Научная статья на тему 'VOYAGA YETMAGANLAR BILAN ISHLASHDA YANGICHA TIZIM INSPEKTOR-PSIXOLOGLARNING VOYAGA YETMAGANLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI'

VOYAGA YETMAGANLAR BILAN ISHLASHDA YANGICHA TIZIM INSPEKTOR-PSIXOLOGLARNING VOYAGA YETMAGANLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1246
164
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yangicha tizim / inspector / tarbiyalanuvchi / voyaga yetmagan tarbiyalanuvchi. / new system / inspector / trainee / juvenile trainee.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — To‘rayev, Jo‘rabek Shonazarovich

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida yosh avlodning ulg’ayib kamol topishidagi ijtimoiy-axloqiy munosabatlarning uyg’unligiga alohida e’tibor berildi. Tadqiqot jarayonida voyaga yetmagan bolalar bilan ishlashda inspector-psixologlarning roli va ishlash tartibi to’g’risida mulohazalar keltirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A NEW SYSTEM OF WORKING WITH MINORS THE ROLE OF INSPECTORS-PSYCHOLOGISTS IN THE EDUCATION OF MINORS

In the analysis of this article, special attention was paid to the harmony of socio-ethical relations in the development of the younger generation. The study provided feedback on the role and procedures of psychologists in working with juveniles.

Текст научной работы на тему «VOYAGA YETMAGANLAR BILAN ISHLASHDA YANGICHA TIZIM INSPEKTOR-PSIXOLOGLARNING VOYAGA YETMAGANLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI»

VOYAGA YETMAGANLAR BILAN ISHLASHDA YANGICHA TIZIM -INSPEKTOR-PSIXOLOGLARNING VOYAGA YETMAGANLAR

TARBIYASIDAGI O'RNI

To'rayev Jo'rabek Shonazarovich

Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy Departamenti bosh inspektori,

podpolkovnik

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida yosh avlodning ulg'ayib kamol topishidagi ijtimoiy-axloqiy munosabatlarning uyg'unligiga alohida e'tibor berildi. Tadqiqot jarayonida voyaga yetmagan bolalar bilan ishlashda inspector-psixologlarning roli va ishlash tartibi to 'g'risida mulohazalar keltirildi.

Kalit so'zlar: yangicha tizim, inspector, tarbiyalanuvchi, voyaga yetmagan tarbiyalanuvchi.

АННОТАЦИЯ

При анализе данной статьи особое внимание было уделено гармонии социально-этических отношений в развитии подрастающего поколения. В исследовании были представлены отзывы о роли и процедурах психологов в работе с подростками.

Ключевые слова: новая система, инспектор, стажер, несовершеннолетний стажер.

ABSTRACT

In the analysis of this article, special attention was paid to the harmony of socio-ethical relations in the development of the younger generation. The study provided feedback on the role and procedures of psychologists in working with juveniles.

Keywords: new system, inspector, trainee, juvenile trainee.

KIRISH

Taniqli ma'rifatparvar Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" deb aytgan chuqur ma'noli iborasi bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmasdan, aksincha yosh avlod tarbiyasining dolzarb masala ekanligi avvalgidan muhimroq ekanligini hayotning o'zi ko'rsatib turibdi.

Zero, farzandning oiladagi tarbiyasi, uning maktabdagi ta'limi hamda kelajakda o'z yo'lini topib ketishiga panja orasidan qarab, faqatgina ularning moddiy ta'minoti bilan ovora bo'lib qolayotgan ota-onalar, tarbiya masalalariga e'tiborsiz qaralgan

1251

vaziyatda yuzaga keladigan ko'ngilsizliklar, u keltirib chiqaradigan zararli oqibatlar hanuzgacha uchrab turibdi.

Buyuk islomshunos faylasuf Imom G'azzoliy "Bolalar ota-onalariga berilgan bir omonatdir. Bolaning qalbi har qanday naqshu tasvirdan xoli bir qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi. Agar yaxshilikka o'rgatilsa, shu bilan o'sadi va dunyoyu oxiratda saodatga erishadi. Uning savobiga ota-onasi ham, har bir muallimu ustozlari ham sherik bo'ladilar. Agar yomonlikka odatlantirilsa, hayvonlardek o'z holiga tashlab qo'yilsa, oxir-oqibat halok bo'ladi. Gunohi esa uning tarbiyasi uchun javobgar bo'lganlarning gardaniga tushadi".

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bizga ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining "Ichki ishlar organlari to'g'risida", "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida" hamda "Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risida"gi qonunlar bilan davlatimiz vakolatli idoralari tomonidan Ichki ishlar organlariga voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.

Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi - voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan, yakka tartibdagi profilaktika ishi bilan birgalikda amalga oshiriladigan ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlar tizimi.

Yuqoridagi qonunlar talablari ijrosini ta'minlash maqsadida, ichki ishlar organlari bir necha yo'nalishda voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirib kelmoqda.

Garchand, shu kunga qadar ham ichki ishlar organlari tomonidan voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi amalga oshirib kelingan bo'lsada, ushbu faoliyat bilan shug'ullanuvchi ichki ishlar organlari bo'linmalarining faoliyati samaradorligi yetarli natija bermadi, deb o'ylaymiz. Shu sababli O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021 yil 12 fevralda o'tkazilgan Ichki ishlar vazirligi kengaytirilgan Hay'ati yig'ilishida ushbu masalaga alohida e'tibor qaratilib, voyaga yetmaganlar bilan ishlashda yo'l qo'yib kelinayotgan ayrim kamchiliklar ko'satib o'tilib, ushbu yo'nalishda ishlashning yangi mexanizmi taklif etildi. Shu maqsadda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi "Ichki ishlar

organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish

1252

Scientific Journal Impact Factor

sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5050-son qarori qabul qilindi. Qaror asosida, "Xavfsiz ta'lim muassasasi" tamoyili asosida voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida umumiy o'rta ta'lim muassasalarining 2000 ta psixolog shtat birligini joriy yilning 1 iyulidan qisqartirish evaziga tuman, shahar ichki ishlar organlari tarkibida 1 100 ta shtat birliklaridan iborat voyaga yetmaganlar masalalari bo'yicha inspektor-psixolog lavozimlarini joriy etish, 2022 yilda qo'shimcha 900 ta shtat birligini kiritish orqali ularning soni 2 000 tagacha yetkazilishi hamda ularning bevosita xizmat o'tash joyi etib umumiy o'rta ta'lim muassasalari sifatida belgilandi. Shuningdek, yangi joriy qilingan tizim asosida, inspektor-psixologlar zimmasiga har bir o'quvchi kesimida umumiy o'rta ta'lim muassasalarida psixologik muhitni yaxshilash, voyaga yetmaganlar orasida qonunbuzilishlarga murosasiz munosabatda bo'lish hissini shakllantirish, muammoli o'quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlash vazifalarini yuklash belgilandi. Bugungi kunda Hukumat qarori ijrosi ta'minlanib, Ichki ishlar vazirligi tizimida hududlar kesimida mutanosib ravishda 1 100 ta inspektor-psixolog lavozimlari jamlandi, ularga Halq ta'limi vazirligi tomonidan voyaga yetmaganlar masalalari bo'yicha inspektor-psixologlar uchun umumta'lim maktablaridan xizmat xonalari ajratildi. Bu boradagi faoliyatini samarali tashkil etish uchun Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug'i bilan "Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo'yicha bo'linmalari faoliyatini tashkil etish bo'yicha vaqtinchalik nizom" tasdiqlanib, ularning faoliyatini tashkil etish mexanizmi belgilab berildi. Nizom asosida voyaga yetmaganlar masalalari bo'yicha bo'linmalarning asosiy vazifalari etib, voyaga yetmaganlar o'rtasida kriminogen vaziyat to'g'risidagi axborotni kompleks va tizimli tahlil qilish, mavjud kuch va vositalardan foydalanish samaradorligini baholash, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;

har bir o'quvchi kesimida umumiy o'rta ta'lim muassasalarida psixologik muhitni yaxshilash, voyaga yetmaganlar orasida qonunbuzilishlarga murosasiz munosabatda bo'lish hissini shakllantirish, muammoli o'quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlash;

voyaga yetmaganlar, ularning ota-onasi yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog'liq murojaatlarini ko'rib chikish;

Scientific Journal Impact Factor

huquqbuzarlik yoki boshqa g'ayriijtimoiy hatti-harakat sodir etgan voyaga yetmaganlarga nisbatan ta'sir choralarini qo'llash to'g'risida vakolatli organlarga yoki voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalarga takdimnoma va takliflar kiritish;

voyaga yetmaganlarni Markazlarga, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga, o'quv-tarbiya muassasalariga belgilangan tartibda joylashtirish uchun taaluqli hujjatlarni tayyorlash va joylashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

voyaga yetmaganlarni ta'minlash, tarbiyalash va ularga ta'lim berish bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishdan bo'yin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud ularning xulq-atvoriga salbiy ta'sir kursatayotgan, ular bilan shafqatsiz muomalada bo'layotgan ota-onalar yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslar bilan profilaktik tadbirlarni tashkil etish;

voyaga yetmaganlarning huquqini himoya qilish choralarini ko'rish belgilab berildi.

Shuningdek, ushbu Nizomda inspektor-psixologlarning faoliyat samaradorligini belgilovchi indikatorlar sifatida quyidagilar belgilandi:

ta'lim muassasasi ichki nazoratida va voyaga yetmaganlar komissiyasi hisobida bo'lgan o'quvchilar sonining kamayishi;

voyaga yetmaganlar o'rtasida turli g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar, ulardagi addiktiv xulq-atvor, asotsial xulq-atvor, suisidal xulq-atvor, jinoyatchilik darajasining pasayishi;

Addiktiv xulq-atvor (ingl. Addiction-qaramlik) - insonning muayyan turdagi harakat yoki holatga nisbatan qaramligi. Misol uchun, psixotrop vositalarga, internetga, pornografik materiallarga qaramlik.

Asotsial xulq-atvor (ingl. Asocial-jamiyat talablariga zid, ) - insonning jamiyatda o'rnatilgan tartib va qoidalarga zid bo'lgan, ma'naviyatsiz va huquqqa zid xulq-atvori. Ushbu xulq-atvor ko'p hollarda uydan ketib qolish, "o'z dunyosiga" bekinib olish, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olmaslikda, o'zini-o'zi o'ldirishga suiqasd qilishda namoyon bo'ladi.

Suisidal xulq-atvor - insonning o'zini-o'zi o'ldirishgaga suiqasd qilish yoki o'zini-o'zi o'ldirish haqida fikrlaydigan, rejalashtiradigan va amalga oshiradigan xulq-atvor.

sinfdan tashqari, jamoat ishlariga jalb qilingan ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan, g'ayriijtimoiy hatti-harakatlar sodir etgan voyaga yetmaganlar sonining kamayishi;

Scientific Journal Impact Factor

yozda sog'lomlashtirish, dam olish va ish bilan ta'minlashning uyushgan turlari bilan qamrab olingan o'quvchilari sonining ko'payishi.

Joriy etilgan mazkur tizimlar samarasida, hozirda inspektor-psixologlar umumta'lim maktablarida faoliyat yuritib, har bir o'quvchi kesimida ularning turmush-tarzi hamda axloq-odob normalariga munosabati o'rganib kelinmoqda.

Hozirda respublikada jami 10 115 ta maktablarda tahsil olib kelayotgan 6 mil 243 ming 764 nafar o'quvchilar bilan inspektor-psixologlar tomonidan olib borilgan o'rganish ishlari (60 094 nafarining xonadonlariga borib yashash sharoiti o'rganildi, 57 173 nafarining ota-onasi bilan suhbatlar olib borildi, 6 187 nafarining ota-onasi MJtKning 47-moddasi asosida ma'muriy javobgarlikka tortildi, 63 435 nafari bilan bevosita profilaktik ishlar olib borildi) jarayonida, ularning 52 069 nafari (0,83 foizi) tarbiyasi og'ir ekanligi aniqlandi.

Toshkent shahrida 326 ta maktab faoliyat ko'rsatadi, 459 913 nafar o'quvchi tahsil olmoqda, ularning 6 744 nafari (1,4 foizi) tarbiyasi og'ir;

Toshkent viloyatida 884 ta maktab faoliyat ko'rsatadi, 505 131 nafar o'quvchi tahsil olmoqda, ularning 4 722 nafari (0,93 foizi) tarbiyasi og'ir;

Samarqandda 1 267 ta maktab faoliyat ko'rsatadi, 746 465 nafar o'quvchi tahsil olmoqda, ularning 2 900 nafari (0,38 foizi) tarbiyasi og'ir;

Sirdaryoda 318 ta maktab faoliyat ko'rsatadi, 155 948 nafar o'quvchi tahsil olmoqda, ularning 1 693 nafari (1,08 foizi) tarbiyasi og'ir;

Jizzaxda 553 ta maktab faoliyat ko'rsatadi, 259 369 nafar o'quvchi tahsil olmoqda, ularning 1 878 nafari (0,72 foizi) tarbiyasi og'ir;

Buxoroda 537 ta maktab faoliyat ko'rsatadi, 321 919 nafar o'quvchi tahsil olmoqda, ularning 2 726 nafari (0,84 foizi) tarbiyasi og'ir;

Navoiyda 368 ta maktab faoliyat ko'rsatadi, 181 866 nafar o'quvchi tahsil olmoqda, ularning 1 458 nafari (0,8 foizi) tarbiyasi og'ir;

Farg'onada 959 ta maktab faoliyat ko'rsatadi, 671 442 nafar o'quvchi tahsil olmoqda, ularning 4 869 nafari (0,72 foizi) tarbiyasi og'ir;

Andijonda 767 ta maktab faoliyat ko'rsatadi, 571 093 nafar o'quvchi tahsil olmoqda, ularning 10 992 nafari (1,92 foizi) tarbiyasi og'ir;

Namanganda 712 ta maktab faoliyat ko'rsatadi, 509 491 nafar o'quvchi tahsil olmoqda, ularning 4 568 nafari (0,89 foizi) tarbiyasi og'ir;

Surxondaryoda 932 ta maktab faoliyat ko'rsatadi, 511 559 nafar o'quvchi tahsil olmoqda, ularning 1 757 nafari (0,34 foizi) tarbiyasi og'ir;

Jumladan:

Scientific Journal Impact Factor

Qashqadaryoda 1 217 ta maktab faoliyat ko'rsatadi, 641 213 nafar o'quvchi tahsil olmoqda, ularning 3 784 nafari (0,59 foizi) tarbiyasi og'ir;

Xorazmda 549 ta maktab faoliyat ko'rsatadi, 357 247 nafar o'quvchi tahsil olmoqda, ularning 2 639 nafari (0,73 foizi) tarbiyasi og'ir;

Qoraqalpog'istonda 726 ta maktab faoliyat ko'rsatadi, 351 108 nafar o'quvchi tahsil olmoqda, ularning 1 339 nafari (0,38 foizi) tarbiyasi og'ir;

Tarbiyasi og'ir 52 069 nafar o'quvchilarning 36 790 nafari:

31 206 nafari darsga kelmasligi sababli;

1 814 nafari o'qituvchini mensimasligi sababli;

691 nafari noqonuniy jismlar olib yurganligi sababli;

2 750 nafari o'quvchilar bilan janjallashganligi sababli;

272 nafari pornografik mahsulotlar saqlaganligi sababli;

57 nafari zo'ravonlik yoki shafqatsizlikni targ'ib etuvchi materiallar saqlaganligi sababli nazoratga olingan.

Inspektor-psixologlar tomonidan olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida to'g'ri yo'lga o'tganligi uchun 33 748 nafar (tarbiyasi og'ir voyaga yetmaganlarning 64,8 foizi) voyaga yetmaganlar nazoratdan chiqarilib, 18 321 nafar (tarbiyasi og'ir voyaga yetmaganlarning 35,2 foizi) voyaga yetmaganlar bilan hozirgi kunda ham profilaktik ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, olib borilgan profilaktik tadbirlar jarayonida 14 369 nafar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan to'plangan hujjatlar Voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyalariga ko'rib chiqish uchun yuborilib, ularning 235 nafari o'quv tarbiya muassasalariga (shundan 69 nafari Respublika o'g'il bolalar o'quv-tarbiya muassasasiga, 166 nafari Respublika qiz bolalar o'quv-tarbiya muassasasiga) joylashtirilgan.

Joriy yilning 11 oyi davomida, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ota-onasi qarovisiz qolgan jami 10 674 nafar voyaga yetmaganlar Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga qabul qilingan.

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazlariga olib kelingan voyaga yetmaganlarning 4 119 nafari ota-ona qaramog'iga qaytarildi, 121 nafari o'quv-tarbiya muassasalariga joylashtirildi, 146 nafari ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalariga joylashtirildi, 35 nafari mehribonlik uylarga, 76 nafari vasiylik organlariga topshirildi.

Voyaga yetmagan va yoshlar bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ta'lim, madaniy-ko'ngilochar va sport-sog'lomlashtirish muassasalarida 5 323 ta turli to'garakiar tashkil etildi.

Scientific Journal Impact Factor

Shuningdek, voyaga yetmaganlar va yoshlarning jamiyatga salbiy ta'sir etuvchi hatti-harakatlarga qo'shilib ketishlarining oldini olish maqsadida ta'lim muassasalarida davomatning yuqoriligini ta'minlash, dars mashg'ulotlariga sababsiz qatnashmayotgan o'quvchilarni ta'limga qaytarish bo'yicha 93 769 marotaba "Davomat" tadbirlari o'tkazilib, dars mashg'ulotlariga sababsiz qatnashmagan 9 017 nafar o'quvchilar ta'limga qaytarildi, 1 586 nafar farzandlarini nazoratsiz qoldirgan ota-onalarga hamda 248 ta ta'lim muassasalari xodimlariga nisbatan tegishli choralar ko'rildi, tadbirlar davomida o'quv mashg'ulotlarida qatnashmay yurgan 3 706 nafar voyaga yetmaganlar aniqlanib, voyaga yetmagan ishlari bo'yicha komissiyalariga 1 590 ta hujjatlar yuborildi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasining avvalgi tizimi huquqbuzarlik va jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganni tegishli ta'sir chorasini ko'rish maqsadida aniqlashni ko'zda tutgan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi "Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5050-son qarorini qabul qilishdan asosiy maqsad, g'ayriijtimoiy harakat sodir etgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jazoning muqarrarligini ta'minlanishini inkor etmagan holda:

birinchidan, inspektor-psixologlarning xizmat xonasini umumta'lim maktablarida joylashtirib, har bir o'quvchini bevosita o'rganib, ularning orasidan tarbiyasi og'ir va g'ayriijtimoiy harakat sodir etishga moyillarini ajratish;

ikkinchidan, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil voyaga yetmaganlarning kelajakda huquqbuzarlik odir etishiga omil bo'lib xizmat qilayotgan holatlarni (nosog'lom muhit, og'ir moddiy yoki ijtimoiy hayot va h.k.) bartaraf etish yo'li bilan huquqbuzarlikni olini olish;

uchinchidan, huquqbuzarlik sodir etishga moyil voyaga yetmaganni aniqlab, uni qayta tarbiyalash yo'li bilan huquqbuzarlikning oldini olish hisoblanadi.

Zero, katta hayotning ilk bosqichlarida shaxsga berilgan jazo, ushbu jazo adolatli bo'lsa ham voyaga yetmagan shaxsning butun umrini izdan chiqarib yuborishiga olib keladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T: O'zbekiston, 2018.

2. Мирзиёев М.М.-'Халкимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баходир. - Т: «Узбекистан» НМИУ, 2018. 143-144 б.

3. Узбекистан Республикасининг 2010 йил 2 июндаги "Суд экспертизаси тугрисида"ги Крнуни. // https://lex.uz/docs/1633102

XULOSA

4. Узбекистан Республикасининг Жиноят-процессуал кодекси. https://lex.uz/docs/111460 .

5. Суд-экспертлик фаолиятини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тугрисида. ПК-4125-сон карори. https://lex.uz/docs/4172023

6. Маматкулов Т. Б., Закурлаев ва бошц А. К. Узбекистон Республикасининг «Суд экспертизаси тугрисида»ги конунига шарх. - Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2017. - 176 б

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.