Научная статья на тему 'HUQUQBUZARLIKLARNING YAKKA TARTIBDAGI PROFILAKTIKASI TUSHUNCHASIGA OID NAZARIY TAXLIL'

HUQUQBUZARLIKLARNING YAKKA TARTIBDAGI PROFILAKTIKASI TUSHUNCHASIGA OID NAZARIY TAXLIL Текст научной статьи по специальности «Прочие гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
profilaktika / profilaktik hisob / profilaktik suhbat / rasmiy ogohlantirish / ma’muriy nazorat

Аннотация научной статьи по прочим гуманитарным наукам, автор научной работы — H.D. Abduxalilov, Sh.Sh. Mustafoyev

Ushbu maqolada yakka tartibdagi huquqbuzarliklar profilatikasiga oid nazariy-huquqiy tahlil, qonunchilikdagi mavjud muammolar hamda uni yechimiga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HUQUQBUZARLIKLARNING YAKKA TARTIBDAGI PROFILAKTIKASI TUSHUNCHASIGA OID NAZARIY TAXLIL»

HUQUQBUZARLIKLARNING YAKKA TARTIBDAGI PROFILAKTIKASI TUSHUNCHASIGA OID NAZARIY TAXLIL

H.D. Abduxalilov O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi o'qituvchisi katta leytenant Sh.Sh. Mustafoyev O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-o'quvkursi 315-guruh kursanti

https://doi.Org/https://doi.org/10.5281/zenodo.11235020

ARTICLE INFO

Received: 18th April 2024 Accepted: 20th May 2024 Published: 21st May 2024 KEYWORDS

profilaktika, profilaktik hisob, profilaktik suhbat, rasmiy ogohlantirish, ma'muriy

nazorat

ABSTRACT

Ushbu maqolada yakka tartibdagi huquqbuzarliklar profilatikasiga oid nazariy-huquqiy tahlil, qonunchilikdagi mavjud muammolar hamda uni yechimiga qaratilgan ilmiy-amaliy taklifva tavsiyalar ilgari surilgan.

Yurtimizda qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlashning muhim bo'g'ini bo'lgan ichki ishlar organlari tizimini chuqur isloh qilish bo'yicha keng ko'lamli, mazmun-mohiyatiga ko'ra ulkan ishlar amalga oshirildi. Ichki ishlar organlarining yuqoridan quyigacha bo'lgan barcha tuzilmalari amalda sifat jihatidan butunlay yangicha asosda shakllantirildi, huquq-tartibotni saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashning zamonaviy usul va vositalaridan foydalangan holda, jamoat xavfsizligini ta'minlashning samarali tizimini qaror toptirish bo'yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

«Jinoyatlarning profilaktikasi» tushunchasining o'zagini «Huquqbuzarliklarning profilaktikasi» tushunchasi tashkil qiladi. «Huquqbuzarliklarning profilaktikasi» tushunchasining mazmunmohiyati O'zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida»gi qonunida batafsil to'xtalib o'tilgan.

Qonunga asosan, huquqbuzarliklar profilaktikasi - bu huquq tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek ularning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida qo'llaniladigan huquqbuzarliklar umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlari tizimidir.1

Huquqbuzarliklar o'z xususiyatlariga ko'ra jinoyatlar, nojo'ya xarakatlar, intizomiy buzish shaklida bo'ladi. Ko'p hollarda huquqbuzarliklar qonunbuzarlik so'zi bilan hamoxang bayon etiladi. Barcha huquqbuzarliklar jinoyat emas. Shu bilan birga, qonunbuzarliklarning barchasi jinoyat bo'lmasligi mumkin. Jinoyat deb aytish uchun uning o'ziga xos belgilari bo'lishi zarur. Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida»gi qonuni qabul qilinishiga qadar yuridik adabiyotlar va manbalarda huquqbuzarliklar profilaktikasining turlari haqida turlicha qarash va fikrlar ilgari surilib, aniq bir to'xtam

1 Y3ÔeKHCTOH PecnyônHKacHHHHr 2014 ñun 14 Mangara «XyK;yK;6y3ap.nHK.nap npo^H^aKTHKacH TyrpHCHga»ra ^OHyHH// URL: http://www.lex.uz

mavjud emas edi. Qonunning qabul qilinishi bevosita ushbu qaramaqarshiliklarga barham berdi va 6-moddasida huquqbuzarliklar profilaktikasining quyidagi to'rtturi:2

— huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi;

— huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi;

— huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi;

— huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi aniq belgilanib, 3, 4, 5 va 6-boblarda ularning har birining tushunchasi, o'z ichiga qamrab olgan chora-tadbirlar va ularni amalga oshirish asoslari huquqiy jihatdan mustahkamlab berildi.

Mazkur huquqbuzarliklar profilaktikasi turlarining har birini o'ziga xos jihatlari va afzalliklari mavjud bo'lib, muayyan bir turini amalga oshirish orqali erishish mumkin bo'lgan natijalarga boshqasini amalga oshirib erishish juda mushkul vazifa hisoblanadi. Jumladan, huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi ham bundan mustasno emas. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi haqida ma'lumot beradigan bo'lsam, bu tushuncha «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida»gi qonunning 5 bob 28- moddasida quyidagicha ta'rif berilgan:

«huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi - bu huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning g'ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo'lgan, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni aniqlash, ularning hisobini yuritish va ularga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishga doir faoliyatdir»3. Yakka tartibdagi profilaktik faoliyatini tashkil etishning maqsadi, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo'lgan shaxslarni aniqlash, ularni o'rganish, ta'sir etish, ularning hulq-atvorini ijobiy tomonga o'zgartirish hamda ularga salbiy ta'sir etuvchi shart-sharoitlarni to'xtatish va kelgusida shu kabi holatlarni oldini olishga qaratilgan ishi hisoblanadi. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi barcha organ va muassasalar g'ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo'lgan, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni aniqlash, ularning hisobini yuritish va ularga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishga doir faoliyati huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshiradi. Yakka tartibdagi profilaktika - fuqarolarni tarbiyalash tizimining elementlaridan biri bo'lib, inson g'ayriijtimoiy xulqning eng oxirgi darajasigacha yetishiga, ya'ni jinoyat qonuni bilan taqiqlangan qilmishlarni sodir etishga yo'l qo'ymaslikdan iborat cheklangan vazifani hal qiladi. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi subektlar o'ziga nisbatan yakka tartibdagi profilaktika ishi olib boriladigan shaxslarning ijtimoiy-demografik, manaviy-ruhiy va biofiziologik xususiyatlarini o'rganishi hamda o'rganish natijalari asosida yakka tartibdagi profilaktika chora-tadbirlari ishlab chiqishlari va amalga oshirishi mumkin. Huquqbuzarliklarning yakka va umumiy tartibdagi profilaktikasi profilaktik tasir ko'rsatish obektining bir yoki bir gurux shaxslar tashkil etishi bilan farqlanadi. Bir so'z bilan aytganda, yakka tartibdagi profilaktikada muayyan shaxsga, umumiy profilaktikada esa bir necha shaxslarga profilaktik ta'sir ko'rsatiladi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi obektlarini quyidagilar tashkil etadi:

- g'ayriijtimoiy hulq-atvorga ega shaxslar;

- huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar;

- huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar;

- huquqbuzarliklardan jabrlanish ehtimoli yuqori bo'lgan shaxslar;

- huquqbuzarlikdan jabrlangan shaxslar;

2 Y3ÔeKHCTOH PecnyônHKacHHHHr 2014 ñun 14 Mangara «X,yKyK6y3apnHK.nap npo^H^aKTHKacH TyrpHCHga»ra ^OHyHH// URL: http://www.lex.uz

3 Y3ÔeKHCTOH PecnyônHKacHHHHr 2014 ñun 14 Mangara «X,yKyK6y3apnHK.nap npo^HnaKTHKacH TyrpHCHga» ra KOHyHH // URL: http://www.lex.uz.

ijtimoiy himoyaga muhtoj voyaga yetmaganlar.

Shaxsni g'ayriijtimoiy xulq-atvorga egaligini quyidagicha bilishimiz mumkin:

a) shaxsning jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini buzuvchi turmush tarzi: qonuniy nikohsiz er-xotin bo'lib yashash, ko'p qavatli uylarda yashab, baland ovozda musiqa oxanglarini eshitib, qo'shnilarning tinchini buzish yoki shunday oqibatni keltirib chiqaruvchi boshqa mashg'ulotlar bilan shug'ullanish,

b) shaxsning jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini buzuvchi harakatlari: jamoat joylarida spirtli ichimlik istemol qilgan holda yurish, jamoat joyida yurganda yoki o'tirganda pista chaqib yoxud jamoatchilik foydalanadigan yo'l va yo'laklarni tuflab (nos) ifloslantirish, gap tashish, g'iybat qilish, insonlarni urishtirib qo'yish kabi harakatlarda;

s) shaxsning jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini buzuvchi harakatsizligi: asosli sabab bo'lmasdan jamoat transportlarida qariyalarga, nogironlarga yoki homilador ayollarga joy bermaslik yoki maxallada uyushtiriladigan ommaviy hasharlarda ishtirok etmalik singari harakatsizlikda namoyon bo'ladi4. Quyidagilar huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar sifatida e'tirof etiladi:

- tajavuzkor ruhiy kasallar;

- ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasasidan qaytganlar (xulq-atvori tuzalganligi sababli ushbu ta'sir chorasini ko'llashni davom ettirishga muhtoj emas deb topilib, mazkur muassasalarda bo'lishi yuzasidan sud tomonidan belgilangan muddat o'tishidan oldin chiqarilgan shaxslar bundan mustasno).

- hech kayerda ishlamaydigan, ishyoqmas fuqarolar;

- mustaqil fikrga ega bo'lmagan, birovlarga ko'r-ko'rona ergashib ketadigan va diniy fundamentalistik g'oyalarga beriluvchan shaxslar;

- davlatning olib borayotgan siyosatiga nisbatan asossiz qarshi fikr bildiruvchilar;

- o'ziga nisbatan qamoqqa olish bilan bog'liq bo'lmagan ehtiyot chorasi tanlangan jinoyat sodir etishda ayblanuvchilar;

- ish faqat jabrlanuvchining shikoyati bilan qo'zg'atiladigan hollarda uning shikoyati bo'lmaganligi uchun jinoyat ishi tugatilganlar.

Yuqoridagi ko'rsatib o'tilganlar huquqbuzarlik sodir etmagan yoki sodir etgan bo'lsa-da, huquqbuzarlik tariqasida huquqiy baho berilmagan yoxud sodir etilgan huquqbuzarligi bo'yicha aybdorligi isbotlanmagan, ammo o'zining g'ayriijtimoiy hulq-atvori havfliligi tufayli huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli holatida bo'lgan jismoniy shaxslar sifatida e'tirof etiladilar.5

Huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar ma'muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli g'ayrihuquqiy qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ni sodir etganlik bo'yicha ish yurituvning muayyan bir bosqichida aybdor deb topilib, huquqbuzarlikka oid ish tugatilgan, shuningdek shu kabi qilmish uchun javobgarlikka tortilib, jazolangan shaxslar.

Huquqbuzarliklardan jabrlanish ehtimoliyuqori bo'lgan shaxsla: ma'naviy va jismoniy jihatdan ojizlar, ayollar, qariyalar, yosh bolalar, nogironlar, passiv xarakterga ega bo'lganlar, ishonuvchan, be'etibor, maqtanchoq (boyligini ko'z-ko'z qiluvchilar), urishqoq va shu kabilarni kiritish mumkin.

huquqbuzarlikdan jabrlangan shaxslar - huquqbuzarlik oqibatida jismoniy, ma'naviy yoki mulkiy zarar yetkazilgan, ya'ni jabrlangan shaxs.6

4 MyxaMMegoB YX XyKyKfflyHOcnHK acocnapH / ^apcnHK. - T.: 2020 h.

5 Xy^aKynoB C.B. "hhkh Hrnnap opraHnapHHHHr x,yKyK6y3apnHKnap npo^HnaKTHKacH ^aonHATH". YKyB KynnaHMa. Y3ÔeKHCTOH PecnyônHKacH HHB ÂKageMHacH.

6 Y3ÔeKHCTOH PecnyônHKacHHHHr 2014 HHn 14 MaHgarH «XyKyKÔy3apnHKnap npo^HnaKTHKacH TyrpHCHga»™ ^OHyHH// URL: http://www.lex.uz

Undan tashqari huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirishda bir qancha hujjatlar rasmiylashtirilishi bilan ham ajralib turadi. Misol qilib oladigan bo'lsak, sudning ma'muriy nazorat o'rnatish to'g'risidagi qarori asosida profilaktika inspektori tomonidan ma'muriy nazorat o'rnatilgan shaxsga nisbatan ma'muriy nazorat yig'ma jildi yuritiladi.

Ma'muriy nazorat yig'ma jildida quyidagi hujjatlar jamlab boriladi:

— sudning ma'muriy nazorat o'rnatish to'g'risidagi qarori;

— jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganligi to'g'risidagi ma'lumotnoma yoki sud hukmining nusxasi

— profilaktika inspektori tashabbusi bilan ma'muriy nazorat o'rnatishda asos bo'lgan hujjatlar;

— nazoratda turuvchi shaxsning fuqarolik pasporti nusxasi;

— profilaktika inspektorining shaxsga nisbatan ma'muriy nazoratni amalga oshirish to'g'risida yozgan bildirgisi (ichki ishlar organi boshlig'ining siporishi bilan);

— kelgusida huquqbuzarlik sodir etmasligi to'g'risida ogohlantirish,

— Axborot markazi va manzil-ma'lumotlar bazasining ma'lumoti;

— yashash va ish joyidan ma'lumotnoma hamda tavsifnoma;

— ma'muriy nazoratda turgan shaxsning fotosurati;

— yaqin qarindoshlari to'g'risida ma'lumot va qarindoshlik aloqalari chizmasi;

— barmoq izlarining «Sonda» ma'lumotlar bazasida mavjudligini tekshirib ko'rish va kiritilmagan bo'lsa kiritish, ma'muriy nazoratda turgan shaxsning barmoq izini olingan blankani yuborilayotganligi to'g'risidagi xatning nusxasi;

— ish joyidan ma'lumotnoma;

— ish yoki yashash joyidan murabbiy biriktirilganligi to'g'risidagi yig'ilish bayonnomasi (nusxasi);

— sud tomonidan belgilangan muddatlarda ro'yxatdan o'tish varaqasi tegishli belgilari bilan;

— ma'muriy nazoratda turgan shaxsni sud tomonidan belgilangan cheklashlarga rioya etishini doimiy yashash joyidan tekshirilganligi to'g'risidagi boshqa hujjatlar (bildirgilar, tushuntirish xatlari, ma'lumotnomalar).

Undan tashqari yana ma'muriy nazoratni to'xtatish uchun qonun hujjatlarida belgilangan asoslardan biri mavjud bo'lganda «ma'muriy nazoratni to'xtatish to'g'risida» ichki ishlar organi boshlig'i tomonidan qaror chiqariladi va ma'muriy nazoratda turgan shaxs shu kunning o'zida qaror bilan tanishtiriladi. Ma'muriy nazorat muddati tugagandan so'ng ma'muriy nazorat yig'ma jildi uch yil davomida ichki ishlar organi Huquqbuzarliklarning oldini olish xizmatining arxivida saqlanadi va muddat tugagach dalolatnoma asosida (qirqish yoki yoqish yo'li bilan) yo'q qilinadi7. Ma'muriy nazorat yig'ma jildi yo'q qilinganligi to'g'risidagi dalolatnoma IIV normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilib, arxivda besh yil davomida saqlanadi. Profilaktika inspektorlari huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish davrida yuqoridagilardan tashqari qonun bilan taqiqlanmagan boshqa profilaktik chora-tadbirlarni ham amalga oshirishlari mumkin. Shuningdek, profilaktika inspektorlari yakka tartibda profilaktikani amalga oshirishda boshqa sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishi kerak bo'ladi. Masalan, patrul post xizmati xodimlari bilan ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan hamda ma'muriy nazorat ostida turgan shaxslarning o'rnatilgan talablarga rioya etishlarini nazorat qilib borish,

7 Y3ÔeKHCTOH PecnyGnuKacu Hhkh umnap Ba3HpnurHHHHr 2017 ñun 12 urongaru «Hhkh umnap opraHnapHHHHr xyKyK6y3ap.nHK.nap npo^unaKTHKacu GynHHManapu ^aonH^THHH TamKHn этнm TapTHÔH TyrpucugarH ñypHKHOMaHH TacgHKnam xaKHga»™ 151-coh GyñpyrH.

navbatchilik qismi bilan muqaddam sudlanganlar va ma'muriy nazoratda turuvchilar hamda boshqa toifadagi profilaktik hisobda turuvchi shaxslar haqidagi ma'lumotlar almashishda, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy- huquqiy yordam ko'rsatish markazlari bilan esa qarovsiz, nazoratsiz va boshqa toifadagi voyaga yetmaganlarni markazga joylashtirish bo'yicha va ularni turli salbiy ta'sirlardan asrash, huquqbuzarliklar sodir etishining oldini olishda, tarbiya koloniyalari bilan esa jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar haqidagi ma'lumotlarni olishda, ularni turmush tarziga tayyorlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilashda hamkorlikdagi ishlarni amalga oshiradi.

Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi viktimologik profilaktika doirasida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda asosiy e'tibor huquqbuzarliklardan jabrlanish ehtimoli (viktimligi) yuqori bo'lgan va huquqbuzarliklardan jabrlangan shaxslarga qaratiladi. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasini qo'llash uchun shaxsning g'ayriijtimoiy xulq-atvoridan, uning huquqbuzarlik sodir etishga moyilligidan yoxud u huquqbuzarlik sodir etganligidan dalolat beruvchi ishonchli ma'lumotlarning mavjudligi asos bo'ladi. Huquqbuzarliklarning majburlovchi va cheklovchi xususiyatdagi yakka tartibdagi profilaktikasi qonunda nazarda tutilgan asoslarda qo'llaniladi.

Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi huquqbuzarliklarga moyil bo'lgan shaxslarga yo'naltirilib, boshqa turdagi huquqbuzarliklar profilaktikasidan quyidagi alohida xususiyatlari bilan farqlanadi:

- huquqbuzarliklarning yakka tartidagi profilaktikasi alohida toifadagi huquqbuzarliklarga moyil shaxslarga yo'naltirilishi;

- individual yondoshuvni talab etishi;

- majburlov va cheklov normalarini qo'llanilishi;

- huquqbuzarliklarning yakka tartibagi profilaktikasi yo'naltirilayotgan shaxslarning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib profilaktik chora-tadbirlar qo'llanilishini talab etishi;

- boshqa davlat organlari va keng jamoatchilik imkoniyatlaridan foydalanishni talab etishi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasining mazkur turi yakka tartibdagi profilaktikaning ob'ektiga (g'ayriijtimoiy xulq-atvorga ega, huquqbuzarlik sodir etishga moyil va huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar, shuningdek huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli (viktimligi) yuqori bo'lgan shaxslar yoki huquqbuzarlikdan jabrlangan shaxslar) samarali tarzda profilaktik ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega hisoblanadi.

Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi proofilaktikasini belgilashda huquqbuzarliklarning mamuriy huquqbuzarlik yoki jinoyat ekanligi, shuningdek jinoyatning ham O'zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksining 15-moddasida keltirilgan ijtimoiy xavflilik darajasini hisobga olish muhim hisoblanadi. Bu profilaktika turining nozik tomoni mavjud bo'lib, bu voyaga yetmaganlarga nisbatan yakka tartibdagi profilaktik ishlar profilaktika inspektorlari va voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi inspektorlari hamkorligida amalga oshiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.