshirish o'z navbatida ularning biologik xususiyatlari xususan anatomik, fiziologik morfologik ko'rsatkichlarini ustida ko'plab ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etadi. Turli oziqlanishga moslashgan mikrofag baliq hisoblangan oq do'ngpeshona (Hypophthalmichys molitrix) baliqlarining yetishtirish hajmini oshirish, baliq sanoati tarmog'ida qimmatli obyekt sifatida to'laqonli foydalanish uchun uning oziqlanishi, ozuqasi hamda anatomic fiziologik hazm tizimining tuzilishini qiyosiy tahlil qilish, hazm a'zolari va oziqa hazm bo'lishni filogenetik va moslashish xususiyatlarini o'rganish muhimdir.
Tadqiqot materiali va uslublari. Tadqiqot ob'ekti uchun O'zbekistonning suv havzalari baliqlarining asosiy qismini tashkil etuvchi va oziqaga keng ixtisoslashgan oq do'ngpeshona (Hypophthalmichys molitrix) olindi. Karplar oilasi baliqlar hazm tizimining morfologik, ekologik xususiyatlarini va uning funktsional o'ziga xosligini o'rganishga doir tadqiqot manbalarining tizimli ravishda 2018-2020 yillarda olib borildi. Tadqiqot davomida 13 ta oq do'ngpeshona hazm a'zolaridan foydalanildi.
Hazm a'zolarining mikroskopik tuzilishi ulardan gistologik preparatlar tayyorlab o'rganish orqali amalga oshdi. Eksperimental baliqlar uchun katta yoshdagilari tanlandi. Oq do'ngpeshonaning hazm a'zolaridan, ya'ni ichaklardan gistopreparatlar tayyorlandi. Gistopreparatlar tayyorlashda hazm a'zosining hazm qilish jarayonida faol ishtirok etadigan qismlaridan ichakning boshlang'ich, o'rta va tugallangan qismlardan gistopreparatlar tayyorlandi (2,3-rasmlar). Gistologik preparat tayyorlash gistologiyada umumiy qabul qilingan gistotexnika uslubida olib borildi [4].
Eksperiment uchun baliqlarning yoshiga, sog'lomligi va boshqa xususiyatlari hisobga olinadi. Hazm a'zolari devorining gistologik tuzilishi rasmlari ZEISS (Germaniya) mikroskopda tayyorlandi (4-rasm).
Hazm a'zolarining morfometrik belgilarini va og'irliklarini o'lchashda umumiy qabul qilingan talablar bo'yicha olib borildi. Hazm a'zolarining uzunligi (bo'yi) va eni o'lchandi, ba'zi a'zolarning boshlang'ich qismini kengligi, ichaklarning umumiy uzunligi o'lchandi.
1-rasm.Eksperement uchun olingan oq do'ngpeshona balig'i
2-rasm. Ichaklardan preparat tayyorlash uchun 3-rasm. Formalin bilan ishlov berilgan baliq ulardan olinayotgan kesmalar ichagi
1-jadval. Oq do'ngpeshonaning tana va ichaklarini nisbiy uzunligi
№ Baliq tanasining Baliq tanasining dum Balik ichagining Ichak
umumiy uzunligi qismigacha uzunligi uzunligi diametri
1 52 47,0 192 1,0
2 54 49,0 194 1,0
3 53 47,5 192 1,0
4 51 46,0 190 0,8
5 52 47,5 191 0,9
O'rtacha 52 47 192 1,0
4-rasm. ZEISS mikroskopi (Germaniya). Oq do'ngpeshona baliq o'rta ichagining boshlang'ich qismining gistologik tuzilishi (Ok15. 0b.10).
Natijalar va ularning tahlili. Oq do'ngpeshona baliqlarini ichagini o'rganish uchun voyaga etgan 4 yoshli baliqlarni tajriba uchun olingan bo'lib ularning ichaklari oq amurga nisbatan uzun bo'lishi aniqlandi. Oq do'ngpeshonaning tana uzunligi o'lchanganda dumi bilan o'rtacha 52 sm, dum suzgich qanotisiz o'rtacha 47 sm ni, ichakning uzunligi esa umumiy o'rtacha 192 sm ni tashkil etdi. Ularda ichakning boshlang'ich qismi birmuncha kengaygan ichaklarning qolgan qismlarda ichak diametrini kattaliklari o'zgarmaydi. Tadqiqot uchun olingan baliq ichagining boshlang'ich qismi o'lchanganda o'rtacha1,0 sm ni tashkil etdi, qolgan qismlarida ichak diametri 1 sm ga etmaganligi aniqlandi (2-javal).
Baliqlarning ichaklarini uzunligi bilan birgalikda, ularning ozuqa tarkibi ham aniqlandi. Olingan natijalarni adabiyotlar bilan taxlil qiladigan bo'lsak E.V. Borutskiyning ma'lumotlariga ko'ra bahor mavsumida suvdagi detritlarni ko'pligi sababli oq do'ngpeshonaning ozuqa ratsionini asosini detrit (90-95%) tashkil etadi. Bizning kuzatuvlarimizga ko'ra do'ngpeshonalarning oziqasi tarkibida ko'proq mayda suv o'tlari borligi kuzatildi, ularning ichaklarini to'ldirib turuvchi xumusda bir necha miqdorda noorganik moddalar aniqlandi.
Xulosa. Olib borilgan tadqiqot natijalariga asoslanib aytish mumkinki, bu holat baliq ho'jaliklarida xovuz baliqlarni oziqlantirishga alohida etibor berilishi, qo'shimcha oziqlantirish va boshqa intensiv uslublarni qo'llanishi lozim ekanligidan dalolat beradi.
Baliq xo'jaliklarida do'ngpeshonalar proteinlarga boy bo'lgan va maydalangan ozuqalarni yaxshi hazm qiladi.. Shu sababli polikultura sharoitlarida ularga hayvon bilan oziqlanuvchi ob'ektlar uchun mo'ljallangan ozuqalardan foydalanishni yo'lga qo'yish maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Biologik xilma-xillikni saqlash: milliy strategiya va harakatlar rejasi, 1998.
2. Komilov B.G., Qurbonov R.B., Salixov T.V. O'zbekistonda karp baliqlarini ko'paytirish. Toshkent, 2003. S. 88.
3. Mirabdullayev M.I.,.Mirzayev U.T.,.Kuzmetov,A.R.,.Kimsanov. Z.O. O'zbekiston va qo'shni hududlar baliqlari aniqlagichi I.M. Toshkent 2011 103b.
4. Васнецов В.В. Эволюция глоточных зубов карповых рыб.-Памяти акад. А.Н.Северцева, Т. I, М. - Л., 1939. С. 32-69.
5. www.wikipedia.org.