Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI SOHASI'

O‘ZBEKISTONDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI SOHASI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
1224
167
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
huquqbuzarliklar profilaktikasi / huquqiy asos / profilaktika turlari / amalga oshiruvchi organlar / islohotlar / profilaktika inspektori / takliflar.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Raximjon Baxit O‘g‘li Raximjonov

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasi, uning nima ekanligi, huquqiy asosi, huquqbuzarliklar profilaktikasining turlari, uni amalga oshiruvchi organlar, bu sohadagi islohotlar va sohani rivojlantirishga oid takliflar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI SOHASI»

O'ZBEKISTONDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI SOHASI

Raximjon Baxit o'g'li Raximjonov

Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filiali

ANNOTATSIYA

Maqolada O'zbekiston Respublikasida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasi, uning nima ekanligi, huquqiy asosi, huquqbuzarliklar profilaktikasining turlari, uni amalga oshiruvchi organlar, bu sohadagi islohotlar va sohani rivojlantirishga oid takliflar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: huquqbuzarliklar profilaktikasi, huquqiy asos, profilaktika turlari, amalga oshiruvchi organlar, islohotlar, profilaktika inspektori, takliflar.

Har bir davlat bor ekanki, o'z huquq tizimi va qonunlari mavjud. Barcha fuqarolar belgilangan qonunlarga birdek amal qilishi va boshqalarning huquqlariga putur yetkazmasligi lozim. Bu davlatning rivoji va tinchligi uchun eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Qonundan chetga chiqish esa huquqbuzarlikni keltirib chiqaradi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar sodir etilgan huquqbuzarlikka qarshi kurashishadi: aybdorni topishadi, so'roq qilishadi, sabablarni aniqlashadi va hokazo. Buning uchun ko'p mablag' va ishchi kuchi kerak bo'ladi. Shu sabab huquqbuzarlik sodir bo'lishidan avval uni oldini olgan ma'qul. Bunday holatda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasi bizga yordamga keladi.

Xo'sh huquqbuzarliklar profilaktikasi o'zi nima degani?

Bunda profilaktika so'ziga e'tibor berish lozim. Profilaktika so'zi lotincha so'z bo'lib ma'nosi "oldini oluvchi", "saqlovchi" degan ma'nolarni anglatadi. Bundan kelib chiqadiki, huquqbuzarliklar profilaktikasi deganda huquqbuzarliklarni oldini olish tushuniladi. Yanada aniq huquqiy javob "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi Qonunning 3-moddasida keltirib o'tilgan: "Huquqbuzarliklar profilaktikasi — huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida qo'llaniladigan huquqbuzarliklar umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlari tizimi".

Huquqbuzarliklar profilaktikasining huquqiy asosi haqida.

Mustaqillikka erishganimizdan so'ng huquqbuzarliklar sohasini amalga oshirishga oid, yanada takomillashtirishga oid juda ko'plab qonun va qarorlar qabul qilingan. Ammo, 2014-yil 14-mayda qabul qilingan "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi Qonun bu sohada haqiqiy tub burilish bo'lib xizmat qildi. Chunki shu sanaga qadar huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasini tartibga soluvchi yagona rahbariy

qonun hujjati yo'q edi. Bu qonunda ilk bora huquqbuzarliklar profilaktikasi nima ekanligi, uning prinsiplari, turlari, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tilgan.

Huquqbuzarliklar profilaktikasining qanday turlari mavjud?

"Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi Qonunda huquqbuzarliklar profilaktikasining quyidagi turlari ko'rsatib o'tilgan:

- huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi;

- huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi;

- huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi;

- huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarini aniqlash, bartaraf etish bo'yicha faoliyati huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi hisoblanadi. Bunda kam mablag' va ishchi kuchini jalb etgan holda ko'proq natijaga erishish ko'zda tutiladi. Masalan, televideniya, radio, ijtimoiy tarmoqlar orqali yoki davra suhbatlari va hokazolar orqali profilaktik ogahlantiruvlar e'lon qilish.

Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning ayrim turdagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga, bu turdagi huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga, ayrim toifadagi shaxslarni aniqlash va ularga profilaktik ta'sir ko'rsatishga qaratilgan maxsus tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga doir faoliyati huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasidir. Ayrim toifadagi yoki mavsumiy huquqbuzarliklarga qarshi aynan maxsus profilaktika qo'llaniladi. Masalan, giyohvand moddalarga qarshi "Qoradori" maxsus profilaktik tadbiri, voyaga yetmaganlar toifasi uchun profilaktik tadbirlar va hokazo.

Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning g'ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo'lgan, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni aniqlash, ularning hisobini yuritish va ularga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishga doir faoliyati huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasidir. Huquqbuzarliklar profilaktikasining bu turi shaxslar bilan individual tarzda ishlashni nazarda tutadi. Bunda shaxsning xulq-atvori, psixikasi va boshqa jihatlari hisobga olingan holda quyidagi chora-tadbirlar qo'llanilishi mumkin: profilaktik suhbat, rasmiy ogohlantirish, majburiy davolanishga yuborish va hokazo.

Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasaning muayyan shaxsning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlarini qo'llashga doir faoliyati huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasidir. Huquqbuzarliklar

profilaktikasining bu turi ma'lum bir toifadagi shaxslarning muayyan huquqbuzarliklar oqibatida jabrlanuvchi bo'lib qolishini oldini olishni nazarda tutadi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasini qaysi organlar amalga oshiradi?

Huquqbuzarliklar profilaktikasini quyidagi organlar amalga oshiradi:

- ichki ishlar organlari;

- prokuratura organlari;

- Davlat xavfsizlik xizmati organlari;

- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari;

- O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari;

- O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;

- adliya organlari;

- davlat bojxona xizmati organlari;

- davlat soliq xizmati organlari;

- mehnat organlari;

- ta'limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta'lim muassasalari;

- davlat sog'liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog'liqni saqlash muassasalari;

- O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi organlari va boshqalar.

Yuqorida sanab o'tilgan davlat organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishdagi vazifalari bir-biridan farq qilishi mumkin, ammo barchasining zamirida bir maqsad ya'ni huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadi mujassam. Fikrimizcha, huquqbuzarliklarni oldini olishga nafaqat sanab o'tilgan organlar, balki xususiy korxona, tashkilot, muassasalar va fuqarolar ham birdek ma'suldirlar.

Bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar.

So'nggi yillarda bu sohaga qaratilayotgan e'tibor juda ham katta hisoblanib, davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Chunki, yildan-yilga huquqbuzarliklar soni ortib borayotgan edi. Bu holatda sohaga yanada bilimli, malakali va fidoiy kadrlar zarurligi ko'rinib qoldi. shu maqsadda ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Bilamizki, sohaning asosiy ishchi kuchi profilaktika inspektorlari hisoblanadi. Ularning samarali ishlashi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda, oylik maoshlari oshirilmoqda, xizmat uylari berilmoqda. Buni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ham quyidagi gaplari orqali ta'kidlab o'tgan:

"Profilaktika inspektorlari faoliyatini takomillashtirish, ularning shaxsiy mas'uliyatini oshirish, sodir etilgan har bir jinoyatni tahlil qilish, jinoyatchilikni professional darajada aniqlash lozim. Profilaktika inspektorlari xizmat uylari, imtiyozli kreditlar asosida mashinalar bilan ta'minlanayotgani ular mahallaning har bir xonadoni bilan samarali ishlashida muhim ahamiyat kasb etmoqda".

Sohani yuridik kadrlar bilan taminlash uchun Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etildi. Bu ta'lim maskani orqali sohaga yuridik kadrlarni bosqichma-bosqich yetkazib berish ko'zda tutilgan.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasini yanada rivojlantirish yo'llari.

Huquqbuzarliklar profilaktikasini sohasini yanada takomillashtirishga oid quyidagi shaxsiy fikrlarni bayon etsak:

Birinchidan, sohada yuridik kadlar juda ham oz miqdorda. Shu sabab yuqoridagidek huquqbuzarliklar profilaktikasiga yuridik kadrlarni tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarini maqsadli ko'paytirish lozim.

Ikkinchidan, profilaktika inspektorining ish yuklamasi va ish soatini qayta ko'rib chiqish lozim. Bunda profilaktika inspektorlariga har qanday tegishli bo'lmagan mansabdor shaxs yoki davlat organi tomonidan o'z xizmat faoliyatiga bog'liq bo'lmagan vazifalar berilishini qat'iyan taqiqlash shart. Ish soati ko'pligidan esa oilasi va boshqa ishlarga vaqt topa olmaydi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyevning quyidagi jumlalarini keltirib o'tish o'rinli:

"Qaysi hokim profilaktika inspektorini qabul qilib, gaplashdi? Uning bir kunlik ishini, oilaviy sharoitini o'rgandi? Hamma "kattakon" uchastka noziriga buyruq beradi. U hamma narsa bilan shug'ullanyapti, ko'p vaqtyo'qotyapti, asosiy ishi qolib ketyapti. O'zi eng katta mehnatkash - profilaktika inspektori. Agar unga sharoit yaratsak, u davlatdan rozi bo'lib ishlasa, ko'p masalalar hal bo'ladi".

Uchinchidan, aholining huquqiy ongini oshirishga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish. Aholida huquqiy ong qanchalik kuchli bo'lsa, huquqbuzarliklarning sodir etilish darajasi ham o'z-o'zidan kamayadi.

To'rtinchidan, sohaga faqatgina yetarli bilim va ko'nikmaga ega bo'lgan nomzodlarni qabul qilish tizimini yo'lga qo'yish va ularning muomala madaniyatiga alohida e'tibor qaratish lozim.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasiga qaratilayotgan e'tibor natijasida hozirgi kunga kelib huquqbuzarliklarning sodir etilish darajasi sezilarli kamayib bormoqda va ishonamizki, yaqin yillar ichida bu ko'satkichlar bundanda ijobiyroq ko'rinishga keladi. Shu sabab sohaga e'tiborni bir zumga ham kamaytirmaslik lozim. Tinchlik bu buyuk ne'mat. Tinchlikni saqlovchilar esa bu ne'matning qanchalik muhim va totli ekanligini juda yaxshi bilishadi. Aholi ham bu ne'matning qanchalik muhim va kerak ekanligini anglab yetmoqda, shu sabab jamiyat, davlat rivojlanmoqda va yuksalmoqda.

REFERENCES

[1] "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi Qonun // 2014

[2] "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident Qarori // 2019

[3] O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hay'atining kengaytirilgan yig'ilishidagi Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi // 2021

[4] Арипова, А. Х. (2021). Нут; мохдятини ташкил этувчи мухим восита. Scientific progress, 1(6).

[5] Абдужалилов, Д., & Арипова, А. (2021). КУЛЬТУРА ОБЩЕНИЯ СОТРУДНИКОВ ОВД. Scientific progress, 2(1), 328-332.

[6] Истамов, Н., Убайдуллаев, С., Махмудхужаев, Ж., & Бобохонов, Ш. (2021). ТУРИЗМ-КАК ВЕДУЩИЙ СЕКТОР МИРОВОЙ ЭКОНОМИКИ. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE, 2(4), 1-5.

[7] Убайдуллаев, С., Арипова, А., & Истамов, Н. (2021). Туризм в Узбекистане. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE, 2(4), 6-10.

[8] Абдувалиев, Н., & Арипова, А. (2021). ВАЖНОСТЬ КУЛЬТУРЫ ОБЩЕНИЯ В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ИНСПЕКТОРОВ ПРОФИЛАКТИКИ ПРАВОНАРУШЕНИЙ. Scientific progress, 2(1), 333-335.

[9] Икрамова, Л., & Арипова, А. (2021). РОЛЬ КУЛЬТУРЫ ОБЩЕНИЯ ИНСПЕКТОРОВ ПРОФИЛАКТИКИ В ПРЕДУПРЕЖДЕНИИ ПРЕСТУПНОСТИ. Scientific progress, 1(6), 476-479.

[10] Саидалиев, С. С., & Арипова, А. Х. (2021). БОРЬБА С НАРКОТОРГОВЛЕЙ И МЕЖДУНАРОДНЫЙ ОПЫТ. Scientific progress, 2(1), 900-906.

[11] Khasanovna, A. A., Sharafitdinovna, K. K., & Sharafitdinovna, K. N. (2022). THE ROLE OF COMMUNICATION CULTURE IN THE FIELD OF CRIME PREVENTION AND PUBLIC SAFETY. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 4(02), 31-37.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.