Научная статья на тему 'O'ZBEKISTONNING VODIY HUDUDIIDA RANGDOR FORELNI BASSEYINLARDA O'STIRISH'

O'ZBEKISTONNING VODIY HUDUDIIDA RANGDOR FORELNI BASSEYINLARDA O'STIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Akvakultura / baliqlarni oziqlantirish / rangdor forel / Oncorhynchus mykiss / basseyinlar / Oʻzbekiston vodiy hududi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muhamadjonova M. Q., Mamatqulov A.R., Mullabayev N.R

O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyatidagi frangdor forel xo‘jaligiga yilning turli fasllarida Fransiyadan keltirilgan rangdor forelning otalangan ikralarning ko’zcha davridagi ikralar parvarishidan to tovar vaznigacha bo’lgan davrgacha bo’lgan davrda rangdor alabalig‘ini yetishtirish samaradorligi bo‘yicha birlamchi materiallar tahlil etildi. Kuzda rangdor forelni otalangan ikralarini keltirish va Namangan viloyati sharoitida inubatsiya davrini o’tashi undan chiqqan lichinkalarni qishlashi va undan keyngi yetishtirish davrlari uchun ko‘proq moslashgan baliqlarni olish imkonini berishi ko‘rsatildi. Yuqoridagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, Namangan viloyati sharoitida yetarli miqdorda tovar mahsulotini olish uchun barcha omillarni hisobga olish va ikra yetkazib berishni optimal vaqtda rejalashtirish zarur.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTONNING VODIY HUDUDIIDA RANGDOR FORELNI BASSEYINLARDA O'STIRISH»

O'ZBEKISTONNING VODIY HUDUDIIDA RANGDOR FORELNI BASSEYINLARDA

O'STIRISH

1Muhamadjonova M. Q., 2Mamatqulov A.R., 3Mullabayev N.R

Toshkent davlat agrar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11183834

Annotatsiya. O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyatidagi frangdorforel xo 'jaligiga yilning turli fasllarida Fransiyadan keltirilgan rangdor forelning otalangan ikralarning ko'zcha davridagi ikralar parvarishidan to tovar vaznigacha bo'lgan davrgacha bo'lgan davrda rangdor alabalig'iniyetishtirish samaradorligi bo'yicha birlamchi materiallar tahliletildi. Kuzda rangdor forelni otalangan ikralarini keltirish va Namangan viloyati sharoitida inubatsiya davrini o'tashi undan chiqqan lichinkalarni qishlashi va undan keyngi yetishtirish davrlari uchun ko'proq moslashgan baliqlarni olish imkonini berishi ko'rsatildi. Yuqoridagi ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, Namangan viloyati sharoitida yetarli miqdorda tovar mahsulotini olish uchun barcha omillarni hisobga olish va ikra yetkazib berishni optimal vaqtda rejalashtirish zarur.

Kalit so'zlar: Akvakultura, baliqlarni oziqlantirish, rangdor forel, Oncorhynchus mykiss, basseyinlar, O'zbekiston vodiy hududi.

Kirish. O'zbekistonda aholi sonining ko'payishi turli baliq turlarini yetishtirish biotexnologiyasini rivojlantirishga qaratilgan ishlarning faollashemKmbipTm taqozo etadi. O'zbekistonda baliqchilikning rivojlanishi suv havzalarida, basseyinlarda, hovuzlarda, qafaslarda sanoat usulida baliq yetishtirish yo'nalishida rivojlanmoqda. Tovar baliq yetishtirish ob'ektlari, asosan, oq do'ngpeshona, karp, alabalik, afrika laqqasi baliqlardir. Respublikada sanoat baliq yetishtirish hajmi 2021 yilga kelib 20 ming tonnadan oshdi (barcha yetishtiriladigan baliqlarning qariyb 10 foizi). Daryo foreli bugungi kunda atrof-muhit sharoitlari, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari turlicha bo'lgan mamlakatlarda, turli maqsadlarda yetishtirilmoqda.

Ayrim mamlakatlarda daryo forelining tovar vazni 150-250 g , boshqa mamlakatlarda — 1 kg bo'lishi maqsadga muvofiq. Ko'pgina mintaqalarda daryo forelini baliq ovining sport yoki dam olish turlariga mo'ljallangan suv havzalarini baliqqa to'ldirish maqsadida yetishtiriladi. Bu ayrim fermalar uchun o'sish sur'atlarining yuqori bo'lishi, ayrimlar uchun esa yuqori serpushtligi muhim ahamiyat kasb etishini anglatadi. Albatta bu kabi ko'p maqsadli ob'ekt ustidan jahonning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar turli seleksiya ishlarini olib borganlar. [1].

Ishdan maqsad yilning turli fasllarida balq xo'jaligiga keltirilgan rangdor forelning otalangan ikralaridan tovar vaznidagi baliqlarini yetishtirish samaradorligini baholashdan iborat.

Tadqiqot materiallari va usullari

Ta'sischisi "DB GROUP ECO" MCHJ bo'lgan "FISH VILLE" forel baliq xo'jaligi Namangan viloyati, Uchqo'rg'on tumanida joylashgan bo'lib, undan Norin daryosi oqib o'tadi.

Har bir basseyin hajmi 400 kub metr, o'lchami 40X10, basseyin tubi qiya, bir tomoni chuqurligi 60 sm va oxirida 130 sm. Suvning shaffofligi basseyin tubigacha. "FISH VILLE" olabalik fermasining quvvati yiliga 1000 tonna baliq yetishtirishga mo'ljallangan. Forel baliqlarining biologik ko'rsatkichlarini tahlil qilish uchun material 2020-2021 yillarda to'plangan. Baliq o'sishini o'rganish oyiga ikki marta o'tkaziladigan nazorat ovi yordamida amalga oshiriladi. Nazorat ovi paytida qafasdagi baliqlarning kamida 10% tortildi. Har bir basseyin uchun nazorat ovi ma'lumotlari jurnalda qayd etilgan bo'lib, nazorat ovlari orasidagi davr uchun baliqning o'rtacha og'irligi, balki uning o'sishi, oziqlanish kunlari soni, har bir alohida va bassyindagi barcha

baliqlar uchun iste'mol qilingan ozuqa miqdori va o'lim ko'rsatkichlari qayd etilgan. Ma'lumotlarni qayta ishlash va statistik tahlil Excel dasturi yordamida amalga oshirildi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Tadqiqot olib borilgan baliqchilik xo'jaligida ikradan to tovar baliqlarigacha bo'lgan davrda baliq yetishtiriladi. Tadqiqot hamma basseyinlarni qamrab oldi va yilning turli fasllarida olib kelingan baliqlarning barcha guruhlari, lichinkalar, chavoqlar, bir yillik va ikki yillik forellar o'rganildi. Baliqlar Coppens (Gollandiya) tomonidan ishlab chiqarilgan baliq ozuqalari bilan parvarishlandi. Forel baliq xo'jaligiga 2020-yil bahorida 47550 dona urug'langan rangdor forel ikralari keltirilib, fermer xo'jaligi basseyinlarida qishlagan va 2021-yil may oyida keyingi bosqichda o'stirish uchun basseyinlarga o'tqazilgan bo'lib, ularning soni 40823 donani tashkil etdi. Barcha urug'lantirilgan ikralarlar Fransiyadan konteynerlarda yetkazib berildi. Jami 64 ta basseyin ochiq maydonda 400 m3 va yopiq joyda 30 ta basseyin 2 m3 va ulardagi 15 g gacha o'stiriladi.

Inkubatsiyadan keyin tashqi oziqlanishga o'tgan 0,2-5 grammdagi lichinkalarni hajmi 0,2 dan 1,5 mm gacha bo'lgan Compens yemi bilan oziqlanadi. 5-10 grammga yetgandan so'ng, strat premium ozuqaga o'tilgan. Shundan so'ng chavoqlar chavoq yetishtiriladigan tsexga o'tkazildi, u yerda ular Advence yemi bilan 5-15 grammgacha, 10-35 grammgacha pre grower ozuqasi bilanparvarishlanadi.

Baliq 5 grammga yetganda, ular baliq sonini aniqlash uchun sanaladi, ular 15 grammga yetganida saralanadi, shundan so'ng ular 150-200 ga yetguncha 3 mm gacha bo'lgan Supreme 22 yemi bilan parvarishlashda davom etadilar. Bu yerda ular 4,5 mm o'lchamdagi ozuqa bilan oziqlantirishni o'tkazib yuborishadi va darhol 6 mm o'lchamga o'tishadi. Ushbu davrda 35-90 g baliq juda intensiv o'sadi, 500 grammgacha 6 mm granula ishlatiladi. 500 g dan keyin baliq 8 mm o'lchamdagi Astax-22 yemi bilan oziqlanadi. Ikradan 2-2,5gramdan 5 gramgacha bo'lgan davr ichida suvning harorati 10-14 oC gacha o'zgarib turdi.

Agar suv oqimi talab qilinganidan kamroq bo'lsa, ikralarning rivojlanishi, chavoqlar va kattalar baliqlari xavf ostida qoladi. Basseyinlardagi to'g'ri hisoblangan oqim barcha baliqlarni yetarli miqdorda toza suv bilan ta'minlaydi, ammo shu bilan birga oqim tez bo'lishi kerak va basseyindan muallaq chiqindilarning ko'p qismini yuvish uchun 3 sm/s (1,8 m/min) dan ortiq bo'lishi kerak. Basseyinlarda baliq chavoqlaridagi baliqlarning kattaligi, soni va suzish havzalari mutanosib bo'lishi kerak. Suv oqimi juda tez bo'lsa, baliq oqimda qolish uchun qo'shimcha energiya ishlatadi. Shu sababli, juda kuchli oqim ham noqulaydir. Shuning uchun tegishli suv ta'minoti, yetarli kislorod bilan ta'minlash, axlat va yeyilmagan oziqa zarralari kabi chiqindilarni chiqib ketishi uchun maqbul suv oqimini saqlab turish juda muhimdir [2].[

Ma'lumki, bahorda suv haroratining asta-sekin oshishi bilan forellarning oziqlanish intensivligi keskin oshadi va natijada o'sish sur'ati ortadi. Yozning boshida Namangandagi suv harorati ko'pincha optimal qiymatlarga yetadi, bu esa o'sish sur'atlariga foydali ta'sir ko'rsatadi (1-rasm).

1-rasm. Basseyinlarda haroratning o'zgarishi

Shunday qilib, birinchi bosqichda lichinkalar o'sish ko'rsatkichlari 2 rasmda ko'rsatilganidek bir maromda davom etgan va bu davrda iul oylarida o'sish sur'ati bi oz balandroq bo'gan ya'ni iyun oyida lichinkalar vazni 16-100 gramgacha o'sgan.

Keyingi bosqichda 100 gramlik chavoqlar dekabrgacha 600 gram vaznga ega bo'lgan bir yillik baliqlar voyaga yetgan (3-rasm). 4-rasmda Tovar baliqlarni o'stirish bosqishi bo'lib, bu davrda baliqlar bir maromda o' sib 2022 yilning dekabrida keying 13 oy davomida bu baliqlar 2000 gramni tashkil etgan. Umuman olganda suvning tovar baliqlar uchun optimal haroratga yetmasligi o' sihs ko'rsatkichlarning potensialini belgilab bergan va bunga qoshimcha omillar ham mavjudligi ma'lum davrlarda o'sishni sekinlashtirgan. Bunday omillar qatoriga suvning loyqaligini ko'rsatish mumkin (5-rasm). Basseyn loyihalashdagi hatoliklar suv optimal almashinuviva imkon bermagan uning tubida loyqalar to'planishiga sabab bo'lgan. Oqibatda baliqlar bu davrlarda ozuqadan voz kechgan yoki juda sust oziqlangan bu asosan suv toshqinlari davriga to'g'ri keladi ya'ni yog'ingarchiliklar davriga to'g'ri kelgan (6 rasm). Bu raqamlar basseyinlardagi boshqa omillar qatorida harorat va kislorod sharoitlari har doim ham maqbul emasligiga qaramay, baliq forel yetishtirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga imkon qadar ko'proq harakat qilayotganini ko'rsatadi va vegetatsiya oxirida baliqlarning tirik vazni 1800-2000 g bo'lishi shundan dalolat beradi.

2-rasm. Lichinkalarni chavoq davrigacha o'sishi ko'rsatkichi

3-rasm. Chavoqlarni o'sish ko'rsatkichlari

6-rasm. Baliqlarning oziqlanmagan kunlari soni

4-rasm. Chavoqlarning o'sish ko'rsatkichlari

5-rasm. Forel tovar baliqlarinig o'sish kop'rsatkichlari

Xulosa. O'zbekiston (Namangan viloyati) sharoitida rangdor forellarini ozuqa bilan o'stirishda coppens ozuqalari ijobiy ko'rsatkichlarni ko'rsatsada, bu yerda baliqlarni parvarishda loyqalik, harorat, basseyinlarda suv almashinuvi, oziqlanmasligi kabi ba'zi shartlar buziladi. Shunga ko'ra, baliqning o'sishi biroz sekinlashadi. Suv sifatining o'zgarishining sababi bahorda kuchli yomg'ir yog'ishi bo'lib, u yerda suv juda loyqalanib ketadi va suvning tez almashinuviga

to'sqinlik qiladigan basseyinlarni loyihalashda ham kamchiliklar mavjud. Ammo bu yerda asosiy yo'qotishlar import qilingan ikralarning inkubatsiyasi paytida kuzatiladi, bu davrda embrionlar 60% gacha nobud bo'ladi. Buning sababi, shuningdek, suvning sifati va harorati, shuningdek, inkubatsiya texnologiyasini ko'rsatish mumkin.

REFERENCES

1. B.G Kamilov, I. I. Xalilov. O'zbekiston sharoitida daryo foreli yetishtirish: fermerlar uchun amaliy tavsiyalar. Toshkent: Baktria press, 2014. — 96 b.

2. Барулин, Н. В. Аквакультура ценных видов рыб и ресурсосберегающие тех нологии. В 3ч. Ч.1. Форелеводство: учебно-методическое пособие / Н. В. Барулин. -Горки : БГСХА, 2018. - 237 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.