Научная статья на тему 'KICHIK HAJMGA EGA BO‘LGAN SUYUQ MODDALARNING(NaCl va Oqsil) SUVSIZLANISH KINETIKASI'

KICHIK HAJMGA EGA BO‘LGAN SUYUQ MODDALARNING(NaCl va Oqsil) SUVSIZLANISH KINETIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
165
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Biologik suyuqlik / Natriy-xlorid / oqsil / tomchi / suvsizlanish / fatsiya / Biological fluid / Sodium chloride / protein / droplets / dehydration / facies

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qoraboyev, Muxammadjon Qoraboyevich, Onarqulov, Karimberdi Egamberdiyevich, Ergashev, Erkinjon Abdusattor O‘g‘li, Nazirjonov, Sevinchbek Baxodir O‘g‘li

Biologik suyuqlik tananing ichki muhitining dinamik barqarorligini aks ettiradigan kompleks vosita bo‘lib shu bilan birga, og‘iz suyuqligi turli omillar ta'sirida turli, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin va organizm reaktivligining ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ilm-fan sohasida erishilgan ko‘plab ma'lumotlar, insondagi biologik suyuqlik (so‘lak) asosiy tadqiqotlarda va tibbiy tashxislarda foydalanish uchun katta salohiyatga ega bo‘lgan noyob moddadir degan xulosaga kelishimizga asos bo‘lib xizmat qiladi. Biologik suyuqliklarning ichki tuzilishi va uning miqdorlariga bog‘liq holda bug‘lanish jarayonida bo‘ladigan fizikaviy o‘zgarishlar va qattiq fazasini baholash usullari laboratoriya diagnostikasida juda keng qo‘llanilishi, biologik suyuqlikni olish jarayonining soddaligi, shuningdek, yuqori sezuvchanlik va axborot olish imkoniyatining mavjudligi o‘rganila boshlangan yangi yo‘nalishlardan biri xisoblanadi. Odatda ushbu usuldan foydalanishda tekshirilayotgan biologik suyuqlikning tomchi ko‘rinishini oluvchi ma’lum miqdorini bug‘lanishi jarayonida bo‘ladigan fizik jarayonlar va bug‘langanidan so‘ng hosil bo‘ladigan qattiq ko‘rinishdagi cho‘kma (fatsiya)ni morfologiyasi o‘rganiladi. Biz jarayonni o‘rganish uchun hozirgi kunda davr talabiga javob bera oladigan zamonaviy mikroskopdan foydalandik, mikroskopning asosiy vazifasi faqatgina ob'ektni kengaytirilgan ko‘rinishda ko‘rsatish emas balki, rasm olish, rasmga olingan ob’ektni ekranga uzatish, ularni ko‘rsatkichlarini aniqlash, video tasvir hosil qilishdan iborat. Tajriba natijalarini olish jarayonida biz kichik o‘lchamdagi ya’ni mikrometr darajadagi qiymatlarni o‘lchash imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

KINETICS OF DEHYDRATION OF LITTLE LIQUIDS (NaCl and Protein)

Biological fluid is a complex tool that reflects the dynamic stability of the internal environment of the body, however, oral fluid can have different, physicochemical and biological properties under the influence of various factors and is one of the indicators of the body's reactivity . Numerous scientific findings have led us to conclude that human biological fluid (saliva) is a unique substance with great potential for use in basic research and medical diagnostics. Depending on the internal structure of biological fluids and their quantities, the physical changes in the evaporation process and the methods of solid phase assessment are widely used in laboratory diagnostics, the simplicity of the process of obtaining biological fluids, as well as high sensitivity and access to information is one of the new directions that has begun to be explored. Typically, when using this method, the morphology of the physical processes that take place during the evaporation of a certain amount of the biological fluid under study, which takes the form of droplets, and the solid sediment (facies) formed after evaporation. is studied. To study the process, we used a modern microscope that can meet the requirements of the time, the main function of the microscope is not only to show the object in an enlarged view, but also to take pictures, transfer the captured object to the screen, determine their pointers , creating a video image. In the process of obtaining the results of the experiment, we will be able to measure values on a small scale, ie at the micrometer level.

Текст научной работы на тему «KICHIK HAJMGA EGA BO‘LGAN SUYUQ MODDALARNING(NaCl va Oqsil) SUVSIZLANISH KINETIKASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KICHIK HAJMGA EGA BO'LGAN SUYUQ MODDALARNING(NaCl va

Oqsil) SUVSIZLANISH KINETIKASI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-4-2-933-941

Qoraboyev Muxammadjon Qoraboyevich

Fizika-matematika fanlari doktori, Professor, Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot

instituti, Farg'ona, O'zbekiston. Onarqulov Karimberdi Egamberdiyevich Fizika-matematika fanlari doktori, Professor, Farg'ona davlat universiteti, Ergashev Erkinjon Abdusattor o'g'li Farg'ona davlat universiteti, Farg'ona, O'zbekiston.

Biologik suyuqlik tananing ichki muhitining dinamik barqarorligini aks ettiradigan kompleks vosita bo'lib shu bilan birga, og'iz suyuqligi turli omillar ta'sirida turli, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin va organizm reaktivligining ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ilm-fan sohasida erishilgan ko'plab ma'lumotlar, insondagi biologik suyuqlik (so'lak) asosiy tadqiqotlarda va tibbiy tashxislarda foydalanish uchun katta salohiyatga ega bo'lgan noyob moddadir degan xulosaga kelishimizga asos bo'lib xizmat qiladi. Biologik suyuqliklarning ichki tuzilishi va uning miqdorlariga bog'liq holda bug'lanish jarayonida bo'ladigan fizikaviy o'zgarishlar va qattiq fazasini baholash usullari laboratoriya diagnostikasida juda keng qo'llanilishi, biologik suyuqlikni olish jarayonining soddaligi, shuningdek, yuqori sezuvchanlik va axborot olish imkoniyatining mavjudligi o'rganila boshlangan yangi yo'nalishlardan biri xisoblanadi. Odatda ushbu usuldan foydalanishda tekshirilayotgan biologik suyuqlikning tomchi ko'rinishini oluvchi ma'lum miqdorini bug'lanishi jarayonida bo'ladigan fizik jarayonlar va bug'langanidan so'ng hosil bo'ladigan qattiq ko'rinishdagi cho'kma (fatsiya)ni morfologiyasi o'rganiladi. Biz jarayonni o'rganish uchun hozirgi kunda davr talabiga javob bera oladigan zamonaviy mikroskopdan foydalandik, mikroskopning asosiy vazifasi faqatgina ob'ektni kengaytirilgan ko'rinishda ko'rsatish emas balki, rasm olish, rasmga olingan ob'ektni ekranga

Nazirjonov Sevinchbek Baxodir o'g'li

- Farg'ona davlat universiteti magistranti elektron pochta: [email protected]

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uzatish, ularni ko'rsatkichlarini aniqlash, video tasvir hosil qilishdan iborat. Tajriba natijalarini olish jarayonida biz kichik o'lchamdagi ya'ni mikrometr darajadagi qiymatlarni o'lchash imkoniyatiga ega bo'lamiz.

Kalit so'zlar: Biologik suyuqlik, Natriy-xlorid, oqsil, tomchi, suvsizlanish, fatsiya,

Biological fluid is a complex tool that reflects the dynamic stability of the internal environment of the body, however, oral fluid can have different, physicochemical and biological properties under the influence of various factors and is one of the indicators of the body's reactivity . Numerous scientific findings have led us to conclude that human biological fluid (saliva) is a unique substance with great potential for use in basic research and medical diagnostics. Depending on the internal structure of biological fluids and their quantities, the physical changes in the evaporation process and the methods of solid phase assessment are widely used in laboratory diagnostics, the simplicity of the process of obtaining biological fluids, as well as high sensitivity and access to information is one of the new directions that has begun to be explored. Typically, when using this method, the morphology of the physical processes that take place during the evaporation of a certain amount of the biological fluid under study, which takes the form of droplets, and the solid sediment (facies) formed after evaporation. is studied. To study the process, we used a modern microscope that can meet the requirements of the time, the main function of the microscope is not only to show the object in an enlarged view, but also to take pictures, transfer the captured object to the screen, determine their pointers , creating a video image. In the process of obtaining the results of the experiment, we will be able to measure values on a small scale, ie at the micrometer level.

Keywords: Biological fluid, Sodium chloride, protein, droplets, dehydration, facies,

Hozirgi kunda diagnostik maqsadlar uchun biologik suyuqlik (so'lak)ni tahlil qilish istiqbollarini o'rganishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Biologik suyuqliklarda (biologik suyuqlik) molekulyar tarkibda - fiziologik, ekstremal va patologik sharoitlarda turli komponentlarning o'zaro ta'sirining tabiatida, yuqori tezlikda o'zgarishlar mavjud [2]. Tirik organizmda sodir bo'ladigan har qanday fiziologik va patologik jarayonlar, asosan, oqsil va boshqa organik molekulalarning tuzilishidagi o'ziga xos o'zgarishlar, turli kasalliklarni dastlabki

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bosqichlarda tashxislash uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin. Biologik suyuqlik(so'lak) tananing ichki muhitining dinamik barqarorligini aks ettiradigan kompleks vosita bo'lib shu bilan birga, og'iz suyuqligi turli omillar ta'sirida turli, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin va organizm reaktivligining ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Biologik suyuqliklarning ichki tuzilishi va uning miqdorlariga bog'liq holda bug'lanish jarayonida bo'ladigan fizikaviy o'zgarishlar va qattiq fazasini baholash usullari laboratoriya diagnostikasida juda keng qo'llanilishi, biologik suyuqlikni olish jarayonining soddaligi, shuningdek, yuqori sezuvchanlik va axborot olish imkoniyatining mavjudligi o'rganila boshlangan dolzarb muammolardan biridir [4].

Tadqiqot maqsadi. Biologik suyuqlik (so'lak)ning kristallanish usuli (Qattiq fazaga o'tish jarayonida suyuqlik tizimining yo'q bo'lib ketishi) oxirgi paytlarda keng qo'llanila boshlangan usul hisoblanadi. Biologik suyuqlik(so'lak)ning kristallanishi bo'yicha tadqiqotning asosiy yo'nalishlari kristallanishning suyuqlik tarkibida mavjud bo'lgan ya'ni natriy xlor va oqsil moddalar va ularning miqdorlariga bog'liq holda o'zgarishini aniqlashdan va biologik suyuqliklarning suvsizlanish jarayonida sodir bo'ladigan, molekulalararo tarkiblanish jarayonini, axborot berish imkonini o'rganishdan iborat[1].

Ilm-fan sohasida erishilgan ko'plab yutuqlar va olingan ma'lumotlar, insondagi biologik suyuqlik (so'lak) asosiy tadqiqotlarda va tibbiy tashxislarda foydalanish uchun katta salohiyatga ega bo'lgan noyob moddadir degan xulosaga kelishimizga yordam beradi. Hozirgi vaqtda diagnostik maqsadlar uchun biologik suyuqlik (so'lak)ni tahlil qilish istiqbollarini o'rganishga katta e'tibor qaratilmoqda. Klinik tahlilda biologik suyuqlik (so'lak)dan foydalanishni kengaytirish, kasallikni tashxislashni tezlashishiga yordam beradi.

Odatda ushbu usuldan foydalanishda tekshirilayotgan biologik suyuqlikning tomchi ko'rinishini oluvchi ma'lum miqdorini bug'lanishi jarayonida bo'ladigan fizik jarayonlar va bug'langanidan so'ng hosil bo'ladigan qattiq ko'rinishdagi cho'kma (fatsiya)ni morfologiyasi o'rganiladi.

Biologik suyuqlik(so'lak) organizmdagi inson DNKlari va klinik tahlillarini o'rganish uchun manba bo'lishi mumkin deb xisoblanadi chunki so'lakdagi muayyan molekulalarning tarkibi (NaCl, Oqsil) ularning qondagi konsentratsiyasini aks ettiradi. Turli laboratoriya testlari uchun so'lakni qo'llash, ayniqsa, bolalar va qariyalarda sinab ko'rishda qonni ishlatishdan ancha soddaroq, xavfsizroq va arzonroq [6].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Tadqiqot usuli. Har kuni odamda 1-1,2 litrgacha biologik suyuqlik (so'lak) ajraladi. Biologik suyuqlik (so'lak) tarkibidagi anorganik moddalarda natriy, kaliy, kalsiy, va boshqa mikroelementlar uchraydi. Biologik suyuqlik (so'lak) tarkibidagi organik moddalar asosan oqsillardan va tuzlardan iborat. Biologik suyuqliklarning bug'lanishi va qattiq fazasining tuzilishini o'rganish uchun quyidagi uslub ishlab chiqildi. Hajmi 1 mm3-10 mm3 oralig'ida bo'lgan biologik suyuqlik gorizontal ravishda gorizontal holda joylashgan yassi oynaga tomiziladi. Bir tomchisining diametri 2-5 mm oralig'ida, temperetaurasi esa 23.8 °C haroratda va nisbiy namlikni o'zgartirmagan holda kuzatiladi. Biologik suyuqlikning bug'lanish jarayonida hosil bo'ladigon fizikaviy o'zgarishlar kuzatiladi va shular asosida natijalar olinadi (1-rasm - gorizontal holatdan qaralganda ko'rinishi bunda balandlik, asos radiusi, burchak, va umumiy radiuslarning qiymati belgilangan) [3].

Biologik suyuqlikning shisha oynaga tomchi ko'rinishida joylashtirib (1-rasm) dastlabki ko'rinishdan boshlab belgilangan ma'lum vaqt oralig'idagi bug'lanish jarayoni hozirgi paytlarda o'rganilib kelinmoqda. Suyuqlikning bir tomchisi toza shisha oyna sirtiga joylashtirilsa, bug'lanish jarayonida uning balandligi pasayib boradi, asosining diametri quritish paytida o'zgarmaydi (moddalar turiga bo'gliq holda) bug'lanish jarayonida uning sirtidan suyuqlik chiqib ketishi natijasida qolayotgan suyuqlikning ko'rinishi 2(a)-rasmdagi shaklida emas, balki 2(b)-rasmdagi ko'rinish holatini oladi[2,5]..

Bugungi kunda, mikroskop bo'lmasa, har qanday tibbiyot laboratoriyasining to'liq ishlashini tasavvur qilish qiyin. Ushbu qurilmadan foydalangan holda olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra, shifokor bemorga aniq tashxis qo'yishi, davolanish jarayonini kuzatishi va agar kerak bo'lsa, davolashning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida qo'shimcha tekshiruvlar o'tkazish zarur. Mikroskopsiz, ilmiy kashfiyotlar yoki yangi tibbiy preparatlar joriy etilmaydi. Shuning uchun, mikroskop tibbiy (va ko'plab boshqa) amaliyotda asosiy vositalardan biri deb atalishi mumkin.

Biz jarayonni o'rganish uchun hozirgi kunda davr talabiga javob bera oladigan zamonaviy mikroskopdan foydalandik, mikroskopning asosiy vazifasi faqatgina ob'ektni kengaytirilgan ko'rinishda ko'rsatish emas balki, rasm olish, rasmga olingan ob'ektni ekranga uzatish, ularni ko'rsatkichlarini aniqlash, video tasvir hosil qilishdan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

iborat. Tajriba natijalarini olish jarayonida biz kichik o'lchamdagi ya'ni mikrometr darajadagi qiymatlarni o'lchash imkoniyatiga ega bo'lamiz.

Kamalak shakli ko'rinishini olgan biologik suyuqlik (so'lak)ning tarkibida mavjud bo'lgan moddalar vaqt birligi ichida sirt yuzidan bug'lanishi natijasida havoga ko'tarilib ketayotgan hajmining miqdorini hisoblash shar segmenti hajmidan foydalanamiz

\ •

7rh2

V = 7L (3R _ h)

Tekshiruv obyekti. Ilm-fan sohasida erishilgan ko'plab ma'lumotlar, insondagi biologik suyuqlik (so'lak) asosiy tadqiqotlarda va tibbiy tashxislarda foydalanish uchun katta salohiyatga ega bo'lgan noyob moddadir degan xulosaga kelishimizga yordam beradi. Hozirgi vaqtda diagnostik maqsadlar uchun biologik suyuqlik (so'lak)ni tahlil qilish istiqbollarini o'rganishga katta e'tibor qaratilmoqda. Klinik tahlilda biologik suyuqlik (so'lak)dan foydalanishni kengaytirish kasallik tashxislashni tezlashishiga yordam beradi. Odatda ushbu usuldan foydalanishda tekshirilayotgan biologik suyuqlikning tomchi ko'rinishini oluvchi ma'lum miqdorini quritilgandan so'ng hosil bo'ladigan qattiq ko'rinishdagi cho'kma (fatsiya)ni morfologiyasi o'rganiladi[5].

Tekshiruvlarimiz obyekti bo'lgan inson organizmdagi biologik suyuqlik (so'lak) tarkibida mavjud bo'lgan moddalar (0,3% konsentratsiyadagi NaCl, va 5% Oqsil aralashmalari), hamda ushbu suyuqliklarning (0,5 qismi NaCl+0,5 qismi Oqsil, aralashmalari) namunasini olib uning bir tomchisi shisha oynaga tomizg'ich (pipidka) yordamida tomizildi va undagi bo'ladigan jarayonlar ya'ni vaqt o'tishi bilan uning sirtidan bug'lanib chiqib ketayotgan suyuqlik hajmi va qattiq fazasiga o'tish jarayonlari kompyuterga ulangan usb mikroskop orqali kuzatilib borilishi natijasida quyidagi natijalar olindi.

1-jadval

Oqsil va NaCl Tomchinin Tomchi Tomchining biologik

eritmasining miqdorlari g balandligi hosil hajmi suyuqlikning

(mm) qilgan (mm3) to'liq bug'lanib

asos qattiq fazaga

diametri o'tishi uchun

(mm) zarur bo'lgan

vaqt

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

(minut)

NaCl(0.3% konsentratsiyalik) 0,825 3,134 3,476 43

0,5 NaCl(0.3% konsentratsiyalik)+0,5 Oqsil(5% konsentratsiyalik) 0,825 3,134 3,476 30

Oqsil(5% konsentratsiyalik) 0,825 3,134 3,476 34

1-jadvalda biologi

STaCl va albumin

suyuqlik tarkibida mavjud bo'lgan (N aralashmalari) turli komponentlik suyuqlik gorizontal holda joylashgan yassi oynaga tomizilgan paytdagi suyuqlikning boshlang'ich holatdagi ko'rinishida olingan parametrlari ifodalangan ya'ni suyuqlik balandligi, uning tag qismining diametri, dastlabki jarayon boshlanish vaqtidagi hajmi va suyuqlikning to'la bug'lanib kristall holatga kelish vaqti.

2-jadval

Oqsil va NaCl eritmasini ng miqdorlar i Tomchini ng bug'lanis h vaqt oraliqlari (minut) Tomchini ng balandligi (mm) Tomchinin g hosil qilgan asos radiusi (mm) Tomchin ing hosil qilgan hajmi (mm3) Tomchin ing hosil qilgan hajmlar farqi (mm3) tomchini ng bug'lanis h tezligi (mm3/mi nut)

NaCl(0.3 0 0.825 3,134 3,4761 - -

% 4 0,742 3,134 3,1279 0,3482 0,08705

konsentrat 8 0,66 3,134 2,4629 0,665 0,16625

siyalik) 12 0,546 3,072 1,8124 0,6505 0,162625

16 0,474 3,010 1,3091 0,5033 0,125825

20 0,381 2,938 0,7756 0,5335 0,133375

0,5 0 0.825 3,134 3,4761 - -

NaCl(0.3 4 0,753 3,134 3,1279 0,3482 0,08705

% 8 0,649 3,134 2,6464 0,4815 0,120375

konsentrat 12 0,536 3,134 2,1481 0,4983 0,124575

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

siyalik)+0 ,5 Oqsil(5% konsentrat siyalik) 16 0,433 3,083 1,6598 0,4883 0,122075

20 0,330 3,041 1,2181 0,4417 0,110425

Oqsil(5% konsentrat siyalik) 0 0.825 3,134 3,4761 - -

4 0,753 3,134 3,0758 0,4003 0,100075

8 0.608 3,093 2,6316 0,4442 0,11105

12 0,474 3,072 2,1089 0,5227 0,130675

16 0,361 3,041 1,7783 0,3306 0,08265

20 0,227 3,021 1,3955 0,3828 0,0957

2-jadvalda berilgan qiymatlar inson organizmdagi biologik suyuqlik (so'lak) tarkibida mavjud bo'lgan moddalar 0,3% konsentratsiyadagi NaCl, va 5% konsentratsiyadagi Oqsil hamda ularning turli foizlarda berilgan aralashmalarining har 4 minut vaqt oralig'idagi balandliklar o'zgarishi dastlabki hajmi va shu vaqt oralig'idagi hajmlar farqi bug'lanish tezliglari berilgan.

Bug'lanish tezligi

0,2 0,18 0,16625 JU62625

0,16 0,14 0,12 0,1 0,08 0,06 0,04 0 02 / d l LÜT? ---, 0,10007y ^^ " \ ----— 0,0N^08265 0,133375

—ÖTTÄ425

—-¿^§57

0 o

12 3 4 5 6

• 100% Albumin • 50% Alt»jmir>tSO% NdCI — 100%NaCI

XULOSA

Yaqin vaqtgacha biologiya va tibbiyotda morfologiya tushunchasi faqat hujayra to'qimalariga taalluqli edi va biologik suyuqliklar (qon zardobi, ko'z yoshlari, og'iz suyuqligi(so'lak), va boshqalar) morfologik tadqiqotlar doirasidan tashqarida edi. Biroq, so'nggi yillarda ishlab chiqilgan biologik suyuqliklarni o'rganish fizik usullari bu munosabatni o'zgartirishga imkon berdi. Aniqlanishicha, odatda biosuyuqliklarda

939

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qattiq fazada tegishli sifat va miqdoriy ko'rsatkichlarga ega bo'lgan ma'lum tuzilmalar ko'rinishida mustahkamlangan tartib mavjud. Shu bilan birga, tananing patologik sharoitlari ushbu tartibni sezilarli darajada buzilishiga olib keladi. Natijada, tuzilmalar diagnostik belgilar sifatida qaraladigan yangi xususiyatlarga ega bo'ladi.

Biologik suyuqlik tomchisini suvsizlantirish jarayonini o'rganishda uning hajmi va sirti o'zgarishini o'rganish ilk bor tajribada amalga oshirildi va buning natijasida biologik suyuqlik(so'lak) tarkibida mavjud bo'lgan moddalar (0,9% konsentratsiyali NaCl eritmasi va 5% konsentratsiyadagi oqsil)ning miqdori o'zgarishi natijasida uning suvsizlanishda vaqt o'tishi bilan suyuqlik hajmi turlicha kamayishi, suvsizlanish jarayonining vaqti turlicha bo'lishi kuzatildi

Ushbu ishning fan va amaliyotga qo'shgan muhim hissasi shundaki, u klinik diagnostikada fizik-matematik yondashuvlar tamoyillarini ishlab chiqadi, bu nafaqat biokimyoviy tadqiqotlar ma'lumotlarini to'ldiradi, balki tizimli ravishda prinsipial jihatdan yangi diagnostika ma'lumotlarini olish imkonini beradi.

REFERENCES

1. Барер Г.М., Денисов А.Б. (2008). Кристаллографический метод изучения слюны. - М.: ВУНМЦ Росздрава,

2. Шабалин В.Н., Шатохина С.Н.(2001) морфология биологических жидкостей человека. М.: Хризостом, 2001

3. Karabayevich, K. M., Abdusattor-ugli, E. E., & Muxtorovna, G. N. (2021). Evaluation of the degree of crystallization of biological fluid (Saliva). ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 77(1), 10321036.

4. Karabaev, M. K., & Ergashev, E. A. (2019). Effect of Sodium Chloride on Morphology Self-Organization of Saliva During Their Dehydratation.

5. Mukhammadjon, K., & Abdusattor-ugli, E. E. EVAPORATION PROCESS AS A RESULT OF CHANGE IN BIOLOGICAL LIQUID AND ITS CONTENT.

6. Рапис Е. Белок и жизнь (самосборка и симметрия наноструктур белка). М.: ЗЛ. Милта-ПКП ГИТ, 2002. - 257 с.

7. Rozikov, J., Akhmedov, B., Muminov, I., & Ruziboev, V. (2019). DIMENSIONALLY QUANTIZED SEMICONDUCTOR STRUCTURES. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(6), 58-63.

8. Akhmedov, B., Rozikov, J., Muminov, I., & Ruziboev, V. (2018). ABOUT WAVEFUNCTIONS IN LOW-DIMENSIONAL SEMICONDUCTORS. Central Asian Problems of Modern Science and Education, 3(4), 51-57.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

9. Sobirov, M. M., & Rozikov, J. Y. (2021). SPECIFIC FEATURES IN POLARIZATION OF DIFFUSELY REFLECTED AND TRANSMITTED RADIATION IN A MEDIUM WITH FINITE OPTICAL THICKNESS. Scientific-technical journal, 3(5), 85-89.

10. Rapis, E. G. (2000). Self-assembly of cluster protein films (allotropic nonequilibrium noncrystalline modification) during the process or their condensation. Technical Physics, 45(1), 121-131.

11. Rapis, E. (2004). Self-organization and supramolecular chemistry of protein films from the nano-to the macroscale. Technical Physics, 49(4), 494-498.

12. Egamberdiyevich, O. K., Malikovna, Z. S., Ugli, X. M. B., & Abdusattor-Ugli, E. E. (2021). Used for effect interpretation abnormal photo voltage. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 77(2), 783-786.

13. Shatokhina, S. N., Shabalin, V. N., Buzoverya, M. E., & Punin, V. T. (2004). Bio-liquid morphological analysis. TheScientificWorldJOURNAL, 4, 657-661.

14. Shatokhina, S. N., Zakharova, N. M., Dedova, M. G., Sambulov, V. I., & Shabalin, V. N. (2013). Morphological marker of tumor progression in laryngeal cancer. Voprosy onkologii, 59(2), 66-70.

15. Onarkulov, K. (2019). INFLUENCE OF THE STRUCTURE OF TENSOR-RESISTIVE FILMS (Bi, Sb) 2Te3 ON THE PHYSICAL MECHANISMS OF TRANSFER MEDIA CHARGE. Scientific-technical journal, 22(3), 124-128.

16. Rakhmatov, G., & Sobirov, M. (2018). THE EFFECT OF LEADING MOLECULES IN THE SPECTRA OF THE DRYING PROCESS OF FRUIT VEGETABLE PRODUCTS. Scientific-technical journal, 22(2), 91-94.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.