Научная статья на тему 'PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING PROFILAKTIK HISOBGA OLINGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATINI ZAMONAVIY TALABLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH'

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING PROFILAKTIK HISOBGA OLINGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATINI ZAMONAVIY TALABLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
profilaktik hisob / moddiy-texnik ta'minoti / profilaktika inspektorlarning profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan ishlash faoliyati / xorijiy tajribalar

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Farrux Ganiyev, Gulandon Ganiyeva, Mohinur Rixsitillayeva

Ushbu maqolada tadqiqot mavzusining dolzarbligi, profilaktika inspektorlarining profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan tashkil etilishi va ularning ayrim xususiyatlari va ularni qo'llash ahamiyati va tashkil etilishiga bo'g'liq ayrim nazariy takliflar xususida

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING PROFILAKTIK HISOBGA OLINGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATINI ZAMONAVIY TALABLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH»

ARTICLE INFO

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING PROFILAKTIK HISOBGA OLINGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATINI ZAMONAVIY TALABLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Ganiyev Farrux Taxirjanovich

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi katta o'qituvchisi Toshkent, 100197, Uzbekistan,e-mail: [email protected]

orcid.org/0009-0005-2423-050X

Ganiyeva Gulandon Ibragimovna

Namangan davlat universitetining Psixologiya (faoliyat turlari bo'yicha) yo'nalishi 2-kurs magistranti

Rixsitillayeva Mohinur Baxtiyor qizi

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-o'quvkursi 310-guruh

kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14241961 ABSTRACT

Received: 19 th November 2024 Accepted:20th November 2024 Published:29th November 2024 KEYWORDS profilaktik hisob, moddiy-texnik ta'minoti, profilaktika inspektorlarning profilaktik hisobga olingan shaxslar biln ishlash faoliyati, xorijiy tajribalar.

Ushbu maqolada tadqiqot mavzusining dolzarbligi, profilaktika inspektorlarining profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan tashkil etilishi va ularning ayrim xususiyatlari va ularni qo'llash ahamiyati va tashkil etilishiga bo'g'liq ayrim nazariy takliflarxususida

Jamiyatda barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni oshirish va qaror toptirish,inson huquq va erkinliklariga so'zsiz rioya etilishini ta'minlash, mamlakatni ijtimoiy -iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish, huquqiy -demokratik davlat qurish bo'yicha amalga oshirayotgan keng ko'lamli islohotlardan ko'zlangan maqsadlarga erishishining muhim sharti hisoblanadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar xalqimiz tomonidan qo'llab - quvvatlanmoqda. Bu o'zgarishlarning dastlabki natijalari aholimizning hayoti va kundalik turmushida o'zining yaqqol ifodasini topayotganligini qonunchilik normalarimizdan bilsakbo'ladi

Xususan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi chora - tadbirlarning aniq maqsadga yo'naltirilganligi va ularga kompleks yondashish idoralararo hamkorlikni rivojlantirish , huquqbuzarlikning samarali profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan ishlash faoliyatining amalga oshirilish borasida huquqni muhofaza qilish borasida huquqni muhofaza qilish borasida bir qatorda, boshqa davlat organlari va jamoat tashkilotlarining ham ustuvor vazifasi etib belgilanishi bu borasida ularning oldiga alohida- alohida vazifalar belgilab berilishi Huquqbuzarliklar profilaktikasida samarali natijalarga erishishga imkon beradi. Shu bois Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatida

Volume 1, Issue 16, November 2024

Page 48

pofilaktik hisobga olish va ular bilan ishlash faoliyati ham katta bir "institut" sifatida profilaktika inspektorlarining asosiy faoliyat yo'nalishini chuqur o'rganish va uni yanada takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Profilaktika inspektorining pofilaktik hisobga olingan shaxslar bilan ishlash faoliyatini olib borishda Ichki Ishlar organlari profilaktik hisobda turuvchi shaxslarning axloqan tuzalishi va qayta huquqbuzarlik sodir etishlarini oldini olish uchun ular bilan olib boriladigan profilaktika ishlarini tashkil etadi. Profilaktika inspektorlarining profilaktik hisobda turuvchi turli xil asoslar bo'yicha olingan shaxslar o'rtasida turli xil huquqbuzarlik yoki jinoyatlar sodir etishini oldini olish maqadida ular bilan olib boriladigan profilaktik ishlar bevosita profilaktika inspektorlarining oylik ish rejalari hamda me'yoriy - huquqiy hujjatlarda o'z aksini topgan. Profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida" gi qonunning 35-moddasi talablari asosida quyidagi shaxslarga nisbatan profilaktik hisob yuritiladi:

- Ilgari sudlanib, jinoiy jazolarni o'tagan shaxslar ( ma'muriy nazorat o'rnatilgan shaxslar bundan mustasno);

- Sudning jazo tayinlamagan lekin ayblov hukmi qouniy kuchga kirgan shaxslar;

- Jinoyat ishini O'zbekiston Respublikasi Jinoyat - protsessual kodeksining 84 -moddasiga asosan tugatish yoki reabilitatsiya qilmaydigan asoslarga ko'ra, jinoyat ishini qo'zg'atishni rad qilish to'g'risida qaror chiqarilgan shaxslar , ya'ni jinoyat sodir etilishda aybdorligi to'g'risidagi masala hal qilinmay turib jinoyat ishi tugatilgan shaxslar;

- Qamoqqa olish bilan bo'g'liq bo'lmagan ehtiyot chorasi qqo'llanilgan shaxslar;

- O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarliklar to'g'ridagi kodeksi 40, 41, 45, 47, 52, 56, 58, 61, 106, 131, 165 ( prim 1), 183, 184 ( prim 1), 184 ( prim 2) 184 ( prim 3), 187, 188, 188 (prim 1), 189, 189 ( prim 1), 190, 191, 201, 202, 202 ( prim

1), 240, 241 - ,oddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;

- Ixtisoslashtirilgan o'quv - tarbiya muassasalaridan qaytgan shaxslar ga nisbatangina profilaktik yig'ma jildi yuritish orqali profilaktik hisob yuritiladi.

O'zbekiston Respublikasi "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi qonunning 35-moddasiga binoan profilaktik hisobda turuvchi shaxslarning alohida toifaga ajratilganligi aniq manzilli ta'sir ko'rsatilishini, o'ziga xos ustun jihati ham shunda bo'lib, aynan o'zining g'ayriijtimoiy xulq-atvori xavfliligi tufayli huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bilan ishlashini taqozo etadi. Ammo hozirgi kundagi tahlillardan kelib chiqib u toifadagi shaxslarning huquqbuzarlik sodir etishini oldini olish va jamiyatda barqaror va sog'lom muhitni yaratib, barvaqt yangidan - yangi huquqbuzarlik sodir etilishlarini , nosog'lom muhitda yashovchi oilalar sonini kamaytirish yo'li bilan sog'lom oilalarni yangidan barpo etish maqsadida profilaktik hisobga olinganlar toifasini bittaga ko'paytirsak maqsadga muvofiq bo'ladi. Ya'ni 2019-yil 2-sentabrdagi "Tazyiq va zo'ravonlikdan jabr ko'rganlarni himoyalash to'g'risida"gi qonunga muvofiq, himoya orderi olgan shaxslarga nisbatan qilingan barcha turdagi ( jinsiy, jismoniy, iqtisodiy, ma'naviy) tazyiq va zo'ravonlik ko'rsatgan shaxs toifasini kiritishimiz zarur. Sababi yaqin 2-3 yil ichida himoya orderi bo'la turib ham turli xil ko'rinishdagi zo'ravonlik va tazyiqni ko'rsatib kelinayotgani, yoki-da sud amaliyotiga yuzlanib aytadigan bo'lsam, tazyiq ko'rgan xotin - qizlarning hayoti yoki so'g'ligiga nisbatan qilingan tajovuzlar uning hayotiga zomin bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. 2024-yilning 10 oylik statistikasi bo'yicha respublikamizning umumiy jinoyatlarini 100% deb olsak, uning 11,7% himoya orderi amalda bo'la turib jinoyatning qurboniga aylangan. Shuning uchun profilaktik hisobga olingan shaxslar toifasini qaytadan ko'rib chiqishimiz hozirgi kundagi dolzarb muammolardan birini yechilishiga yoki mamlakat hududidagi salmoqli jinoyatlarni jilovlashimizga olib kelishini kutishimiz mumkin.

Keyingi o'rinda esa profilaktik hisob muddatini yana bir bor ko'rib chiqishimiz foydadan holi bo'lmas edi. O'zbekiston Respublikasining 2014 - yil 14 - mayda qabul qilingan "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risidagi" qonunga muvofiq, profilaktik hisob muddati 1

Volume 1, Issue 16, November 2024

Page 49

yil etib belgilangan. 1 yil muddat "Huqubuzarliklar profilaktikasi to'g'risida" gi qonunning 35 - moddasida ko'rsatilgan toifalarning barchasiga tadbiq etilishi barchamizga ma'lum. Profilaktik hisobga olingan shaxs xoh ixtisoslashtirilgan o'quv - tarbiya muassasasidan qaytgan bo'lsin, xoh O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning turli moddalari bilan javobgarlikka tortilganligi uchun profilaktik hisob yuritilgan bo'lsin yoki ilgari sudlangan, Jinoyat ishini O'zbekiston Respublikasi Jinoyat - protsessual kodeksining 84-moddasiga asosan tugatish yoki reabilitatsiya qilmaydigan asoslarga ko'ra, jinoyat ishini qo'zg'atishni rad qilish to'g'risida qaror chiqarilgan shaxslar, ya'ni jinoyat sodir etilishda aybdorligi to'g'risidagi masala hal qilinmay turib jinoyat ishi tugatilgan shaxslar bo'lishiga qaramay ularning muddati birxil. 1 yil muddat ijtimoiy xavfliligi past yoki yuqoriligiga qaramay bir xil ekanligi adolatlilik yoki insonparvarlik prinsipiga uncha mos emas desak xato fikr bo'lmasa kerak. Shu bois profilaktik hisob muddatini ijtimoiy xavflilik darajasiga ko'ra muddat tayinlab, profilaktik hisob faoliyatini amalga oshirsak profilaktik hisob faoliyati o'z maqsadiga erishgan bo'lardi, profilaktika inspektorining ish hajmi kamayib yakka tartibfa yondashib, aniq manzilli choralarni qo'llashga zamin yaratgan bo'lar edi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, xulosa qilib aytadigan bo'lsak profilaktik hisob faoliyati samarali va ko'p qo'llaniladigan yakka tartibdagi profilaktik chora - tadbiri hisoblanib, huquqbuzarliklarni oldini olish, huquqbuzarlik sodir etilishini kamaytirish yoki bartaraf etish, huquqbuzarlik sodir etilish sabablari va ularga imkon berayotgan shart - sharoitlarni bartaraf etish, jamoat xavfsizligini ta'minlash, jamoat tartibi ta'minlash va turli xildagi tajovuzlardan himoyalash, fuqarolarni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2. O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks

3. O'zbekiston Respublikasi 2014 - yil 14 - may "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida" gi qonun

4. O'zbekiston Respublikasi IIV ning 2017 - yil 12 iyuldagi "Ichki Ishlar organlarining Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalari faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" gi 151 - son buyruq

5. Profilaktika inspektori ma'muriy ish yuritish faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari. Jamiyat va innovatsiyalar - Jalilov N.O

6. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi institutining nazariy asoslari. Jamiyat va innovatsiyalar - Akbarova B.S

7. Ganiev.F.T (2023). O'g'irlik jinoyatlarining profilaktikasi tushunchasi va turlariga oid ayrim mulohazalar. Yevraziyskiy jurnal prava, finansov i prikladnbix nauk, 3(4), 37-42.

8. G'aniev.F.T. (2023). O'G'RILIK JINOYaTINING JINOYaT-HUQUQIY JIHATLARI VA OLDINI OLIShGA DOIR FIKR-MULOHAZALAR. Results of National Scientific Research International Journal, 2(12), 301-313.

9. G'aniev.F.T PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI TOMONIDAN O'G'RILIKLARNING OLDINI OLISh FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh YO'NALIShLARI //Evraziyskiy jurnal prava, finansov i prikladnbix nauk. - 2022. - T. 2. - №. 12. - S. 159-162.

10. G'aniev. F.T (2023). "OBOD VA XAVFSIZ MAHALLA" TAMOYILIGA ASOSLANGAN TIZIMNI JORIY ETIShDA FUQOROLAR YIG'INLARINI FAOLIYaTINI TIZIMLI YO'LGA QO'YISh. Yevraziyskiy jurnal prava, finansov i prikladnbix nauk, 3(3), 96-98.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.