Научная статья на тему 'MAYDA SHOXLI HAYVONLARDA PASTERELLYOZ KASALLIGI ETIOLOGIYASI, DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH'

MAYDA SHOXLI HAYVONLARDA PASTERELLYOZ KASALLIGI ETIOLOGIYASI, DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
30
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pasterellyoz / enzootik / epizootik / alimentar / nekrotik / etiologiya / patogenez / klinik / patologoanatomik / diagnozi / diferensial / immunitet / profilaktika / dezinfeksiya

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Maxsudov U. T, Komilov H. R, Patidinova X.D

Ushbu maqolada mayda shoxli hayvonlarda pasterellyoz kasalligining kelib chiqishi, tarqalishi, sabablari, iqtisodiy zarari, patologoantomik o‘zgarishlar, diagnostikasi, diferensial diagnostikasi, davolash, profilaktika va oldini olish hamda qarshi kurashish chora tadbirlari o‘rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAYDA SHOXLI HAYVONLARDA PASTERELLYOZ KASALLIGI ETIOLOGIYASI, DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH»

UDK: 619: 636

MAYDA SHOXLI HAYVONLARDA PASTERELLYOZ KASALLIGI ETIOLOGIYASI, DIAGNOSTIKASI VA

DAVOLASH

*Maxsudov U. T., 2Komilov H. R., 3Patidinova X.D.

1Toshkent davlat agrar universiteti katta o'qituvchisi 2Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali assistenti 3Toshkent davlat agrar universiteti veterinariya yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11474073

Annotatsiya. Ushbu maqolada mayda shoxli hayvonlarda pasterellyoz kasalligining kelib chiqishi, tarqalishi, sabablari, iqtisodiy zarari, patologoantomik o'zgarishlar, diagnostikasi, diferensial diagnostikasi, davolash, profilaktika va oldini olish hamda qarshi kurashish chora tadbirlari o'rganildi.

Kalit so'zlar: pasterellyoz, enzootik, epizootik, alimentar, nekrotik, etiologiya, patogenez, klinik, patologoanatomik, diagnozi, diferensial, immunitet, profilaktika, dezinfeksiya.

Аннотатция. В статье изучены происхождение, распространение, причины, экономический ущерб, патологические изменения, диагностика, дифференциальный диагноз, лечение, профилактика и меры противодействия заболеванию пастереллезом мелких рогатых животных.

Ключевые слова: пастереллез, энзоотический, эпизоотический, алиментарный, некротический, этиология, патогенез, клиника, патологоанатомический, диагностика, дифференциальный, иммунитет, профилактика, дезинфекция.

Abstract. The article examines the origin, spread, causes, economic damage, pathological changes, diagnosis, differential diagnosis, treatment, prevention and countermeasures for pasteurellosis of small horned animals.

Keywords: pasteurellosis, enzootic, epizootic, alimentary, necrotic, etiology, pathogenesis, clinic, pathological, diagnosis, differential, immunity, prevention, disinfection.

Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda axolini sifatli chorva mahsulotlar bilan taminlash va yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish veterinariya mutaxassislarning ustuvor vazifalari hisoblanadi. Adabiyotlar va tadqiqotchilar malumotlariga ko'ra hozirgi vaqtga kelib juda ko'plab hayvonlar yuqumli kasalliklardan nobud bo'lmoqda, chorva xo'jaliklarda esa mahsuldorlikning kamayishi, kasallikdan nobud bo'lishi yoki muddatidan oldin so'yilishiga sabab bo'lmoqda. Eng yomon tomoni ba'zi bir kasalliklar insonlarga yuqushi katta iqtisodiy zarar yoki erta o'lim havfini tug'dirmoqda, ayniqsa, brutsellyoz, tuberkullyoz, oqsil va pasterellyoz kabi kasalliklar shular jumlasidandir. Pasterellyoz kasalligi deyarli barcha tursut emizuvchi hayvonlar va parrandalarda uchraydi hamda insonlarga yuqush ehtimoli kata bo'lib hisoblanadi.

Pasterellyoz (lot., ingl. - Pasteurellosis; ruscha - gemorragicheskaya septi-semiya) - sut emizuvchilar va parrandalarning kontagioz infeksion kasalligi bo'lib, o'tkir kechganda gemorragik septitsemiya, krupozli pnevmoniya, plevrit va gavdaning ko'pgina jo ylarida suvli shish, yarim o'tkir va surunkali kechganda - o'pkada yiringli nekrotik pnevmoniya, kerato-kon'yunktivit, artritlar, mastit va gemorragik enterit bilan xarakterlanadi.

Iqtisodiy zarari. Pasterellyoz kasalligidan keladigan iqtisodiy zarar juda katta o'lim 70-75 % gacha bundan tashqari kasal hayvonlar mahsuldorligi keskin kamayib ketishi, jumladan

hayvonlar ozib ketishi, sut mahsulorligi kamayishi bilan davolash va profilaktika uchun ko'p miqdordagi mablag' talab qilinadi.

Qo'zg'atuvchisi. Pasteurella multocida -katta bo'lmagan, gram manfiy, harakatsiz, spora hosil qilmaydigan, ko'pincha alohida, juft va ayrim holda zanjir bo'lib joylashadigan bakteriya. Barcha anilin bo'yoqlar bilan bo'yaladi. Kasal hayvonlar to'qimalarida pasterellalar kichik, ovoid shaklda (0,3-1,25 x 0,25-0,5 mkm) bo'ladi. Ular bipolyar metil sinka yoki Gimza Romanovskiy bo'yog'i bilan bo'yaladi. Yangi kulturada kapsula hosil qiladi.

Pasterellalar fakultativ aerob, odatiy suyuq, qattiq ozuqa muhitlarda 37° C da o'sadi. Bakteriyalar o'ssa bulyo'n loyqalanadi.Pasterellalarning epizootik shtammlari oq sichqonlar uchun yuqori virulentli. [1,5]

Qo'zg'atuvchining chidamliligi. Pasterellalar tabiiy sharoitda tezda o'ladi. Go'ng, qon, sovuq suvda 2-3 haftagacha, o'lgan jasadlarda 4 oygacha, muzlatilgan tovuqgo'shtida 1 yilgacha yashaydi. Tik tushgan quyosh nuri ta'sirida bir necha daqiqada, 70-90° C da 5-10 daqiqada o'ladi. Odatdagi konsentratsiyadagi dezinfeksion vositalar pasterellalarni tez faolsizlantiradi.

Epizootologik ma'lumotlar. Pasterellyozga hamma tur uy va yovvoyi sut emizuvchi hayvonlar va parrandalar moyil. Bu kasallik odamlarda ham uchraydi. Tovuqlar va quyonlar o'rtasida kasallik odatda epizootiya holida namoyon bo'ladi. Boshqa tur hayvonlarda kamroq epizootiya kuzatiladi. Ot va go'shtxo'r hayvonlar pasterellyozga chidamliroq.

Kasallikni qo'zg'atuvchi manbai bo'lib, kasal va kasaldan tuzalgan pasterella tashuvchilar hisoblanadi. Pasterellalarni tashuvchilik muddati 1 yil. Sog'lom hayvonlar qo'zg'atuvchini uzoq vaqt tashib yurishi pasterellyoz uchun xosdir. Qoramol va qo'ylar barcha yoshda kasallanadi, ammo yoshlari sezgirroq. Kasallikning o'ziga xos xususiyati - uni enzootikligi va statsionar epizootik o'choq paydo qilishi hisoblanadi. [1,5]

Etiologiyasi. Pasterellalar asosan nafas olish va alimentar yo'l bilan, og'iz, burun, ko'z, ovqat hazm qilish shilliq pardalari orqali organizmga kiradi.

Tropik mamlakatlarda yomg'ir vaqtida epizootiya bo'lib tarqaladi va o'lim yuqori (70 -100%) bo'ladi. O'rtacha iqlim sharotida kuz va bahorda kasallik kuzatiladi (1-53%). Kasal hayvon burnidan chiqqan suyuqlik, chiqargan nafasi, so'lagi, axlati bilan qo'zg'atuvchini ajratadi.Kasal tarqatuvchi omil bo'lib kasal hayvondan chiqqan pasterellalar bilan ifloslangan bino, havo, xashak, to'shama va inventarlar xizmat qiladi.Kasallanish, o'lim darajasi, pasterellalar virulentligiga, podaning immunologik holatiga, hayvonlarni saqlash va oziqlantirish, sog'lomlashtirish tadbirlarining o'z vaqtida olib borilishiga bog'liq.Xo'jalikning pasterellyoz bo'yicha sog'lomligini hisobga olmay hayvonlarning o'rnini almashtirish, zich saqlash, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzish, zararsizlantirilmagan chiqindi mahsulotlaridan foydalanish ushbu kasallikni tarqalishida muhim rol o'ynaydi. [1,2]

Patogenezi. Tabiiy sharoitda pasterellalar organizmga respirator va alimentar yo'llar bilan, kamdan-kam teri orqali kiradi. Pasterellalar tushgan joyida ko'payadi, qon va limfaga kirib septitsemiya paydo qiladi, o'lim 12-36 soat ichida ro'y beradi. Septitsemiya va pasterellalar ishlab chiqargan zaharli moddalar tufayli fagotsitoz faolligi keskin pasayadi, toksik moddalar kapillyarlarni yemiradi, teri ostida keng maydonda shish va gemorragik diatez kuzatiladi. Qo'zg'atuvchining virulentligi qancha yuqori bo'lsa, septitsemiya shuncha tez ro'y beradi. Qo'zg'atuvchiga chidamli hayvonlarda va organizmga kuchsiz virulentli pasterellalar tushganda septitsemiya rivojlanmaydi. Ularda kasallik yarim o'tkir va surunkali kechib, qo'zg'atuvchi ko'proq o'pkada joylashib, krupozli yoki seroz kataral yallig'lanish paydo qiladi. O'ta o'tkir va

o'tkir kechganda krupozli pnevmopiya rivojlanishga ulgurmaydi, shuning uchun o'pkada shish va giperemiya holati ko'rinadi. [1]

Kechishi, klinik belgilari va shakllari. Yashirin davr bir necha soatdan 2-3 kungacha davom etadi. U hayvonning yoshiga, chidamliligiga, qo'zg'atuvchining miqdoriga va virulentligiga bog'liq. Kasallikda to'satdan isitma 41-42° C gacha ko'tariladi, ma'yuslik, bir necha soatda yurak faoliyati kamchiligi yoki o'pkada suvli shish paydo bo'lib, ayrim hollarda klinik belgilarsiz o'ladi.

Kasallik o'tkir kechganda ularda umumiy ma'yuslik, lanjlik, anoreksiya, 41° C gacha isitma kuzatiladi. Burun oynasi sovuq va quruq, kavshash va sut berish to'xtaydi, kasallikni boshida ichaklar harakati va defekatsiya sekinlashadi, fekali suyuqlashadi, ayrim holda qonli, burnidan ham qonli suyuqlik, kon'yunktivit va qon siyish kuzatiladi. Hayvonlarda septitsemiya, yurak kamchiliklari bilan 1-2 kunda o'ladi.

Kasallik yarim o'tkir kechganda isitmadan tashqari joyli o'zgarishlar 3 shaklda: otek(suvli shish), ko'krak va ichak shakllarida kechadi. Shish shaklida jag' osti, bo'yin, qorin, oyoqlar teri ostida tez kattaradigan, og'riqli, issiqroq suyuqlik to'planish kuzatiladi. Bu hodisa tilda va tomoqda bo'lsa, nafas xirillaydi va nafas olish qiyinlashadi, burundan suv, og'izdan yopishqoq so'lak oqadi; shilliq pardada ko'pgina qon quyilishlar kuzatiladi. Ko'krak shaklida - krupoz -fibrinli pnevmoniya, ma'yuslik, anoreksiya, atoniya, nafas olish qiyinlashuvi va tezlashishi, og'riqli yo'tal, burundan seroz, pufakchali suyuqlik oqishi kuzatiladi. Kasallik oxirida qonli diareya kuzatiladi va 5-8 kun orasida o'ladi. Ichak shaklida asosiy belgilar ovqat hazm qilish tizimining og'ir jarohatlanishi bilan xarakterlanadi, pnevmoniya belgilari yaxshi namoyon bo'lmaydi, ammo rivojlanuvchi anemiya va umumiy holsizlik kuzatiladi.

Kasallik surunkali kechsa, nafas olish va ovqat hazm qilish a'zolaridagi belgilar ichak shakliga nisbatan kuchsizroq, ammo diareya hayvonni kaxeksiyaga olib keladi.

Qo'ylarda kasallikni o'tkir septitsemiya holida o'tishi juda kam kuzatiladi. Isitma, ma'yuslik, jag'osti, bo'yin, qorin terisi ostilarida suvli shish va plevropnevmoniya kuzatiladi. Kasal qo'y behol bo'lib 2-5 kun orasida o'ladi.

1-rasm. Kasallikdan nobud bo'lgan qo'yning ichki o'rganlaridagi patologoanatomik

o'zgarishlar

Patologoanatomik o'zgarishlar. Bu o'zgarishlar kasallikning davom etishi va shakliga bog'liq. O'ta o'tkir va o'tkir kechganda o'lgan hayvonlarda gemorragik diatez ko'rinadi (a'zolar,

shilliq va seroz pardalarda qonquyilish va yallig'lanish), jigar va buyrak buzilgan, taloq bir oz shishgan, limfatik tugunlar shishgan, to'q-qizil rangda, teri osti to'qimalarida ayniqsa, kasallikning shishli shaklida tananing turli qismlarida seroz-fibrinozli infiltratlar ko'zga tashlanadi. O'pka shishi krupoz pnevmoniyaning boshlanish bosqichiga xos o'zgarishdir. Ichak shaklida oshqozon-ichaklarda fibrinoz-gemorragik yallig'lanish ko'rinadi. Yarim o'tkir va surunkali kechganda o'lgan hayvonlar jasadi oriq va qonsiz, bronx oldi limfatik tugunlari kattalashgan, qizargan va ko'plab qon qo'yilgan bo'ladi. O'pkada nekroz o'choqlari ko'rinadi. Taloq salgina kattalashgan, jigar va buyraklarda mayda nekroz o'choqlari bo'ladi. [1,5]

Diagnoz. Pasterellyozga klinik belgilar, anamnez malumotlar, patologoanatomik o'zgarishlar va epizootologik ma'lumotlar asoslanib dastlabki diagnoz qo'yiladi.Yakuniy tashxis kasal hayvon qonidan tayyorlangan surtma orqali (Gimza Romanovskiy bo'yog'i bilan bo'yaladi) laboratoriya diagnozi qo'yiladi. Agar hayvon kasallikdan nobud bo'lsa dalolatnoma tuzulib hayvonga masul shaxs, hayvon egasi yoki xo'jalik rahbari va vetvrach tomonidan hayvon yorib ko'riladi. Laboratoriyaga yurak va taloq yaxlit, jigar va o'pka bo'lak chalari, buyrakning bir qismi patmaterial sifatida 3-5 soatdan kechikmasdan 40 % li glitserinning suvdagi eritmasida konservatsiya qilingan va sovuq holda yo'llanma xati orqali laboratoriyaga yuboriladi. [4]

Diferensial diagnoz. Qo'ylarda kuydirgi, piroplazmidoz, klostridioz va streptokokkli infeksiyalardan farqlash kerak.

Davolash. Kasallikni davolashni kasal hayvonlarni podadan ajratish va kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilishdan boshlash lozim. Kasal hayvonlarga tinch issiq, quruq binolarda saqlash, to'yimli ratsion bilan ta'minlanadi. Zamonaviy antibiotiklar (Penstrip 400, enrofloksatsin va Tilozin ), qo'zg'atuvchining ularga sezgirligi aniqlangandan so'ng ishlatiladi va sulfanilamid, nitrofuranli preparatlardan foydalaniladi.

Pasterellyozga qarshi giperimmun qon zardobi, kasallik o'tkir kechganda kasallikning boshlanishida, birinchi klinik belgilari paydo bo'lganda qo'llansa, yaxshi samara beradi. Zardob teri ostiga yoki vena qon tomiriga ikki profilaktik dozada (1,5-2 ml/kg) yuboriladi. Zardobni antibiotiklar (penitsilin, streptomitsin), sulfanilamid preparatlari bilan birga qo'shib yuborilsa, davolash samarasi oshadi. Davolash kursi hayvonlar holatiga bog'liq. [1]

Immunitet. Pasterellyoz bilan kasallanib tuzalgan hayvonlarda 6-12 oygacha immunitet bo'ladi. Faol immunitet uchun qoramol, qo'y va cho'chqalarni emlashga formolvaksina , polivalentli pasterellyoz, salmonellyoz, kolibakteriozga qarshi radiovaksina qo'llaniladi. Immunitet bir yil saqlanadi.

Passiv immunitet uchun giperimmun qon zardobi faqat profilaktika uchun qo'llaniladi. Yangi keltirilgan mollarga ishlatiladi. [1]

Vaksinalar profilaktik maqsadda, nosog'lom xo'jaliklarda va xavfli hududlarda majburan qo'llaniladi. Parrandalarda pasterellyozni profilaktika qilish uchun quruq, tirik vaksinalar

2-rasm. Davolashda qo'llaniladigan zamonaviy dori preparatlar.

qo'llanadi. Passiv immunitet uchun qoramol, buyvol, qo'y va cho'chqalar uchun pasterellyoz kasalligiga qarshi giperimmun qon zardobi profilaktik maqsadda katta hayvonlarga transportda tashishdan oldin, yosh hayvonlarga (buzoq, cho'chqacha, qo'zi) chorvachilik komplekslariga keltirilganda birinchi kuni yuboriladi.

Profilaktika. Faqat pasterellyoz bo'yicha sog'lom xo'jaliklardan hayvon, parranda va ozuqalar olish, hayvonlarni yayrash maydonlarida (motsion asosida) saqlashni tashkil etish, to'yimli va sifatli ozuqalarga boy ratsion bilan boqish va xo'jalikga boshqa hayvonlarni kirishi cheklov qo'yiladi . Agar ilgari xo'jalikda ushbu kasallik aniqlangan bo'lsa, hamma hayvonlar yil davomida pasterellyozga qarshi emlanishi lozim va fermaga faqat vaksinatsiya qilingan hayvonlarni kirgizish zarur. Kelgan hayvonlar 1 oy davomida profilaktik nazoratda bo'lishi shart. [1,2]

VITI vaksinasi. Immunitet 14 kundan keyin paydo boiib, 6-8 oy davom etadi. Davolovchi zardoblar. Qoramol. qo'tos, qo'y va cho'chqalar pasterelloziga qarshi ishlatiladigan zardob. Ten ostiga va venaga yuboriladi. Qoramol, qo'y va cho'chqalar pasterelloziga qarshi ishlatiladigan uch valentli zardob. Mollaming turiga qarab 10-40 ml yuboriladi. [6]

Qarshi kurashish tadbirlari. Xo'jalikda qoramollar va qo'y-echkilar orasida pasterellyoz kasalligini laboratoriyada aniqlangan taqdirda tuman (shahar) bosh veterinariya vrachi dalolatnomasi asosida hokimiyat qarori bilan ushbu hudud ushbu kasallik bo'yicha nosog'lom deb e'lon qilinadi va unga cheklov o'rnatiladi. Xo'jalikda barcha hayvonlar klinik tekshiriladi, kasal hayvonlar alohida ajratilib davolanadi, qolganlari pasterellyozga qarshi emlanadi. Joriy dezinfeksiya har bir kasal hayvon aniqlanganda va to cheklov bekor qilingunga qadar har 10 kunda o'tkaziladi. O'lgan hayvonlar jasadi kuydiriladi. Hamma hayvonlar emlangach va yakunlovchi dezinfeksiya o'tkazilgach, 14-21 kundan keyin cheklash bekor qilinadi. [2]

Xulosa. Kasallikni o'rganish mobaynida quydagi xulosaga keldik, pasterillyoz deyarli barcha tur hayvon va parrandalar ushbu kasallikga moyil hattoki insonlarga ham yuqushi mumkin. Bundan tashqari davolash va profilaktika uchun katta mablag' talab qilinadi. Shuningdek xo'jalikda veterinariya sanitariya qoidalariga rioya qilish va hayvonlarni o'z vaqtida kasallikga qarshi emlash lozim .

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI

1. Salimov X. S., Qambarov A. A., Epizootologiya. Darslik. Samarqand - 2016.

2. Mamatova M.N., Alamova S.U.,Xususiy Epizootologiya. Toshkent-2006.

3. Shopulatov J.Sh. Veterinariya Spravochnigi. Toshkent. Mexnat -1989.

4. Z.J.Shopulatova. Mikrobiologiya. Toshkent-2013.

5. Z. J. Shapulatova. Mikrobiologiya, Samarqand-2009.

6. Klichov O.I., Murodillayev Sh.H., Normamatov N.N., Rajapov J.E. "Veterinariya meditsinasi" ilmiy ommobop jurnal №3., 136 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.