Научная статья на тему 'HOVUZ BALIQCHILIGI SHAROITIDA KARP BALIQLARI LICHINKALARI VA CHAVOQLARINI PARVARISHLASHDA SOYA SUTIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIK KO‘RSATKICHLARI'

HOVUZ BALIQCHILIGI SHAROITIDA KARP BALIQLARI LICHINKALARI VA CHAVOQLARINI PARVARISHLASHDA SOYA SUTIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIK KO‘RSATKICHLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
oq do‘ngpeshona / chipor do‘ngpeshona / soya suti / biomassa / lichinka

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Toshova Nozima Rajabboyevna, Maxmurov Ixtiyor Baxtiyor O‘G‘Li, Tojimamatov Jamshidbek Umidjon O‘G‘Li

Maqolada Ozuqaning yangi turi bo’lgan soya suti yordamida hovuz baliqchiligi sharoitda parvarishlanayotgan karp, oq do‘ngpeshona, chipor do‘ngpeshona, oq amur balig‘i lichinkalari va chavoqlarini parvarishlashdagi iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Ko‘p yillik baliq mahsuldorligi ko‘rsatkichi gektariga 20-23 sentner bo‘lib turgan bir paytda, gektariga – 27.4-48.9 sentnerga oshgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HOVUZ BALIQCHILIGI SHAROITIDA KARP BALIQLARI LICHINKALARI VA CHAVOQLARINI PARVARISHLASHDA SOYA SUTIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIK KO‘RSATKICHLARI»

UO'K 639.3

HOVUZ BALIQCHILIGI SHAROITIDA KARP BALIQLARI LICHINKALARI VA CHAVOQLARINI PARVARISHLASHDA SOYA SUTIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIK

KO'RSATKICHLARI

1Toshova Nozima Rajabboyevna, 2Maxmurov Ixtiyor Baxtiyor o'g'li, 3Tojimamatov Jamshidbek Umidjon o'g'li

1Toshkent davlat agrar universiteti katta o'qituvchisi, b.f.f.d., (PhD) 2,3Toshkent davlat agrar universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11437817

Annotatsiya. Maqolada Ozuqaning yangi turi bo'lgan soya suti yordamida hovuz baliqchiligi sharoitda parvarishlanayotgan karp, oq do'ngpeshona, chipor do'ngpeshona, oq amur balig'i lichinkalari va chavoqlarini parvarishlashdagi iqtisodiy samaradorligi bo'yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Ko'p yillik baliq mahsuldorligi ko'rsatkichi gektariga 20-23 sentner bo'lib turgan bir paytda, gektariga - 27.4-48.9 sentnerga oshgan.

Kalit so'zlar: oq do'ngpeshona, chipor do 'ngpeshona, soya suti, biomassa, lichinka.

Аннотация. В статье представлены результаты исследований экономической эффективности выращивания карпа, белого толстолобика, пестрого толстолобика личинок и сеголетков белого амура в прудовом лове с использованием нового вида корма -соевого молока. В то время как годовая продуктивность рыбы составляла 20-23 ц/га, она выросла до 27,4-48,9 ц/га.

Ключевые слова: белый толстолобик ,пестрый толстолобик соевое молоко, биомасса, личинка.

Abstract. The article presents the results of research on the economic effectiveness of using soy milk for feeding carp, bighead carp, larvae and sparks of silver carp in the conditions ofpool fishing. While the long-term fish productivity index was 20-23 centners per hectare, it increased to 27.4-48.9 centners per hectare.

Key words: bighead carp, silver carp, soy milk, bio-mass, larva.

Kirish. Jahonda akvakultura insoniyat oziqlanishida hayvonlardan olinadigan oqsil miqdorining eng yirik ta'minotchisiga aylandi. Baliq yetishtirishda esa oq amur (Ctenopharyngodon idella), oq do'ngpeshona (Hypophthalmichthys molitrix), karp (Cyprinus carpio L), chipor do'ngpeshona (Hypophthalmichthys nobilis)kabi baliq turlari yetishtiriladigan hovuz baliqchiligi texnologiyasi yetakchi hisoblanadi [3].

Baliqchilik sikllari ichida chavoqlarini yetishtirish shuningdek, hayot siklining boshlang'ich davridagi yashovchanlik darajasining muhimligini hisobga olgan holda baliqchilik ilmiy tadqiqotlari ularni ishlab chiqarish texnologiyasini yanada rivojlantirish uchun asosiy masalalarni imkon qadar optimallashtirish eng avvalo, muayyan geografik sharoitda baliq chavoqlarini yetishtirish va chavoqlarni oziqlantirishga yo'naltirilgan ilmiy tadqiqotlar ko'lamini kengaytirish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

MDH mamlakatlaridagi mo'tadil iqlim sharoitli havzalarda ko'rsatilgan turlar hovuz baliqchiligi ob'ekti sanaladi. Ammo, iqlim zonalari bo'yicha baliqchilik sikllari muddatlarida ma'lum darajadagi obektiv farq mavjud shunday bo'lsa-da, ko'rsatilgan turlar ayniqsa, janubiy hududlarda eng ommaviy turlar hisoblanadi. Mazkur turlarga bo'lgan qiziqish nafaqat turli

mamlakatlar aholisining ulardan oziq ovqat sifatida foydalanishi bilan belgilanib qolmasdan turli tipdagi suv havzalar suv sifatini saqlashda biomeliorator sifatida foydalanishdagi istiqbollari bilan ham belgilanadi (oq amurdan - suv havzalarini shu jumladan, irrigatsion va drenaj tizimlarni o'tlar bosib ketishiga qarshi kurashda foydalanilsa, oq do'ngpeshona - suv o'tlari jumladan, ko'k-yashil suv o'tlari iste'molchisi bo'lib suv havzalarining evtrofikatsiya jarayonida ishtirok etadi).

O'zbekistonda hovuz baliqchiligi mahsuldorligi oxirgi yillarda yiliga 100 ming tonnani tashkil qilmoqda va bir yozlik chavoqlar qishlovini o'z ichiga oladigan ikki yillik siklda amalga oshiriladi. Hovuzlarning baliq mahsuldorligi gektariga 15 sentnerni tashkil qilib suvni o'g'itlash hisobiga olinadi, baliq mahsuldorligini yanada oshirish uchun qo'shimcha oziqlantiriladi va mahsuldorlik gektariga 25-30 sentnerga yetkazish imkoniyati yaratiladi. Chavoq yetishtirish tannarxida asosiy harajat 65-70% o'g'itlash va oziqlantirishga sarflanadi. An'anaviy o'g'itlarni (mineral va organik) mahalliy bozorlardan oson topiladigan va arzon xom-ashyolarga almashtirish baliqchilik tadqiqotlarining asosiy yo'nalishi hisoblanadi. Bu borada hovuz baliqchiligida chavoqlarni yetishtirishda soya sutidan kompleks foydalanayotgan Xitoy tajribasi muhim ahamiyatga ega(4).

Material va metodika. 2019 yili № 1 (1 ga), 2 (3 ga), 3 (1.1 ga), 4 (3 ga) o'stirish hovuzlarida iyun oyida monokultura sharoitida oq va chipor do'ngpeshona, karp va oq amur erkin embrionlarini chavoqlik davrigacha parvarishladik hamda iyul oyining boshidan har xil turlarni turli nisbatlarda aralashtirib polikulturani hosil qildik va oktabr oyining oxirigacha parvarishladik.

Tadqiqotlarda soya sutida ikki xil maqsadda kompleks holda: hovuz suvi yuzasiga soya sutini sepish boshoqli ekinlar kepagini soya sutiga to'yintirib granulalangan holda foydalanildi.

Monokulturada parvarishlanayotgan har ikki tajriba hovuzidagi baliq chavoqlarini 11-13 iyulda (erkin embrion holatida o'tkazilganidan bir oy o'tib) to'liq tutib olindi.

№ 1 hovuzdan 11-12 iyulda umumiy biomassasi - 3430 kg bo'lgan karp chavoqlari ovlandi, ularning individual og'irligi 7 g, hisob-kitoblarga ko'ra - 490 ming dona, ya'ni chavoqlar chiqishi - 49 % ni tashkil qildi;

№ 3 hovuzdan xuddi shu kunlar umumiy biomassasi - 1935 kg oq amur chavoqlari tutildi, chavoqlar o'rtacha og'irligi - 9 g, 215 ming dona chavoq tutilgan ya'ni chavoq chiqishi - 43 % ni tashkil etdi;

№ 2 hovuzdan 11-12 iyunda 4104 kg oq do'ngpeshona baliq chavoqlari ovlandi, chavoqlar individual og'irligi - 4.56 g ni tashkil qildi va hisob - kitob natijalariga ko'ra 900 ming dona chavoq ovlangani ya'ni chavoqlar chiqishi - 45 % ni tashkil qildi.

№ 4 hovuzdan shu kunlari 1070 kg chipor do'ngpeshona chavoqlari ovlandi, chavoqlar individual og'irligi o'rtacha - 5.1 g ni tashkil etdi, hisob-kitoblar natijasi - 210 ming dona chavoq tutilganini, ya'ni chavoqlar chiqishi 42 % ni tashkil qildi.

Buning uchun barcha hovuzlardagi baliq chavoqlari tutib olindi va baliq turlari aralashtirilib yana o'sha hovuzga o'tkazdik. Hovuzlar tabiiy ozuqa bazasi organizmlari rivojlanishini yanada tezlashtirish uchun hovuzlar butun yuzasi bo'ylab go'ng tashladik shuningdek, ammiak selitrasi va ammofosni suvninig tiniqlik darajasini tabiiy ozuqa bazasi organizmlari rivojlanish ko'rsatkichi deb qabul qilgan holda kiritdik.

Faoliyat yuritayotgan baliq pitomniklari o'stirish hovuzlarida baliqlar chavog'ining chiqishi asosiy ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Tajribalarimizdagi hovuzlardan baliqlar to'liq tutib olinganda o'tkazilgan baliq chavoqlaridan bir yozlik chavoqlarninig chiqishi bo'yicha quyidagi natijalar aniqlandi: nisbiy ko'rsatkichlar bo'yicha oq do'ngpeshona baliqlar chavog'idan

bir yozlik chavoqlar chiqishi - 87 - 88 %, karp balig'ida - 78 - 81 %, oq amurda - 76 - 80 %, chipor do'ngpeshonada -75 - 77 % ni tashkil etdi

1 - jadval. O'stirish tajriba hovuzlariga lichinkalarni o'tkazish va ulardan bir yozlik

chavoqlar chiqishi

Ko'rsatkich Tur Hovuz №

1 2 3 4

Chavoqlarni suv havzasiga o'tkazish, gektariga ming dona OD 5.9 28.1 5.2 20.2

ChD 2.1 8.0 4.3 6.4

OA 2.5 4.8 3.7 2.1

K 18.4 2.7 45.0 2.3

Jami 28.9 43.7 58.1 30.9

Chavoqlarning chiqishi gektariga ming dona OD 5.2 24.7 4.5 17.8

ChD 1.6 6.1 3.3 4.8

OA 2.0 3.8 2.9 1.6

K 14.9 2.2 36.5 1.8

Jami 23.7 36.8 47.2 26.1

Chavoqlar chiqishi, %% OD 88 88 87 88

ChD 76 76 77 75

OA 80 79 78 76

K 81 81 81 78

Jami 82 84 81 84

Izoh: OD - oq do'ngpeshona, ChD - chipor do'ngpeshona, OA - oq amur, K - karp

Soya suti berishda davom etildi. Ammo, bir qism soya sutini (15 %) biroz o'zgartirilgan ko'rinishda berdik. Har kuni bug'doy kepagini soya sutiga to'yintirgan holda hovuzlarga berdik shu bilan birga kunlik ratsionning 15 % kepagini granulalar ko'rinishida baliqlar o'lchamiga mos ravishda har xil kattalikdagi granulalarda berdik [1,2].

Yetishtirilayotgan barcha obektlar bir yozlik chavoqlarining o'rtacha og'irligi oktabr oyiga kelib - 100 - 200 g ni tashkil qilishi (me'yoriy ko'rsatkich 25 g) aniqlangan.

Muhokama. O'stirish hovuzlarining umumiy baliq mahsuldorligi, gektariga 27.4 - 48.9 sentnerni tashkil qildi. Bu respublikamizdagi boshqa pitomniklari natijalaridan (20 s/ga) sezilarli darajada ko'p va me'yoriy ko'rsatkichlarni ortda qoldiradi [2]. № 2 hovuzdagi oq do'ngpeshona baliq mahsuldorligi - 25.6 s/ga (jami - 48.1 s/ga) ni, № 3 hovuzdagi karp balig'i baliq mahsuldorligi - 28.3 s/ga (jami - 48.9) ga yetdi. Mazkur natijalar shundan dalolat beradiki, soya sutidan foydalangan holda bir yozlik chavoqlarni yetishtirish texnologiyasi juda qulay, u baliqchiga mavjud buyurtma asosida baliqlar turi bo'yicha o'stirish tig'izligini kuchli o'zgartirish imkoniyatini bera oladi. Zarur bo'lganda juda katta miqdorda oq do'ngpeshona baliq chavoqlarini, zarur bo'lganda shunday miqdordagi karp balig'i chavoqlarini yetishtirish mumkin.

2 - jadval. Tajribalardagi o'stirish hovuzlarining baliq turlari bo'yicha va umumiy

baliq niahsuldorligi (s/ga)

Turlar Hovuzlar №

1 2 3 4

OD 7.5 25.6 6.6 17.7

ChD 4.0 9.2 8.2 7.3

OA 3.9 8.8 5.9 3.9

K 11.9 4.5 28.3 3.7

Jami 27.4 48.1 48.9 32.7

Izoh:OD - oq do'ngpeshona, ChD- chipor do'ngpeshona, OA - oq amur, K - karp

Hovuz baliqchiligida karpsimon baliqlar chavoqlarini yetishtirish uchun yangi turdagi organik o'g'itlardan foydalanishni respublika sharoitiga moslashtirish, ya'ni soya suti Xitoyda shuningdek, tropik mamlakatlarda, foydalanilganligi sababli mo'tadil iqlimli xususan iqlimining mavsumiylik namoyon bo'ladigan O'zbekiston uchun mos keladigan yondashuvlarini ishlab chiqish (bunday texnologiyalar hali qo'llanilmagan);

qisman sho'rlangan suvda lichinkalarni yetishtirish texnologiyasi (ilgari bunday jarayonlar faqat chuchuk suvlarda amalga oshirilgan).

Karpsimon bliqlarning (karp, oq amur) tovar baliqlarini yetishtirish jarayonining samaradorligi ota-ona baliqlar to'dasini saqlash, ulardan sun'iy usullarda nasl olish, lichinkalarni (0.13 mg) chavoqlik davriqacha (1 g) o'stirish kabi to'liq siklni o'z ichiga oladi. Baliqlardan sun'iy usulda nasl olish, ikrasini inkubatsiya qilish ulardan lichnkalar chiqarish, lichinkalarni bir-yozlik chavoqlar (20 -25 g) davrigacha parvarishlash, bir yozlik chavoqlarni tovar baliqlar holatigacha (500-1000 g) yetkazish bizning sharoitda 2 yil davom etadi. Respublikamizda bozor munosabatlarining rivojlanishi va baliqchilik tarmog'ining xususiylashtirilishi natijasida baliqchilik xo'jaliklari o'z mahsulotlarini (baliq ikrasi, lichinka, chavoq, tovar baliq) sotishda samaradorlikka erishadilar. Har bir mahsulot ishlab chiqarish hozirgi vaqtda o'ziga xos iqtisodiy xususiyat va ko'rsatkichlarga ega.

Hovuz baliqchiligi havzalarida karp balig'i chavoqlarini etishtirishda quyidagilarni ta'kidlaymiz. Ko'p jihatdan iqtisodiy ko'rsatkichlar suv omborining tabiiy ozuqa bazasini tartibga solish, shakllantirish muammosini hal qilish bilan bog'liq va barcha karpsimon baliqlar lichinkalik davrida plankton organizmlari bilan oziqlannishi kabi biologik xususiyatlarga asoslanadi. Buning uchun aylanma mablag' sifatida mineral, organik o'g'itlar tabiiy ozuqa ba'zasi organizmlarini ko'paytirishga xizmat qilishi sababli olingan lichinkalardan ham foydalaniladi. Tovar baliq yetishtirishning barcha bosqichlarida va baliq zahiralarini sanoat usulida ko'paytirishning biotexnik bo'g'inlarida baliqlarni oziqlantirish muammosini hal qilishda baliqlar ontogenezining dastlabki bosqichlarida (embrion va embrionning tugashi bosqichlari, lichinka davrlarining boshlanishi) lichinkalarni oziqlantirishga alohida e'tibor qilish talab etiladi.

Akvakulturada baliqlarni oziqlantirishga ketadigan harajat baliq yetishtirish tan narxining 50-70% ni tashkil etishini hisobga olib, jahon amaliyotida ko'plab yondashuvlar ishlab chiqilgan, ya'ni, har xil turdagi o'g'itlaridan foydalanilgan (organik va meniral). Xitoyda soya suti samarali organik o'g'it sifatida ishlatilingan.

Tadqiqotlarimizda soya sutidan tashqari, go'ng, ohaklardan ham foydalanildi (ohak tuproqdagi organik moddalarni parchalaydi va hovuz tuprog'ining unumdorligini oshiradi hamda plankton organizmlar paydo bo'lishiga yordam beradi). Shunday qilib, o'g'itlar kompleksi (shu

jumladan soya suti) karpsimon baliqlarining lichinkalari bilan oziqlanadigan hovuz fitoplankton va hovuz zooplankton organizmlari kabi o'ziga xos tabiiy ozuqalarni shakllantirish uchun asos bo'lishi kerak, bu barcha xarajatlar fitoplankton, zooplankton rivojlanishida soya sutidan foydalanish ko'rsatkichlari bilan baliq inkubatorlarida baliq chavoqlarini yetishtirish iqtisodiy ko'rsatkichlarida hisobga olinishi kerak, chunki baliq yetishtirishni tabiiy ozuqa bazasi organizmlarisiz ta'minlab bo'lmaydi. Bunday xarajatlar nafaqat soyaning narxini, balki ulardan soya sutini olish, uni hovuzga kunlik tashish va qo'llash xarajatlarini ham o'z ichiga olishi kerak. Biroq, bizning kuzatishlarimiz shuni ko'rsatdiki, karpsimonlarning lichinkalari suv havzasiga kiritilgan soya suti tarkibidagi organik moddalar bilan ham oziqlandilar. Shunday qilib, soya suti ham o'g'it sifatida, ham lichinkalar uchun oziq-ovqat sifatida ishlatildi.

Respublikamizda shu paytgacha karpsimon baliqlarning chavoqlarini yetishtirishda soya sutidan foydalanib hovuzlarning tabiiy ozuqa bazasini shakllantirish va undan foydalanish bo'yicha tadqiqotlar olib borilgani yo'q. Bir tomondan, bunday ishlarni tovar baliq yetishtirishning umumiy tarkibiga kiritish zarur. Shuningdek, baliq chavog'ini yetishtirishda eng muhimi, suv zahiralaridan (drenaj suvi) foydalanishda respublikamiz iqtisodiyotida hali qo'llanilmagan drenaj tizimi suvlaridan foydalanadigan korxonalar geografiyasini kengaytirib nafaqat Toshkent viloyati va Farg'ona vodiysi viloyatlarida, balki respublikamizning boshqa viloyatlarida yaratish muhim hisoblanadi.

3-jadval. Soya sutidan foydalangan holda karpsimon baliqlar chavoqlarini yetishtirishning

iqtisodiy samaradorligi

Soya sutidan foydalanib lichinka yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi

Ishlab chiqarish 1 ga Tan narxi Xarajatlar Daromad Foyda Sof foyda

Karp lichinkalari 1 mln dona 10so'm 10 mln so'm 171,7 mln 119,8 mln 113.8 mln

Soya 150 kg 7000 so'm 10,5 mln so'm

Ohak 300 kg 2000 so'm 900 ming so'm

Go'ng 500 kg 1000 so'm 0,5 mln so'm

Ishchi xodim 2 1 oyga 5 mln so'm 10 mln so'm

Boshqa xarajatlar 20 mln so'm

Jami 51,9 mln so'm

49 % chiqqan 490 ming dona o'rtacha 7 gr 3434 kg chavoq olingan 1 kg -50 ming so'm umumiy daromad 171,7 mln so'm

Iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlarini tahlil qilish uchun biz Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan barcha baliqchilar foydalanilayotgan asbob-uskunalar va materiallarning shartli birlikdagi ulgurji narxlaridan, shuningdek, karpsimon baliqlarning chavoqlari ulgurji narxidan foydalandik.

Ish haqi fondini shakllantirish uchun biz quyidagilarni asos qilib oldik: baliq yetishtiruvchidan tashqari shartli hovuzga (maydoni 1 ga) 1 ta baliqchi xizmat qiladi, ikkinchi

baliqchi (ishchi) esa har kuni soya sutini tayyorlaydi. Lichinkalardan chavoq chiqish muddati 1 oy. Biz Toshkent viloyatining yetakchi baliq yetishtirish korxonalariga mos keladigan maosh oldik (ular respublika bo'yicha o'rtacha maoshdan yuqori).

Soliqqa tortish ko'rsatkichi sifatida respublikada baliqchilik xo'jaliklari uchun amaldagi me'yorlar qabul qilindi.

Iqtisodiy samaradorlik to'g'risidagi barcha ma'lumotlar 1 ga maydonga ega shartli hovuz uchun berilgan, tadqiqotimiz natijalari bo'yicha o'rtacha ma'lumotlardan foydalaniladi (3 -jadval).

Xulosa. Demak, tahlil maqsadida 1 mln dona chavoqning o'rtacha sotish bahosi 50000 so'm. Erishilgan samara: a) chavoq sonining saqlanib qolishi hisobiga qo'shimcha 171,7 so'm (3434*50000) daromad olish mumkin.

49 % chiqqan 490 ming dona o'rtacha 7 gr 3434 kg chavoq olingan 1 kg -50 ming so'm umumiy daromad 171,7 mln so'mni tashkil qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Камилов Б.Г., Курбанов Р.Б., Салихов Т.В. Рыбоводство - разведение карповых рыб в Узбекистане, Ташкент, ЧинорЕНК, 2003, 88 с.

2. Сборник нормативно-технологической документации по товарному рыбоводству. Том 2. Москва, Агропромиздат, 1986. - 317 с.

3. ФАО. 2018. Состояние мирового рыболовства и аквакультуры 2018. - Достижение целей устойчивого развития. Рим. ФАО. Лицензия: ССБЙ-НС-СА 3.0 ИГО.- 209 с.

4. Aquaculture in China : success stories and modern trends / edited by J. Gui, Q. Tang, Zh. Li, J. Liu, S. De Silva. NJ, John Wiley & Sons, 2018. - 677 p.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.